Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz»
- «Sizlar ahli kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar»
Fasl: Sultonga yoki bundan boshqa hukmdorga shahanshoh, deb aytish qattiq harom bo‘lgan amallardandir. Chunki uning ma’nosi mulklarning podshosi, deganidir. Bu sifat Allohdan 943/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning huzuridagi tahqirlangan ism bir kishining «malikul amlok» (mulklarning podshosi) deb atalmog‘idir», dedilar. Biz buni «Ismlar kitobi»ning 731-hadisida zikr qildik. Fasl: «Sayyid» lafzi haqida: Bilingki, «sayyid» lafzi qavmida ustun, qadri oliy boshliq, fozil kishilarga va bundan tashqari g‘azabi qo‘zg‘amaydigan halim kishiga, saxiyga, podshohga va erga nisbatan ishlatiladi. Fazl ahllariga «sayyid» lafzining ishlatilishi haqida ko‘plab hadislar kelgan. 944/11. Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Ali bilan (r.a.) minbarga ko‘tarildilar-da, «Bu bolam sayyiddir. Shoyadki, Alloh bu bilan musulmonlarning ikki jamoasi orasini isloh qilsa», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 945/12. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Muoz kelganlarida ansoriylarga qarata: «Sayyidlaringizga yoki yaxshilaringizga turinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 258 946/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Uboda: «Ey Rasululloh, bizlardan bir kishi to‘shagida yot erkak bilan yotgan xotinini ko‘rsa, o‘ldiradimi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisning davomida: «Sayyidlaringiz nima deb aytayotganiga qaramaysizlarmi?» dedilar. «Sayyid» lafzi iste’mol qilishdan man qilingan dalillar: 947/14. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofikqa sayyid lafzini (ishlatib) aytmanglar. Agar sayyid bo‘lsa, Rabbilaringiz azza va jallaning g‘azabini keltirasizlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Imom Navaviy: «Bu hadislarni xulosalaganda, «Falonchi sayyid va ey sayyidim», deb yoki shunga o‘xshash ilmi hamda islohchiligi bilan fazilatli, yaxshi kishilarga nisbatan ishlatiladi. Lekin fosiq yoki dinida aybdor va shularga o‘xshash kishilarga nisbatan sayyid, deb aytmoq karih ko‘rilgan», dedilar. Fasl: Shamolni so‘kishdan qaytarish: 948/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari Fasl: Isitmani so‘kishning karohiyati: 949/16. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Soib yoki Ummu Musayyabning (roviy shak qildilar) oldiga kirib, «Nima bo‘ldi senga, ey Ummu Soib yoki Ummu Musayyab, titrayotirsan?» deganlarida, u ayol: «Alloh barakasini ketkazgur isitma sababli», dedi. Shunda u zot: «Isitmani so‘kmagin, chunki u xuddi bosqon temirning kirini ketkazganga o‘xshab odam bolasining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Fasl: Xo‘rozni so‘kishdan qaytarish: 950/17. Zayd ibn Xolid al-Juhayniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Fasl: Johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilishdan qaytarish va ularning so‘zlarini iste’mol qilishning yomonligi: 951/18. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki yuziga urib, cho‘ntagini yirtib, johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Muharram oyini Safar oyi, deb ismlamoq karih ko‘rilgandir. Chunki u johiliyat odatlaridandir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 259 Fasl: Kofir bo‘lib o‘lgan kishiga mag‘firat tilab duo qilmoq haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir», deb aytgan (Tavba surasi, 113-oyat). Fasl: Shar’iy sababsiz musulmonni so‘kishga ijozat berish haromdir: 952/19. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kishlik fosiqlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki so‘kuvchining boshlovchisiga gunoh bo‘ladi, agar mazlum haddan oshmasa», dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. Fasl: Odatda iste’mol qilinadigan yomon lafzlar - kishi xusumatchisiga «ey eshak», «ey axmoq», «ey it» va shunga o‘xshashlarni aytmoqlikdir. Bu ikki jihatdan qabihdir. Birinchidan, u so‘z yolg‘ondir. Ikkinchidan, aziyat berishdir. Ammo zolim, deyish unday emas. Xusumatlashuvchiga zaruratdan ruxsat etilgan. Chunki u ko‘pincha rost ham bo‘lib chiqadi. Kamdan-kam insonlargina o‘z nafslariga zulm qilmaydilar. Fasl: Nahhosning aytishlaricha, ba’zi ulamolar: «Men bilan birga Allohdan boshqa biror maxluqot yo‘q edi», deb aytmoqni karih ko‘rishdi. Bu yerda karih ko‘rilishdan sabab lafzning yoqimsizligidandir. Aslida, arab tilidagi istisno qoidasi yuqoridagi so‘zga ulashni iroda etadi. Bu yerda u narsa maholdir. Endi bu istisnodan murod yuqoridagi so‘zdan uzishni iroda etadi. Ya’ni, so‘z zamirida «Alloh men bilan birga edi», degan tushuncha olinadi. Bu Allohning so‘zidagi «... va u (Alloh) sizlar bilan birgadir», degan oyatidan olingan». Buning o‘rniga «Men bilan Allohdan boshqa hech kim yo‘q edi», deb aytmog‘i lozim bo‘ladi. Va yana «Allohning ismiga o‘tir», deb aytmoq karih ko‘rildi. Balki buning o‘rniga «Allohning ismi bilan o‘tir», deyiladi. Fasl: Nahhos ba’zi salaflardan hikoya qilib quyidagilarni aytganlar: «Ro‘zador kishining «Og‘zimdagi mana bu tamg‘a haqqi», deb aytmoqligi ham karih ko‘rilgan. Chunki kofirning og‘ziga tamg‘a qilinadi, deb hujjat qilindi. Endi bu hujjatga nazar solmoq lozim. Chunki unda Allohdan boshqa ila qasam ichilyapti». Bundan man qilinganligi haqida kelgusi boblarda, inshaalloh, tanishamiz. Bu - yuqorida zikr qilganimizdek, Allohdan o‘zga ila qasam ichilganligi hamda hojatsiz ro‘za izhor qilinganligi sababli makruhdir. 953/20. Abdurazzoq Ma’mardan, u Qatodadan, yoki boshqasidan, u Imron ibn Xusayndan (r.a.) qilgan rivoyatda bu zot: «Biz johiliyatda «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» va «Xayrli tong», deb aytar edik. Qachonki, Islom kelgandan keyin bunday deb aytishlikdan man qilindik», deb aytdilar Abu Dovud rivoyatlari. Abdurazzoq va Ma’mar: «Kishi «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» deb aytmog‘i makruh, lekin «Alloh ko‘zingni xayrli qilsin», deb aytishning zarari yo‘q», deb aytishdi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 260 Fasl: Ikki kishining uchinchi bir kishini yakka qo‘yib, pichirlashib gaplashmog‘idan qaytarish: 954/21. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsangizlar, birini qoldirib, hattoki, u odamlarga ko‘shilib ketguncha ikki kishi pichirlashmasin. Chunki ana shunday qilish uni xafa qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 955/22. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsangizlar, uchinchi kishini qoldirib, ikki kishi pichirlashib gaplashmanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Dovud rivoyatlarida: «Mana shu hadisning rivoyat qiluvchisi Abu Solih ibn Umarga: «To‘rt kishi bo‘lsa-chi?» deganlarida, Ibn Umar: «Zarar qilmaydi», deganlar»i ziyoda qilindi. Fasl: Ayolning eriga yoki boshqa erkakka agar shar’iy hojat bo‘lmasa, o‘zga bir xotinning badani chiroyli ekanini xabar berishdan qaytarish: 956/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol boshqa bir xotinning xabarini bermasin. Bordi-yu u eriga sifatlasa, go‘yoki eri u ayolga qaragandek bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan rivoyat qilishlaricha, biror kishi g‘azablanib turgan paytda unga «Allohni zikr qil», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Chunki bu g‘azabi uni kufrga olib kelishi xavfi bor. Va shu singari g‘azabi kelgan kishiga «Rasulullohga salavot ayt», ham deyilmaydi. Chunki bunda ham yuqoridagi xavf bor. Fasl: Eng yomon lafzlardan biri aksar kishilar odat qilib olgan qasamdir. Agar biror narsaga qasam ichishni xohlasa, «vallohi» so‘zining o‘rniga «shunday bo‘lganini Alloh biladi», deyishadi. Bunda ular qasam buzishni karih ko‘rganlaridan yoki Allohni ulug‘laganliklaridan va qasam ichishdan o‘zlarini saqlaganliklaridan shunday qilishadi. Bu iborada xatar bor. Agar ushbu so‘z sohibining ana shu aytgan so‘zlari o‘z aytganidek bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Agar shak qiladigan bo‘lsa, bas, u eng xunuk so‘zdir. Chunki u Allohga nisbatan yolg‘on ishlatgan bo‘ladi. Chunki u Alloh ana shu narsani albatta biladi, deydi-da, qandayligiga o‘zida ham ishonch yo‘q. Bundan ham nozik qabohatli tomoni bor. U Allohni sifatlab, Alloh bilgan narsaning xilofini bilaman, deyishlikdir. Agar shu aytgani haqiqatda shunday bo‘lsa, kofir ham bo‘ladi. Kishining bu iboralardan chetlanmog‘i lozim bo‘ladi. Fasl: Duoda «Allohim, agar xohlasang yoki iroda qilsang, meni kechirgin», deb aytmoq makruhdir. Balki bunda so‘rashni jazm ila qiladi. 957/24. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechirgin, Allohim, agar xohlasang, menga rahm qilgin», deb aytmasin. So‘rashni qasd qilsin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 261 Muslimning boshqa rivoyatlarida «Va lekin qasd qilsin va rag‘batini oshirsin. Chunki Alloh taologa biror narsada kattalik qilinmasa, uni beradi, dedilar», deyiladi. 958/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz duo qilsa, so‘rashda qasd qilsin. Hargiz agar xohlasang, menga ato qilgin, demasin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘kdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Allohning nomi va sifatidan tashqari narsalarda qasam ichish karih ko‘rilgan. Xoh u nabiy, Ka’ba, farishta, omonat, hayot, ruh va bundan boshqa narsalarda bo‘lsa ham. Bulardan karohiyatlisining eng qattig‘i omonat bilan ichilgan qasamdir. 959/26. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo sizlarni ota-bobolaringiz nomi bilan qasam ichishdan man qiladi. Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa sahih rivoyatda «Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi ila ichsin yoki sukut qilsin», deyilgan. Omonat ila qasam ichishdan qattiq tahdid bilan man qilingan. Bunga quyidagi hadis dalil bo‘ladi: 960/27. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki omonat bilan qasam ichsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Fasl: Oldi-sotdida agar rost bo‘lsa ham ko‘p qasam ichishning makruhligi: 961/28. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oldi-sotdida qasamni ko‘p ichishdan saqlaninglar. Chunki u molning bozorini chaqqon qiladi, ammo barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Fasl: Osmondagi kamalakni «Qavsu-quzah» lafzi ila ishlatmoqning makruhligi: 962/29. Abu Nu’aym «Huliyatul avliyo»da Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kamalakni) «Qavsu-quzah», deb aytmanglar, chunki «quzah» shayton, deganidir. Lekin «Qavsullohi azza va jalla», deb aytinglar. Chunki u yer ahli uchun omonlikdir», dedilar (arablar kamalakni «Qavsu-quzah», deb aytishar edi. Bu hadisda kamalakni «Qavsulloh», deb atashga buyurib «Qavsu-quzah», deb atashdan man qilinyapti. Chunki «Quzah» shayton, degani... - tarj.). Fasl: Kishi biror gunoh ila yoki shunga o‘xshash narsa bilan balolansa, boshqa bir kishiga bu hakda xabar bermog‘i makruhdir. Balki Alloh taologa tavba qilib, o‘sha holatdayoq u gunohdan to‘xtashi, qilgan narsasiga pushaymon bo‘lib, ikkinchi bor ana shunday gunohga qaytmaslikni qasd qilmog‘i lozim. Mana shu uchta shart tavbaning ruknlaridan bo‘lib, ularsiz tavba durust bo‘lmaydi. Shayxiga yoki shunga o‘xshash gunohidan qutulishiga yo‘l ko‘rsatuvchi shaxsga yo ana shu kabi gunohga botishdan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 262 omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan. 963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz», deb aytgan (Moida surasi 2-oyat). Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)», degan. 964/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas», deb aytganlar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Fasl: Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz. Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming (dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim, hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi. Fasl: Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi: 965/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyat qildilar. Fasl: Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man qilishning makruhligi: 966/33. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy sahih isnod ila rivoyat qilishgan. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 263 Fasl: «Uzoq umr tilayman», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Abu Ja’far Nahhos «Sinoatul kitob» nomli asarlarida: ba’zi ulamolar «Uzoq umr tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rishgan va ba’zilari ruxsat etishgan, deganlar. Ismoil ibn Ishoq: «Birinchi bo‘lib bu so‘zni ishlatganlar zindiqlardir», dedilar (Zindiqlar - adashgan bir toifa... - tarj.). Hammod ibn Salama: «Musulmonlar o‘zaro maktublarida «falonchidan falonchiga ammo ba’d. Senga salom bo‘lsin. Sherigi yo‘q Allohga hamd aytaman. Muhammad alayhissalomga va u zotning oilalariga salovot bo‘lmog‘ini so‘rayman», deb yozishar edi. Zindiqlar mana shu kabi maktublarning avvaliga «Senga uzoq umr tilayman», deb yozib qo‘yishni yangilik qilishdi. Fasl: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» yoki «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishning karohiyati yo‘q. Xoh uning ota-onasi musulmon bo‘lsin yoki kofir bo‘lsin, buning joizligiga ikki «Sahih» kitobi va boshqalarda dalillar keltirilgan. Ba’zi ulamolar agar ota- onasi musulmon bo‘lishsa, ana shuni aytishni karih ko‘rishgan. Nahhosning aytishlaricha, Molik ibn Anas «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishni karih ko‘rardilar. Ba’zilar bunga ham ijozat berishgan. Qozi Iyozning aytishlaricha, jumhur ulamolar: «Bu joiz, fido qilayotgan xoh musulmon bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, farqi yo‘q», deyishgan. Imom Navaviy: «Buning joizligiga son-sanoqsiz hadislar keltirilgan. Men «Sahih Muslim» sharhida bundan ogoh etdim», dedilar. Fasl: Va yana yomon lafzlar ila tortishmoq, bahslashmoq va xusumatlashmoqlik: Abu Homid G’azzoliyning aytishlaricha, «Al-Mirou» (tortishmoq) - boshqa kishining so‘zidagi xatoni oshkor qilib, qabul etmaslik. Bu bilan u so‘zlovchini tahqirlash hamda o‘z xususiyatini ko‘rsatib qo‘yishdan boshqa narsani anglatmaydi. «Al-jidol» (bahslashmoq) -biror yo‘lni kuchli ekanini bildirishdan iborat. Ammo «Al-xusumat» (xusumatlashmoq) mol-mulk va boshqa narsalarni qo‘lga kiritish uchun shovqin-suron ila so‘zamol bo‘lmoq. Gohida bu oddiy boshlanib va gohida to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bahslashish esa to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bilingki, bahslashmoq gohida haq, gohida botil bilan bo‘ladi. Alloh taolo: «Sizlar ahli kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar», degan (Ankabut surasi, 46-oyat). Va yana: «Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling», degan (Nahl surasi, 125-oyat). Va yana: «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib- tortishurlar», deb aytgan (o‘ofir surasi, 4-oyat). Agar bahs-munozara haq narsada to‘xtamga kelish uchun bo‘lsa, u maqtalgandir. Agar haqni tan olmaslik yoki ilmsizlik ila bo‘ladigan bo‘lsa, u yomonlangandir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 264 Ba’zilar xusumatdan ko‘ra dinni ketkizuvchi, muruvvatni noqis, lazzatni zoe qiluvchi va qalbni mashg‘ul etuvchi narsani ko‘rmadim, deb aytishgan. Agar kishi haqqini saqlab qolish uchun xusumat qilishga majbur bo‘lsa, bunga javob imom G’azzoliyning quyidagi so‘zlaridir: «Botillik yoki ilmsizlik ila bo‘lgan xusumat yomon ko‘rilgan. Xuddi qozining vakiliga o‘xshash. Chunki u qaysi tomon haq ekanini bilishdan oldin xusumatda vakil bo‘ladi. Bu vakil ilmsiz xusumat qiladi. Va yana haqqini talab qilib, ehtiyoji qadricha kifoyalanmagani ham yomon xusumatlardandir. Balki u xusumatda hukmron bo‘lish uchun dushmanlik va yolg‘onni zohir qiladi. Haqqini ko‘lga kiritishda hojat tushmaydigan aziyat beruvchi kalimalarni xusumatda aralashtirish ham yomon xusumatdir. Va yana xusumatchisining shikast yetkazishi va bo‘ysundirish uchun sof qarshilik ko‘rsatishi ham xusumatlarning yomonidir. Ammo mazlumning shar’iy yo‘l bilan, dushmanliksiz, chegaradan chiqmasdan, shovqinsiz, qarshiliksiz, aziyat bermasdan o‘z hujjatini oliy qilmog‘i harom emas. Lekin uni qilmaslikka yo‘l topsa, tark qilgani afzaldir. Chunki xusumat paytida tilni mo‘‘tadil holatda ushlab turish uzrlidir. Xusumat esa qalbda dushmanlik tuyg‘usini keltirib, g‘azabni qo‘zg‘aydi. Agar g‘azab qo‘ziydigan bo‘lsa, ikkovlari oralarida gina hosil bo‘ladi-da, ikki tomon ham bir-biriga yetgan yomonlikka xursand va yaxshilikka xafa bo‘ladi. Va tilini uning obro‘sini to‘kish uchun ishlatadi. Kimki xusumatga kirishsa, mana shu ofatlarga yo‘liqadi. Bu ofatlarning eng ozi qalbini mashg‘ul qilib, namozda ham fikri xusumatga bog‘liq bo‘ladi, istiqomatdagi holatidan biror narsa qolmaydi. Xusumat yomonlikning boshlanishidir. Shu singari tortishish va bahslashishlar ham. Xusumat eshiklarini ochmaslik lozim. Faqatgina chorasiz qolib, zarurat tug‘ilgandagina joiz. Ushanda ham tilini va qalbini xusumat ofatlaridan saqlamoqligi darkor. 967/34. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xusumatchi bo‘lib yurishing gunohkor ekanligingga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Ali (r.a.): «Xusumatchi uchun halokat bordir», dedilar. So‘zda maydakashlik bilan, ba’zi fasohatchilar odatlanganlaridek, uzaytirib saj-qofiyalar ila va fasohat-jimjimador muqaddimalar hamda bezakli so‘zlar ila gapirish ham karih ko‘rilgan xislatlardandir. Shu singari saj (qofiya)da va e’roblarning noziklarida hamda avomga qilinayotgan xitobda qiyin lug‘atlarni iste’mol qilish ham karih ko‘rilgan. Balki xitob qilayotganda kishilarga og‘ir bo‘lmaydigan va tushunarli lafz ila xitob qilmoq lozim. 968/35. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo xuddi sigir tilini bezaganidek tilini bezab so‘zamol -notiq bo‘lgan kishilardan g‘azablanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 969/36. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sinchkov, injiq kishilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 970/37. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga mahbublaringiz va Qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va Qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap- ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling