Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet21/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
qildi: «(Ansorlar) garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) 
iysor - ixtiyor qilurlar» (Hashr surasi, 9-oyat)», dedilar. 
 
Sharh: bu yerda yosh bolalar zaruriy ehtiyoj bo‘lgan holda ovqatga muhtoj emasdirlar. 
Odatda, yosh bolalar bir kishi ovqatlanayotganini ko‘rishsa, qorinlari to‘q bo‘lsa ham, uni 
talab qilishadi. Bu yerda haligi erkak ham, xotini ham mehmonlariga o‘z nasibalarini 
tortiq qilishdi. Vallohi a’lam. 
 
 
210-bob Kishi mehmonini xush sanab, mehmonga yetkazgani uchun Allohga 
hamd-sano aytishi haqida 
 
596/1. Abu Hurayra (r.a.) Abu Shurayh al-Xuza’iydan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, 
mehmonini hurmat qilsin», dedilar. 
 
597/2. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarlarni 
(r.a.) uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?» deganlarida, 
ikkovlari: «Ey Allohning rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Mening jonim Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib 
chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir 
kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush 
kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falon kishi 
(ya’ni, ering) qaerda?» dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt 
haligi ansoriy kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki birodarlarini ko‘rib, 
«Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi 
yo‘qdir», dedi...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
211-bob Taomdan keyin aytiladigan duo 
 
598/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Taomlaringizni Allohning zikri va Unga duo qilish ila xotimalanglar. Uni uyqu bilan 
xotimalamanglar. Agar uyqu bilan xotimalasangiz, qalblaringiz qotib qoladi», dedilar. Ibn 
Sunniy rivoyatlari. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
IZN SO’RASH VA SALOM BERISH KITOBI 
 
Alloh taolo: «(Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik 
yo‘qdir, cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni, ular jihodga 
chiqmaganlari uchun ayblanmas). (Ey mo‘minlar), sizlar o‘z uylaringizdan yo 
otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo og‘a-inilaringizning 
uylaridan yo opa-singillaringizning uylaridan yo amakilaringizning uylaridan yo 
ammalaringizning uylaridan yo tog‘alaringizning uylaridan yo xolalaringizning 
uylaridan yo sizlar kalitlariga ega bo‘lgan uylardan yo do‘stingizning uyidan 
(izn so‘ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo‘qdir). To‘plangan yo 
bo‘lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Bas, qachon 
uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza 
salomni aytinglar (ya’ni, «Assalomu alaykum», denglar). Sizlar aql 
yurgizishlaringiz uchun Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon 
qilur», deb aytdi (Nur surasi, 61-oyat). 
 
«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib 
alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh 
hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso surasi, 86-oyat). 
 
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va 
egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun 
yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat). 
 
«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari 
(balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana 
shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Nur surasi, 59-oyat). 
 
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar 
keldimi?» (Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat). 
 
Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va 
furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda 
maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda 
yuqoridagi rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin. 
 
 
212-bob Salomning fazli va uni ochiq aytishga buyurish to‘g‘risida 
 
599/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deganida, u zot: «Qorni ochlarni 
to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
600/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh taolo Odamni o‘z suratida, uzunligi oltmish ziro’ (gaz) qilib xalq qildi. Qachonki, 
uni xalq qilib bo‘lgach, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, 
salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga 
va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. Odam 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar: 
«Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»), 
deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti 
narsaga buyurdilar: 
1. Kasalni borib ko‘rmoqni; 
2. Janozada qatnashmoqni; 
3. Aksa urganga javob qaytarmoqni; 
4. Kuchsizga yordam bermoqni; 
5. Mazlumga ko‘mak bermoqni; 
6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 
7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
602/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat 
qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat 
paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni 
yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan 
(kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz 
o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar 
rivoyatlari. 
 
604/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam 
salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 
 
605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b 
Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. 
Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-
chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom 
berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. 
Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi 
qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» 
desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya 
abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun 
shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan 
kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay 
mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik 
«Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar. 
 
606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi: 
1. Nafsiga insof qilmoq; 
2. Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.); 
3. Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
Imom Navaviy bu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: «Bu uch kalimada dunyo va oxirat 
yaxshiliklari jamlangandir. Chunki insof Allohning barcha buyurgan hukmlarini ado etib, 
jamiki qaytariqlaridan saqlanishni hamda kishilar huquqiga rioya qilishni taqozo etadi. 
Ularda bo‘lmagan narsani talab etmaydi. Va yana o‘z nafsini qabohat narsalarga 
urmasligini ham taqozo etadi. Endi «Olamga salomni tarqatish»ning ma’nosi kishilarning 
hammasiga salom berib, biror kishiga mutakabbirlik qilmaslikni anglatadi. Va yana biror 
kishi bilan orasida jafo sababli man qilmasligini anglatadi. «Tanqislikda infoq qilish» 
deganda, Alloh taologa to‘la bog‘lanib, Unga tavakkul bilan musulmonlarga shafqat qilish 
tushuniladi». 
 
 
213-bob Salomning sifati haqida 
 
Bilingki, musulmon kishi (salom) aytishining eng afzali «Assalomu alaykum va 
rahmatullohi va barokatuhu»dir. Agar salom beriluvchi bir kishi bo‘lsa ham, ko‘plik 
olmoshi ila aytilaveradi. Javob beruvchi «Vaalaykum assalomu va rahmatullohi va 
barokatuhu», deydi. Ya’ni, «va» ko‘shimchasini ziyoda qiladi. 
 
607/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib 
o‘tirdilar-da, o‘nta, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va 
rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata, dedilar. So‘ngra 
boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. 
Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta, dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
Abu Dovud Muoz ibn Anasdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida shunga quyidagilarni ziyoda 
qildilar: «So‘ngra boshqasi kelib «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va 
mag‘firotuhu», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta, fazilatlar mana 
shunday bo‘ladi», dedilar». (Ya’ni, salom qancha ziyoda bo‘lsa, savobi ham shunga 
qarab bo‘ladi... -tarj.) 
 
608/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
yonlaridan o‘tdi. U kishi birodarlarining hayvonlarini boqib yurardi. Bas, «Assalomu 
alayka, ya Rasulalloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Va alaykas salom va 
rohmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu va rizvonuhu», dedilar. Shunda: «Ey 
Rasululloh, siz buning salomiga bunday alik olyapsiz-u, sahobalardan birortasining 
salomiga bunday alik olmagansiz?» deyilganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Meni 
bundan nima man qilsinki, bu kishi bir necha o‘n kishi ajri bilan ketyapti», dedilar. Ibn 
Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 
 
Salom aytishga Qur’oni karimdan dalil Hud surasining 69-oyatidir: «Salom berdilar. U 
ham salom, dedi». 
 
Hadisi sharifdan dalil esa yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatdagi Odam 
alayhissalomga farishtalar qilgan javobdir. Buni bizga Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam xabar berganlar. Unda Alloh: «Mana shu saloming zurriyoting salomidir», 
degan. Bu ummat ham o‘sha zurriyot ichiga kiruvchidir. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
609/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror gap 
aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib 
salom bersalar, uch marta salom berardilar.. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
Bu hadisning ma’nosi agar jamoat ko‘p bo‘lsa, deganidir. 
 
Fasl: Haqiqiy sunnatga amal qilingan salom ovozini salom berilgan kishi eshitish 
darajasida aytilganidir. Agar uni eshitmasa, salom beruvchi deb hisoblanmaydi. Unga 
javob qaytarish ham vojib bo‘lmaydi. Salomga alik oluvchidan vojib soqit bo‘lishi uchun 
uning ovozini salom beruvchi eshita oladigan darajada bo‘lishi kerak. Agar salom 
beruvchi uni eshitmasa, javob qaytaruvchidan vojib soqit bo‘lmaydi. Bularni Mutavalliy 
va boshqalar zikr qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, salom berilgan kishi 
eshitadigan darajada ovozni balandlatish mahbub sanalgan ishdir. Agar uni eshitdimi 
yoki eshitmadimi, deb shak qiladigan bo‘lsa, ovozni yana ham balandlatadi va uni 
bildirishga harakat qiladi. Agar salom berayotganda salom berilgan kishilar orasida 
uxlayotgan bo‘lsa, ovozni pasaytirish sunnatdir. Salom shu darajada bo‘lsinki, uyg‘okdar 
eshitib, uyqudagilar uyg‘onib ketmasin. 
 
610/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib
uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berdilar. Mening 
uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
(Ushbu hadis uzun bo‘lib, bu yerda mavzuga tegishli joyi qisqa holda keltirilyapti... - 
tarj.) Fasl. Imom Abu Muhammad qozi Husayn va Imom Abul Hasan al-Vohidiy hamda 
boshqalarning fikricha, salomga javobni tezlik bilan berish kerak. Agar kechiktirib alik 
qilsa, javobi o‘tmaydi. Javobni tark qilgani sababli gunohkor ham bo‘ladi. 
 
 
214-bob Salomni lafz qilmasdan, qo‘l bilan ishora orqali berishning karohiyati 
xususida 
 
611/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Uzini boshqalarga o‘xshatgan kishi bizdan emas. Uzingizni 
yahudiy va nasorolarga o‘xshatmangiz. Chunki yahudiylar salomi - barmoq bilan ishora 
qilish. Nasorolar salomi esa - kaft bilan ishora qilish», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod 
ila rivoyat qilganlar. 
 
612/2. Ammo Termiziy kitoblarida Asmo binti Yaziddan qilingan rivoyatda «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida masjid oldidan o‘tdilar. Bir qancha ayollar 
o‘tirishgan edi. U zot qo‘llari bilan ishora qilib, salom berdilar». 
 
Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam lafz ila ishorani jamladilar. (Agar 
jamlasa joiz, deganidir). 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
215-bob Salomning hukmi 
 
Bilingki, salomni boshlash sunnatdir. Lekin vojib emas. U sunnati kifoyadir. Agar salom 
beruvchilar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan bir kishining salom berishi kifoya qiladi. Agar 
hammalari salom berishsa-ku, afzal bo‘ladi. 
 
613/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘pchilik 
agar (yo‘ldan) o‘tishsa, ulardan bittalarining salom berishi kifoya qiladi. Utiruvchilarning 
ham bittalari salomga alik olsa, kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
614/2. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar qavmdan bir kishi salom bersa, qolganlarga ham kifoya qiladi», dedilar. Imom 
Molik «Muvatto»da rivoyat qilganlar. 
 
Fasl: Imom Abu Said al-Mutavalliy aytdilar: «Agar bir kishi boshqa bir shaxsga parda 
yoki devor orqasidan chaqirib, «Assalomu alayka, ya falon», desa yoki maktub yozib
unda «Assalomu alayka, ya falon» yo «Assalomu ‘ala falon», desa yoxud biror elchi 
jo‘natib, «Falon kishiga salom ayt», desa, uning ham maktubi yoki biror elchisi yetib 
borsa, o‘shanga ham salom uchun javob qaytarish vojib bo‘ladi». Shu singari Al-Vohidiy 
ham: «Maktub yozib salom aytgan bo‘lsa, unga ham javob xati yozish vojib bo‘ladi», 
dedilar. 
 
615/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: 
«Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va’alayhissalom va 
rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi 
bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Ikki «Sahih»ning ba’zi rivoyatlarida mana shunday «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan va 
ba’zisida bunday bo‘lmagan. Ishonchli roviyning qo‘shimchasi maqbul bir ishdir. Imom 
Termiziy kitoblarida esa «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan. Bu hadis hasan va sahihdir. 
Va o‘zidan uzoqda bo‘lgan kishiga salom yo‘llash ham mustahab amaldir. 
 
Fasl: Agar bir inson boshqa bir shaxsga salom yo‘llasa yoki elchi: «Falon kishi sizga 
salom aytdi», deb aytsa, yuqorida aytganimizdek, tezlik ila salomga javob qaytarmog‘i 
vojib bo‘ladi. Yetkazuvchi kishiga ham qo‘shib «Va’alayka va’alayhis salom», deb aytish 
mahbub amaldir. 
 
616/4. G’olib al-Qattondan (r.a), u esa bir kishidan rivoyat qildi. Unga otasi, otasiga esa 
bobosi gapirib bergan ekan. «Otam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
yuborib, «U zotga borib mendan salom ayt», dedi. Men u zot huzurlariga borib, «Otam 
sizga salom aytdi», dedim. U zot: «Senga va otangga salom bo‘lsin», dedilar». Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
Bu hadisdagi roviylar orasida noaniq kishi bo‘lsa ham, yuqorida aytganimizdek, fazilatli 
hadislarni aytishga ahli ilmlarning barchalari ruxsat berishgan. 
 
Fasl: Mutavalliy aytdilar: «Agar eshitmaydigan karga salom berilsa, u tushunadigan 
salom lafzi ila beriladi. U anglashi uchun qo‘l bilan ishora qilib bo‘lsa ham, salom beriladi. 
Ana shunda javobga haqdor bo‘linadi. Agar ular orasi jamlanmasa, javobga haqdor 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
bo‘linmaydi. Shu singari kar salom bersa va javobni xohlasa, til bilan aytib, ishora ila 
javob beradi. Shunda u kishidan javob vojibligi soqit bo‘ladi. Agar tilsizga salom berilsa, 
u tilsiz qo‘li bilan ishora qilib javob bersa, undan vojib soqit bo‘ladi. Chunki uning 
ishorasi ta’bir o‘rniga o‘tadi. Agar tilsiz (duduq) ishora bilan salom bersa, javobga 
haqdordir». 
 
Fasl: Bir kishi salom bersa, so‘ngra yaqinroq bir joyda yo‘liqib qolsa, unga ikki va uch 
marta, balki bundan ham ko‘proq salom berish sunnatdir. 
 
617/5. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat 
qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik 
olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib 
namoz o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Hattoki, shuni 
uch marta qildi. 
 
618/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt 
yo devor yoki tosh to‘sib ko‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, salom bersin», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
619/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
sahobalari ketishayotganda ro‘paralaridan daraxt yoki adirlik chiqib qolib, o‘ng va 
chapga qayrilib ajrashsa, so‘ngra yo‘liqishsa, yana bir-birlariga salom berishar edi. Ibn 
Sunniy rivoyatlari. 
 
Fasl: Agar ikki kishi yo‘liqib, har biri shu vaqtning o‘zida salom bersa yoki biri 
boshqasidan keyin salom bersa, nima bo‘ladi? Bu haqda Qozi Husayn va Abu Sa’d 
Mutavalliylar shunday deyishadi: «Ikkovi ham salomni boshlagan bo‘lib, ularning har 
biriga salomga javob qaytarish vojib bo‘ladi». Ammo Abu Bakr Shoshiy esa: «Bunga 
to‘xtalib bir oz javob berishga to‘g‘ri keladi. Agar biri ikkinchisidan keyin salom bersa, 
javob bo‘ladi. Agar bir vaqtning o‘zida bo‘lsa, javob bo‘lmaydi», dedilar. Mana shu 
Shoshiy aytgan fikr to‘g‘riroqdir. 
 
620/8. Abu Jizyil Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlariga borib, «Alaykassalam, ey Allohning rasuli», deganlarida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Alaykassalam, demagin. Chunki u o‘liklarning salomidir», 
dedilar. Abu Dovud , Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hadis salomning mukammal va yaxshiroq ekanini 
bayon etishda vorid bo‘lgan. Bundan «salom emas» degan maqsad bo‘lmaydi. Vallohi 
a’lam. 
 
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitoblarida shunday deydilar: «Bu 
hadisga binoan salomni «Alaykum assalom», deb boshlamoqlik makruhdir. Agar boshlab 
ko‘ygan bo‘lsa, javob vojib bo‘ladi. Chunki u ham salom-da». 
 
Fasl: Hamma so‘zdan oldin salomni boshlash musulmon kishiga sunnatdir. Sahih 
hadislar va ummatning salafi va xalafining amali shunga muvofiqligi mashhurdir. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
621/9. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘zlardan 
oldin salom», dedilar. Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 
 
Fasl: Salom bilan boshlash afzal ekaniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
quyidagi sahih hadislari dalildir: «Ular ikkovining yaxshisi salom bilan boshlaganidir». 
Shundan kelib chiqib, har bir ko‘rishgan kishi salomni boshlashga hirs etmog‘i lozim 
bo‘ladi. 
 
622/10. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kishilarning Alloh huzuridagi oliy martabaligi salomni boshlaganidir», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
Imom Termiziy rivoyatlarida keltirilishicha, «Ey Rasululloh, ikki kishi yo‘liqib qolsa, qaysi 
biri salomni boshlaydi?» deyilganida, u zot: «Alloh huzuridagi oliy martabaligi», deb 
aytdilar. 
 
 
216-bob Salomning mustahab, makruh va muboh holatlari haqida 
 
Bilingki, yuqorida aytganimizdek, salomni ommaviy qilishga buyurilganmiz. Lekin bu 
ba’zi holatda ta’kidlangan va ba’zi holatda yengillatilgan va ba’zi holatda man qilingan. 
Ammo ta’kidlab mahbub sanalganlarining hududi yo‘qdir. Va yana bilingki, tirikka ham, 
o‘likka ham salom beriladi. Biz o‘likka salom berish kayfiyatini «Janoza zikrlari kitobi»da 
aytib o‘tganmiz. Ammo salomning makruh, yengillatilgan va muboh holatlarini istisno 
qilib, bir oz bayon qilishga ehtiyoj bor. Masalan, kishi bavl va shularga o‘xshash narsaga 
mashg‘ul bo‘lib turganida salom berish makruhdir. U javobga ham hakdor emas. Yana 
uxlayotgan yoki esnayotgan yoki namoz o‘qiyotgan yoki muazzin namozga azon yoki 
iqomat aytayotgan bo‘lsa yoxud hammomda bo‘lsa yo shunga o‘xshash salom o‘z 
ta’sirini o‘tkazmaydigan ishlarda ham salom bergan kishi javobga haqdor emas. Ammo 
ovqatlanayotgan bo‘lsa-yu og‘zida luqma bo‘lmasa, salomning zarari yo‘qdir. Javob 
berish u kishiga vojib bo‘ladi. Oldi-sotdi va boshqa muomalalarda salom berilsa, javob 
berish vojibdir. Ammo jumaga xutba o‘qilib turganda salom berish makruhdir. Chunki 
xutbada jim turishga buyurilganmiz. Endi shunga xilof qilib salom berib qo‘ysa, javob 
beriladimi? Bunda bir oz ixtilof bor. U amal qilmagani uchun javob qaytarilmaydi, 
deganlar bor. Agar xutbada jim turish vojib, deyilsa, salomga alik olmaydi. Agar xutbada 
jim turish sunnat, deyilsa, o‘sha hozir bo‘lganlar orasidan bir kishi javob qaytaradi. Bir 
kishidan ko‘pi javob qaytarmaydi deganlar ham bor. Ammo Qur’on qiroati bilan mashg‘ul 
kishiga beriladigan salom haqida Abul Hasan al-Vohidiy: «Tark qilgan afzaldir», deydilar. 
«Agar salom berilsa, ishora bilan javob berish kifoya qiladi. Agar Qur’on o‘qiyotgan kishi 
lafz ila salomga alik olsa, «A’uzu»ni aytib, yana tilovatga qaytadi». Bu Vohidiy fikrlari 
edi. Bunga bir oz e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Zohiriy olib qaralganda, Qur’on o‘qiyotgan 
kishi lafz ila alik oladi. Ammo xotirni jamlab, berilib duo bilan mashg‘ul bo‘layotgan 
kishini Qur’onga mashg‘ul bo‘layotganga o‘xshatish mumkin. Fikrimcha, ana shu holda 
unga salom berish makruhdir. Chunki bu unga ovqatlanishdagi mashaqqatdan ham 
ko‘proq qiyinchilik olib keladi. Ammo ehromdagi talbiya aytuvchi kishiga salom berish 
makruhdir. Chunki talbiyani to‘xtatish makruh. Bordi-yu salom berilsa, lafz ila alik olib 
qo‘yadi. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling