Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
#174
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, 
ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar 
quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyatlar). 
So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘qqisining xabarini 
beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - 
Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘kqisi jihoddir», dedilar. Yana u zot: «Bularning 
hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», 
dedim. Bas, u zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey 
Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham so‘roq qilinamizmi?» desam, u zot: «Onang 
bolasiz qolgur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari aytgan 
narsalar sababidandir», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
887/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
 
«Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyliligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom 
Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 
 
888/15. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimki gapirmasdan jim tursa, najot topadi», dedilar. Imom Termiziy zaif 
isnod ila rivoyatp qilganlar. 
 
Men bu hadislarni mashhur bo‘lgani uchun bayon etdim. Zikr qilganimga o‘xshash sahih 
hadislar ko‘p. Kifoya qilguliklariga ishora etdim. Inshaalloh, «G’iybat» bobida batafsil 
keladi. 
 
Ammo bu bobga tegishli salaflardan kelgan asarlar juda ko‘p. Utgan hadislar oldida 
bularga hojat yo‘q. Lekin ko‘z yugurtirib chiqish uchun ulardan ham keltirib o‘taman. 
 
Bizga yetib kelgan xabarda aytilishicha, Qass ibn So’ida va Aksam ibn Sayfiy bir yerga 
to‘planib, biri ikkinchisiga: «Odam bolasidagi ayblardan qanchasini topding?» deganida, 
sherigi: «Sanog‘i yo‘q, sanaganim sakkiz mingta ayb chikdi. Ammo unda bir xislat bor. 
Agar o‘sha xislatni qattiq ushlasa, ayblarining hammasi yopiladi», dedi. «U nima?» deb 
so‘raganida, «Tilni saqlash», deb javob qildi. 
 
Abu Ali Fuzayl ibn Iyozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim so‘zini amalidan sanasa, 
befoyda so‘zlari kamayadi», dedilar. Imom Shofe’iy sheriklari Rabiy’ga: «Ey Rabiy’, 
befoyda so‘zni gapirma. Agar sen ana shunday so‘z gapirib ko‘ysang, u senga ustingdan 
molik (ega) bo‘ladi, sen uni ustidan ega bo‘la olmaysan», dedilar. 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Tildan ko‘ra biror narsa tutqunda ushlashga haqli emas», 
dedilar. Yana u zot: «Tilning misoli xuddi yirtqichga o‘xshaydi. Agar uni 
mahkamlamasang, o‘zingga dushmanlik qiladi», dedilar. 
 
Ustoz Abulqosim Qushayriy mashhur risolalarida quyidagilarni aytdilar: «Jim turishning 
asli omonlikdir. Xuddi nutq o‘z o‘rnida eng sharafli xislat bo‘lganidek, vaqtida sukut qilish 
ham kishilarning sifatlaridandir». 
 
Abu Ali Daqqoq: «Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir», dedilar. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
Nafslariga mujohada qiluvchilarning sukutni afzal ko‘rishlariga sabab ular so‘zdagi 
ofatlarni, nafs u ofatlardan nasibador bo‘lishini, maqtovli sifatlarini namoyon bo‘lishini, 
nutqni chiroyli qilib, kishilar orasida ajralib turishga moyillikni va bundan boshqa 
ofatlarni bilganliklari uchundir. Mana shu sukut qilish riyozat arboblarining sifatlaridan 
bo‘lib, darajalarni hukm qilishdagi va xalqni tarbiya etishdagi muhim narsalardan biridir. 
Bu haqda quyidagi she’rlar ham bitilgan: 
 
Tilingni saqlagin, ey inson, 
Boshingga g‘am-kulfat solmasin. 
Til - go‘yoki zaharli ilon, 
Ehtiyot bo‘l, chaqib olmasin. 
 
Qabrda yotur ming-minglab odam, 
Vafot etgan til sababidan. 
Qo‘rqar ekan hatto botir ham, 
Til zahri-yu va g‘azabidan. 
 
 
314-bob G’iybat va chaqimchilikning haromligi haqida 
 
Bilingki, g‘iybat va chaqimchilik kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bu 
ikkovidan kishilarning ozginasigina omonda qolishadi, xolos. 
 
G’iybat yomon ko‘radigan narsasi bilan kishini zikr qilmoqlikdir. Xoh u badanida yoki 
dinida yoki dunyosida yoki nafsida yoki xalq qilinishida yoki xulqida yoki molida yoki 
bolasida yoki otasida yoki xotinida yoki xizmatkori va qulida yoki sallasi va kiyimida yoki 
yurishi, harakati, jilmayishida, nuqsonligi, qovog‘i solinganligi va xushchaqchaqligi yoki 
bundan boshqa ana shunga taalluqli narsalarda bo‘lsin, g‘iybat sanalaveradi. Xoh uni lafz 
bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda zikr qilish yoki ko‘z, qo‘l, bosh va shunga 
o‘xshashlar ila ishora qilish orqali ham g‘iybat bo‘ladi. 
 
Badandagi g‘iybat: ko‘r, oqsoq, xira ko‘radigan, tepakal, kalta, uzun, qora, sariqligini 
aytmoqlikdir. 
 
Dindagi g‘iybat: fosiq, o‘g‘ri, xoin, zolim, namozga e’tibor bermay, beparvo bo‘ladi, 
najasotlarni yengil sanaydi, otasiga yaxshilik qilmaydi, zakotni o‘z o‘rniga sarf qilmaydi, 
g‘iybatdan saqlanmaydi, deb aytmoqlikdir. 
 
Dunyodagi g‘iybat: odobi oz, insonlarni past sanaydi, biror kishining hakqini tanimaydi, 
ko‘p gapiradi, ko‘p yeydi, ko‘p yoki noo‘rin uxlaydi, o‘rinsiz joyga o‘tiradi, deb aytishga 
o‘xshashlardir. 
 
Otasiga taalluqlisi esa: otasi fosiq yoki hindiy yoki nabatiy, zanjiy, etikdo‘z, gazmol 
sotuvchi, miskor, duradgor, temirchi, to‘quvchi, deb aytishga o‘xshashlardir. 
 
Xulqqa taalluqlisi esa: yomon xulqli, mutakabbir, riyokor, shoshqaloq, kuchli, ojiz, qalbi 
zaif, o‘zini tutolmaydi, qovog‘i soliq, axloqsiz kabi so‘zlarni aytmoq. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
Kiyimga taalluqli g‘iybatlar esa: yengi keng, etagi uzun, kiyimi kir va shunga o‘xshash 
narsalarni aytmokdik. 
 
Qolganlari ham zikr qilganimizdek qiyoslanadi. Yana ham to‘g‘rirog‘i yomon ko‘rgan 
narsasini zikr qilmoqlik-g‘iybatdir. 
 
Abu Homid G’azzoliy musulmonlar ijmo’ini quyidagicha naql qildilar. G’iybat - yomon 
ko‘rgan narsasi bilan boshqani zikr qilmoqlik. Sahih hadislar buni aniqlab keladi. 
 
Ammo chaqimchilik - ba’zilarga ba’zi kishilarning fasod so‘zini tashimokdikdir. 
 
Bu ikkitasining hukmi musulmonlar ijmo’i bilan haromdir. Buning haromligiga Qur’ondan, 
sunnatdan va musulmonlar ijmo’idan ochiq-oydin dalillar kelgan. 
 
Alloh taolo Xujurot surasining 12-oyatida: «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat 
qilmasin» va Xumaza surasining 1-oyatida: «Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, 
ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay» 
hamda Qalam surasining 11-oyatida: «Siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, 
gap tashuvchi... kimsaga itoat etmang», deb aytgan. 
 
889/1. Xuzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Chaqimchi jannatga kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
890/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki 
qabr oldidan o‘tib, «Bu ikkovi azoblanishyapti, biroq katta amal sababli 
azoblanishmayapti. Ularning biri chaqimchilik bilan yurardi. Ikkinchisi siydikdan o‘zini 
ehtiyot qilmas edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Imom Buxoriyning rivoyatlarida «albatta u kattadir», bo‘lib kelgan. 
 
891/3. Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«G’iybat nima ekanligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli 
biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Karih ko‘radigan narsasi 
bilan birodaringni zikr qilmog‘ing», dedilar. Shunda: «Aytgan narsam birodarimda 
bo‘lsa-chi?» deyilganida, u zot: «Aytayotgan narsang birodaringda bo‘lsa, g‘iybat 
qilibsan. Agar aytayotgan narsang birodaringda bo‘lmasa, unda bo‘hton qilibsan», 
dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar rivoyati. 
 
892/4. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
qurbonlik kuni Minodagi Vidolashuv hajida: «Bu kuningiz, bu shahringiz, bu oyingizda 
qon to‘kish harom bo‘lgani kabi sizlarning qoningiz, molingiz va obro‘ingizga (tajovuz 
qilmoqligingiz) haromdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. 
 
893/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
«Safiyyaning unday yoki bundayligi (ba’zi rivoyatlarda pakanaligi) misol sifatida 
yetarlidir», desam, u zot: «Sen bir kalima aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirib 
yuborilsa, ta’mi yoki hidi o‘zgarib ketardi», dedilar. Va yana u zotga bir insonni hikoya 
qildim. Shunda u zot: «Menda u yoki bu narsa bo‘laturib boshqa birovni hikoya qilmoqni 
yaxshi ko‘rmayman», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
 
Bu hadis g‘iybatchilarga eng katta zajr beruvchi hadisdir. Mana shu darajada g‘iybatni 
yomonlashda yetuk bo‘lgan boshqa biror hadisni bilmayman. Va u Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam «(Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat 
vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.» (Najm surasi, 3-4-oyatlar). 
 
894/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men 
osmonga ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning 
misdan tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil, 
anavilar kim?» desam, u zot: «Ular shunday kishilarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni, 
g‘iybat qilib) obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
895/7. Said ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Musulmonning obro‘sida nohaq tilni uzun qilish ribolarning buyugidir», dedilar. Abu 
Dovud rivoyatlari. 
 
(Ya’ni, obro‘sini to‘kish ribodek buyuk gunohdir... - tarj.) 
 
896/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va 
uni xo‘rlamaydi. Har bir musulmonni boshqa musulmonning obro‘si, moli va qoniga 
(tajovuz qilmog‘i) haromdir. Taqvo bu yerda (Ya’ni, qalbda). Kishi musulmon birodarini 
past sanamog‘i uning yomonligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
 
315-bob G’iybatga taalluqli muhim masalalar bayoni 
 
Utgan boblarda zikr qildikki, g‘iybat - kishini u karih ko‘radigan narsasi bilan zikr 
qilmoqlikdir. Xoh u lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda bo‘lsin yoki ko‘z, qo‘l 
va bosh bilan ishora etish orqali bo‘lsin, barchasi joiz emas. 
 
Yana ham aniqrog‘i, har bir musulmonning nuqsonini boshqaga anglattirmoq harom 
bo‘lgan g‘iybatdir. 
 
Ana shu g‘iybatlardan biri - egilib va bukilib yuradigan yoki shularga o‘xshash nuqsonli 
kishilarni hikoya qilib, ana shu hikoyadan unga noqislikni xohlashlikdir. Bularning har biri 
xilofsiz haromdir. 
 
Yana g‘iybatlardan biri - musannif kitobida bir shaxsni zikr qilib, bu bilan uning 
noqisligini va uni obro‘sizlantirishni xohlasa, u ham haromdir. Ammo bu zikri bilan uning 
xato qilayotganini, ilmda zaif ekanligini va buning sababidan odamlar unga taqlid qilib, 
ergashib g‘ururga ketib qolmasliklarining oldini olib gapirmog‘i g‘iybat emas. Balki vojib 
bo‘lgan nasihatdir. Agar mana shuni iroda qilsa, savob ham oladi. 
 
Shu singari musannif yoki boshqasi: «Bir qavm yoki bir jamoa unday yoki bunday», «Bu 
qilgani noto‘g‘ri yoki xato yoki jaholat va g‘aflat» kabi so‘zlarni aytishi ham g‘iybat emas. 
Chunki haqiqiy g‘iybat bir kishining ayni o‘zini yoki bir jamoatning ayni o‘zini zikr 
qilmoqlikdir. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
Va yana harom g‘iybatlardan biri - ba’zi kishilar unday qildi yoki ba’zi faqihlar yoki ba’zi 
ilmni da’vo qiluvchilar yoki ba’zi muftiylar yoki ba’zi o‘ziga islohni nisbat beruvchilar yoki 
zuhdni da’vo qiluvchilar yoki bugun oldimizdan o‘tgan ba’zi kishilar yoki ba’zi bir ko‘rgan 
kishilar bunday qildi, deb bu bilan xitob qilingan shaxsning o‘zini tushunilmoqlikdir. 
 
Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - faqih va obidlarning g‘iybatidir. Chunki ular ochiq-
oydin anglanganidek g‘iybatga yo‘liqurlar. Ularning biriga falon kishining ahvoli qanday 
deyilsa, bas, u Alloh bizni isloh qilsin yoki Alloh bizni mag‘firat qilsin yoki Alloh uni isloh 
qilsin yoki Allohdan ofiyatni so‘raymiz yoki zulm qilish bilan balolab qo‘ymaganiga 
Allohga hamd bo‘lsin yoki yomonlikdan Alloh nomi ila panoh tilaymiz yoki hayo ozligidan 
Alloh bizni ofiyat qilsin, Alloh tavbalarimizni qabul qilsin kabi noqislikni anglanadigan 
so‘zlarni aytmoqlikdir. 
 
Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - falon kishi ham barchamiz balolangan narsa bilan 
balolandi yoki hammamiz qiladigan hiylani u ham mol topishda ishlatadi, deb 
aytmoqlikdir. 
 
Yana ham to‘g‘rirog‘i yuqorida aytganimdek, kishining kamchiligini xitob qiluvchidan 
anglanmog‘idir. Biz buni yuqorida Imom Muslimdan qilingan rivoyatda zikr qildik. 
 
Fasl: Bilingki, g‘iybat qiluvchiga g‘iybat harom bo‘lganidek, eshituvchiga ham uni eshitib 
iqror bo‘lish haromdir. Bir insonning harom bo‘lgan g‘iybatni boshlaganini eshitsa, agar 
zohiriy zarardan qo‘rqmasa, uni g‘iybatdan man qilishi vojib bo‘ladi. Modomiki, 
qo‘rqadigan bo‘lsa, qalbi bilan uni inkor qilib, ana shu majlisdan ajrab chiqib ketishi vojib 
bo‘ladi. Agar tili bilan inkor qilishga yoki g‘iybatni boshqa so‘z bilan kesishga qodir 
bo‘lsa, uni lozim tutadi. Agar bunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu tili bilan jim 
bo‘l, desa-yu qalbi bilan u g‘iybat davom etishini xohlasa, Abu Homid G’azzoliy 
aytganlaridek, ana shu nifoq bo‘lib, gunohdan uni xalos eta olmaydi. Xalos etish uchun 
qalbi bilan ham g‘iybatni karih ko‘rmog‘i lozim. 
 
Qachonki ana shunaqa g‘iybat qilinayotgan maqomda o‘tirishga majbur bo‘lib qolsa-yu, 
inkor qilishdan ojiz bo‘lsa yoki qaytarsa-yu g‘iybatdan kishilar qaytmasa va ana shu 
yerdan ajralishga ham imkon topmasa, u holda g‘iybatni eshitib quloq tutishi harom 
bo‘ladi. Balki bundagi eng to‘g‘ri yo‘l - tili va qalbining o‘zi bilan Allohni zikr qilmog‘i yoki 
eshitmaslik uchun boshqa narsalar haqida fikr yuritmokdikdir. Mana shundan keyin 
mazkur holatda g‘iybatning quloqqa chalinishining zarari yo‘q. Ana shu g‘iybatda yana 
bardavom bo‘laversalar, unda ulardan chetlashmoq lozim bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo 
An’om surasining 69-oyatida: «Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) 
kirishayotgan kimsalarni ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz 
o‘giring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm 
bilan birga o‘tirmang», deb aytgan. 
 
Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Bu zot bir ziyofatga chaqirilganida, u yerga 
bordilar. U yerdagilar ziyofatga kelmagan bir kishini zikr qilib, uni og‘ir kishi, deb 
aytishdi. Shunda bu zot: «Men kishilar g‘iybat qilinadigan yerda hozir bo‘lib qolibman», 
deb u yerdan chiqib ketdilar va uch kun ovqatlanmadilar. 
 
Bu haqda quyidagi she’rlar bitilgan:  
Tilingni tiyganing kabi qabih so‘zlardan,  

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
Qulog‘ingni saqla, zarar - eshitgan narsang.  
Chunki yomon so‘zlarni tinglayotgan payting,  
Uni aytgan kishi bilan sheriksan, bilsang. 
 
 
316-bob Nafsdan g‘iybatni ketkazadigan narsalar haqida 
 
Bilingki, bu bobga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Lekin quyida uning bir 
qirrasigagina ishora qilaman. Kim bunga muvofiq bo‘lsa, u bilan kifoyalanadi. Kim 
muvofiq bo‘lmasa, bu haqda tom-tom kitoblarni o‘qisa ham, qanoat hosil qilmaydi. 
 
G’iybatning haromligi haqidagi yuqorida zikr qilgan narsalarning nafsiga namoyish 
qilmoqni o‘zi kifoya qiladi. So‘ngra Allohning quyidagi so‘zlari bor: «U biron so‘zni 
talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir 
kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat); «O’shanda sizlar 
uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar 
va buni yengil ish, deb o‘ylar edinglar. Holbuki, u Alloh nazdida ulug‘ 
(gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat). 
 
Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan «Bir banda Alloh taoloni norozi 
qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham 
Uzi bilib, uni jahannamga tashlaydi» kabi sahih hadislar va bunga o‘xshash yuqoridagi 
bobda kelgan tilni saqlash to‘grisidagi so‘zlar xususida fikr yuritadi. Va yana bularga 
«Alloh men bilan birga», «Alloh Uzi shohid», «Alloh meni kuzatib turibdi» kabi so‘zlarni 
ham ko‘shib ko‘yadi. 
 
Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi bu zotga: «Siz meni giybat qilibsiz», 
deganida, bu zot: «Yaxshiliklarimga hukm qilmoqqa sening kuching yetmaydi», dedilar. 
 
Ibn Muborak (r.a.): «Agar biror kishini giybat qilganimda ota-onamni giybat qilgan bo‘lar 
edim. Chunki ular ikkovlari mening hasanotlarimga haqlidirlar», deb aytdilar. 
 
 
317-bob Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni 
 
Bilingki, giybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu 
isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin 
bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi: 
 
Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yoki qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi 
yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib, «Falon kishi menga zulm qildi» 
yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlar aytmogi joiz. 
 
Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘gri yo‘lga qaytarishga yordam 
so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon 
kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi. 
Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga bo‘lmogi kerak. Uning 
maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiga «Otam yoki inim yoki falonchi 
menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li 
qanaqa?» deb aytmogi joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim 
bunday qildi», deb hojati uchun aytmogi joiz. Yana ham to‘grirogi, «Bir kishini ana bu 
ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan maqsadini 
hosil qilmogi ham durust. 
 
Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan rivoyat tayin qilishning joizligini 
ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam uni bu giybatidan qaytarmadilar. 
 
To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta 
ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini 
majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj 
bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi nikoh yo‘li bilan qarindoshlik 
munosabatlariga kirishini yoki ishda sherik bo‘lishini yoki omonat olishini yoki uning 
huzuriga omonat qo‘yishni yoki bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan 
maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u hakda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi. 
Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yoki 
«Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish 
joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va 
yana aytadilar: «Ug‘irligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib 
olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing 
lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda. Balki har bir sotib olinayotgan narsaning 
aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana 
aytadilar: «Agar bir fikh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm 
o‘rganayotgan bo‘lsa va sen u fiqh o‘rganuvchi zarar topmog‘idan qo‘rqsang, unga 
nasihat qilmog‘ing va holini bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Shu shart bilanki, sen bunda 
nasihatni qasd qilmog‘ing kerak. Mana shu narsada ko‘pincha xatoga yo‘l ko‘yiladi. 
Gohida hasadga olib keladi yoki shayton aldab ko‘yadi. U esa bu qilgan ishini nasihat va 
shafqat, deb xayol qiladi. Sen buni idrok etib, farosatli bo‘l». Yana aytadilar: «Bir kishi 
boshliq bo‘lsa-yu, solih bo‘lmagani yoki fosiq va mug‘affal bo‘lgani sababli ishni yaxshi 
ko‘rinishda bajarmasa, undan ham kattaroq bo‘lgan boshliqqa uning aybini zikr 
qilmog‘ing vojib bo‘ladi. Ana shu katta boshliq uni ishdan chetlatib, undan-da 
salohiyatlisini tayinlaydi. Yoki uning holatini bilsa, uni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga undaydi». 
 
Beshinchisi - fosiqligi, bid’atchiligi oshkora bo‘lgan kishilarni g‘iybat qilish joiz. Masalan, 
aroqni oshkora ichuvchi, kishilarning molini soliq solib, musodara qilib, zulm bilan tortib 
oluvchi hamda botil ishlarni yurgizuvchilar shular jumlasidandir. Mana shu ishlarni 
oshkora qiluvchini g‘iybat qilish joiz. Ammo bundan boshqalarida, yuqoridagi zikr 
qilganlarimizdan tashqari holatlarda joiz emas. 
 
Oltinchisi - tanishlik uchun. Agar kishi ko‘zi xira, oqsoq, kar, ko‘r, g‘ilay, burni pachoq va 
shunga o‘xshash nuqsonli laqab bilan tanilgan bo‘lsa, tanitish niyatida tanitmoqlik joiz. 
Ammo noqislik tomonini bundan boshqa maqsadda aytish harom. Agar aybini 
aytmasdan boshqa yo‘l bilan bo‘lsa, juda ham yaxshi. 
 
Mana shu zikr qilingan oltita sabablarda ulamolar g‘iybat qilish joiz, deb aytishgan. 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
Bunga Imom Abu Homid al-G’azzoliy va boshqa ulamolar ham kitoblarida misol 
keltirishgan. Buning dalili sahih hadislarda zohiriy holda keltirilgan. 
 
897/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kirishga izn so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga izn 
beringlar, u muncha ham qabilaning yomon birodari ekan», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
 
Buxoriy buzg‘unchi ishonchsiz kishilarni g‘iybat qilish joizligiga mana shu hadisni xujjat 
qilganlar. 
 
898/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir 
ulushni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Allohga qasamki, Muhammad bu 
taqsimi ila Alloh roziligini istamadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga borib, buning xabarini berdim. Shunda u zotning yuzlari o‘zgarib, «Alloh 
Musoni rahmat qilsin. Bundan-da ko‘p aziyat berilsa ham sabr qilgan», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, Ibn Mas’ud (r.a.): «Bundan keyin u zotga gap tashib 
bormayman», dedilar. 
 
Imom Buxoriy birodari haqida aytilgan narsaning xabarini berishga yuqoridagi hadisni 
hujjat qilganlar: 
 
899/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi 
va pistonchi (munofiqlardan ikki kishi) dinimizdan biror narsa biladi, deb gumon 
qilmayman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
 
900/4. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan birga safarga chiqqanimizda kishilarga qiyinchilik yetdi. (Munofiq) Abdulloh ibn 
Ubay: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlaridagi kishilarga (muhojirlarga) 
ehson qilmanglar, shunda atroflaridagi kishilar tarqalib ketadi. Agar Madinaga qaytsak, 
kuchli bo‘lganlar kuchsizlarni u yerdan chiqarib yuboradi», deganida, men buning 
xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazdim. Bas, u zot Abdulloh ibn 
Ubayga odam yubordilar...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Alloh taolo buni 
tasdiqlab Munofiqun surasining 1-oyatini nozil qildi: «(Ey Muhammad), qachon 
munofiqlar sizning oldingizga kelsalar...». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Abu Sufyonning xotini Hinddan qilingan sahih rivoyatda uning Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga «Abu Sufyon - baxil kishi», deb aytgan so‘zlari va yana Fotima binti 
Qaysga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ammo Muoviya qashshoq, Abu Jahl 
esa asoini yelkasidan qo‘ymaydi», deb aytgan so‘zlari g‘iybatning mana shu 
ko‘rinishdagisi joiz ekaniga dalil qilib keltirilgan. 
 
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling