Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


 
QIRQ IKKINCHI BOB 
AHLI AYOLGA NAFAQA QILISH 
 
488. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) Ayyubdan rivoyat qiladilar. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalari bir uyda o‘tirishgan edi. Shunda bir 
kishi ko‘rindi. U kishining yigitlik quvvati hammalarini lol qoldirdi. Ular: "Qani endi bu 
yigit yigitligini va quvvatini Alloh yo‘lida ishlatganida", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam bu gapni eshitib aytdilar: "Sizlar faqat urush va g‘azotni Alloh yo‘lidagi 
ish deb tushunasizlarmi? Kim nafsini poklash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi 
ishdir. Kim ota-onasining iffat-izzati uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. 
Kim oilasining iffatini saqlash uchun harakat qilsa, bu ham Alloh yo‘lidagi ishdir. Kim 
kibrlangan holda harakat qilsa, bunisi shaytonning yo‘lidagi ishdir". 
 
489. Faqih Savbondan (r.a.) rivoyat etadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Dinorning afzali Alloh yo‘lida ot-uloviga va Alloh yo‘lida tutingan do‘stlariga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
sarf qilganidir". 
 
Abu Qaloba: "Oiladan boshlanadi", deydilar, ya’ni, oilasi uchun harakat qiluvchi kishining 
ajri boshqadan afzalroqdir. 
 
490. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Haqiqatda sadaqa boylik orqasidan (ya’ni, oilasidan ortganidan) qilinadi. Tepadagi qo‘l 
(beruvchi) pastdagi (oluvchi) qo‘ldan yaxshidir. Sadaqani o‘z oilangdan boshla". 
 
491. Sobit Banoniy Anas ibn Molik oldilarida edi. Shunda Anas (r.a.) Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallamning aytgan gaplarini esladilar. "Alloh taolo bandaning uch 
holatda olgan qarziga kafil bo‘ladi: Bittasi – gunohga tushib qolishda qo‘rqib, uylanishlik 
uchun qarz olgan bo‘lsa, so‘ng shu qarzi to‘lay olmay, vafot etsa, Alloh taolo uning 
qarzini qiyomat kuni ado etishga kafil bo‘ladi. Ikkinchisi – qarzni musulmonlarga yordam 
berish uchun, g‘azotga chiqish uchun olgan bo‘lsa, uchinchisi – o‘likni ko‘mish uchun 
qarz olgan bo‘lsa. Alloh taolo ularning qiyomat kunidagi da’vogarlarini rozi qiladi". 
 
Sobit Banoniy (r.a.) Hasan Basriyning (r.a.) oldilariga kirdilar U kishi Anasdan (r.a.) 
eshitganlarini aytgan edi, Hasan Basriy shunday dedilar: "Hazrati Anas yoshi ketib, 
zaiflashib, bundan ham afzalrog‘ini unutibdi. Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz 
so‘rab, keyin uni uzishga harakat qilib, shu qarz bilan vafot etsa, Alloh taolo uning 
da’vogarlarini rozi qiladi". 
 
492. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot 
sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Osmonda ikki farishta bor, ular bittasining: "Ey 
Parvardigor, infoq qiluvchiga bergan narsasining o‘rnini to‘ldir", ikkinchisining: "Ey 
Parvardigor, mumsikning (baxilning) moliga talofot ber", deyishdan boshqa ishi yo‘q". 
 
493. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat etadilar: "Kim 
tilanchilik qilmasdan, halol holda, oilasi uchun harakat qilib, qo‘shnisiga shafqat 
ko‘rsatib, talab etsa, qiyomat kunida uning yuzi badr kechasidagi oydek bo‘lib keladi. 
Kim dunyoni haloldan talab qilsa, ammo faxrlanuvchi, kibrlanuvchi va riyokor bo‘lsa, u 
qiyomat kunida Alloh g‘azab qilgan holida yo‘liqadi". 
 
494. Faqih aytadilar: Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohga: "Ey 
Allohning elchisi, bitta non sadaqa qilishim yaxshiroqmi yoki yuz rak’at nafl namoz 
o‘qishim?" dedim. "Men uchun yuz rak’at nafl namoz o‘qimoqdan ko‘ra bitta non sadaqa 
qilmoq yaxshidir", dedilar u zot. "Ey Allohning elchisi, – dedim yana, – muslimning 
hojatini chiqarish yaxshiroqmi siz uchun yoki ikki yuz rak’at nafl namoz o‘qishimmi?" 
"Menga musulmonning hojatini qondirish ming rak’at namozdan ham yaxshiroqdir", 
dedilar. "Ey Allohning elchisi, siz uchun harom bir luqmani tashlash yaxshiroqmi yoki 
ming rak’at nafl namozmi?" deb so‘radim. "Harom luqmani tark qilish men uchun ikki 
ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", dedilar. "Ey Allohning elchisi, – deb so‘radim 
keyin, – siz uchun g‘iybatni tashlash yaxshiroqmi yoki ikki ming rak’at nafl namoz 
o‘qimoqmi?" "Fiybatni tark etish menga o‘n ming rak’at nafl namozdan yaxshiroq", deb 
javob qildilar. "Ey Allohning elchisi, miskin beva xotinning hojatini chiqarish yaxshiroqmi 
yoki o‘n ming rak’at nafl namozmi?" dedim. "Beva xotinni hojatini chiqarish, – dedilar u 
zot sollallohu alayhi vasallam, – menga o‘ttiz ming rak’at nafl namozdan yaxshi". "Oila 
a’zolari bilan birga o‘tirmoq afzalmi yoki masjidda o‘tirmoqmi?" deb savol qildim. U zot: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
"Oila bilan bir soat o‘tirmoq men uchun masjidimda e’tikof o‘tirishdan yaxshiroq", 
dedilar. "Ey Allohning elchisi, oilasiga nafaqa qilish yaxshiroqmi yoki Alloh yo‘lida nafaqa 
qilishmi?" dedim. "Bir tangani oilasiga ishlatmoq men uchun Alloh yo‘lida ming tanga 
ishlatmoqdan yaxshi", dedilar. Keyin: "Ota-onaga yaxshilik qilmoq yaxshimi yoki ming 
yil ibodat qilishmi?" deb so‘radim. "Ey Anas, – dedilar, – "Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va 
botil (ya’ni, kufr) o‘chib yo‘qoldi" (Isro, 81). Ota-onaga yaxshilik qilish, menga ming 
yillik ibodatdan yaxshidir". 
 
495. Abu Kabsha aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarga misol 
keltirdilar. "Dunyo to‘rt kishining ishiga o‘xshaydi. Bir kishiga Alloh ilm va mol berdi. U 
molini ilmi bilan ishlatdi. Bir kishiga ilm berdi, mol bermadi, u: "Agar Alloh taolo menga 
ham falonchiga o‘xshab berganda, u qilgan ishni men ham qilardim", dedi. O‘shanda 
ikkovining ajri barobardir. Bir kishiga Alloh mol berdi, ilm bermadi, u zakotni ado etmadi 
va molini botil narsaga ishlatdi. Bir kishiga mol ham, ilm ham bermadi. U: "Agar Alloh 
taolo menga ham falonchiga bergani kabi berganida, u mol bilan falonchi qilgan ishni 
(ya’ni, botil ishni) qilardim", dedi. Unda ikkalasining gunohi barobardir". 
 
496. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Albatta, jannatda bir uy bordir. Tashqarisidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinadi", dedilar 
u zot sollallohu alayhi vasallam. "Ey Allohning elchisi, u uyda kimlar turishadi?" deb 
so‘rashdi. "Ular taom beradilar, yaxshi gapiradilar, ro‘zalarini davomli tutadilar, salomni 
yoyadilar va odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qiydilar", dedilar. "Bu ishlarni 
qilganlarga shunchalik ajr ekan, uni qila olmaganlar-chi?" deb so‘rashdi. "Kim 
"subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar", desa yaxshi gap 
gapiribdi, kim ahlini taomlantirsa, tarqatibdi. Kim ramazon ro‘zasini tutsa, davomli ro‘za 
tutibdi. Kim birodariga uchraganda salom bersa, salomni yoyibdi. Kim oxirgi (namoz) 
xuftonni va bomdodni o‘qisa, odamlar uxlaganda kechasi namoz o‘qibdi". 
 
Bu yerda odamlardan murod yahudiylar va nasorolardir. 
 
497. Solim otasidan, u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Mo‘min 
Allohning do‘stidir, farzandi Allohning tuhfasi, kimga Alloh Islomda farzand bersa, uni 
ko‘proq o‘psin, chunki har bir o‘pishiga shahidning savobi bordir, har bir o‘pishiga 
jannatda bir uy bordir". 
 
498. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Alloh taolo mo‘minni yaxshi ko‘radi. Uning oilasini va farzandini ham yaxshi 
ko‘radi. Allohga eng sevimli narsa kishining ayoli va bolalari bilan dasturxon ustida birga 
yeb o‘tirganini ko‘rishdir. Agar ular dasturxon ustida yig‘ilsalar, ularga rahmat nazari 
bilan qaraydi va joylaridan tarqalmasdan gunohlarini kechiradi". 
 
499. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Qaysi mo‘min farzandlari bilan birga ovqat yeyishni yaxshi ko‘rsa, arshning tagidan 
o‘nta farishta: "Ey Allohning bandasi, amalingni boshla, Alloh gunohlaringni kechirdi", 
deb nido qiladi". 
 
500. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Agar 
mo‘min kishi farzandlari bilan birga ovqatlansa, bir qul ozod qilganning savobi yoziladi 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
va uning uchun shahar barpo etiladi, yana Alloh taolo unga nomai a’molini o‘ng 
tomonidan beradi", dedilar". 
 
501. Jobir (r.a.) rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Farzandlarni yaxshi ko‘rish do‘zaxdan pardadir. Ular bilan birga ovqatlanish do‘zaxdan 
panoh topish va ularga ikrom ko‘rsatish jannatga o‘tishga ruxsatnomadir». 
 
Alloh biluvchiroqdir. 
 
________________ 
Ahli ayolga nafaqa qilish bobi hadislari 
 
488-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
489-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 
490-hadis. Sahih. Ahmad, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
491-hadis. Sanadi topilmadi. 
492-hadis. Sahih. Buxoriy, Ahmad, rivoyat qilgan. 
493-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
494-hadis. Zaif.  
495-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
496-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Shaybo rivoyat qilgan. 
497–501-hadislar. Sanadi topilmadi.
 
 
 
QIRQ UCHINCHI BOB 
QO‘L OSTDAGILARNING RIOYASI HAQIDA 
 
502. Ato ibn Yasor aytadilar: "Abu Zarr (r.a.) xizmatkorining yuziga urdilar. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallamga bu haqda shikoyat qilishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Namoz o‘qiydigan xizmatkorlaringizning yuziga urmanglar, o‘zlaringiz 
yeydigan narsadan ovqatlantiringlar va o‘zlaringiz kiyadigan kiyimdan kiydiringlar. Agar 
ulardan shubha qilsalaringiz, sotib yuboringlar". 
 
Omir Sha’biy (r.a.) rivoyat qiladi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
sahobalaridan biri xotinidan suv so‘radilar. Xotini cho‘risini chaqirdi. Cho‘ri sekin kelgan 
edi, xotini uni zinoga oid so‘z bilan so‘kdi. Sahobiy: "Ogoh bo‘l, sen unga qiyomat kunida 
dushman bo‘lasan yoki sen aytgandek shohidlik beradigan to‘rtta shohid keltirasan", 
dedi. Xotini bu so‘zlarni eshitib cho‘rini ozod qildi. Sahobiy keyin: "Bu ishing gunohing 
kafforatiga yaqin bo‘ldi", dedi". 
 
503. Abu Zarr (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qul 
birodarlaringizni Alloh taolo sizlarning qo‘l ostingizda qilib qo‘ydi. Kimning birodari qo‘l 
ostida bo‘lsa, o‘zi yegan ovqatdan yedirsin, o‘zi kiygan kiyimdan kiydirsin. Ularni 
toqatlari ko‘tarmaydigan narsalarga buyurmasin, agar buyursanglar, ularga yordam 
beringlar". 
 
504. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Quliga yomonlik qiluvchi jannatga kirmaydi. Ularni farzandlaringizni ikrom qilgandek, 
ikrom qilinglar va o‘zlaringiz yeydigan ovqatdan yediringlar", dedilar Nabiy sollallohu 
alayhi vasallam. "Bizga dunyoda nima foydali?" deb so‘radim. "Allohning yo‘lida harakat 
qilish uchun bog‘lab qo‘yilgan ot va kifoya qiladigan qul, agar u namoz o‘qisa, 
birodaringizdir", dedilar". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
505. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi: "Xizmatchilarimizni qancha 
kechiraylik?" deb so‘radi. "Har kuni yetmish marta", dedilar u zot sollallohu alayhi 
vasallam. 
 
506. Qatoda (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘lim oldidagi 
oxirgi kalomlari bunday bo‘ldi: "Namoz va qo‘l ostingizdagi qullaringiz", ya’ni, besh vaqt 
namozni saqlanglar va qo‘l ostingizdagi xizmatchilaringizga yaxshi muomalada bo‘linglar, 
dedilar". 
 
507. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Bir 
ayol o‘zining mushugi sababli do‘zaxga kirdi. U uni uyga qamab qo‘ydi, ovqatlantirmadi, 
sug‘ormadi, qo‘yib ham yubormadi. Mushuk o‘lgunicha yerdagi narsalardan yedi, keyin 
o‘ldi". 
 
508. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qoq tushda 
bog‘lab qo‘yilgan tuyaning oldidan o‘tdilar. Ishlarini bajarib qaytayotganlarida tuyani 
hamon o‘sha holatda turganini ko‘rdilar. Uning egasini chaqirib: "Sen bu tuyaga bugun 
o‘t berdingmi?" dedilar. "Yo‘q", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunda: "U 
qiyomat kunida sen bilan hujjat talashadi", dedilar". Ya’ni, qiyomat kuni Alloh taologa 
ustingdan shikoyat qiladi. 
 
509. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) rivoyat qilardi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
xutbalarida: "Ey odamlar, Allohdan qo‘rqinglar! Qo‘l ostingizdagi xizmatkorlaringizga 
yeydigan narsalaringizdan yediringlar, kiygan narsalaringizdan kiydiringlar. Ularga 
toqatlari ko‘tarmaydigan ishlarni yuklamanglar", dedilar. 
 
510. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qullaringiz... qullaringiz... ularga 
o‘zingiz yeydigan ovqatdan beringlar, kiyadigan narsalaringizdan kiydiringlar. Agar 
gunoh qilsalar, kechiringlar, agar kechirishni xohlamasanglar, sotib yuboringlar, 
Allohning yaratganini azoblamanglar". 
 
"Qullaringiz" deganlari ularga e’tibor beringlar, izzat ko‘rsatinglar, ma’nosida. 
 
511. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar birontangiz xodimini urayotganda, u 
Allohni zikr qilsa, urishdan tiyilinglar", deganlar. 
 
512. Yana bir hadislarida aytadilar: "Qo‘l ostidagi xodimga yaxshilik qilish – baxtiyorlik, 
uni qiyinchilikka solish badbaxtlikdir". 
 
Rivoyat. Hazrati Ali (r.a.) g‘ulomlarini bir, ikki, uch marta chaqirdilar. U javob bermadi. 
Uning oldiga borib: "Ey g‘ulom, eshitmadingmi?" dedilar. Fulom: "Eshitdim", dedi. Ali: 
"Javob berishingga nima to‘sqinlik qildi?" dedilar. Xodim: "Sizni jazolamasligingizni bilib 
dangasalik qildim", dedi. Shunda Ali (r.a.): "Bor, Alloh yo‘lida sen ozodsan", dedilar. 
 
Rivoyat. Usmon (r.a.) gunohi uchun xodimining qulog‘idan tortdilar. So‘ng bu ishlariga 
pushaymon bo‘lib, xodimlariga: "Tur-da, mening qulog‘imni kuching boricha tort, shoyad 
Alloh taolo meni kechirsa", dedilar. Xodim u kishiga aytdiki: "Ey xo‘jayin, men ham siz 
qo‘rqandek qiyomat Egasidan qo‘rqaman, sizdan buni kechdim, shoyad Alloh fazli bilan 
meni ham kechirsa". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
 
513. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch kishiga ajri ikki barobar 
qilib beriladi: Joriyasi bo‘lib, unga chiroyli tarbiya bergan, so‘ng ozod qilib, unga 
uylangan kishiga ikkita ajr; ahli kitobdan bo‘lib, o‘zining payg‘ambariga imon keltirgan, 
so‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetishib, u zotga ham imon keltirgan kishiga 
ikkita ajr; Alloh taoloning haqqini va egasining haqqini ado etgan qulga ikkita ajr". 
 
Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishidan: "Xo‘jayin qulini bir narsaga yuborsa 
va namoz vaqti bo‘lib qolsa, qaysi birini bajaradi?" deb so‘rashdi. "Xo‘jayinining hojatini 
qiladi", deb javob berdilar. 
 
Faqih (r.a.) aytadilar: Ya’ni, agar hali vaqti bo‘lsa, namozning o‘tib ketishidan 
qo‘rqmasa. Ammo namoz o‘tib ketishidan qo‘rqsa, namozni kechiktirmog‘i joiz emas. 
Chunki: 
 
514. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Allohga gunoh bo‘ladigan ishda maxluqqa 
itoat yo‘q", deb aytganlar. 
 
Kishi quli bilan yaxshi muomala qilishi chiroyli sanalgandir. Unga toqati yetmaydigan 
ishni yuklamaydi, chunki Alloh taolo bandalariga toqatlari yetmaydigan ishni taklif 
etmadi. U bilan chiroyli muomala qilmog‘i lozim, chunki chiroyli muomala mo‘minlarning 
axloqidir. 
 
515. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi bir bo‘lak nonni ko‘rib, 
xizmatkoriga: "Uni ol, undan aziyatni ketkiz", dedilar. Kechqurun bo‘lgach, og‘iz 
ochmoqni iroda qildilar va xizmatkorlaridan: "Siniq nonni nima qilding?" deb so‘radilar. 
"Uni yeb qo‘ydim", dedi. Shunda u zot: "Bor, sen ozodsan, men Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallamning: "Kim ushatilgan non topsa va uni olib yesa, qorniga yetmasdan, 
Alloh uni kechiradi", deganlarini eshitganman. Men Alloh gunohini kechirgan kishini 
qulim deyishni yomon ko‘raman", dedilar. 
 
_____________ 
Qo‘l ostidagilarning rioyasi haqidagi bob hadislari 
 
502-hadis. Sahih. Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan. 
503-hadis. Muttafaqun alayh. 
504-hadis. Zaif. Ahmad ibn Mojja rivoyat qilgan. 
505-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
506-hadis. Sahih. “Sahihul jome’”ga qarang. 
507-hadis. Muttafaqun alayh. 
508-hadis. Haysamiy uning sanadini yaxshi degan. 
509-hadis. Avvali sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
510-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 
511-hadis. Juda zaif. “Az-zaifaga”qarang. 
512-hadis. Zaif. “Az-zaifaga” qarang. 
513-hadis. Abdurazzoq “Al-jome’”da keltirgan. 
514-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Bazzor rivoyat qilgan. 
515-hadis. Mavzu’. “Tanzihush-shari’at”ga qarang. 
 
 
QIRQ TO‘RTINCHI BOB 
YETIMLARGA YAXSHILIK QILISH 
 
516. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadi bilan Abu Varqodan, u kishi Abdulloh ibn Abu 
Avfodan, u kishi esa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Nabiy 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo 
unga qo‘li tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha 
yomonliklarini o‘chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko‘taradi". 
 
517. Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Kim yetimning boshini silasa, faqat Alloh uchun 
silasa, qo‘li silab o‘tgan har bir soch uchun unga hasanot bordir. Kim o‘zining oldidagi 
yetimlarga yaxshilik qilsa, u bilan men jannatda mana shunday bo‘lamiz", deb Nabiy 
sollallohu alayhi vasallam ikki barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar. 
 
518. Ibn Abbos (r.a.) naql qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim 
musulmonning yetimlari orasidan bir yetimning ovqatiga, ichimligiga qo‘shsa, Alloh uni 
behojat qilib qo‘yadi va unga jannatni, albatta, vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan 
amallar qilgan bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning ko‘zini Alloh ketkazgan bo‘lsa va u 
sabr qilsa, albatta, unga Alloh jannatni vojib qiladi, illo Alloh kechirmaydigan amal qilgan 
bo‘lsa, (unday bo‘lmaydi). Kimning uchta qizi yoki singlisi bo‘lsa, ularga yaxshi odob 
bersa, ular, vafot qilgunlaricha infoq etib tursa yoki ularni munosib joyga uzatsa, agar u 
Alloh kechirmaydigan amalni qilmagan bo‘lsa, albatta, Alloh unga jannatni vojib qiladi". 
Shunda a’robiylardan bittasi nido qilib: "Ey Allohning elchisi, ikkita (qizi) bo‘lsa-chi?" deb 
so‘radi. Aytdilar: "Ikkita bo‘lsayam". 
 
Aytishlaricha, bu hadisni har rivoyat qilganlarda Ibn Abbos (r.a.): "Allohga qasamki, bu 
ajoyib hadisdir", deb qo‘yar ekanlar. 
 
519. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamning oldilariga kelib, qalbining qattiqligidan shikoyat qildi. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam unga: "Agar qalbning muloyim bo‘lmog‘i seni xursand qilsa, yetimning 
boshini sila va taom ber", dedilar. 
 
520. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Musulmonlarning yaxshi uyi yetimi 
bor uy bo‘lib, unda yetimga yaxshilik qilinadigandir. Musulmonlarning yomon uyi, yetimi 
bo‘lib, unga yomonlik qilingan uydir". 
 
521. Ibn Umardan (r.a.) katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot aytdilar: "Ular 
to‘qqiztadir: Allohga shirk keltirish, mo‘min kishini qasddan o‘ldirish, urushdan qochish
soliha xotinni zino bilan ayblash va yetimning molini yeyish, ota-onaga oq bo‘lish, sehr 
qilish va baytul haromning hurmatini oyoq-osti etish". 
 
Mujohid Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etadilar: "Oltita halok qiluvchi narsa bor, ularda 
tavba yo‘q; yetimning molini yeyish, soliha xotinni zino bilan ayblash, urushdan qochish, 
sehrgarlik, Allohga shirk keltirish va payg‘ambarlardan birini o‘ldirish". 
 
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Allohning 
"Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar shak-shubhasiz, 
qorinlariga olov yegan bo‘lurlar va, albatta, do‘zaxga kirajaklar" (Niso, 10), 
degan so‘zini o‘qib: "Ular oxiratda, albatta, do‘zaxga kiradi", dedilar. 
 
Aytadilarki, yetim bo‘lgan uy naqadar yaxshi uy, agar uy egalari uning haqqini bilsa, 
yetim bo‘lgan uy naqadar yomon uy, agar uy egalari uning haqqini bilmasa. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
522. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: "Menda yetim 
bor, qaysi vaqtda urishim mumkin?" deb so‘radi. Aytdilar: "Farzandingni urganingda". 
 
Ya’ni, uni tarbiyalash uchun xuddi ota o‘g‘lini urgandek ursa, zarari yo‘q. 
 
Rivoyat. Fuzayl ibn Iyoz (Alloh u kishi rahmat qilsin) aytadilar: "Ko‘pincha yetimni bir 
tarsaki urish shirin taom yedirgandan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi". 
 
Faqih aytadilar: Agar yetimni urmasdan odob bermoqqa qodir bo‘lsa, urmasligi lozim, 
chunki yetimni urish og‘ir ishdir. 
 
523. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan aytadilar: "Agar yetim urilsa, uning yig‘isi bilan arsh titrab ketadi. So‘ngra 
Alloh taolo aytadi: "Ey farishtalarim, otasi tuproqqa yashirilgan yetimni kim yig‘latdi?" 
Holbuki, Allohning o‘zi uni biluvchiroq. Farishtalar: "Ey Parvardigor, bizda ilm yo‘q, 
bilmaymiz", deyishadi. Alloh: "Bas, Men sizlarga guvohlik beramanki, kim Mening 
yo‘limda yetimni rozi qilsa, Men uni qiyomat kunida o‘zim huzurimda rozi qilaman", 
deydi". 
 
Aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimlarning boshini silar, ularga 
muloyimlik qilar edilar. Umar ibn Xattob (r.a.) ham shunday qilganlar. 
 
Abdurahmon ibn Abzo aytadilar: Alloh taolo Dovud alayhissalomga aytdi: "Yetimga 
rahmdil otadek bo‘l, bilginki, ekkaningni o‘rasan va bilginki, soliha xotin eriga tillo tojli 
podshoh kabidir. Qachon xotinini ko‘rsa, ko‘zlari quvonadi, yomon xotin eriga qari cholga 
og‘ir yukni ko‘tartirib qo‘ygan kabidir". 
 
524. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Men va 
musulmon yetimni kafillikka olgan odam jannatda xuddi shunday bo‘ladi", deb ikki 
barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirdilar. 
 
Abu Xalil aytadilar: "Dovud alayhissalomning masalalarida o‘qidimki, u zot: "Ey 
Parvardigor, yetimga va beva xotinga Sening rizoliging yo‘lida yaxshilik qilgan 
bandangga qanday mukofot bor?" deb so‘radilar. "Uning mukofoti shuki, qiyomat kuni 
soya bo‘lmagan vaqtda uni arshning soyasiga olaman", dedi Alloh". 
 
525. Avf ibn Molik Ashju’iy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: 
"Qaysi mo‘minning uchta qizi bo‘lib, toki ularni uzatib yuborgunicha yoki vafot etgunicha 
ularga infoq qilsa, ular unga do‘zaxdan hijob (parda) bo‘ladi". Bir xotin aytdi: "Ey 
Allohning elchisi, ikkita bo‘lsa-chi?" "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam. 
 
526. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ikki yuzi qoraygan xotin jannatda men 
bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb barmoqlariga ishora qildilar, ya’ni, eri o‘lgan, 
qizlarining tarbiyasi uchun ularni uzatgunicha yoki vafot etguncha turmushga chiqmagan 
xotin. 
 
527. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: "Kim bozordan farzandlariga hadya keltirsa, u sadaqa qilgan kishi kabi 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling