Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
bilan birga birovni so‘kkan, birovning molini yegan, birovni zinokor deb ayblagan, 
birovning qonini to‘kkan, birovni urgan. Shu ishlari uchun uning yaxshiliklaridan olinadi. 
Agar yaxshiliklari to‘lovlarini to‘lashga yetmasa, ularning xatolari olinib, unga beriladi, 
so‘ng do‘zaxga uloqtiriladi". 
 
Abu Maysaradan zikr qilinadi: "Bir kishi dafn etilgandan keyin uning qabriga Munkar va 
Nakir qamchi bilan kelishdi va, biz seni yuz qamchi uramiz, deyishdi. o‘lik, men bunday-
bunday kishi edim, dedi. So‘ngra uni shafoat qilishib, o‘ntasini o‘chirishdi. Oxiri o‘chirib-
o‘chirib, to‘qson to‘qqiztasi ketdi, bittasi qoldi. Munkir va Nakir, biz seni bir qamchi 
uramiz, deyishdi va uni bir qamchi urishdi, shunda qabr o‘t bo‘lib yondi. O‘sha kishi, 
nimaga meni urdingizlar, deb so‘radi. Aytishdiki, bir zulm yetgan kishining oldidan 
o‘tayotgan eding, u sendan yordam so‘radi, unga yordam bermading". 
 
Mazlumga yordam bermagan kishining holati shu bo‘lsa, zolimning holati qanday bo‘lar 
ekan?! 
 
Faqih aytadilar: Gunohlarning zulmdan-da kattarog‘i yo‘qdir. Chunki gunoh Alloh bilan 
bandaning orasida bo‘ladi, Alloh taolo karim zot, kechirib yuborishi mumkin. Agar gunoh 
sen bilan boshqalar orasida bo‘lsa, xusumatchilaringni rozi qilishdan boshqa ilojing yo‘q. 
Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim so‘rab olsin, agar 
qodir bo‘lmasa, uning uchun istig‘for aytsin va duo qilsin. Mana shu ishlar bilan ham 
umid qilinadi. 
 
Maymun ibn Mahron aytadilar: "Agar kishi bir insonga zulm qilib qo‘ysa va o‘sha qilgan 
zulmi, tufayli undan kechirim so‘ramoqchi bo‘lsayu, u dunyodan o‘tib ketib, qodir 
bo‘lmasa, uning uchun har kuni namozning orqasidan istig‘for so‘ramog‘i kerakdir". 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon 
kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga o‘rgatib qo‘ysa, Allohning g‘azabiga 
yo‘liqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir". 
 
Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Ahnaf ibn Qaysdan: "Odamlarning eng johili kim?" 
deb so‘radilar. Ahnaf aytdilar: "Oxiratini dunyosiga sotgan kishidir". "Umar ibn Xattob 
(r.a.): "Senga bundan ham ilmsizroq kishining kimligini aytayinmi?" dedilar. 
 
"Ayting, ey amirul mo‘minin". 
 
"Birovning dunyosiga o‘zining oxiratini sotgan kishidir". 
 
565. Molik ibn Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
"Zolim birodaringga ham, mazlum birodaringga ham yordam ber", dedilar. "Ey Allohning 
elchisi, mazlumga-ku, yordam beraman, ammo zolimga qanday yordam beray?" deb 
so‘radim. Aytdilar: "Uni zulmdan qaytarsang, ana shu sening unga yordamingdir". 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Hammaga yaxshilik qildim. Hech kimga hech qachon 
yomonlik qilmadim. Chunki Alloh taolo: 
"Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir, kim yomon amal qilsa, o‘z ziyoniga 
qilur" (Fussilot, 46), deb aytgan". Ya’ni, agar birovga yaxshilik qilsam, o‘zimga yaxshilik 
qilgan bo‘laman, birovga yomonlik qilsam ham, o‘zimga yomonlik qilgan bo‘laman. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
 
566. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Haromdan bir daniq (o‘lchov birligi 
– muh.) qaytarish Allohning huzurida yetmishta mabrur hajdan afzaldir". 
 
567. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘rasa, la’natlangandir. Kim Alloh taoloning 
yuzi haqida so‘ralsa, so‘rovchini umuman so‘ramaydigan qilib qaytarsin. Muslim 
birodariga zarar bergan yoki makr qilgan kishi la’natlangandir. Yolg‘on gapirgan 
la’natlangandir. Bir yilda bir poklanmaydigan mol la’natlangandir. Har yili bir kun baloga 
yo‘liqmagan (sinalmagan) tan la’natlangandir, ya’ni, oyog‘i qoqilib yiqilmagan bo‘lsa, 
musibat yetmagan bo‘lsa, kasal bo‘lmagan bo‘lsa, biron joy tirnalmagan bo‘lsa, ko‘z 
og‘rimagan bo‘lsa". 
 
568. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qilib: "Ey Iso, bani Isroil jamoasiga ayt, 
Men podshohlarning podshohiman, ularning qalblariga qudratim bilan egalik qilib 
turaman. Agar itoat qilishsa, podshohlarni ularga mehribon qilib qo‘yaman, agar Menga 
osiylik qilishsa, podshohlarni ularga zulmkor qilib qo‘yaman, shunda ularni badduo qilish 
bilan mashg‘ul bo‘lib qolmanglar, balki Menga tavba qilinglar, ularni sizlarga shafqatli 
qilib qo‘yaman", dedi". 
 
569. Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Muhojirlardan 
bittasining Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga hojati tushdi. U kishi bilan bir xoliroq 
joyda uchrashmoqni xohladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Batho degan joydagi 
lashkargohda edilar. U zot kechasi kelib, bomdodgacha aylanardilar, keyin qaytib 
ketardilar. So‘ngra bomdodni o‘qir edilar. Bir kuni aylanib bo‘lgach, muhojir kishi u 
zotning oldilariga kelib, tuyalarini yuganidan ushladi va: "Ey Allohning elchisi, mening 
sizda hojatim bor", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Meni qo‘y, 
yaqinda hojatingga yetasan". Muhojir kishi bosh tortdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam ushlanib qolishdan qo‘rqib, uni qamchi bilan bir turtdilar. 
 
Keyin bomdod namozini o‘qidilar. Bomdodni o‘qib bo‘lib, yuzlarini qavmga burdilar, 
qavm atroflarida to‘plandi. "Boya men qamchi bilan turtgan kishi qaerda?" dedilar. 
Keyin: "Agar qavmning ichida bo‘lsa, tursin", deb aytdilar. Haligi kishi: "Alloh taolo bilan, 
so‘ng payg‘ambari bilan panoh tilayman", der edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: "Yaqinroq kel, menga yaqin kel", dedilar. Yaqin keldi. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam uning oldiga o‘tib, qamchini berdilar va: "Men urganimdek sen ham 
meni qamchi bilan ur, mendan qasos ol", dedilar. Haligi kishi: "Allohdan payg‘ambarini 
urishdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar aytdilar: "Yegan tayog‘ingni ol, qasos ol, 
buning zarari yo‘q". Muhojir yana: "Allohdan payg‘ambarini tayoqlashdan panoh 
tilayman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kechir, yoki qasos ol". 
U qamchini uloqtirib yuborib: "Kechirdim, ey Allohning elchisi", dedi. So‘ng Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey odamlar, Parvardigoringizdan qo‘rqinglar. 
Qaysilaringiz mo‘minlarga zulm qilsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni o‘ch oladi". 
 
570. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga qasamki, qiyomat kuni 
haqdor kishilarga haqlari to‘la-to‘kis ado qilinadi, hatto shoxli qo‘chqordan shoxsiz 
qo‘chqorning ham haqqi olib beriladi". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
571. U zot sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: "Mazlumlar qiyomat kunida najot 
topgan kishilardir". 
 
Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa o‘zing bilan Alloh o‘rtasidagi yetmish 
gunoh bilan uchrashmog‘ing o‘zing bilan bandalar orasidagi bitta gunoh bilan 
uchrashmog‘ingdan yaxshiroqdir". 
 
Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Kishining qarzi bo‘la turib, yog‘ yeyishi yoki 
ozginasidan ham foydalanishi durust emas". 
 
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Alloh taoloning kitobidan bir oyatni o‘qib, unga amal qilish 
menga Qur’onni ming marta xatm qilishdan yaxshidir. Mo‘minni xursand etish va hojatini 
chiqarish menga bir umr ibodat qilib o‘tishdan yaxshidir. Dunyoni tark etish va undan 
bosh tortish menga yer va osmon ahllari ibodatini qilishimdan yaxshidir. Haromning bir 
misqolchasini tashlashim menga yuzta halol mol bilan qilgan hajdan yaxshidir". 
 
Abu Bakr Varroq aytadilar: "Imon ko‘pincha qalbdan o‘lim vaqtida sug‘urib olinadi. 
Gunohlarimizga qaradik, gunohlar ichida imonni qalbdan eng tez sug‘urib oluvchisi 
bandalarga yetkazilgan zulm ekan". 
 
Abul Qosim Hakimdan so‘rashdi: "Bandani imondan ayiradigan gunoh bormi?" Aytdilar: 
"Ha. Uch narsa bandani imondan ayiradi: 
1. Islomga (ya’ni, musulmon bo‘lganiga) shukrni tark qilish. 
2. Islomning ketib qolishdan qo‘rqmaslik. 
3. Islom ahliga zulm qilish". 
 
572. Anas (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishiga uch 
narsani nasihat qilib aytdilar: "O‘limni eslashni ko‘paytir, shunda boshqa narsa bilan 
mashg‘ul bo‘lishni tark qilasan, shukrni mahkam tut, u ne’matni ziyoda qiladi, duoni ham 
mahkam tut, chunki duoing qachon mustajob bo‘ladi, bilmaysan. Uch narsadan seni 
qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilishiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim 
birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm ko‘rgan kishiga yordam beradi. Makrdan saqlan. 
Chunki makr yomonlik keltiradi". 
 
Zayd ibn Sumra aytadilar: "Jahannamda dengiz sohiliga o‘xshagan bir joy mavjud. Unda 
tuyadek keladigan ilonlar, chayonlar bor. Agar jahannam ahli azoblarning yengil 
bo‘lmog‘i uchun yordam so‘rasalar, sohilga chiqinglar, deyiladi. Chiqsalar, ilonlar 
ularning lablaridan, yuzlaridan Alloh xohlaganicha tishlab olishadi. So‘ngra terilarini 
shilishadi. Ular yordam so‘rab, do‘zaxga qochadilar. Ular qichima kasaliga giriftor 
qilinadi. Terilarini qashiyverganlaridan suyaklari ko‘rinib ketadi. Shunda: "Ey falonchi, 
senga bu hol azob beryaptimi?" deyiladi. U "Ha", deydi. "Bu hol sening bergan 
aziyatlaring mahsuli, sen mo‘minlarga zulm qilarding", deyiladi. 
 
Bu ma’no Alloh taoloning so‘zidan olingan: 
"Buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz" (Nahl, 
88). 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Mo‘minga zulmning uchtasi uni zolim deyishga kifoya 
qiladi: Odamlarning qilgan ishlarini ayblab turib, o‘zi u ayb ishni qilaveradi; odamlarning 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
ayblarini ko‘radi, ammo o‘zininiki ko‘rmaydi; foydasi yo‘q narsada suhbatdoshiga aziyat 
beradi". 
 
573. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kuni arshning tagidan 
nido qiluvchi nido qiladi: "Ey Muhammadning ummati, menga qilgan gunohlaringizni 
o‘zlaringa berdim, endi o‘zlaringizning oralaringizdagi gunohlar qoldi. Uni bir-
birlaringizga beringlar va Mening rahmatim bilan jannatga kiringlar". 
 
Shayx Zohid Abu Abdulloh Raqqiy aytadilar: "Uyqu bilan uyg‘oqlik orasida edim, 
g‘oyibdan ovoz kelib: "Fazilatlarning hammasi jamlansa, jumlasi ikki narsaga qaytadi – 
Allohning ishini ulug‘lash va odamlar orasini isloh qilish". 
 
Bu haqda Allohning so‘zi bor: 
"O‘z oralaringizni o‘nglanglar" (Anfol, 1). 
Alloh taolo bilguvchiroqdir. 
 
________________ 
Zulm haqidagi bob hadislari 
 
562-hadis. Muttafaqun alayh. 
563-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad rivoyat qilgan. 
564-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
565-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan. 
566-hadis. Botil. “Tanzihush-sha’irat”ga qarang. 
567-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang. “Kim muslim birodariga zarar yetkazsa yoki makr qilsa, la’natlangandir” jumlasi zaif. 
568-hadis. Juda zaif. Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
569-hadis. Sanadi topilmadi. 
570-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 
571-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
572-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
573-hadis. Mavzu’. “Ihyo”ga qarang.
 
 
 
QIRQ TO‘QQIZINCHI BOB 
RAHMAT VA SHAFQAT 
 
574. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qildilar: "Bir kishi yo‘lda ketayotib qattiq chanqadi va quduqni topib, unga tushib 
suv ichdi. Chiqqanida bir it hansirab, chanqaganidan tuproqni yalayotganini ko‘rdi. Haligi 
kishi o‘ziga-o‘zi, bu it xuddi menga o‘xshab chanqabdi, dedi. So‘ng quduqqa tushib 
mahsisini to‘ldirib, suv olib chiqdi va itning og‘ziga quydi. It suv ichib, chanqog‘ini bosdi. 
Alloh taolo unga shukr aytdi (ya’ni, undan rozi bo‘ldi) va gunohini kechirdi". "Ey 
Rasululloh, bizlar hayvonlar uchun ham ajr olamizmi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Har bir 
jigari bor jonda ajr bor". 
 
575. Hasan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga rahm 
qiluvchilar kiradi". "Ey Allohning elchisi, biz hammamiz rahmdilmiz", deyishdi. "Rahmlilik 
har birlaringiz uchun xos emas, balki odamlarga hammalari rahm qiladi, rahm qilsalar 
ham, Alloh uchun qiladilar". 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar birodaringizga bir jazo yetgan bo‘lsa, uni 
la’natlamangiz, uning ustida shaytonga yordam bermangiz, balki: "Ey Parvardigor, unga 
rahm qil, ey Parvardigor, uning tavbasini qabul qil", deb aytingiz". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
576. Sha’biy aytadilar: No‘’mon ibn Bashir minbarga ko‘tarildilar va Allohga hamdu sano 
aytdilar. So‘ng: "Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Musulmonlar bir-birlariga 
nasihat qilib yurmog‘i va o‘zaro rahmli bo‘lmog‘i lozim. Jasaddagi a’zolar misoliki, agar 
bittasi og‘risa, qolgan a’zolar bedorlik bilan hamdard bo‘ladi, toki og‘riq ketguncha", 
deganlarini eshitganman", dedilar". 
 
Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Umar (r.a.) kechalarning birida aylanib yurardilar. Bir 
joyga tushgan to‘daning yonidan o‘tdilar. Umar (r.a.) ularga o‘g‘ri tushishidan qo‘rqdilar. 
Abdurahmon ibn Avfning oldilariga keldilar. Abdurahmon: (r.a.): "Bu soatda nima qilib 
yuribsiz, yo amirul mo‘minin?" deb so‘radilar. "Bir jamoatning yonidan o‘tdim. Keyin 
o‘zimcha, bular yotib uxlaydi, so‘ng ularni o‘g‘rilar tunaydi, deb qo‘rqdim. Men bilan 
yuring, ularni qo‘riqlaymiz", dedilar. Ikkovlari borib, jamoat yotgan joyga yaqinroqda 
o‘tirib, qo‘riqchilik qila boshladilar, tong yorishgachgina turdilar. Keyin Umar (r.a.): "Ey 
ahli jamoat, namoz", deb bir necha marta nido qildilar. Ularning harakatga tushganlarini 
ko‘rib, qaytib ketishdi". 
 
Faqih (r.a.) aytadilar: Sizlar oldin o‘tganlarga ergashishlaringiz lozim. Payg‘ambar 
alayhissalom sahobalari bir-birlariga rahm qilganlari tufayli maqtovga erishdilar. Alloh 
taolo aytadi: 
"O‘zaro rahm-shafqatlidirlar" (Fath, 29). 
 
Ular musulmonlarga va barcha maxluqlarga rahmlidirlar, zimmiylarga ham rahm 
qiladilar, shunday ekan, qanday qilib musulmonlarga rahmli bo‘lmasinlar. 
 
Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi zimmiylardan biri odamlar eshigi oldida tilanchilik 
qilib yurganini ko‘rdilar. U qari chol edi. Umar (r.a.) unga: "Biz senga insof qilmadik. 
Yoshligingda sendan jizya oldik, bugun esa tashlab qo‘yibmiz", dedilar va u kishiga 
musulmonlarning baytul molidan ovqat berib turishni buyurdilar. 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Umarning (r.a.) yelkalarini qisib vodiy tomonga 
yugurib ketayotganlarini ko‘rdim. U kishiga: "Ey amirul mo‘minin, qaerga ketyapsiz?" 
dedim. U zot: "Zakot tuyalaridan bittasi qochibdi, uni izlab ketyapman", dedilar. 
O‘zingizdan keyingi xalifalarni xor qildingiz", dedim. "Meni malomat qilmang, ey Abul 
Hasan, – dedilar, – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga 
qasamki, agar bir uloq Furot daryosi sohiliga ketib qolsa, qiyomat kunida Umardan 
so‘raladi. Musulmonlarni tashlab qo‘ygan hokimning, mo‘minlarni adashtirgan fosiqning 
hurmati yo‘qdir". 
 
577. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimning keyingilari namozi 
va ro‘zasining ko‘pligi uchun emas, balki qalblarining rahmati, ko‘ngillarining salomatligi, 
nafslarining saxovati va barcha musulmonlarga rahmdilligi bois jannatga kiradilar". 
 
578. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sening 
ustingda musulmonlarning to‘rtta haqqi bor: Ularning yaxshilariga yordam berishing, 
gunohlari uchun istig‘for aytishing, boshliqlarini duo qilishing va tavba qiluvchilarini 
yaxshi ko‘rishing", dedilar. 
 
579. Abu Ayyub (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday 
deganlarini eshitdim: "Musulmonning musulmon birodari ustida olti xislat vojibdir. Agar 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
bittasini tark qilsa, vojib haqni tark qilgan bo‘ladi. Agar chaqirsa, javob berish, kasal 
bo‘lsa, borib ko‘rish, o‘lsa, janozasida hozir bo‘lish, yo‘lda uchrasa, salom berish, nasihat 
so‘rasa, nasihat qilish va agar aksa ursa, unga rahmat tilash". 
 
580. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, 
podachilik qilgandir". "Siz ham qo‘y boqqanmisiz?" deb so‘rashdi. "Ha, boqqanman", 
dedilar u zot. 
 
Faqih aytadilar: Payg‘ambarlarning qo‘y boqishidagi hikmat, Alloh taolo ularni avvalo 
hayvonlar bilan imtihon qildi, hatto ularda maxluqotlarga nisbatan mehr-shafqat zohir 
bo‘ldi. Holbuki, Alloh ularni yaxshi biladi. Ularni hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli 
topsa, keyin odam farzandlariga nabiy va din ishlariga ega qilib qo‘yadi. 
 
Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalom: "Ey Allohim, qaysi narsa uchun meni tanlab 
olding?" dedilar. "Yaratgan narsalarimga rahmdilliging uchun. Sen Shuaybning 
(alayhissalom) qo‘ylarini boqarding. Qo‘ylaring ichidan bir qo‘y qochdi, orqasidan yurib, 
ushlaguncha ko‘p harakat qilding. Ushlaganingdan keyin, uni quchog‘ingga olib, mahkam 
bosib aytdingki, ey bechora, nimaga meni bunchalik charchatding? O‘zingni 
charchatding. Maxluqimga rahm qilding, shu uchun Men seni tanlab oldim va 
payg‘ambarlik bilan ikrom qildim", dedi. 
 
581. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: U zot: "Kim bu 
dunyoda musulmon birodarining bir aybini yopsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning 
aybini yopadi. Kim birodaridan dunyo g‘amlaridan bir g‘amni ketkazsa, Alloh uning 
qiyomat kunidagi g‘amlaridan bir g‘amini ketkizadi. Alloh taolo bandasiga yordam berib 
turadi, modomiki, u banda birodariga yordam berib turgan bo‘lsa", dedilar. 
 
582. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlardan 
birortangiz mo‘min bo‘lmaysizlar, toki o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringiz uchun 
ham yaxshi ko‘rmaguningizcha". 
 
Sha’biy Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar: Amirul-mo‘minin aytdilarki: "Alloh taolo rahm 
qilmagan kishiga rahm qilmaydi, kechirmagan kishini kechirmaydi. Birovning tavbasini 
qabul qilmagan kishining tavbasini qabul qilmaydi". 
 
583. Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishgan ekan: "Rahm qiluvchilarga Rahmon rahm qiladi. 
Yerdagi kishilarga rahm qilinglar, osmondagi Zot sizlarga rahm etadi". 
 
584. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim odamlarga rahm etmasa, 
Alloh ham unga rahm qilmaydi". 
 
Qatoda aytadilar: "Injilda yozilgan kalima zikr qilindi: "Ey odam farzandi, qanchalik 
rahm qilsang, shunchalik rahm ko‘rasan. Qanday qilib bandalarga rahm qilmasdan turib, 
Alloh senga rahm etishini umid qilasan?!" 
 
Abu Dardo (r.a.) bolalarning orqasidan yurib, ulardan chumchuqlarni sotib olar, keyin 
ularni qo‘yib yuborar va, bor, yashayver, der edilar. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
Shaqiq Zohid aytadilar: "Agar bir kishining yomonligini zikr qilsang va unga rahming 
kelmasa, o‘sha holda sen undan yomonroqsan. Agar yaxshi kishini zikr qilib, qalbingda 
Allohga itoatning halovatini topmasang, yomon odamsan". 
 
Molik ibn Anas aytadilar: "Iso alayhissalomning bunday deganlarini eshitdim: Allohning 
zikridan boshqa kalomni ko‘paytirmanglar, qalblaring qattiq bo‘ladi. Qattiq qalb Allohdan 
uzoq bo‘ladi, lekin bilmaysizlar. Birovlarning ayblariga arboblardek qaramanglar. Balki 
o‘zlaringizni quldek bilib qaranglar. Odamlar ikki qismdir: Balolangan va kechirilgan. 
Balolanganga rahm qilinglar, ofiyat uchun Allohga hamd aytinglar". 
 
Abu Abdulloh Shomiydan rivoyat qilinadi: "Tovusning huzuriga kirishga ruxsat so‘radim. 
Bir qari kishi chiqdi. "Siz Tovusmisiz?" deb so‘radim. "Yo‘q, men o‘g‘liman", dedi. "Agar 
siz o‘g‘li bo‘lsangiz, u kishi qarib, aqli kamayib qolgandir", dedim. "Olimning aqli 
kamaymaydi", deb javob qildi o‘g‘li. Keyin u kishining oldilariga kirdim. "So‘ra, lo‘nda 
javob beraman", dedilar. "Qisqa aytsangiz, men ham qisqa aytaman", dedim. "Agar 
xohlasang, – dedilar, – senga Tavrotni, Injilni, Furqonni uch kalimada jam qilib 
beraman?" "Xohlayman", dedim. "Allohdan qo‘rq, Undan boshqadan Undan qo‘rqqandek 
qo‘rqma; Undan umid qil va umiding Undan qo‘rqishingdan ustun bo‘lsin; boshqaga 
o‘zing yaxshi ko‘rgan narsangni yaxshi ko‘r", deb aytdilar". 
 
Ammor ibn Yosir (r.a.) aytadilar: "Kim uch narsani jam qilsa, imonning hammasini jam 
etibdi: Kambag‘allikda infoq-ehson qilish, insofli bo‘lish va odamlar orasida salomni 
yoyish". 
 
Umar ibn Abdulaziz (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Allohga sevimli ishlar uchtadir. 
Birinchisi – o‘ch olishga qodir bo‘lgan vaqtda kechirish; ikkinchisi – g‘azabi kelganda 
o‘zini bosish; uchinchisi – Allohning bandalariga yumshoqlik qilish, kim Allohning 
bandalariga yumshoqlik qilsa, unga ham yumshoqlik qilinadi". 
 
Hisham Hasandan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo Odam alayhissalomga vahiy qildi: "Ey 
Odam, to‘rt narsani o‘zing va zuryodlaring uchun jam qil. Bittasi Menga, bittasi o‘zingga, 
bittasi sen va Mening oramda, bittasi sen va odamlar orasida. Men uchun bo‘lgani – 
Menga ibodat qilib, boshqani sherik qilmasliging; o‘zing uchun bo‘lgani – amaling, seni u 
bilan muhtoj bo‘lganingda mukofotlayman; Men bilan sening orangdagi – sening duo 
qilishing, Mening qabul etishim; sen bilan odamlar orasidagi – ularga o‘zingga qanday 
do‘st bo‘lishlarini xohlaganing kabi do‘st bo‘l". Alloh bilguvchiroqdir. 
 
____________ 
Rahmat va shafqat bobi hadislari 
 
574-hadis. Muttafaqun alayh. 
575-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
576-hadis. Muttafaqun alayh. 
577-hadis. Zaifligi bor. 
578-hadis. Zaifligi bor. 
579-hadis. Zaif. 
580-hadis. Sahih. Buxoriy, Molik rivoyat qilgan. 
581-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
582-hadis. Muttafaqun alayh. 
583-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
584-hadis. Muttafaqun alayh.
 
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling