Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.
Pdf просмотр
bet38/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
1067. Oltinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», 
dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
1068. Yettinchi hadis. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi 
ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
1069. Sakkizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul 
qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham 
buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha 
payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar 
va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» 
(Mo‘‘minun surasi, 51-oyat), «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza 
narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari 
to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», 
deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi 
harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
 
1070. To‘qqizinchi hadis. Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» 
kitobida rivoyat qilingan. 
 
1071. Uninchi hadis. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey 
Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, 
rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan 
qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. 
Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga 
bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. 
Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik 
bilan bo‘ladi... - tarj.) 
 
1072. O’n birinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni 
qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va 
payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
1073. O’n ikkinchi hadis. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga 
yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», 
deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi 
ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. 
Ibn Moja rivoyatlari. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
 
1074. O’n uchinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga 
guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir 
(ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan 
ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1075. Un to‘rtinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», 
deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan 
urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan 
omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi 
Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1076. O’n beshinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna 
Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va 
ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1077. Un oltinchi hadis. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli 
va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor 
qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki 
«Sahih» kitobida keltirilgan. 
 
1078. O’n yettinchi hadis. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», 
deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -
nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. 
Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va 
Doramiylar rivoyati. 
 
Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini 
karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
1079. O’n sakkizinchi hadis. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi. 
Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni 
chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni 
tinchitsin» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
1080. O'n to‘qqizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin 
yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. 
Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
1081. Yigirmanchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: 
«g‘azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g‘azab qilma», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
 
1082. Yigirma birinchi hadis. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe 
qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, 
uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut 
qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doratsutniy hasan isnod bilan rivoyat 
qilganlar. 
 
1083. Yigirma ikkinchi hadis. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir 
amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u 
zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir. 
Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni 
berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning 
yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek 
o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni 
o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan 
o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo 
qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning 
qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini 
(ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u 
zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» 
deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - 
namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini 
beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana 
buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham 
jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan 
do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
1084. Yigirma uchinchi hadis. Abu Zarr va Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Qayda bo‘lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni 
ergashtir, uni o‘chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar. 
Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
1085. Yigirma to‘rtinchi hadis. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bizga va’z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi va 
ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, 
bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar qul 
boshliq bo‘lsa, uning so‘zini eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi 
biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni 
va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq 
tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir 
bid’at zalolatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
1086. Yigirma beshinchi hadis. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgi payg‘ambarlar kalomidan topilgan narsa - 
«Agar uyalmasang, xohlagan narsangni qil», deb aytilganidir», dedilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
 
1087. Yigirma oltinchi hadis. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamdan «Agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, 
halolni halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo‘shmasam, jannatga 
kiramanmi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob qildilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
 
1088. Yigirma yettinchi hadis. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey 
Rasululloh, menga Islomdan bir so‘z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda 
so‘ramayin», deganda, u zot: «Allohga imon keltirdim, deb aytib, so‘ngra istiqomatda 
(ya’ni, sobitqadamlikda) bo‘l», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarni 
jamlovchi hadislari bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi so‘ziga muvofiqdir: «Albatta: 
«Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri -
ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): 
«Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar» (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar 
fikricha, bu oyat va hadisning ma’nosi - «Imon keltirib, Allohning toatida bardavom 
bo‘lganlar»-dir. 
 
1089. Yigirma sakkizinchi hadis. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan, Jabroil 
alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat 
haqida so‘ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir. 
 
1090. Yigirma to‘qqizinchi hadis. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning orqalarida edim. U zot: «Ey bolakay, senga bir kalima 
o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. 
Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, 
agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga 
(taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera oladi, xolos. Agar ummat biror 
narsada senga zarar berishga jamlansa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib 
qo‘ygan narsanigina zarar bera oladi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», 
deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
Termiziyning boshqa rivoyatlarida: «Allohga rioya qil, yo‘nalishingni topasan. Allohni 
kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilmaganing to‘g‘ri 
qilganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilmaganing xato qilganing uchun emas. Bilginki, 
albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik 
bilan yengillik bo‘ladi», deyilgan. 
 
1091. Uttizinchi hadis. Shayximiz Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Nobilisiy Dimashqiydan, 
u Abu Tolib Abdulloh, Abu Mansur Yunus, Abulqosim Husayn ibn Hibatulloh al-Misriy, 
Abu Ya’lo Hamza va Abu Tohir Ismoildan, ular Hofiz Abulqosim Ali ibn Husayn, ya’ni Ibn 
Asokirdan, u Dimashq xatibi Abul Qosim Ali ibn Ibrohim ibn Abbos al-Husayniydan, u 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Yahyo ibn Salvondan, u Abulqosim Fazl ibn Ja’fardan, u 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
Abu Bakr Abdurahmon ibn Qosim ibn Faraj al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn 
Abdulazizdan, u Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.), 
Abu Zarr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil 
(a.s.) esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, 
Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni harom qildim, bas, 
zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar. Men esa 
ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga istig‘for aytinglar, 
gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz ochsiz, faqatgina Men 
taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni 
taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong‘ochsiz, faqatgina Men 
kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni 
kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi 
bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringizu 
oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli qalb kishilari bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib 
qolmaydi. Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib 
Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam, mulkimdan biror narsa 
kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik 
ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men uni sizlarga saqlab 
beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd aytsin. Kimki bundan 
boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi». 
 
Abu Misharning aytishlaricha, Said ibn Abdulaziz: «Abu Idris agar mana shu hadisni 
gapirsalar, tiz cho‘kib o‘ltirardilar», deganlar. 
 
Bu sahih hadis bo‘lib, uni biz «Sahihi Muslim» va boshqalarda rivoyat qildik. Buning 
isnodi mendan boshlanib, Abu Zarrgacha - barchalari dimashqlikdir. Abu Zarr ham 
Dimashkqa kirganlar. 
Bu hadisda bir qancha foydalar jamlangandir. Ulardan isnodi va matnining sahih bo‘lishi 
va oliy bo‘lishi, silsilasi dimashkdiklarga borib taqalishi hamda buning barakali 
bo‘lishligidir. Va yana bundan tashqari din usullari, furu’lari va odoblarini hamda qalb 
latofatliligini o‘z ichiga oluvchi ulkan qoida hamdir. 
 
Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra 
sharafliroq hadis yo‘qdir», deganlar. 
 
 
Allohning yordami ila «Al-Azkor» kitobi shu yerda nihoyasiga yetdi. Alloh taolo 
duolarimizni qabul va zikrlarimizni maqbul aylasin, O'zining hidoyat yo‘lidan 
adashtirmasin! Omiyn! 
 
 
 
 
 
 
Onlineda o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.0
 
Forum uchun Doniyor tayyorladi. 
 
www.ziyouz.com
 
2007 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling