Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 280-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka yo‘yib maqtashi haqida
- 282-bob Uzri sababli shar’iy ma’noda hadya bergan kishiga uzr aytib hadyasini qaytarish joizligi haqida
- 286-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida Alloh taolo Moida surasining 2-oyatida «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar»
- 288-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar
- «Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi «Eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot
- «Har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarni hoziru nozir holda ko‘radigan (kunni eslanglar)
www.ziyouz.com kutubxonasi 212 789/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahzob (g‘azoti) kuni Alloh ularning uylari-yu qabrlarini o‘tga to‘ldirsin. Ular bizni vusto (o‘rta) namozini o‘qimog‘imizga xalal berishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 790/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorilarni o‘ldirgan (qavmni) duoibad qilib, bir oy unda bardavom bo‘ldilar. Va: «Allohim, Ri’lni, Zakavonni va Usayyani la’natlagin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 791/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Jahl va uning Qurayshdan bo‘lgan hamrohlari haqidagi uzun hadisda ular so‘yilgan hayvon qornini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalariga qo‘yishganida, ularni uch martadan duoibad qildilar. So‘ngra «Allohim, Qurayshga Uzing kifoya qil», deb uch marta aytdilar. So‘ngra «Allohim, Abu Jahlga Uzing kifoya qil va Utba ibn Rabiy’aga ham...», deb yettitasini zikr qildilar, deb hadisni oxirigacha aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 792/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Muzarga azobingni qattiq qil. Allohim ularga, Yusuf alayhissalomga yuborgan (qahatchilik) yiliga o‘xshash yil yuborgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 793/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida chap ko‘li bilan taom tanovul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qodir bo‘lmagin», dedilar va «Buni unday qilishdan faqat kibrligi man qildi, xolos», dedilar. U kishi og‘ziga qo‘lini ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. 794/6. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga boshliq tayinladilar. (Hadisning davomida) Umar (r.a.) bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Ko‘faga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, Abs qabilasidagi bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib, «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib, riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib, fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda uchragan qizlarga ko‘z qisar edi». 795/7. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti Avs xusumatlashib, Marvon ibn Hakam huzurlariga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitgansan?» dedi Marvon. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 213 Shunda Said: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib, o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘lib, o‘z yerida keta turib, bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 275-bob Gunoh va bid’at ahllaridan o‘zini daxlsiz etmoq haqida 796/1. Abu Burda ibn Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Muso qattiq kasal bo‘lib, hushsiz yotib qoldilar. Boshlari xotinlari tizzasida edi. U xotin baland ovoz ila baqirardi. Ammo u kishi biror javob qilishga qodir bo‘lmadi. U zot hushlariga kelganlarida, «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsadan yiroqdadirman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida qattiq ovoz ila baqiruvchidan, sochini yuluvchidan va kiyimini yirtuvchidan uzoqdadirlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 797/2. Yahyo ibn Ya’mardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umarga «Ey Abu Abdurahmon, bizning oldimizda shunday kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qiydilar-u, ammo qadar yo‘q, albatta ishlar Alloh ilmida muqaddam bo‘lmagan, deydilar», deb aytganimda, u zot: «Agar o‘shalarga yo‘liqsang, men ulardan yiroq, ular ham mendan yiroq ekanliklarining xabarini bergin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 276-bob Munkar narsani ketkazishga kirishilganda aytiladigan zikrlar 798/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni Makkaga kirganlarida, Ka’ba atrofida 360 ta but bor edi. Ularni ko‘llarida bo‘lgan novda ila urib, «Ja'al hakqu va zahaqol botilu innal botila kana zahuvqo ja'al haqqu vama yubdi'ul botilu vama yu’idu», dedilar. (Ma’nosi: «Haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi. Albatta botil yo‘q bo‘luvchidir. Haq keldi. Endi botil yangidan ham qaytib kelmaydi».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 277-bob Uyatsiz gaplarni so‘zlagan kishi aytadigan zikrlar 799/1. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tilimning uyatsiz so‘zlarni aytishidan shikoyat qilsam, u zot: «Sen istig‘for aytmaysanmi? Men har kuni Alloh azza va jallaga yuz marta istig‘for aytaman», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati. 278-bob Ulov qoqilib ketganda aytiladigan zikrlar 800/1. Mashhur tobe’in Abu Mulayh bir kishidan qilgan rivoyatlarida «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlariga mingashib ketayotganimda, u zot minib olgan hayvonlari qoqilib ketdi. Shunda men: «Shayton bizni nochor holatga solib ko‘ydi», Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 214 dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday deb aytma. Shunday desang, u o‘zini ulug‘ sanab, uydek kattalashib, mening quvvatim bilan bo‘ldi, deydi. Lekin sen «Bismillah», deb ayt. Ana shunday desang, pashsha kabi kichkina bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 801/2. Xuddi mana shu lafzdagi hadisni ibn Sunniy rivoyatlarida Abu Mulayh otalari Usomadan (r.a.) rivoyat qilganlar. Mana shu ikki rivoyat ham sahihdir. Chunki Abu Dovud rivoyatlaridagi noma’lum shaxs ham sahobalardandir. Sahobalarning barchalari adolatli, jaholat zarar bermaydigan shaxslardir. 279-bob Agar voliy vafot etsa, o‘sha shaharning kattasi kishilarni tinchlantirib, va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida 802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xutbalari haqidagi mashhur hadisda rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Alloh tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar. 803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting. Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 280-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka yo‘yib maqtashi haqida 804/1. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borganlarida, u zotning tahoratlari uchun suv olib borib qo‘ydim. U zot chiqib, «Buni kim ko‘ydi?» dedilar. Ibn Abbos (r.a.) ko‘yganlari xabar berilganda, «Allohumma fakqihhu» («Allohim, uni faqih qilgin»), dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida «Faqqihhu fid diyni», ya’ni dinda faqih qilgin, deb ziyoda qilingan. 805/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘‘jizalarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, «Kechaning yarmida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotganlarida men yonlarida edim. U zotni mudroq bosib, ulovlaridan og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan o‘rinlariga mahkamlab qo‘ydim. Hattoki, ulovlarida yaxshi o‘rnashib oldilar. So‘ngra kechaning ko‘p qismi o‘tganda ketaturib ulovlaridan yana og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan yana mahkamlab ko‘ydim. Hattoki, ulovlarida mo‘‘tadil bo‘ldilar. So‘ngra sahar oxiri bo‘lganda ketaturib, avvalgi ikkisidan ko‘ra qattiqroq og‘ib, yiqilay dedilar. Borib mahkamlab ko‘ydim. U zot boshlarini ko‘tarib «Kim bu?» dedilar. «Abu Qatoda», dedim. «Qachondan beri bu holda men bilan ketyapsan?» dedilar. Men: «Shu kechadan beri siz bilan ketyapman», deganimda u zot: «Nabiysini (kuzatish ila) himoya qilganingdek, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 215 Alloh seni himoya qilsin», dedilar», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 806/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga yaxshilik qilinsa, bajaruvchisiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni Alloh yaxshilik ila mukofotlasin, desa, maqtashning eng yetugini qilibdi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 807/4. Abdulloh ibn Abu Rabiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan qirq ming qarz so‘radilar. So‘ngra, uni menga qaytarib, «Barokallohu fiy ahlika va malika», («Alloh ahlingga va molingga baraka bersin»), dedilar. Albatta salaflarning mukofotlashlari uni ado etish va maqtov edi». Nasaiy, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 808/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Johiliyat davrida Xas’am qabilasida bir uy bor edi. Uni Ka’ba al-Yamoniyya yoki Zul xalasa, deb aytishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Zul xalasadan (uni yo‘q qilib) bizni xursand qilmaysanmi?» dedilar. Men Ahmas qabilasidan bo‘lgan bir yuz ellik otliq bilan safarbar bo‘ldim. Biz u yerni buzib, uchratgan kishilarimizni qatl qildik. Kelib, u zotga xabarini berganimizda bizni va Ahmasni duo qildilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ahmasning otliqlari va piyodalariga besh marta baraka tilab duo qildilar, deyilgan. 809/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zamzam oldiga kelganlarida sahobalar undan ichib o‘sha yerda ishlashayotgan edi. Shunda u zot: «Ishlanglar, chunki sizlar solih amal qilyapsizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 281-bob Hadya oluvchining hadya topshirganga mukofot tarzida duo qilishi mahbubligi haqida 810/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘y hadya qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkor ayolga uni «Taqsimla», dedilar. Oisha (r.a.) odatlariga ko‘ra, xizmatkor qaytganida, «Kelganlar nima dedilar?» deb so‘rardilar. Shunda xizmatkor: «Barokallohu fiykum (Allohning barakasi bo‘lsin), deyishdi», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Va fiyhim barakalloh (Ularga ham Allohning barakasi bo‘lsin). Ular aytganlaridek, biz ham shunday javob qaytaramiz. Va bizga bundan ajr qolur», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 282-bob Uzri sababli shar’iy ma’noda hadya bergan kishiga uzr aytib hadyasini qaytarish joizligi haqida 811/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’b ibn Jassoma (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yovvoyi eshak hadya qildi. U zot ehromda edilar. Hadyasini o‘ziga Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 216 qaytarib, «Agar biz ehromda bo‘lmaganimizda sendan buni qabul qilar edik», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 283-bob Aziyatni ketkazgan kishiga aytiladigan zikrlar 812/1. Said ibn Musayyibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Ayub al-Ansoriy (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soqollaridan aziyat beruvchi narsani olib tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masahallohu anka ya abo Ayyuba ma takrahu», («Ey Abu Ayub, yomon ko‘rgan narsangni Alloh sendan ham o‘chirsin»), dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Sa’ddan qilingan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Abu Ayub (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir narsani olib tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «La yakun bikas suv'u ya abo Ayyub, la yakun bikas suv'u», («Ey Abu Ayub, senga yomonlik bo‘lmasin, senga yomonlik bo‘lmasin»), dedilar. 813/2. Abdulloh ibn Bakr al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar (r.a.) bir kishining soqolidan (yoki boshidan) bir narsani olib tashlaganlarida, u kishi: «Alloh sizdan yomonlikni ketkazsin», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Musulmon bo‘lganimizdan beri bizdan yomonlik ketkazilgan. Va lekin agar sendan biror narsa olib tashlansa, «Axazat yadoka xoyron» («Qo‘ling yaxshilikni olsin»), deb aytgin», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 284-bob Mevaning birinchi hosilini ko‘rganda aytiladigan duolar 814/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kishilar birinchi mevani ko‘rsalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib kelishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni olib, «Allohumma borik lana fiy samarina va borik lana fiy madinatina va borik lana fiy so’ina va borik lana fiy muddina», deb aytib, so‘ngra eng kichik bolani chaqirib, o‘sha mevani unga berar edilar. (Ma’nosi: «Allohim, mevalarimizga baraka ber. Shahrimizga baraka ber. So’ va mudda o‘lchovlarimizga baraka ato qil».) Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida keltirilishicha, «Baraka ma’a baraka», («Baraka ustiga baraka ber»), deb hozir bo‘lgan eng kichik bolaga u mevani berardilar. Termiziyning rivoyatlarida esa ko‘ringan eng kichik bolaga berardilar, deyilgan. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi hosil olib kelinsa, uni ko‘zlariga, so‘ngra ikki lablariga ko‘yib, «Allohumma kama aroytana avvalahu faarina oxirahu», («Allohim, avvalini ko‘rsatganingdek oxirini ham ko‘rsatgin»), deb aytib, so‘ng huzurlarida bo‘lgan go‘dakka berib yuborar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 217 285-bob Va’z va ilmda iqtisod qilishning mahbubligi haqida Bilingki, jamoatga va’z qilayotgan yoki ularga ilm berayotgan kishi ana shu narsalarni malol keltiradigan darajada uzun qilmasdan, uning halovati hamda ulug‘ligi qalblardan ketib qolib malol ko‘rilmasligi uchun hamda ilm va yaxshi narsalarni tinglashni karih ko‘rib xatarga yo‘liqmasliklari uchun iqtisod qilmokdari mahbub amaldir. 815/1. Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba kuni va’z qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har kuni va’z qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih ko‘rmog‘im meni har kuni va’z qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga malol kelishidan ko‘rqib va’z havola qilganlaridek, men ham sizlarga shunday va’z taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 816/2. Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Ibn Shihob Zuhriy: «Agar majlis uzayib ketsa, unda shaytonning nasibasi bordir», dedilar. 286-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida Alloh taolo Moida surasining 2-oyatida «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», deb aytgan. 817/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 818/2. Abu Mas’ud al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga ham bajaruvchining ajridek savob bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 819/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliga (r.a.): «Allohga qasamki, sen bir kishini hidoyatga boshlamog‘ing qizil tuyadan ham yaxshidir», deb aytdilar. (Qizil tuya ilgari arablarning eng qimmatbaho mulki bo‘lgan... - tarj.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, bandasi birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh bandasining yordamidadir», deganlar. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 218 287-bob Bir kishidan biror ilm so‘ralsa-yu, uni bilmasa, boshqa biladigan kishiga dalolat qilishi haqida Bunga yuqori bobda kelgan «Din xayrixohlikdir» hadisi dalildir. Bu ham xayrixohlikdandir. 820/1. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oishaning (r.a.) oldilariga borib, ikki mahsiga mash tortish haqida so‘radim. Oisha (r.a.) esa: «Ali ibn Abu Tolib huzurlariga borib, o‘sha kishidan so‘ragin, chunki u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqardilar», deb aytdilar. Keyin biz Alidan (r.a.) bu haqda so‘radik...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 821/2. Sa’d ibn Hishom ibn Omir haqlarida kelgan hadisda keltirilishicha, bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitr namozlari haqida so‘rashni xohlab, Ibn Abbosning (r.a.) huzuriga kelib vitr haqida so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «Yer ahli orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarini biluvchi kishiga seni dalolat qilaymi?» dedilar. Sa’d: «U kim?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «U Oishadir, sen vitrni o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar, deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari 822/3. Imron ibn Hittondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Oisha (r.a.) huzurlariga borib, ipak haqida so‘radim. «Ibn Abbos (r.a.) huzurlariga borib, o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar. U zotdan so‘rasam, «Ibn Umardan (r.a.) so‘ragin», dedilar. Ibn Umardan (r.a.) so‘rasam, «Menga Abu Hafs (Otam Umar ibn Xattob) xabar berganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ipakni dunyoda oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», deganlar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 288-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar Bir kishi boshqa bir kishiga: «Men bilan sening o‘rtangda Allohning kitobi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yo musulmon ulamolarning so‘zi bor, yoki men bilan birga musulmonlar hokimi huzuriga bor yo o‘rtamizdagi xusumatni ajratish uchun mufti huzuriga bor» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, «Sami’na va ato’na» yoki «Sam’an va to’atan», («Eshitib itoat qildik») yoki «Ha», deb lutf qilgan holda shu kabi javob qaytarmog‘i lozim bo‘ladi. Alloh taolo Nur surasining 51-oyatida bu haqda: «Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi «Eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot topguvchilardir», degan. Xusumatlashgan yoki biror ishda nizolashgan kishiga «Allohga taqvo qil» yoki «Allohdan xavf qil» yoki «Allohdan ko‘rq» yoki «Albatta Alloh seni ko‘rib turuvchi ekanini bil» yoki «Sen aytgan narsani hisoblovchi borligini bil», deb aytish, yoki Alloh taolo Oli Imron surasining 30-oyatida «Har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarni hoziru nozir holda ko‘radigan (kunni eslanglar)», yana Baqara surasining 281-oyatida pb[«Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqinglar!»[/b] deb aytgan so‘zini va shu kabi so‘zlarni aytmog‘i lozim bo‘ladi. U esa odob bilan «Eshitaman va bo‘yinsunaman» Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 219 yoki «Allohdan tavfiq so‘rayman» yoki «Karim sifatli Allohning lutfini so‘rayman», deb aytishi kerak. So‘ngra ana shuni aytganga shirinsuxan bo‘lmog‘i va so‘zlashda ko‘pollik qilishdan saqlanmog‘i kerak. Chunki ko‘pincha kishilar loyiq bo‘lmaydigan so‘zlarni gapirishadi. Ehtimol, kufr bo‘ladigan so‘zni aytib ko‘yar. Agar do‘sti: «Mana shu qilgan ishing Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislariga xilof», desa, agar-da hadis xos yoki ta’vil uchun tark qilingan bo‘lsa ham, hargiz «Hadisni lozim tutmayman» yoki «Unga amal qilmayman», deb yoki shunga o‘xshash jirkanch iboralarni aytmasin. Balki ana shu paytda «Bu hadis xos yoki ta’vil qilingan yo zohir ijmo’ ila tark qilingan», deb aytsin. 289-bob Johillardan yuz o‘girish to‘g‘risida Alloh taolo bu haqda quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Ey Muhammad), marhamatli Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling