Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi"
- "(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur"
- Qur’on fazilatlari bobi hadislari
- "Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur"
ELLIK OLTINCHI BOB QUR’ON FAZILATLARI HAQIDA 650. Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) aytadilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): "Qur’on shafoat qiluvchi va mushaffi’, mohil va tasdiqlovchidir, kim uni o‘ziga imom qilib olsa, Qur’on uni jannatga yo‘llaydi. Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa, do‘zaxga haydaydi", dedilar. Faqih aytadilar: "Shafoat qiluvchi va mushaffi’" egasini shafoat qilishni so‘raydi, degani. "Mohil"ning ma’nosi – harakat qiluvchi, ya’ni, egasi uchun harakat qiladi va uning so‘zini Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 260 tasdiqlaydi. "Kim uni o‘ziga imom qilsa", ya’ni, uni o‘qisa, unga amal etsa, "Qur’on uni jannatga yetaklaydi". "Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa", ya’ni, unga jafo qilib, uni o‘qimasa, amal etmasa, qiyomat kuni uni "do‘zaxga haydaydi". 651. Nofe’ ibn Abdulhars Umarning (r.a.) Makkadagi ish boshqaruvchisi edi. U Hazrati Umarni kutib olish uchun chiqdi. Hazrati Umar unga: "Makkaga kimni hokim qilib kelding?" dedilar. "Abdurahmon ibn Abu Abzoni", deb aytdi. Umar (r.a.): "Qurayshiylarga qullari bo‘lgan kishini hokim qilib keldingmi?" deb so‘radilar. "Ey mo‘minlarning amiri, – dedi u, – men odamlarning ichida eng yaxshi Qur’on o‘qiydigan kishini o‘rnimga qo‘ydim". Umar (r.a.) aytdilar: "Ha, albatta, Alloh taolo Qur’on bilan kishilarning darajasini ko‘tardi va ba’zi kishilarning darajasini past qildi. Albatta, Abdurahmon ibn Abu Abzo ham Alloh taolo Qur’on bilan darajasini ko‘targanlardandir". 652. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Albatta, bu Qur’on Allohning ziyofatidir. Allohning ziyofatidan qodir bo‘lganlaringcha olinglar. Albatta, bu Qur’on Allohning mustahkam arqoni, nuri mubin, shifoi nofe’, kim uni ushlasa, saqlanadi, unga ergashgan kishi najot topadi. Egri emaski, to‘g‘rilansa, xato emaski, to‘g‘ri yo‘lga solinsa. Uning ajoyibotlari tugamaydi, takror qilishlik bilan eskirmaydi. Uni tilovat qilinglar, chunki Alloh taolo har bir harfining tilovati uchun sizlarga o‘nta savob beradi. Men "Alif-lom-mim"ga o‘n savob beriladi, demayman, balki "alif"ga o‘nta, "lom"ga o‘nta, "mim"ga o‘nta savob beriladi". 653. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning naql qiladilar: "Kim mo‘min birodaridan dunyo g‘amining bittasini ketkizsa, Alloh taolo undan oxirat g‘amlaridan bir g‘amni ketkizadi. Kim dunyoda qiyinchilik tushgan kishining ishini yengil qilsa, Alloh taolo uning dunyoyu oxiratdagi ishini yengillashtiradi. Alloh bandaga yordamda bo‘ladi, modomiki, u muslim birodariga yordamda bo‘lsa. Kim ilm izlanadigan yo‘lda yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi. Qaysi qavm Alloh uylaridan birida Allohning kitobini tilovat etish uchun yig‘ilishsa va o‘zaro dars qilishsa, ularning ustiga sakinat tushadi, rahmat qoplaydi, ularni maloikalar halqa qilib o‘rab oladi va Alloh taolo o‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi". 654. Yazid ibn Abu Hubayb Payg‘ambar alayhicsalomdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: "Kim Qur’onni yod olsa, Alloh taolo uning ota-onasidan azobni yengillashtiradi, garchi ular kofir bo‘lsalar ham". 655. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni o‘qisa, uning ikki tomonidan nubuvvat chiqqandek bo‘ladi, lekin unga vahiy qilinmaydi. Kim Qur’onni o‘qisa, so‘ngra Allohning bandalaridan biriga berilgan narsani o‘ziga berilgan narsadan afzal bilsa, Alloh taolo ulug‘ qilib bergan narsani haqir sanabdi". Qur’on yodlagan kishi johillik qilganga johillik, dushmanlik qilgan kishiga dushmanlik qilishi joiz emas, balki afv etish va kechirib yuborish lozimdir. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’onni yodlagan kishi quyidagi narsalar bilan boshqalardan farq qilishi kerak: Kechalari odamlar uxlagan vaqtda bedor bo‘lishi, kunduzi odamlar og‘zi ochiq bo‘lganlarida ro‘za tutmog‘i, odamlar xursand bo‘lganlarida u mahzun bo‘lmog‘i, odamlar kulganlarida yig‘lamog‘i va odamlar mutakabbirlik qilganlarida o‘zini past olmog‘i". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 261 Qur’onni ko‘targan kishi yig‘laydigan, mahzun, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Zulm qilishi, g‘ofil bo‘lishi, baqirishi va qattiq qo‘l bo‘lishi joiz emas. 656. Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa dunyoda g‘aribdir: Zolimning ichidagi Qur’on, yomon qavm ichidagi yaxshi kishi, uyda o‘qilmay turgan Mushaf". Muhammad ibn Ka’b Qarziy: "Kim Qur’onni o‘qisa, guyoki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘ribdi", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar: "Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Qur’on vahiy qilindi" (An’om, 19). 657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi. 658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi". 659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod olgan qorining". 660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi". So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi". Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 262 bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir". Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar". Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi". 661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q". 662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir". Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir. 663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar: "Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim". 664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi". 665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi". Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor holatda keltiriladi". So‘ng: "(Ey insonlar), sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – gunoh sababli (etur) va yana ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur" (Sho‘ro, 30), oyatini o‘qidilar. Qaysi musibat Qur’onni unutishdan kattaroq ekan?!" 666. Faqih aytadilar: Hasan ibn Ziyoddan Abu Hanifaning (r.a.) bunday deganlarini eshitdim: "Kim Qur’onni yilda ikki marta o‘qib chiqsa, uning haqqini ado etgan bo‘ladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o‘qib o‘tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o‘qib berganlar". ____________ Qur’on fazilatlari bobi hadislari 650-hadis. Sahih. Tabaroniy, Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 651-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 652-hadis. Isnodi yaxshi. “As-sahiha”ga qarang. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 263 653-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 654-hadis. Mavzu’. Ibn Hibbon “Majruhun”da rivoyat qilgan. 655-hadis. Hasan marfu’. Hokim sahih sanagan. 656-hadis. Mavzu’. “Az-zaifa”ga qarang. 657-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 658-hadis. “Kanzul ‘ummol”ga qarang. Daylamiy rivoyat qilgan. 659-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 660-hadis. Sahih. Ahmad, Dorimiy rivoyat qilgan. 661-hadis. Muttafaqun alayh. 662-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 663-hadis. Zaif. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 664-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga kiritilgan. 665-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 666-hadis. Sahih. “Sahihul Buxoriy”ga qarang. ELLIK YETTINCHI BOB ILM TALAB QILISH FAZILATI 667. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Kasir ibn Qays rivoyat qildilar: "Abu Dardo (r.a.) bilan Damashqdagi masjidda birga o‘tirgan edim. Bir kishi kelib: "Ey Abu Dardo, men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaharlaridan siz Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan bir hadisni so‘rash uchun keldim", dedi. Abu Dardo: "Tijorat uchun emas, ehtiyoj uchun emas, faqat shu uchun keldingmi?" dedilar. Haligi kishi: "Faqat mana shu ish uchun keldim", dedi. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitdimki, "Kim ilm talab qilinadigan yo‘lni tutsa, Alloh taolo unga jannat yo‘llaridan bir yo‘lni yengil qilib qo‘yadi va Allohning maloikalari tolibi ilm uchun qanotlarini uning qilayotgan ishidan rozi bo‘lib qo‘yadilar, olim uchun osmon va yerdagi hamma narsalar, suvdagi baliqlargacha istig‘for so‘raydilar. Olimning obiddan afzalligi badr (to‘lin oy) kechasidagi oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor-dirham meros qoldirmadilar. Ilm-ni meros qoldirdilar. Kim uni olsa, katta nasiba olibdi", deganlar u zot sollallohu alayhi vasallam". 668. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilarki: "Ikki ochko‘z hech to‘ymaydi: Tolibi ilm va dunyoni talab qiluvchi. Ular barobar emaslar. Ilm tolibi Alloh roziligini ziyoda qilaveradi, ammo dunyo tolibi tug‘yonda ziyoda bo‘laveradi". So‘ng ushbu oyatlarni o‘qidilar: "Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur" (Fotir, 28), "Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar – haddidan oshar" (Alaq, 6–7). Muhammad ibn Sirin hikoya qiladilar: "Basradagi masjidga kirdim. Asvad ibn Sari’ odamlarga qissa aytardilar. U kishining oldida odamlar yig‘ilgan edi. Ularning orqasida fiqh sohiblari boshqa halqa qilib o‘tirishardi va fiqhdan muzokara qilishardi. Ikki rak’at namoz o‘qib, forig‘ bo‘lganimdan keyin ichimda, Asvadga borsam, ularga yetgan ijobat, rahmat ular bilan menga ham yetadi, dedim. So‘ng, faqihlarning halqasiga borsam, shoyad ularning so‘zini eshitib, amal qilsam, deb o‘yladim. Shu holda ikkilanib, o‘tib ketdim. Hech qaysilarining oldiga o‘tirmadim. O‘sha kecha tush ko‘rdim. Tushimda bir kishi kelib aytdi: "Fiqh darsi bo‘layotgan halqada o‘tirganingda, Jabroilni topar eding. U zot ular bilan birga o‘tirgan edi", dedi". 669. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim do‘zaxdan ozod qilinganlarga qarashni yaxshi ko‘rsa, ilm oluvchilarga qarasin. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 264 Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qaysi bir ta’lim oluvchi olimning eshigiga kelsa, Alloh taolo uning har bir qadamiga bir yillik ibodatni yozadi va har bir qadamiga jannatda bir bino barpo qilinadi. Yerda yursa, unga istig‘for so‘rashadi. Kechasi va kunduzda gunohlari kechirilgan holda bo‘ladi. Unga maloikalar guvohlik beradilar va: "Ana ular Allohning do‘zaxdan ozod qilgan bandalaridir", deb aytadilar". 670. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib, u yerda ikki majlisni ko‘rdilar, bittasi Allohni zikr qilayotgan, ikkinchisi fiqhdan ta’lim olayotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ikki majlis ham yaxshilikdadir, ammo bittasi ikkinchisidan afzalroq. Ana ular Allohga duo qilishyapti, Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man’ qiladi. Ana ular esa, ilm o‘rganishyapti va bilmaganga o‘rgatishyapti. Men ham muallim qilib yuborilganman va bular afzalroqdir". So‘ng (ta’lim olayotganlar) bilan o‘tirdilar. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir masalani o‘rganmog‘im menga kechasi turib ibodat qilishdan yaxshidir". Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Sizlar amal qilish zamonidasizlar, bunda amal qilish ilm olishdan yaxshidir, yaqinda ilm zamoni keladi, ilm unda amaldan afzal bo‘ladi". 671. Said ibn Musayyab Abu Said Xudriydan, u zot (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Sarvari Olam sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Yer yuzidagi amallarning afzali uchtadir. Ilm olish, jahd va kasb qilish, chunki ilm tolibi Allohning habibi, g‘oziy Allohning avliyosi va kasb qiluvchi Allohning do‘stidir". 672. Abbon Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Aytdilar: "Kim ilmni Allohdan boshqasi uchun talab qilsa, dunyodan ketmasdan unga shunday ilm keladiki, u Alloh uchun bo‘lib qoladi. Kim ilmni Alloh uchun talab qilsa, kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim kishi kabidir. Albatta, ilm olinadigan eshik Qubays tog‘idek tilloni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir". Abdulloh ibn Muborakdan so‘rashdi: "Kishi qachongacha ilmni o‘rgangani yaxshi?" "Unga johillik yomon ko‘rinib, ilm olish yoqimli bo‘lgunicha". Ibn Muborakdan (rahmatullohi alayh) hikoya qilinadi. U kishiga o‘lim yaqinlashgan edi. Oldilarida bir odam yozib o‘tirardi. U zotga: "Shu holatda ilm yozyapsiz?" deyishdi. Aytdilar: "Ehtimol, hozirgacha bilmaganim bir kalima menga foyda berib qolar". 673. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Ilmni ta’lim olinglar, chunki ta’lim olish Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish ibodat, muzokarasi tasbeh, bilmagan kishiga o‘rgatish sadaqa, uni ahliga sarflash qurbatdir (Allohga yaqinlik). Chunki ilm jannat ahllarining manzillari sari yo‘ldir. U tanho paytida hamroh, safarda sohib, xilvatda suhbatdosh, sirlarda dalil, qiyinchiliklarda yordamchi, bezaklar oldida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi quroldir. U bilan Alloh qavmlarni yuksaltiradi, demak, ular yaxshi ishlarda imom, yo‘lboshlovchilik qiladi. Ularning izidan boshqalar ergashadi, amallariga iqtido etadi va maloikalar ularning sifatlarini targ‘ib qiladi, ularni qanotlari bilan silaydi. Tolibi ilmga bor ho‘lu quruq va dengizdagi baliqlar, yerdagi hasharotlar, quruqligu suvdagi vahshiylar, hayvonlar salovot o‘qiydilar. Chunki ilm qalblarni jaholatdan tiriltiradi, qorong‘ulikda ko‘zlarning chirog‘i, zaiflikda badanlarga quvvat, u bilan abrorlar va ahrorlar manziliga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 265 yetadi, oxirat va dunyoda baland darajalarga erishadi. Unda fikr qilish ro‘zadorlikka, muzokara qiyomga tengdir, u bilan qarindoshchilik bog‘lanadi, u bilan harom va halol bilinadi, u imomdir, amal unga ergashadi, u saodatmandlarga ilhom beradi, baxtsizlarni mahrum qiladi". Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilmning talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar, quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salovot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin, muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland tutmanglar, agar unday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar. Ilmning Allohga ibodatda xalal bermaydiganini talab qilinglar, shuningdek, Allohga ibodat etinglar, ilmlaringizga zarar bermaydigan bo‘lsin. Ilm foyda bermaydi, magar yuqoridagi gaplarga amal qilinsagina foyda beradi. Ilmni tashlab, faqat ibodatga yuz tutgan qavmdek bo‘lmanglar. Ularning terilari badanlariga yopishib ketsa ham, odamlarning oldiga qilichlari bilan chiqadilar. Agar ular ilmni talab qilsalar edi, ilmlari qilgan ishlaridan to‘sgan bo‘lardi. Ilmsiz amal qiluvchi yo‘ldan adashgan kishiga o‘xshaydi. U g‘ayratni kuchaytirmaydi, balki qiyinchilikni ziyoda qiladi, islohidan fasodi ko‘p bo‘ladi". U kishidan: "Ey Abu Said, bu gaplarni kim aytgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Badr urushida qatnashgan yetmishta kishi bilan uchrashdim, ilm talabida qirq yil safar qildim". Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ey odamlar, sizlarning olimlaringiz ketayotganini va johillaringiz ta’lim olmayotganini ko‘ryapman! Bas, ilm ko‘tarilib ketmasidan oldin ta’lim olib qolinglar, chunki ilmning ko‘tarilishi olimlarning ketishi bilandir". 674. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib olish bilan ko‘tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko‘taradi, hattoki bironta olim qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so‘raydilar, ular javob beradilar, o‘zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar". Ibn Muborakdan (r.a.): "Agar sizga Allohdan, bugun peshingacha o‘lasan, degan xabar kelsa, o‘sha kuni nima amal qilar edingiz?" deb so‘rashdi. U zot: "Ilm talab qilardim", deb javob berdilar. Ibrohim Naxa’iy (r.a.): "Faqih kishi hamisha namozda bo‘ladi", dedilar. "Qanday qilib?" deyishdi. Aytdilar: "Chunki siz u bilan uchrashgan paytingizda tilida Allohning zikri bo‘ladi, halolni halol, haromni harom deydi". Aytiladiki, olimlar zamonning chirog‘i. Har bir olim zamonasining chirog‘idir va u bilan davrining ahli ziyo oldi". Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Xo‘jayinim meni uch yuz dirhamga sotib oldi, keyin ozod qildi, shunda o‘zimga o‘zim, qaysi kasbni qilsam ekan, dedim, so‘ng ilmni ixtiyor etdim, ko‘p o‘tmay xalifa mening ziyoratimga keldi, men unga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 266 kirishga izn bermadim". Solih Marriydan (r.a.) zikr qilinadi: U kishi amirul mo‘mininning oldiga kirdilar va uning yostig‘i ustiga o‘tirdilar. So‘ngra: "Hasan aytib to‘g‘ri aytdi", dedilar. Amirul mo‘minin: "Hasan nimani aytdi?" deb so‘radi. "Hasan, ilm sharaflining sharafini ziyoda qiladi, qulni ozodlar manziliga yetkazadi, degan edi. Yo‘qsa, Solih Marriy kim bo‘libdiki, amirul mo‘mininning yostig‘iga o‘tirsin?!" dedilar. 675. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Ilmni Xitoyda bo‘lsa ham talab qilinglar. Chunki ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir". Avn ibn Abdulloh rivoyat qiladi: "Bir kishi Abu Zarr Fiforiyning (r.a.) oldilariga kirdi va aytdiki: "Men ta’lim olmoqni xohlagan edim, lekin uni zoe’ qilib, unga amal qilmay qolishimdan qo‘rqaman". Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytdilar: "Sening ilm bilan o‘ralib qolishing johillikka o‘ralib qolishingdan ko‘ra yaxshidir". U odam keyin Abu Dardoning (r.a.) oldilariga borib, boyagi gapni aytdi, Abu Dardo: "Albatta, odamlar qanday holatda o‘lsalar, shu holatda tiriladilar. Olimni olim holatida tiriltiradi, johilni johil holatida", deb javob qildilar. Keyin Abu Hurayra (r.a.) huzurlariga borib, ikkalasiga aytgan boyagi gapni aytdi. Abu Hurayra (r.a.): "Mavjud narsani tashlab qo‘yishdan ko‘ra uni zoe qiluvchi bo‘lmaysan", dedilar. 676. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga ibodat qilishda dinning faqihi bo‘lishdan afzalroq narsa yo‘qdir. Bitta faqih shaytonga mingta obiddan qattiqroqdir. Har bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni fiqhdir". Xabarda zikr qilinishicha, Basra ahllari ixtilof qilishdi. Ba’zilari, ilm moldan afzal, deyishsa, ba’zilari, mol ilmdan afzal, deyishdi. So‘ngra Ibn Abbosga (r.a.) bir kishini yuborishdi. Elchi kelib, u kishidan shu masalani so‘radi. Ibn Abbos aytdilar: "Ilm afzaldir". Elchi: "Agar mendan hujjat so‘rashsa, nima deb javob berayin?" dedi. Ibn Abbos: "Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning, ilm seni qo‘riqlaydi, sen molni qo‘riqlaysan. Albatta, ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur, molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beraveradi. Ko‘proq yaxshi ko‘rmaydiganiga beradi. Allohning ushbu so‘ziga qaramaysanmi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling