Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.

bet32/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
 
329-bob La’natlashdan qaytarish to‘g‘risida 
 
916/1. Sobit ibn Zahhokdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot «daraxt» sohiblaridan edilar 
(ya’ni, daraxt ostida bay’at berganlar). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minni 
la’natlash uni o‘ldirgan kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
917/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Siddiq la’natlovchi bo‘lishi mumkin emas», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
918/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«La’natlovchilar Qiyomat kunida shafoat qiluvchi ham, shohidlik beruvchi ham 
bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
919/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Allohning la’nati, gazabi va do‘zaxi bilan la’natlamanglar», dedilar. Imom 
Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 
 
920/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, 
odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
921/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning 
ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra 
o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. 
Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, 
aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
922/7. Ibn Abbosdan (r.a.) qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ahli 
bo‘lmagan narsa ila la’natlasa, la’nati o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar 
rivoyatlari. 
 
923/8. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni 
la’natladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitib, «Bundagi narsalarni olib 
tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.  
 
Imron (r.a.) «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar orasida yuradi-yu, ammo 
unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar. 
 
924/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada 
edi. Tog‘ning tor joyida u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib, tuyaga «To‘xta! 
Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu 
la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Boshqa rivoyatda «Allohning la’nati bo‘lgan bu ulovni bizga hamroh qilmang», deb 
kelgan. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
Fasl: Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit 
bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo 
yeyuvchini, rasm chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum 
o‘g‘risini, otasini la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. 
Kimki bizlarning ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning 
farishtalari va odamlar barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, 
Zakavon va Usayyalalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab 
qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Chunki ularga (hayvon) yog‘ini 
yeyishni harom qilsa, ular uni eritib sotishdi. Yana Alloh taolo yahudiy va nasroniylarni 
payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana ayollarga o‘zini 
o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni la’natladi», dedilar. 
 
(Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi 
ikkitasida, ba’zisi ulardan birida kelgan.) 
 
925/10. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuziga 
tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib, «Alloh tamg‘a urganni la’natlasin», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
926/11. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot qurayshlik yigitlar yonidan 
o‘tayotganlarida, ular qushni nishon qilib, unga (narsa) otishayotgan edi. Shunda Ibn 
Umar: «Alloh la’natlasin, buni kim qildi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonli 
narsani (otish) maqsadida foydalanganni Alloh la’natlasin», deganlar», deb aytdilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Uzini saqlab yuruvchi (taqvodor) musulmonni la’natlash musulmonlar ijmo’si bilan 
haromdir. Yomon sifat sohiblarini la’natlash esa joizdir. Masalan, «Alloh zolimlarni 
la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh yahudiy va nasroniylarni la’natlasin», 
«Alloh fosiqlarni la’natlasin», «Alloh surat chizuvchilarni la’natlasin» kabi la’natlash joiz. 
Ammo gunohlarning birortasi bilan sifatlangan kishining ayni o‘zini, masalan, yahudiy, 
nasroniy yoki zolim, zinokor, surat chizuvchi, o‘g‘ri, ribo yeyuvchini alohida la’natlash 
hadisning zohiridan harom emasligi ko‘rinyapti. 
 
Imom G’azzoliy esa bularni harom, deb fikrlarini shunday izohlaydilar: «Faqat kufrda 
o‘lganligi aniq bo‘lgan Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon va shularga o‘xshash kishilar 
haqida la’natlash harom emas. Chunki la’nat Allohning rahmatidan uzoqlatadi. Biz esa 
fosiq yoki kofirning oxirgi hayoti nima bo‘lib tugashini bilmaymiz. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning esa ularni tayin qilib la’natlashlariga sabab ularning kufrda 
o‘lishlarini bilganlar. Insonga yomonlik bilan qilingan duo la’natga yaqindir. Masalan, 
«Alloh jismini sog‘ qilmasin, salomat qilmasin» kabi va shunga o‘xshash narsalarning 
barchasi yomon sanalgandir. Shu singari jamiki hayvonlar va o‘simliklarni la’natlash ham 
yomon amallardandir». 
 
Fasl: Abu Ja’far Nahhos ba’zi ulamolardan hikoya qilib, «Agar kishi la’natlash loyiq 
bo‘lmagan narsa bilan la’natlasa, uning loyiqmasligini aytishga shoshilsin. Bo‘lmasa, 
loyiq bo‘lmagan la’nat bo‘lib qoladi», dedilar. 
 
Fasl: Har bir amru ma’ruf va nahiy munkar qiluvchi hamda odob beruvchi kishi xitob 
qilayotgan kishisiga «Voy bo‘lsin», «Ey holi zaif», «Uz nafsiga oz nazar soluvchi» yoki 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
«Nafsiga zulm qiluvchi» kabi so‘zlarni yolg‘on ishlatmasdan aytmog‘i joiz. So‘zida ochiq 
kinoya yoki ishora, agar rost bo‘lmasa ham, haqoratli so‘z bo‘lmasligi lozim. Faqat bu 
odob berish va so‘zining ta’sirini o‘tkazish uchun bo‘lmog‘i kerak. 
 
927/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik 
qilinadigan tuyani haydab ketayotgan kishini ko‘rib, «Uni minib ol», dedilar. Haligi kishi: 
«Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Rasululloh yana: «Uni mingin», deb aytganlarida, u 
yana: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Uchinchi marta Payg‘ambar (a.s.): «Voy bo‘lgur, 
uni mingin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
928/13. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida edik. U zot ulushlarni taqsimlayotganlarida, Bani Tamim 
qabilasidan Zulxuvaysira degan kishi: «Ey Rasululloh, odil bo‘ling», dedi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Voy bo‘lsin, men odillik qilmasam, kim ham 
odillik qilardi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
929/14. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlarida xutba ayta turib, «Kimki Allohga va rasuliga itoat qilsa, batahqiq 
to‘g‘ri yo‘lni topibdi. Kimki u ikkoviga osiylik qilsa, batahqiq adashibdi», deganida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen muncha ham yomon xatibsan! (ikkovi, deb 
barobar aytmasdan) balki «... Kimki Allohga va rasuliga osiylik qilsa...» deb aytgin», 
dedilar. Imom Muslim rivoyati. 
 
930/15. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xotibning (r.a.) qullari Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, Xotibdan shikoyat qildi. «Ey Rasululloh, 
Xotib do‘zaxga tushadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on 
aytding, u do‘zaxga tushmaydi. Chunki u Badr va Hudaybiyada ishtirok etgan», dedilar. 
Imom Muslim rivotlari. 
 
931/16. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonni mehmonni ziyofat ila 
siylamaganida, «Ey g‘unsar» («Ey pastkash»), deb aytganlar. Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
932/17. Jobir (r.a.) bir kiyimda namoz o‘qib, (ikkinchi) liboslarini oldilariga ko‘yib 
ko‘ydilar. «Nimaga bunday qildingiz?» deyilganida, «Sen kabi johillar ko‘rishi uchun», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Boshqa rivoyatda «Sen kabi axmoq ko‘rishi uchun», deb kelgan. 
 
 
330-bob Kambag‘al, zaif, yetim, tilanchi va shularga o‘xshashlarni jerkib 
so‘zlashdan qaytarish hamda ularga muloyim va tavozu’li so‘zlarni aytish 
haqida 
 
Alloh taolo Vaz-Zuha surasining 9-10-oyatida: «Bas, endi siz ham yetimga qahr 
qilmang. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang!» deb 
aytgan. Va yana Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining yuzini istab, Unga 
iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang! Sizning zimmangizda 
ularning hisob-kitoblaridan hech narsa yo‘qdir va sizning hisob-kitobingizdan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
ularning zimmalarida hech narsa yo‘qdir. Bas, ularni haydab zolimlardan bo‘lib 
qolmang», deb aytgan (An’om surasi, 52-oyat). Va yana: «Siz o‘zingizni ertayu 
kech Parvardigorlarining yuzini - roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar 
bilan birga tuting!» deb aytgan (Kahf surasi, 28-oyat). Va yana: «Mo‘minlar 
uchun qanotingizni past tuting», deb aytgan (Hijr surasi, 88-oyat). 
 
933/1. Oiz ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Abu Sufyon (islomga kirmasidan 
oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar huzurlariga kelganida, Ular 
«Allohning qilichi Allohning dushmanining gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr 
(r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidi (Abu Sufyon)ga nisbatan 
ishlatasizlarmi?» deb va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, buning 
xabarini berganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ularni 
g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», 
dedilar. Abu Bakr (r.a.) ularning huzurlariga borib, «Ey birodarlar, sizlarni 
g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Io‘q», deyishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
 
331-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida 
 
934/1. Sahl ibn Hunayf Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sizlardan biringiz ko‘nglim ayniyapti, degan so‘zni (arabchada) «xabusa» 
lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
935/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan 
biringiz «ko‘nglim buzilyapti» so‘zini (arabchada) «joshat» lafzi ila emas, «laqisat» lafzi 
ila aytsin», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
(Xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb 
aytganga o‘xshash... - tarj.) 
 
«Laqisat», «joshat», «xabusat»larning ma’nosi bir: «ko‘ngli aynishi»ni anglatadi. Ammo 
«joshat» bilan «xabusat» deb aytish xunuk bo‘lgani uchun bu lafzlarni ishlatish karih 
ko‘rilgan. 
 
936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa mo‘minning qalbidir», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
Muslimning rivoyatlarida «Uzumni «al-Karmu» lafzi ila ismlamanglar. Chunki al-Karmu 
musulmondir», deyilgan. 
 
Boshqa rivoyatda «Al-Karmu - mo‘minning qalbi», deyilgan. 
 
937/4. Voil ibn Hijrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«(Uzumni) al-Karmu lafzi ila aytmanglar. Lekin al-Inab val-Habala lafzi ila aytinglar», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Bu hadisdan maqsad uzumni «Al-Karmu», deb ismlashdan qaytarish. Johiliyatda uzum 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
«Al-Karmu» deb nomlanar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bunday ismlashdan qaytarganlar. 
 
Imom Xitobiy va boshqa ulamolarning aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uzumni chiroyli ism bilan chaqirishni xohlardilar. Uning mevasidan mast 
qiluvchi sharobni tayyorlovchilar uzumning ismini salbiy aytishar edi. 
 
938/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar kishi insonlar halok bo‘ldi, desa, bas, o‘sha aytgan kishi o‘zi halok bo‘luvchidir», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Humaydiy: «Odamlarni past va haqir sanab o‘zini fazilatli qilib ko‘rsatish maqsadida 
bo‘lsa, bunday deyishi joiz emas. Chunki u Allohning xalq qilgandagi sirlarini bilmaydi», 
dedilar. 
 
Xitobiy aytdilar: «Insonlarning yomonliklarini zikr qilib, ayblab, «Ular fasod bo‘lib, 
halokatga uchrashdi», desa, o‘zi halok bo‘luvchidir. Ya’ni, ularni ayblash bilan o‘zi eng 
yomon holatdadir. Ko‘pincha, o‘z nafsiga ajablanishi va o‘zining fazilatli ekanini his qilib
o‘zini yaxshiman, deyishi insonni halokatga eltadi». 
 
939/6. Qa’nabiy Molikdan, u esa Sahl ibn Abu Solihdan, u otasidan, otasi Abu 
Hurayradan qilgan rivoyatida ham xuddi yuqoridagi hadisni zikr qildilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
 
Molik: «Agar ana shu so‘zni kishilarning dindagi sustkashliklarini ko‘rib aytsa, zarari 
yo‘q. Lekin o‘z nafsiga ajablanib, kishilarga past nazar bilan qarab aytsa, unda man 
qilinganlar qatorida bo‘lib qoladi», dedilar. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha ham, mana shu so‘z sahihdir. Xususan, Imom Molikdan 
(r.a.) bo‘lgani diqqatga sazovordir. 
 
940/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh 
xohlasa va falonchi xohlasa, deb aytmanglar. Lekin Alloh xohlasa, so‘ngra falonchi 
xohlasa, deb aytaveringlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat 
qilganlar. 
 
Xitobiy va boshqalar aytishgan: «Bu hadisda odobga chaqiruvchi irshod bor. Chunki 
«va» so‘zi «birga», «sherik bo‘lish» ma’nosini anglatadi. «So‘ngra» so‘zi esa tartib va 
zaiflikni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda Alloh xohishini 
boshqalarning xohishidan oldin keltiryaptilar». 
 
Ibrohim Naha’iy «A’uvzu billahi va bika», ya’ni «Alloh ismi va sening isming bilan panoh 
tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rardilar. Balki «A’uvzu billahi summa bika», deb 
aytmoqlik joizdir. Ya’ni, Allohning ismi bilan, so‘ngra sening isming bilan, deganidir. 
 
Va yana: «Agar Alloh qilmaganida, so‘ngra falonchi qilmaganida, bunday qilardim», deb 
aytiladi. Ammo «Alloh qilmaganida va falonchi qilmaganida, bunday qilmasdim», deb 
hargiz aytma. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
Fasl: Biror narsa sababli yomg‘ir yog‘di. Albatta buning yog‘diruvchisi bulut yoki 
yulduzdir, deb e’tiqod qilsa, bas, u kufrlikdir. Agar albatta bu yomg‘irning yog‘diruvchisi 
Alloh, anavi zikr qilingan narsa esa, yomg‘ir yog‘ishi uchun alomat, xolos, deb e’tiqod 
qilsa, kufr bo‘lmaydi. Lekin johiliyatda iste’mol qilingan lafzni ishlatgani uchun bu karih 
ko‘rilgan narsadir. Biz bu haqda yomg‘ir yog‘ayotganda aytiladigan narsalar bobida zikr 
qildik. 
 
Fasl: «Agar bunday qilsam, yahudiy yoki nasroniy bo‘lay» yo «Islomga aloqasizman» 
yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytib, Islomdan chiqish haqiqatini iroda qilsa, ana shu 
holda kofir bo‘lib, unga murtadlik hukmi yuritiladi. Agar bunday deyish bilan Islomdan 
chiqishni iroda qilmasa, kofir bo‘lmaydi. Lekin harom ishni bajargani uchun tavba qilishi 
vojib bo‘ladi. Usha paytdayoq gunohdan to‘xtab, qilgan narsasiga pushaymon bo‘ladi, 
unga aslo qaytmaslikka qasd qilib, istig‘for aytadi, «La ilaha illallohu Muhammadun 
Rasululloh», deb aytadi. 
 
Fasl: Musulmon kishini «Ey kofir», deb aytmokdik dahshatli harom amallardandir: 
 
941/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar 
kishi birodariga «Ey kofir», desa, batahqiq, u ikkovlaridan birlariga qaytadi. Agar 
aytganidek bo‘lsa, o‘sha aytilganga, unday bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
942/9. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan «Kimki bir kishini kofir yoki Allohning dushmani, deb chaqirsa-yu, u narsa 
o‘sha kishida bo‘lmasa, u o‘ziga qaytadi», deganlarini eshitdilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
Fasl: Agar musulmon boshqa bir musulmonga nisbatan «Allohim, undan imonni tortib 
ol», desa, shu gapi bilan osiy bo‘ladi. Mana shu duoning o‘zi bilan duo qiluvchi kofir 
bo‘ladimi? Bunda ikki xil fikr bor: Qozi Husayn fatvolariga ko‘ra kofir bo‘lmaydi. Bunga 
Muso alayhissalomdan xabar berilgan Allohning so‘zi hujjat qilinadi. «Parvardigoro, 
ularning mol-dunyolarini yo‘q qilgin, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki alamli 
azobni ko‘rmagunlaricha, imon keltirmasinlar» (Yunus surasi, 88-oyat). Agar 
bizdan oldingilarning shariati bizning shariatimiz, deydigan bo‘lsak, bu dalilga nazar 
solmoq kerak. 
 
Fasl: Agar kofir musulmonni kufr kalimasini aytmokdikka majburlasa, bas, musulmon 
uni aytib, qalbi imoniga xotirjam bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi. Bu Qur’ondagi nass (dalillar)da 
ham, musulmonlar ijmo’ida ham ittifoq qilingan. Endi o‘limdan o‘zini saqlash uchun kufr 
kalimasini aytishlik afzalmi? Bu savolga besh xil fikr aytilgan: 
 
Eng to‘g‘rirog‘i va afzali o‘limga sabr qilib, kufr kalimasini aytmaslik. Sahih hadislar va 
sahobalarning amallari bunga dalildir. 
 
Ikkinchisi, jonini qatldan saqlash uchun kufr kalimasini aytmoq afzal. 
 
Uchinchisi, uni omon qolishligi dushmandan qasos olish yoki shariat ahkomlarini qoim 
qilishlikda musulmonlarga manfaatli bo‘lsa, kufr kalimasini gapirmoqligi afzaldir. Agar 
bundoq bo‘lmaydigan bo‘lsa o‘limga sabr qilmog‘i afzal. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
 
To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom 
adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal. 
 
Beshinchisi, Alloh taoloning «Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 
195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham 
zaif ko‘rinishdagisidir. 
 
Fasl: Agar musulmon kishi kofirni Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat 
kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki 
uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon 
bo‘lmaydi. Chunki biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri 
emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir», 
deyilgan. 
 
Fasl: Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu, hikoya tarzida 
masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb 
aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki 
shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin, 
desa-yu, kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida 
bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi. 
Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan. 
 
Fasl: Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb 
aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb 
aytiladi. 
 
Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna» kitoblarida keltirishlaricha, 
musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa, 
musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul 
mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan 
oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir. 
 
Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb 
atalinmaydi. Chunki Alloh taolo: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman» 
(Baqara surasi, 30-oyat) va «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik», 
deb aytgan (Sod surasi, 26-oyat). 
 
Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. Bir kishi Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ya xalifatulloh», 
ya’ni «Ey Allohning xalifasi», deganida, bu zot: «Men Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning xalifalariman. Men mana shu bilan roziman», dedilar. 
 
Bir kishi Umar ibn Abdulazizga (r.a.) «Ya xalifatulloh», deganida, bu zot: «Senga voy 
bo‘lsin. Sen ancha yiroq so‘zlarni ishlatding. Onam meni Umar, deb ismlagan. Agar meni 
shu ism bilan chaqirsang, buni qabul qildim. So‘ngra ulg‘aydim. Bas, Abu Hafs, deb 
kunyalandim. Agar mana shu kunya bilan meni chaqirsang, qabul qildim. So‘ngra sizlarni 
ishlaringizga boshliq bo‘ldim. Bas, meni amirul mo‘minin, deb ismladinglar. Agar meni 
mana shu atama bilan chaqirsang, kifoya qiladi», dedilar. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
Abul Hasan al-Morudiy «Ahkom as-Sultoniyya» nomli kitoblarida imomni xalifa, deb 
ismladilar. Chunki u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummatlaridan xalifa 
(o‘rinbosar) bo‘ldi. Umumlashtirib, xalifa yoki xalifatu rasululloh, deb aytish joiz. 
 
«Xalifatulloh» degan so‘zimizning joizligida ixtilof qilingan. Ba’zilar Allohning 
maxluqotlaridagi huquqlarda qoim bo‘lib, bor bo‘lgani uchun joiz, deyishgan. Bunga 
Allohning so‘zidagi «U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan Zotdir» oyatini dalil 
qilib keltirishgan (Fotir surasi, 39-oyat). 
 
Lekin jumhur ulamolar xalifatulloh, deb atashdan man qilishdi. Va bunday deb aytsa, 
gunohkor bo‘lishga olib borishini ta’kidlashgan. 
 
Imom Navaviy aytdilar: «Birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan kishi Umar ibn 
Xattobdirlar. Ilm ahllari orasida bu haqda xilof yo‘q. Ammo ba’zi johillar Musaylama, deb 
aytishadi. Bu fikr ochiq xato va ulamolar ijmo’iga muxolif bo‘lgan xunuk johillikdir. 
Ulamolar kitoblarida ochiqchasiga ittifoq qilib, naql qilishlaricha, birinchi amirul 
mo‘minin, deb ismlangan zot Umar ibn Xattobdirlar». 
 
Imom Abu Umar ibn Abdulbirr «Istiy’ob» nomli kitoblarida Umar ibn Xattobni birinchi 
bo‘lib amirul mo‘minin, deb nomlanishlariga sabab Abu Bakr (r.a.) xalifatur-rasululloh 
(Rasululloh o‘rinbosarlari), deb ismlanganliklaridir, deydilar. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling