Al-Azkor min kalami sayyidil abror
-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 259-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar
- 265-bob Yaxshi ko‘rgan kishisiga buni bildirib qo‘yish mahbubligi va bildirganda aytadigan zikrlari
- 269-bob Kishi biror ayolga uylanganda yoki biror narsa sotib olganda yo shariat yaxshi sanaydigan biror ish qilganda «To‘g‘ri qilibsan» yoki «Yaxshi
256-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona deb kunyalash joizligi haqida Bilingki, bularning har birida ta’qiq yo‘q. Ummatning salaflaridan tashkil topgan sahoba, tobe’in va ulardan keyingilar Abu Fulona, deb qiz bolaning ismi bilan ham Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 204 kunyalanishgan. Ulardan Usmon ibn Affonda uchta kunya: Abu Amr, Abu Abdulloh va Abu Laylolar bor edi. Va yana shunday kunyalardan Abu Dardodir. Bu sahobaning Xayra ismli katta xotinlari ham Ummu Dardo, Hujayma ismli kichik xotinlari ham Ummu Dardo edilar. Bu kichik xonim yetuk aqlli, fozila, faqih, qadri ulug‘ tobe’inlardan edi. Va yana Abdurahmon ibn Abu Laylo, otalari Abu Laylo, bularning xotinlari Ummu Laylo bo‘lib, bu ikkovi sahobalardan edi. Va yana Abu Umoma, Abu Rayhona, Abu Ramsa, Abu Riyma, Abu Amra Bushayr ibn Amr, Abu Fotima al-Laysiy, Abu Maryam Azdiy, Abu Ruqayya Tamim Doriy, Abu Karima Miqdom ibn Ma’diy Karibalarning hammalari sahoba bo‘lishgan. Tobe’inlardan Abu Oisha Masruq ibn Ajda’ va shunga o‘xshash son-sanog‘i yo‘q kishilar bo‘lgan. Sam’oniy «Al-Ansob» kitobida Masruqning bunday (Masruq, ya’ni o‘g‘irlangan) deb ismlanishiga sabab u zotni yoshlik paytlarida bir odam o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra topilganlar, deb aytganlar. Sahih hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Saxrni Abu Hurayra, deb kunyalaganlar. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 TURLI ZIKRLAR KITOBI Bilingki, bu kitobni foydasi katta bo‘lgan duo-zikrlardan tashkil topgan turli boblar ila to‘ldirdim. Bu duolarda tartib lozim bo‘lmagani uchun tartiblamadim. 257-bob Xursandchilik xabari berilgan paytda Alloh taologa hamdu sano aytish mahbubligi haqida Bilingki, biror ne’mat hosil bo‘lganda yoki biror balo-ofat ketganda, Allohga shukr sajdasi qilmoq va hamdu sano aytmoq mahbub amallardandir. Bunga dalil sifatida mashhur hadis va asarlar ko‘pdir. 754/1. Amr ibn Maymun uzun kelgan mashvarat haqidagi hadisda Umar ibn Xattobning (r.a.) o‘limlari haqidagi qilgan rivoyatlarida Umar (r.a.) o‘g‘illari Abdullohni Oishaning (r.a.) huzurlariga ikki do‘stlari bilan birga dafn etishga izn berishlarini so‘rash uchun yubordilar. Qachonki, Abdulloh (r.a.) kelgach, Umar (r.a.): «Biror yangilik olib keldingmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ey mo‘minlar amiri, siz yaxshi ko‘rgan narsaning iznini olib keldim», dedilar. Shunda Umar (r.a.): «Alhamdulillah, menga bundan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 258-bob Xo‘roz qichqirig‘i, eshak hangrashi va it vovillashini eshitganda aytiladigan zikrlar 755/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila shaytondan panoh tilanglar. Chunki u shaytonni ko‘rgandir. Agar xo‘roz qichqirig‘ini eshitsangizlar, Allohdan Uning fazlini so‘ranglar. Chunki u farishtani ko‘rgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 756/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kechasi it vovillashini va eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila panoh so‘ranglar. Chunki ular sizlar ko‘rmaydigan narsani ko‘radi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 259-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar 757/1. Amr ibn Shu’ayb otasidan, u esa bobosidan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar yong‘inni ko‘rsanglar, takbir aytinglar. Chunki takbir olovni o‘chiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Bunga qo‘shib qiyinchilik va ofatlarda o‘qiladigan zikrlar ham aytiladi. 260-bob Majlisdan turgan paytda aytiladigan zikrlar 758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir majlisda o‘tirganida shovqin-suron ko‘payib ketsa, majlisdan turishidan oldin Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 206 «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».) Termiziy rivoyatlari. 759/2. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni tugatib, majlisdan turishni xohlasalar, «Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu kalimalar majlisda bo‘lgan narsalarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivotlari. Imom Hakim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oisha (r.a.) rivoyatidan sahih musnad ila rivoyat qilganlar. 760/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimki (Qiyomat kunida) to‘liq o‘lchov ila unga (savobni) o‘lchanishini yaxshi ko‘rsa, majlisning oxirida yoki undan turgan paytda «Subhana robbika robbil izzati ‘amma yasifuvn va salamun ‘alal mursaliyn val hamdu lillahi robbil olamiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Qudrat egasi bo‘lmish Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni, har qanday aybu nuqsondan) pokdir. (Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay. Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori -Alloh uchundir.) «Huliyyatul avliyo» kitobida rivoyat qilingan. 261-bob Majlisda o‘tiruvchining o‘zini va jamoatda o‘tirganlarni duo qilishi 761/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagilar bilan sahobalariga duo qilib, majlisdan turib ketardilar: «Allohumma aqsim lana min xashyatika ma yahulu baynana va bayna ma’asiyka va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibaddunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». (Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (ya’ni, vafot etgunimizcha omonda qil). Uchimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Termiziy rivoyatlari. 262-bob Allohni zikr qilmay majlisdan turishning karohiyati haqida Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 762/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm majlisdan turib Allohni zikr qilmasa, xuddi eshakning o‘laksasi kabi turib, hasratda qoladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 763/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 764/3. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh xohlasa, azoblaydi va agar xohlasa, kechiradi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 263-bob Yo‘lda zikr aytish haqida 765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm bir majlisga o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga noqislik yetadi. Kishi yo‘lda keta turib Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga ham noqislik yetadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 766/2. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukdaliklarida Jabroil alayhissalom kelib, «Ey Muhammad, Muoviya ibn Muoviya al-Muzaniyning janozalarida ishtirok eting», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bordilar. Va Jabroil alayhissalom ham yetmish ming farishta bilan tushib, o‘ng qanotlarini toqqa qo‘yganlarida, u egildi. Chap qanotlarini yerga qo‘yganlarida, u ham egildi. Hattoki, u zot Makkaga va Madinaga nazar soldilar. U sahobaning janoza namozlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Jabroil alayhissalom va farishtalar o‘qishdi. Qachonki, undan forig‘ bo‘lishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Jabroil, Muoviya nimasi sababli bu maqomga yeta oldi?» deganlarida, Jabroil alayhissalom: «Tik turganda ham, yurib ketayotganda ham, ulov minib ketayotganda ham, «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilib yurishi sabab bo‘ldi», dedilar. Ibn Sunniy va Bayhaqiylar rivoyatlari. 264-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Oli Imron surasining 134-oyatida «g‘azablarini ichlariga yutadigan» va Fussilat surasining 36-oyatida «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirsa, u holda Alloxdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi Zotdir», deb aytgan. 767/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chikqanda gazabini bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 768/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni pahlavon deb hisoblaysizlar?» deganlarida, biz: «Kishilar bellasha olmaydigan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 odamni pahlavon, deymiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday emas, gazab paytida o‘z nafsiga ega bo‘lgan (gazabini bosib olgan) kishi haqiqiy pahlavondir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 769/3. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki gazabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo qiyomat kunida xaloyiq boshiga chaqirib, xohlagan hurini tanlash huquqini beradi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 770/4. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u «A’uvzu billahi minash-shaytonir rojiym», (ya’ni, la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tilayman) desa, undan mana bu holat ketadi», dedilar. Kishilar o‘sha odamning oldiga borib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tila», deb aytdilar», deyishganida, u kishi: «Nima, menda jinnilik bormi?» dedi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 771/5. Xuddi mana shu ma’nodagi hadis Abu Dovud va Termiziyning kitoblarida Abdurahmon ibn Abu Laylo Muoz ibn Jabaldan (r.a.) qilgan rivoyatlarida ham bor. Termiziy buni mursal, deganlar. Ya’ni, Abdurahmon Muoz bilan ko‘rishmaganlar. 772/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. Usha paytda jahlim chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da, «Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi), «Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 773/6. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta g‘azab shaytondandir. Albatta shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 265-bob Yaxshi ko‘rgan kishisiga buni bildirib qo‘yish mahbubligi va bildirganda aytadigan zikrlari 774/1. Miqdom ibn Ma’diy Karibadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodarini yaxshi ko‘rsa, uni yaxshi ko‘rganini bildirib qo‘ysin», dedilar. Abu Dovud , Termiziy rivoyatlari. 775/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edi. Boshqa bir kishi o‘tib qoldi. U: «Ey Rasululloh, men uni yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga yaxshi ko‘rishingni bildirdingmi?» deganlarida, «Yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni bildirgin», dedilar. U kishi borib, «Men seni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 209 haligi kishi: «Alloh (yo‘lida) meni sevganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», dedi. Abu Dovud rivoyatlari. 776/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining ko‘llaridan ushlab, «Ey Muoz, Allohga qasamki, seni yaxshi ko‘raman. Men senga har namoz ketidan «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika», deb aytib uni tark qilmasligingni vasiyat qilaman», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyatlari. 777/4. Yazid ibn Nu’oma Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi boshqa bir kishi bilan do‘stlashsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Chunki shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi», dedilar. Termiziy rivoyat qilib, bu hadisni garib, deganlar. 266-bob Kasallik yoki boshqa narsa bilan balolangan kishini ko‘rganda aytiladigan zikrlar 778/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (nogironlik va bemorlik ila) balolangan kishini ko‘rib, «Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, unga ana shu balo yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «U kasallik bilan balolagan narsangda meni ofiyatda qilganing uchun va odamlar orasida meni ko‘proq fazilatli qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin».) Termiziy hasan isnod ila qilgan rivoyatlari. 779/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki balolangan kishini ko‘rib, «Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, tirikligida bo‘ladigan ana shunday balolardan ofiyatda bo‘ladi», dedilar. Termiziy zaif isnod ila qilgan rivoyatlari. Ulamolar: «Bu zikrni o‘zi eshitadigan qilib aytish lozim», deyishadi. Chunki balolangan kishi eshitib qolsa, qalbi bu bilan aziyat chekadi. Ammo gunohi tufayli balolangan bo‘lsa va fitna bo‘lishidan ko‘rqmasa, u eshitadigan qilib aytishning zarari yo‘q. 267-bob Balolangan kishining yoki do‘stining holini so‘raganda so‘ralgan kishi javobi bilan birga Allohga hamd aytish mahbubligi haqida 780/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ali (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘lim yaqinlashgandagi kasalliklarida huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abu Hasan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday tong ottirdilar?» deyishganida, Ali (r.a.): «Allohga hamd bo‘lsin u zot sog‘ holatda tong ottirdilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 268-bob Bozorga kirganda aytiladigan zikrlar 781/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 «Kimki bozorga kirganda, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva hayyun la yamuvtu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay'in qodir», desa, Alloh taolo unga bir million hasanot yozib, bir million yomonlikni o‘chirib va bir million daraja ko‘taradi», dedilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Barcha mulk Allohnikidir va hamd Uning uchundir. U (zot) tiriltiradi va o‘ldiradi. U tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ko‘lida va U har bir narsaga qodirdir».) Imom Termiziy va boshqalar rivoyati. Imom Hokimning ba’zi rivoyatlarida «U uchun jannatda uy quriladi»ni ziyoda qilingan. Roviy aytdilar: «Xurosonga borib, Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib, sizga hadya olib keldim, deb shu hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim ulovlariga minib, bozorga borib, ushbu duoni aytdilar-da, so‘ngra u yerdan ko‘zg‘oldilar». Imom Xrkim Buraydadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorga kirsalar: «Bismillohi, Allohumma inniy as'aluka xoyra hazihis suqi va xoyra ma fiyha va au’zu bika min sharriha va shari ma fiyha. Allohumma inniy au’zu bika an usiyba fiyha yamiynan fajira av safqatan xosira», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sendan bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Va bu bozorning yomonidan hamda undagi yomonlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Allohim, Sening noming ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar keltiruvchi bitimdan panoh so‘rayman».) 269-bob Kishi biror ayolga uylanganda yoki biror narsa sotib olganda yo shariat yaxshi sanaydigan biror ish qilganda «To‘g‘ri qilibsan» yoki «Yaxshi qilibsan» deb aytishning mahbubligi haqida 782/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Jobir, uylandingmi?» deganlarida, men: «Ha», dedim. «Qiz bolami yoki juvon?» deganlarida, men: «Juvon, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Qiz bolaga uylanmaysanmi? U sen bilan va sen u bilan o‘ynashar eding yoki u sen bilan va sen u bilan kulishar eding», dedilar. So‘ngra men: «Abdulloh, ya’ni otam vafot etganlarida, to‘kqizta (yoki yettita - roviy shak qildilar) qiz qoldi. Men u qizlar tenggi qizga uylanishni karih ko‘rdim. Va ularga qarab, parvarish etishi uchun juvonga uylanishni yaxshi ko‘rdim», desam, u zot: «To‘g‘ri qilibsan», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 270-bob Oynaga qaraganda aytiladigan zikrlar 783/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar oynaga qarasalar, «Alhamdu lillahi, Allohumma kama hassanta xolqiy fahassin xuluqiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, yaratilishimni yaxshi qilganingdek, xulqimni ham yaxshi qilgin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 211 784/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yuzlarini oynaga qaratsalar, «Alhamdu lillahillaziy savva xolqiy fa’addalahu va karrama surata vajhiy fahassanaha va ja’alaniy minal muslimiyn», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yaratilishimni mutanosib qilgan va ko‘rinishimni mukarram va chiroyli etgan hamda musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 271-bob Qon oldirganda aytiladigan zikrlar 785/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qon oldirayotgan paytda «Oyatal kursi»ni o‘qisa, o‘sha oldirayotgan qoni manfaatli bo‘ladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 272-bob Quloq g‘ing‘illaganda aytiladigan zikrlar 786/1. Rasululloh mavlolari Abu Rofe’dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning qulogi gingillasa, meni eslasin va menga salovot aytib, «Zakarallohu bixoyrin man zakaraniy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Meni eslagan kishini Alloh yaxshilik ila eslasin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 273-bob Oyoq uvishganda aytiladigan zikrlar 787/1. Haysam ibn Hinshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlarida edik. U zotning oyoqlari uvishib qoldi. Shunda bir kishi: «Sizga mahbub bo‘lgan kishini eslang», dedi. U zot: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam», deb eslaganlarida, go‘yoki oyokdarini tirishishdan xalos bo‘lgandek his qildilar». Ibn Sunniy rivoyatlari. 788/2. Mujohiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishining oyog‘i Ibn Abbos (r.a.) huzurlarida uvishib qoldi. Ibn Abbos u kishiga qarata, «Uzingga mahbub bo‘lgan kishini esla», deganlarida, u kishi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi. Shunda undagi uvishish ketdi. Ibn Sunniy rivoyatlari. Imom Buxoriy «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan shayxlardan biri Ibrohim ibn Munzir al- Huzomiyning aytishlaricha, Madina ahli Abulatohiyaning quyidagi baytidan ajablanishadi: Ba’zi paytlarda oyoqlar uvishsa, bas, Ey Utba, deyilmasa, uvishish ketmas. 274-bob Musulmonlarga yoki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilish joizligi haqida Bilingki, bu bob juda kengdir. Bunga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Ummatning salafi va xalaflari ham buni qilib kelishgan. Alloh taolo Qur’oni karimda ko‘p o‘rinlarda anbiyolar kofirlarni duoibad qilganlarining xabarini bergan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling