Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Maqtashni muboh qiluvchi hadislar
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo‘ygin. Chunki men (ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan kishiman»
- 234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar
Maqtashni muboh qiluvchi hadislar Sahih hadislarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ikkitamiz bo‘lsak, uchinchimiz Alloh ekaniga gumoning qanday?» yoki (boshqa bir hadisda aytilishicha) «Sen izorini mutakabbir niyatida ko‘tarib yuruvchi emassan», (yana boshqa bir hadisda keltirilishicha) «Ey Abu Bakr, yig‘lamagin, albatta menga do‘stligi va molidagi eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar ummatimdan xalil (do‘st) ushlash kerak bo‘lganida, Abu Bakrni xalil qilib olardim», (boshqa bir hadisda esa aytilishicha) «Jannatga kirishda, hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», (yana bir hadisda keltirilishicha) «Unga kirishiga izn berib, jannatga kirishining xursandlik xabarini ber», (yana boshqa bir hadisda aytilishicha) «Ey Uhud tog‘i, tinchlan, chunki senda nabiy, siddiq va ikki shahid bor», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kirib, bir qasr ko‘rdim. «Bu qasr kim uchun?» desam, «Umar uchun», deb aytishdi. Unga kirishni xohladim-u, sening rashkchi ekaningni eslab qoldim», deganlarida, Umar (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur, ey Rasululloh, sizga rashk qilarmidim?» dedilar. Boshqa hadisda keltirilishicha, «Ey Umar, shayton sening yo‘ling tomon yo‘liqmagan. Agar yo‘liqadigan bo‘lsa ham, sen tomondan boshqa yoqqa burilib ketgan», dedilar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha esa, «Usmonga (eshikni) ochib, jannatga kirishining xabarini bergin», yana boshqa bir hadisda Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 188 aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi, ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih, mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir. Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar: «Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak. Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi». 223-bob Kishi o‘zini maqtab, qilgan yaxshiliklarini zikr qilishi haqida Alloh taolo Najm surasining 32-oyatida «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar», deb aytgan. Bilingki, o‘zini maqtab, yaxshiliklarini zikr qilish ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan va mahbub ko‘rilgan. Yomon ko‘rilgani faxrlanib, o‘zini baland tutib, tengdoshlaridan ajralib turish uchundir. Mahbub ko‘rilgani esa, diniy islohotda yoki amru ma’rufda, yoki nahiy- munkarda, yoki nasihat qilishda, yoki biror maslahatga ishora etishda, yoki ta’lim berishda, yoki va’z aytishda, yoki zikrlarda, yoki ikki kishining orasini isloh etishda, yoki o‘zidan yomonlikni daf etishda va shunga o‘xshash narsalarda bo‘ladi. Uzining yaxshiliklarini zikr etish bilan, voiz so‘zi qabul qilinib, aytayotgan narsasiga e’tibor qilinishi niyatida yoki «Mana shu aytayotgan so‘zimni boshqa kishidan topa olmaysizlar, bas, uni yodlab olinglar» qabilidagi niyat bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Bu ma’nodagi narsalarga misollar nasslarda (ya’ni, Qur’on va hadisda) to‘lib-toshib yotibdi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlariga o‘xshash - «Men yolg‘on bo‘lmagan nabiydirman», «Men odam bolalari sayyidiman», «Men birinchi yer Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 189 yorib chiqqan kishiman», «Men sizlardan ko‘ra Allohni biluvchi va taqvodoringizman», «Men Rabbim huzurida tunayman» va bunga o‘xshash so‘zlar ko‘pdir. Yusuf alayhissalom: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo‘ygin. Chunki men (ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan kishiman», dedilar (Yusuf surasi, 55-oyat). Shuayb alayhissalom: «Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni ko‘rursan», dedilar (Qasos surasi, 27-oyat). 696/1. Imom Buxoriy «Sahih»larida qilgan rivoyatlarida shunday keltiriladi. Usmon (r.a.) qamal qilinganlarida, «Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiyinchilikda askarlarni ta’minlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, ularni ta’minladim. Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ruvma» qudug‘ini kavlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, quduqni kavladim», deb o‘zlarini maqtovga loyiq fazilatlarini zikr qilganlaridan keyin aytgan narsalarini qavm tasdiqlashdi. 697/2. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli bu zot ustidan Umar ibn Xattobga (r.a.) namozni chiroyli o‘qib bermaydi, deb shikoyat qilishganida, Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilib, Allohning yo‘lida arablar ichida birinchi nayza otgan kishiman...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 698/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Donni yorgan va nafslarni xalq qilgan Zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga «Kimki meni yaxshi ko‘rsa, mo‘mindir, meni yomon ko‘rsa, munofiqdir», degan ahdlari bordir», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari. 699/4. Abu Voildan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ibn Mas’ud (r.a.) bizga quyidagicha xutba aytdilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlaridan yetmishtadan ko‘proq sura o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari yaxshilari bo‘lmasam-da, Allohning kitobini biluvchirog‘lari ekanimni bilishadi. Agar mendan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rsam, uning oldiga yetib borardim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 700/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Urmalab kelgan tuya haqida so‘ralganida...», hadisni davom ettirib, «... bilimdonga yo‘liqding», deb hadisning oxirini zikr qildilar. Muslim rivoyatlari. 224-bob Yuqoridagilarga taalluqli masalalar Sizni chaqirgan kishiga «Labbayka va sa’dayka» yoki «Labbayka», deb aytishingiz mahbub amaldir. Sizning huzuringizga kelgan kishiga «Marhabo», ya’ni «Xush kelibsiz», deb aytish mahbub amal. Sizga yaxshilik qilganga yoki chiroyli ishni ko‘rsangiz, «Hafizakalloh va jazokallohu xayron» (ma’nosi: «Alloh sizni sakdab, ko‘p yaxshiliklar ila mukofotlasin») kabi so‘zlarni aytish ham mahbub amallardandir. Bunga ham sahih hadislarda dalillar bordir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 190 Ilmli va salohiyati ulug‘ kishiga «Alloh meni sizga fido qilsin» yoki «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» kabi so‘zlarni aytishning zarari yo‘q. Bunga sahih hadislardan dalillar ko‘pdir. Agar ayol nomahram kishiga oldi-sotdi yoki bundan boshqa narsalarda gapirishga majbur bo‘lib qolsa, u ovozini dag‘al qilib so‘zlashi lozim bo‘ladi. Ayolga erkaklar xohish- istak bildirishidan qo‘rqqan holda ovozini aslo mayin qilmaydi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 191 NIKOH ZIKRLARI KITOBI 225-bob Biror ayolga sovchi bo‘lib kelgan kishi aytadigan narsalar haqida Sovchi bo‘lib keluvchi kishi Allohga hamdu sano, Rasulullohga salavot aytib, so‘ngra «Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», deb sizlarning qizingizga rag‘bat qilgan holda yoki falonchi qizi falonchini so‘rab keldik, deb aytadi. 701/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir kalom, (ba’zi rivoyatlarda) har bir ish Allohga hamd aytish ila boshlanmasa, bas, u kesikdir», (ya’ni, barakasi ozdir)» dedilar. Abu Dovud , Ibn Moja va boshqalar rivoyati. 702/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir xutbada tashahhud bo‘lmasa, kesik qo‘lga o‘xshaydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 226-bob Ahli fazl va solih kishilarga qizini uzatishni taklif qilish to‘g‘risida 703/1. Imom Buxoriy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Hafsaning (r.a.) eri vafot etganida, Umar ibn Xattob Usmonga (r.a.) yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib: «Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab ko‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra Usmon (r.a.) menga yo‘liqib, «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman», dedilar. Bas, Abu Bakr Siddiqqa yo‘liqib, «Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni uylantirib qo‘yaman», dedim. Abu Bakr (r.a.) sukut qilib turdilar...», deb hadisning oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 227-bob Nikoh bitimi tuzilayotganda aytiladigan zikrlar Oldingi bobda zikr qilganimizdek, hamd va tashahhudlarni o‘z ichiga oluvchi xutba o‘qimoq mustahabdir. Quyidagi xutbani o‘qish esa, afzalroqdir: 704/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat xutbasini quyidagicha o‘rgatdilar: «Alhamdu lillahi nasta’iynuhu va nastag‘firuhu va na’uzu bihi min shururi anfusina man yahdillahu fala muzilla lahu vaman yuzlil fala hadiya lahu va ashhadu an la ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluhu. Ya ayyuhannasu ittaquv robbakumullaziy xolaqokum min nafsiv vahidativ va xolaqo minha zavjaha va bassa minhuma rijolan kasiyran va nisoan vattaqullohallaziy tasoaluvna bihi val arhama innalloha kana a’laykum roqiyba. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha haqqa tuqotihi vala tamutunna illa va antum muslimun. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha va quluv qovlan sadiydan yuslih lakum a’molakum va yag‘fir lakum zunubakum va man yuti’illaha varasuvlahu faqod faza favzan ‘aziyma». (Ma’nosi: «Hamd Alloh uchundir. Biz Undan yordam so‘raymiz va istig‘for aytib gunohlarimizni kechishini so‘raymiz. Hamda Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 192 nafslarimiz yomonligidan panoh tilaymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimniki adashtirsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Va albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning quli va rasulidir. Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan ko‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz), albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar, (shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ baxtga erishibdi»). Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod ila rivoyat qilishdi. Bu Abu Dovud rivoyatlari lafzidan biri. Abu Dovudning yana boshqa bir rivoyatida «va rasuluhu» so‘zidan keyin «Arsalahu bilhaqqi bashiran va naziron bayna yadayis so’ati man yuti’illaha va rasulahu faqod roshada vaman ya’sihima fainnahu la yazurru illa nafsahu va la yazurrulloha shay’a» jumlalari keltirilgan. (Ma’nosi: «Uni (ya’ni, payg‘ambarni) qiyomat qoim bo‘lishidan oldin haq ila jannatning xursandlik xabarini beruvchi va do‘zaxdan ko‘rqitib, undan ogohlantiruvchi etib yubordi. Kimki Allohga va Uning rasuliga itoat etsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lda bo‘libdi. Kimki Alloh va rasuliga osiylik qilsa, faqat o‘z nafsiga ziyon qilibdi. Allohga biror narsa bilan zarar keltira olmaydi».) Sohiblarimiz bu zikrlarga qo‘shib «Uzavvijuka ‘alama amarallohu bihi min imsokin bima’rufin av tasrihin biihsanin», deb aytish ham mahbub amaldir, deb aytishdi. (Ma’nosi: «Alloh buyurganidek, yaxshilik ila ushlab turish yoki yaxshilik ila ko‘yib yuborish shartiga binoan senga qizimni uzataman».) Bu xutbalarning eng ozi «Alhamdu lillahi vassalatu ‘ala rasulillah sollallohu alayhi vasallam uvsiy bitaqvalloh», deb aytishdir. (Ma’nosi: «Allohga hamd, Rasulullohga salavot va Allohga taqvo qilishingni vasiyat qilaman».) 228-bob Nikoh bitimi tuzilgandan keyin eru-xotinga aytiladigan zikrlar «Barokallohu laka» yoki «Barokallohu alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin» yoki «Oralaringizni yaxshilikda jamlasin»), deb aytish sunnat amaldir. Ikki juftning har biriga «Barokallohu likulli vahidim minkuma fiy sohibihi va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh juftingni barakali qilib, oralaringizda yaxshilikni jamlasin»), deb aytmoq mustahab amaldir. 705/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Abdurahmon ibn Avf (r.a.) uylanganlari xabarini berishgan paytda Rasululloh sollallohu Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 193 alayhi vasallam: «Barokallohu laka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin»), deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 706/2. Sahih rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jobir (r.a.) uylanganliklari xabarini berishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Barokallohu alayka» (ma’nosi: «Alloh senda baraka qilsin»), deb aytdilar. 707/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror kishi uylansa, «Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, senda baraka qilsin. Va oralaringizni yaxshilikda jamlasin».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 229-bob Kelin tushirdi kechasida xotini kirgan paytda erining aytadigan zikrlari Ayoliga ilk bor yo‘likqanda, uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib, «Barokallohu likulli vahidim minna fiy sohibihi» (ma’nosi: «Alloh har birimizni o‘z juftiga barakali qilsin»), deb aytmog‘i mahbub amaldir. Va bu bilan birga quyidagi hadisdagi duoni ham qo‘shib aytadi: 708/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz biror xotinga uylanadigan bo‘lsa yoki biror xizmatkor sotib oladigan bo‘lsa, «Allohumma inniy as aluka xoyraha va xoyra ma jabaltaha ‘alayhi. Va a’uzu bika min sharriha va sharri ma jabaltaha ‘alayhi», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsangning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va unga xalq qilgan narsangning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».) Agar tuya sotib olsa, o‘rkachi cho‘qqisidan ushlasin-da, ana shu yuqoridagi duoni o‘qisin. Abu Dovud, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «So‘ngra xotini va xizmatkori peshonasidan ushlab, ularga baraka tilab duo qilsin», deb aytilgan. 230-bob Kishi ahli huzuriga kirganda aytadigan zikrlar 709/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaynabga uylanganlarida, non va go‘shtlarni ulashib to‘y qilganlarini va to‘yning sifatlarini hamda unga ko‘pchilikni chaqirganlarini aytib, hadisning davomini zikr qildilar: «Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, Oishaning (r.a.) hujralariga borib, «Assalomu alaykum, ahlal bayti va rahmatullohi va barokatuhu», deganlarida, Oisha (r.a.): «Va’alaykassalomu va rahmatullohi, ahlingizni nechuk holda topdingiz?» dedilar. Shunda Rasululloh ham: «Alloh senga baraka bergan holda», dedilar. Bas, shu alfozda barcha xotinlarinikida mehmon bo‘lib, ularga ham Oishaga aytgan so‘zlarini aytardilar, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 194 xotinlari ham Oishaning aytganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga javob qaytarishardi». Imom Buxoriy va boshqalar rivoyati. 231-bob Jimo’ paytida aytiladigan zikrlar 710/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab) «Bismillohi, Allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana», desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib bergan farzandimizdan yiroq qilgin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buxoriyning rivoyatlarida: shayton hech qachon zarar bera olmaydi, deb «shayton» lafzi ila kelgan. 232-bob Kishining xotini ila hazil-mutoyiba hamda latofatli iboralar bilan muomala qilishi haqida 711/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvonga?» deganlarida, men: «Juvonga», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaga uylanmaysanmi, u sen bilan, sen esa u bilan o‘ynashar eding», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 712/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minlarning imon jihatidan mukammal va xulqi jihatidan yaxshilari ahllari uchun xushmuomalali bo‘lganlaridir», dedilar. Termiziy va Nasaiylar rivoyati. 233-bob Erning xotini qarindoshlari bilan muomala odobi bayonida Bilingki, er kishi xotinining qarindoshlaridan birortasiga xotinlari bilan jimo’ qilish yoki o‘pish yo quchoqlash yoxud bulardan boshqa holatlarda foydalaniladigan lafzlar ila xitob qilmasligi mahbub amaldir. 713/1. Ali (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishi edim. Qizlari mening ko‘l ostimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘rashga uyalib, Miqdodga (r.a) u zotdan so‘rashni buyurdim. Bas, u bu haqda so‘radi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar 714/1. Fotimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamizning tugishlari yaqinlashganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarga (r.a.) Fotimaning (r.a.) huzurlarida «Oyatal kursi»ni va A’rof surasining 54-oyatini oxirigacha hamda ikkita «Qul a’uvzuni» o‘qishni buyurdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 195 235-bob Tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon aytish haqida 715/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Fotima (r.a.) tuqqan paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (nevaralari) Husayn ibn Alining qulogiga namozdagi azonni aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Ulamolar: «Bolaning o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytish mahbub amaldir», deganlar. 716/2. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror bola tugilganida o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytilsa, jodugar zarar bera olmaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 236-bob Yosh bolaning tanglayini ko‘tarayotganda aytiladigan duo 717/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yosh go‘dak olib kelinsa, unga duo qilib, tanglayiga xurmo qo‘yib qo‘yardilar. Abu Dovud rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda «Ularga baraka tilab duo qilardilar», deyilgan. 718/2. Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Zubayrga Makkada homilador bo‘lib, Madinaga kelgach, Quboga tushib, o‘sha yerda tugdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot tizzalariga qo‘yib, xurmo olib kelishni buyurdilar. Bas, uni chaynab, ogziga tuflab qo‘ydilar. Bolaning qorniga birinchi kirgan narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak tupuklari bo‘ldi. So‘ngra u zot xurmoni tanglayi tagiga ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 719/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men o‘g‘il ko‘rganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot unga Ibrohim deb ism ko‘yib, tanglayiga xurmo ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ammo Muslimning rivoyatlarida «... unga baraka tilab duo qildilar», degan lafz yo‘q. Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling