Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!"
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Besh vaqt namoz bobi hadislari
- "(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak- shubhasiz, men musulmonlardandirman", degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor"
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" (Fofir, 14) deb aytgan. Bu xususdagi ilm uch turlidir: – sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi; – tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi sabablaridandir; – shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq. Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan: – qalbni adovat, hasad va aldovdan pok qilish; – badanni gunohlardan poklash; – a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish. Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan: – uning asli halol bo‘lmog‘i; – najosatdan pok bo‘lmog‘i; – sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 174 Vaqtni ushlash uch narsada: – vaqtni aniqlash uchun quyosh va oy-yulduzlarga qaramoq; – azonni eshitmoq; – qalbning vaqtni o‘ylab, fikr qilib turmog‘i. Qiblaga yuzlanmoqning to‘kisligidagi uch narsa: – yuz bilan qiblaga yuzlanish; – qalb bilan Allohga yuzlanish; – qo‘rqqan, xokisor holatda bo‘lish. Niyatning to‘kisligi uch narsada: – qaysi namozni o‘qiyotganini bilish; – Allohning oldida turganini va Uning ko‘rib turishini bilib, qo‘rqish; – Alloh bandaning qalbida nima borligidan xabardor ekanini bilish. Takbirning to‘kis bo‘lishligi uch narsa bilan: – jazm qilgan holda to‘g‘ri takbir aytish; – ikki qo‘lini qulog‘i barobar ko‘tarish; – qalbini hozir qilgan holda ta’zim bilan takbir aytmog‘i. Qiyomning tom bo‘lishi uch narsada: – ko‘zni sajda o‘rniga qadamoq; – qalbni Allohga qilmoq; – o‘nga-chapga burilmaslik. Qiroatning tom bo‘lishi uch narsa bilan: – Fotiha surasini to‘g‘ri o‘qimoq; – uning ma’nolarini fikr etmoq; – o‘qiganiga amal qilmoq. Ruku’ni to‘kis bo‘lishi uch narsa bilan: – belni tekis qo‘ymoq, past qilib yoki ko‘tarib yubormaslik; – ikki qo‘lni ikki tizzaga qo‘ymoq, barmoqlar orasini yoymoq; – ruku’da xotirjam turish, tasbehlarni viqor bilan aytmoq. Sajdaning tom bo‘lishi uch narsa bilan: – ikki qo‘lni qulog‘i ro‘parasiga qo‘ymog‘i; – bilaklarni yoyib yubormaslik; – sajdada xotirjam bo‘lmoq va ta’zim bilan tasbehlarni aytmoq. Oxirgi qa’daning to‘kisligi uch narsa bilan: – chapini qadab, o‘ng oyoqda o‘tirmoq; – tashahhudni ta’zim bilan o‘qimoq, o‘zining haqqiga, musulmonlar haqqiga chiroyli duo qilmoq; – salomni to‘la bermoq. Salomning to‘kis bo‘lishi qalbda niyatning to‘g‘ri bo‘lishi bilandir. Salom o‘ng va chap tomondagi maloikalar, erkaklar va ayollarga beriladi, qayrilganda ko‘z yelkada bo‘ladi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 175 Ixlos uch narsa bilan mukammaldir: – namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas; – tavfiqni Allohdan deb bilmoq; – namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab borish zarur. Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va "Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi. Uning ma’nosi – Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va tabarokasmuka" – isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" – azamating va qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" – Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi. Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan, uning fitnasidan panoh so‘raydi. "Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" – eng avval, oldin ham, keyin ham undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" – hamma xalqiga shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" – faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi. Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga rahmat qilsang. Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim" deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa, uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi – "bizni bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi. So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi – "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi. "Attahiyyatu lillahi" – mulk, hamd va sano Alloh uchun. Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi. Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi". Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" – Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 176 berish ham yakka Alloh uchun. Keyin "as-salamu alayka ayyuhan nabiyyu" deydi, ya’ni, ey Muhammad, sizga salom bo‘lsin, Rabbingizning risolatini yetkazdingiz va ummatingizga nasihat qildingiz; "va rahmatullohi", ya’ni, Allohning roziligi siz uchun vojibdir; "va barokatuhu", ya’ni, sizga va ahlingizga Allohdan barakotlar bo‘lsin; "as-salamu alayna va ‘ala ibadillahis-solihin", ya’ni, bizlarga, bizdan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar va siddiqlarga hamda ularning yo‘llarini qiyomat kunigacha ushlaganlarga Allohning mag‘firati bo‘lsin; "ashhadu al-laa ilaha illalloh", ya’ni, osmon va yerda undan boshqa ma’bud yo‘q; "va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu" – Payg‘ambarlarning oxirgisi va pokdomoni, barcha yaratilganlarning eng yaxshisi, deb guvohlik beraman. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qiydi. O‘zi va mo‘minlar uchun duo qiladi. Keyin o‘ng va chap tomoniga salom beradi. Sizlar masjiddan chiqqanimdan keyin xiyonatimdan, yomonligimdan omon, salomat bo‘lgan mo‘min birodarimsizlar, degan ma’noda o‘ng va chap tomonga salom beriladi. 386. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz o‘quvchi uchun uch karomat bor: yaxshilik uning boshiga osmon bulutlaridan sepiladi, maloikalar uni qadamidan to osmon bulutlarigacha o‘rab olishadi, farishta, banda kim najot topishini bilsa edi, namozdan hech ham chiqmas edi, deb nido qiladi. Bu karomatlarning hammasi namoz o‘quvchilar uchundir". Namozxon namozining qadrini bilmog‘i va unga bergan narsalari hamda bu ishga muvaffaq qilib qo‘ygani uchun Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim. Qatodadan rivoyat qilinadi: Doniyol alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini sifatladilar. Aytdilarki: "Ular o‘qigan namozlarni agar Nuh qavmi o‘qiganida edi, daryoga g‘arq bo‘lmasdi. Agar Od qavmi o‘qiganida, tug‘mas shamol ustlariga yuborilmas edi. Agar Samud qavmi o‘qiganida, ularni chaqmoq olib ketmas edi". Keyin Qatoda aytdilar: "Sizlar namozni o‘zlaringizga vojib qilib olingizlar, chunki u mo‘minlar uchun yaxshi xulqdir". 387. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim rahm ko‘rgan ummatdir. Alloh ixloslari, duolari, namozlari va zaiflari sabab ulardan balolarni daf qiladi". _______________ Besh vaqt namoz bobi hadislari 365-hadis. Sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. 366-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. 367-hadis. Sahih. Ahmad, Bazzor rivoyat qilgan. 368-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 369-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 370-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 371-hadis. Zaif. Tayolisiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. Roviy Ahvas ibn Hokimning xotirasi zaif. 372-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 373-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. Muslim ham shunga o‘xshashini keltirgan. 374-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 375-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 177 376-hadis. Sahih. Molik “Muvatto”da keltirgan. 377-hadis. Zaif. Unda uzilish bor. 378-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 378/1-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Qazoiy rivoyat qilgan. 379-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan. 380-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 381-hadis. Mavzu’. “Az-zaifa”ga qarang. 382-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 383-hadis. Muttafaqun alayh. 384-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 385-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 386-hadis.Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 387-hadis. Zaif. Munqote’, ham roviylaridan ikkitasi zaif. O‘TTIZ IKKINCHI BOB AZON VA TAKBIR FAZILATI 388. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Salama ibn Ziror Shom ahllaridan biridan rivoyat qildilar: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: "Menga bir amal o‘rgating, men u bilan jannatga kirsam", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qavminga muazzin bo‘lgin. Ular namozlarini sen bilan jam qiladilar". "Ey Allohning elchisi, agar toqatim yetmasa-chi?" dedi u. Aytdilar: "Qavmingga imom bo‘lgin, qavm sen bilan namozlarini ado qiladi". "Agar toqatim yetmasa-chi?" deb so‘radi yana u. Aytdilar: "Birinchi safni mahkam tut". Rivoyat. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak- shubhasiz, men musulmonlardandirman", degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor"? (Fussilot, 33) oyati muazzinlar haqida tushgandir". 389. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muazzinning gunohi ovozining uzunligi qadar kechiriladi. Unga u bilan birga namoz o‘qiganlarning savobi kamaytirilmasdan yoziladi". 390. Abu Vaqqos (r.a.) Xavla binti Hakim Salmiyyadan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kasal kasallik paytida Allohning mehmonidir. Unga har kun yetmishta shahidning amali ko‘tariladi. Kasalidan tuzalsa, uni onadan tug‘ilgandek gunohlardan (pok holda) chiqaradi. Agar unga o‘lim kelsa, hisob-kitobsiz jannatga kiritadi. Muazzin Alloh taoloning hojibidir (ya’ni, eshik og‘asi). Unga har bir azoni uchun mingta payg‘ambarning savobi beriladi. Imom Allohning vaziridir. Har bir o‘qib bergan namoziga mingta siddiqning savobini beradi. Olim Allohning vakilidir. Har bir gapiga qiyomat kunida nur beradi va har so‘ziga ming yillik ibodatni yozadi. Ilm oluvchi erkak-ayollar Allohning xizmatchilaridir. Ularning mukofotlari jannatdir". Faqih aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Muazzin Alloh taoloning hojibidir", degan so‘zlari ramziydir. Ya’ni, eshik og‘asiga o‘xshab odamlarga podshohning ruxsat vaqti bo‘lganini bildiradi, muazzin ham ibodat vaqti yetganida, odamlarga izn beradi. Shuningdek, "Allohning vaziri", deganlari – odamlar uning namoziga ergashadilar va namozlari uning namozi bilan to‘kis bo‘ladi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 178 391. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim yetti yil azon aytsa, Alloh uni do‘zaxning yetti darajasidan ozod qiladi, faqat niyatini yaxshilagandan so‘ng". 392. Ato ibn Yosar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: "Muazzinning gunohi ovozi uzunligi qadar kechiriladi va uni ho‘l-u quruq – hammasi tasdiqlaydi". 393. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Agar bu vodiyda turib azon aytsang, ovozingni baland qil, chunki men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Muazzinning keng ovozini eshitgan daraxtlar, xarsanglar, mayda toshlar, insonlar, jinlar qiyomat kunida Allohning huzurida uning uchun shohidlik berishadi!" deganlarini eshitganman". 394. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Alloh taolo qiyomat kunida jannat tuyalaridan birining ustida Bilolni jo‘natadi va u tuyaning ustida turib azon aytadi. "Ashhadu al-laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadar- rosululloh", desa, odamlar bir-biriga qarab, siz guvohlik bergan narsaga biz ham guvohlik beramiz, deyishadi. So‘ng, mahshargohga ketishadi, mahshargohga yetganlarida jannat ridosi keltiriladi. Birinchi bo‘lib kiydiriladiganlar Bilol va solih muazzinlardir". 395. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzun odamlardir. Albatta, qiyomatda birinchi hukmi chiqadiganlar payg‘ambarlar, ulardan keyin shahidlar va muazzinlardir. Avval Ka’batullohning va Baytul-Maqdisning muazzinlari chaqiriladi, keyin boshqa muazzinlar". Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar muazzin bo‘lganimda, g‘azotga chiqmaganimga parvo qilmasdim". Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Muazzin bo‘lganimda farz hajni qilganimdan keyin haj va umra qilolmasam, o‘kinmasdim". Ali ibn Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaniydi azon aytishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Hasan va Husaynlar uchun so‘rab olgan bo‘lganimda, shundan boshqa narsaga afsus qilmayman". 396. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Qaysi shaharda muazzinlar ko‘paysa, u yerda sovuq kamayadi". 397. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar muazzinlar azon aytsalar, shayton qochib, Ravho’gacha boradi" (Ravho’ Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi joy). Faqih aytadilar: Muazzin muazzinlar fazilatiga yetishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir. 1. Namoz vaqtlarini bilmog‘i va unga rioya qilmog‘i. 2. Halqumini saqlamog‘i. Halqumi uchun azonni kechiktirmasligi. 3. U yo‘qligida o‘rniga boshqa kishi azon aytsa, unga g‘azab qilmasligi. 4. Azonni yaxshi aytmog‘i. 5. Savobini Allohdan so‘ramog‘i, odamlarga minnat qilmasligi. 6. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmog‘i va haqiqatni boyga ham, kambag‘alga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 179 ham teng aytmog‘i. 7. Imomni qavmga malol kelmaydigan darajada kutmog‘i. 8. Masjidda uning joyini olgan kishiga g‘azab qilmasligi. 9. Azon va takbir orasidagi namozni uzun o‘qimasligi. 10. Masjidning tozaligiga e’tibor berib, har xil ifloslardan poklab yurmog‘i va kichkina bolalarni chetga olmog‘i. Imom ham o‘zining va unga ergashganlarning namozi to‘kis bo‘lishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir: 1. Allohning kitobini to‘g‘ri o‘qimog‘i. 2. Takbirlari sahih va jazmli bo‘lmog‘i. 3. Ruku’ va sajdasi to‘kis bo‘lmog‘i. 4. Nafsini shubha va haromdan saqlamog‘i. 5. Kiyimini va badanini najosatdan pok tutmog‘i. 6. Qiroatni qisqa qilmog‘i, agar uzaytirsa, qavmning roziligi bilan uzaytirmog‘i. 7. O‘ziga ajablanmasligi, ya’ni, manmanlikka berilmasligi. 8. Allohdan jamiki gunohlarining mag‘firatini so‘ramaguncha namozga kirmasligi, chunki u orqasidagilarga shafe’dir. 9. Salom bergach, duoni faqat xos o‘zi uchun qilmasligi, agar shunday qilsa, qavmga xiyonat etgan bo‘ladi. 10. Agar masjidiga g‘arib kishi tushsa, uning ehtiyojlarini so‘ramog‘i. 398. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh kishiga jannatning kafolatini beraman. Eriga itoat qiladigan soliha xotin, ota-onasiga itoatli farzand, Makka safarida vafot etgan kishi, yaxshi xulq egasi, masjidda imon bilan savob umidida azon aytgan kishi". 399. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Imom – kafil, muazzin – omonatdor. Ey Parvardigor, imomlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin va muazzinlarning gunohlarini kechirgin". Faqih aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinni "omonatdor" deb nomladilar. Chunki odamlar unga ro‘zalarini, namozlarini omonat topshiradilar. Musulmonlarning muazzin ustidagi xaqqi bomdod namoziga bomdod kirmasdan oldin azon aytmasligidir. Chunki ular namozlarida va saharliklarida shubhaga tushib qoladilar. Yana odamlar iftorliklarda shubhaga tushmasligi uchun quyosh botmaguncha shom namoziga azon aytmasligi kerak. Mana shu jihatlarda u "omonatdor" holatdadir. Imom esa, kafil, deyildi chunki u qavmning namoziga kafil bo‘ladi. Qavmning namozi uning namozi bilan yo fosid bo‘ladi va yo sahih. 400. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Uch toifa qiyomat kunida mushkdan bo‘lgan tepalikda turadi. Ularni hisob qo‘rqitmaydi va katta qo‘rqinchlar xafa qilmaydi. Qavmga imomlik qilgan va qavm undan rozi bo‘lgan kishi; Allohning roziligi uchun besh vaqt namozga azon aytgan kishi; Parvardigoriga va xo‘jayiniga itoat qilgan qul". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 180 401. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmon kishi musulmonning uyiga faqat uning ruxsati bilan kirishi haloldir. Agar qarasa, xarob qilibdi va xarob qilsa, ahdni buzibdi. Musulmonga hojati tang qilib turgan paytda, bo‘shanmaguncha namoz o‘qimog‘i halol emas. Musulmon kishiga qavmning ruxsatisiz imomlik qilmog‘i halol emas, agar imomlik qilsa, qavmning namozi qabul bo‘lib, uniki marduddir. Imom o‘zigagina duo qilmaydi, agar qilsa, qavmga xiyonat qilgan bo‘ladi". 402. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar odamlar azonda va birinchi safda bo‘ladigan savobni bilganlarida edi, ikkovini qur’a tashlab talashardilar. Agar ular issiq vaqtdagi ibodat savobini bilganlarida edi, unda musobaqalashgan bo‘lardilar. Agar xufton va bomdod namoziga kelishning savobini bilganlarida edi, emaklab bo‘lsa ham kelardilar". 403. Zahhok aytadilar: "Abdulloh ibn Zayd azonni tushida ko‘rdi va Bilolga o‘rgatdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga tepaga chiqib azon aytishni buyurdilar. Azonni boshlaganida Madinada qattiq larza eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bu larza nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va rasuli biladi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bilolning azoni sabab Rabbingiz osmon eshiklariga buyurdi, arshgacha bo‘lgan darvozalar ochildi". Abu Bakr so‘radilarki: "Bu hol Bilolning o‘ziga xosmi yoki hamma mo‘minlargami?" Aytdilar: "Mo‘minlarning hammasi uchun. Albatta, muazzinlarning ruhi shahidlarning ruhi bilan birgadir. Qiyomat kunida chaqiruvchi: "Muazzinlar qaerda?" deb nido qiladi va ular kofur va mushkdan* bo‘lgan tepalikda qoim bo‘ladilar". 404. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Besh toifaning namozi namoz emas: Eriga g‘azabli xotinning; xo‘jayinidan qochib ketgan qulning, to qaytgunicha; birodaridan uch kundan ko‘p arazlashgan kishining; doimiy aroq ichuvchining; odamlar yomon ko‘rsa-da, imomlik qilaveradigan kishining". Faqih aytadilar: Odamlarning yomon ko‘rishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, agar jamoatda undan boshqasi yoki ilmlirog‘i bo‘la turib, namozni fosid qilgani yoki xato qiroat qilgani uchun yomon ko‘rsalar, shu yomon ko‘rishlari haqiqiy yomon ko‘rishdir. Bu holda imomning qavmga imomlik qilishi makruhdir. Agar qavmning yomon ko‘rishi uning qilayotgan amru ma’rufi tufayli yoki hasad sababli bo‘lsa va jamoatda undan bilimliroq bo‘lmasa, odamlarni yomon ko‘rishlari botildir va imom imomligini qilaveradi, gaplariga e’tibor bermaydi. 405. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Haq olmasdan azon aytuvchilar qiyomat kunida qabrlaridan azon aytgan hollarida chiqadi. Haq olmaydigan muazzinning ovozini eshitgan hamma narsa – tosh, daraxt, ho‘l-u quruq – hammasi guvohlik beradi. Uni Alloh taolo ovozi yetgan darajada mag‘firat qiladi va unga azoniga kelib namoz o‘qiganlar adadicha savob yozadi. Alloh takbir va azon orasida so‘ragan narsasini beradi. Uni yo dunyoda beradi, yoki oxiratga zaxira qilib qo‘yadi, yoxud undan yomonlikni ketkazadi. Qiyomat kunida jannat kiyimi birinchi bo‘lib Ibrohimga (a.s.), keyin Muhammadga (a.s.) kiygiziladi. (Boshqa bir rivoyatda avval Muhammad (a.s.), keyin Ibrohimga (a.s.), keyin rasullar va nabiylarga (alayhissolatu vassalom) deyilgan). Keyin savob umidida azon aytgan muazzinlarga. Ularni maloikalar qizil yoqut bilan bezatilgan ulovlarda ko‘tib oladilar. Keyin ulardan har Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 181 bir kishini yetmish ming farishta qabridan mahshargohgacha kuzatib boradi". Ibn Abbos aytadilar: "Alloh taolo uch kishini qabr azobidan saqlaydi: Muazzinni, shahidni va jum’a kuni yoki jum’a kechasida vafot etgan kishini". Abdul A’lo Taymiy aytadilar: "Uch kishi odamlar hisobdan forig‘ bo‘lguncha mushkdan bo‘lgan tepalik ustida turadi: Allohning rizoligini istab imomlik qilgan kishi; Allohning rizoligini istab Qur’on o‘qigan qori; azonni Allohning roziligi uchun aytgan muazzin". 406. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Kim muazzin aytganidek aytsa, unga ham muazzinniki kabi ajr yoziladi". 407. Xabarda rivoyat qilinishicha, muazzin "Allohu akbar" desa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham takrorlardilar. Shuningdek, ikki shahodat kalimasini ham. "Hayya alas-solah" va "Hayya alal-falah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil- azim", derdilar. Faqih aytadilarki: "Banda azonni eshitsa, uni tinglamog‘i, hurmat qilmog‘i va muazzin aytganlarini takrorlamog‘i lozim. Agar "Hayya alas-solah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil-aliyyil-azim", deydi. "Hayya alal-falah", desa, "ma-a sha Allohu kana", deydi. Shuningdek, azonning ma’nosini va tafsirini bilmog‘i lozim. Chunki har bir kalimaning zohiriy va botiniy ma’nosi bordir. "Allohu akbar, Allohu akbar" deganining zohiriy tafsiri Alloh buyukdir, ulug‘dir. "Ashhadu alla-a ilaha illalloh"ning tafsiri – Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik beraman. Uning ma’nosi esa, Alloh sizlarga buyurgan ishga ergashinglar, degani. Chunki sizlarga Allohdan boshqa hech kim foyda bermaydi va hech kim Uning azobidan najot bera olmaydi. "Ashhadu anna Muhammadar rosululloh"ning tafsiri, guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi, deganidir. Ya’ni, u kishini Alloh sizlarga yubordi, unga imon keltirmoqlaringiz va tasdiqlamoqlaringiz uchun. Jamoat bilan qoim qilmoqqa buyurdi, buyurganiga ergashinglar. "Hayya alas solah"ning tafsiri – namozni ado qilishga shoshilinglar. Ma’nosi – namoz vaqti keldi, uni kechiktirmanglar, vaqtida jamoat bilan o‘qinglar. "Hayya alal-falah"ning tafsiri – najotga va saodatga shoshilinglar. Ma’nosi – albatta, Alloh taolo namozni najot va saodat topishlaringizga sabab qildi, uni ado etinglar va Allohning azobidan najot topinglar. "Allohu akbar"ning tafsiri – Alloh ulug‘dir, ma’nosi – u buyurgan amallar vojibdir. U amallarni kechiktirmanglar. "La-a ilaha illalloh"ning tafsiri – bilinglar, U birdir, Uning sherigi yo‘qdir, ma’nosi – namozlaringizda Alloh roziligi uchun ixlos qilingizlar. ________________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling