Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
#174
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
Sha’biy bir doira chizib, xizmatkorlariga «Barmog‘ingni bunga qo‘ygin-da, «U bu yerda 
emas», deb aytgin», dedilar. Bu narsa odatda kishilar ovqatga chaqirilsa, niyat qilib 
olganman, degan so‘zlarga o‘xshaydi. Ya’ni, chaqirgan kishi uning ro‘zador ekan, deb 
o‘ylashi uchun. Vaholanki, uning maqsadi ovqat yeyishni tark qilish uchun bo‘lgan 
niyatdir. 
 
Va yana shunga o‘xshashlardan «Falon kishiga ko‘zing tushdimi?» desa, ko‘rmadim, 
ko‘rinish bermadi deydi. Bunga misollar ko‘p. Agar biror narsaga qasam ichsa va 
qasamida tavriya (qochirim) qilsa, xoh Alloh nomiga yoki taloq yo boshqa narsaga 
bo‘lsin, qasami buzilmaydi. Taloq ham, boshqa narsa ham voqe’ bo‘lmaydi. Endi qozi 
da’voda qasam ichishga majburlasa, agar u Alloh nomiga qasam ichirgan bo‘lsa bundagi 
e’tibor qozining niyatiga qaraydi,. Bordi-yu taloq bilan qasam ichirsa, bundagi e’tibor 
qasam ichuvchining niyatiga qaraydi. Chunki boshqalarga taloq bilan qasam ichirish joiz 
bo‘lmaganidek, qoziga ham taloq bilan qasam ichirish joiz emas. Vallohu a’lam. 
 
Imom G’azzoliy: «Fosiqlikni olib keluvchi harom qilingan yolg‘onlardan yana biri odatda 
kishilar mubolag‘a tarzida «Senga yuz marta aytdim» va «Sendan yuz marta so‘radim», 
deb aytishlikdir. Chunki bunda necha martani anglatish ekani iroda qilinmaydi. Balki 
mubolag‘a iroda qilinadi. Agar so‘ragani bir marta bo‘lsa, yolg‘onchi bo‘ladi. Ammo 
so‘ragani ko‘plikda odatlanilmagan miqdorda takrorlansa gunohkor bo‘lmaydi, garchi 
yuztaga yetmagan bo‘lsa ham, bularning o‘rtasida mubolag‘a etguvchi kishi yolg‘onga 
duch keladigan bir necha darajalar mavjud», dedilar. 
 
Imom Navaviy mubolag‘a joiz ekaniga va yolg‘on hisoblanmasligiga quyidagi hadis 
dalildir deb aytdilar. 
 
989/2. Ikki «Sahih» kitobida rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Abu Jahl asoini yelkasidan qo‘ymaydi. Muoviyaning esa moli yo‘q», deganlar. Ma’lumki, 
ulardan birinchisi asoini uxlash va boshqa paytlardagina qo‘yar edi. Ikkinchisining esa 
kiyadigan bittagina ko‘ylagi bor edi. 
 
 
335-bob Qabih so‘zni gapirib qo‘yganda aytish va qilish lozim bo‘lgan zikrlar 
 
Alloh taolo: «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib 
(mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Alloxdan panoh 
so‘rang» (Fussilat surasi, 36-oyat), «Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton 
tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra 
boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat), «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir 
noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm 
qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydigan - har 
qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur -bilgan hollarida qilgan 
gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari 
Parvardigorlari tomonidan magfirat va taglarida daryolar oqib turguvchi 
jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qiluvchilarning 
ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyatlar), deb aytgan. 
 
990/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki Lot va Uzzo (butlari) nomini aytib qasam ichsa, «La ilaha illalloh» («Allohdan 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
o‘zga iloh yo‘q»), deb aytsin. Kimki: «Kel, bir qimor o‘ynaylik», desa sadaqa qilsin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Bilingki, kimki harom amal qilsa yoki gapirsa, tavbaga shoshmoqligi shart bo‘ladi. Bu 
tavbaning uch rukni bor: o‘sha holatdayoq gunohdan to‘xtamoq. Qilgan narsasiga 
pushaymon qilmoq. Unga aslo qaytmayman, deb qasd qilmoq. Agar ana shu gunoh 
insonning haqqi bo‘lsa, uchta shartga qo‘shib, to‘rtinchi shartni ham bajaradi. Ya’ni, u 
nohaqlikni egasiga qaytaradi yoki undan kechirim so‘raydi. Biz buni yuqorida aytib 
o‘tdik. Agar tavba qiladigan bo‘lsa, barcha gunohlariga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar 
o‘sha gunohining o‘ziga tavba qilish bilan kifoyalansa, tavbasi durust bo‘laveradi. Agar 
yuqorida aytganimizdek, gunohiga sahih tavba qilsa-da, so‘ngra ikkinchi marta yana 
qilib qo‘ysa, o‘sha gunohiga ham tavba qilishi shart bo‘ladi. Lekin avvalgi gunohiga 
qilgan tavbasi botil bo‘lmaydi. Mana shu ahli sunnaning fikri bo‘lib, mo‘‘tazila bilan xilof 
qilgan ikki masalaning bittasidir. 
 
 
336-bob Ulamolardan bir jamoasi ba’zi lafzlar karih ekanini aytsa-da, u so‘zlar 
aslida karohiyatli emasligi haqida 
 
Bilingki, botil so‘z bilan g‘ururlanmaslik hamda uni ta’vil etmaslik uchun bu bobni zikr 
qilish ehtiyoji bor. 
 
Bilingki, shariat ahkomlari beshtadir: 
1) Iyjob (vojib, qilinishi shart). 
2) Nadab (tavsiya qilingan). 
3) Tahrim (harom, qaytarilgan). 
4) Karoha (makruh, karih ko‘rilgan). 
5) Iboha (muboh). 
 
Bulardan birortasi dalilsiz hujjat bo‘lmaydi. Shariat dalillari esa ma’lumdir. Dalili yo‘q 
narsaga murojaat ham qilinmaydi. Va javobiga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Chunki u hujjat 
bo‘lolmaydi. Shu bilan birga ba’zi bilimdon ulamolar bu kabi narsalarda uning botilligiga 
dalil keltirib zikr qilishadi. Karih ko‘rilgan, deb aytuvchini «karih ko‘rilgan emas» yoki 
«ular botildir» yo shunga o‘xshash ularning ziddiga iboralarni aytishdan maqsadim uning 
botil ekaniga dalil keltirishning ehtiyoji yo‘q ekanini bildirishdir. Agar men ham dalil 
keltirsam, unda ular kabi bilimdonlardan bo‘lib qolaman. Bu bobni qayd qilishimdan 
maqsadim xato bilan to‘g‘rini ajratish va bu botil so‘zlarni qo‘shuvchilar ulug‘liklari bilan 
g‘ururlanmasliklari uchundir. Bilingki, ba’zi lafzlarni makruh, deb aytuvchilarning 
obro‘lari ketib qolmasligi uchun va yomon gumon qilinmasligi uchun ularni nomma-nom 
keltirmayman. Bu yerda maqsad ularni yomonlash emas. Balki ulardan naql qilingan 
botil so‘zlardan ogoh etish, xolos. Xoh u naql qilingan narsa sahih bo‘lsin yoki sahih 
bo‘lmasin. Agar sahih bo‘lsa, bilganingizdek, ularning obro‘lariga ziyon keltirmaydi. 
 
Ana shulardan biri Abu Ja’far Nahhos «Sharhi asmoullohi taolo subhanahu» nomli 
kitoblarida: «Ulamolar «Tasaddaqallohu ‘alayka», ya’ni «Alloh senga sadaqa qilsin», deb 
aytmoqni karih ko‘rishgan. Chunki sadaqa beruvchi savobni umid qiladi. (Alloh bundan 
munazzahdir)», deb aytgan so‘zlaridir. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hukm ochiqcha 
xato bo‘lib, xunuk johillikdir. Dalil keltirish esa undanda qattiqroq buzuqlikdir. Chunki 
«Sahihi Muslim»da keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozning qasr 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
qilinishi haqida «U Allohning sizlarga in’om etgan sadaqasi bo‘lib, uni qabul qilib 
olinglar», deganlar. 
 
Fasl: Nahhosning aytishicha, «Allohumma a’tiqniy minan nar», («Allohim, meni 
do‘zaxdan ozod qilgin»), deb aytmoqlik makruhdir. Chunki savobni talab qilgan kishigina 
ozod qiladi. 
 
Imom Navaviyning fikrlaricha, bu dalil va da’volar shar’iy hukmlarga nisbatan eng xunuk 
xato va johillikdir. Agar Alloh maxluqotidan xohlagan kishisini ozod qilishi haqidagi 
hadislarni keltirsam, kitob malol keladigan darajada uzayib ketadi. Masalan, «Kimki biror 
qulni ozod qilsa, Alloh taolo uning har bir a’zosini do‘zaxdan ozod qiladi» va «Boshqa 
kunlarga qaraganda arafa kunida Alloh taolo bandasini do‘zaxdan ozod qilganidek ko‘p 
ozod qilmaydi», deb keltirilgan. 
 
Fasl: Ba’zilarning fikrlaricha, «Allohning ismi ustiga unday qil», deb aytmoq makruhdir. 
Chunki Allohning ismi har bir narsaning ustigadir, deyilgan. Qozi Iyoz va boshqalar bu 
so‘z xato ekanini aytib, isboti uchun sahih hadislar keltirishgan. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam qurbonlik haqida sahobalariga «Allohning ismi ustiga qurbonlik 
qilinglar», ya’ni «Allohning ismini aytib qurbonlik qilinglar», deb aytganlar. 
 
Fasl: Va yana ana shulardan Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan rivoyat 
qilgan quyidagi so‘zlari bor: «Faqih, adib va ulamolar «Jama’allohu baynana fiy 
mustaqarri rohmatihi» («Alloh oramizni rahmati qaror topadigan joyda jamlasin»), deb 
aytma! Chunki Allohning rahmati qaror topuvchi joy bo‘lishdan kengroqdir. Va yana 
«Irhamna birohmatika» («Rahmating bilan bizga rahm qil»), deb aytma, deganlar». 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu keltirilgan ikki lafzning hujjati va dalili borligini 
bilmaymiz. Chunki rahmat qaror topadigan joy aytuvchining maqsad qilgani jannatdir. 
Ma’nosi: joylashib va o‘rnashib hamda qaror topiladigan makon bo‘lgan jannatda 
oramizni jamlagin. Albatta bu yerga kiruvchilar Allohning rahmati bilan kirishadi. So‘ngra 
kim u yerga kirsa, unda abadiy qaror topib, yomon hodisa va g‘amginliklardan omonda 
bo‘ladi. Bularning barchasi Allohning rahmati bilan hosil bo‘ladi. Go‘yoki «Rahmating 
bilan yetishadigan makonda oramizni jamlagin», deganga o‘xshashdir. 
 
Fasl: Yana Nahhosning aytishicha, «Tavakkaltu ‘ala robbiy robbil kariym» («Saxiylarning 
Rabbisi bo‘lgan Rabbimga tavakkal qildim»), deb bo‘lmaydi. Balki «Tavakkaltu ‘ala robbil 
kariym» deyishlik joiz. 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, buning ham asli yo‘qdir. 
 
Fasl: Nahhos Abu Bakrdan rivoyat qilishlaricha, «Allohumma ajirna minan nar» 
(«Allohim, do‘zaxdan bizni himoya qil») va «Allohumma urziqna shafoatan nabiy» 
(«Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari bilan bizni rizqlantir»), 
deb aytmaslik darkor. Chunki do‘zax vojib bo‘lganlarga shafoat qilinadi, deb aytilgan. 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu ham ochiq-oydin johillik va xatoning o‘zginasidir. 
Agar bu xatolar bilan g‘ururga ketishning xavfi bo‘lmaganda va tasnif qilingan kitoblarda 
bu narsalar zikr etilmaganida, hikoya qilishga jur’at eta olmasdim. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning shafoatlarini va’da qilib, komil mo‘minlarni targ‘ib etgan qanchadan-

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
qancha sahih hadislar kelgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki 
muazzindan eshitgan narsalarni ayni o‘zidek qaytarsa, unga shafoatim hosil bo‘ladi», 
deganlar. 
 
Bu haqda imom, faqih Abul Fazl Iyoz (r.a.) chiroyli so‘zlar keltirganlar. Salafi solihlarning 
shafoatga qilgan rag‘batlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoatlarini 
so‘raganliklari asarlar orqali bilinadi. Shunga binoan uni karih qiluvchilarning 
karohiyatiga e’tibor qilinmaydi. Chunki Imom Muslim va boshqalardan sahih hadislar 
hisobsiz jannatga kiruvchi qavmlarni va jannatda darajalari ziyoda bo‘luvchi qavmlarni 
shafoat sababidan ekanini isbotlab kelgan. So‘ngra gunohkorligini tan oluvchi, avfga 
muhtoj har bir kishi ular aytganidek bo‘ladigan bo‘lsa, mag‘firat va rahmatni so‘rab duo 
qilmasligi lozim bo‘ladi. Chunki mag‘firat va rahmatni so‘rash gunohkor kishilar uchun 
xosdir. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ular qilayotgan narsa salaf va xalaflar duolaridan 
o‘rganilgan narsaga xilofdir. 
 
Fasl: Ulamolarning bir jamoasidan hikoya qilinishicha, ular Baytullohni tavof qilishni 
«shavt» yoki «aylanish», deb ismlamoqni karih ko‘rdilar. Balki birinchisiga -birinchi tavof 
va ikkinchisiga - ikkinchi tavof va hokazo, deb aytiladi, deyishgan. 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu gaplarning ham asli yo‘q. Balki ular johiliyat 
lafzlaridan, deb karih ko‘rishgan bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham, bunday deb 
aytishning karohiyati yo‘q. Bunga quyidagi hadis dalildir: 
 
991/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’bada 
uch shavtdan yugurmoqni buyurdilar. Ularga hamma shavtni yugurishni buyurmoqdan 
faqatgina ularga rahm qilganlarigina man qildi, xolos. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Fasl: Va yana ana shulardan «ramazonda ro‘za tutdik», «ramazon keldi» va shunga 
o‘xshash ana shu oy iroda qilingan so‘zlardir. Buning karohiyati haqida ixtilof qilingan. 
Oldingi jamoalar, oyga ko‘shmasdan ramazonning o‘zini aytish karih ko‘rilgan, 
deyishgan. Bu hakda Hasan Basriy va Mujohidlardan rivoyat qilingan. Bayhaqiy esa u 
ikkovlariga bo‘lgan yo‘l zaifdir, deganlar. 
 
Sohiblarimiz ramazon keldi, ramazon kirdi, ramazon hozir bo‘ldi, deb aytmoqni va 
shularga o‘xshab oyni iroda qilish uchun qariyna (yaqinlik) hosil qilmaydigan bo‘lsa, 
karih ko‘rishgan. Lekin unga bir narsa qariyna (yaqinlik) bo‘lib ramazon oyiga dalolat 
qilsa, karohiyati yo‘qdir. Masalan, ro‘za tutdim emas, balki ramazon ro‘zasini tutdim, 
ramazonda turdim, ramazon ro‘zasi vojib bo‘ladi, muborak ramazon oyi hozir bo‘ldi va 
shularga o‘xshashlar. Abul Hasan Morudiy va Abu Nasr Sibog‘lar mana shu fikrlarni 
aytib, quyidagi hadisni dalil qilishgan: 
 
992/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ramazon, deb aytmanglar. Chunki Ramazon Allohning ismlaridan biridir. Lekin 
ramazon oyi, deb (oy so‘zini ko‘shib) aytinglar», dedilar. Bayhatsiy «Sunan»larida 
rivoyat qilib, zaif, deganlar. 
 
Bundagi zaiflik ochiq ko‘rinib turibdi. Chunki Allohning ismi haqida kitob tasnif 
qilganlarning birortasi Ramazon Allohning ismi ekanini zikr qilishmagan. To‘g‘risini Alloh 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
biluvchidir. 
 
Imom Abu Abdulloh al-Buxoriy «Sahih»larida va yana bir qancha muhaqqih ulamolar 
ramazonni qanday aytsa ham, karohiyati yo‘qdir, deyishgan. Chunki karohiyat shariat 
bilan sobit bo‘ladi. Buning karohiyati haqida shariatda biror narsa sobit bo‘lmagan. Balki 
hadislarda buning joizligi haqida sobit bo‘lgan. Ikki «Sahih» hadislarda va bulardan 
boshqasida ularning fikriga qarshi dalillar to‘lib-toshib yotibdi. Agar buning joiz ekani 
haqidagi hadislarni jamlasam, ikki yuztaga yetib qolishini umid qilaman. Lekin maqsad 
bitta hadis bilan ham hosil bo‘laveradi. Mana shu quyidagi bittasi hammasiga ham kifoya 
qiladi: 
 
993/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar ramazon kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar 
kishanlanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
Ba’zi rivoyatlarda «ramazon kirsa» yoki «ramazon bo‘lsa» yo «ramazonni muqaddam 
qilmanglar» va yana boshqa sahih rivoyatda esa: «Islom besh narsa ustiga bino 
qilingan, undan biri ramazon ro‘zasidir», deb aytilgan. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. 
 
Fasl: Va yana ana shulardan biri oldingilarning ba’zilaridan naql qilingan quyidagi 
so‘zlardir: «Baqara surasi, Duxon, Ankabut, Rum, Ahzob va shularga o‘xshash suralar, 
deb aytmoq makruhdir. Balki sigir zikr qilingan sura, xotinlar zikr qilingan sura, deb 
aytiladi». 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu xato va sunnatga xilofdir. Buni bayon qilgan son-
sanoqsiz hadislar sobit bo‘lgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baqara 
surasining oxirida ikki oyat borki, uni kechasida o‘qisa, o‘sha kechaga kifoya qiladi», 
dedilar. Bu ikki «Sahih» kitobida keltirilgan. Bunga o‘xshashlari nihoyatda ko‘p. 
 
Fasl: Va yana ana shulardan biri Mutrifdan (r.a.) rivoyat qilingan quyidagi so‘zlaridir: 
«Alloh taolo kitobida aytadi, deb kelajak lafzida iste’mol qilish karih ko‘rilgan. Balki 
«Alloh taolo aytdi», deb o‘tgan zamon lafzi bilan aytiladi. Chunki Allohning so‘zi 
kalomdir. Kalom esa qadimdir». 
 
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu maqbul emas. Sahih hadislarda buning ko‘p 
jihatdan ishlatilgani sobit bo‘lgan. Men bu hakda «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda 
va «Qorilar odobi» nomli kitobimda bayon qilganman. Bu haqda Alloh taolo «Alloh 
haqiqatni aytadi», deb keltirgan (Ahzob surasi, 4-oyat). 
 
«Sahihi Muslim»da Abu Zarrdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur) 
deb aytadi», dedilar. (An’om surasi, 160-oyat). 
 
«Sahih Buxoriy»da «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha...» 
oyatining tafsirida Abu Talha: «Ey Rasululloh, Alloh taolo «Suygan narsalaringizdan 
infoq-ehson qilib bermaguningizcha...», deb aytyapti», dedilar, deyiladi. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
DUOLARNI JAMLOVCHI KITOB 
 
337-bob Hamma vaqtlarda muhim va mustahab bo‘lgan duolar 
 
Bilingki, bu kitobni yozishdan maqsadimiz hamma vaqtlarda mustahab, muhim bo‘lgan 
duolarni zikr qilishdir. Bilingki, bu bob juda keng bo‘lganidan uni qamrab olish imkoni 
yo‘qdir. Lekin buning ahamiyatlilariga ishora qilaman. Zikr qilingan duolarning avvali 
Qur’onda kelgan. Uni Alloh taolo payg‘ambarlar va yaxshilar tilidan xabar bergan. 
Keyingilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih bo‘lganidir. U zot unga amal 
qilganlar yoki boshqalarga o‘rgatganlar. Bu qism juda ko‘pdir. Oldingi boblarda ham bu 
jumlalar keldi. Men undan Qur’onga ko‘shilib kelgan sahihlarinigina zikr qilaman. 
 
994/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Duo - ibodatdir», dedilar. LbuDovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar 
rivoyati. 
 
995/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p 
narsalarni o‘zida qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark 
qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
996/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh taologa duodan ko‘ra ikromli narsa yo‘q», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar 
rivoyati. 
 
997/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimni g‘amginlik va qiyinchilikda Alloh taolo duosini ijobat etmog‘i xursand qilsa, 
kengchilikda ham duoni ko‘paytirsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
 
998/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p 
(qilib yuradigan) duolari 
 
«Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi. 
(Ma’nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham 
yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
Muslimning rivoyatlarida: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni xohlasalar, mana shuni 
aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar, mana shuni aytardilar», ziyoda qilingan. 
 
999/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma inniy as'alukal huda vattuqo val ‘afofa val g‘ina», deb aytardilar 
(Ma’nosi: Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman.) Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
1000/7. Toriq ibn Ashim al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar kishi Islomga 
kiradigan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra 
mana bu kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar: 
 
«Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va ofiniy varzuqniy» (Ma’nosi: Allohim, meni 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
mag‘firat qilib, rahm aylab, hidoyat qilib, ofiyat etib, rizqlantirgin.) Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
Imom Muslimning Toriqdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatlarida keltirilishicha, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib, «Ey Rasululloh, 
Rabbimdan so‘ragan paytimda qanday qilib aytaman?» deganda, u zot: 
 
«Allohumma ig‘fir liy varhamniy, va ofiniy varzuqniy», deb aytgin. Chunki mana shu 
kalimalar, dunyoing va oxiratingni jamlovchidir», dedilar (ma’nosi: Allohim, meni 
mag‘firat qil, menga rahm qil, meni ofiyatda qil va rizqlantir). 
 
1001/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam 
«Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to’atika», deb aytardilar (Ma’nosi: 
Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin.) Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
1002/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo 
(qadar)ning yomonidan va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, 
ya’ni 
 
«A’uvzu billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va suv'il qazo va shamotatil a’doi», 
deb duo qilinglar, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1003/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va 
a’uvzu bika min ‘azobil qabri vaa’uvzu bika min fitnatil mahya val mamoti», boshqa 
rivoyatda «Va zila’iddayni va g‘alabatir rijal», deb aytardilar (ma’nosi: Allohim, Sening 
noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, ko‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, 
baxillikdan, qabr azobidan, tirik va o‘liklar fitnasidan hamda qarz yukidan va kishilarning 
g‘olib kelishidan panoh tilayman). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1004/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga bir duo o‘rgatingki, u bilan namozimda 
iltijo qilayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
 
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag‘firuz zunuba illa anta 
fag‘firliy mag‘firatan min ‘indika, varhamniy innaka antal g‘ofurur rohiym», deb ayt, 
dedilar (ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko‘p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi 
kechira olmaydi. Uzingning huzuringdan bo‘lgan mag‘firat ila meni kechirgin. Va menga 
rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan). Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
 
1005/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bu duo bilan iltijo qilardilar: 
 
«Allohumma ig‘firliy xatiy'atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a’lamu bihi 
minniy, Allohumma ig‘fir liy jaddiy va hazliy va xatoiy va ‘amdiy va kullu zalika ‘indiy, 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
Allohumma ig‘firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a’lantu vama anta 
a’lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta ‘ala kulli shay'in qodir». 
(Ma’nosi: Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni 
mendan ko‘ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va 
mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, 
keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan 
ko‘ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan.) Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
1006/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida 
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma ‘amiltu va min sharri ma lam a’mal», deb 
aytardilar (Ma’nosi: Allohim, men Sendan amal qilgan va amal qilmagan narsalarimning 
yomonidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 
 
1007/14. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Quyidagilar ham Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam duolaridan edi. 
 
«Allohumma inniy a’uzu bika min zavoli ni’matika va tahavvuli ‘ofiyatika va faj'ati 
niqmatika va jamiy’i suxtika». (Ma’nosi: Allohim, bergan ne’mating zavol bo‘lishidan, 
bergan ofiyating o‘zgarib ketishdan, to‘satdan keluvchi o‘chingdan va jamiki 
g‘azabingdan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari. 
 
1008/15. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: 
 
«Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni, val buxli val hammi va 
‘azabil qobri, Allohumma ati nafsiy taqvoha va zakkiha anta xayru man zakkaha anta 
valiyyuho va mavlaha, Allohumma inniy a’uvzu bika min ‘ilmin la yanfa’u va min qolbin 
la yaxsha’u vamin nafsin la tashbau’ va min da’vatin la yustajobu laha», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, 
baxillikdan, g‘amdan, qabr azobidan panoh tilayman. Allohim, nafsimning taqvosini 
bergin va uni poklagin va Sen poklovchilarning yaxshisisan. Sen do‘sti va xojasisan. 
Allohim, Sening noming ila foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, 
to‘ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan panoh tilayman.) Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
1009/16. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
 
«Allohumma ihdiniy va saddidniy» («Allohim, meni hidoyat qil va sobitqadamlikda qil»), 
deb ayt, dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
Boshqa bir rivoyatda 
«Allohumma inniy as'alukal huda vassadoda» bo‘lib kelgan. (Ma’nosi: Allohim, men 
Sendan hidoyatni va sobitqadamlikni so‘rayman.) 
 
1010/17. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning huzurlariga bir a’robiy kelib, «Ey Allohning rasuli, menga bir kalom 
o‘rgatingki, uni aytib yurayin», deganda, u zot: 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling