Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet25/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38

 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
ISMLAR KITOBI 
 
237-bob Tug‘ilganlarga ism qo‘yish haqida 
 
Bolaga yettinchi kunida yoki tug‘ilgan kunida ism qo‘ymoq sunnatdir. 
 
720/1. Amr ibn Shu’aybdan (r.a.), u zot otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan 
rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolaga yettinchi kuni ism ko‘yishga va 
turli aziyat beruvchi narsalarni olishga hamda jonliq so‘yishga buyurdilar. Termiziy 
kitoblarida rivoyat qilganlar. 
 
721/2. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir bola tug‘ilganida yettinchi kuni jonliq so‘yib aqiqa qilinishiga, sochi 
oldirilishiga va ism qo‘yilishiga garovdir», dedilar. (Ya’ni, bular ota-onaning burchlaridir.) 
Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
Ammo tug‘ilgan kuni ism qo‘yilishiga yuqoridagi Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilingan 
719-raqamli hadis dalildir. 
 
722/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men 
kechalarning birida o‘g‘il farzand ko‘rdim. Uni otamiz Ibrohim alayhissalom ismlari ila 
nomladim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
723/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Otam Talha o‘g‘il farzand ko‘rganlarida, men uni 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot uning tanglayini 
ko‘tarib, xurmo ko‘yib ko‘ydilar va Abdulloh deb ismladilar». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
724/5. Sahl ibn Sa’d as-Sa’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Munzir ibn Abu Usayd 
tug‘ilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelindi. U zot bolani 
tizzalariga o‘tqazdilar. Otalari Abu Usayd esa o‘ltirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam oldilaridagi nimagadir chalg‘idilar-da, bolani unutib qo‘ydilar. Shunda otalari 
Abu Usayd ishora qilgan edi, bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tizzalaridan 
ko‘tarib olib ketildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalgi holga qaytib, «Bola 
qani?» dedilar. Otasi: «Ey Rasululloh, biz uni (o‘z makoniga) qaytarib yubordik», dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ismi nima?» deganlarida, «Falonchi», 
deyildi. Shunda u zot: «Yo‘q! Uning ismi Munzirdir», dedilar. Shu kundan boshlab uning 
ismi Munzir bo‘lib qoldi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
238-bob Chala tug‘ilgan bolani ismlash haqida 
 
Chala tug‘ilgan bolani ismlab ko‘yish mahbub amaldir. Agar uning o‘g‘il yoki qiz bola 
ekanligi bilinmasa, Hind, Hunayda, Xorija, Talha, Umayra va Zur’a kabi o‘g‘il bolaga 
ham, qiz bolaga ham qo‘yish mumkin bo‘lgan ismlar bilan nomlanadi. 
 
Imom Bag‘aviy: «Hadisda vorid bo‘lgani uchun chala tug‘ilgan bolani ismlash mahbub 
amaldir», deganlar. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
Ba’zilar: «Agar bola ismlanishdan avval vafot etadigan bo‘lsa, uni ismlab ko‘yish mahbub 
amaldir», deyishgan. 
 
 
239-bob Ismni chiroyli qo‘yish mahbub ekanligi haqida 
 
725/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta sizlar qiyomat kuni ismlaringiz va otalaringiz ismi ila chaqirilasizlar. Bas, 
shunday ekan, ismlaringizni chiroyli qilinglar», dedilar. Abu Dovud «Sunan» kitoblarida 
yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar. 
 
 
240-bob Alloh azza va jallaga mahbub bo‘lgan ismlar bayoni 
 
726/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh 
azza va jallaga ismlaringizning eng mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
727/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rganda, uni Qosim deb 
ismladi. «Seni Abulqosim, ya’ni Qosimning otasi, deb kunyalamaymiz, sening sha’ning 
ulug‘ emas-ku», deganimizda, u kishi Rasulullohga buning xabarini berdi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ug‘lingni Abdurahmon deb ismlagin», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
728/3. Abu Vuhayb Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «(Farzandlaringizni) payg‘ambarlar ismlari ila nomlanglar. Alloh taologa 
ismlarning mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir. Eng sodiq ismlar Horis (kasb qiluvchi) 
va Hammom (ahamiyat beruvchi), ismlarning eng xunugi Harb (urush) va Murra 
(achchiq)lardir», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. 
 
 
241-bob Tabriklashning mahbubligi va tabriklangan kishining javobi haqida 
 
Farzand ko‘rgan kishini tabriklash mahbub amaldir. Bunga Husayndan (r.a.) qilingan 
quyidagi rivoyatdagi bir kishiga o‘rgatilgan jumlalar dalildir: 
 
«Barokallohu laka fil mavhubi laka va shakartal vohiba va balag‘a ashuddahu va ruziqta 
birruhu» (ma’nosi: «Berilgan narsada Alloh seni barakali qilsin. Beruvchiga shukr 
qilishingni, farzanding voyaga yetishini va itoatli bo‘lishini nasib etsin»). 
 
Tabriklangan kishi ham quyidagi jumlalar ila javob qaytarmog‘i mahbub amaldir: 
«Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jazokallohu xoyron va rozaqakallohu mislahu av 
ajzalallohu savobaka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, seni barakali qilib, 
yaxshiliklar ila mukofotlantirib, uning mislicha rizkdantirsin yoki savobingni to‘laligicha 
qilsin»). 
 
 
242-bob Karih ko‘rilgan ismlar ila nomlashdan man qilish to‘g‘risida 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
729/1. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Bolalaringizni Yasor (osonlik), Raboh (foyda), Najoh (najot topuvchi), Aflah 
(muvaffaqiyat qozonuvchi) deb ismlamanglar, unday deb ataysiz-u, «U (uyda) bormi?» 
deysiz. Agar u bo‘lmasa, «Yo‘q», deyiladi. Mana shular to‘rttadir. Menga bundan ziyoda 
qilmanglar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
730/2. Abu Dovud Jobirdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Baraka deb nomlashdan ham 
qaytarganlar. 
 
731/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohning huzuridagi eng tahqirlangan ism Malikul amlok (Mulklar podshohi) degan 
ismdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng gazabga duchor 
bo‘luvchi kishi Malikul amlok deb ismlangan kishidir. Allohdan boshqa podshoh yo‘qdir», 
deyilgan. 
 
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) qilingan rivoyatda «Malikul amlok - «shahanshoh» degan 
so‘zning o‘zidir», deb keltirilgan. 
 
 
243-bob Kishining o‘z bolasi, gulomi, shogirdi yoki shu kabilarni odob berish 
maqsadida qabih ismlar ila zikr qilmogi haqida 
 
732/1. Abdulloh ibn Busr al-Moziniydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Onam meni Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir shingil uzum bilan yubordilar. U zotga 
yetkazishdan oldin undan (ozginasini) yeb ko‘ydim. U zot huzurlariga borsam, 
qulogimdan ushladilar-da, «Ya o‘udar», ya’ni ey xiyonatchi, deb aytdilar». Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
733/2. Abdurahmon ibn Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) qilingan rivoyatdagi Abu Bakr 
Siddiqning (r.a.) karomatlarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, Siddiqqa 
(r.a.) bir jamoa mehmon bo‘lib kelishdi. U zot ularni o‘z manzillariga o‘tqazdilar-da, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga jo‘nadilar. Biroq ozgina kechikib 
qaytdilar. Mehmonlarga «Ovqatlandinglarmi?» deganlarida, ular: «Yo‘q», deb aytishdi. U 
kishi o‘gillari Abdurahmonga yuzlanib, «Ya o‘unsar», ya’ni ey pastkash, burning kesilsin
deb so‘kdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
 
244-bob Ismi bilinmagan kishini qay tarzda chaqirish xususida 
 
Ismi bilinmagan kishini aziyat berilmaydigan iboralar bilan chaqirmoqlik lozim bo‘ladi. 
Unda yolgon va laganbardorlik bo‘lmasligi kerak. Masalan: «ey inim», «ey faqih», «ey 
faqir», «ey sayyidim», «ey bu», «ey falon kiyim, kavush, ot, tuya, qilich, nayza sohibi» 
kabi chaqirilganlar holatiga qarab chaqiriladi. 
 
734/1. Ibn Xasosiyya nomi ila mashhur bo‘lgan Bashiyr ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat 
qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim. U zot bir 
kishini ko‘rdilarki, u kavushini kiyib qabrlar orasida ketayotgan edi. Shunda «Ey kavush 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
sohibi! Holingga voy bo‘lsin, kavushingni yechgin...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. 
Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar hasan isnod ila qilgan rivoyatlari. 
 
735/2. Joriyatal-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida ekanimda, u zot biror kishining ismini eslay olmasalar, «Ya ibna 
Abdulloh», ya’ni ey Alloh qulining o‘g‘li, deb aytardilar». Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
245-bob Bola va shogird hamda o‘quvchining otasi, ustozi va shayxining ismini 
aytib chaqirishdan qaytarilgani xususida 
 
736/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘li 
bilan ketayotgan bir kishini ko‘rib, uning o‘g‘liga «Bu kim?» dedilar. Haligi bola: «Otam», 
deb javob berdi. Shunda u zot: «Otangdan oldin yurma, unga qarshi ish qilib so‘kishiga 
sababchi bo‘lma, undan yuqorida o‘tirma va ismi bilan chaqirma», dedilar. Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
737/2. Ubaydulloh ibn Zahrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otasining ismini aytib chaqirish va 
yo‘lda ketayotganda old tomonida yurish oq bo‘lishlikdandir, deyildi. Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 
 
 
246-bob Ismni undan yaxshirog‘iga o‘zgartirish mahbub ekanligi haqida 
 
Bunga Munzir ibn Abu Usayd qissasi haqidagi Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat 
qilingan 724-hadis dalildir. 
 
738/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Zaynabning asl ismlari Barra (yaxshilik) 
edi. Uzini maqtab shu ismni qo‘ygan, deyilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
uni Zaynab (xushmanzara va xushbo‘y daraxtning nomi ) deb o‘zgartirdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
739/2. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Barra deb ismlandim. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni Zaynab deb nomlanglar», dedilar. 
Rasulullohning huzurlariga Zaynab binti Jahsh kirganlarida, bularning ham ismlari Barra 
edi. Zaynab deb nomladilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
 
740/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Juvayriyaning (r.a.) ismlari Barra edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Juvayriya deb o‘zgartirdilar. Chunki Barraning 
huzuridan chiqib kelyapti, deb aytilishini karih ko‘rar edilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
741/4. Said ibn Musayyab ibn Hazn otalaridan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, otalari 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, «Isming nima?» deb 
so‘radilar. Shunda u kishi: «Hazn»,(qiyinchilik) dedilar. U zot: «Sening isming Sahl», 
(osonlik) dedilar. U kishi esa: «Otam ko‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi. Ibn 
Musayyab: «Bundan keyin ham bizda mahzunlik qolib ketdi», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
742/5. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiya 
ismli ayolni Jamila ismiga almashtirdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Muslimning boshqa rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Umarning (r.a.) Osiya ismli qizlarini Jamila deb nomladilar. 
 
743/6. Usoma ibn Axdariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kelgan kishilar orasida Asram (kesilgan) ismli shaxs bor edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Isming nima?» deganlarida, u Asram, dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sening isming Zur’a (ziroat ekuvchi)», dedilar. 
Abu Dovud rivoyatlari. 
 
744/7. Abu Shurayh Honiy al-Horisiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga qavmlari ila vakil bo‘lib kelishganda, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam qavmi uni Abulhakam deb kunyalashganlarini eshitib, 
huzurlariga chaqirdilar. «Albatta Alloh hakamdir. Hukm ham Unga xosdir. Nima uchun 
seni Hakamning otasi, deb kunyalashadi?» deganlarida, u: «Qavmim agar biror narsada 
ixtilof qilishsa, menga kelishar edi. Men ularning oralarida hakam bo‘lar edim. Ikki 
tomon ham mendan rozi bo‘lishardi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Bu-ku yaxshi! Bolalaring bormi?» deb so‘radilar. U: «Ha, Shurayh, Muslim va Abdulloh 
ismli bolalarim bor», dedi. «Ularning kattasi kim?» deganlarida, «Shurayh», dedi. 
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen Abu Shurayhsan, ya’ni Shurayhning 
otasi», dedilar. 
 
Abu Dovud aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiy (gunohkor), Aziz, 
Atla(qo‘pol), Shayton, Hakam (hukm qiluvchi), G’urob (qarg‘a), Hubob (shaytonning 
ismlaridan biri) va Shihob (uchqun) ismlarini Hoshim, deb o‘zgartirdilar. Va yana Harbni 
(urush) Silm (tinchlik), deb, Muztaji’ni (yonboshlagan) Munba’is (harakatga tushuvchi), 
deb, Afira (quruq) degan yerni Xazira (ko‘m-ko‘k), deb, Shi’baz zalolani (zalolat darasi) 
Shi’balhuda (hidoyat darasi), deb, Banuzzaniyyani (zino bolalari) va Banumug‘viyani 
(adashganlar bolalari) Banurishda (rushdu-hidoyatdagilar bolalari), deb ismladilar». 
Bularning isnodini qisqa bo‘lgani uchun tark qilganlar. 
 
 
247-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida 
 
745/1. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan 
bir qanchalarining ismlarini qisqartirib aytganlar. Masalan, Abu Hurayrani (r.a.) «Ya Abo 
Hirr», deb chaqirganlar. Oisha onamizni «Ya Oish» va Anjishani (r.a.) «Ya Anjash», deb 
chaqirganlar. 
 
Ibn Sunniy kitoblarida kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani (r.a.) 
«Ya Usaym» va Miqdomni «Ya Qudaym», deb chaqirganlar. 
 
 
248-bob Sohibi karih ko‘radigan laqabni aytib chaqirishdan man qilingani 
haqida 
 
Alloh taolo Hujurot surasining 11-oyatida «Bir-birlaringizga laqablar 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
tashlamanglar», ya’ni ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar, 
degan. 
 
Ulamolar kishi karih ko‘radigan laqab ila atamoq harom ekaniga ittifoq qilishgan. Xoh 
o‘zidagi ko‘z yoshlanishi, kal, ko‘r, oqsoq, g‘ilay, pes, peshonasida yara izi bo‘lgan, sariq, 
bukri, kar, ko‘kko‘z, puchuq burunli, labi yorilgan, tishi siniq, surunkali kasallikdan azob 
chekuvchi, ko‘li kesilgan, nogiron, cho‘loq kabi kamchiliklar bo‘lsin, xoh ota-onasidagi 
kamchiliklar bo‘lsin, laqab qo‘yish harom sanaladi. Ammo laqabini aytmasa, 
tanilmaydigan bo‘lsa, bunda joiz, deyishgan. Bunga mashhur dalillar ko‘p bo‘lgani uchun 
qisqa qilish niyatida zikr qilib o‘tmadim. 
 
 
249-bob Sohibi yaxshi ko‘radigan laqabni aytib chaqirish joiz ekani haqida 
 
Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ismlari Abdulloh ibn Usmon, laqablari Atiq edi. Mana shunga 
jumhur olimlar, muhaddislar, siyrat va tarix ahllari ittifoq qilishgan. Yana kimlardir Atiq - 
bu ismlari, deyishgan. Avvalgisi sahihdir. Ammo buning nimaga Atiq deb atalgani haqida 
ixtilof qilishgan. 
 
Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr 
do‘zaxdan Allohning atiqidir, ya’ni ozod qilinganidir», dedilar. Oisha (r.a.): «Mana shu 
kundan boshlab Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi», dedilar. 
 
Mus’ab ibn Zubayr (r.a.) va boshqa qarindoshlari: « Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi, 
chunki nasablarida aybli biror narsa yo‘q edi», deyishdi. 
 
Bulardan yana biri Ali ibn Abu Tolibni Abu Turob, deb laqablashlaridir. Kunyalari esa 
Abulhasan edi. 
 
746/1. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alini (r.a.) 
masjidda uxlayotgan holda ko‘rdilar. U kishining ustilarida biroz tuproq bor edi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, ey Abu Turob (tuproq otasi), tur, ey Abu 
Turob», deb aytdilar. Bas, mana shu chiroyli, yaxshi laqabni o‘zlariga xoslab oldilar. 
 
747/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mana shu Abu Turob Alining eng 
yaxshi ko‘rgan ismlari edi. Bu ism bilan chaqirilishini yaxshi ko‘rardilar», deganlar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
748/3. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xirboq ismli 
kishini qo‘li uzun bo‘lgani uchun Zulyadayn (ikki ko‘l egasi), deb chaqirdilar. Imom 
Buxoriy mana shu lafz ila «Al-Birru vassila» kitobining avvalida rivoyat qilganlar. 
 
 
250-bob Fazl ahllariga xitob qilishda kunyani aytish joizligi hamda mahbubligi 
to‘g‘risida 
 
Naql etilgan rivoyatni zikr qilishimizdan oldin ham bu bob mashhurdir. Chunki buning 
dalillarida xos ham, avom ham ishtirok etaveradi. Fazl ahllari va ularning yaqinlariga 
kunya bilan xitob qilish odobdandir. Masalan, unga maktub yozishda va biror rivoyatni 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
naql qilishda Shayx, Imom, Abu Fulon, Fulon ibn Fulon va shunga o‘xshashlarni qo‘llash 
mumkin. Kishi kunyasini o‘z kitobida zikr qilmaslik odobdandir. Faqat kunyasi orqali 
tanilsa yoki kunyasi ismidan mashhur bo‘lsa, zarari yo‘q. 
 
 
251-bob Kishi katta o‘glining ismi ila kunyalanishi haqida 
 
Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘gillari Qosim nomi bilan 
Abulqosim, deb kunyalandilar. Qosim eng katta o‘gillari edi. Bunga yuqori bobdagi Abu 
Shurayhdan (r.a.) rivoyat qilingan 744-raqamli hadis dalildir. 
 
 
252-bob Kishining o‘z bolasi emas, boshqa bolaning ismi ila kunyalanishi 
to‘grisida 
 
Bu keng tarqalgan hodisa bo‘lib, u bilan sifatlangan kishilarning son-sanogi yo‘q. Buning 
zarari ham yo‘qdir. 
 
 
253-bob Hali (uylanib) bola ko‘rmagan go‘dakni kunyalash haqida 
 
749/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
insonlarning eng xulqi yaxshisi edilar. Mening Abu Umayr degan inim bor edi. (Roviy uni 
emadigan yoshdan o‘tgan, deb hisoblayman, dedilar.) Agar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uning oldiga kelsalar, «Ey Abu Umayr, nima qildi nug‘ayr (kichik qush)?» der 
edilar. U go‘dak nug‘ayr (kichik qush) bilan o‘ynar edi». Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
750/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha onamiz: «Ey Rasululloh, hamma 
o‘rtoqlarimning kunyalari bor», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ug‘ling Abdulloh bilan kunyalan», dedilar. (Roviy aytadi: «U-Abdulloh ibn Zubayrdir, 
ya’ni singillari Asmo binti Abu Bakrning o‘g‘lidir. Oisha (r.a.) Ummu Abdulloh, deb 
kunyalandilar».) Abu Dovud va boshqalar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. Mana shu tan 
olingan sahih hadisdir. 
 
751/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bo‘lgan 
bir bolam tushib ketdi. Uni Abdulloh, deb ismladilar. Va meni Ummu Abdulloh, deb 
kunyaladilar». Ibn Sunniy rivoyatlari. Bu hadis zaifdir. 
 
Farzand ko‘rishdan oldin kunyalangan Abu Hurayra, Anas, Abu Hamza kabi bir nechta 
sahobalar jamoasi bor. Va yana ulardan keyin kelgan tobe’inlar ham bor. Bunda 
karohiyat yo‘q. Balki yuqoridagi shartda aytilganidek, mahbub amaldir. 
 
 
254-bob Abulqosim deb kunyalanishdan qaytarilgani haqida 
 
752/1. Jobir va Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ismim bilan nomlanglar-u, ammo kunyam bilan kunyalamanglar», deb 
aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
 
Ulamolar Abulqosim deb kunyalashda ixtilof qilib, uchga bo‘linishadi. Birlari: «Ismi xoh 
Muhammad bo‘lsin, xoh boshqa bo‘lsin, Abulqosim deb kunyalash to‘g‘ri bo‘lmaydi», 
deyishdi. Ikkinchilari: «Ismi Muhammad bo‘lsa ham, boshqacha bo‘lsa ham, Abulqosim 
deb kunyalash joizdir. Faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlari bilan xos 
bo‘lmasligi kerak», deyishdi. Uchinchilari esa: «Ismi Muhammad bo‘lganlarga joiz emas-
u, boshqalarga joiz», deyishdi. Abulqosim Rofe’iy fikrlaricha, mana shu uchinchisi 
sahihrokdir. Chunki hamma asrdagilar inkorsiz bu kunya bilan kunyalanishyapti. Lekin 
bu gap hadisning zohiriga qaraganda muxolifdir. 
 
Ammo kishilar hamda dinning muhim ishlarida ergashuvchi mashhur imomlarning bu 
kunya bilan kunyalanishlariga sabab ular man qilingani faqat Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hayotlariga xos bo‘lib qolmasin, deb tushunishgan. Va yana bundan tashqari 
yahudiylar u zotga aziyat berish uchun «Ey Abulqosim», deb chaqirishganidir. Bu 
ma’nodagi aziyat berish uchun kunyalash tugab ketdi. 
 
 
255-bob Kofir, bid’atchi va fosiqni kunyasiz tanilmasa yoki ismini zikr qilib 
fitnalanishdan qo‘rqilsa, kunyalash joizligi to‘g‘risida 
 
Alloh taolo Qur’oni karimda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay - halok bo‘lgay!» deb 
aytgan. Abu Lahabning asl ismi Abuluzzo bo‘lgan. U kunyasi bilan zikr qilinyapti, chunki 
o‘sha kunyasi bilan taniladi. Ba’zilar: «Uzzo butning ismi, bu yerda butning quli, deb 
aytish karohiyatli bo‘lgani uchun kunyasi ila zikr qilindi», deyishgan. 
 
753/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani eshak mingan holda jo‘nadilar. (Hadisning davomini hamda 
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul munofiqning oldidan o‘tganlarini zikr etdilar.) So‘ngra yo‘lda 
davom etib, Sa’d ibn Ubodaning oldiga kirdilar. Va: «Ey Sa’d, Abu Hubob, ya’ni Abdulloh 
ibn Ubay unday-bunday deganini eshitmadingmi?» deb hadisning qolganini zikr qildilar. 
 
Hadislarda Abu Tolib kunyasi takror bo‘lib keldi. Asl ismlari esa Abdumannof edi. Sahih 
rivoyatlarda «Bu Abu Rig‘olning qabri», deb kelgan. Bunga o‘xshashlar ko‘pdir. Endi bu 
kunyani keltirishda, zikr qilganimizdek shartlari topilishi kerak. Agar topilmasa, ismga u 
kunya ko‘shilmaydi. 
 
Ikki «Sahih» kitobida kelganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning quli 
va rasuli Muhammaddan Xiraqlga», deb yozdilar. Bu maktubda kunyalarini, laqablarini 
va Rum podshohi laqabi Qaysarni ham zikr qilmay, faqat ismlarni zikr qildilar. Bunga 
o‘xshashlar ham ko‘pdir. Biz g‘ayrimuslimlarga ko‘pollik qilishga buyurilganmiz. Ularning 
kunyasini aytib, yumshoq iboralarni ishlatib, muloyimlik qilmaslikka, do‘stlik va ulfatlikni 
bildirmaslikka buyurilganmiz. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling