Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 210-bob Kishi mehmonini xush sanab, mehmonga yetkazgani uchun Allohga hamd-sano aytishi haqida
- «Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh
- «Salom berdilar. U ham salom, dedi».
www.ziyouz.com kutubxonasi 164 qildi: «(Ansorlar) garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor - ixtiyor qilurlar» (Hashr surasi, 9-oyat)», dedilar. Sharh: bu yerda yosh bolalar zaruriy ehtiyoj bo‘lgan holda ovqatga muhtoj emasdirlar. Odatda, yosh bolalar bir kishi ovqatlanayotganini ko‘rishsa, qorinlari to‘q bo‘lsa ham, uni talab qilishadi. Bu yerda haligi erkak ham, xotini ham mehmonlariga o‘z nasibalarini tortiq qilishdi. Vallohi a’lam. 210-bob Kishi mehmonini xush sanab, mehmonga yetkazgani uchun Allohga hamd-sano aytishi haqida 596/1. Abu Hurayra (r.a.) Abu Shurayh al-Xuza’iydan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. 597/2. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarlarni (r.a.) uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?» deganlarida, ikkovlari: «Ey Allohning rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?» dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki birodarlarini ko‘rib, «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi yo‘qdir», dedi...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 211-bob Taomdan keyin aytiladigan duo 598/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomlaringizni Allohning zikri va Unga duo qilish ila xotimalanglar. Uni uyqu bilan xotimalamanglar. Agar uyqu bilan xotimalasangiz, qalblaringiz qotib qoladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 165 IZN SO’RASH VA SALOM BERISH KITOBI Alloh taolo: «(Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir, cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni, ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmas). (Ey mo‘minlar), sizlar o‘z uylaringizdan yo otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo og‘a-inilaringizning uylaridan yo opa-singillaringizning uylaridan yo amakilaringizning uylaridan yo ammalaringizning uylaridan yo tog‘alaringizning uylaridan yo xolalaringizning uylaridan yo sizlar kalitlariga ega bo‘lgan uylardan yo do‘stingizning uyidan (izn so‘ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo‘qdir). To‘plangan yo bo‘lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni, «Assalomu alaykum», denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur», deb aytdi (Nur surasi, 61-oyat). «Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso surasi, 86-oyat). «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat). «Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Nur surasi, 59-oyat). «(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?» (Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat). Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda yuqoridagi rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin. 212-bob Salomning fazli va uni ochiq aytishga buyurish to‘g‘risida 599/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 600/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Odamni o‘z suratida, uzunligi oltmish ziro’ (gaz) qilib xalq qildi. Qachonki, uni xalq qilib bo‘lgach, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. Odam Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 166 alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»), deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti narsaga buyurdilar: 1. Kasalni borib ko‘rmoqni; 2. Janozada qatnashmoqni; 3. Aksa urganga javob qaytarmoqni; 4. Kuchsizga yordam bermoqni; 5. Mazlumga ko‘mak bermoqni; 6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 602/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 604/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak- chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar. 606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi: 1. Nafsiga insof qilmoq; 2. Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.); 3. Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 167 Imom Navaviy bu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: «Bu uch kalimada dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangandir. Chunki insof Allohning barcha buyurgan hukmlarini ado etib, jamiki qaytariqlaridan saqlanishni hamda kishilar huquqiga rioya qilishni taqozo etadi. Ularda bo‘lmagan narsani talab etmaydi. Va yana o‘z nafsini qabohat narsalarga urmasligini ham taqozo etadi. Endi «Olamga salomni tarqatish»ning ma’nosi kishilarning hammasiga salom berib, biror kishiga mutakabbirlik qilmaslikni anglatadi. Va yana biror kishi bilan orasida jafo sababli man qilmasligini anglatadi. «Tanqislikda infoq qilish» deganda, Alloh taologa to‘la bog‘lanib, Unga tavakkul bilan musulmonlarga shafqat qilish tushuniladi». 213-bob Salomning sifati haqida Bilingki, musulmon kishi (salom) aytishining eng afzali «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu»dir. Agar salom beriluvchi bir kishi bo‘lsa ham, ko‘plik olmoshi ila aytilaveradi. Javob beruvchi «Vaalaykum assalomu va rahmatullohi va barokatuhu», deydi. Ya’ni, «va» ko‘shimchasini ziyoda qiladi. 607/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib o‘tirdilar-da, o‘nta, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata, dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta, dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. Abu Dovud Muoz ibn Anasdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida shunga quyidagilarni ziyoda qildilar: «So‘ngra boshqasi kelib «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta, fazilatlar mana shunday bo‘ladi», dedilar». (Ya’ni, salom qancha ziyoda bo‘lsa, savobi ham shunga qarab bo‘ladi... -tarj.) 608/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlaridan o‘tdi. U kishi birodarlarining hayvonlarini boqib yurardi. Bas, «Assalomu alayka, ya Rasulalloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Va alaykas salom va rohmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu va rizvonuhu», dedilar. Shunda: «Ey Rasululloh, siz buning salomiga bunday alik olyapsiz-u, sahobalardan birortasining salomiga bunday alik olmagansiz?» deyilganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Meni bundan nima man qilsinki, bu kishi bir necha o‘n kishi ajri bilan ketyapti», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. Salom aytishga Qur’oni karimdan dalil Hud surasining 69-oyatidir: «Salom berdilar. U ham salom, dedi». Hadisi sharifdan dalil esa yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatdagi Odam alayhissalomga farishtalar qilgan javobdir. Buni bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar berganlar. Unda Alloh: «Mana shu saloming zurriyoting salomidir», degan. Bu ummat ham o‘sha zurriyot ichiga kiruvchidir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 168 609/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror gap aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom bersalar, uch marta salom berardilar.. Imom Buxoriy rivoyatlari. Bu hadisning ma’nosi agar jamoat ko‘p bo‘lsa, deganidir. Fasl: Haqiqiy sunnatga amal qilingan salom ovozini salom berilgan kishi eshitish darajasida aytilganidir. Agar uni eshitmasa, salom beruvchi deb hisoblanmaydi. Unga javob qaytarish ham vojib bo‘lmaydi. Salomga alik oluvchidan vojib soqit bo‘lishi uchun uning ovozini salom beruvchi eshita oladigan darajada bo‘lishi kerak. Agar salom beruvchi uni eshitmasa, javob qaytaruvchidan vojib soqit bo‘lmaydi. Bularni Mutavalliy va boshqalar zikr qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, salom berilgan kishi eshitadigan darajada ovozni balandlatish mahbub sanalgan ishdir. Agar uni eshitdimi yoki eshitmadimi, deb shak qiladigan bo‘lsa, ovozni yana ham balandlatadi va uni bildirishga harakat qiladi. Agar salom berayotganda salom berilgan kishilar orasida uxlayotgan bo‘lsa, ovozni pasaytirish sunnatdir. Salom shu darajada bo‘lsinki, uyg‘okdar eshitib, uyqudagilar uyg‘onib ketmasin. 610/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berdilar. Mening uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim rivoyatlari. (Ushbu hadis uzun bo‘lib, bu yerda mavzuga tegishli joyi qisqa holda keltirilyapti... - tarj.) Fasl. Imom Abu Muhammad qozi Husayn va Imom Abul Hasan al-Vohidiy hamda boshqalarning fikricha, salomga javobni tezlik bilan berish kerak. Agar kechiktirib alik qilsa, javobi o‘tmaydi. Javobni tark qilgani sababli gunohkor ham bo‘ladi. 214-bob Salomni lafz qilmasdan, qo‘l bilan ishora orqali berishning karohiyati xususida 611/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzini boshqalarga o‘xshatgan kishi bizdan emas. Uzingizni yahudiy va nasorolarga o‘xshatmangiz. Chunki yahudiylar salomi - barmoq bilan ishora qilish. Nasorolar salomi esa - kaft bilan ishora qilish», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 612/2. Ammo Termiziy kitoblarida Asmo binti Yaziddan qilingan rivoyatda «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida masjid oldidan o‘tdilar. Bir qancha ayollar o‘tirishgan edi. U zot qo‘llari bilan ishora qilib, salom berdilar». Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam lafz ila ishorani jamladilar. (Agar jamlasa joiz, deganidir). Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 169 215-bob Salomning hukmi Bilingki, salomni boshlash sunnatdir. Lekin vojib emas. U sunnati kifoyadir. Agar salom beruvchilar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan bir kishining salom berishi kifoya qiladi. Agar hammalari salom berishsa-ku, afzal bo‘ladi. 613/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘pchilik agar (yo‘ldan) o‘tishsa, ulardan bittalarining salom berishi kifoya qiladi. Utiruvchilarning ham bittalari salomga alik olsa, kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 614/2. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qavmdan bir kishi salom bersa, qolganlarga ham kifoya qiladi», dedilar. Imom Molik «Muvatto»da rivoyat qilganlar. Fasl: Imom Abu Said al-Mutavalliy aytdilar: «Agar bir kishi boshqa bir shaxsga parda yoki devor orqasidan chaqirib, «Assalomu alayka, ya falon», desa yoki maktub yozib, unda «Assalomu alayka, ya falon» yo «Assalomu ‘ala falon», desa yoxud biror elchi jo‘natib, «Falon kishiga salom ayt», desa, uning ham maktubi yoki biror elchisi yetib borsa, o‘shanga ham salom uchun javob qaytarish vojib bo‘ladi». Shu singari Al-Vohidiy ham: «Maktub yozib salom aytgan bo‘lsa, unga ham javob xati yozish vojib bo‘ladi», dedilar. 615/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va’alayhissalom va rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikki «Sahih»ning ba’zi rivoyatlarida mana shunday «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan va ba’zisida bunday bo‘lmagan. Ishonchli roviyning qo‘shimchasi maqbul bir ishdir. Imom Termiziy kitoblarida esa «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan. Bu hadis hasan va sahihdir. Va o‘zidan uzoqda bo‘lgan kishiga salom yo‘llash ham mustahab amaldir. Fasl: Agar bir inson boshqa bir shaxsga salom yo‘llasa yoki elchi: «Falon kishi sizga salom aytdi», deb aytsa, yuqorida aytganimizdek, tezlik ila salomga javob qaytarmog‘i vojib bo‘ladi. Yetkazuvchi kishiga ham qo‘shib «Va’alayka va’alayhis salom», deb aytish mahbub amaldir. 616/4. G’olib al-Qattondan (r.a), u esa bir kishidan rivoyat qildi. Unga otasi, otasiga esa bobosi gapirib bergan ekan. «Otam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuborib, «U zotga borib mendan salom ayt», dedi. Men u zot huzurlariga borib, «Otam sizga salom aytdi», dedim. U zot: «Senga va otangga salom bo‘lsin», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadisdagi roviylar orasida noaniq kishi bo‘lsa ham, yuqorida aytganimizdek, fazilatli hadislarni aytishga ahli ilmlarning barchalari ruxsat berishgan. Fasl: Mutavalliy aytdilar: «Agar eshitmaydigan karga salom berilsa, u tushunadigan salom lafzi ila beriladi. U anglashi uchun qo‘l bilan ishora qilib bo‘lsa ham, salom beriladi. Ana shunda javobga haqdor bo‘linadi. Agar ular orasi jamlanmasa, javobga haqdor Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 170 bo‘linmaydi. Shu singari kar salom bersa va javobni xohlasa, til bilan aytib, ishora ila javob beradi. Shunda u kishidan javob vojibligi soqit bo‘ladi. Agar tilsizga salom berilsa, u tilsiz qo‘li bilan ishora qilib javob bersa, undan vojib soqit bo‘ladi. Chunki uning ishorasi ta’bir o‘rniga o‘tadi. Agar tilsiz (duduq) ishora bilan salom bersa, javobga haqdordir». Fasl: Bir kishi salom bersa, so‘ngra yaqinroq bir joyda yo‘liqib qolsa, unga ikki va uch marta, balki bundan ham ko‘proq salom berish sunnatdir. 617/5. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib namoz o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Hattoki, shuni uch marta qildi. 618/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt yo devor yoki tosh to‘sib ko‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 619/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ketishayotganda ro‘paralaridan daraxt yoki adirlik chiqib qolib, o‘ng va chapga qayrilib ajrashsa, so‘ngra yo‘liqishsa, yana bir-birlariga salom berishar edi. Ibn Sunniy rivoyatlari. Fasl: Agar ikki kishi yo‘liqib, har biri shu vaqtning o‘zida salom bersa yoki biri boshqasidan keyin salom bersa, nima bo‘ladi? Bu haqda Qozi Husayn va Abu Sa’d Mutavalliylar shunday deyishadi: «Ikkovi ham salomni boshlagan bo‘lib, ularning har biriga salomga javob qaytarish vojib bo‘ladi». Ammo Abu Bakr Shoshiy esa: «Bunga to‘xtalib bir oz javob berishga to‘g‘ri keladi. Agar biri ikkinchisidan keyin salom bersa, javob bo‘ladi. Agar bir vaqtning o‘zida bo‘lsa, javob bo‘lmaydi», dedilar. Mana shu Shoshiy aytgan fikr to‘g‘riroqdir. 620/8. Abu Jizyil Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, «Alaykassalam, ey Allohning rasuli», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alaykassalam, demagin. Chunki u o‘liklarning salomidir», dedilar. Abu Dovud , Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hadis salomning mukammal va yaxshiroq ekanini bayon etishda vorid bo‘lgan. Bundan «salom emas» degan maqsad bo‘lmaydi. Vallohi a’lam. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitoblarida shunday deydilar: «Bu hadisga binoan salomni «Alaykum assalom», deb boshlamoqlik makruhdir. Agar boshlab ko‘ygan bo‘lsa, javob vojib bo‘ladi. Chunki u ham salom-da». Fasl: Hamma so‘zdan oldin salomni boshlash musulmon kishiga sunnatdir. Sahih hadislar va ummatning salafi va xalafining amali shunga muvofiqligi mashhurdir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 171 621/9. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘zlardan oldin salom», dedilar. Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. Fasl: Salom bilan boshlash afzal ekaniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi sahih hadislari dalildir: «Ular ikkovining yaxshisi salom bilan boshlaganidir». Shundan kelib chiqib, har bir ko‘rishgan kishi salomni boshlashga hirs etmog‘i lozim bo‘ladi. 622/10. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilarning Alloh huzuridagi oliy martabaligi salomni boshlaganidir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Imom Termiziy rivoyatlarida keltirilishicha, «Ey Rasululloh, ikki kishi yo‘liqib qolsa, qaysi biri salomni boshlaydi?» deyilganida, u zot: «Alloh huzuridagi oliy martabaligi», deb aytdilar. 216-bob Salomning mustahab, makruh va muboh holatlari haqida Bilingki, yuqorida aytganimizdek, salomni ommaviy qilishga buyurilganmiz. Lekin bu ba’zi holatda ta’kidlangan va ba’zi holatda yengillatilgan va ba’zi holatda man qilingan. Ammo ta’kidlab mahbub sanalganlarining hududi yo‘qdir. Va yana bilingki, tirikka ham, o‘likka ham salom beriladi. Biz o‘likka salom berish kayfiyatini «Janoza zikrlari kitobi»da aytib o‘tganmiz. Ammo salomning makruh, yengillatilgan va muboh holatlarini istisno qilib, bir oz bayon qilishga ehtiyoj bor. Masalan, kishi bavl va shularga o‘xshash narsaga mashg‘ul bo‘lib turganida salom berish makruhdir. U javobga ham hakdor emas. Yana uxlayotgan yoki esnayotgan yoki namoz o‘qiyotgan yoki muazzin namozga azon yoki iqomat aytayotgan bo‘lsa yoxud hammomda bo‘lsa yo shunga o‘xshash salom o‘z ta’sirini o‘tkazmaydigan ishlarda ham salom bergan kishi javobga haqdor emas. Ammo ovqatlanayotgan bo‘lsa-yu og‘zida luqma bo‘lmasa, salomning zarari yo‘qdir. Javob berish u kishiga vojib bo‘ladi. Oldi-sotdi va boshqa muomalalarda salom berilsa, javob berish vojibdir. Ammo jumaga xutba o‘qilib turganda salom berish makruhdir. Chunki xutbada jim turishga buyurilganmiz. Endi shunga xilof qilib salom berib qo‘ysa, javob beriladimi? Bunda bir oz ixtilof bor. U amal qilmagani uchun javob qaytarilmaydi, deganlar bor. Agar xutbada jim turish vojib, deyilsa, salomga alik olmaydi. Agar xutbada jim turish sunnat, deyilsa, o‘sha hozir bo‘lganlar orasidan bir kishi javob qaytaradi. Bir kishidan ko‘pi javob qaytarmaydi deganlar ham bor. Ammo Qur’on qiroati bilan mashg‘ul kishiga beriladigan salom haqida Abul Hasan al-Vohidiy: «Tark qilgan afzaldir», deydilar. «Agar salom berilsa, ishora bilan javob berish kifoya qiladi. Agar Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila salomga alik olsa, «A’uzu»ni aytib, yana tilovatga qaytadi». Bu Vohidiy fikrlari edi. Bunga bir oz e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Zohiriy olib qaralganda, Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila alik oladi. Ammo xotirni jamlab, berilib duo bilan mashg‘ul bo‘layotgan kishini Qur’onga mashg‘ul bo‘layotganga o‘xshatish mumkin. Fikrimcha, ana shu holda unga salom berish makruhdir. Chunki bu unga ovqatlanishdagi mashaqqatdan ham ko‘proq qiyinchilik olib keladi. Ammo ehromdagi talbiya aytuvchi kishiga salom berish makruhdir. Chunki talbiyani to‘xtatish makruh. Bordi-yu salom berilsa, lafz ila alik olib qo‘yadi. Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling