Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet27/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
789/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahzob 
(g‘azoti) kuni Alloh ularning uylari-yu qabrlarini o‘tga to‘ldirsin. Ular bizni vusto (o‘rta) 
namozini o‘qimog‘imizga xalal berishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
790/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorilarni o‘ldirgan (qavmni) duoibad qilib
bir oy unda bardavom bo‘ldilar. Va: «Allohim, Ri’lni, Zakavonni va Usayyani la’natlagin», 
deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
791/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Jahl va uning Qurayshdan bo‘lgan 
hamrohlari haqidagi uzun hadisda ular so‘yilgan hayvon qornini Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning orqalariga qo‘yishganida, ularni uch martadan duoibad qildilar. 
So‘ngra «Allohim, Qurayshga Uzing kifoya qil», deb uch marta aytdilar. So‘ngra 
«Allohim, Abu Jahlga Uzing kifoya qil va Utba ibn Rabiy’aga ham...», deb yettitasini zikr 
qildilar, deb hadisni oxirigacha aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
792/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohim, Muzarga azobingni qattiq qil. Allohim ularga, Yusuf alayhissalomga yuborgan 
(qahatchilik) yiliga o‘xshash yil yuborgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
793/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida chap ko‘li bilan taom tanovul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam unga «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. 
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qodir bo‘lmagin», dedilar va «Buni unday 
qilishdan faqat kibrligi man qildi, xolos», dedilar. U kishi og‘ziga qo‘lini ko‘tara olmadi. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
794/6. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu 
Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga boshliq 
tayinladilar. (Hadisning davomida) Umar (r.a.) bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki 
bir necha kishini Ko‘faga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda 
so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, Abs 
qabilasidagi bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib, 
«Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga 
bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan 
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: 
Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib, riyo uchun buni qilgan 
bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana 
shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib, fitnaga duchor bo‘ldim», deb 
aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u 
shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda 
uchragan qizlarga ko‘z qisar edi». 
 
795/7. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti 
Avs xusumatlashib, Marvon ibn Hakam huzurlariga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini 
Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» 
deganida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitgansan?» dedi Marvon. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
Shunda Said: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki zulm bilan yerdan bir 
qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. 
Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: 
«Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib, o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. 
Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘lib, o‘z yerida keta turib, bir 
chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
275-bob Gunoh va bid’at ahllaridan o‘zini daxlsiz etmoq haqida 
 
796/1. Abu Burda ibn Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Muso qattiq kasal bo‘lib, 
hushsiz yotib qoldilar. Boshlari xotinlari tizzasida edi. U xotin baland ovoz ila baqirardi. 
Ammo u kishi biror javob qilishga qodir bo‘lmadi. U zot hushlariga kelganlarida, «Men 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsadan yiroqdadirman. Chunki 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida qattiq ovoz ila baqiruvchidan, 
sochini yuluvchidan va kiyimini yirtuvchidan uzoqdadirlar», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
797/2. Yahyo ibn Ya’mardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umarga «Ey Abu Abdurahmon
bizning oldimizda shunday kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qiydilar-u, ammo 
qadar yo‘q, albatta ishlar Alloh ilmida muqaddam bo‘lmagan, deydilar», deb 
aytganimda, u zot: «Agar o‘shalarga yo‘liqsang, men ulardan yiroq, ular ham mendan 
yiroq ekanliklarining xabarini bergin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
276-bob Munkar narsani ketkazishga kirishilganda aytiladigan zikrlar 
 
798/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath 
kuni Makkaga kirganlarida, Ka’ba atrofida 360 ta but bor edi. Ularni ko‘llarida bo‘lgan 
novda ila urib, 
«Ja'al hakqu va zahaqol botilu innal botila kana zahuvqo ja'al haqqu vama yubdi'ul botilu 
vama yu’idu», dedilar. (Ma’nosi: «Haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi. Albatta botil yo‘q 
bo‘luvchidir. Haq keldi. Endi botil yangidan ham qaytib kelmaydi».) Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
 
277-bob Uyatsiz gaplarni so‘zlagan kishi aytadigan zikrlar 
 
799/1. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
tilimning uyatsiz so‘zlarni aytishidan shikoyat qilsam, u zot: «Sen istig‘for aytmaysanmi? 
Men har kuni Alloh azza va jallaga yuz marta istig‘for aytaman», dedilar. Ibn Moja va 
Ibn Sunniylar rivoyati. 
 
 
278-bob Ulov qoqilib ketganda aytiladigan zikrlar 
 
800/1. Mashhur tobe’in Abu Mulayh bir kishidan qilgan rivoyatlarida «Men Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam ortlariga mingashib ketayotganimda, u zot minib olgan 
hayvonlari qoqilib ketdi. Shunda men: «Shayton bizni nochor holatga solib ko‘ydi», 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday deb aytma. Shunday desang, u 
o‘zini ulug‘ sanab, uydek kattalashib, mening quvvatim bilan bo‘ldi, deydi. Lekin sen 
«Bismillah», deb ayt. Ana shunday desang, pashsha kabi kichkina bo‘ladi», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
801/2. Xuddi mana shu lafzdagi hadisni ibn Sunniy rivoyatlarida Abu Mulayh otalari 
Usomadan (r.a.) rivoyat qilganlar. Mana shu ikki rivoyat ham sahihdir. Chunki Abu 
Dovud rivoyatlaridagi noma’lum shaxs ham sahobalardandir. Sahobalarning barchalari 
adolatli, jaholat zarar bermaydigan shaxslardir. 
 
 
279-bob Agar voliy vafot etsa, o‘sha shaharning kattasi kishilarni tinchlantirib, 
va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida 
 
802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning 
(r.a.) xutbalari haqidagi mashhur hadisda rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad 
sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu 
alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Alloh 
tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar. 
 
803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba 
vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q 
yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting. 
Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
280-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka 
yo‘yib maqtashi haqida 
 
804/1. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hojatxonaga borganlarida, u zotning tahoratlari uchun suv olib borib qo‘ydim. 
U zot chiqib, «Buni kim ko‘ydi?» dedilar. Ibn Abbos (r.a.) ko‘yganlari xabar berilganda, 
 
«Allohumma fakqihhu» («Allohim, uni faqih qilgin»), dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriy rivoyatlarida «Faqqihhu fid diyni», ya’ni dinda faqih qilgin, deb ziyoda 
qilingan. 
 
805/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
mo‘‘jizalarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, «Kechaning yarmida 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotganlarida men yonlarida edim. U zotni 
mudroq bosib, ulovlaridan og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan o‘rinlariga 
mahkamlab qo‘ydim. Hattoki, ulovlarida yaxshi o‘rnashib oldilar. So‘ngra kechaning ko‘p 
qismi o‘tganda ketaturib ulovlaridan yana og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan 
yana mahkamlab ko‘ydim. Hattoki, ulovlarida mo‘‘tadil bo‘ldilar. So‘ngra sahar oxiri 
bo‘lganda ketaturib, avvalgi ikkisidan ko‘ra qattiqroq og‘ib, yiqilay dedilar. Borib 
mahkamlab ko‘ydim. U zot boshlarini ko‘tarib «Kim bu?» dedilar. «Abu Qatoda», dedim. 
«Qachondan beri bu holda men bilan ketyapsan?» dedilar. Men: «Shu kechadan beri siz 
bilan ketyapman», deganimda u zot: «Nabiysini (kuzatish ila) himoya qilganingdek, 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
Alloh seni himoya qilsin», dedilar», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
806/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimga yaxshilik qilinsa, bajaruvchisiga 
«Jazokallohu xoyron», ya’ni Alloh yaxshilik ila mukofotlasin, desa, maqtashning eng 
yetugini qilibdi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 
 
807/4. Abdulloh ibn Abu Rabiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam mendan qirq ming qarz so‘radilar. So‘ngra, uni menga qaytarib, 
«Barokallohu fiy ahlika va malika», («Alloh ahlingga va molingga baraka bersin»), 
dedilar. Albatta salaflarning mukofotlashlari uni ado etish va maqtov edi». Nasaiy, Ibn 
Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 
 
808/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Johiliyat davrida Xas’am 
qabilasida bir uy bor edi. Uni Ka’ba al-Yamoniyya yoki Zul xalasa, deb aytishar edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Zul xalasadan (uni yo‘q qilib) bizni 
xursand qilmaysanmi?» dedilar. Men Ahmas qabilasidan bo‘lgan bir yuz ellik otliq bilan 
safarbar bo‘ldim. Biz u yerni buzib, uchratgan kishilarimizni qatl qildik. Kelib, u zotga 
xabarini berganimizda bizni va Ahmasni duo qildilar». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Boshqa bir rivoyatda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ahmasning otliqlari va 
piyodalariga besh marta baraka tilab duo qildilar, deyilgan. 
 
809/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Zamzam oldiga kelganlarida sahobalar undan ichib o‘sha yerda ishlashayotgan edi. 
Shunda u zot: «Ishlanglar, chunki sizlar solih amal qilyapsizlar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
281-bob Hadya oluvchining hadya topshirganga mukofot tarzida duo qilishi 
mahbubligi haqida 
 
810/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘y 
hadya qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkor ayolga uni «Taqsimla», 
dedilar. Oisha (r.a.) odatlariga ko‘ra, xizmatkor qaytganida, «Kelganlar nima dedilar?» 
deb so‘rardilar. Shunda xizmatkor: «Barokallohu fiykum (Allohning barakasi bo‘lsin), 
deyishdi», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Va fiyhim barakalloh (Ularga ham Allohning barakasi 
bo‘lsin). Ular aytganlaridek, biz ham shunday javob qaytaramiz. Va bizga bundan ajr 
qolur», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
282-bob Uzri sababli shar’iy ma’noda hadya bergan kishiga uzr aytib hadyasini 
qaytarish joizligi haqida 
 
811/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’b ibn Jassoma (r.a.) Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga yovvoyi eshak hadya qildi. U zot ehromda edilar. Hadyasini o‘ziga 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
qaytarib, «Agar biz ehromda bo‘lmaganimizda sendan buni qabul qilar edik», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
283-bob Aziyatni ketkazgan kishiga aytiladigan zikrlar 
 
812/1. Said ibn Musayyibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Ayub al-Ansoriy (r.a.) 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soqollaridan aziyat beruvchi narsani olib 
tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Masahallohu anka ya abo Ayyuba ma takrahu», («Ey Abu Ayub, yomon ko‘rgan 
narsangni Alloh sendan ham o‘chirsin»), dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Sa’ddan qilingan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Abu Ayub (r.a.) Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamdan bir narsani olib tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
 
«La yakun bikas suv'u ya abo Ayyub, la yakun bikas suv'u», («Ey Abu Ayub, senga 
yomonlik bo‘lmasin, senga yomonlik bo‘lmasin»), dedilar. 
 
813/2. Abdulloh ibn Bakr al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar (r.a.) bir kishining 
soqolidan (yoki boshidan) bir narsani olib tashlaganlarida, u kishi: «Alloh sizdan 
yomonlikni ketkazsin», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Musulmon bo‘lganimizdan beri 
bizdan yomonlik ketkazilgan. Va lekin agar sendan biror narsa olib tashlansa, 
«Axazat yadoka xoyron» («Qo‘ling yaxshilikni olsin»), deb aytgin», dedilar. Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
 
284-bob Mevaning birinchi hosilini ko‘rganda aytiladigan duolar 
 
814/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kishilar birinchi mevani ko‘rsalar, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib kelishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uni olib, 
 
«Allohumma borik lana fiy samarina va borik lana fiy madinatina va borik lana fiy so’ina 
va borik lana fiy muddina», deb aytib, so‘ngra eng kichik bolani chaqirib, o‘sha mevani 
unga berar edilar. (Ma’nosi: «Allohim, mevalarimizga baraka ber. Shahrimizga baraka 
ber. So’ va mudda o‘lchovlarimizga baraka ato qil».) Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Muslimning boshqa rivoyatlarida keltirilishicha, «Baraka ma’a baraka», («Baraka ustiga 
baraka ber»), deb hozir bo‘lgan eng kichik bolaga u mevani berardilar. 
 
Termiziyning rivoyatlarida esa ko‘ringan eng kichik bolaga berardilar, deyilgan. 
 
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi 
hosil olib kelinsa, uni ko‘zlariga, so‘ngra ikki lablariga ko‘yib, 
 
«Allohumma kama aroytana avvalahu faarina oxirahu», («Allohim, avvalini 
ko‘rsatganingdek oxirini ham ko‘rsatgin»), deb aytib, so‘ng huzurlarida bo‘lgan go‘dakka 
berib yuborar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
 
285-bob Va’z va ilmda iqtisod qilishning mahbubligi haqida 
 
Bilingki, jamoatga va’z qilayotgan yoki ularga ilm berayotgan kishi ana shu narsalarni 
malol keltiradigan darajada uzun qilmasdan, uning halovati hamda ulug‘ligi qalblardan 
ketib qolib malol ko‘rilmasligi uchun hamda ilm va yaxshi narsalarni tinglashni karih 
ko‘rib xatarga yo‘liqmasliklari uchun iqtisod qilmokdari mahbub amaldir. 
 
815/1. Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba 
kuni va’z qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har 
kuni va’z qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih 
ko‘rmog‘im meni har kuni va’z qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bizga malol kelishidan ko‘rqib va’z havola qilganlaridek, men ham sizlarga 
shunday va’z taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
816/2. Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi 
alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», 
deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Ibn Shihob Zuhriy: «Agar majlis uzayib ketsa, unda shaytonning nasibasi bordir», 
dedilar. 
 
 
286-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida 
 
Alloh taolo Moida surasining 2-oyatida «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam 
beringlar», deb aytgan. 
 
817/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu 
bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga 
chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan 
kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
818/2. Abu Mas’ud al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga ham bajaruvchining ajridek savob 
bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
819/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliga 
(r.a.): «Allohga qasamki, sen bir kishini hidoyatga boshlamog‘ing qizil tuyadan ham 
yaxshidir», deb aytdilar. (Qizil tuya ilgari arablarning eng qimmatbaho mulki bo‘lgan... -
tarj.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, 
bandasi birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh bandasining yordamidadir», deganlar. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
287-bob Bir kishidan biror ilm so‘ralsa-yu, uni bilmasa, boshqa biladigan 
kishiga dalolat qilishi haqida 
 
Bunga yuqori bobda kelgan «Din xayrixohlikdir» hadisi dalildir. Bu ham 
xayrixohlikdandir. 
 
820/1. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oishaning (r.a.) oldilariga borib, 
ikki mahsiga mash tortish haqida so‘radim. Oisha (r.a.) esa: «Ali ibn Abu Tolib 
huzurlariga borib, o‘sha kishidan so‘ragin, chunki u kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bilan birga safarga chiqardilar», deb aytdilar. Keyin biz Alidan (r.a.) bu haqda 
so‘radik...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
821/2. Sa’d ibn Hishom ibn Omir haqlarida kelgan hadisda keltirilishicha, bu zot 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitr namozlari haqida so‘rashni xohlab, Ibn 
Abbosning (r.a.) huzuriga kelib vitr haqida so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «Yer ahli 
orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarini biluvchi kishiga seni dalolat 
qilaymi?» dedilar. Sa’d: «U kim?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «U Oishadir, sen 
vitrni o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar, deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
822/3. Imron ibn Hittondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oisha (r.a.) huzurlariga borib, ipak 
haqida so‘radim. «Ibn Abbos (r.a.) huzurlariga borib, o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar. U 
zotdan so‘rasam, «Ibn Umardan (r.a.) so‘ragin», dedilar. Ibn Umardan (r.a.) so‘rasam, 
«Menga Abu Hafs (Otam Umar ibn Xattob) xabar berganki, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta ipakni dunyoda oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», deganlar». Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
288-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar 
 
Bir kishi boshqa bir kishiga: «Men bilan sening o‘rtangda Allohning kitobi yoki Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yo musulmon ulamolarning so‘zi bor, yoki men 
bilan birga musulmonlar hokimi huzuriga bor yo o‘rtamizdagi xusumatni ajratish uchun 
mufti huzuriga bor» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, «Sami’na va ato’na» yoki 
«Sam’an va to’atan», («Eshitib itoat qildik») yoki «Ha», deb lutf qilgan holda shu kabi 
javob qaytarmog‘i lozim bo‘ladi. 
 
Alloh taolo Nur surasining 51-oyatida bu haqda: «Alloh va Uning payg‘ambariga 
o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi 
«Eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot 
topguvchilardir», degan. 
 
Xusumatlashgan yoki biror ishda nizolashgan kishiga «Allohga taqvo qil» yoki «Allohdan 
xavf qil» yoki «Allohdan ko‘rq» yoki «Albatta Alloh seni ko‘rib turuvchi ekanini bil» yoki 
«Sen aytgan narsani hisoblovchi borligini bil», deb aytish, yoki Alloh taolo Oli Imron 
surasining 30-oyatida «Har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarni hoziru nozir holda 
ko‘radigan (kunni eslanglar)», yana Baqara surasining 281-oyatida pb[«Va 
(barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqinglar!»[/b] deb aytgan so‘zini va shu 
kabi so‘zlarni aytmog‘i lozim bo‘ladi. U esa odob bilan «Eshitaman va bo‘yinsunaman» 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
yoki «Allohdan tavfiq so‘rayman» yoki «Karim sifatli Allohning lutfini so‘rayman», deb 
aytishi kerak. So‘ngra ana shuni aytganga shirinsuxan bo‘lmog‘i va so‘zlashda ko‘pollik 
qilishdan saqlanmog‘i kerak. Chunki ko‘pincha kishilar loyiq bo‘lmaydigan so‘zlarni 
gapirishadi. Ehtimol, kufr bo‘ladigan so‘zni aytib ko‘yar. Agar do‘sti: «Mana shu qilgan 
ishing Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislariga xilof», desa, agar-da hadis xos 
yoki ta’vil uchun tark qilingan bo‘lsa ham, hargiz «Hadisni lozim tutmayman» yoki 
«Unga amal qilmayman», deb yoki shunga o‘xshash jirkanch iboralarni aytmasin. Balki 
ana shu paytda «Bu hadis xos yoki ta’vil qilingan yo zohir ijmo’ ila tark qilingan», deb 
aytsin. 
 
 
289-bob Johillardan yuz o‘girish to‘g‘risida  
 
Alloh taolo bu haqda quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Ey Muhammad), marhamatli 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling