Al-Azkor min kalami sayyidil abror


-bob Yemak va ichmak paytida «Bismillah»ni aytish


Download 5.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
#174
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38

194-bob Yemak va ichmak paytida «Bismillah»ni aytish 
 
557/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam menga (ovqatlanayotganimda) «Alloh ismini zikr qil va o‘ng qo‘ling bilan 
yegin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
558/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr 
qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa, 
«Bismillahi avvalahu va axirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va 
oxiriga bismillah») Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 
 
559/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, 
shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga 
kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotokdaringizga yetishdingiz», 
deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, 
yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
560/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha va Ummu Sulaymlar Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamni ovqatga taklif etishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ulardan yana o‘n kishi birga kelishiga izn so‘radilar. Ikkovlari o‘sha o‘n kishiga ham izn 
berishdi. Rasululloh ushbu o‘n kishi ovqat tanovul qilgani kirishganda «Yenglar va 
Allohning ismini zikr qilinglar», dedilar. Ular ovqatdan yeyishdi. Bundan tashqari yana 
sakson kishi ham tanovul qildi. Bu Rasulullohning zohiriy mo‘‘jizalaridan biri edi. Imom 
Muslim rivoyatlari. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
 
561/5. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot ko‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas 
edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda, bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga 
shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u 
ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. 
So‘ngra u zot: «Albatta shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib 
oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan 
tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan 
tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning ko‘li ular 
ikkovining ko‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat 
tanovul qildilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
562/6. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini 
zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida 
«Bismillahi avvalahu va axirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb 
aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar, so‘ngra u zot: 
«Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh 
ismini zikr qilganda qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy 
rivoyatlari. 
 
Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kishining 
«Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan 
eslatar edilar. 
 
563/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha 
ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
 
564/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
ovqatlanayotganida Alloh ismini zikr qilishni unutsa, ovqatdan forig‘ bo‘lgandan keyin 
«Qul huvallohu ahad» ni o‘qisin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
Ulamolar taomning avvalida «Bismillah»ni aytish mustahab ekaniga ittifoq qilishgan. 
Agar avvalida qasddanmi, unutibmi, majburanmi, boshqa sabablarga ko‘ra ojiz bo‘libmi, 
«Bismillah»ni aytishni tark qilsa, so‘ngra ovqatlanish asnosida esiga tushib qolsa, 
yuqoridagi hadisga muvofiq «Bismillahi avvalahu oxirahu», deb aytish mustahabdir. Shu 
singari suv, sut, asal, sho‘rva va boshqa ichimliklarda ham ovqatga «Bismillah» zikr 
etilur. Ba’zi ulamolarimizning fikrlaricha, «Bismillah»ni balandlatib aytish mustahabdir. 
Chunki bunda boshqalarni ham ogohlantirib, ularning ergashishlariga targ‘ib bor. 
 
Fasl: «Bismillah»ning sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, undagi eng afzal lafz «Bismillahir 
rohmanir rohim», deb aytmoqlikdir. Agar «Bismillah», desa ham sunnat hosil bo‘lib, 
kifoya qiladi. Buni junub, hayzli ayol va boshqalar ham aytaverishadi. 
Ovqatlanayotganlarning har biri «Bismillah»ni aytishi lozim bo‘ladi. Agar (ko‘pchilik 
orasidan) bir kishi aytsa, boshqalarga ham kifoya qiladi. Xuddi salomga alik olish va 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
aksa urganga javob qaytarishdagi kabi jamoadan bir kishining so‘zi kifoya qilganiga 
o‘xshaydi. 
 
 
195-bob Ovqat va ichimlikni (kamchiligini topib) ayblamaslik haqida 
 
565/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech 
vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari 
tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslim rivoyatlarida: 
«Agar ishtahalari tusamasa, sukut kildilar», deyilgan. 
 
566/2. Hulb (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir 
kishi: «Ba’zi taomlar borki, ulardan o‘zimni noqulay his qilaman», deb aytganida, u zot: 
«Qalbingda biror narsani iztirob qilma, unda nasroniylarga o‘xshab qolasan», deb 
aytganlarini eshitdim». Abu Dovud , Termiziy, Ibn Mojalar rivoyatlari. 
 
 
196-bob Ovqatni ko‘nglim tusamayapti yoki uni yeyishga odatlanmaganman, 
deb aytish joizligi 
 
567/1. Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
pishirilgan taom tortiq etilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qo‘llarini 
cho‘zib, moyillik ko‘rsatdilar. Shunda: «U Zabb-ku (echkiemarga o‘xshagan jonivor), ey 
Rasululloh», deb aytishganda, u zot qo‘llarini undan ko‘tardilar. Xolid ibn Valid: «Ey 
Rasululloh, Zabb harommi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin 
qavmim yerida bo‘lmagani uchun uni yeyishdan o‘zimni tiydim», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 
 
197-bob Ovqatlanuvchining yeydigan taomini maqtashi haqida 
 
568/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliyalaridan 
nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh uni 
keltirishni buyurdilar. Va uni yeya turib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka, 
muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
198-bob Bir kishi ro‘zador bo‘lsa-yu taom hozirlanib qo‘yilganda aytadigan zikri 
 
569/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlardan biringiz taomga chaqirilsa, unga javob bersin. Agar ro‘zador bo‘lsa, duo 
qilsin. Agar og‘zi ochiq bo‘lsa, ovqatidan tanovul qilsin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
570/2. Ibn Sunniyning rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Agar og‘zi ochiq bo‘lsa, 
taomdan yesin. Agar ro‘zador bo‘lsa, unga baraka tilab duo qilsin». 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
199-bob Biror kishi ovqatga chaqirilsa-yu u o‘zi bilan boshqa bir kishini 
ergashtirsa aytiladigan narsalar 
 
571/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom 
hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni ham chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
o‘zlari bilan bir kishini ham olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar 
xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy 
egasi: «Ey Rasululloh, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
 
200-bob Ovqatlanishda beodoblik qilgan kishini odobga chaqirib, nasihat qilish 
xususida 
 
572/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘larida bo‘lganimda qo‘limni laganning 
har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng 
qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan ovqatlanib, laganning har tomonidan yeyayotganimda, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam menga «Uzingni oldingdan yegin», deb aytdilar», deyiladi. 
 
573/2. Jabala ibn Suhaym (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga 
(yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizkdandik. (Yegulik) tanovul 
qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar o‘tib: «Bir luqmada ikki xurmo 
yemanglar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunday qilishdan 
qaytarganlar. Faqat birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 
574/3. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «Ung qo‘lingda yegin», 
dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh: «Qodir ham bo‘lmagin, 
bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shunda haligi kishi (o‘ng) qo‘lini 
og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Bu sahobaning ismi Busr ibn Ro’iydir. «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda bu hakda 
batafsil to‘xtalganman. 
 
 
201-bob Taom paytida gapirish yaxshiligi haqida 
 
Bunga yuqoridagi Jobirdan (r.a.) rivoyat qilingan 568-hadis misol bo‘ladi. Imom Abu 
Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» nomli kitoblarida: «Yeyayotgan holatida yaxshi 
so‘zlar va solihlarning hikoyalarini gapirish taom odoblaridandir», deb aytganlar. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
202-bob Yeb to‘ymaydigan kishining qilishi va aytishi lozim bo‘lgan zikrlar 
 
575/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning sahobalari: «Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», 
deyishganda, u zot: «Sizlar tafriqa bo‘lib yesangizlar kerak-da», deganlarida, ular: 
«Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomingizni 
jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi», 
dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari. 
 
 
203-bob Nogiron kishi bilan ovqatlanganda aytiladigan zikr 
 
576/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam moxovning 
ko‘lidan ushlab, uni tovoqqa qo‘ydilar-da: 
«Kul bismillahi siqotan billahi va tavakkulan ‘alayhi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohga 
ishonib, Unga tavakkal qilib, Uning ismini (zikr) etish bilan yegin».) Abu Dovud, Termiziy 
va Ibn Mojalar rivoyatlari. 
 
 
204-bob Mehmon ovqatdan qo‘lini tortganda, agar kifoya qilgudek yemagan 
bo‘lsa, mezbonning takror-takror «eng» yoki «oling», deb aytishi mustahabligi 
 
Bilingki, bu amalni qilish mustahabdir. Hattoki, agar kifoya qilgudek taom yemasa, kishi 
o‘z ahli-ayoliga ham mana shunday muomala qilishi mahbub amallardandir. Bunga dalil 
qilib quyidagi hadis keltiriladi: 
 
577/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zohir 
mo‘‘jizalariga dalolat qiluvchi uzun hadisda keltirilishicha, Abu Hurayraning (r.a.) 
qorinlari ochib, yo‘l bo‘yiga o‘ltirganlaricha mehmon qilishlari uchun Qur’on o‘qir edilar. 
So‘ngra Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam ahli suffadagilarni olib kelish uchun 
(odam) yubordilar. Ular kelishganida barchalarini bir qadah sut ila siyladilar. Hadisning 
oxirida Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu sutdan 
ichmagan) sen va men qoldik, xolos», deganlarida, men: «To‘g‘ri aytdingiz, ey 
Rasululloh», dedim. U zot: «Utir va bundan ich», dedilar. Men undan ichdim. U zot: 
«Yana ich», dedilar. Men yana ichdim. Mana shunday ich, deyishda bardavom bo‘ldilar. 
Hattoki, «Yo‘q, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, unga joy qolmadi», dedim. 
Shunda u zot: «Keltir», dedilar. Men qadahni u zotga uzatganimda Allohga hamd aytib 
hamda Uning ismini zikr qilib sutning ortib qolganini ichdilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
205-bob Ovqat yeb bo‘lgandan keyin aytiladigan zikrlar 
 
578/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
dasturxon yig‘ishtirib olingach, 
«Alhamdu lillahi kasiron toyyiban mubarokan fiyhi g‘oyra makfiyyin vala muvadda’in 
vala mustag‘nan ‘anhu robbana», der edilar. (Ma’nosi: «Allohga beadad pok, muborak 
hamd bo‘lsinki, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q. U tark qilingan ham emas. Undan behojat 
ham bo‘linmas».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqat yeb 
bo‘lgandan keyin dasturxon yig‘ishtirilgach, 
 
«Alhamdu lillahillaziy kafono va arvono g‘oyra makfiyyin vala makfurin», derdilar. 
(Ma’nosi: «Bizga kifoyachi bo‘lgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va 
inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin».) 
 
579/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta 
Alloh taolo bandalaridan rozi bo‘ladi, agar ular biror taom yeb, hamd aytishsa va biror 
ichimlik ichib, hamd aytishsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
580/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar ovqat yeb bo‘lsalar, 
«Alhamdu lillahil laziy at’amana va saqona va ja’alana muslimiyn», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Bizlarni ovqatlantirib, bizlarni sug‘orib hamda bizlarni musulmon qilib qo‘ygan 
Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud «al-Jome’», kitoblarida va Termiziy «Shamoil», 
kitoblarida rivoyat qilishgan. 
 
581/4. Abu Ayub Xolid ibn Zayd al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam agar yeb yoki ichsalar, 
«Alhamdu lillahil laziy at’ama va saqo va savvag‘ahu va ja’ala lahu maxroja», deb 
aytardilar. (Ma’nosi: «Ovqatlantirib, sug‘orib va uni hazm hamda chiqadigan qilib 
ko‘ygan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod ila rivoyat 
qilishgan. 
 
582/5. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki taom yeb, so‘ngra 
«Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala 
quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Mening 
kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu 
Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
583/6. Tobe’in Abdurahmon ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga sakkiz yil xizmat qilgan bir xodim u zotdan ovqatlanganlarida 
«Bismillah», deyishlarini, agar ovqatlanib bo‘lsalar, 
«Allohumma at’amta va saqoyta va ag‘nayta va aqnayta va hadayta va ahsanta, falakal 
hamdu ‘ala ma a’toyta», deb aytishlarini eshitgan ekan. (Ma’nosi: «Allohim, (meni) 
taomlantirib, sug‘orib, behojat qilib, qanoatlantirib, hidoyatli etib, yaxshilik qilding, 
(menga) bergan narsalaringda Senga hamd bo‘lsin.) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
584/7. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin 
«Alhamdu lillahil laziy manna ‘alayna va hadana, vallaziy ashba’ana va arvana va kullal 
ehsoni atana», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizga ne’matlar berib, hidoyat qilgan va 
to‘ydirib-sug‘organ hamda barcha yaxshiliklarni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn 
Sunniy rivoyatlari. 
 
585/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlardan biringiz taom yesa, (Ibn Sunniy rivoyatlarida «Alloh kimni biror ovqat ila 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
taomlantirsa...» deyilgan) 
«Allohumma borik lana fiyhi va at’imna xayrom minhu», desin. (Ma’nosi: «Allohim, bizga 
uni barakali qilib, undan-da yaxshirog‘i ila taomlantir»). Kimni Alloh sut ila ikrom qilsa, 
 
«Allohumma borik lana fiyhi va zidna minhu», deb aytsin. Chunki sutdan ko‘ra kifoya 
qiluvchiroq biror ovqat yoki ichimlik yo‘qdir», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, bizga uni 
barakali qilib, bizga undan-da ziyoda qil».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
586/9. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam agar biror idishda suv ichsalar, (ichayotganlarida) uch bora nafas olardilar. Har 
nafasda Allohga hamd aytib, oxirida shukr qilardilar. Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat 
qilganlar. 
 
 
206-bob Mehmon ovqat yeb bo‘lganidan keyin mezbonni duo qilishi haqida 
 
587/1. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam otamning huzuriga kelganlarida, biz bu zotga taom va suti bor mesh 
ko‘yganimizda, undan tanovul qildilar. So‘ngra xurmo keltirildi. Undan ham yeb, 
danagini o‘rta va ko‘rsatkich barmokdariga jamlab turib uloqtirib yubordilar. So‘ngra 
ichimlik keltirilganida, undan ham ichdilar. Ichib bo‘lib, o‘ng tomonlariga uzatdilar. 
Shunda otam u zotning ulovlari yuganidan ushlab turib: «Ey Rasululloh, bizni duo 
qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma borik lahum fiyma rozaqtahum vag‘fir lahum varhamhum», deb aytdilar». 
(Ma’nosi: «Allohim, ularga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, ularning gunohlarini 
kechir, rahm ayla».) Imom Muslim rivoyatlari. 
 
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn 
Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ keltirdi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam ulardan tanovul qilib, so‘ng: 
«Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroru va sollat ‘alaykum al-
malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. 
Yaxshilar ovqatlaringizdan tanovul qilishdi. Va farishtalar sizlarga duo qilishdi».) Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
589/3. Abdulloh ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Sa’d ibn Muoz huzurlarida iftor qilib: 
«Aftora ‘indakum as-soimuna...», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning 
huzuringizda iftor qilishdi».) Ibn Moja rivoyatlari. 
 
590/4. Bir kishi Jobirdan (r.a.) rivoyat qilib aytdi. Abul Haysam ibn Tayyixon Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamga taom hozirlab, Rasulullohni va sahobalarini unga chaqirtirdi. 
Ovqat tanovul qilib bo‘lingandan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Birodarlaringizni mukofotlab ko‘yinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli
mukofotlash qanday bo‘ladi?» deyishganida, u zot: «Agar biror kishining uyiga kirib, 
taomidan yeb, ichimligidan ichib, unga duo qilsangiz, ana shu mukofotlash bo‘ladi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
 
207-bob Suv yoki sut bilan siylaganni duo qilish haqida 
 
591/1. Miqdoddan (r.a.) mashhur uzun hadisda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam (suv yoki sut bilan siylanganlarida) qo‘llarini osmonga ko‘tarib: 
«Allohumma at’im man at’amaniy vasqi man saqoniy», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
«Allohim, meni ovqatlantirgan kishini taomlantirib, siylagan kishini ham siylagin».) 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
592/2. Amr ibn Hamiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamni sut ila sug‘organlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma amti’hu bishabobihi» («Allohim, uni yoshlik ila ne’matlantir»), deb aytdilar. 
Amr ibn Hamiq sakson yoshga ham kirdilarki, sochlarida biror oq ko‘rinmadi. Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
593/3. Amr ibn Axtobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
suv talab qilganlarida, men yog‘ochdan bo‘lgan bir qadahda suv keltirdim. Unda 
sochning tuki bor ekan, olib tashladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma jammilhu» (ya’ni, «Allohim, uni go‘zal ayla»), deb duo qildilar». Roviyning 
aytishlaricha, u to‘qson uchga kirganida ham soch-soqoli qora edi. Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
 
208-bob Mehmon qilishga undash haqida 
 
594/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning huzurlariga mehmon qilishlarini so‘rab kelganida, bu zotda mehmon qilish 
uchun hech narsa yo‘q edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon 
qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi turib u 
bilan ketdi...», deb hadisning qolgani zikr qilindi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
209-bob Mehmonni hurmat qilganni maqtash haqida 
 
595/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlariga kelib, «Men ovqatlanishni xohlayman», dedi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam u bilan bir ayollari huzuriga borganlarida, u ayollari: «Sizni haq ila 
yuborgan Zotga qasamki, menda suvdan boshqa narsa yo‘q», dedi. So‘ngra boshqasiga 
borganlarida, u ham xuddi shunday dedi. Hattoki, barchalari shunday deyishdi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi 
odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi: «Men, ey Allohning rasuli», deb u 
bilan maskaniga bordi. Va xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?» deganida: 
«Yo‘q, faqat yosh bolalarimning ovqati bor, xolos», deb aytdi. Shunda bu ansoriy: 
«Bolalarni biror narsa bilan yupatib turgin. Agar mehmonimiz kirsa, chiroqni o‘chirgin va 
biz o‘zimizni yeyayotgandek qilib ko‘rsataylik. Agar yeyishga qo‘lini cho‘zsa, unda ham 
turib chiroqni o‘chirgin», dedi. Ular o‘tirdilar va mehmon ovqatni yedi. Qachonki, tong 
otib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishganda, u zot: «Bu kechasi 
mehmonlaringizga qilgan narsalaringizdan Alloh taolo ajablanib, quyidagi oyatni nozil 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling