Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.
Pdf просмотр
bet23/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
 
Fasl: Solih mayyit kishining yuzini muborak bo‘lgani uchun o‘pishning zarari yo‘q. 
Safardan qaytgan do‘stining yuzidan o‘pishning ham zarari yo‘q. 
 
659/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari 
haqidagi uzun hadisda aytilishicha, Abu Bakr (r.a.) u zot huzurlariga kirib, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini ochdilar. So‘ngra engashib turib o‘pdilar-da, 
yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
660/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib 
o‘pdilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
Ammo yosh bola va safardan qaytuvchidan tashqari kishilarning yuzidan o‘pish va 
quchoqlashish makruhdir. Bunga dalil quyidagi hadis: 
 
661/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki 
do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib 
o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», 
deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 
 
Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir. 
 
662/12. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Anasga (r.a.) «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam sahobalarida qo‘l berib so‘rashish bormidi?» desam, «Ha», deb javob qildilar». 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
663/13. Ka’b ibn Molikning (r.a.) tavbalari haqidagi qissada keltirilishicha, «Talha ibn 
Ubaydulloh (r.a.) yugurib kelib, menga qo‘llarini berib so‘rashdilar va tabrikladilar», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
664/14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki 
musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari 
kechiriladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
665/15. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki 
musulmon yo‘liqishsa, ikkovlari ajralmasdan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu 
Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
666/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki 
do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib 
o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», 
deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 
 
667/17. Ato ibn Abdulloh al-Xurosoniydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam menga: «Ko‘l berib so‘rashinglar, u nafratni ketkazadi. Bir-biringizga 
hadya berib turinglar, shunda bir-biringizga muhabbat qilasiz hamda ginalar barham 
topadi», dedilar». Imom Molik rivoyatlari. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
 
Bilingki, har yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish mustahabdir. Ammo kishilar odat qilib 
olganidek, subh hamda asr namozlaridan keyin ko‘l berib so‘rashishdek ma’lum bir 
vaqtlarni belgilab olish shariatda yo‘q. Lekin ko‘l berib so‘rashishning asli sunnat bo‘lgani 
uchun zarar qilmaydi. Ular esa ba’zi holatlarda bardavom bo‘lib, ko‘p holatlarda 
kamchilikka yo‘l ko‘yishdi. Ba’zida bo‘lsa ham, qo‘l berib so‘rashish shariatda vorid 
bo‘lgan narsadan chiqarib yubormaydi. 
 
Imom Abu Muhammad Abdusalom (r.a.) «Al-Qavo’id» nomli kitoblarida; «Albatta bid’at 
besh qism bo‘ladi: vojib, harom, makruh, mustahab, muboh. Subh va asr namozi 
so‘nggida ko‘l berib so‘rashmoq muboh bo‘lgan bid’atlar qatoriga kiradi», deganlar. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, tuk chiqmagan chiroyli yuzli kishi bilan qo‘l berib 
so‘rashishdan saqlanmoq lozimdir. Chunki ularga nazar solishning o‘zi harom. Ba’zi 
sohiblarimizning fikricha, har bir nazar qilish harom bo‘lgan narsani ushlash ham 
haromdir. Balki ushlash undan ham harom. Uylanadigan kishi begona ayolga uylanishini 
iroda qilib qarasa, halol. Shu singari oldi-sotdi va olish-berishlarda ham nazar solish 
halol. Ammo bularning birortasida ushlashlik joiz emas. 
 
Fasl: Qo‘l berib so‘rashayotganda ochiq yuzli bo‘lish va mag‘firat so‘rab duo qilish 
mahbub amallardandir. 
 
668/18. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq 
yuz ila ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
669/19. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ikki musulmon yo‘liqishganda qo‘l berib so‘rashib jilmayishsa va do‘stona hamda 
nasihatda bo‘lishsa, o‘rtalaridagi xatolar sochilib ketadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Boshqa bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib 
so‘rashishsa va Allohga hamd hamda istig‘forda bo‘lishsa, Alloh azza va jalla ularning 
gunohlarini mag‘firat qiladi», dedilar. 
 
670/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh 
yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishi yo‘liqib, bir-biriga qo‘l berib so‘rashishsa hamda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishsa, ajramaslaridan turib avvalgi-yu 
oxirgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
671/21. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror 
kishining qo‘lini ushlasalar, 
«Allohumma atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan vaqina azaban-nar», deb 
aytmasdan ajralmasdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Fasl: Har qanaqa kishiga har bir holatda bo‘yin egish joiz emas. Biz bunga misol qilib
Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan 666-raqamli hadisni yuqorida keltirgandik. Ana shu hadis 
hasan bo‘lib, muxoliflik yo‘qdir. Ilm, isloh va boshqa fazilatli xislatlarga mansub 
kishilarni unga amal qilishlari sizlarni g‘ururga olib bormasin. Chunki ergashish faqat 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xosdir. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
vasallam bo‘yin egma dedilarmi, buyruqlarini bajarmoq lozim.) Alloh taolo Hashr 
surasining yettinchi oyatida: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, 
u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» hamda Nur surasining 63-oyatida: 
«(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biror fitna-
kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» deb 
aytgan. 
 
«Janoza kitobi»da keltirganimizdek, Fuzayl ibn Iyozdan quyidagi ma’nodagi narsa 
rivoyat qilingan: «Hidoyat yo‘liga tobe’ bo‘l. Usha yo‘lda yuruvchilarning ozligi seni 
o‘ksitmasin. Zalolat yo‘lidan chetlan. Halokatga olib boruvchi yo‘ldagilarning ko‘pligi seni 
g‘ururga olib bormasin». 
 
Fasl: Ammo kiruvchi kishiga hurmat qilib o‘rnidan turish mahbub amallardandir. Agar 
o‘sha kishi ilmda fazilatli yoki isloh, sharaf yoki o‘zini saqlagan boshliq bo‘lsa yoki 
tug‘ishgani hamda katta yoshdagi qarindosh bo‘lsa, ana shu turishdan maqsadi 
yaxshilik, ikrom va ehtirom bo‘lishi shart. Ammo riyo va buyuk sanash bo‘lsa, joiz emas. 
Bunga salaf hamda xalaflar bardavom amal qilishgani uchun bu so‘zni ixtiyor qildik. 
Bunga dalil bo‘luvchi salaflarning so‘zlari va asarlarini jamladim. Bunga xilof qilganlarni 
ham zikr etdim va javob ham berdim. Kimga bu narsalar tushunarsiz bo‘lsa, mana shu 
qismda yozganlarimdan o‘qib, tushunmagan narsalarini bartaraf etishini umid qilaman. 
 
Fasl: Solih kishilar, og‘aynilar, qo‘shnilar, do‘stlar va qarindoshlarni ziyorat qilish 
ta’kidlangan mahbub amallardandir. Vaqtini aniqlash ularning holatlari, martabalari va 
bo‘sh paytlariga qarab o‘zgaradi. Ziyorati karih ko‘rmaydigan ko‘rinishda va rozi 
bo‘ladigan vaqtda bo‘lishi shart. Bunga bir necha mashhur asar va hadislar bor. 
 
672/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Bir kishi boshqa bir qishloqdagi og‘aynisini ziyorat qildi. Alloh taolo uning yo‘lida 
kuzatuvchi qilib bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib, «Qaerga borishni 
xohlaysan?» deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi og‘aynimnikiga», dedi. 
Farishta: «Sening unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, 
lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga 
yuborilgan Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek 
yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
673/23. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim biror kasalni borib ziyorat qilsa yoki birodarini Alloh yo‘lida ziyorat qilsa, bir nido 
qiluvchi nido qilib: «Qadamlaringga hasanot, jannatdan o‘z manzilingni tayyorlab 
qo‘yding», deb aytadi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatplari. 
 
Fasl: Kishi solih do‘stidan ziyoratni ko‘paytirmog‘ini so‘rash mahbub ekanligi haqida: 
 
674/24. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil 
alayhissalomga: «Bizni bundan-da ko‘proq ziyorat qilishdan sizni nima man qiladi?» 
deganlarida, quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «(Ey Muhammad), biz yolg‘iz 
Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz. Oldimizdagi (oxirat) ham, 
ortimizdagi (dunyo) ham, (dunyo va oxirat) o‘rtasidagi barcha ish-amallar ham yolg‘iz 
Unikidir» (Maryam surasi, 64-oyat). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
 
221-bob Aksa urganga javob berish va esnashning hukmi 
 
675/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi. Esnashni esa karih ko‘radi. Sizlardan 
biringiz aksa urib, «Alhamdulillah», deb Allohga hamd aytsa, har bir eshitgan musulmon 
kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb aytmog‘i shart bo‘ladi. 
Ammo esnash shaytondandir. Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qodir 
bo‘lganicha uni qaytarsin. Chunki esnagan kishiga shayton kuladi», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
 
Ulamolar shunday deyishgan: «Vaznning yengil bo‘lishi, taomni kam va kuchsizini 
iste’mol qilish aksaga sabab bo‘luvchi narsalardandir. Shuning uchun aksa maqtalgandir. 
Bu tavsiya qilingan ishlardan bo‘lib, shahvatni zaiflashtirib, toatni osonlashtiradi. Esnash 
esa buning aksidir». 
 
676/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlardan biringiz aksa bersa, 
«Alhamdulillah», desin. Yonidagi og‘aynisi yoki do‘sti 
«Yarhamukalloh», desin. «Yarhamukalloh», degan kishiga 
«Yahdikumullohu va yuslih bolakum», ya’ni «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh 
etsin», desin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
677/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida 
ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar. 
Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa 
ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu 
«Alhamdulillahi», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
678/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sizlardan biringiz aksa urib Allohga hamd aytsa, unga javob qaytaring. Agar 
hamd aytmasa (ya’ni, «Alhamdulillah», demasa), javob qaytarmang», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
 
679/5. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni yetti 
narsaga buyurdilar va yetti narsadan qaytardilar. Buyurilgan narsalar quyidagilardir: 
1. Kasalni borib ko‘rish; 
2. Janozaga ergashish; 
3. Aksa urgan kishiga javob qaytarish; 
4. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirgan kishiga javob qilish; 
5. Salomga alik olish; 
6. Mazlumga yordam berish; 
7. Qasamning ustidan chiqish». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
680/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir: 
1. Salomga alik olish; 
2. Kasalni borib ko‘rish; 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
3. Janozaga ergashish; 
4. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish; 
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
6.  
Muslimning rivoyatlarida esa quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning musulmondagi 
haqqi oltitadir: 
1. Yo‘likqanda salom berish; 
2. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish; 
3. Nasihat talab qilsa, nasihat qilish; 
4. Agar aksa urib hamd aytsa, («Yarhamukalloh», deb) javob qaytarish; 
5. Kasal bo‘lsa, borib ko‘rish; 
6. Janozada qatnashish». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Ulamolar aksa urgan kishi ketidan «Alhamdulillah», deb aytishini mustahab, 
deyishgan. Agar «Alhamdulillahi robbil alamiyn», desa, yaxshiroq. Agar «Alhamdulillahi 
‘ala kulli hol», desa, afzalroqdir. 
 
681/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlardan biringiz aksa ursa, 
«Alhamdulillahi ‘ala kulli hol», desin. Uni eshitgan og‘aynisi yoki do‘sti 
«Yarhamukalloh», desin. (Aksa urgan) 
«Yahdikumullohu va yuslih balakum», deb aytadi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar 
sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
 
682/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Ibn Umarning yonlarida aksa urib, 
«Alhamdu lillahi vassalomu ‘ala rasulillah», dedi. Ibn Umar (r.a.): «Alhamdu lillahi 
vassalomu ‘ala rasulillah» dedingmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga 
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», deyishga buyurganlar-ku», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, eshitgan kishi «Yarhamukalloh» yoki «Yarhamukumulloh» 
yoki «Rahimakumulloh», deyishi mahbubdir. Bundan keyin aksa urgan kishining 
«Yahdikumulloh va yuslih balakum» yoki «Yag‘firullohu lana valakum», deb aytishi ham 
mahbubdir. 
 
683/9. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umar (r.a): «Sizlardan biringiz aksa ursa, 
unga 
«Yarhamukalloh», deydi. U esa 
«Yarhamunallohu va iyyokum va yag‘firullohu lana va lakum», ya’ni «Alloh bizlarni va 
sizlarni rahm qilib, sizlarni va bizlarni mag‘firat qilsin», deydi», dedilar. Imom Molik 
rivoyatlari. 
 
Fasl: Aksa uruvchi hamd aytmasa, javob qaytarilmaydi. Biz buni yuqoridagi hadisda 
o‘rgandik. Hamd va aksaga javob qaytarish kamida yonidagi sherigi eshitadigan 
darajada bo‘lishi kerak. 
 
Fasl: Aksa uruvchi kishi «Alhamdulillah»dan boshqa lafzni aytsa, javob qaytarilishiga 
haqli emas. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
684/10. Solim ibn Ubayd al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam huzurlarida edik. Shu payt qavm orasidan bir kishi aksa urib, «Assalomu 
alaykum», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzingga hamda onangga salom 
bo‘lsin», dedilar, so‘ngra «Sizlardan biringiz aksa uradigan bo‘lsa, Allohga hamd aytsin. 
Uning huzuridagilar «Yarhamakumulloh», desin. Yana aksa urgan kishi «Yag‘firullohu 
lana valakum», ya’ni «Alloh sizni va bizlarni mag‘firat qilsin», deb aytsin», dedilar». Abu 
Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
Fasl: Aksa kelgan paytda ko‘lini yoki kiyimini yo shunga o‘xshash narsalarini og‘ziga 
ko‘yib, ovozini pastlatmog‘i sunnat amallardandir. 
 
685/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar aksa uradigan bo‘lsalar, ko‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini 
pastlatardilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
686/12. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta Alloh azza va jalla esnaganda va aksa urganda ovozni 
balandlatganlarni yomon ko‘radi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
687/13. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Baland (ovoz ila) esnash va qattiq aksa shaytondandir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Fasl: Agar bir insonda aksa orqama-orqa takrorlanadigan bo‘lsa, toinki uch martagacha 
har gal javob bermoqligi sunnatdir. 
 
688/14. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlarida bir kishi aksa urganida «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi bor aksa 
urganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi shamollab tumov bo‘lib 
qolibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Ammo Abu Dovud va Termiziylar rivoyatida keltirilishicha, Salama ibn Akva’ aytadilar: 
«Mening guvohligimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa 
urdi. U zot: «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi va uchinchi gal ham aksa urganda, 
«Yarhamukalloh»ni aytib, «Bu kishi shamollab qolibdi», dedilar. Imom Termiziy bu 
hadisni hasan sahih, dedilar. 
 
689/15. Ubaydulloh ibn Rifo’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Aksa urganga uch bor javob beriladi. Agar uchtadan ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa, 
xohlasangiz, javob qiling, xohlamasangiz, javob qilmang», dedilar. Abu Dovud va 
Termiziylar rivoyati. 
 
Bu hadis zaifdir. Imom Termiziy so‘zlariga ko‘ra, bu hadis g‘arib bo‘lib, isnodi majhuldir. 
 
690/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlardan biringiz aksa ursa, yonidagi o‘tirgan kishi javob qaytarsin. Agar uchtadan 
ziyoda bo‘lsa, u shamollagandir. Uchtadan keyin javob qaytarilmaydi», dedilar. 
 
Bu haqda ulamolar ixtilof qilishgan. Ba’zilar ikkinchisida, deyishgan, uch va 
to‘rtinchisida, deganlar ham bor. Eng to‘g‘risi uchinchisidir. Buning ma’nosi - u kishi 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
aksasiga javob qaytarilmaydi. Chunki bu tumov kasalligi bo‘lib, yengil aksa emas. Agar 
«Tumov kasali bo‘lsa, duo qilib javob qaytarilishiga boshqalardan ko‘ra hakdi emasmi?» 
deyilsa, bunga javob shunday: «Haqiqatda duo qilish mahbub amal. Lekin mashru’ 
bo‘lgan aksa duosidan tashqaridagi duoni qilsin. Balki musulmon boshqa musulmonga 
ofiyat, salomatlik va shunga o‘xshash narsalarni duo qilaverishida zarar yo‘q, faqat aksa 
urishga taalluqli bo‘lmasin». 
 
Fasl: Agar aksa ursa-yu hamd aytmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, javob 
qaytarilmaydi. Shu singari agar hamd aytsa-yu uni kishi eshitmasa ham, javob 
qaytarilmaydi. Agar jamoat bo‘lsa-yu ularning ba’zilari eshitib, ba’zilari eshitishmasa, 
eshitganlar javob qaytarishadi. Bilingki, agar hamd aytmasa, bunda hamdni eslatmoqlik 
mustahabdir. 
 
691/17. Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi. Yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida aksa urib, Rasulullohning «Yarhamukalloh», (ya’ni, «Alloh rahm 
qilsin»), deyishlariga umid qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: 
«Yahdikumullohu va yuslih balakum», (ya’ni, «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh 
etsin»), deb aytardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
 
Abu Ya’lo al-Muvsiliy «Musnad»larida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyat shunday 
keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror so‘z gapirayotgan bo‘lsa-
yu, uning huzurida aksa urilsa, bas, u haqdir», deganlar». Buning isnodi ishonchlidir. 
Faqat Baqiyya ibn Validning sanadida ixtilof qilingan. Aksar hadis imomlari buning 
rivoyatini shomliklardan bo‘lsagina hujjat qilib keltirishgan. Bu hadisni esa Muoviya ibn 
Yahyo Shomiydan rivoyat qilganlar. 
 
Fasl: Agar esnasa, yuqoridagi sahih hadisga binoan qodir bo‘lganicha qaytarmoqligi va 
qo‘lini og‘ziga ko‘ymoqligi sunnatdir. 
 
692/18. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, ko‘li bilan og‘zini to‘ssin, chunki 
shayton kirib ketadi», dedilar. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, esnash xoh namozda, xoh tashqarida bo‘lsin, qo‘lini 
og‘ziga ko‘yish mahbub amallardandir. Ammo esnashdan tashqari holatlarda namoz 
o‘quvchi kishining ko‘lini og‘ziga ko‘yishi makruh sanaladi. 
 
 
222-bob Maqtash haqida 
 
Bilingki, kishini gohida o‘z oldida va gohida yo‘qligida chiroyli sifatlar ila maqtaladi. 
Yo‘qligida maqtashning zarari yo‘q. Faqat maqtovchi kishi yolg‘on aralashtirmasligi va 
ana shu yolg‘on sababidan o‘sha sifatdan mahrum bo‘lmasligi hamda maqtalgan kishi 
fasodga ketib fitnalanib qolmasligi kerak. 
 
Ammo o‘zining oldida yuziga maqtash to‘g‘risida ba’zi hadislar mahbub ekanligini, ba’zisi 
esa man qilinganligini aytgan. Ulamolar ikki tomon hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni 
aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil imonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli kishi 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga ketmasa, harom ham, makruh ham 
emas. Agar bu ishlarning birortasidan ko‘rqilsa, maqtashlik qattiq makruh». 
 
 
Maqtashni man qiluvchi hadislar 
 
693/1. Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Usmonni (r.a.) maqtaganida Miqdod 
(r.a.) tizzalarini bukib, uning yuziga mayda toshlarni otib chang soldilar. Shunda Usmon 
(r.a.): «Bu nima qilganingiz?» deganlarida, Miqdod (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning «Agar maqtovchilarni ko‘rsangiz, yuzlariga tuproq soching», deganlarini 
eshitdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
694/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bir kishining boshqa bir kishini ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganini eshitib: «Uni 
halok qildinglar yoki bu kishining belini sindirdinglar-ku», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
695/3. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlarida bir kishi zikr qilindi. Shunda boshqa bir kishi uning yaxshiligini gapirib 
maqtab yubordi. Buni eshitgan Rasululloh: «Do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku», deb bir 
necha marta aytdilar. So‘ngra u zot: «Agar sizlardan biringiz maqtashga majbur bo‘lib 
qolsa, uni unday-bunday va shu singari, deb o‘ylayman, desin. Agar men bilganimdek 
ana shu sifatlarga ega bo‘lsa, 
 
«Hasiybuhu Alloh vala yuzakkiy ‘alallohu ahada» (ma’nosi: «Uning kifoyachisi Allohdir. 
Allohning oldida biror kishi aybsiz emas»), desin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling