Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet33/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38

Fasl: Sultonga yoki bundan boshqa hukmdorga shahanshoh, deb aytish qattiq harom 
bo‘lgan amallardandir. Chunki uning ma’nosi mulklarning podshosi, deganidir. Bu sifat 
Allohdan 
 
943/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohning huzuridagi tahqirlangan ism bir kishining «malikul amlok» (mulklarning 
podshosi) deb atalmog‘idir», dedilar. Biz buni «Ismlar kitobi»ning 731-hadisida zikr 
qildik. 
 
Fasl: «Sayyid» lafzi haqida: 
 
Bilingki, «sayyid» lafzi qavmida ustun, qadri oliy boshliq, fozil kishilarga va bundan 
tashqari g‘azabi qo‘zg‘amaydigan halim kishiga, saxiyga, podshohga va erga nisbatan 
ishlatiladi. 
 
Fazl ahllariga «sayyid» lafzining ishlatilishi haqida ko‘plab hadislar kelgan. 
 
944/11. Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan 
ibn Ali bilan (r.a.) minbarga ko‘tarildilar-da, «Bu bolam sayyiddir. Shoyadki, Alloh bu 
bilan musulmonlarning ikki jamoasi orasini isloh qilsa», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 
945/12. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam Sa’d ibn Muoz kelganlarida ansoriylarga qarata: «Sayyidlaringizga yoki 
yaxshilaringizga turinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
946/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Uboda: «Ey Rasululloh, 
bizlardan bir kishi to‘shagida yot erkak bilan yotgan xotinini ko‘rsa, o‘ldiradimi?» 
deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisning davomida: «Sayyidlaringiz 
nima deb aytayotganiga qaramaysizlarmi?» dedilar. 
 
«Sayyid» lafzi iste’mol qilishdan man qilingan dalillar: 
 
947/14. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Munofikqa sayyid lafzini (ishlatib) aytmanglar. Agar sayyid bo‘lsa, Rabbilaringiz azza va 
jallaning g‘azabini keltirasizlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat 
qilganlar. 
 
Imom Navaviy: «Bu hadislarni xulosalaganda, «Falonchi sayyid va ey sayyidim», deb 
yoki shunga o‘xshash ilmi hamda islohchiligi bilan fazilatli, yaxshi kishilarga nisbatan 
ishlatiladi. Lekin fosiq yoki dinida aybdor va shularga o‘xshash kishilarga nisbatan 
sayyid, deb aytmoq karih ko‘rilgan», dedilar. 
 
Fasl: Shamolni so‘kishdan qaytarish: 
 
948/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : 
«Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob 
bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan 
panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari  
 
Fasl: Isitmani so‘kishning karohiyati: 
 
949/16. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Soib 
yoki Ummu Musayyabning (roviy shak qildilar) oldiga kirib, «Nima bo‘ldi senga, ey 
Ummu Soib yoki Ummu Musayyab, titrayotirsan?» deganlarida, u ayol: «Alloh barakasini 
ketkazgur isitma sababli», dedi. Shunda u zot: «Isitmani so‘kmagin, chunki u xuddi 
bosqon temirning kirini ketkazganga o‘xshab odam bolasining xatosini ketkazadi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Xo‘rozni so‘kishdan qaytarish: 
 
950/17. Zayd ibn Xolid al-Juhayniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud 
sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
Fasl: Johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilishdan qaytarish va ularning so‘zlarini iste’mol 
qilishning yomonligi: 
 
951/18. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki yuziga urib, cho‘ntagini yirtib, johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilsa, bizdan 
emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Muharram oyini Safar oyi, deb ismlamoq karih ko‘rilgandir. Chunki u johiliyat 
odatlaridandir. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
Fasl: Kofir bo‘lib o‘lgan kishiga mag‘firat tilab duo qilmoq haromdir. Bu haqda Alloh 
taolo: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa 
ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin u 
mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir», deb aytgan (Tavba surasi, 
113-oyat). 
 
Fasl: Shar’iy sababsiz musulmonni so‘kishga ijozat berish haromdir: 
 
952/19. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Musulmonni so‘kishlik fosiqlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki 
so‘kuvchining boshlovchisiga gunoh bo‘ladi, agar mazlum haddan oshmasa», dedilar. 
Imom Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 
 
Fasl: Odatda iste’mol qilinadigan yomon lafzlar - kishi xusumatchisiga «ey eshak», «ey 
axmoq», «ey it» va shunga o‘xshashlarni aytmoqlikdir. Bu ikki jihatdan qabihdir. 
Birinchidan, u so‘z yolg‘ondir. Ikkinchidan, aziyat berishdir. Ammo zolim, deyish unday 
emas. Xusumatlashuvchiga zaruratdan ruxsat etilgan. Chunki u ko‘pincha rost ham 
bo‘lib chiqadi. Kamdan-kam insonlargina o‘z nafslariga zulm qilmaydilar. 
 
Fasl: Nahhosning aytishlaricha, ba’zi ulamolar: «Men bilan birga Allohdan boshqa biror 
maxluqot yo‘q edi», deb aytmoqni karih ko‘rishdi. Bu yerda karih ko‘rilishdan sabab 
lafzning yoqimsizligidandir. Aslida, arab tilidagi istisno qoidasi yuqoridagi so‘zga ulashni 
iroda etadi. Bu yerda u narsa maholdir. Endi bu istisnodan murod yuqoridagi so‘zdan 
uzishni iroda etadi. Ya’ni, so‘z zamirida «Alloh men bilan birga edi», degan tushuncha 
olinadi. Bu Allohning so‘zidagi «... va u (Alloh) sizlar bilan birgadir», degan oyatidan 
olingan». Buning o‘rniga «Men bilan Allohdan boshqa hech kim yo‘q edi», deb aytmog‘i 
lozim bo‘ladi. Va yana «Allohning ismiga o‘tir», deb aytmoq karih ko‘rildi. Balki buning 
o‘rniga «Allohning ismi bilan o‘tir», deyiladi. 
 
Fasl: Nahhos ba’zi salaflardan hikoya qilib quyidagilarni aytganlar: «Ro‘zador kishining 
«Og‘zimdagi mana bu tamg‘a haqqi», deb aytmoqligi ham karih ko‘rilgan. Chunki 
kofirning og‘ziga tamg‘a qilinadi, deb hujjat qilindi. Endi bu hujjatga nazar solmoq lozim. 
Chunki unda Allohdan boshqa ila qasam ichilyapti». Bundan man qilinganligi haqida 
kelgusi boblarda, inshaalloh, tanishamiz. Bu - yuqorida zikr qilganimizdek, Allohdan 
o‘zga ila qasam ichilganligi hamda hojatsiz ro‘za izhor qilinganligi sababli makruhdir. 
 
953/20. Abdurazzoq Ma’mardan, u Qatodadan, yoki boshqasidan, u Imron ibn 
Xusayndan (r.a.) qilgan rivoyatda bu zot: «Biz johiliyatda «Alloh ko‘zingni doim sevgan 
kishingga tushadigan qilsin!» va «Xayrli tong», deb aytar edik. Qachonki, Islom 
kelgandan keyin bunday deb aytishlikdan man qilindik», deb aytdilar Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
Abdurazzoq va Ma’mar: «Kishi «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan 
qilsin!» deb aytmog‘i makruh, lekin «Alloh ko‘zingni xayrli qilsin», deb aytishning zarari 
yo‘q», deb aytishdi. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
Fasl: Ikki kishining uchinchi bir kishini yakka qo‘yib, pichirlashib gaplashmog‘idan 
qaytarish: 
 
954/21. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar uch kishi bo‘lsangizlar, birini qoldirib, hattoki, u odamlarga ko‘shilib ketguncha 
ikki kishi pichirlashmasin. Chunki ana shunday qilish uni xafa qiladi», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
955/22. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
uch kishi bo‘lsangizlar, uchinchi kishini qoldirib, ikki kishi pichirlashib gaplashmanglar», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Abu Dovud rivoyatlarida: «Mana shu hadisning rivoyat qiluvchisi Abu Solih ibn Umarga: 
«To‘rt kishi bo‘lsa-chi?» deganlarida, Ibn Umar: «Zarar qilmaydi», deganlar»i ziyoda 
qilindi. 
 
Fasl: Ayolning eriga yoki boshqa erkakka agar shar’iy hojat bo‘lmasa, o‘zga bir 
xotinning badani chiroyli ekanini xabar berishdan qaytarish: 
 
956/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ayol boshqa bir xotinning xabarini bermasin. Bordi-yu u eriga sifatlasa, go‘yoki eri u 
ayolga qaragandek bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan rivoyat qilishlaricha, biror kishi 
g‘azablanib turgan paytda unga «Allohni zikr qil», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Chunki 
bu g‘azabi uni kufrga olib kelishi xavfi bor. Va shu singari g‘azabi kelgan kishiga 
«Rasulullohga salavot ayt», ham deyilmaydi. Chunki bunda ham yuqoridagi xavf bor. 
 
Fasl: Eng yomon lafzlardan biri aksar kishilar odat qilib olgan qasamdir. Agar biror 
narsaga qasam ichishni xohlasa, «vallohi» so‘zining o‘rniga «shunday bo‘lganini Alloh 
biladi», deyishadi. Bunda ular qasam buzishni karih ko‘rganlaridan yoki Allohni 
ulug‘laganliklaridan va qasam ichishdan o‘zlarini saqlaganliklaridan shunday qilishadi. Bu 
iborada xatar bor. Agar ushbu so‘z sohibining ana shu aytgan so‘zlari o‘z aytganidek 
bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Agar shak qiladigan bo‘lsa, bas, u eng xunuk so‘zdir. Chunki u 
Allohga nisbatan yolg‘on ishlatgan bo‘ladi. Chunki u Alloh ana shu narsani albatta biladi, 
deydi-da, qandayligiga o‘zida ham ishonch yo‘q. Bundan ham nozik qabohatli tomoni 
bor. U Allohni sifatlab, Alloh bilgan narsaning xilofini bilaman, deyishlikdir. Agar shu 
aytgani haqiqatda shunday bo‘lsa, kofir ham bo‘ladi. Kishining bu iboralardan 
chetlanmog‘i lozim bo‘ladi. 
 
Fasl: Duoda «Allohim, agar xohlasang yoki iroda qilsang, meni kechirgin», deb aytmoq 
makruhdir. Balki bunda so‘rashni jazm ila qiladi. 
 
957/24. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlardan biringiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechirgin, Allohim, agar xohlasang, 
menga rahm qilgin», deb aytmasin. So‘rashni qasd qilsin. Chunki Unda qabul qilmaslik 
yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
Muslimning boshqa rivoyatlarida «Va lekin qasd qilsin va rag‘batini oshirsin. Chunki Alloh 
taologa biror narsada kattalik qilinmasa, uni beradi, dedilar», deyiladi. 
 
958/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
sizlardan biringiz duo qilsa, so‘rashda qasd qilsin. Hargiz agar xohlasang, menga ato 
qilgin, demasin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘kdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Fasl: Allohning nomi va sifatidan tashqari narsalarda qasam ichish karih ko‘rilgan. Xoh u 
nabiy, Ka’ba, farishta, omonat, hayot, ruh va bundan boshqa narsalarda bo‘lsa ham. 
Bulardan karohiyatlisining eng qattig‘i omonat bilan ichilgan qasamdir. 
 
959/26. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta Alloh taolo sizlarni ota-bobolaringiz nomi bilan qasam ichishdan man qiladi. 
Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin yoki jim tursin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Boshqa sahih rivoyatda «Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi ila ichsin yoki sukut 
qilsin», deyilgan. 
 
Omonat ila qasam ichishdan qattiq tahdid bilan man qilingan. Bunga quyidagi hadis dalil 
bo‘ladi: 
 
960/27. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki 
omonat bilan qasam ichsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Abu Dovud sahih isnod 
bilan rivoyat qilganlar. 
 
 
Fasl: Oldi-sotdida agar rost bo‘lsa ham ko‘p qasam ichishning makruhligi: 
 
961/28. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Oldi-sotdida qasamni ko‘p ichishdan saqlaninglar. Chunki u molning bozorini chaqqon 
qiladi, ammo barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Osmondagi kamalakni «Qavsu-quzah» lafzi ila ishlatmoqning makruhligi: 
 
962/29. Abu Nu’aym «Huliyatul avliyo»da Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kamalakni) «Qavsu-quzah», deb aytmanglar
chunki «quzah» shayton, deganidir. Lekin «Qavsullohi azza va jalla», deb aytinglar. 
Chunki u yer ahli uchun omonlikdir», dedilar (arablar kamalakni «Qavsu-quzah», deb 
aytishar edi. Bu hadisda kamalakni «Qavsulloh», deb atashga buyurib «Qavsu-quzah», 
deb atashdan man qilinyapti. Chunki «Quzah» shayton, degani... - tarj.). 
 
Fasl: Kishi biror gunoh ila yoki shunga o‘xshash narsa bilan balolansa, boshqa bir 
kishiga bu hakda xabar bermog‘i makruhdir. Balki Alloh taologa tavba qilib, o‘sha 
holatdayoq u gunohdan to‘xtashi, qilgan narsasiga pushaymon bo‘lib, ikkinchi bor ana 
shunday gunohga qaytmaslikni qasd qilmog‘i lozim. Mana shu uchta shart tavbaning 
ruknlaridan bo‘lib, ularsiz tavba durust bo‘lmaydi. Shayxiga yoki shunga o‘xshash 
gunohidan qutulishiga yo‘l ko‘rsatuvchi shaxsga yo ana shu kabi gunohga botishdan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo 
qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday 
manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan. 
 
963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday 
emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong 
ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday 
qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan 
pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga 
amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i 
haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, 
gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz», deb aytgan (Moida surasi 
2-oyat). 
 
Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar 
(talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u 
so‘zni yozib olur)», degan. 
 
964/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas», 
deb aytganlar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. 
 
Fasl: Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz. 
Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming 
(dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir 
qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim, 
hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni 
aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh 
amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi. 
 
Fasl: Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi: 
 
965/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyat 
qildilar. 
 
Fasl: Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man 
qilishning makruhligi: 
 
966/33. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila 
so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik 
qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning 
haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar», 
dedilar. Abu Dovud va Nasaiy sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
Fasl: «Uzoq umr tilayman», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Abu Ja’far Nahhos «Sinoatul 
kitob» nomli asarlarida: ba’zi ulamolar «Uzoq umr tilayman», deb aytmoqni karih 
ko‘rishgan va ba’zilari ruxsat etishgan, deganlar. 
 
Ismoil ibn Ishoq: «Birinchi bo‘lib bu so‘zni ishlatganlar zindiqlardir», dedilar (Zindiqlar - 
adashgan bir toifa... - tarj.). 
 
Hammod ibn Salama: «Musulmonlar o‘zaro maktublarida «falonchidan falonchiga ammo 
ba’d. Senga salom bo‘lsin. Sherigi yo‘q Allohga hamd aytaman. Muhammad 
alayhissalomga va u zotning oilalariga salovot bo‘lmog‘ini so‘rayman», deb yozishar edi. 
Zindiqlar mana shu kabi maktublarning avvaliga «Senga uzoq umr tilayman», deb yozib 
qo‘yishni yangilik qilishdi. 
 
Fasl: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» yoki «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishning 
karohiyati yo‘q. Xoh uning ota-onasi musulmon bo‘lsin yoki kofir bo‘lsin, buning 
joizligiga ikki «Sahih» kitobi va boshqalarda dalillar keltirilgan. Ba’zi ulamolar agar ota-
onasi musulmon bo‘lishsa, ana shuni aytishni karih ko‘rishgan. 
 
Nahhosning aytishlaricha, Molik ibn Anas «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishni 
karih ko‘rardilar. Ba’zilar bunga ham ijozat berishgan. 
 
Qozi Iyozning aytishlaricha, jumhur ulamolar: «Bu joiz, fido qilayotgan xoh musulmon 
bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, farqi yo‘q», deyishgan. 
 
Imom Navaviy: «Buning joizligiga son-sanoqsiz hadislar keltirilgan. Men «Sahih Muslim» 
sharhida bundan ogoh etdim», dedilar. 
 
Fasl: Va yana yomon lafzlar ila tortishmoq, bahslashmoq va xusumatlashmoqlik: 
 
Abu Homid G’azzoliyning aytishlaricha, «Al-Mirou» (tortishmoq) - boshqa kishining 
so‘zidagi xatoni oshkor qilib, qabul etmaslik. Bu bilan u so‘zlovchini tahqirlash hamda o‘z 
xususiyatini ko‘rsatib qo‘yishdan boshqa narsani anglatmaydi. «Al-jidol» (bahslashmoq) 
-biror yo‘lni kuchli ekanini bildirishdan iborat. Ammo «Al-xusumat» (xusumatlashmoq) 
mol-mulk va boshqa narsalarni qo‘lga kiritish uchun shovqin-suron ila so‘zamol bo‘lmoq. 
Gohida bu oddiy boshlanib va gohida to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bahslashish esa 
to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. 
 
Bilingki, bahslashmoq gohida haq, gohida botil bilan bo‘ladi. Alloh taolo: «Sizlar ahli 
kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar», degan 
(Ankabut surasi, 46-oyat). 
 
Va yana: «Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling», degan (Nahl 
surasi, 125-oyat). 
 
Va yana: «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib-
tortishurlar», deb aytgan (o‘ofir surasi, 4-oyat). 
 
Agar bahs-munozara haq narsada to‘xtamga kelish uchun bo‘lsa, u maqtalgandir. Agar 
haqni tan olmaslik yoki ilmsizlik ila bo‘ladigan bo‘lsa, u yomonlangandir. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
 
Ba’zilar xusumatdan ko‘ra dinni ketkizuvchi, muruvvatni noqis, lazzatni zoe qiluvchi va 
qalbni mashg‘ul etuvchi narsani ko‘rmadim, deb aytishgan. Agar kishi haqqini saqlab 
qolish uchun xusumat qilishga majbur bo‘lsa, bunga javob imom G’azzoliyning quyidagi 
so‘zlaridir: «Botillik yoki ilmsizlik ila bo‘lgan xusumat yomon ko‘rilgan. Xuddi qozining 
vakiliga o‘xshash. Chunki u qaysi tomon haq ekanini bilishdan oldin xusumatda vakil 
bo‘ladi. Bu vakil ilmsiz xusumat qiladi. Va yana haqqini talab qilib, ehtiyoji qadricha 
kifoyalanmagani ham yomon xusumatlardandir. Balki u xusumatda hukmron bo‘lish 
uchun dushmanlik va yolg‘onni zohir qiladi. Haqqini ko‘lga kiritishda hojat tushmaydigan 
aziyat beruvchi kalimalarni xusumatda aralashtirish ham yomon xusumatdir. Va yana 
xusumatchisining shikast yetkazishi va bo‘ysundirish uchun sof qarshilik ko‘rsatishi ham 
xusumatlarning yomonidir. Ammo mazlumning shar’iy yo‘l bilan, dushmanliksiz, 
chegaradan chiqmasdan, shovqinsiz, qarshiliksiz, aziyat bermasdan o‘z hujjatini oliy 
qilmog‘i harom emas. Lekin uni qilmaslikka yo‘l topsa, tark qilgani afzaldir. Chunki 
xusumat paytida tilni mo‘‘tadil holatda ushlab turish uzrlidir. Xusumat esa qalbda 
dushmanlik tuyg‘usini keltirib, g‘azabni qo‘zg‘aydi. Agar g‘azab qo‘ziydigan bo‘lsa, 
ikkovlari oralarida gina hosil bo‘ladi-da, ikki tomon ham bir-biriga yetgan yomonlikka 
xursand va yaxshilikka xafa bo‘ladi. Va tilini uning obro‘sini to‘kish uchun ishlatadi. 
Kimki xusumatga kirishsa, mana shu ofatlarga yo‘liqadi. Bu ofatlarning eng ozi qalbini 
mashg‘ul qilib, namozda ham fikri xusumatga bog‘liq bo‘ladi, istiqomatdagi holatidan 
biror narsa qolmaydi. Xusumat yomonlikning boshlanishidir. Shu singari tortishish va 
bahslashishlar ham. Xusumat eshiklarini ochmaslik lozim. Faqatgina chorasiz qolib, 
zarurat tug‘ilgandagina joiz. Ushanda ham tilini va qalbini xusumat ofatlaridan 
saqlamoqligi darkor. 
 
967/34. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Xusumatchi bo‘lib yurishing gunohkor ekanligingga kifoya qiladi», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
Ali (r.a.): «Xusumatchi uchun halokat bordir», dedilar. 
 
So‘zda maydakashlik bilan, ba’zi fasohatchilar odatlanganlaridek, uzaytirib saj-qofiyalar 
ila va fasohat-jimjimador muqaddimalar hamda bezakli so‘zlar ila gapirish ham karih 
ko‘rilgan xislatlardandir. Shu singari saj (qofiya)da va e’roblarning noziklarida hamda 
avomga qilinayotgan xitobda qiyin lug‘atlarni iste’mol qilish ham karih ko‘rilgan. Balki 
xitob qilayotganda kishilarga og‘ir bo‘lmaydigan va tushunarli lafz ila xitob qilmoq lozim. 
 
968/35. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta Alloh taolo xuddi sigir tilini bezaganidek tilini bezab so‘zamol -notiq 
bo‘lgan kishilardan g‘azablanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 
969/36. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sinchkov, injiq kishilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
970/37. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga 
mahbublaringiz va Qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. 
Menga yomon ko‘rilganlaringiz va Qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-
ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling