Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet28/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38

bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A’rof surasi, 199-
oyat); «Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar va: 
«Bizlarning amallarimiz o‘zimiz uchun, sizlarning amallaringiz ham o‘zlaringiz 
uchundir. Omon bo‘linglar. Bizlar nodon kimsalar bilan (hamsuhbat) bo‘lishni 
istamaymiz», derlar» (Qasos surasi, 55-oyat); «Bas, (ey Muhammad), siz Bizning 
eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan 
kimsalardan yuz o‘giring» (Najm surasi, 29-oyat); «Bas, (ey Muhammad, siz johil 
kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) 
chiroyli yuz o‘girish ila yuz o‘giring!» (Hijr surasi, 85-oyat). 
 
823/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam o‘lja taqsimotida arab ashroflaridan bo‘lgan kishilarni afzal ko‘ydilar. 
(Ya’ni, ularning Islomga kirishiga ragbat qilib, o‘ljadan ko‘proq berdilar.) Shunda bir 
kishi: «Allohga qasamki, bundagi taqsimda adolat qilinmadi. Va Allohning roziligi iroda 
etilmadi», deb aytdi. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga buning 
xabarini berganimda, yuzlari o‘zgarib, qizarib ketganga o‘xshadi. So‘ngra u zot: «Agar 
Alloh va Uning rasuli adolat qilmasa, kim adolat qiladi? Alloh Muso alayhissalomni 
rahmat qilsin, u zotga bundan-da ko‘p aziyat berilganida ham, sabr qildilar», deb 
aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
824/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining 
o‘gli Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi 
maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘gli, amir 
bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn 
so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga 
qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar 
(r.a.) gazablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, 
albatta Alloh taolo paygambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va 
johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida, 
Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda gazabidan tushdi va 
Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
290-bob Uzidan ulug‘ bo‘lgan kishiga va’z qilish haqida 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Bunga yuqoridagi Ibn Abbosdan rivoyat qilingan Umar (r.a.) qissalari dalil bo‘ladi. 
 
Bilingki, bu bob ahamiyat berilishi ta’kidlanganlaridandir. Xoh kattaga, xoh kichikka 
bo‘lsin, kishining nasihat, va’z, amru ma’ruf, nahiy munkar qilishi vojib bo‘ladi. Faqat 
ana shu ma’vizasi fasodga olib bormasligi kerak. Alloh taolo Nahl surasining 125-
oyatida: «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat 
va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-
tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala - munozara qiling!» 
deb aytgan. 
 
Ammo ko‘pchilik martabasi ulug kishilarga qilinadigan ana shu va’zga e’tibor bermaydi. 
Ularning o‘ylashlaricha, uluglarga nasihat qilish hayo emish. Bu fikrlari ochiq xato va 
qabih johillikdir. Bu hayo emas. Albatta bu yuzakilik, zaiflik va ojizlikdir. Hayo esa 
yaxshilikdir. Hayo faqat yaxshilikni olib keladi. Bu esa yomonlikni olib kelyapti. Hargiz 
hayo emas. Rabboniy va muhaqqiq ulamolar huzuridagi hayo qabohatni tark qilishga 
undovchi xulq va haqdorning haqqidagi qo‘li kaltalikni man qiluvchi fazilatdir. 
 
«Qushayriya» risolasida Junayddan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu ma’noni kasb etadi. 
Hayo - ko‘plik (boylik) va ozlik (kambag‘allikni) his qilishdir. Bas, uning o‘rtasida bir 
holat yuzaga keladi. U «hayo» deb ismlanadi. Men bu haqda «Sahih Muslim»ga yozgan 
sharhimning avvalida batafsil yoritganman. 
 
 
291-bob Ahd va va’daga vafo qilishga buyurish haqida 
 
Alloh taolo Nahl surasining 91-oyatida: «Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda 
Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz», deya marhamat qilgan. Moida 
surasining 1-oyatida: «Ey mo‘minlar, aqdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) 
vafo qilingiz», deb kelgan. Al-Isro surasining 34-oyatida: «Axdga vafo 
qilinglar. Zero, axd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir», deb 
marhamat etiladi. Saf surasining 2-3-oyatlarida: «Ey mo‘minlar, sizlar nega 
o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz, deb) aytursizlar? Sizlarning 
o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta 
manfur (ishdir)», deb kelgan. 
 
825/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Munofiqning alomati uchtadir: agar gapirsa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da qilsa, xilof 
etadi. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Imom Muslim rivoyatlarida: «Agar namoz o‘qib, ro‘za tutib va o‘zini musulmon, deb 
gumon qilsa ham» ziyoda qilingan. 
 
Kishining bir shaxsga biror narsani va’da qilishi man etilmaganiga ulamolar ittifoq 
qilishgan. Faqat ana shu va’da qilgan narsasini bajarmog‘i lozim. Endi mana shu 
va’daning bajarishi vojib yoki mustahab ekanida oralarida ixtilof bor. Imom Shofe’iy, 
Abu Hanifa va jumhur ulamolari uni mustahab, deyishadi. Agar uni tark qilsa, fazilatni 
yo‘qotib, qattiq makruh amalni qilgan bo‘ladi. Lekin gunoh bo‘lmaydi. Yana kimlardir uni 
vojib, deyishgan. Abu Bakr ibn al-Arabiyning aytishlaricha, «vojib» deganlarning eng 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
kattasi Umar ibn Abulazizdirlar. Uchinchi yo‘l - Molikiylarning yo‘lidir. Agar va’dasi 
sababidan, masalan, «Turmushga chiqsang, falon narsa senga» yoki «Meni so‘kmasang, 
piston narsa senga» kabi so‘zlarni aytsa, aytgan so‘ziga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Agar 
umumiy va’da bo‘lsa, vojib bo‘lmaydi. Vojib emas, deganlar u hadya ma’nosida, 
deyishdi. Hadya esa jumhur ulamolari nazdida ushlashlik bilan lozim bo‘ladi. Molikiya 
mazhabida esa ushlashdan oldin ham hadyaga o‘taveradi. 
 
 
292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi 
to‘g‘risida 
 
826/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar Madinaga kelishganida Abdurahmon 
ibn Avf (r.a.) ansorlardan Sa’d ibn Robiy’ning uyiga tushdilar. Sa’d ibn Robiy’ (r.a.): 
«Molimda seni sherik qilib, xotinlarimdan birini senga beraman», deganida, Abdurahmon 
ibn Avf (r.a.): 
«Barokallohu laka fiy ahlika va malika», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingga-yu 
molingga va o‘zingga baraka bersin».) Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar 
 
Unga mag‘firat tilab duo qilish joiz emas. Lekin hidoyat, sog‘lik va ofiyat tilab duo qilsa 
bo‘ladi. 
 
827/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab 
qilganlarida bir yahudiy suv ila siyladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
«Jammalakallohu», («Alloh seni chiroyli qilsin»), dedilar. Haligi yahudiyning sochi 
o‘lgunicha oqarmadi. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
294-bob O'zi yo bolasida yoki molida yoxud boshqa narsalarida biror 
ajablanarli holatni ko‘rganida, unga ko‘z tegib zararlanishidan qo‘rqqanida 
aytiladigan zikrlar 
 
828/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
829/2. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
uylarida xizmatkor qizni ko‘rdilar. Uning yuzida dog‘i bor edi. Shunda Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Unga dam solib ko‘yinglar, chunki ko‘z tegibdi», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
830/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z 
tegishi haqiqatdir. Biror narsa qadardan oldin bo‘lsa, ko‘z tegishi undan ham oldin 
bo‘ladi. Agar yuvinsalaringiz, ko‘z tekkan kishini u suv bilan yuvinglar», deb aytdilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Ulamolar: «Ko‘zi bilan urgan kishiga «Kiyim ostidagi badaningni yuvib, uning suvini ko‘z 
tekkan kishiga quygin», deyiladi», deb aytishadi. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
 
Oishadan (r.a.) sobit bo‘lgan rivoyatda keltirilishicha, ko‘zi bilan urgan kishi tahorat qilib
so‘ngra ko‘z tekkan kishi o‘sha tahorat suvida yuvinishga buyurilgan. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
Bu hadis Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan sahihdir. 
 
831/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
jindan va kishilarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. Qachonki, ikki «Qul a’uzu» 
suralari nozil bo‘lganida u zot ikkovini o‘qib, qolganini tark qildilar. Termiziy, Nasaiy va 
Ibn Mojalar rivoyati. 
 
832/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan 
va Husaynlarga panoh tilab, 
«U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin 
lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq 
alayhimassalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: 
Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va 
yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
833/6. Said ibn Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar biror narsada ko‘z tegishidan ko‘rqsalar, 
«Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, unda baraka 
berib, zarar bermagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
834/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror 
narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar 
yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) 
Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
835/8. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlardan biringiz nafsida va molida biror narsa ko‘rib, uni ajablantirsa, baraka 
tilab duo qilsin, chunki ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
836/9. Omir ibn Robiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlarning biringizni nafsi va molida biror narsa ajablantirsa, baraka tilab duo 
qilsin», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Abu Muhammad qozi Husayn «At-Ta’liq fil mazhab» nomli kitoblarida zikr qilishlaricha, 
nabiylardan biri kunlarning birida o‘z qavmiga nazar soldi. Ularning ko‘pligi nabiyni 
ajablantirdi. Shunda ulardan yetmish mingtasi vafot etdi. Alloh taolo: «Sening ko‘zing 
tegdi. Agar ko‘z tegishidan ularni himoya qilganingda halok bo‘lishmas edi», deb vahiy 
qildi. Nabiy: «Qaysi narsa ila ularni ko‘z tegishidan himoya qilaman?» deganida, Alloh 
taolo 
 
«Hassantukum bilhayyil qoyyum allaziy la yamutu abadan, va dafa’tu ‘ankum suv'a bila 
havla vala quvvata illa billahil aliyyil aziym», deb aytishni vahiy qildi. (Ma’nosi: «Abadiy 
o‘lmaydigan Hayy va Qoyyum sifatli zot ila sizlarni himoya qilaman. Ulug‘ va oliy hamda 
kuch-quvvatda tenggi yo‘q zot Alloh bilan sizlardan yomonlikni daf qilaman».) 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
 
Qozi Husayn odatlariga ko‘ra agar do‘stlariga nazar solsalar, ularning qiyofasi va holati 
ajablantirsa, mana shu duo bilan ularni himoya qilardilar. 
 
 
295-bob Mahbub va karih narsani ko‘rganda aytiladigan zikrlar 
 
837/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
mahbub narsani ko‘rsalar, 
«Alhamdu lillahillaziy bini’matihi tatimmus solihot», («Ne’mati ila ezgulikni mukammal 
qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Agar karohiyatli narsani ko‘rsalar, 
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», («Har holatda Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Ibn 
Moja va Ibn Sunniylar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan. Imom Hokim esa sahih isnod, 
deganlar. 
 
 
296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo 
 
Osmonga qaraganda Oli Imron surasining 191-oyatini boshidan oxirigacha o‘qish 
mahbub amaldir. Buni Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qilganlar. Biz buni yuqorida o‘rgandik. 
 
 
297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar 
 
838/1. Muoviya ibn Hakam as-Sulmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, bizda 
kishilar shumlanishadi», deganimda, u zot: «Bu ularning qalblarida bor narsadir, ularni 
to‘sib bo‘lmaydi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
839/2. Urva ibn Omir al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan shumlanish haqida so‘ralganda, «Uning to‘g‘risi nekbinlikdir, musulmonni 
shumlanish (orqaga) qaytara olmaydi. Agar shumlanishdan biror karih narsani 
ko‘rsanglar, 
 
«Allohumma la ya'tiy bilhasanoti illa anta vala yazhabu bissayyi'oti illa anta vala havla 
vala quvvata illa billahi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, yaxshiliklarni Sen 
olib kelasan. Yomonliklarni ham Sen ketkazasan. Sendan boshqa biror o‘zgartiruvchi 
ham, quvvat ham yo‘qdir».) Ibn Sunniy va boshqalar rivoyatlari. 
 
 
298-bob Hammomga kirayotganda aytiladigan zikrlar 
 
Hammomga kirayotganda Allohning ismini aytib, undan jannatni so‘rab, do‘zaxdan 
panoh tilashlik mustahabdir. 
 
840/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh azza va jalladan jannatini so‘rab, do‘zaxidan panoh tilab kirilgan hammom 
muncha ham yaxshi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
 
299-bob Xizmatkor yoki ulov sotib olganda va qarzini uzayotganda aytiladigan 
zikrlar 
 
Ularning peshonasiga qo‘l qo‘yib, 
«Allohumma inniy as'aluka xoyrohu va xoyro ma jubila alayhi va a’uzu bika min sharrihi 
va sharri ma jubila alayhi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning 
yaxshisini va unga xalq qilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va 
unga xalq qilingan narsaning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».) 
 
Qarzini uzayotganda 
«Barakallohu laka fiy ahlika va malika va jazoka xoyron», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
«Alloh ahlingda va molingda baraka berib, yaxshilikni mukofot qilib bersin».) 
 
 
300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi 
 
841/1. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga otda o‘rnasha olmasligimdan shikoyat qilganimda qo‘llari bilan ko‘kragimga 
urib, 
«Allohumma sabbithu vaj’alhu hadiyan mahdiyya», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uni 
(otda) mustahkam turuvchi sabotli va hidoyatli qilginki, o‘zgalarni ham hidoyatga 
yetaklovchilardan bo‘lsin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki 
ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man 
qilish haqida 
 
Alloh taolo Ibrohim surasining 4-oyatida: «Biz har bir payg‘ambarni 
(hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan 
qilib) yuborganmiz», deb aytgan. 
 
842/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz (r.a.) jamoat bilan bo‘lgan namozni 
uzaytirgan paytlarida unga: «Ey Muoz, sen fitnachimisan?» dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
843/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Odamlarga biladigan narsalari ila 
gapiringlar. Sizlar ularning Alloh va rasulini yolg‘onga tutishini yaxshi ko‘rasizlarmi?» 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
302-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida 
 
844/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Vido hajida menga: «Odamlarni jim qil», dedilar, so‘ngra u zot: «Mendan keyin 
ba’zilaringiz ba’zilaringizni gardaniga (qilich bilan) urib kufrga qaytib ketmanglar», deb 
aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
 
303-bob Ergashiladigan kishining aslida to‘g‘ri, lekin zohiridan xilofga 
o‘xshagan ish qilsa, aytadigan narsalari haqida 
 
Bilingki, olim, muallim, qozi, muftiy, shayx, murabbiy va ularga o‘xshash ergashiladigan 
kishilarning zohiri to‘g‘rilikka xilof bo‘lgan turli amal, so‘z va tasarrufotlardan, agar ular 
haqli bo‘lishsa ham, chetlanmog‘lari mahbubdir. Chunki ana shuni qilsalar, fitna-fasod 
ishlar kelib chiqadi. Ergashiladigan kishi biror amal qilsa, u amali shariat yoki doimiy 
amal qilinadigan bir ish bo‘lib qoladi. Endi mana shu kabi ishlarni qilgudek bo‘lsa kishilar 
orasida uni noqislikda ayblab, tillarini tiya olmaydiganlari bordir. Va yana kishilar orasida 
ular haqida yomon gumon qilib, boshqalarni ham ularning fatvosiga amal qilish botil 
ekanini aytuvchi, shahodati va rivoyati yaroqsiz bo‘lib, ulardan ilm olishdan 
nafratlantiruvchilar ham bordir. Bu ayblovlardan keyin kishilar ular aytayotgan ilmlarga 
amal qilishdan o‘zini tortadi. Bu amallar fasod bo‘lib, bunaqa narsalarning hatto 
bittasidan ham chetlanmoq lozim. Bordi-yu, mana shunaqa narsani bajarishga muhtoj 
bo‘lib qolsa, uni zohir qilmaydi. Agar zohir qilsa yoki zohir qilishda yaxshilikni ko‘rib, 
shariatning hukmi joiz ekanini bildirish bo‘lsa, quyidagi so‘zlarni aytmoq lozim bo‘ladi: 
«Men amal qilayotgan narsa harom emas. Buni harom emasligini bildirish uchun qildim, 
xolos. Bu qilganim unday yoki bunday dalilga asoslangandir», deb dalillarni zikr qiladi». 
845/1. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam minbar ustida turib yerdagi namoz o‘quvchilarga takbir aytganlarini ko‘rdim. 
So‘ngra (sajdani yerda qilgandan keyin) yana minbarga qaytib, namozlarini tugatdilar. 
Keyin kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, men buni sizlar men bilan namozni 
tamomlashingiz hamda namozimdan ta’lim olishingiz uchun qildim xolos», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Buxoriydan qilingan rivoyatda keltirilishicha, Ali (r.a.) tik turib ichimlik ichdilar-da, 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rib turganlaringizdek tik turib 
ichayotganlarini ko‘rdim», dedilar. 
 
 
304-bob Ergashuvchining o‘zi ergashgan kishisi biror amal qilsa aytadigan 
narsasi haqida 
 
Bilingki, ergashuvchi kishi ergashayotgan shayxida zohiri yaxshilikka muxolif narsa 
ko‘rsa, amal qilishi uchun ko‘rsatma niyati ila so‘rab-surishtirmog‘i mahbub amaldir. 
Agar qilayotgan narsasida unutish bo‘lsa, uni to‘g‘rilaydi. Agar qasddan bo‘lsa, u uchun 
qilayotgan amalini bayon etadi. 
 
846/1. Usoma ibn Zayddan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafot 
(tog‘i)dan qaytib, Shi’ab degan joyga tushganlarida bavl qilib, so‘ngra tahorat oldilar. 
Shunda men: «Ey Rasululloh, namoz-chi?» desam, u zot: «Namoz oldinda», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, Usoma buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom 
namozini unutganlar, deb gumon qilganlari uchun aytdilar. Chunki Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam u yerdan chiqishlariga yaqin namozning vaqti kirgan edi. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
847/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Ey Rasululloh, falon kishi haqida nimaga bunday 
qilyapsiz? Allohga qasamki, men uni mo‘min, deb o‘ylayman», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari 
 
848/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni 
barcha namozlarini bitta tahorat bilan o‘qidilar. Umar (r.a): «Bugun qilgan narsangizni 
hech qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, 
buni qasddan qildim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Bunga o‘xshash sahih rivoyatlar ko‘pdir. 
 
 
305-bob Maslahatga chorlash haqida 
 
Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Ishlaringizda maslahat qilinglar», deb 
aytgan. 
 
Bu haqda sahih, mashhur hadislar ko‘pdir. Mana shu oyati karimaning o‘zi hamma 
narsadan behojat qiladi. Chunki Alloh taolo kitobida ochiq bir narsani buyursa, nabiysini 
maslahat qilish haqida ogoh etgan. Maxluqlarning eng mukammaliga (ya’ni, 
Rasulullohga) shunday qilishni buyurgandan keyin boshqalarga gumoning qanday? 
 
Bilingki, bir ishni qasd qilgan kishining dini, tajribasi, mohirligi, taqvosi va 
mehribonligiga ishonilgan shaxs bilan maslahatlashmoqligi mahbub amaldir. 
 
Jamoatda ham mazkur ishlarda maslahatlashish, ularga ana shu ishdagi maqsadini 
tanishtirish va undagi yaxshilik hamda fasodlarni bayon etish mahbub amaldir. 
 
Qozi va sultonlarga o‘xshash omma ishlarida boshliqlarning maslahat bilan ish 
yuritmoqlari ta’kidlangan. Umar ibn Xattob (r.a.) sahobalar ila maslahatlashib, ularning 
so‘zlariga amal qilganlari mashhurdir. Bu haqda sahih hadislar vorid bo‘lgan. 
Maslahatchining maslahati, yuqorida zikr qilganimizdek ishora qilgan narsasida fosid 
narsa bo‘lmasa, undan maslahatini qabul qilish foydalidir. Maslahat beruvchi ham fikrini 
aytib, nasihat ila o‘z kuchini ayamasligi lozim. 
 
849/1. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. 
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va 
musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan 
qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. 
Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga 
bo‘lgan xayrixohlik - haq bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan 
xayrixohlik -ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilish hamda aziyat bermaslik bilan 
bo‘ladi... - tarj.) 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling