Al-buxoriy universiteti


Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi


Download 11.08 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi11.08 Kb.
#1540270
1   2   3
Bog'liq
Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi

2. Shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatkich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o’rgangan bo’lib, shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi haqida ma’lumotlarni, fikr va qarashlar haqida ma’lumotlarni keltiramiz. Psixologlardan A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning ijtimoiy(sotsial)-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, yetuklikka intilish g’oyasi mavjudligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. 
A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan farqli o’laroq u shaxs shakllanishining prosotsial va asotsial bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab:
  • uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya);
  • o’smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya)
  • uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

  • A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi. - ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgach; - bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha; - kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha; - o’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha; - yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.

Jahon psixologiyasida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha qarashlar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga hos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik kabilarni kiritish mumkin.

Download 11.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling