Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Maqtashni muboh qiluvchi hadislar


Download 5.11 Kb.
Pdf просмотр
bet24/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38

 
Maqtashni muboh qiluvchi hadislar 
 
Sahih hadislarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqqa 
(r.a.) «Ikkitamiz bo‘lsak, uchinchimiz Alloh ekaniga gumoning qanday?» yoki (boshqa 
bir hadisda aytilishicha) «Sen izorini mutakabbir niyatida ko‘tarib yuruvchi emassan», 
(yana boshqa bir hadisda keltirilishicha) «Ey Abu Bakr, yig‘lamagin, albatta menga 
do‘stligi va molidagi eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar ummatimdan xalil (do‘st) ushlash 
kerak bo‘lganida, Abu Bakrni xalil qilib olardim», (boshqa bir hadisda esa aytilishicha) 
«Jannatga kirishda, hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», 
(yana bir hadisda keltirilishicha) «Unga kirishiga izn berib, jannatga kirishining 
xursandlik xabarini ber», (yana boshqa bir hadisda aytilishicha) «Ey Uhud tog‘i, tinchlan, 
chunki senda nabiy, siddiq va ikki shahid bor», dedilar. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kirib, bir qasr ko‘rdim. «Bu qasr 
kim uchun?» desam, «Umar uchun», deb aytishdi. Unga kirishni xohladim-u, sening 
rashkchi ekaningni eslab qoldim», deganlarida, Umar (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur, ey 
Rasululloh, sizga rashk qilarmidim?» dedilar. Boshqa hadisda keltirilishicha, «Ey Umar, 
shayton sening yo‘ling tomon yo‘liqmagan. Agar yo‘liqadigan bo‘lsa ham, sen tomondan 
boshqa yoqqa burilib ketgan», dedilar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha esa, «Usmonga 
(eshikni) ochib, jannatga kirishining xabarini bergin», yana boshqa bir hadisda 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso 
huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar. 
Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim», 
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli 
qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn 
Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, 
ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi», 
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi 
eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj 
Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi, 
ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih, 
mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga 
maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi 
ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir. 
 
Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar: 
«Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi 
rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i 
lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak. 
Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat 
aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini 
ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi 
zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr 
qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga 
rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat 
bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga 
kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu 
ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr 
ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi». 
 
 
223-bob Kishi o‘zini maqtab, qilgan yaxshiliklarini zikr qilishi haqida 
 
Alloh taolo Najm surasining 32-oyatida «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya 
qolinglar», deb aytgan. 
 
Bilingki, o‘zini maqtab, yaxshiliklarini zikr qilish ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan va 
mahbub ko‘rilgan. Yomon ko‘rilgani faxrlanib, o‘zini baland tutib, tengdoshlaridan ajralib 
turish uchundir. Mahbub ko‘rilgani esa, diniy islohotda yoki amru ma’rufda, yoki nahiy-
munkarda, yoki nasihat qilishda, yoki biror maslahatga ishora etishda, yoki ta’lim 
berishda, yoki va’z aytishda, yoki zikrlarda, yoki ikki kishining orasini isloh etishda, yoki 
o‘zidan yomonlikni daf etishda va shunga o‘xshash narsalarda bo‘ladi. Uzining 
yaxshiliklarini zikr etish bilan, voiz so‘zi qabul qilinib, aytayotgan narsasiga e’tibor 
qilinishi niyatida yoki «Mana shu aytayotgan so‘zimni boshqa kishidan topa olmaysizlar, 
bas, uni yodlab olinglar» qabilidagi niyat bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Bu ma’nodagi 
narsalarga misollar nasslarda (ya’ni, Qur’on va hadisda) to‘lib-toshib yotibdi. 
 
Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlariga o‘xshash - «Men 
yolg‘on bo‘lmagan nabiydirman», «Men odam bolalari sayyidiman», «Men birinchi yer 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
yorib chiqqan kishiman», «Men sizlardan ko‘ra Allohni biluvchi va taqvodoringizman», 
«Men Rabbim huzurida tunayman» va bunga o‘xshash so‘zlar ko‘pdir. 
 
Yusuf alayhissalom: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo‘ygin. Chunki men 
(ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan 
kishiman», dedilar (Yusuf surasi, 55-oyat). 
 
Shuayb alayhissalom: «Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni 
ko‘rursan», dedilar (Qasos surasi, 27-oyat). 
 
696/1. Imom Buxoriy «Sahih»larida qilgan rivoyatlarida shunday keltiriladi. Usmon (r.a.) 
qamal qilinganlarida, «Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
qiyinchilikda askarlarni ta’minlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, ularni 
ta’minladim. Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ruvma» 
qudug‘ini kavlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, quduqni kavladim», deb 
o‘zlarini maqtovga loyiq fazilatlarini zikr qilganlaridan keyin aytgan narsalarini qavm 
tasdiqlashdi. 
 
697/2. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli bu zot ustidan Umar ibn 
Xattobga (r.a.) namozni chiroyli o‘qib bermaydi, deb shikoyat qilishganida, Sa’d ibn Abu 
Vaqqos: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilib, 
Allohning yo‘lida arablar ichida birinchi nayza otgan kishiman...», deb hadisning 
qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
698/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Donni yorgan va nafslarni xalq qilgan 
Zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga «Kimki meni yaxshi 
ko‘rsa, mo‘mindir, meni yomon ko‘rsa, munofiqdir», degan ahdlari bordir», deganlar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
699/4. Abu Voildan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ibn Mas’ud (r.a.) bizga quyidagicha xutba 
aytdilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlaridan 
yetmishtadan ko‘proq sura o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari 
yaxshilari bo‘lmasam-da, Allohning kitobini biluvchirog‘lari ekanimni bilishadi. Agar 
mendan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rsam, uning oldiga yetib borardim». Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 
700/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Urmalab kelgan tuya haqida 
so‘ralganida...», hadisni davom ettirib, «... bilimdonga yo‘liqding», deb hadisning oxirini 
zikr qildilar. Muslim rivoyatlari. 
 
 
224-bob Yuqoridagilarga taalluqli masalalar 
 
Sizni chaqirgan kishiga «Labbayka va sa’dayka» yoki «Labbayka», deb aytishingiz 
mahbub amaldir. Sizning huzuringizga kelgan kishiga «Marhabo», ya’ni «Xush kelibsiz», 
deb aytish mahbub amal. Sizga yaxshilik qilganga yoki chiroyli ishni ko‘rsangiz, 
«Hafizakalloh va jazokallohu xayron» (ma’nosi: «Alloh sizni sakdab, ko‘p yaxshiliklar ila 
mukofotlasin») kabi so‘zlarni aytish ham mahbub amallardandir. Bunga ham sahih 
hadislarda dalillar bordir. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
 
Ilmli va salohiyati ulug‘ kishiga «Alloh meni sizga fido qilsin» yoki «Ota-onam sizga fido 
bo‘lsin» kabi so‘zlarni aytishning zarari yo‘q. Bunga sahih hadislardan dalillar ko‘pdir. 
 
Agar ayol nomahram kishiga oldi-sotdi yoki bundan boshqa narsalarda gapirishga 
majbur bo‘lib qolsa, u ovozini dag‘al qilib so‘zlashi lozim bo‘ladi. Ayolga erkaklar xohish-
istak bildirishidan qo‘rqqan holda ovozini aslo mayin qilmaydi. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
NIKOH ZIKRLARI KITOBI 
 
225-bob Biror ayolga sovchi bo‘lib kelgan kishi aytadigan narsalar haqida 
 
Sovchi bo‘lib keluvchi kishi Allohga hamdu sano, Rasulullohga salavot aytib, so‘ngra 
«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan 
‘abduhu va rosuluhu», deb sizlarning qizingizga rag‘bat qilgan holda yoki falonchi qizi 
falonchini so‘rab keldik, deb aytadi. 
 
701/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Har bir kalom, (ba’zi rivoyatlarda) har bir ish Allohga hamd aytish ila boshlanmasa, 
bas, u kesikdir», (ya’ni, barakasi ozdir)» dedilar. Abu Dovud , Ibn Moja va boshqalar 
rivoyati. 
 
702/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Har bir xutbada tashahhud bo‘lmasa, kesik qo‘lga o‘xshaydi», dedilar. Abu Dovud va 
Termiziylar rivoyati. 
 
 
226-bob Ahli fazl va solih kishilarga qizini uzatishni taklif qilish to‘g‘risida 
 
703/1. Imom Buxoriy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Hafsaning (r.a.) eri vafot etganida, 
Umar ibn Xattob Usmonga (r.a.) yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib: 
«Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab ko‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir 
o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra 
Usmon (r.a.) menga yo‘liqib, «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman», 
dedilar. Bas, Abu Bakr Siddiqqa yo‘liqib, «Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni 
uylantirib qo‘yaman», dedim. Abu Bakr (r.a.) sukut qilib turdilar...», deb hadisning 
oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
 
227-bob Nikoh bitimi tuzilayotganda aytiladigan zikrlar 
 
Oldingi bobda zikr qilganimizdek, hamd va tashahhudlarni o‘z ichiga oluvchi xutba 
o‘qimoq mustahabdir. Quyidagi xutbani o‘qish esa, afzalroqdir: 
 
704/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hojat xutbasini quyidagicha o‘rgatdilar: 
 
«Alhamdu lillahi nasta’iynuhu va nastag‘firuhu va na’uzu bihi min shururi anfusina man 
yahdillahu fala muzilla lahu vaman yuzlil fala hadiya lahu va ashhadu an la ilaha illallohu 
va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluhu. Ya ayyuhannasu ittaquv 
robbakumullaziy xolaqokum min nafsiv vahidativ va xolaqo minha zavjaha va bassa 
minhuma rijolan kasiyran va nisoan vattaqullohallaziy tasoaluvna bihi val arhama 
innalloha kana a’laykum roqiyba. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha haqqa tuqotihi 
vala tamutunna illa va antum muslimun. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha va quluv 
qovlan sadiydan yuslih lakum a’molakum va yag‘fir lakum zunubakum va man yuti’illaha 
varasuvlahu faqod faza favzan ‘aziyma». (Ma’nosi: «Hamd Alloh uchundir. Biz Undan 
yordam so‘raymiz va istig‘for aytib gunohlarimizni kechishini so‘raymiz. Hamda 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
nafslarimiz yomonligidan panoh tilaymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi 
yo‘q. Kimniki adashtirsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb 
guvohlik beraman. Va albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning quli va 
rasulidir. Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) 
vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan 
Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi 
solinadigan Allohdan ko‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan 
saqlaningiz), albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir. Ey mo‘minlar, Allohdan 
haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan 
o‘tinglar. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar, (shunda Alloh) 
ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning 
payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ baxtga erishibdi»). 
 
Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod ila rivoyat qilishdi. Bu Abu 
Dovud rivoyatlari lafzidan biri. Abu Dovudning yana boshqa bir rivoyatida «va rasuluhu» 
so‘zidan keyin 
 
«Arsalahu bilhaqqi bashiran va naziron bayna yadayis so’ati man yuti’illaha va rasulahu 
faqod roshada vaman ya’sihima fainnahu la yazurru illa nafsahu va la yazurrulloha 
shay’a» jumlalari keltirilgan. (Ma’nosi: «Uni (ya’ni, payg‘ambarni) qiyomat qoim 
bo‘lishidan oldin haq ila jannatning xursandlik xabarini beruvchi va do‘zaxdan ko‘rqitib, 
undan ogohlantiruvchi etib yubordi. Kimki Allohga va Uning rasuliga itoat etsa, batahqiq 
to‘g‘ri yo‘lda bo‘libdi. Kimki Alloh va rasuliga osiylik qilsa, faqat o‘z nafsiga ziyon qilibdi. 
Allohga biror narsa bilan zarar keltira olmaydi».) 
 
Sohiblarimiz bu zikrlarga qo‘shib 
«Uzavvijuka ‘alama amarallohu bihi min imsokin bima’rufin av tasrihin biihsanin», deb 
aytish ham mahbub amaldir, deb aytishdi. (Ma’nosi: «Alloh buyurganidek, yaxshilik ila 
ushlab turish yoki yaxshilik ila ko‘yib yuborish shartiga binoan senga qizimni 
uzataman».) 
 
Bu xutbalarning eng ozi 
«Alhamdu lillahi vassalatu ‘ala rasulillah sollallohu alayhi vasallam uvsiy bitaqvalloh», 
deb aytishdir. (Ma’nosi: «Allohga hamd, Rasulullohga salavot va Allohga taqvo 
qilishingni vasiyat qilaman».) 
 
 
228-bob Nikoh bitimi tuzilgandan keyin eru-xotinga aytiladigan zikrlar 
 
«Barokallohu laka» yoki 
«Barokallohu alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh senga baraka 
bersin» yoki «Oralaringizni yaxshilikda jamlasin»), deb aytish sunnat amaldir. 
Ikki juftning har biriga 
«Barokallohu likulli vahidim minkuma fiy sohibihi va jama’a baynakuma fiy xoyrin» 
(ma’nosi: «Alloh juftingni barakali qilib, oralaringizda yaxshilikni jamlasin»), deb aytmoq 
mustahab amaldir. 
 
705/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
Abdurahmon ibn Avf (r.a.) uylanganlari xabarini berishgan paytda Rasululloh sollallohu 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
alayhi vasallam: 
«Barokallohu laka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin»), deb aytdilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
 
706/2. Sahih rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jobir (r.a.) 
uylanganliklari xabarini berishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Barokallohu 
alayka» (ma’nosi: «Alloh senda baraka qilsin»), deb aytdilar. 
 
707/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
biror kishi uylansa, 
«Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, senda baraka qilsin. Va oralaringizni yaxshilikda 
jamlasin».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
 
229-bob Kelin tushirdi kechasida xotini kirgan paytda erining aytadigan zikrlari 
 
Ayoliga ilk bor yo‘likqanda, uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib, «Barokallohu likulli vahidim 
minna fiy sohibihi» (ma’nosi: «Alloh har birimizni o‘z juftiga barakali qilsin»), deb 
aytmog‘i mahbub amaldir. Va bu bilan birga quyidagi hadisdagi duoni ham qo‘shib 
aytadi: 
 
708/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz biror xotinga uylanadigan 
bo‘lsa yoki biror xizmatkor sotib oladigan bo‘lsa, 
«Allohumma inniy as aluka xoyraha va xoyra ma jabaltaha ‘alayhi. Va a’uzu bika min 
sharriha va sharri ma jabaltaha ‘alayhi», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men 
Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsangning yaxshisini so‘rayman. Va 
uning yomonidan va unga xalq qilgan narsangning yomonidan Sening noming ila panoh 
tilayman».) 
 
Agar tuya sotib olsa, o‘rkachi cho‘qqisidan ushlasin-da, ana shu yuqoridagi duoni o‘qisin. 
Abu Dovud, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati. 
 
Boshqa bir rivoyatda «So‘ngra xotini va xizmatkori peshonasidan ushlab, ularga baraka 
tilab duo qilsin», deb aytilgan. 
 
 
230-bob Kishi ahli huzuriga kirganda aytadigan zikrlar 
 
709/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Zaynabga uylanganlarida, non va go‘shtlarni ulashib to‘y qilganlarini va to‘yning 
sifatlarini hamda unga ko‘pchilikni chaqirganlarini aytib, hadisning davomini zikr qildilar: 
«Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, Oishaning (r.a.) hujralariga borib, 
«Assalomu alaykum, ahlal bayti va rahmatullohi va barokatuhu», deganlarida, Oisha 
(r.a.): «Va’alaykassalomu va rahmatullohi, ahlingizni nechuk holda topdingiz?» dedilar. 
Shunda Rasululloh ham: «Alloh senga baraka bergan holda», dedilar. Bas, shu alfozda 
barcha xotinlarinikida mehmon bo‘lib, ularga ham Oishaga aytgan so‘zlarini aytardilar, 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
xotinlari ham Oishaning aytganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga javob 
qaytarishardi». Imom Buxoriy va boshqalar rivoyati. 
 
 
231-bob Jimo’ paytida aytiladigan zikrlar 
 
710/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
sizlardan biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab) 
«Bismillohi, Allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana», 
desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar. 
(Ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib 
bergan farzandimizdan yiroq qilgin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Buxoriyning rivoyatlarida: shayton hech qachon zarar bera olmaydi, deb «shayton» lafzi 
ila kelgan. 
 
 
232-bob Kishining xotini ila hazil-mutoyiba hamda latofatli iboralar bilan 
muomala qilishi haqida 
 
711/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: 
«Qiz bolaga uylandingmi yoki juvonga?» deganlarida, men: «Juvonga», dedim. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaga uylanmaysanmi, u sen bilan, sen esa 
u bilan o‘ynashar eding», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
712/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Mo‘minlarning imon jihatidan mukammal va xulqi jihatidan yaxshilari ahllari uchun 
xushmuomalali bo‘lganlaridir», dedilar. Termiziy va Nasaiylar rivoyati. 
 
 
233-bob Erning xotini qarindoshlari bilan muomala odobi bayonida 
 
Bilingki, er kishi xotinining qarindoshlaridan birortasiga xotinlari bilan jimo’ qilish yoki 
o‘pish yo quchoqlash yoxud bulardan boshqa holatlarda foydalaniladigan lafzlar ila xitob 
qilmasligi mahbub amaldir. 
 
713/1. Ali (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishi edim. Qizlari 
mening ko‘l ostimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda 
so‘rashga uyalib, Miqdodga (r.a) u zotdan so‘rashni buyurdim. Bas, u bu haqda so‘radi». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar 
 
714/1. Fotimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamizning tugishlari yaqinlashganida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarga (r.a.) 
Fotimaning (r.a.) huzurlarida «Oyatal kursi»ni va A’rof surasining 54-oyatini oxirigacha 
hamda ikkita «Qul a’uvzuni» o‘qishni buyurdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
 
235-bob Tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon aytish haqida 
 
715/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Fotima (r.a.) tuqqan paytlarida Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam (nevaralari) Husayn ibn Alining qulogiga namozdagi azonni 
aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
Ulamolar: «Bolaning o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytish mahbub 
amaldir», deganlar. 
 
716/2. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Biror bola tugilganida o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytilsa, 
jodugar zarar bera olmaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
236-bob Yosh bolaning tanglayini ko‘tarayotganda aytiladigan duo 
 
717/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga 
yosh go‘dak olib kelinsa, unga duo qilib, tanglayiga xurmo qo‘yib qo‘yardilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
Boshqa bir rivoyatda «Ularga baraka tilab duo qilardilar», deyilgan. 
 
718/2. Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Zubayrga Makkada 
homilador bo‘lib, Madinaga kelgach, Quboga tushib, o‘sha yerda tugdim. So‘ngra 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot tizzalariga qo‘yib, 
xurmo olib kelishni buyurdilar. Bas, uni chaynab, ogziga tuflab qo‘ydilar. Bolaning 
qorniga birinchi kirgan narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak tupuklari 
bo‘ldi. So‘ngra u zot xurmoni tanglayi tagiga ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
719/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men o‘g‘il ko‘rganimda, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot unga Ibrohim deb 
ism ko‘yib, tanglayiga xurmo ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Ammo Muslimning rivoyatlarida «... unga baraka tilab duo qildilar», degan lafz yo‘q. 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling