Al-Azkor min kalami sayyidil abror
bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!»
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 290-bob Uzidan ulug‘ bo‘lgan kishiga va’z qilish haqida
- «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib
- 291-bob Ahd va va’daga vafo qilishga buyurish haqida Alloh taolo Nahl surasining 91-oyatida: «Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda
- 292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida
- 293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar
- 294-bob Ozi yo bolasida yoki molida yoxud boshqa narsalarida biror ajablanarli holatni ko‘rganida, unga ko‘z tegib zararlanishidan qo‘rqqanida aytiladigan zikrlar
- 295-bob Mahbub va karih narsani ko‘rganda aytiladigan zikrlar
- 296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo
- 297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar
- 298-bob Hammomga kirayotganda aytiladigan zikrlar
- 300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi
- 301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man qilish haqida
- 302-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida
- 304-bob Ergashuvchining o‘zi ergashgan kishisi biror amal qilsa aytadigan narsasi haqida
bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A’rof surasi, 199- oyat); «Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar va: «Bizlarning amallarimiz o‘zimiz uchun, sizlarning amallaringiz ham o‘zlaringiz uchundir. Omon bo‘linglar. Bizlar nodon kimsalar bilan (hamsuhbat) bo‘lishni istamaymiz», derlar» (Qasos surasi, 55-oyat); «Bas, (ey Muhammad), siz Bizning eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan kimsalardan yuz o‘giring» (Najm surasi, 29-oyat); «Bas, (ey Muhammad, siz johil kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz o‘girish ila yuz o‘giring!» (Hijr surasi, 85-oyat). 823/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘lja taqsimotida arab ashroflaridan bo‘lgan kishilarni afzal ko‘ydilar. (Ya’ni, ularning Islomga kirishiga ragbat qilib, o‘ljadan ko‘proq berdilar.) Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bundagi taqsimda adolat qilinmadi. Va Allohning roziligi iroda etilmadi», deb aytdi. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga buning xabarini berganimda, yuzlari o‘zgarib, qizarib ketganga o‘xshadi. So‘ngra u zot: «Agar Alloh va Uning rasuli adolat qilmasa, kim adolat qiladi? Alloh Muso alayhissalomni rahmat qilsin, u zotga bundan-da ko‘p aziyat berilganida ham, sabr qildilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 824/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining o‘gli Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘gli, amir bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar (r.a.) gazablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo paygambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida, Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda gazabidan tushdi va Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy rivoyatlari. 290-bob Uzidan ulug‘ bo‘lgan kishiga va’z qilish haqida Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 220 Bunga yuqoridagi Ibn Abbosdan rivoyat qilingan Umar (r.a.) qissalari dalil bo‘ladi. Bilingki, bu bob ahamiyat berilishi ta’kidlanganlaridandir. Xoh kattaga, xoh kichikka bo‘lsin, kishining nasihat, va’z, amru ma’ruf, nahiy munkar qilishi vojib bo‘ladi. Faqat ana shu ma’vizasi fasodga olib bormasligi kerak. Alloh taolo Nahl surasining 125- oyatida: «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib- tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala - munozara qiling!» deb aytgan. Ammo ko‘pchilik martabasi ulug kishilarga qilinadigan ana shu va’zga e’tibor bermaydi. Ularning o‘ylashlaricha, uluglarga nasihat qilish hayo emish. Bu fikrlari ochiq xato va qabih johillikdir. Bu hayo emas. Albatta bu yuzakilik, zaiflik va ojizlikdir. Hayo esa yaxshilikdir. Hayo faqat yaxshilikni olib keladi. Bu esa yomonlikni olib kelyapti. Hargiz hayo emas. Rabboniy va muhaqqiq ulamolar huzuridagi hayo qabohatni tark qilishga undovchi xulq va haqdorning haqqidagi qo‘li kaltalikni man qiluvchi fazilatdir. «Qushayriya» risolasida Junayddan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu ma’noni kasb etadi. Hayo - ko‘plik (boylik) va ozlik (kambag‘allikni) his qilishdir. Bas, uning o‘rtasida bir holat yuzaga keladi. U «hayo» deb ismlanadi. Men bu haqda «Sahih Muslim»ga yozgan sharhimning avvalida batafsil yoritganman. 291-bob Ahd va va’daga vafo qilishga buyurish haqida Alloh taolo Nahl surasining 91-oyatida: «Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz», deya marhamat qilgan. Moida surasining 1-oyatida: «Ey mo‘minlar, aqdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz», deb kelgan. Al-Isro surasining 34-oyatida: «Axdga vafo qilinglar. Zero, axd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir», deb marhamat etiladi. Saf surasining 2-3-oyatlarida: «Ey mo‘minlar, sizlar nega o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz, deb) aytursizlar? Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)», deb kelgan. 825/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir: agar gapirsa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da qilsa, xilof etadi. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Muslim rivoyatlarida: «Agar namoz o‘qib, ro‘za tutib va o‘zini musulmon, deb gumon qilsa ham» ziyoda qilingan. Kishining bir shaxsga biror narsani va’da qilishi man etilmaganiga ulamolar ittifoq qilishgan. Faqat ana shu va’da qilgan narsasini bajarmog‘i lozim. Endi mana shu va’daning bajarishi vojib yoki mustahab ekanida oralarida ixtilof bor. Imom Shofe’iy, Abu Hanifa va jumhur ulamolari uni mustahab, deyishadi. Agar uni tark qilsa, fazilatni yo‘qotib, qattiq makruh amalni qilgan bo‘ladi. Lekin gunoh bo‘lmaydi. Yana kimlardir uni vojib, deyishgan. Abu Bakr ibn al-Arabiyning aytishlaricha, «vojib» deganlarning eng Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 221 kattasi Umar ibn Abulazizdirlar. Uchinchi yo‘l - Molikiylarning yo‘lidir. Agar va’dasi sababidan, masalan, «Turmushga chiqsang, falon narsa senga» yoki «Meni so‘kmasang, piston narsa senga» kabi so‘zlarni aytsa, aytgan so‘ziga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Agar umumiy va’da bo‘lsa, vojib bo‘lmaydi. Vojib emas, deganlar u hadya ma’nosida, deyishdi. Hadya esa jumhur ulamolari nazdida ushlashlik bilan lozim bo‘ladi. Molikiya mazhabida esa ushlashdan oldin ham hadyaga o‘taveradi. 292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida 826/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar Madinaga kelishganida Abdurahmon ibn Avf (r.a.) ansorlardan Sa’d ibn Robiy’ning uyiga tushdilar. Sa’d ibn Robiy’ (r.a.): «Molimda seni sherik qilib, xotinlarimdan birini senga beraman», deganida, Abdurahmon ibn Avf (r.a.): «Barokallohu laka fiy ahlika va malika», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingga-yu molingga va o‘zingga baraka bersin».) Imom Buxoriy rivoyatlari. 293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar Unga mag‘firat tilab duo qilish joiz emas. Lekin hidoyat, sog‘lik va ofiyat tilab duo qilsa bo‘ladi. 827/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab qilganlarida bir yahudiy suv ila siyladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Jammalakallohu», («Alloh seni chiroyli qilsin»), dedilar. Haligi yahudiyning sochi o‘lgunicha oqarmadi. Ibn Sunniy rivoyatlari. 294-bob O'zi yo bolasida yoki molida yoxud boshqa narsalarida biror ajablanarli holatni ko‘rganida, unga ko‘z tegib zararlanishidan qo‘rqqanida aytiladigan zikrlar 828/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 829/2. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida xizmatkor qizni ko‘rdilar. Uning yuzida dog‘i bor edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga dam solib ko‘yinglar, chunki ko‘z tegibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 830/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z tegishi haqiqatdir. Biror narsa qadardan oldin bo‘lsa, ko‘z tegishi undan ham oldin bo‘ladi. Agar yuvinsalaringiz, ko‘z tekkan kishini u suv bilan yuvinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Ulamolar: «Ko‘zi bilan urgan kishiga «Kiyim ostidagi badaningni yuvib, uning suvini ko‘z tekkan kishiga quygin», deyiladi», deb aytishadi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 222 Oishadan (r.a.) sobit bo‘lgan rivoyatda keltirilishicha, ko‘zi bilan urgan kishi tahorat qilib, so‘ngra ko‘z tekkan kishi o‘sha tahorat suvida yuvinishga buyurilgan. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan sahihdir. 831/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jindan va kishilarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. Qachonki, ikki «Qul a’uzu» suralari nozil bo‘lganida u zot ikkovini o‘qib, qolganini tark qildilar. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 832/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga panoh tilab, «U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq alayhimassalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari. 833/6. Said ibn Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror narsada ko‘z tegishidan ko‘rqsalar, «Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, unda baraka berib, zarar bermagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 834/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 835/8. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz nafsida va molida biror narsa ko‘rib, uni ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin, chunki ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 836/9. Omir ibn Robiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringizni nafsi va molida biror narsa ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Abu Muhammad qozi Husayn «At-Ta’liq fil mazhab» nomli kitoblarida zikr qilishlaricha, nabiylardan biri kunlarning birida o‘z qavmiga nazar soldi. Ularning ko‘pligi nabiyni ajablantirdi. Shunda ulardan yetmish mingtasi vafot etdi. Alloh taolo: «Sening ko‘zing tegdi. Agar ko‘z tegishidan ularni himoya qilganingda halok bo‘lishmas edi», deb vahiy qildi. Nabiy: «Qaysi narsa ila ularni ko‘z tegishidan himoya qilaman?» deganida, Alloh taolo «Hassantukum bilhayyil qoyyum allaziy la yamutu abadan, va dafa’tu ‘ankum suv'a bila havla vala quvvata illa billahil aliyyil aziym», deb aytishni vahiy qildi. (Ma’nosi: «Abadiy o‘lmaydigan Hayy va Qoyyum sifatli zot ila sizlarni himoya qilaman. Ulug‘ va oliy hamda kuch-quvvatda tenggi yo‘q zot Alloh bilan sizlardan yomonlikni daf qilaman».) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 223 Qozi Husayn odatlariga ko‘ra agar do‘stlariga nazar solsalar, ularning qiyofasi va holati ajablantirsa, mana shu duo bilan ularni himoya qilardilar. 295-bob Mahbub va karih narsani ko‘rganda aytiladigan zikrlar 837/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar mahbub narsani ko‘rsalar, «Alhamdu lillahillaziy bini’matihi tatimmus solihot», («Ne’mati ila ezgulikni mukammal qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Agar karohiyatli narsani ko‘rsalar, «Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», («Har holatda Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Ibn Moja va Ibn Sunniylar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan. Imom Hokim esa sahih isnod, deganlar. 296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo Osmonga qaraganda Oli Imron surasining 191-oyatini boshidan oxirigacha o‘qish mahbub amaldir. Buni Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilganlar. Biz buni yuqorida o‘rgandik. 297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar 838/1. Muoviya ibn Hakam as-Sulmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, bizda kishilar shumlanishadi», deganimda, u zot: «Bu ularning qalblarida bor narsadir, ularni to‘sib bo‘lmaydi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 839/2. Urva ibn Omir al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shumlanish haqida so‘ralganda, «Uning to‘g‘risi nekbinlikdir, musulmonni shumlanish (orqaga) qaytara olmaydi. Agar shumlanishdan biror karih narsani ko‘rsanglar, «Allohumma la ya'tiy bilhasanoti illa anta vala yazhabu bissayyi'oti illa anta vala havla vala quvvata illa billahi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, yaxshiliklarni Sen olib kelasan. Yomonliklarni ham Sen ketkazasan. Sendan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘qdir».) Ibn Sunniy va boshqalar rivoyatlari. 298-bob Hammomga kirayotganda aytiladigan zikrlar Hammomga kirayotganda Allohning ismini aytib, undan jannatni so‘rab, do‘zaxdan panoh tilashlik mustahabdir. 840/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalladan jannatini so‘rab, do‘zaxidan panoh tilab kirilgan hammom muncha ham yaxshi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 224 299-bob Xizmatkor yoki ulov sotib olganda va qarzini uzayotganda aytiladigan zikrlar Ularning peshonasiga qo‘l qo‘yib, «Allohumma inniy as'aluka xoyrohu va xoyro ma jubila alayhi va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma jubila alayhi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va unga xalq qilingan narsaning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».) Qarzini uzayotganda «Barakallohu laka fiy ahlika va malika va jazoka xoyron», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingda va molingda baraka berib, yaxshilikni mukofot qilib bersin».) 300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi 841/1. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga otda o‘rnasha olmasligimdan shikoyat qilganimda qo‘llari bilan ko‘kragimga urib, «Allohumma sabbithu vaj’alhu hadiyan mahdiyya», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uni (otda) mustahkam turuvchi sabotli va hidoyatli qilginki, o‘zgalarni ham hidoyatga yetaklovchilardan bo‘lsin».) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man qilish haqida Alloh taolo Ibrohim surasining 4-oyatida: «Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan qilib) yuborganmiz», deb aytgan. 842/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz (r.a.) jamoat bilan bo‘lgan namozni uzaytirgan paytlarida unga: «Ey Muoz, sen fitnachimisan?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 843/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Odamlarga biladigan narsalari ila gapiringlar. Sizlar ularning Alloh va rasulini yolg‘onga tutishini yaxshi ko‘rasizlarmi?» dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 302-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida 844/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vido hajida menga: «Odamlarni jim qil», dedilar, so‘ngra u zot: «Mendan keyin ba’zilaringiz ba’zilaringizni gardaniga (qilich bilan) urib kufrga qaytib ketmanglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 225 303-bob Ergashiladigan kishining aslida to‘g‘ri, lekin zohiridan xilofga o‘xshagan ish qilsa, aytadigan narsalari haqida Bilingki, olim, muallim, qozi, muftiy, shayx, murabbiy va ularga o‘xshash ergashiladigan kishilarning zohiri to‘g‘rilikka xilof bo‘lgan turli amal, so‘z va tasarrufotlardan, agar ular haqli bo‘lishsa ham, chetlanmog‘lari mahbubdir. Chunki ana shuni qilsalar, fitna-fasod ishlar kelib chiqadi. Ergashiladigan kishi biror amal qilsa, u amali shariat yoki doimiy amal qilinadigan bir ish bo‘lib qoladi. Endi mana shu kabi ishlarni qilgudek bo‘lsa kishilar orasida uni noqislikda ayblab, tillarini tiya olmaydiganlari bordir. Va yana kishilar orasida ular haqida yomon gumon qilib, boshqalarni ham ularning fatvosiga amal qilish botil ekanini aytuvchi, shahodati va rivoyati yaroqsiz bo‘lib, ulardan ilm olishdan nafratlantiruvchilar ham bordir. Bu ayblovlardan keyin kishilar ular aytayotgan ilmlarga amal qilishdan o‘zini tortadi. Bu amallar fasod bo‘lib, bunaqa narsalarning hatto bittasidan ham chetlanmoq lozim. Bordi-yu, mana shunaqa narsani bajarishga muhtoj bo‘lib qolsa, uni zohir qilmaydi. Agar zohir qilsa yoki zohir qilishda yaxshilikni ko‘rib, shariatning hukmi joiz ekanini bildirish bo‘lsa, quyidagi so‘zlarni aytmoq lozim bo‘ladi: «Men amal qilayotgan narsa harom emas. Buni harom emasligini bildirish uchun qildim, xolos. Bu qilganim unday yoki bunday dalilga asoslangandir», deb dalillarni zikr qiladi». 845/1. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbar ustida turib yerdagi namoz o‘quvchilarga takbir aytganlarini ko‘rdim. So‘ngra (sajdani yerda qilgandan keyin) yana minbarga qaytib, namozlarini tugatdilar. Keyin kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, men buni sizlar men bilan namozni tamomlashingiz hamda namozimdan ta’lim olishingiz uchun qildim xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buxoriydan qilingan rivoyatda keltirilishicha, Ali (r.a.) tik turib ichimlik ichdilar-da, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rib turganlaringizdek tik turib ichayotganlarini ko‘rdim», dedilar. 304-bob Ergashuvchining o‘zi ergashgan kishisi biror amal qilsa aytadigan narsasi haqida Bilingki, ergashuvchi kishi ergashayotgan shayxida zohiri yaxshilikka muxolif narsa ko‘rsa, amal qilishi uchun ko‘rsatma niyati ila so‘rab-surishtirmog‘i mahbub amaldir. Agar qilayotgan narsasida unutish bo‘lsa, uni to‘g‘rilaydi. Agar qasddan bo‘lsa, u uchun qilayotgan amalini bayon etadi. 846/1. Usoma ibn Zayddan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafot (tog‘i)dan qaytib, Shi’ab degan joyga tushganlarida bavl qilib, so‘ngra tahorat oldilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, namoz-chi?» desam, u zot: «Namoz oldinda», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Navaviyning fikrlaricha, Usoma buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozini unutganlar, deb gumon qilganlari uchun aytdilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u yerdan chiqishlariga yaqin namozning vaqti kirgan edi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 226 847/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Ey Rasululloh, falon kishi haqida nimaga bunday qilyapsiz? Allohga qasamki, men uni mo‘min, deb o‘ylayman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 848/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni barcha namozlarini bitta tahorat bilan o‘qidilar. Umar (r.a): «Bugun qilgan narsangizni hech qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, buni qasddan qildim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Bunga o‘xshash sahih rivoyatlar ko‘pdir. 305-bob Maslahatga chorlash haqida Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Ishlaringizda maslahat qilinglar», deb aytgan. Bu haqda sahih, mashhur hadislar ko‘pdir. Mana shu oyati karimaning o‘zi hamma narsadan behojat qiladi. Chunki Alloh taolo kitobida ochiq bir narsani buyursa, nabiysini maslahat qilish haqida ogoh etgan. Maxluqlarning eng mukammaliga (ya’ni, Rasulullohga) shunday qilishni buyurgandan keyin boshqalarga gumoning qanday? Bilingki, bir ishni qasd qilgan kishining dini, tajribasi, mohirligi, taqvosi va mehribonligiga ishonilgan shaxs bilan maslahatlashmoqligi mahbub amaldir. Jamoatda ham mazkur ishlarda maslahatlashish, ularga ana shu ishdagi maqsadini tanishtirish va undagi yaxshilik hamda fasodlarni bayon etish mahbub amaldir. Qozi va sultonlarga o‘xshash omma ishlarida boshliqlarning maslahat bilan ish yuritmoqlari ta’kidlangan. Umar ibn Xattob (r.a.) sahobalar ila maslahatlashib, ularning so‘zlariga amal qilganlari mashhurdir. Bu haqda sahih hadislar vorid bo‘lgan. Maslahatchining maslahati, yuqorida zikr qilganimizdek ishora qilgan narsasida fosid narsa bo‘lmasa, undan maslahatini qabul qilish foydalidir. Maslahat beruvchi ham fikrini aytib, nasihat ila o‘z kuchini ayamasligi lozim. 849/1. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - haq bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik -ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilish hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling