Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Azon va iqomat fazilati bobi hadislari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


Azon va iqomat fazilati bobi hadislari 
 
388-hadis. Zaif. Buxoriy “Tarixul kabir”da keltirgan. 
389-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy uni zaif sanagan. 
390-hadis. Isnodi noma’lum. 
391-hadis. Juda zaif. Termiziy rivoyat qilgan.  
392-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 
393-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan. 
394-hadis. Mavzu’. “Mavzu’ot”ga qarang. 
395-hadis. “Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzunlardir” jumlasi sahih. Muslim, Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. Hadisning qolgani 
munkardir. 
396-hadis. Mavzu’. Ibn Adiy, Uqayliy, Ibn Javziy “Mavzu’ot”da rivoyat qilgan. 
397-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
398-hadis. Isnodi noma’lum. 
399-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
400-hadis. Zaif. “Zaifut-Termiziy”ga qarang. 
401-hadis. Duo haqidagi jumladan boshqasi sahih. Abu Dovud, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
402-hadis. Muttafaqun alayh. 
403-hadis. Juda zaif. Ikkita illati bor: Roviylaridan birining (Juvaybir) hadisi matruk (tark qilinadi); munqote’. 
404-hadis. Shunga o‘xshashishi Daylamiy “Firdavs”da rivoyat qilgan. 
405-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da rivoyat qilgan. 
406-hadis. Zaif. Tabaroniy “Al-kabir”da rivoyat qilgan va illatli sanagan. 
407-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyat qilgan.
 
 
 
O‘TTIZ UCHINCHI BOB 
TAHORAT VA POKLIK 
 
408. Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilarki: "Misvokni mahkam 
tutinglar. Unda o‘nta xislat bor: Og‘izning pokligi; Alloh roziligi va maloikalar xursandligi; 
ko‘zning ravshanligi; tishlarning oppoq bo‘lishi; milkning qattiq bo‘lishi; yomon hidlarni 
ketkizadi; taom hazmi; balg‘amni ketkizadi; namozlar u bilan ziyoda bo‘ladi; og‘izning 
hidini yaxshi qiladi. Misvok tutish Qur’on yo‘lidir". 
 
409. Avzoiy Hasson ibn Atiyaydan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qiladilar: "Tahorat imonning bo‘lagidir, misvok esa, tahoratning bo‘lagidir. Agar 
ummatimga qiyin bo‘lmaganda, har namoz oldidan misvok qilmoqqa buyurar edim. 
Bandaning ikki rak’atni misvok qilib o‘qigan namozi misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish 
rak’at namozdan afzaldir". 
 
410. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Besh narsa fitratdandir: Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni olish, avrat joylardagi tuklarni 
olish, qo‘ltiq osti tuklarni tozalash va misvok ishlatish". 
 
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Ovqatdan keyin misvok ishlatish ikkita 
cho‘rini ozod qilishdan afzaldir". 
 
411. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Menga Jabroil qo‘shni to‘g‘risida 
shunday ko‘p vasiyat qilardiki, yaqinda qo‘shniga meros tayinlansa kerak, deb o‘ylardim. 
Qullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon 
qilardim. Misvok ishlatishni shunday ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb 
gumon qilardim. Ayollar haqida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, taloq harom bo‘lib qoladi, 
deb o‘ylardim. Kechasida namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning 
eng yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim". 
 
412. Mujohid aytadilar: "Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga 
bir muddat kelmay qoldi. Keyin kelganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, 
nega ushlanib qoldingiz?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Qanday kelaylik, sizlar tirnoqlaringizni 
olmaysizlar, mo‘ylovlaringizni qisqartirmaysizlar, barmoq oralaringizni tozalamaysizlar, 
misvok qilmaysizlar", dedi. Keyin ushbu oyatni o‘qidi: 
 
"(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil 
bo‘lurmiz" (Maryam,64). 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
413. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jum’a kuni g‘usl qilish, misvok 
tutish, xushbo‘ylanish har bir musulmonning burchidir". 
 
Hamid ibn Abdurahmon aytadi: "Kim tirnoqlarini jum’a kuni olsa, Alloh uni kasallikdan 
chiqaradi va unga shifo beradi". 
 
414. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim jum’a kuni tirnoqlarini olsa, u 
moxov kasalligidan omondadir". 
 
415. Ba’zi xabarlarda rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam har qirq 
kunda avrat joylarning tukini va har jum’a kuni tirnoqni olishni tayin qilganlar. 
 
416. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Misvok bilan 
og‘izlaringizni xushbo‘y qilinglar, chunki og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir". 
 
Faqih aytadilar: Misvok tutish uch vajhga ko‘radir. U bilan Alloh taolo roziligini va 
sunnatni ado etishni iroda qilish yoki o‘zining foydasini iroda qilish yoki odamlarning 
roziligini iroda qilish. Agar Alloh taoloning roziligini va sunnatni qoim qilishni iroda etsa, 
savob topgandir va xabarda kelganidek, har bir namozi yetmish namozga tengdir. Agar 
u bilan manfaatini iroda qilgan bo‘lsa, unga ajr yo‘q va hisobini beradi. Agar odamlarning 
ko‘zi uchun qilgan bo‘lsa, u gunohkor hisob beruvchidir. 
 
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:  
"Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida ularni 
benuqson holda ado etdi. Shunda (Alloh taolo): "Albatta, Men seni odamlarga 
imom qiluvchidirman", dedi" (Baqara, 124), degan so‘zi haqida aytadilar: "U zotni 
beshta boshdagi va beshta jasaddagi tahorat bilan imtihon qildi. Boshdagisi – mo‘ylovni 
qisqartirish, g‘arg‘ara qilish, burun chayish, misvok va boshning farqi. Jasaddagisi – 
tirnoqlarni olish, xatna qilish, qo‘ltiq tuklarini olish, avrat joylarning tukini olish va suv 
bilan istinjo qilish". 
 
______________ 
Tahorat va poklik bobi hadislari 
 
408-hadis. Juda zaif. Uchta illati bor: Ikkita roviysi matruk; muntqote’. 
409-hadis. Zaif. Ibn Abu Shayba mursal holatda rivoyat qilgan. 
410-hadis. Muttafaqun alayh. 
411-hadis. “Jabroil menga qo‘shni haqida shunchalik ko‘p vasiyat qilar ediki, hatto unga yaqinda meros beriladi; deb o‘ylar edim”, jumlasi 
muttafaqun alayh. “Qullar to‘g‘risida shunday ko‘p vasiyat qilardiki, hammalari ozod qilinadi, deb gumon qildim. Misvok ishlatishni shunday 
ko‘p vasiyat qilar ediki, milkim ketib qoladi, deb o‘ylardim" jumlasi” zaif. Bayhaqiy va Bazzor rivoyat qilgan. “Ayollar haqida shunday ko‘p 
vasiyat qilar ediki, taloq harom bo‘lib qoladi, deb o‘ylardim. Kechasi namoz o‘qishga shunday ko‘p vasiyat qilardiki, ummatimning eng 
yaxshilari kechasi uxlamasalar kerak, deb o‘ylardim" jumlasini Daylamiy “Firdavsul axbor”da rivoyat qilgan. 
412-hadis. Zaif. Isnodi mursal. 
413-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
414-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan. 
415-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
416-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
 
 
O‘TTIZ TO‘RTINCHI BOB 
JUM’ANING FAZILATI 
 
417. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Avs ibn Avs Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kunlaringizning afzali jum’a kunidir. U kunda Odam 
yaratildi va u kunda joni olindi. U kunda sur chalinadi va qattiq qichqiriq ham shu kunda 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
bo‘ladi. Bu kunda menga salovotni ko‘p aytinglar. Zero, sizlarning salovotingiz menga 
yetkaziladi", dedilar u zot. Shunda sahobalar so‘rashdi: "Bizning salovotimiz qanday qilib 
sizga yetkaziladi, sizning jasadingiz chiriydi-ku?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Sizlar, jasadingiz chiriydi, deysizlarmi? Alloh taolo yerga payg‘ambarlarining 
(a.s.) jasadlarini yeyishni harom qilganini bilmaysizlarmi?" 
 
418. Faqih aytadilar: Abul Ash’as Avsdan rivoyat qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam jum’ani zikr qilib turib aytdilar: "Kim yuvib, yuvinsa, erta turib, ertaroq 
jum’aga borsa va minbarga yaqin joyda o‘tirsa, xutbaga jimgina quloq tutsa va lag‘v 
(be’mani gap) qilmasa, bosib kelgan har bir qadamiga bir yillik ro‘za va namozning ajri 
yoziladi". 
 
Muhammad ibn Fazl aytadilar: "Yazid ibn Horundan "yuvsa va yuvinsa", degan 
so‘zlarning ma’nosini so‘radim. "Yuvsa", deganlari tahorat joylarini yuvish, "yuvinsa", 
deganlari butun badanlarini yuvish, deb javob qildilar. "Erta turib, ertaroq", deganlari 
haqida so‘radim. Erta turib yuvinib, ertaroq jum’aga kelsa, ma’nosidadir, dedilar". 
 
419. Abu Hurayra (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Quyosh 
hech bir kunda jum’a kunidagidan afzal bo‘lib chiqmaydi va botmaydi. Bu kundan inson 
va jinlardan boshqa yer yuzidagi bor jonzot qo‘rqadi. Masjidlarning eshiklari oldida 
ikkitadan farishta o‘tirib olib, bir-bir yozadi. Birinchi kelgan tuya qurbonlik qilgan kishi 
kabi, keyin qo‘y qurbonlik qilgan kishi kabi, keyin qush qurbonlik qilgan kishi kabi va 
keyin tuxum qurbonlik qilgan kishi kabi. Imom minbarga o‘tirsa, sahifalar yopiladi". 
 
420. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim 
jum’a kuni tahoratini chiroyli qilib, keyin jum’aga kelsa, azonni eshitsa, minbarga yaqin 
o‘tirib, jimgina tinglasa, ikki jum’a orasidagi gunohlari kechiriladi. Kim toshni ushlasa, u 
lag‘v qilibdi, kim lag‘v qilsa, uning uchun jum’a yo‘qdir". 
 
421. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Quyosh chiqadigan kunlarning yaxshisi jum’adir. U kunda Odam yaratilgan va u kunda 
jannatga kiritilgan hamda u kunda jannatdan tushirilgan. U kunda qiyomat bo‘ladi va u 
kunda shunday bir soat borki, mo‘minning Allohdan so‘ragani shu soatga to‘g‘ri kelsa, 
so‘raganini unga beradi". 
 
Abdulloh ibn Salom aytadilar: "Men o‘sha soatni bildim. U kunduzning oxiridadir. Bu 
soatda Odam (a.s.) yaratilgan. Alloh taolo: 
"Inson shoshqaloq holda yaratilgandir", deb aytgan (Anbiyo, 37)". 
 
Said ibn Musayyab aytadilar: "Jum’a namoziga hozir bo‘lishim menga nafl hajlarini 
qilishdan sevimliroqdir". 
 
Ka’bul Ahbor aytadilar: "Bir qadah olov ichmog‘im men uchun bir qadah aroq ichish 
yaxshiroq. Bir qadah aroq ichmog‘im namozi jum’aga bormay qolishimdan yaxshiroq. 
Namozi jum’aga bormay qolishim odamlarning saflari ustidan hatlab o‘tishdan 
yaxshiroq". 
 
422. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarda bir 
oyatni tilovat qilar edilar. Shunda Ibn Mas’ud Ubay ibn Ka’bdan bu oyatning qachon nozil 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
bo‘lganini so‘radi. U ko‘zini yumdi. Tarqalganlarida Ubay u kishiga aytdi: "Bugungi 
namozingdan nasibangni lag‘v qilib yo‘qotding". Abdulloh Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam oldilariga kirdi va bo‘lib o‘tgan gap haqida so‘radi. U zot sollallohu alayhi 
vasallam: "Ubay to‘g‘ri aytibdi", dedilar, keyin aytdilarki: "Qaysi banda jum’a kuni 
yuvinsa va yaxshi kiyimlarini kiysa va xush bo‘ydan o‘ziga sepsa, keyin jum’aga kelib, 
hech kimga ozor bermasa va odamlarning ustidan hatlab o‘tmasa, so‘ngra Alloh 
buyurganidek namoz o‘qisa va imom minbarga chiqqanda jim o‘tirsa, Alloh uning ikki 
jum’a orasidagi gunohlarini kechiradi". 
 
423. Abu Luboba ibn Abdulmunzir rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Jum’a kuni kunlarning sayyidi va Alloh nazdida eng ulug‘idir. U Allohning 
huzurida Ramazon va Qur’on hayitlaridan ulug‘roqdir. Unda beshta xislat bor: Alloh 
Odamni shu kunda yaratdi, shu kunda Alloh taolo uni yerga tushirdi, shu kunda Odam 
vafot etdi, u kunda shunday bir soat borki, o‘sha soatda Allohdan nimani so‘rasa, faqat 
harom narsadan boshqasini, albatta, beradi, shu kunda qiyomat qoim bo‘ladi, 
Parvardigori huzuridagi muqarrab farishtalar, osmon va yerdagi bor farishtalar jum’a 
kuniga mushtoqdir". 
 
424. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Jum’a kuni bo‘lsa, shayton o‘zining yordamchilari 
bilan odamlarni bozorlarida ushlab qolish uchun chiqadi. Ularning qo‘llarida bayroqlari 
bo‘ladi. Maloikalar masjidning eshigi oldiga o‘tirib olishib, odamlarning o‘tirgan o‘rinlariga 
qarab yozaveradilar, to imom minbarga chiqguncha. Kim imomga yaqinroq o‘tirib, jimlik 
bilan eshitsa, behuda so‘z qilmasa, unga ikki xazina ajr bo‘ladi. Kim imomga uzoqroq 
yerda o‘tirib, xutbaga quloq solsa, lag‘v qilmasa, unga bir xazina ajr bo‘ladi. Kim 
imomga yaqin kelib, bekorchi gaplarni gapirsa va xutbani eshitmasa, unga ikki xazina 
gunoh bo‘ladi. Kim, jim turgin, desa ham, gapiribdi, gapirsa, lag‘v qilibdi. Kim lag‘v qilsa, 
jum’asidan mahrumdir". 
 
Keyin Ali (r.a.) aytdilar: "Bu gaplarni Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamdan 
eshitganman". 
 
Faqih aytadilar: Eshitishimizcha, Solih Marriy jum’a kechasida jome’ masjidda bomdodni 
o‘qimoqchi bo‘lib kelayotib, qabriston oldidan o‘tdi. Tong otguncha shu yerda turib turay, 
deb maqbaraga kirdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Keyin qabrga suyanib o‘tirib, ko‘zlarini 
uyqu elitdi. Tushida ahli qabrlarning qabrlaridan chiqib kelayotganini ko‘rdi. Ular halqa-
halqa bo‘lib olishib, o‘tirib gaplasha boshladilar. Bir payt kir kiyimda bir yigit chiqib kelib, 
chekkada xafa holda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, haligilarga ro‘molchalar bilan o‘ralgan 
sovg‘alarni olib kelishdi. Har birlari o‘ziga kelgan sovg‘alarni olib, qabrlariga kirib 
ketishdi. Haligi yigitga hech narsa kelmadi, xafa bo‘lib, qabrga kirmoqchi bo‘layotganida: 
"Senga nima bo‘lgan?" deb so‘radi. Yigit: "Ey Solih Marriy, siz tovoqlarni ko‘rdingizmi?" 
dedi. "Ha, ular nima edi?" deb so‘radi. "Ular tiriklarning o‘liklarga sovg‘asidir, – dedi, – 
ularning birodarlari jum’a kuni sadaqalar qilishadi, men sind ahlidan edim, onam bilan 
haj uchun yo‘lga chiqdim, Basraga kelganimda vafot etdim va onam mendan keyin erga 
tegdi, eriga mening ham bir o‘g‘lim bor edi, deb aytmadi, keyinchalik onam dunyo bilan 
bo‘lib, meni tili bilan ham, ehsonlari bilan ham eslamadi, mening xafa bo‘lishga haqqim 
bor, chunki mendan keyin meni eslaydigan hech kim qolmagan". 
    
Solih: "Onangning uyi qaerda?" deb so‘radi. So‘ng u uyining qaerdaligini aytdi. Tong 
ottirganidan keyin namozini o‘qib, o‘sha uyni so‘rishtira boshladi. Odamlar unga uyni 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
186
ko‘rsatib qo‘yishdi. Kelib, kirishga ruxsat so‘radi. "Men Solih Marriy bo‘laman", dedi. 
Ruxsat olgach, uyga kirdi va: "So‘zimizni hech kim eshitmasin", dedi. Oralarida parda 
bor edi. Yaqin borib: "Alloh senga rahm qilsin, o‘g‘ling bormi?" deb so‘radi. Onasi: 
"Yo‘q", dedi. "O‘zi o‘g‘ling bor edimi?" deb so‘radi. Onasi chuqur xo‘rsinib: "Yosh bir 
o‘g‘lim bor edi", dedi. So‘ng unga tushida ko‘rganlarini aytib berdi. Ayol yig‘ladi, 
ko‘zlaridan yosh duvillab oqardi. Keyin: "Ey Solih, u mening o‘g‘lim, yuragim unda edi, u 
qornimda ko‘targan bolam edi, siynalarim bilan unga sut berganman, quchog‘im unga 
yostiq edi, – dedi va unga ming dirham berdi, – buni ko‘zim quvonchiga sadaqa qilgin, 
uni endi qolgan umrimda duo va sadaqalar bilan eslab turaman", dedi so‘ngra. 
 
Solih Marriy aytadi: "U yerdan ketganimdan keyin ming dirhamni sadaqa qildim. Bir 
jum’a kuni jum’ani o‘qiyman deb, ketayotib, o‘sha qabristonga keldim va ikki rak’at 
namoz o‘qidim, so‘ng qabrga suyanib ozgina uxlab oldim. Shunda men oldin ko‘rgan 
qavm chiqdi. O‘sha yigit ham ularning orasida oppoq kiyimda xursand holda yurardi. 
Keyin menga yaqinlashib aytdiki: "Ey Solih Marriy, Alloh seni yaxshi ajr bilan 
mukofotlasin, menga ham sadaqa yetib keldi", dedi. Men undan: "Jum’ani bilasizlarmi?" 
deb so‘radim. "Ha, uni havodagi qushlar ham biladi va solih kunga salom bo‘lsin (ya’ni, 
jum’a kuniga), deb aytishadi", dedi. 
 
425. Faqih aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Jabroil alayhissalom 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘llarida oq oyna bilan keldi. Uning 
o‘rtasida qora nuqta bor edi. U zot: "Ey Jabroil, bu nima?" deb so‘radilar. "Bu jum’a 
kunidir. Alloh taolo uni sizga va sizdan keyin ummatingizga bayram bo‘lmog‘i uchun 
berdi. Bu kunda sizlar uchun yaxshiliklar bor. Agar bu kunda kim yaxshi duo qilsa, 
so‘ragan narsasi uning qismati bo‘lsa, Alloh uni beradi. Agar uning qismatida bo‘lmasa, 
uni u uchun qiyomat kuniga zahira qilib qoldiradi. U kun bizning nazdimizda ziyoda 
qilingan kun va biz uni kunlarning sayyidi deb nomlaymiz", dedi Jabroil (a.s.). 
 
Payg‘ambar alayhissalom: "Nima uchun?" deb so‘radilar. Aytdi: "Chunki Rabbingiz 
jannatda muattar hidli vodiy yaratdi, unda oq mushkli tepaliklar bor, jum’a kuni bo‘lsa, 
payg‘ambarlar kelib, javharlar bilan o‘ralgan, nurli minbarlar ustiga o‘tirishadi, so‘ng u 
minbarlarning orqasini nurdan bo‘lgan kursilar bilan o‘rashadi. Siddiqlar, shahidlar kelib, 
unga o‘tiradilar, keyin Adn jannati ahllari kelishadi. Oq mushkli tepalik ustiga o‘tirishadi. 
Ularga Alloh aytadi: "Men sizlarga bergan va’damning ustidan chiqdim va sizlarga 
ne’matimni mukammal qildim. Bu Mening karomatim mahalidir. Bas, mendan 
so‘ranglar". Ular aytadilar: "Ey Rabb, Sendan roziligingni va jannatingni so‘raymiz". 
Alloh aytadi: "Roziligim bo‘lgan jannatga sizlarni kirgizaman va sizlarni karomatimga 
yetkazaman". So‘ngra ular Undan rozilik so‘raydilar, ularga rizoligini hadya qiladi va 
ularga rag‘batlari va orzu qilganlaridan ham ko‘proq beradi. Bu mukofot imomlaringiz 
jum’adan qaytguncha bo‘lgan vaqtning savobidir. Ularga odamzot xayoliga kelmagan, 
ko‘z ko‘rmagan ne’matlarni beradi. Keyin payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar qaytishadi, 
koshona egalari ham o‘z koshonalariga qaytadi. Ular jum’a kunidan boshqa biror 
narsaga muhtoj emaslar. Albatta, unda karomatlar ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun, 
ziyoda qilingan kun, deb nomlandi va qiyomat ham shu kunda qo‘padi". 
 
426. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Jamoat 
bilan o‘qilgan namozlar va jum’a namozlari o‘rtadagi gunohlarga kafforatdir, modomiki
katta gunohlardan saqlangan bo‘lsa". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
______________ 
Jum’aning fazilati bobi hadislari 
 
417-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
418-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
419-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
420-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
421-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan. 
422-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
423-hadis. Hasan. Ahmad, Ibn Mojja, Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
424-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
425-hadis. Zaif. Shofe’iy “Al-umm” va “Musnad”da, Ibn Jarir tafsirida keltirgan. 
426-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan.
 
 
 
O‘TTIZ BESHINCHI BOB 
MASJIDLARNING HURMATI 
 
427. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qiladilar: "Sizlardan birontangiz masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qimasdan 
o‘tirmasin". 
 
Faqih aytadilar: Bu ish muboh vaqtda bo‘lsa joiz, ammo asr namozini o‘qigandan keyin 
yoki bomdoddan keyin masjidga kirsa, namoz o‘qimog‘i joiz emas. Chunki bu vaqtlarda 
namoz o‘qishdan qaytarilgan, lekin tasbeh va tahlil aytsa bo‘ladi, shuningdek, 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa ham, joiz va bular bilan 
namozning fazliga yetib, masjid haqqini ado qiladi. 
 
428. Abu Dardoga (r.a.) Salmon Forsiyning xizmatkor sotib olganlari xabari yetdi. Abu 
Dardo u kishiga xat yozib, bu ishi uchun tanbeh berdilar. Xatlarida quyidagilar yozilgan 
edi: "Ey birodarim, senga balo kelmasdan oldin ibodat uchun forig‘ bo‘lgin. Balo 
tushgandan keyin ibodatga qodir bo‘lmaysan. Balolangan mo‘minning da’vatini g‘animat 
bil va yetimlarga rahm qil, boshlarini sila. Taomingdan berib, ularni taomlantir. Shunda 
qalbing yumshaydi, hojatinga yetasan. Men bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamga bir kishining qalbi qattiqligidan shikoyat qilganini ko‘rgan edim. Shunda 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar: "Qalbing muloyim bo‘lib, hojating 
chiqishini xohlasang, yetimlarga rahm qil, boshini sila va ularni taomingdan taomlantir". 
Ey birodarim, masjid uying bo‘lsin, men Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam 
eshitdimki, "Masjidlar taqvodorlarning uyidir. Alloh taolo kimning uyi masjid bo‘lsa, 
ularga rohat va xursandchilikning kafolatini beradi, sirot ustidan o‘tishiga va do‘zaxdan 
najot topishga Parvardigorning roziligini olishiga ham kafil bo‘ladi", deganlar u zot". 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Hakim ibn Umayr aytadilar: 
"Dunyoda mehmondek bo‘linglar, masjidlarni uy qilib olinglar va qalblaringizni 
yumshoqlikka odatlantiringlar. Tafakkur va yig‘ini ko‘paytiringlar. Hoyu havas sizlarni 
ixtilofga solib qo‘ymasin". 
 
Qatoda (r.a.) aytadilar: "Mo‘min faqat uch joydagina ko‘rinadi: Obod qilgan masjidida, 
turadigan uyida, zarur bo‘lgan hojatlari uchun". 
 
Nazzol ibn Sabra aytadilar: "Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir". 
Xalaf ibn Ayyubdan rivoyat. U kishi masjidda o‘tirgan edilar. Xizmatkori kelib, bir narsa 
so‘radi. U kishi o‘rnidan turib, masjiddan chiqdilar va unga javob berdilar. Bu holning 
sababini so‘rashgan edi: "Dunyo so‘zini masjidda falon yildan beri gapirmagan edim. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Bugun gapirishni ham o‘zimga karih ko‘rdim", deb javob qildilar. 
 
Bir zohidning bunday degani rivoyat qilingan: "Masjidda bir narsaga suyangan 
emasman, oyoqlarimni cho‘zib o‘tirmaganman va dunyo so‘zlarini gapirmaganman". U 
zot bu gapni boshqalar ham shunday bo‘lishi uchun aytganlar. 
 
Faqih aytadilar: Bandaning Alloh taolo huzurida bir o‘rni bo‘ladi. Agar Allohning amrlarini 
ulug‘ tutsa, Uning uylarini va bandalarini hurmat qilsa (Allohning uylari masjidlardir). 
Mo‘min ularni ulug‘lashi lozim. Chunki masjidlarni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir. 
 
Avzoiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
sahobalari va tobe’inlar har doim go‘zal suratda besh ish ustida edilar: Jamoatni 
mahkam ushlash, sunnatga ergashish, masjidni obod qilish, Qur’-on tilovat etish va 
Alloh yo‘lida jahd qilish". 
 
Hasan ibn Ali (r.a.) aytadilar: "Uch kishi Allohning himoyasida bo‘ladi. Masjidga Alloh 
uchun kirgan kishi, u Allohning mehmonidir, toki undan chiqqunicha; musulmon 
birodarini Alloh uchun ziyorat qilgan kishi, u Allohning ziyoratchilaridandir, toki uning 
oldidan qaytgunicha; haj va umraga Alloh uchungina chiqqan kishi, u Allohning 
elchisidir, toki ahliga qaytgunicha". 
 
Rivoyat. Mo‘minning qo‘rg‘oni uchta. Masjid, Qur’on tilovati va Allohni zikr qilish. Agar 
bulardan birontasida bo‘lmasa, u shaytonning qo‘rg‘onida bo‘ladi. 
 
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Jannat hurlarining mahri masjidni supurish 
va uni obod qilishdir". 
 
429. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Kim masjidga chiroq yoqsa, maloikalar va arshni 
ko‘tarib turuvchi farishtalar, o‘sha chiroq masjidda ekan, uning haqqiga istig‘for 
aytadilar" 
 
430. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir. Undagi 
namozxon Allohni ziyorat qiluvchidir. Mezbon ziyoratga kelgan kishiga ikrom 
ko‘rsatishga burchlidir". 
 
Faqih aytadilar: Aytilishicha, masjidlarni hurmat qilish o‘n besh xislatdan iboratdir: 
1. Kirgan vaqtda qavm o‘tirgan bo‘lsa, salom bermoq va agar hech kim bo‘lmasa yoki 
namozda bo‘lsalar, "Assalamu ‘alayna mir-Robbina va ‘ala ‘ibadillahis-solihin" 
(Rabbimizdan bizlarga va solih bandalarga salom bo‘lsin), deb aytmoq. 
2. O‘tirmasdan oldin ikki rak’at namoz o‘qimoq. 
431. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har narsaning haqqi bo‘ladi. 
Masjidning haqqi rak’at namozdir". 
3. Masjidda oldi-sotdi qilmaslik. 
4. Masjidda qilich yalang‘ochlamaslik. 
5. Yo‘qolgan narsani unda e’lon qilmaslik. 
6. Allohning zikridan boshqa vaqtda ovozni ko‘tarmaslik. 
7. U yerda dunyo hodisalaridan hech narsani gapirmaslik. 
8. Odamlarning ustidan hatlab o‘tmaslik. 
9. Joy talashmaslik. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling