Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!"


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" (Fofir, 14) deb 
aytgan. 
 
Bu xususdagi ilm uch turlidir: 
sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi; 
– tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi 
sabablaridandir; 
– shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq. 
 
Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan: 
– qalbni adovat, hasad va aldovdan pok qilish; 
– badanni gunohlardan poklash; 
– a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish. 
 
Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan: 
– uning asli halol bo‘lmog‘i; 
– najosatdan pok bo‘lmog‘i; 
– sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
 
Vaqtni ushlash uch narsada: 
– vaqtni aniqlash uchun quyosh va oy-yulduzlarga qaramoq; 
– azonni eshitmoq; 
– qalbning vaqtni o‘ylab, fikr qilib turmog‘i. 
 
Qiblaga yuzlanmoqning to‘kisligidagi uch narsa: 
– yuz bilan qiblaga yuzlanish; 
– qalb bilan Allohga yuzlanish; 
– qo‘rqqan, xokisor holatda bo‘lish. 
 
Niyatning to‘kisligi uch narsada: 
– qaysi namozni o‘qiyotganini bilish; 
– Allohning oldida turganini va Uning ko‘rib turishini bilib, qo‘rqish; 
– Alloh bandaning qalbida nima borligidan xabardor ekanini bilish. 
 
Takbirning to‘kis bo‘lishligi uch narsa bilan: 
– jazm qilgan holda to‘g‘ri takbir aytish; 
– ikki qo‘lini qulog‘i barobar ko‘tarish; 
– qalbini hozir qilgan holda ta’zim bilan takbir aytmog‘i. 
 
Qiyomning tom bo‘lishi uch narsada: 
– ko‘zni sajda o‘rniga qadamoq; 
– qalbni Allohga qilmoq; 
– o‘nga-chapga burilmaslik. 
 
Qiroatning tom bo‘lishi uch narsa bilan: 
– Fotiha surasini to‘g‘ri o‘qimoq; 
– uning ma’nolarini fikr etmoq; 
– o‘qiganiga amal qilmoq. 
 
Ruku’ni to‘kis bo‘lishi uch narsa bilan: 
– belni tekis qo‘ymoq, past qilib yoki ko‘tarib yubormaslik; 
– ikki qo‘lni ikki tizzaga qo‘ymoq, barmoqlar orasini yoymoq; 
– ruku’da xotirjam turish, tasbehlarni viqor bilan aytmoq. 
 
Sajdaning tom bo‘lishi uch narsa bilan: 
– ikki qo‘lni qulog‘i ro‘parasiga qo‘ymog‘i; 
– bilaklarni yoyib yubormaslik; 
– sajdada xotirjam bo‘lmoq va ta’zim bilan tasbehlarni aytmoq. 
 
Oxirgi qa’daning to‘kisligi uch narsa bilan: 
– chapini qadab, o‘ng oyoqda o‘tirmoq; 
– tashahhudni ta’zim bilan o‘qimoq, o‘zining haqqiga, musulmonlar haqqiga chiroyli duo 
qilmoq; 
– salomni to‘la bermoq. 
    
Salomning to‘kis bo‘lishi qalbda niyatning to‘g‘ri bo‘lishi bilandir. Salom o‘ng va chap 
tomondagi maloikalar, erkaklar va ayollarga beriladi, qayrilganda ko‘z yelkada bo‘ladi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
Ixlos uch narsa bilan mukammaldir: 
– namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas
– tavfiqni Allohdan deb bilmoq; 
– namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir 
yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab 
borish zarur. 
 
Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda 
amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va 
"Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi 
va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har 
qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi. 
Uning ma’nosi – Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va 
tabarokasmuka" – isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" – azamating va 
qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" – Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq 
beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi. 
 
Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan, 
uning fitnasidan panoh so‘raydi. 
"Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" – eng avval, oldin ham, keyin ham 
undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" – hamma xalqiga 
shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" – faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi. 
 
Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular 
yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan 
Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey 
Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va 
Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga 
rahmat qilsang. 
 
Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim" 
deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa, 
uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi – "bizni 
bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning 
ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey 
Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar 
menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating 
oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi. 
 
So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi – "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy 
hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi. 
"Attahiyyatu lillahi" – mulk, hamd va sano Alloh uchun. 
    
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi. 
Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh 
uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi". 
 
Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat 
Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" – Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
berish ham yakka Alloh uchun. 
 
Keyin "as-salamu alayka ayyuhan nabiyyu" deydi, ya’ni, ey Muhammad, sizga salom 
bo‘lsin, Rabbingizning risolatini yetkazdingiz va ummatingizga nasihat qildingiz; "va 
rahmatullohi", ya’ni, Allohning roziligi siz uchun vojibdir; "va barokatuhu", ya’ni, sizga 
va ahlingizga Allohdan barakotlar bo‘lsin; "as-salamu alayna va ‘ala ibadillahis-solihin", 
ya’ni, bizlarga, bizdan oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar va siddiqlarga hamda ularning 
yo‘llarini qiyomat kunigacha ushlaganlarga Allohning mag‘firati bo‘lsin; "ashhadu al-laa 
ilaha illalloh", ya’ni, osmon va yerda undan boshqa ma’bud yo‘q; "va ashhadu anna 
Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu" – Payg‘ambarlarning oxirgisi va pokdomoni, barcha 
yaratilganlarning eng yaxshisi, deb guvohlik beraman. 
 
Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qiydi. O‘zi va mo‘minlar uchun 
duo qiladi. Keyin o‘ng va chap tomoniga salom beradi. 
 
Sizlar masjiddan chiqqanimdan keyin xiyonatimdan, yomonligimdan omon, salomat 
bo‘lgan mo‘min birodarimsizlar, degan ma’noda o‘ng va chap tomonga salom beriladi. 
 
386. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Namoz o‘quvchi uchun uch karomat bor: yaxshilik uning boshiga osmon bulutlaridan 
sepiladi, maloikalar uni qadamidan to osmon bulutlarigacha o‘rab olishadi, farishta, 
banda kim najot topishini bilsa edi, namozdan hech ham chiqmas edi, deb nido qiladi. 
Bu karomatlarning hammasi namoz o‘quvchilar uchundir". 
 
Namozxon namozining qadrini bilmog‘i va unga bergan narsalari hamda bu ishga 
muvaffaq qilib qo‘ygani uchun Alloh taologa hamd aytmog‘i lozim. 
 
Qatodadan rivoyat qilinadi: Doniyol alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamning ummatlarini sifatladilar. Aytdilarki: "Ular o‘qigan namozlarni agar Nuh 
qavmi o‘qiganida edi, daryoga g‘arq bo‘lmasdi. Agar Od qavmi o‘qiganida, tug‘mas 
shamol ustlariga yuborilmas edi. Agar Samud qavmi o‘qiganida, ularni chaqmoq olib 
ketmas edi". 
 
Keyin Qatoda aytdilar: "Sizlar namozni o‘zlaringizga vojib qilib olingizlar, chunki u 
mo‘minlar uchun yaxshi xulqdir". 
 
387. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim rahm ko‘rgan 
ummatdir. Alloh ixloslari, duolari, namozlari va zaiflari sabab ulardan balolarni daf 
qiladi". 
 
_______________ 
Besh vaqt namoz bobi hadislari 
 
365-hadis. Sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. 
366-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. 
367-hadis. Sahih. Ahmad, Bazzor rivoyat qilgan. 
368-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
369-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
370-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 
371-hadis. Zaif. Tayolisiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. Roviy Ahvas ibn Hokimning xotirasi zaif. 
372-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 
373-hadis. Sahih. Buxoriy rivoyat qilgan. Muslim ham shunga o‘xshashini keltirgan. 
374-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 
375-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
376-hadis. Sahih. Molik “Muvatto”da keltirgan. 
377-hadis. Zaif. Unda uzilish bor.  
378-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga qarang. 
378/1-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Qazoiy rivoyat qilgan. 
379-hadis. Hasan. Ahmad rivoyat qilgan. 
380-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
381-hadis. Mavzu’. “Az-zaifa”ga qarang. 
382-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
383-hadis. Muttafaqun alayh. 
384-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
385-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
386-hadis.Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
387-hadis. Zaif. Munqote’, ham roviylaridan ikkitasi zaif.
 
 
 
O‘TTIZ IKKINCHI BOB 
AZON VA TAKBIR FAZILATI 
 
388. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Salama ibn Ziror Shom ahllaridan biridan 
rivoyat qildilar: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: "Menga 
bir amal o‘rgating, men u bilan jannatga kirsam", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Qavminga muazzin bo‘lgin. Ular namozlarini sen bilan jam qiladilar". 
"Ey Allohning elchisi, agar toqatim yetmasa-chi?" dedi u. Aytdilar: "Qavmingga imom 
bo‘lgin, qavm sen bilan namozlarini ado qiladi". "Agar toqatim yetmasa-chi?" deb so‘radi 
yana u. Aytdilar: "Birinchi safni mahkam tut". 
 
Rivoyat. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: 
"(Odamlarni) Allohga da’vat etgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, "Shak-
shubhasiz, men musulmonlardandirman", degan kishidan ham chiroyliroq 
so‘zlaguvchi kim bor"? (Fussilot, 33) oyati muazzinlar haqida tushgandir". 
 
389. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Muazzinning gunohi ovozining uzunligi qadar kechiriladi. Unga u bilan birga 
namoz o‘qiganlarning savobi kamaytirilmasdan yoziladi". 
 
390. Abu Vaqqos (r.a.) Xavla binti Hakim Salmiyyadan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kasal kasallik paytida Allohning mehmonidir. Unga 
har kun yetmishta shahidning amali ko‘tariladi. Kasalidan tuzalsa, uni onadan 
tug‘ilgandek gunohlardan (pok holda) chiqaradi. Agar unga o‘lim kelsa, hisob-kitobsiz 
jannatga kiritadi. 
 
Muazzin Alloh taoloning hojibidir (ya’ni, eshik og‘asi). Unga har bir azoni uchun mingta 
payg‘ambarning savobi beriladi. Imom Allohning vaziridir. Har bir o‘qib bergan namoziga 
mingta siddiqning savobini beradi. Olim Allohning vakilidir. Har bir gapiga qiyomat 
kunida nur beradi va har so‘ziga ming yillik ibodatni yozadi. Ilm oluvchi erkak-ayollar 
Allohning xizmatchilaridir. Ularning mukofotlari jannatdir". 
 
Faqih aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Muazzin Alloh taoloning 
hojibidir", degan so‘zlari ramziydir. Ya’ni, eshik og‘asiga o‘xshab odamlarga podshohning 
ruxsat vaqti bo‘lganini bildiradi, muazzin ham ibodat vaqti yetganida, odamlarga izn 
beradi. Shuningdek, "Allohning vaziri", deganlari – odamlar uning namoziga ergashadilar 
va namozlari uning namozi bilan to‘kis bo‘ladi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
391. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim yetti yil azon aytsa, Alloh uni 
do‘zaxning yetti darajasidan ozod qiladi, faqat niyatini yaxshilagandan so‘ng". 
 
392. Ato ibn Yosar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar: 
"Muazzinning gunohi ovozi uzunligi qadar kechiriladi va uni ho‘l-u quruq – hammasi 
tasdiqlaydi". 
 
393. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Agar bu vodiyda turib azon aytsang, ovozingni 
baland qil, chunki men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Muazzinning keng 
ovozini eshitgan daraxtlar, xarsanglar, mayda toshlar, insonlar, jinlar qiyomat kunida 
Allohning huzurida uning uchun shohidlik berishadi!" deganlarini eshitganman". 
 
394. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Alloh 
taolo qiyomat kunida jannat tuyalaridan birining ustida Bilolni jo‘natadi va u tuyaning 
ustida turib azon aytadi. "Ashhadu al-laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadar-
rosululloh", desa, odamlar bir-biriga qarab, siz guvohlik bergan narsaga biz ham 
guvohlik beramiz, deyishadi. So‘ng, mahshargohga ketishadi, mahshargohga 
yetganlarida jannat ridosi keltiriladi. Birinchi bo‘lib kiydiriladiganlar Bilol va solih 
muazzinlardir". 
 
395. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzun 
odamlardir. Albatta, qiyomatda birinchi hukmi chiqadiganlar payg‘ambarlar, ulardan 
keyin shahidlar va muazzinlardir. Avval Ka’batullohning va Baytul-Maqdisning 
muazzinlari chaqiriladi, keyin boshqa muazzinlar". 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar muazzin bo‘lganimda, g‘azotga chiqmaganimga parvo 
qilmasdim". 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Muazzin bo‘lganimda farz hajni qilganimdan keyin haj 
va umra qilolmasam, o‘kinmasdim". 
 
Ali ibn Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaniydi azon aytishni Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan Hasan va Husaynlar uchun so‘rab olgan bo‘lganimda, shundan boshqa 
narsaga afsus qilmayman". 
 
396. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Qaysi 
shaharda muazzinlar ko‘paysa, u yerda sovuq kamayadi". 
 
397. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Agar muazzinlar azon aytsalar, shayton qochib, Ravho’gacha boradi" (Ravho’ 
Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi joy). 
 
Faqih aytadilar: Muazzin muazzinlar fazilatiga yetishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir. 
1. Namoz vaqtlarini bilmog‘i va unga rioya qilmog‘i. 
2. Halqumini saqlamog‘i. Halqumi uchun azonni kechiktirmasligi. 
3. U yo‘qligida o‘rniga boshqa kishi azon aytsa, unga g‘azab qilmasligi. 
4. Azonni yaxshi aytmog‘i. 
5. Savobini Allohdan so‘ramog‘i, odamlarga minnat qilmasligi. 
6. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmog‘i va haqiqatni boyga ham, kambag‘alga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
ham teng aytmog‘i. 
7. Imomni qavmga malol kelmaydigan darajada kutmog‘i. 
8. Masjidda uning joyini olgan kishiga g‘azab qilmasligi. 
9. Azon va takbir orasidagi namozni uzun o‘qimasligi. 
10. Masjidning tozaligiga e’tibor berib, har xil ifloslardan poklab yurmog‘i va kichkina 
bolalarni chetga olmog‘i. 
 
Imom ham o‘zining va unga ergashganlarning namozi to‘kis bo‘lishi uchun o‘nta xislatga 
muhtojdir: 
1. Allohning kitobini to‘g‘ri o‘qimog‘i. 
2. Takbirlari sahih va jazmli bo‘lmog‘i. 
3. Ruku’ va sajdasi to‘kis bo‘lmog‘i. 
4. Nafsini shubha va haromdan saqlamog‘i. 
5. Kiyimini va badanini najosatdan pok tutmog‘i. 
6. Qiroatni qisqa qilmog‘i, agar uzaytirsa, qavmning roziligi bilan uzaytirmog‘i. 
7. O‘ziga ajablanmasligi, ya’ni, manmanlikka berilmasligi. 
8. Allohdan jamiki gunohlarining mag‘firatini so‘ramaguncha namozga kirmasligi, chunki 
u orqasidagilarga shafe’dir. 
9. Salom bergach, duoni faqat xos o‘zi uchun qilmasligi, agar shunday qilsa, qavmga 
xiyonat etgan bo‘ladi. 
10. Agar masjidiga g‘arib kishi tushsa, uning ehtiyojlarini so‘ramog‘i. 
 
398. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Besh kishiga jannatning kafolatini beraman. Eriga itoat qiladigan soliha xotin, 
ota-onasiga itoatli farzand, Makka safarida vafot etgan kishi, yaxshi xulq egasi, masjidda 
imon bilan savob umidida azon aytgan kishi". 
 
399. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Imom – kafil, muazzin – 
omonatdor. Ey Parvardigor, imomlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin va muazzinlarning 
gunohlarini kechirgin". 
 
Faqih aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinni "omonatdor" deb nomladilar. 
Chunki odamlar unga ro‘zalarini, namozlarini omonat topshiradilar. 
 
Musulmonlarning muazzin ustidagi xaqqi bomdod namoziga bomdod kirmasdan oldin 
azon aytmasligidir. Chunki ular namozlarida va saharliklarida shubhaga tushib qoladilar. 
Yana odamlar iftorliklarda shubhaga tushmasligi uchun quyosh botmaguncha shom 
namoziga azon aytmasligi kerak. Mana shu jihatlarda u "omonatdor" holatdadir. 
 
Imom esa, kafil, deyildi chunki u qavmning namoziga kafil bo‘ladi. Qavmning namozi 
uning namozi bilan yo fosid bo‘ladi va yo sahih. 
 
400. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Uch toifa 
qiyomat kunida mushkdan bo‘lgan tepalikda turadi. Ularni hisob qo‘rqitmaydi va katta 
qo‘rqinchlar xafa qilmaydi. Qavmga imomlik qilgan va qavm undan rozi bo‘lgan kishi; 
Allohning roziligi uchun besh vaqt namozga azon aytgan kishi; Parvardigoriga va 
xo‘jayiniga itoat qilgan qul". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
401. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Musulmon kishi musulmonning uyiga faqat uning ruxsati bilan kirishi haloldir. Agar 
qarasa, xarob qilibdi va xarob qilsa, ahdni buzibdi. Musulmonga hojati tang qilib turgan 
paytda, bo‘shanmaguncha namoz o‘qimog‘i halol emas. Musulmon kishiga qavmning 
ruxsatisiz imomlik qilmog‘i halol emas, agar imomlik qilsa, qavmning namozi qabul 
bo‘lib, uniki marduddir. Imom o‘zigagina duo qilmaydi, agar qilsa, qavmga xiyonat 
qilgan bo‘ladi". 
 
402. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar odamlar azonda va birinchi 
safda bo‘ladigan savobni bilganlarida edi, ikkovini qur’a tashlab talashardilar. Agar ular 
issiq vaqtdagi ibodat savobini bilganlarida edi, unda musobaqalashgan bo‘lardilar. Agar 
xufton va bomdod namoziga kelishning savobini bilganlarida edi, emaklab bo‘lsa ham 
kelardilar". 
 
403. Zahhok aytadilar: "Abdulloh ibn Zayd azonni tushida ko‘rdi va Bilolga o‘rgatdi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga tepaga chiqib azon aytishni buyurdilar. 
Azonni boshlaganida Madinada qattiq larza eshitildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: "Bu larza nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va rasuli biladi", deyishdi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bilolning azoni sabab Rabbingiz osmon 
eshiklariga buyurdi, arshgacha bo‘lgan darvozalar ochildi". Abu Bakr so‘radilarki: "Bu hol 
Bilolning o‘ziga xosmi yoki hamma mo‘minlargami?" Aytdilar: "Mo‘minlarning hammasi 
uchun. Albatta, muazzinlarning ruhi shahidlarning ruhi bilan birgadir. Qiyomat kunida 
chaqiruvchi: "Muazzinlar qaerda?" deb nido qiladi va ular kofur va mushkdan* bo‘lgan 
tepalikda qoim bo‘ladilar". 
 
404. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Besh toifaning namozi namoz 
emas: Eriga g‘azabli xotinning; xo‘jayinidan qochib ketgan qulning, to qaytgunicha; 
birodaridan uch kundan ko‘p arazlashgan kishining; doimiy aroq ichuvchining; odamlar 
yomon ko‘rsa-da, imomlik qilaveradigan kishining". 
 
Faqih aytadilar: Odamlarning yomon ko‘rishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, agar jamoatda 
undan boshqasi yoki ilmlirog‘i bo‘la turib, namozni fosid qilgani yoki xato qiroat qilgani 
uchun yomon ko‘rsalar, shu yomon ko‘rishlari haqiqiy yomon ko‘rishdir. Bu holda 
imomning qavmga imomlik qilishi makruhdir. Agar qavmning yomon ko‘rishi uning 
qilayotgan amru ma’rufi tufayli yoki hasad sababli bo‘lsa va jamoatda undan bilimliroq 
bo‘lmasa, odamlarni yomon ko‘rishlari botildir va imom imomligini qilaveradi, gaplariga 
e’tibor bermaydi. 
 
405. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Haq olmasdan azon aytuvchilar qiyomat kunida qabrlaridan azon 
aytgan hollarida chiqadi. Haq olmaydigan muazzinning ovozini eshitgan hamma narsa – 
tosh, daraxt, ho‘l-u quruq – hammasi guvohlik beradi. Uni Alloh taolo ovozi yetgan 
darajada mag‘firat qiladi va unga azoniga kelib namoz o‘qiganlar adadicha savob yozadi. 
Alloh takbir va azon orasida so‘ragan narsasini beradi. Uni yo dunyoda beradi, yoki 
oxiratga zaxira qilib qo‘yadi, yoxud undan yomonlikni ketkazadi. Qiyomat kunida jannat 
kiyimi birinchi bo‘lib Ibrohimga (a.s.), keyin Muhammadga (a.s.) kiygiziladi. (Boshqa bir 
rivoyatda avval Muhammad (a.s.), keyin Ibrohimga (a.s.), keyin rasullar va nabiylarga 
(alayhissolatu vassalom) deyilgan). Keyin savob umidida azon aytgan muazzinlarga. 
Ularni maloikalar qizil yoqut bilan bezatilgan ulovlarda ko‘tib oladilar. Keyin ulardan har 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
bir kishini yetmish ming farishta qabridan mahshargohgacha kuzatib boradi". 
 
Ibn Abbos aytadilar: "Alloh taolo uch kishini qabr azobidan saqlaydi: Muazzinni, shahidni 
va jum’a kuni yoki jum’a kechasida vafot etgan kishini". 
 
Abdul A’lo Taymiy aytadilar: "Uch kishi odamlar hisobdan forig‘ bo‘lguncha mushkdan 
bo‘lgan tepalik ustida turadi: Allohning rizoligini istab imomlik qilgan kishi; Allohning 
rizoligini istab Qur’on o‘qigan qori; azonni Allohning roziligi uchun aytgan muazzin". 
 
406. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Kim muazzin aytganidek aytsa, unga ham 
muazzinniki kabi ajr yoziladi". 
 
407. Xabarda rivoyat qilinishicha, muazzin "Allohu akbar" desa, Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam ham takrorlardilar. Shuningdek, ikki shahodat kalimasini ham. "Hayya 
alas-solah" va "Hayya alal-falah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil-
azim", derdilar.  
 
Faqih aytadilarki: "Banda azonni eshitsa, uni tinglamog‘i, hurmat qilmog‘i va muazzin 
aytganlarini takrorlamog‘i lozim. Agar "Hayya alas-solah", desa, "la-a havla va la-a 
quvvata illa billahil-aliyyil-azim", deydi. "Hayya alal-falah", desa, "ma-a sha Allohu 
kana", deydi. Shuningdek, azonning ma’nosini va tafsirini bilmog‘i lozim. Chunki har bir 
kalimaning zohiriy va botiniy ma’nosi bordir. "Allohu akbar, Allohu akbar" deganining 
zohiriy tafsiri Alloh buyukdir, ulug‘dir. "Ashhadu alla-a ilaha illalloh"ning tafsiri – 
Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik beraman. Uning ma’nosi esa, Alloh sizlarga 
buyurgan ishga ergashinglar, degani. Chunki sizlarga Allohdan boshqa hech kim foyda 
bermaydi va hech kim Uning azobidan najot bera olmaydi. "Ashhadu anna Muhammadar 
rosululloh"ning tafsiri, guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam 
Allohning elchisi, deganidir. Ya’ni, u kishini Alloh sizlarga yubordi, unga imon 
keltirmoqlaringiz va tasdiqlamoqlaringiz uchun. Jamoat bilan qoim qilmoqqa buyurdi, 
buyurganiga ergashinglar. 
 
"Hayya alas solah"ning tafsiri – namozni ado qilishga shoshilinglar. Ma’nosi – namoz 
vaqti keldi, uni kechiktirmanglar, vaqtida jamoat bilan o‘qinglar. 
 
"Hayya alal-falah"ning tafsiri – najotga va saodatga shoshilinglar. Ma’nosi – albatta, 
Alloh taolo namozni najot va saodat topishlaringizga sabab qildi, uni ado etinglar va 
Allohning azobidan najot topinglar. "Allohu akbar"ning tafsiri – Alloh ulug‘dir, ma’nosi – 
u buyurgan amallar vojibdir. U amallarni kechiktirmanglar. "La-a ilaha illalloh"ning tafsiri 
– bilinglar, U birdir, Uning sherigi yo‘qdir, ma’nosi – namozlaringizda Alloh roziligi uchun 
ixlos qilingizlar. 
________________ 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling