Al-Azkor min kalami sayyidil abror
-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ko‘p gumonlardan chetlaninglar»
- «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga
- «... (taqvodor zotlar) g‘azablarini ichlariga yutadilar va insonlarni avf etuvchilardir va muhsinlarni Alloh yaxshi ko‘radi»
- «Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar»
- «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, aniqlab-tekshirib ko‘ringlar»
- 322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man etish bobi
- 326-bob Musulmonlarni mensimay, ularni masxara qilishning haromligi haqida Alloh taolo Tavba surasining 79-oyatida: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan
- 327-bob Yolg‘on guvohlikning ulkan haromligi haqida Alloh taolo: «Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar»
318-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni eshitgan kishining qiladigan ishi haqida Bilingki, musulmonning g‘iybatini eshitgan kishi g‘iybatdan qaytarib, so‘zlovchiga tanbeh Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 243 bermog‘i lozim bo‘ladi. Agar so‘z bilan tanbeh bera olmasa, qo‘li bilan, agar ko‘li va tili bilan tanbeh bera olmasa, ana shu majlisni tark etadi. Agar shayxi yoki fazl va isloh ahllari g‘iybat qilinsa, undan qaytarishga ko‘proq ahamiyat beradi. 901/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodari obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni yuzidan do‘zaxni daf qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 902/2. Itbondan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday dema, uning «La ilaha illallohu», deganiga qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 903/3. Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan edi. Bu zot Ubaydulloh ibn Zayyod huzuriga kirib, «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa ozor beruvchi bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Ubaydulloh ibn Zayyod: «Utirgin, sen Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. Oiz ibn Amr esa: «Ularning kichigi bo‘lmagan. (Ya’ni, ularning hammalari sof bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda «kichigi» degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husaynning qotili Ubaydulloh ibn Zayyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan ularni hech narsa to‘xtata olmas edi... - tarj.) 904/4. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: «Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda Bani Salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh, uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (Ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga kelishidan to‘sib ko‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 905/5. Jobir ibn Abdulloh va Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi bir musulmon kishini hurmati ketib, obro‘si to‘kiladigan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘ysa, Alloh taolo uni ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘yadi. Bir kishi bir musulmon kishiga obro‘si to‘kilib, hurmati ketadigan o‘rinda yordam bersa, Alloh taolo unga ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan joyda yordamini beradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 906/6. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir mo‘min kishini munofiqdan himoya qilsa (roviy quyidagi so‘zlarni aytdilar deb shak qilyaptilar), Alloh taolo bir farishtani yuborib, Qiyomat kuni uning go‘shtini jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kimki musulmonni bir narsa bilan ayblab, uni Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 244 sharmanda qilsa, toinki aytgan narsasi chiqquncha, (ya’ni ayblagan kishisining roziligini olib gunohidan pok bo‘lguncha) Alloh taolo uni jahannam ko‘prigida hibs qilib turadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 319-bob Qalb bilan qilinadigan g‘iybat haqida Bilingki, yomon gumon aytilgan yomon so‘z kabi haromdir. Kishining yomonligini boshqalarga aytmoging harom bo‘lgani kabi uni o‘z nafsingga bildirib, yomon gumon qilmoqliging ham haromdir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida «Ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan. 907/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Gumondan chetlaninglar, albatta gumon gaplarning yolgonidir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu aytilgan so‘zlardagi ma’noni ifoda etuvchi hadislar ko‘p. Gumon bu qalbda boglashlik va boshqaga yomonlikni hukm qilishdir. Ammo bir fikrga kelmay, ichida gapirsa-yu, qalbida qaror topmasa va unda bardavom bo‘lmasa, bu ulamolar ittifoqi bilan avf qilingandir. Chunki voqe’ bo‘lishda u uchun bu kishida ixtiyor yo‘qdir. Va undan ajralishga yo‘l ham yo‘qdir. Quyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadisda sobit bo‘lgandan maqsad ham shu aytgan so‘zimizdir - u zot: «Ummatimdan bo‘lgan kishi ichida bir gapni gapirsa-yu, uni tashiga chiqarmasa yoki unga amal qilmasa, albatta Alloh taolo o‘sha gunohini kechirgandir», deb aytdilar. Ulamolar: «Bundan maqsad fikrida qaror topmagan narsa», deyishdi. Va yana: «Xoh u fikridagi giybat yo kufr yoki boshqasi bo‘lsin, fikrida qaror topmasa, gunohi kechirilgan. Bas, kimning fikriga qasd qilmasdan kufrlik kelsa, o‘sha paytning o‘zida uni daf etsa, kofir ham va boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi», deyishdi. Biz «Vasvasa» bobida quyidagi sahih hadisni keltirganmiz: «Sahobalar: «Ey Rasululloh, birortamiz (nafsimizda) gapirish katta bo‘lgan narsani, ya’ni kufr (vasvasasi)ni topadi», deyishganida, u zot: «(Shundoq bo‘lsa ham) u sof imonlikdir», dedilar». (Ya’ni, u faqat shayton vasvasasi, xolos... - tarj.) Zikr qilgan narsalarimizda avf qilinishiga sabab chetlanish uzrli bo‘lgani uchundir. Shuning uchun u fikrda bardavom bo‘lish va qalbda bog‘lash haromdir. Xoh u g‘iybat, xoh boshqa gunohlar bo‘lsin, fikrga keldimi, o‘sha zahoti uni daf etmoq vojibdir. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida quyidagilarni aytganlar: «Agar qalbingda yomon gumon voqe’ bo‘lsa, u shayton vasvasasidir. Bas, sen uni yolg‘onga chiqarmog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki shayton fosiqlarning fosig‘idir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 6-oyatida: «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar», deb aytgan. Shuning uchun Iblisni tasdiqlash joiz emas. Agar haqiqatda kishining fasod ekanligi isbot bo‘lib va muxolafatda ekani namoyon bo‘lsa ham, yomon gumon qilish joiz emas. Yomon gumonning alomatlaridan biri undagi narsaga qalbning Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 245 o‘zgarmoqligidir. Bas, sen undan nafratlanib, noma’qul hisoblab, e’tiboring uni hurmat qilishga susayib, uning yomonliklaridan xafa bo‘lasan. Chunki shayton kishidagi yomonliklarda ozgina tasavvur bilan ham yaqinlashib oladi. Va o‘sha kishini «Bu sening sezgirliging, zakiyliging va fahming o‘tkirligidandir», deb avraydi. Albatta mo‘min Alloh nuri bilan qaraydi. U gumon qiluvchi esa shayton g‘ururi va zulmati ila nutq qiladi. Agar senga bir odil kishi xabar bersa ham, uni tasdiq ham etma, yolg‘onga ham chiqarma. Shunda sen ikki tomonga ham gumon ila yomonlik qilmaysan. Senda musulmon kishi haqida yomon fikr kelsa ham, sen uning rioyasini qil va uni hurmatlashni ziyodalashtir. Chunki shayton bundan g‘azablanadi va sendan o‘zini tortib, o‘sha birodaringga duo ila mashg‘ulligingdan ko‘rqadi va senga vasvasa qilmaydi. Agar bir musulmonda shak- shubhasiz hujjat bilan bo‘lgan xatoni ko‘rsang ham, sir tutgan holatda nasihat qil. Seni shayton aldab, uni g‘iybat qilishga chorlamasin. Agar unga va’z-nasihat qiladigan bo‘lsang, uning xato-gunohidan xabardor bo‘lganing sababli xursand holda nasihat qilma. Chunki u o‘sha paytda senga o‘zingni ulug‘lash ko‘zi bilan qaraydi. Sen esa pastlash ila unga qaraysan. Lekin uni gunohdan xalos etishda xuddi o‘zingga noqislik yetganda xafa bo‘lganing kabi xafa bo‘lishni qasd qil. Ana shu paytda unga nasihat qilmasdan noqisligini tark qilmog‘ing nasihat bilan tark qilganingdan yaxshidir. Imom Navaviyning fikrlaricha, agar kishining fikriga yomon gumon kelib qolib, shar’iy manfaat fikrlashga chorlamasa, uni to‘xtatmog‘i lozim bo‘ladi. Agar bunga chorlasa, masalan, roviylarni jarohatlash (ya’ni, hadis rivoyat qiluvchilarning kamchilik va fazilatlarini aytish) kabi hamda bundan boshqa narsalarda, ya’ni yuqoridagi bobda zikr qilganlarimizdagidek, g‘iybat muboh bo‘lgan narsalarda bo‘lsa joiz. 320-bob G’iybatning kafforati va undagi tavba haqida Bilingki, albatta har bir gunoh qilgan kishi tavbaga shoshilmog‘i lozim. Allohning haqlaridan bo‘lgan tavbada uchta shart bor. Ular: 1. O’sha paytdayoq gunohdan to‘xtamoq. 2. Qilgan ishiga pushaymon qilmoq. 3. O’sha gunohga qaytmaslikni qasd qilmoq. Odam haqlaridan bo‘lgan tavbada esa shu uch shartdan tashqari to‘rtinchisi bor. U tahqir qilgan narsasini egasiga qaytarmoq. Yoki avfni talab qilib va uni oqlamoqlikdir. G’iybat qilgan kishining mana shu to‘rt ishda tavba qilmog‘i vojib bo‘ladi. Chunki g‘iybat odamning haqqidir. G’iybatchi g‘iybat qilgan kishisidan avf so‘ramog‘i lozim. Ana shu holatda «Men seni g‘iybat qildim, meni avf et», deb aytishning o‘zi kifoya qiladimi? Yoki g‘iybat qilgan narsasini batafsil bayon qilmog‘i lozimmi? Bunda ikki fikr bor. Birinchisi: batafsil bayon qilmog‘i shart. Agar uni bayon qilmasdan o‘zini oqlasa, xuddi noaniq molni oqlaganidek, durust bo‘lmaydi. Ikkinchisi: shart emas, chunki molning xilofi o‘laroq, bunda bilishlik shart qilinmagan. Avvalgisi aniqroqdir. Chunki inson avf qilmaganini gohida avf qiladi. Agar g‘iybat sohibi vafot etgan yoki uzoqqa ketgan bo‘lsa, ya’ni undan oqlanishni qo‘lga kiritish uzrli holga kirsa, unga nisbatan istig‘for, duo va yaxshiliklarni ko‘paytiradi. Bilingki, g‘iybat qilingan kishi g‘iybatchi kishini avf qilmog‘i mustahabdir. Ammo vojib emas. Chunki hadyaga o‘xshab haqqini soqit qilyapti. Bunda unga ixtiyor berilgan. Lekin Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 246 avf qilish ta’kidlangan mustahablardandir. Bu avf ila musulmon birodarini gunoh ofatidan xalos etib, Allohning ulug‘ savobi va muhabbatiga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo: «... (taqvodor zotlar) g‘azablarini ichlariga yutadilar va insonlarni avf etuvchilardir va muhsinlarni Alloh yaxshi ko‘radi», deb aytgan (Oli Imron surasi, 134-oyat). Avf qilish bilan nafsini xursand etish «Bu ish albatta voqe’ bo‘lar edi, uni ko‘tarib tashlashga yo‘l yo‘q. Musulmon birodarimni xalos etishdagi savobni o‘tkazib yubormoqligim yaxshi bo‘lmaydi», deb o‘ziga yo‘l topish bilan bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo: «Sabr qilib kechirimli bo‘lish ishlardagi azmu-qarordir», deb aytgan. (Sho‘ro surasi, 43-oyat). Va bundan tashqari yana Alloh taolo A’rof surasining 199-oyatida: «Marhamatli bo‘ling», deb aytgan. Sahih hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir banda birodariga yordam ko‘rsatsa, Alloh taolo unga ham yordam beradi», deb aytganlar. Shofe’iy (r.a.): «Kimdan rozilik talab qilinsa-yu, u rozi bo‘lmasa, bas, u shaytondir», dedilar. Bu haqda oldingilar quyidagi baytni bitishgan: Aytishsaki, falonchi senga qildi ko‘p yomon, Yigitning xor bo‘lgani - or-nomusin g‘orati. Yomonlik qarshisida qilgum uzrni qalqon, Uzrni qabul qilish - gunohlar kafforati. Bu zikr qilganlarimiz g‘iybatdan oqlanishga tashviq etuvchi narsalar bo‘lib, bu to‘g‘risi hamdir. Ammo Said ibn Musayyabning «Meni tahqirlaganni oqlamayman», deb aytgan so‘zlari va Ibn Siyrinning «Nimaga uning zarariga harom qilib, foydasiga halol qilaman? Chunki Alloh taolo g‘iybatni harom qilgan. Men hech qachon Alloh harom qilgan narsani halol qilmayman», deb aytgan so‘zlari zaifdir. Chunki bu yerda oqlovchi harom narsani halollamaydi. Balki hakqini soqit qiladi. Qur’onda va sunnatda kelgan narsalar avfni va haqqini soqit etishni mustahab ekanligini ko‘rsatyapti. Lekin Ibn Siyrinning «Hech g‘iybatimni muboh qilmayman», degan so‘zlari to‘g‘ridir. Chunki inson: «obro‘yimni g‘iybat qilgan kishiga berdim», desa muboh bo‘lmaydi. Balki boshqa g‘iybatlar harom bo‘lgani kabi haromdir. Ammo hadisda: «Sizlardan biringiz Abu Zamzamdek bo‘lishdan ojiz bo‘ladimi? U agar uyidan chiqadigan bo‘lsa, obro‘yimni kishilarga sadaqa qildim, deb aytar edi», deyiladi. Buning ma’nosi quyidagicha: «Meni tahqirlagani uchun dunyo va oxiratda undan evaz talab qilmayman». 321-bob Chaqimchilik haqida Biz chaqimchilikning haromligini va bundagi dalillar hamda tahdidlarni zikr qildik, lekin ular qisqa holatda edi. Biz hozir kengroq sharhlashga o‘tamiz. Imom Abu Homid al- G’azzoliy (rahmatullohi alayh) chaqimchilikni ko‘pincha boshqa bir kishi haqidagi so‘zini u haqda gapirilgan shaxsga yetkazish, chaqish, deb aytganlar. Masalan, «Falon kishi sen haqingda unday dedi» kabi so‘zlar. Chaqimchilik bu bilan tugamaydi. Balki uning chegarasi ochilishi, fosh etilishi karih ko‘rilgan narsani ochib yuborishdir. Xoh karih Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 247 ko‘rgani undan tashilgan bo‘lsin yoki unga tashilgan bo‘lsin yo uchinchisi bo‘lsin, buning farqi yo‘q. Yoki ana shu ochib yuborish so‘z bilan yoki yozish bilan yoki ramz bilan yoki imo-ishora bo‘lsin yoki so‘z va amalda bo‘lsin, xoh ayb va boshqa narsalarda bo‘lsin - hammasi bir xil chaqimchilikdir. Chaqimchilikning haqiqiysi sirni ochib, fosh bo‘lishi karih ko‘rilgan narsada to‘siqni ochib yuborishdir. Insonga kishilarda ko‘rilgan holatning hammasida sukut qilmoqlik lozim bo‘ladi. Faqat gapirgan narsasida musulmonga foydali yoki gunohni daf qiladigan narsa bo‘lsa, unda zarari yo‘q. Ammo kishi o‘z molini maxfiy tutayotganini ko‘rsa-yu, uni odamlarga aytsa, ana shu chaqimchilikdir. Va yana har bir ko‘tarib, tashib yurilgan narsa chaqimchilikdir. «Falon kishi sen haqingda bunday dedi» kabi so‘zlarni aytsa, u kishiga olti narsa lozim bo‘ladi: 1. Uni tasdiqlamaslik. Chunki chaqimchi fosiqdir. U yetkazgan xabar marduddir. 2. Chaqimchilikdan uni qaytarib, nasihat qilib va u ishining yomonligini aytish. 3. Alloh yo‘lida unga g‘azab qilmoq. Chunki chaqimchilik Alloh huzurida g‘azabga duchordir. Alloh yo‘lida g‘azab qilish vojibdir. 4. Tashib kelingan so‘zda yomonlikni gumon qilmaslik. Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat). 5. Hikoya qilib bergan narsasi sizni josuslik qilishga va uni axtarib haqiqatlashga majbur qilmasin. Alloh taolo: «Josuslik qilib yurmanglar», deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat). 6. Chaqimchini qaytargan narsasida o‘zi rozi bo‘lmasligi va chaqimchiligini hikoya qilmasligi lozim. Umar ibn Abdulazizga bir odam boshqa bir kishi haqida zikr qilganida, bu zot: «Agar xohlasang, sening ishingni ko‘rib chiqamiz. Bordiyu yolg‘on gapirayotgan bo‘lsang, quyidagi oyat ahlidansan: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat). Agar sen rostgo‘y bo‘lsang, mana bu oyat ahlidansan: «G’iybatchi-yu, gap tashuvchiga itoat etmang» (Qalam surasi, 11-oyat). Agar xohlasang, seni avf qilamiz», deganlarida, u kishi: «Ey mo‘minlar amiri, bu ishni endi zinhor qilmayman», dedi. Bir kishi Sohib ibn Abbodga bir maktub olib bordi, unda yetimning molini ega bo‘lib olishga rag‘batlantirish bor edi. U juda katta miqdordagi mol-mulk edi. Bu zot maktubning orqasiga quyidagi so‘zlarni bitib qaytarib berdilar: «Ulganni Alloh rahmat qilsin. Yetimga Alloh yordam bersin. Molini Alloh serhosil qilsin. Xat tashuvchini Alloh la’natlasin!» 322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man etish bobi 908/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 248 323-bob Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashdan qaytarish to‘g‘risida Alloh taolo Al-Isro surasining 36-oyatida: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan. 909/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar orasida ikki toifa borki, ularda kufrlik bor: biri nasabni haqorat qilish, ikkinchisi o‘lganga yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 324-bob Faxrlanishdan qaytarish haqida Alloh taolo Van-najm surasining 32-oyatida: «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay ko‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir», deb aytgan. 910/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lmoqni va biror kishi boshqa biror kishiga jabr qilmasligini hamda faxrlanmaslikni vahiy qildi», dedilar. Imom Muslim va Abu Dovudlar rivoyati. 325-bob Musulmonga ichqoralik qilishdan qaytarish to‘g‘risida 911/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaringga ichqoralik qilma! Bordi-yu shunday qiladigan bo‘lsang, Alloh unga rahm qilib, seni tashvishga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 326-bob Musulmonlarni mensimay, ularni masxara qilishning haromligi haqida Alloh taolo Tavba surasining 79-oyatida: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir», deb aytgan. Va yana Alloh taolo Hujurot surasining 11-oyatida: «Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollarga (masxara qilib kulmasinlar) - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Uzlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar tashlamanglar (ya’ni, ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar)», deb aytgan. Boshqa bir oyatda esa: «Barcha (kishilarga dilozarlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay», deb aytgan (Humaza surasi, 1-oyat). 912/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 249 «Bir-birlaringizga hasad qilmanglar va savdoda soxtalik bilan kelishib narxlarni oshirmanglar. Bir-birlaringizga gazab qilmanglar hamda orqa o‘girib munosabatlarni bo‘lmanglar. Va ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin. Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, xo‘rlamaydi ham, past ham sanamaydi. Taqvo bu yerda», deb, uch bora qalblariga ishora qildilar. «Musulmon birodarini past sanagan kishi yomon ekanligiga dalolat qiladi. Har bir musulmonning boshqa musulmonga qoni, moli va obro‘sini (suiiste’mol) qilishi haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Imom Navaviy: «Tadabbur qilgan kishiga bundan-da foydasi ko‘p, manfaati ulug va yaxshiroq hadis bo‘lmasa kerak», dedilar 913/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida zarra miqdoricha kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Rasululloh, kishi chiroyli kiyim va chiroyli poyabzal kiyadi (bu ham kibr bo‘ladimi?)» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh chiroylidir. Chiroylini yaxshi ko‘radi. Kibr esa haqni buzish va kishilarga nast nazar bilan qarash», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 327-bob Yolg‘on guvohlikning ulkan haromligi haqida Alloh taolo: «Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar», deb aytgan (Haj surasi, 30-oyat). Yoki «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil -bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan (Isro surasi, 36-oyat). 914/1. Abu Bakra Nufay’ ibn al-Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohlarning kattasi xabarini beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Allohga shirk keltirmoq, ota- onaga oq bo‘lmoq (suyanib turgan edilar, so‘ng o‘tirib olib), ogoh bo‘ling, yolgon so‘z va yolgon guvohlik», deb takror-takror aytdilar. Biz esa: «Shoyadki, jim bo‘lsalar-ku», deb turardik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 328-bob Bergan narsasini minnat qilishdan qaytarish haqida Alloh taolo Baqara surasining 264-oyatida:«Ey mo‘minlar, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang», deb aytgan. 915/1. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh Qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr: «Hasrat-nadomatda qolgurlar - ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolgon qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling