Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet26/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38

 
256-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona 
deb kunyalash joizligi haqida 
 
Bilingki, bularning har birida ta’qiq yo‘q. Ummatning salaflaridan tashkil topgan sahoba, 
tobe’in va ulardan keyingilar Abu Fulona, deb qiz bolaning ismi bilan ham 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
kunyalanishgan. Ulardan Usmon ibn Affonda uchta kunya: Abu Amr, Abu Abdulloh va 
Abu Laylolar bor edi. Va yana shunday kunyalardan Abu Dardodir. Bu sahobaning Xayra 
ismli katta xotinlari ham Ummu Dardo, Hujayma ismli kichik xotinlari ham Ummu Dardo 
edilar. Bu kichik xonim yetuk aqlli, fozila, faqih, qadri ulug‘ tobe’inlardan edi. Va yana 
Abdurahmon ibn Abu Laylo, otalari Abu Laylo, bularning xotinlari Ummu Laylo bo‘lib, bu 
ikkovi sahobalardan edi. Va yana Abu Umoma, Abu Rayhona, Abu Ramsa, Abu Riyma, 
Abu Amra Bushayr ibn Amr, Abu Fotima al-Laysiy, Abu Maryam Azdiy, Abu Ruqayya 
Tamim Doriy, Abu Karima Miqdom ibn Ma’diy Karibalarning hammalari sahoba 
bo‘lishgan. 
 
Tobe’inlardan Abu Oisha Masruq ibn Ajda’ va shunga o‘xshash son-sanog‘i yo‘q kishilar 
bo‘lgan. 
 
Sam’oniy «Al-Ansob» kitobida Masruqning bunday (Masruq, ya’ni o‘g‘irlangan) deb 
ismlanishiga sabab u zotni yoshlik paytlarida bir odam o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra 
topilganlar, deb aytganlar. 
 
Sahih hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Saxrni 
Abu Hurayra, deb kunyalaganlar. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
TURLI ZIKRLAR KITOBI 
 
Bilingki, bu kitobni foydasi katta bo‘lgan duo-zikrlardan tashkil topgan turli boblar ila 
to‘ldirdim. Bu duolarda tartib lozim bo‘lmagani uchun tartiblamadim. 
 
257-bob Xursandchilik xabari berilgan paytda Alloh taologa hamdu sano aytish 
mahbubligi haqida 
 
Bilingki, biror ne’mat hosil bo‘lganda yoki biror balo-ofat ketganda, Allohga shukr sajdasi 
qilmoq va hamdu sano aytmoq mahbub amallardandir. Bunga dalil sifatida mashhur 
hadis va asarlar ko‘pdir. 
 
754/1. Amr ibn Maymun uzun kelgan mashvarat haqidagi hadisda Umar ibn Xattobning 
(r.a.) o‘limlari haqidagi qilgan rivoyatlarida Umar (r.a.) o‘g‘illari Abdullohni Oishaning 
(r.a.) huzurlariga ikki do‘stlari bilan birga dafn etishga izn berishlarini so‘rash uchun 
yubordilar. Qachonki, Abdulloh (r.a.) kelgach, Umar (r.a.): «Biror yangilik olib 
keldingmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ey mo‘minlar amiri, siz yaxshi ko‘rgan 
narsaning iznini olib keldim», dedilar. Shunda Umar (r.a.): «Alhamdulillah, menga 
bundan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
258-bob Xo‘roz qichqirig‘i, eshak hangrashi va it vovillashini eshitganda 
aytiladigan zikrlar 
 
755/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila shaytondan panoh tilanglar. 
Chunki u shaytonni ko‘rgandir. Agar xo‘roz qichqirig‘ini eshitsangizlar, Allohdan Uning 
fazlini so‘ranglar. Chunki u farishtani ko‘rgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
756/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar kechasi it vovillashini va eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila 
panoh so‘ranglar. Chunki ular sizlar ko‘rmaydigan narsani ko‘radi», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
 
259-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar 
 
757/1. Amr ibn Shu’ayb otasidan, u esa bobosidan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Agar yong‘inni ko‘rsanglar, takbir aytinglar. Chunki takbir olovni 
o‘chiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Bunga qo‘shib qiyinchilik va ofatlarda o‘qiladigan zikrlar ham aytiladi. 
 
 
260-bob Majlisdan turgan paytda aytiladigan zikrlar 
 
758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki bir majlisda o‘tirganida shovqin-suron ko‘payib ketsa, majlisdan turishidan oldin 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
«Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu 
ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. 
(Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik 
beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».) Termiziy 
rivoyatlari. 
 
759/2. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni 
tugatib, majlisdan turishni xohlasalar, 
 
«Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu 
ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni 
avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu 
kalimalar majlisda bo‘lgan narsalarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivotlari. 
 
Imom Hakim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oisha (r.a.) rivoyatidan sahih 
musnad ila rivoyat qilganlar. 
 
760/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimki (Qiyomat kunida) to‘liq o‘lchov ila 
unga (savobni) o‘lchanishini yaxshi ko‘rsa, majlisning oxirida yoki undan turgan paytda 
 
«Subhana robbika robbil izzati ‘amma yasifuvn va salamun ‘alal mursaliyn val hamdu 
lillahi robbil olamiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Qudrat egasi bo‘lmish 
Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni, har qanday aybu nuqsondan) pokdir. 
(Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay. Hamdu sano barcha 
olamlarning Parvardigori -Alloh uchundir.) «Huliyyatul avliyo» kitobida rivoyat qilingan. 
 
 
261-bob Majlisda o‘tiruvchining o‘zini va jamoatda o‘tirganlarni duo qilishi 
 
761/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
quyidagilar bilan sahobalariga duo qilib, majlisdan turib ketardilar: 
 
«Allohumma aqsim lana min xashyatika ma yahulu baynana va bayna ma’asiyka va min 
toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna 
masoibaddunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va absorina va quvvatina ma 
ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man zolamana vansurna ‘ala man 
‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid dunyo akbara hammina vala 
mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». (Ma’nosi: «Allohim, Senga 
qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va jannatingga yetkazadigan 
toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqiynni (to‘la ishonchni) 
ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz va quvvatimiz ila 
naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (ya’ni, vafot etgunimizcha omonda qil). Uchimizni 
bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. Musibatimizni 
dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va bizga rahm 
qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Termiziy rivoyatlari. 
 
 
262-bob Allohni zikr qilmay majlisdan turishning karohiyati haqida 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
762/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Biror qavm majlisdan turib Allohni zikr qilmasa, xuddi eshakning o‘laksasi kabi turib, 
hasratda qoladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
763/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. 
Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham 
noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
764/3. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror 
qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh xohlasa, azoblaydi va agar 
xohlasa, kechiradi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 
 
 
263-bob Yo‘lda zikr aytish haqida 
 
765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Biror qavm bir majlisga o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga noqislik yetadi. 
Kishi yo‘lda keta turib Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga ham noqislik yetadi», 
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
766/2. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam Tabukdaliklarida Jabroil alayhissalom kelib, «Ey Muhammad, Muoviya ibn 
Muoviya al-Muzaniyning janozalarida ishtirok eting», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bordilar. Va Jabroil alayhissalom ham yetmish ming farishta bilan tushib, o‘ng 
qanotlarini toqqa qo‘yganlarida, u egildi. Chap qanotlarini yerga qo‘yganlarida, u ham 
egildi. Hattoki, u zot Makkaga va Madinaga nazar soldilar. U sahobaning janoza 
namozlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Jabroil alayhissalom va farishtalar 
o‘qishdi. Qachonki, undan forig‘ bo‘lishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey 
Jabroil, Muoviya nimasi sababli bu maqomga yeta oldi?» deganlarida, Jabroil 
alayhissalom: «Tik turganda ham, yurib ketayotganda ham, ulov minib ketayotganda 
ham, «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilib yurishi sabab bo‘ldi», dedilar. Ibn Sunniy va 
Bayhaqiylar rivoyatlari. 
 
 
264-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar 
 
Alloh taolo Oli Imron surasining 134-oyatida «g‘azablarini ichlariga yutadigan» va 
Fussilat surasining 36-oyatida «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa 
yo‘ldan ozdirsa, u holda Alloxdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi 
Zotdir», deb aytgan. 
 
767/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chikqanda gazabini 
bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
768/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimni pahlavon deb hisoblaysizlar?» deganlarida, biz: «Kishilar bellasha olmaydigan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
odamni pahlavon, deymiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday 
emas, gazab paytida o‘z nafsiga ega bo‘lgan (gazabini bosib olgan) kishi haqiqiy 
pahlavondir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
769/3. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimki gazabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo 
qiyomat kunida xaloyiq boshiga chaqirib, xohlagan hurini tanlash huquqini beradi», 
dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
770/4. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, 
bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir 
kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u 
 
«A’uvzu billahi minash-shaytonir rojiym», (ya’ni, la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh 
tilayman) desa, undan mana bu holat ketadi», dedilar. Kishilar o‘sha odamning oldiga 
borib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh 
tila», deb aytdilar», deyishganida, u kishi: «Nima, menda jinnilik bormi?» dedi». Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
771/5. Xuddi mana shu ma’nodagi hadis Abu Dovud va Termiziyning kitoblarida 
Abdurahmon ibn Abu Laylo Muoz ibn Jabaldan (r.a.) qilgan rivoyatlarida ham bor. 
Termiziy buni mursal, deganlar. Ya’ni, Abdurahmon Muoz bilan ko‘rishmaganlar. 
 
772/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga 
kirdilar. Usha paytda jahlim chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da, 
«Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi), 
 
«Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt», 
dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va 
shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
773/6. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta g‘azab shaytondandir. Albatta shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa 
suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
265-bob Yaxshi ko‘rgan kishisiga buni bildirib qo‘yish mahbubligi va 
bildirganda aytadigan zikrlari 
 
774/1. Miqdom ibn Ma’diy Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar kishi birodarini yaxshi ko‘rsa, uni yaxshi ko‘rganini bildirib qo‘ysin», 
dedilar. Abu Dovud , Termiziy rivoyatlari. 
 
775/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlarida edi. Boshqa bir kishi o‘tib qoldi. U: «Ey Rasululloh, men uni yaxshi 
ko‘raman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga yaxshi ko‘rishingni 
bildirdingmi?» deganlarida, «Yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni 
bildirgin», dedilar. U kishi borib, «Men seni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
haligi kishi: «Alloh (yo‘lida) meni sevganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», dedi. 
Abu Dovud rivoyatlari. 
 
776/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u 
kishining ko‘llaridan ushlab, «Ey Muoz, Allohga qasamki, seni yaxshi ko‘raman. Men 
senga har namoz ketidan 
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika», deb aytib uni tark 
qilmasligingni vasiyat qilaman», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyatlari. 
 
777/4. Yazid ibn Nu’oma Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar kishi boshqa bir kishi bilan do‘stlashsa, uning ismini, otasining ismini va 
qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Chunki shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi», dedilar. 
Termiziy rivoyat qilib, bu hadisni garib, deganlar. 
 
 
266-bob Kasallik yoki boshqa narsa bilan balolangan kishini ko‘rganda 
aytiladigan zikrlar 
 
778/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki (nogironlik va bemorlik ila) balolangan kishini ko‘rib, 
«Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman 
xolaqo tafziyla», desa, unga ana shu balo yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «U kasallik bilan 
balolagan narsangda meni ofiyatda qilganing uchun va odamlar orasida meni ko‘proq 
fazilatli qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin».) Termiziy hasan isnod ila qilgan 
rivoyatlari. 
 
779/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki balolangan kishini ko‘rib, «Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va 
fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, tirikligida bo‘ladigan ana shunday 
balolardan ofiyatda bo‘ladi», dedilar. Termiziy zaif isnod ila qilgan rivoyatlari. 
 
Ulamolar: «Bu zikrni o‘zi eshitadigan qilib aytish lozim», deyishadi. Chunki balolangan 
kishi eshitib qolsa, qalbi bu bilan aziyat chekadi. Ammo gunohi tufayli balolangan bo‘lsa 
va fitna bo‘lishidan ko‘rqmasa, u eshitadigan qilib aytishning zarari yo‘q. 
 
 
267-bob Balolangan kishining yoki do‘stining holini so‘raganda so‘ralgan kishi 
javobi bilan birga Allohga hamd aytish mahbubligi haqida 
 
780/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ali (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning o‘lim yaqinlashgandagi kasalliklarida huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: 
«Ey Abu Hasan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday tong ottirdilar?» 
deyishganida, Ali (r.a.): «Allohga hamd bo‘lsin u zot sog‘ holatda tong ottirdilar», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
268-bob Bozorga kirganda aytiladigan zikrlar 
 
781/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
«Kimki bozorga kirganda, 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu yuhyi va 
yumiytu va huva hayyun la yamuvtu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay'in qodir», 
desa, Alloh taolo unga bir million hasanot yozib, bir million yomonlikni o‘chirib va bir 
million daraja ko‘taradi», dedilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning 
sherigi ham yo‘q. Barcha mulk Allohnikidir va hamd Uning uchundir. U (zot) tiriltiradi va 
o‘ldiradi. U tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ko‘lida va U har bir narsaga qodirdir».) 
Imom Termiziy va boshqalar rivoyati. 
 
Imom Hokimning ba’zi rivoyatlarida «U uchun jannatda uy quriladi»ni ziyoda qilingan. 
 
Roviy aytdilar: «Xurosonga borib, Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib, sizga hadya 
olib keldim, deb shu hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim ulovlariga minib, bozorga 
borib, ushbu duoni aytdilar-da, so‘ngra u yerdan ko‘zg‘oldilar». 
 
Imom Xrkim Buraydadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bozorga kirsalar: 
 
«Bismillohi, Allohumma inniy as'aluka xoyra hazihis suqi va xoyra ma fiyha va au’zu bika 
min sharriha va shari ma fiyha. Allohumma inniy au’zu bika an usiyba fiyha yamiynan 
fajira av safqatan xosira», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sendan 
bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Va bu bozorning yomonidan 
hamda undagi yomonlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Allohim, Sening noming 
ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar keltiruvchi bitimdan panoh so‘rayman».) 
 
 
269-bob Kishi biror ayolga uylanganda yoki biror narsa sotib olganda yo 
shariat yaxshi sanaydigan biror ish qilganda «To‘g‘ri qilibsan» yoki «Yaxshi 
qilibsan» deb aytishning mahbubligi haqida 
 
782/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: 
«Ey Jobir, uylandingmi?» deganlarida, men: «Ha», dedim. «Qiz bolami yoki juvon?» 
deganlarida, men: «Juvon, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Qiz bolaga 
uylanmaysanmi? U sen bilan va sen u bilan o‘ynashar eding yoki u sen bilan va sen u 
bilan kulishar eding», dedilar. So‘ngra men: «Abdulloh, ya’ni otam vafot etganlarida, 
to‘kqizta (yoki yettita - roviy shak qildilar) qiz qoldi. Men u qizlar tenggi qizga uylanishni 
karih ko‘rdim. Va ularga qarab, parvarish etishi uchun juvonga uylanishni yaxshi 
ko‘rdim», desam, u zot: «To‘g‘ri qilibsan», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
270-bob Oynaga qaraganda aytiladigan zikrlar 
 
783/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar oynaga 
qarasalar, 
«Alhamdu lillahi, Allohumma kama hassanta xolqiy fahassin xuluqiy», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, yaratilishimni yaxshi qilganingdek, xulqimni 
ham yaxshi qilgin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
784/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
yuzlarini oynaga qaratsalar, 
«Alhamdu lillahillaziy savva xolqiy fa’addalahu va karrama surata vajhiy fahassanaha va 
ja’alaniy minal muslimiyn», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yaratilishimni mutanosib qilgan va 
ko‘rinishimni mukarram va chiroyli etgan hamda musulmonlardan qilgan Allohga hamd 
bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
271-bob Qon oldirganda aytiladigan zikrlar 
 
785/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qon 
oldirayotgan paytda «Oyatal kursi»ni o‘qisa, o‘sha oldirayotgan qoni manfaatli bo‘ladi», 
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
272-bob Quloq g‘ing‘illaganda aytiladigan zikrlar 
 
786/1. Rasululloh mavlolari Abu Rofe’dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringizning qulogi gingillasa, meni eslasin va menga salovot 
aytib, 
«Zakarallohu bixoyrin man zakaraniy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Meni eslagan 
kishini Alloh yaxshilik ila eslasin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
273-bob Oyoq uvishganda aytiladigan zikrlar 
 
787/1. Haysam ibn Hinshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Umarning (r.a.) 
huzurlarida edik. U zotning oyoqlari uvishib qoldi. Shunda bir kishi: «Sizga mahbub 
bo‘lgan kishini eslang», dedi. U zot: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam», deb 
eslaganlarida, go‘yoki oyokdarini tirishishdan xalos bo‘lgandek his qildilar». Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
788/2. Mujohiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishining oyog‘i Ibn Abbos (r.a.) 
huzurlarida uvishib qoldi. Ibn Abbos u kishiga qarata, «Uzingga mahbub bo‘lgan kishini 
esla», deganlarida, u kishi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi. Shunda 
undagi uvishish ketdi. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Imom Buxoriy «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan shayxlardan biri Ibrohim ibn Munzir al-
Huzomiyning aytishlaricha, Madina ahli Abulatohiyaning quyidagi baytidan ajablanishadi: 
Ba’zi paytlarda oyoqlar uvishsa, bas, Ey Utba, deyilmasa, uvishish ketmas. 
 
 
274-bob Musulmonlarga yoki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilish joizligi 
haqida 
 
Bilingki, bu bob juda kengdir. Bunga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Ummatning 
salafi va xalaflari ham buni qilib kelishgan. Alloh taolo Qur’oni karimda ko‘p o‘rinlarda 
anbiyolar kofirlarni duoibad qilganlarining xabarini bergan. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling