Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
ELLIGINCHI BOB 
ALLOH TAOLODAN QO‘RQISH HAQIDA 
 
585. Said ibn Musayyab aytadilar: "Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (r.a.) 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirishdi. Va Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamga: "Ey Allohning rasuli, odamlarning ilmlirog‘i kim?" deb savol berishdi. "Aqlli 
kishi", dedilar. "Odamlarning obidrog‘i kim?" deb so‘rashdi. Yana: "Aqlli kishi", dedilar. 
"Ey Allohning elchisi, odamlarning afzali kim?" deyishdi. Tag‘in: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey 
Allohning rasuli, aqlli kishi odamiyligi komil bo‘lgan, fasohati zohir etgan, saxiyligi 
ko‘paygan va martabasi ulug‘ kishi emasmi?" deyishdi keyin. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: 
"Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida 
taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35). Aqlli kishi taqvodor kishidir, garchi dunyoda 
past sanalsa ham". 
Ya’ni, taqvodor shunday zotki, u ham Allohdan qo‘rqadi, ham gunohlaridan qo‘rqadi. 
 
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo‘rqinch va umid alomatini bilsa, u 
ishonchli ishni ushlabdi. Qo‘rqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. 
U umid etish alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish". 
 
Aytilishicha, xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati – amalingizning Allohni rozi 
qiladigan bo‘lishi, qo‘rqinch alomati – Alloh man qilgan narsalardan qaytishingiz. 
 
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Hazrati Umarga (r.a.) suiqasd qilinganda: "Ey 
amirul mo‘minin, odamlar kofirligida musulmon bo‘ldingiz. Odamlar o‘zini chetga 
olganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga jang qildingiz. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Sizga hech qachon 
ikki kishi muxolif bo‘lmadi. Shahid bo‘lib, jon beryapsiz", dedilar. Shunda Umar (r.a.) 
aytdilar: "Fururlanuvchi sizlar g‘ururlantirgan kimsadir. Allohga qasamki, agar quyosh 
nuri yetgan barcha narsa meniki bo‘lsa, ularni qiyomat kunidagi qo‘rqinchga fido qilib 
yuborar edim". 
 
586. Hasan Basriy Jobirdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qiladilar: "Mo‘min ikki qo‘rqinch orasidadir: O‘tgan umrini Alloh nima qilishini 
bilmaydi va qolgan umriga qanday taqdir bitganini ham bilmaydi. Banda nafsidan nafsi 
uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga 
qasamki, o‘limdan keyin tanbeh yo‘qdir, dunyodan keyingi hovli yo jannat, yo do‘zaxdir". 
 
587. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh azza va jalla deydi: "Izzatim va 
buyukligimga qasamki, ikkita qo‘rquv va ikkita xotirjamlikni bandamda jam qilmayman. 
Kim dunyoda Mendan qo‘rqsa, oxiratda uni xotirjam qilaman. Kim dunyoda xotirjam 
bo‘lsa, qiyomatda uni qo‘rqitaman". 
 
588. Ammor ibn Mansur (r.a.) rivoyat qiladilar: "Adiy ibn Arta’aning minbarlari tagida 
edim. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘rtamizda bo‘lgan gapni aytib 
beraymi?" deb qoldilar. Odamlar: "Ha", deyishgach, aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam: "Alloh taolo yaratgan kundan boshlab, qiyomatgacha yettinchi osmonda 
sajda qiluvchi maloikalar bordir. Ularning tizzalari Allohdan qo‘rqqanidan qaltirab turadi. 
Qiyomat kuni bo‘lsa, ular boshlarini (sajdadan) ko‘tarib, ey pok Parvardigor, Senga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
haqiqiy ibodat qila olmadik", deb aytishadi", dedilar". 
 
Abu Maysaradan rivoyat qilinadi: U kishi ko‘rpasiga yotayotganlarida aytar ekanlar: 
"Qani, meni onam tug‘masa edi". Xotinlari: "Ey Abu Maysara, Alloh sizga yaxshiliklar 
bermadimi, Islomdek ne’matga sazovor qilmadimi?" desa, "To‘g‘ri, lekin Alloh taolo 
bizlarning do‘zaxga kirishimizni bayon qildi-yu, undan chiqishimizni bayon qilmadi", der 
ekanlar. 
 
Fuzayil ibn Iyoz (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Men muqarrab farishta bo‘lishni ham, 
payg‘ambar bo‘lib yuborilishni ham orzu qilmayman. Ular qiyomat kuni itobga 
olinmaydilarmi? Men yaratilmaganimda edi, deb orzu qilaman". 
 
Hakimlardan biri aytadi: "Xafalik ovqatdan tiyadi, xavf esa gunohlardan. Umid toatni 
mustahkamlaydi, o‘limni eslash ortiqcha narsalarni tark etdiradi". 
 
589. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘minning qalbi Allohdan 
qo‘rqqanidan qaltirasa, xatolari daraxtning barglari tukilgan yanglig‘ to‘kiladi". 
 
590. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Sizni ahlingiz kimlar, ey Allohning 
elchisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Qiyomat kunigacha taqvo qilgan har bir mo‘min 
mening ahlimdir. Ogoh bo‘linglarki, mening do‘stlarim taqvodorlardir. Biringizning 
biringizdan fazlingiz Allohga taqvo qilishingiz bilandir". 
 
591. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch 
narsa najot beradi va uch narsa halok etadi. Halok qiluvchi narsalar – qattiq baxillik, 
o‘zining orqasidan ergashtiruvchi havoyi nafs, kishining o‘z-o‘ziga ajablanishi. Najot 
beruvchilar – g‘azab va rizolikda adolat qilish, tanglik va kenglikda iqtisod qilish, yashirin 
va oshkora Allohdan qo‘rqish". 
 
Rabi’ ibn Xusaymdan zikr qilinadi. U kishi kechasi bilan qo‘rqib yig‘lab chiqar edilar. 
Onalari bu holatlarini ko‘rib: "Birontani o‘ldirdingmi?" deb so‘ragan edilar, "Ha", deb 
javob qildilar. "Kim u? Uning yaqinlaridan afv so‘raymiz. Allohga qasamki, ular sening 
ahvolingni bilsalar, senga rahm qiladi", dedi onalari. U kishi shunda: "Ey onajon, 
nafsimni halok qildim", dedilar. 
 
Faqih aytadilar: Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi. 
1. Tilida, ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi va Allohning zikri, 
Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi. 
2. Qornida, ya’ni, faqat halol narsani yeydi va hojati miqdorida yeydi. 
3. Ko‘zida, ya’ni, haromga qaramaydi, dunyoga rag‘bat nazari qilmaydi, balki ibrat bilan 
qaraydi. 
4. Qo‘lida, ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi. Balki qo‘lini Alloh toatidagi ishlarga uzatadi. 
5. Oyog‘ida, ya’ni, Allohga gunoh ishlarda yurmaydi. 
6. Qalbida, ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azablanish, hasad kabi illatlarni 
chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat paydo qiladi. 
7. Allohga toatda, ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi. Riyo va nifoqdan saqlanadi. 
 
Kim ushbu ishlarni qilsa, Alloh taolo aytgan kishilardan bo‘ladi: 
"Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35); 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
 
"Albatta, taqvodorlar uchun jannatlar va ne’matlar bordir" (Tur, 17). Alloh taolo 
taqvodor bandalarini kitobining ko‘p joyida maqtab xabar berdiki, ular do‘zaxdan najot 
topadilar: 
 
"Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz, (bu) Parvardigoringiz (amriga 
binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) 
qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) 
qoldirurmiz" (Maryam, 71-72). 
 
Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Avvom Ka’bul Ahborning bunday deganlarini rivoyat qiladi: 
"Allohning "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz", degan so‘zlarining ma’nosini 
bilasizlarmi?" Odamlar: "Har bir kishi unga kiradi deb tushunamiz", deyishdi. "Yo‘q, – 
dedilar u kishi, – unga tushishining ma’nosi, jahannam to‘ng‘izning sassig‘idek holda 
keltiriladi. Butun xaloyiq – yaxshiyu yomon oyog‘ini unga qo‘yadi. Shunda bir nido 
keladi: Do‘stlaringni ol, mening do‘stlarimni qo‘yib yubor, deb. Do‘zax o‘zining do‘stlarini 
oladi. U do‘stlarini ota o‘z farzandini taniganidan ham yaxshiroq taniydi. Mo‘minlar pok 
holda najot topadilar. Do‘zax posbonlaridan birining ikki boshli gurzisi bo‘ladi, bir tomoni 
bilan bir urganda yetti yuz ming kishini do‘zaxga uloqtiradi". 
 
592. Imron ibn Husayn aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga 
edik. "Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidan ro‘y 
beradigan) zilzila ulug‘ – dahshatli narsadir" (Haj, 1), oyati nozil bo‘ldi. Shunda 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bu kun qaysi kunligini bilasizlarmi?" 
"Alloh va rasuli biluvchiroq", deyishdi sahoblar. "U kun, – dedilar u zot, – Alloh taolo 
Odamga, tur, jannat va do‘zaxga ahllarini jo‘nat, deydi. Odam, ey Rabb, do‘zaxga 
yuborilayotganlar kim, jannatga yuborilayotganlar kim?", deb so‘raydi. Alloh taolo, har 
ming kishidan bittasi jannatga, to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi do‘zaxga, deydi". 
 
Qavm yig‘lay boshladi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi 
payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, undan oldin johiliyat bo‘lgan. O‘sha miqdor johiliyat ahlidan 
olinadi, mabodo, miqdoriga yetmasa, munofiqlardan olinadi. Sizlarning ummatlar 
orasidagi o‘rningiz hayvon oyog‘idagi nuqta yoki tuyaning qornidagi xol kabidir". Keyin 
aytdilar: "Men umid qilamanki, ahli jannatning uchdan biri sizlar bo‘lasizlar. Bas, takbir 
aytinglar". 
 
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Birovning gapi seni aldab qo‘ymasin. Kishi 
yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Ammo yaxshilarning qatoriga faqat ularning amallarini 
qilish bilan qo‘shilasan. Yahudiylar, nasorolar va bid’at ahllari payg‘ambarlarini yaxshi 
ko‘radilar, ammo ular bilan birga emaslar". 
 
593. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning ikki kuni bir xil o‘tsa, u 
aldangandir. Kimning ertasi bugunidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir. Kim ziyoda 
qilmasa, u nuqsondadir. Kim nuqsonda bo‘lsa, unga o‘lim yaxshidir". 
 
Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning zumraddan bir uyi bor, tepasi 
marvariddan. Uning ichida yana yetmish mingta uy bor, har bir uyda yetmish mingta 
eshik bor. Unga payg‘ambarlar, yo siddiqlar, yo shahidlar, yo odil rahbarlar, yoki o‘z 
nafsiga hukm qilganlar kiradi". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
 
"Nafsiga hukm qiluvchi kim?" deb so‘rashdi. 
"Haromga ro‘para kelganda, Allohdan qo‘rqib, uni tark qilgan kishi", dedilar. 
 
594. Faqih aytadilar: Otamdan (Alloh uni rahmatiga olsin) ushbu hadisni eshitdim: 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir kishi bor edi. Uni Hanzala deb 
chaqirardilar. O‘sha kishi aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida 
edik, u zot bizlarga mav’iza qilardilar. Qalblar erib, ko‘zlardan yosh oqib, o‘zimizni tanib 
turardik. So‘ngra ahlimga qaytdim. Xotinim oldimga keldi va ikkovimiz dunyo ishlaridan 
gaplashib ketdik. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida eshitganlarimni 
unutdim. Dunyo gaplaridan gapiraverdik. Keyin u yerda bo‘lganim esimga tushdi. 
O‘zimga o‘zim, munofiq bo‘lib qoldim, mendagi qo‘rquv va muloyimlik o‘zgarib ketdi, 
dedim va chiqib, Hanzala munofiq bo‘ldi deb, baqiraverdim. Abu Bakr (r.a.) menga 
to‘qnash keldilar va, yo‘q, Hanzala, munofiq bo‘lmading, dedilar. So‘ngra Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdim va, yana Hanzala munofiq bo‘ldi, Hanzala 
munofiq bo‘ldi, deb aytdim. U zot: "Yo‘q, Hanzala munofiq bo‘lmadi", dedilar. Aytdim: 
"Ey Allohning elchisi, biz sizning oldingizda edik, bizlarga mav’iza qildingiz, qalb u bilan 
eridi, ko‘zlardan yosh chiqdi va nafslarimizni bildirdingiz, so‘ng uyga qaytdim, dunyo 
gaplaridan gaplashdik va sizning oldingizda bo‘lgan gaplarni unutdim". Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Hanzala! Agar mening oldimdagi holatda doimiy 
bo‘lsangizlar, sizlar bilan farishtalar yo‘lda qo‘l olishib ko‘rishardi, uylaringizda va 
to‘shaklaringizda ziyorat qilishardi. Lekin, ey Hanzala, har bir narsani o‘z vaqtida qilgin". 
 
595. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan Alloh 
taoloning 
"Bergan narsalarini dillari qo‘rqib turgan holda beradigan kishilar" (Mo‘minlar, 
60), oyati haqida "Ular gunoh qilib, keyin qo‘rqadigan kishilarmi?" deb so‘radim. "Yo‘q, 
ular toat bilan amal qiladilar va (amallari) ulardan qabul qilinmay qolishidan qo‘rqadilar", 
dedilar". 
 
Faqih (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Yaxshi amal qilgan kishi to‘rt narsadan 
qo‘rqib turadi, shunday ekan, yomonlik etgan kishiga nima deysan?! 
1. Qabul bo‘lmay qolishining qo‘rquvi, chunki Alloh taolo aytadi: 
"Alloh taqvodorlardan qabul qiladi" (Moida,27). 
 
2. Riyo xavfi, Alloh taolo aytadi: 
"Holbuki, ular faqat Allohga ibodat qilishga, Uning diniga ixlos qilishga 
buyurilgan edilar" (Bayyina,5). 
 
3. Saqlay olmaslik xavfi, chunki Alloh taolo: 
"Kim bir chiroylik amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)" (An’om, 160), 
deganda u amalni oxirat kunigacha saqlashni shart qildi. 
 
4. Boshqa toatlarda tavfiqsiz qolib ketish xavfi, chunki u boshqa amallarni qilishga 
muvaffaq bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. 
"Va yolg‘iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo‘lurman. O‘ziga suyandim 
va o‘ziga iltijo qilurman" (Hud, 88). 
 
_____________ 
Alloh taolodan qo‘rqish bobi hadislari 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
 
585-hadis. Mavzu’. “Al-mezon”ga qarang. 
586-hadis. Zaif. Ibn Muborak rivoyat qilgan. Sanadida uzilish bor. 
587-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan. 
588-hadis. Zaif. 
589-hadis. Zaif. Bazzor, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
590-hadis. Juda zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 
591-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang. 
592-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
593-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
594-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
595-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
 
 
 
ELLIK BIRINCHI BOB 
ALLOH TAOLONI ZIKR QILISH HAQIDA 
 
596. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: Kasir ibn 
Murra Abu Dardodan (r.a.) eshitganlarini aytadilar: "Sizlarga amallarning yaxshirog‘ini, 
Xojalaringizga sevimlirog‘ini, savob jihatidan ziyodasini, dushmanlaringizga g‘azot qilib, 
ularning bo‘yniga urishlaringizdan, dirham va dinorlar berishdan yaxshirog‘ini xabar 
beraymi?" dedilar Abu Dardo. "U nima amal, ey Abu Dardo?" deb so‘rashdi. Aytdilar: 
"Allohni zikr qilish. Allohning zikri buyukdir". 
 
597. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Amallarning qiyini uchtadir: 
O‘zining nafsiga insof qilish; molda birodariga yordam berish va hamma vaqt Alloh 
taoloni zikr qilish". 
 
Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Odam farzandi Allohning azobidan najot beruvchi 
Allohning zikridan bosh-qa amal qilgan emas". "Alloh yo‘lida jang qilish-chi?" deyishdi. 
"Alloh yo‘lida jang qilish ham najot bermaydi, chunki Alloh taolo: 
 
"Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘dir" (Ankabut, 45), deb aytgan", 
dedilar. 
 
598. Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Rasulullohdan sollallohu alayhi 
vasallam: "Ey Allohning elchisi, amallarni qaysisi afzalroq?" deb so‘rashdi. Aytdilar: 
"o‘layotgan vaqtingizda tilingizning Alloh zikri bilan ho‘l bo‘lishi". 
 
Molik ibn Dinor (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Kim maxluqlarning so‘zidan oshib, Alloh 
azza va jallaning so‘ziga rag‘bat qilmasa, uning amali kamayibdi, qalbi ko‘r va umri zoe’ 
bo‘libdi". 
 
599. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohni zikr qilish imonning alomati va 
nifoqdan ozod bo‘lish, shaytondan qo‘rg‘on va do‘zaxdan to‘suvchidir". 
 
600. Vahb ibn Munabbah Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: "Alloh 
taolo Yahyo ibn Zakariyoni (a.s.) bani Isroilga payg‘ambar qilib yuborayotganida, ularni 
beshta ishga buyurishni va ularning har biriga aytishni amr qildi. U zot ularni Allohga 
ibodat etishga va Unga hech narsani sherik qilmaslikka buyurdilar. Va ushbu masalni 
aytdilar: "Shirkning o‘xshashi, bir kishi toza molidan qul sotib oldi, keyin unga uy qilib 
berdi, uylantirdi. Keyin unga mol berib, u mol bilan tijorat qilishni, undan kifoya 
qiladigan darajada yeb, foydaning ortiqchasini o‘ziga qaytarishni buyurdi. Ammo qul 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
foydaning ortiqchasini xo‘jayinining dushmaniga bera boshladi. Xo‘jayiniga esa 
ozginasini berdi. Bunday qul qaysilaringizni rozi qiladi?" So‘ngra ularni namozga 
buyurdilar va bunga quyidagicha zarbulmasal qildilar: "Salotning o‘xshashi, bir kishi 
podshohning oldiga kirishga ruxsat so‘radi. Ruxsat berishdi, kirdi. Podshoh uning so‘zini 
eshitish va hojatini bajarish uchun unga o‘girildi. U esa, o‘ngga, chapga alanglayverdi, 
hojatiga e’tibor qilmadi. So‘ng podshoh ham undan yuz o‘girdi va hojatini bajarmadi". 
Keyin ularga ro‘zani buyurdilar va bunday masal keltirdilar: "Ro‘zadorning o‘xshashi, 
kishi urushga borish uchun jubba kiydi. Qurolini oldi, lekin dushmani kelmadi. 
Dushmanning quroli unga qarshi ishlamadi". So‘ng ularni sadaqaga buyurdilar va 
quyidagicha masal qildilar: "Bir kishini dushman asir oldi. o‘zini ulardan ma’lum pulga 
sotib olib, ularning shahrida ishlay boshladi, ularga olgan foydasidan ozgina berib turdi, 
shunday qilib ulardan o‘zini batamom ozod qildi". So‘ngra ularni Allohning zikriga 
buyurdilar va bu xususda quyidagicha misol qildilar: "Zikrning o‘xshashi, bir qavmning 
qo‘rg‘oni bor. Ularga dushman bostirib kelsa, qo‘rg‘onlariga kirib, eshiklarni qulflaydilar 
va o‘zlarini dushmandan himoya qiladilar". 
 
Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham aytdilarki: "Alloh taolo Yahyoga 
(a.s.) buyurgan bu besh narsani sizlarga men ham buyuraman va yana menga Alloh 
buyurgan beshta boshqa xislatni amr etaman. Jamoatni mahkam ushlanglar, quloq 
osinglar, itoat etinglar hijrat qilinglar, harakat qilinglar, kim johiliyat duosi bilan duo 
qilsa, u jahannamdagi tepalik ustidadir". 
 
Ubaydulloh ibn Umayr aytadilar: "Kim alhamdulillah, desa, unga osmon eshiklari 
ochiladi. Takbir aytsa, yer va osmon orasini to‘ldiradi. Alloh taologa tasbeh aytsa, uning 
savobi qanchaligiga hech kimning ilmi yetmaydi, Allohdan boshqa". 
 
601. Alloh taolo (hadisi qudsiyda) aytadi: "Agar bandam Meni nafsida zikr qilsa, Men 
ham uni nafsimda zikr qilaman. Agar Meni bir o‘zi zikr qilsa, uni Men ham bir o‘zim zikr 
qilaman va agar jamoat ichida Meni zikr qilsa, Men uni undan yaxshiroq va hurmatliroq 
jamoat ichida zikr qilaman". 
 
Yana Ibn Umayr aytadilar: "Kim boshini to‘shakka qo‘yganda Allohni zikr qilsa, keyin shu 
holatda uxlab qolsa, to uyg‘ongunicha uni zikr qiluvchi deb yoziladi". 
 
Faqih aytadilar: Zikr Alloh taolodan afv va mag‘firat demakdir. Agar banda Allohni zikr 
qilsa, Alloh taolo uni mag‘firat bilan zikr qiladi. 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Zikr ikki zikr orasida, Islom ikki shamshir orasida, 
gunoh ikki farz o‘rtasidadir". 
 
"Zikr ikki zikr orasida", deganlarining ma’nosi, agar bandani Alloh tavfiq bilan zikr 
etmasa, u Allohni zikr qilishga qodir bo‘lmaydi va banda Allohni zikr qilsa, Alloh uni 
mag‘firat bilan zikr qiladi. "Islom ikki qilich orasida", degan so‘zlarining ma’nosi, 
musulmon bo‘lguncha kurashiladi, musulmon bo‘lgandan keyin qaytsa, o‘ldiriladi. 
"Gunoh ikki farz orasida", deganlarining ma’nosi, bandaga gunohdan saqlanish farzdir, 
agar gunoh qilib qo‘ysa, tavba qilmog‘i farz bo‘ladi. 
 
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning: "Yashirinib oladigan vasvasachining 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
yomonligidan..." (An-nos, 4), degan so‘zi haqida aytadilar: "U qalbga yopishgan 
shaytondir. Banda Allohni zikr qilsa, yashirinadi, agar g‘aflatda qolsa, vasvasa qiladi". 
 
602. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Har bir narsaning sayqali bor, 
qalbning sayqali Allohni zikr qilishdir". 
 
Ibrohim Naxa’iy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Agar kishi uyiga kirib, salom bersa, 
shayton: "Menga bu joyda turadigan joy qolmadi", deydi. Taom keltirilgach, Allohni zirk 
qilsa, shayton: "Menga bu yerda yotoq ham, taom ham qolmadi", deydi. Agar ichishga 
biron narsa keltirilgach, Allohning ismini aytsa, shayton: "Menga joy ham, taom ham, 
ichimlik ham qolmadi", deb umidsizlanganicha chiqib ketadi". 
 
603. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qaysi birlaringiz taom yesa, 
bismillah, deb aytsin, agar avvalida unutgan bo‘lsa, oxirida, bismillahi fi avvalihi va 
oxirihi, deb aytsin". 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Birontalaringiz taomni yeyayotgan paytida bismillohni 
aytmasa, u bilan shayton birga ovqatlanadi. Agar taomining qolganida Allohning ismini 
zikr qilsa, ovqat yangiga aylanadi". 
 
Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar: Abu Muhammad Anas ibn Molikning (r.a.) sahobalaridan 
biri edi. Shu kishi aytdilarki, iblis Allohga: "Ey Rabb, odam farzandlariga Seni zikr 
qiladigan uylar berding, mening uyim qaer?" dedi. Alloh aytdi: "Hammom". 
"Ularga o‘tiradigan joylar berding, mening o‘tiradigan joyim qaer?" 
"Bozor". 
"Ularga o‘qiydigan narsa berding, menga-chi?" 
"She’r". 
"Ularga yaxshi gaplarni berding, mening gapim nima?" 
"Yolg‘on so‘z". 
"Ularning azoni bor, mening azonim nima?" 
"Surnay". 
"Ularga elchilar yubording, mening elchilarim kim?" 
"Folbinlar". 
"Ularga yozuvni berding, mening yozuvim nima?" 
"Badanga naqsh solish". 
"Ularga ov qiladigan joylarni berding, menga-chi?" 
"Xotinlar". 
"Ularga ovqat berding, meni ovqatim nima?" 
"Qaysi ovqatga ismim aytilmasa, o‘sha sening ovqating". 
"Ularga ichimlik berding, mening ichimligim nima?" 
Alloh taolo aytdi: "Mast qiluvchi narsalarning hammasi". 
 
Fuzayl ibn Iyozga (r.a.) bir kishi kelib: "Menga nasihat qiling", dedi. Fuzayl aytdilar: 
"Mendan beshta narsani yod ol: 
1. Senga nima yetsa, Allohning taqdiridan deb bil, xalqni malomat qilma. 
2. Tilingni saqla, xaloyiq undan salomat bo‘lsin. Shunda Allohning azobidan salomat 
bo‘lasan. 
3. Rabbingning senga rizq beraman degan va’dasini rost bil, shunda mo‘min bo‘lasan. 
4. O‘limga tayyor tur, shunda g‘ofil holda o‘lmaysan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling