Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha)
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati bobi hadislari
- QIRQINCHI BOB ASHURO KUNINING FAZILATI
- Ashuro kunining fazilati bobi hadislari
- QIRQ BIRINCHI BOB NAFL RO‘ZASI, OYNING 13-, 14-, 15-KUNLARI RO‘ZASI VA RAJAB OYI RO‘ZASINING FAZILATI
- «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)»
- Nafl ro‘zasi, oyning 13,14,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati bobi hadislari
"Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha) bilan to‘ldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilangan) vaqti komil qirq kecha bo‘ldi" (A’rof, 142), degan so‘zi haqida aytdilarki: "U o‘n kecha zulhijjaning avvalgi o‘n kunidir. Alloh Musoga haqiqatda gapirgan, unga najot berib, o‘ziga yaqin qilgan va sahifalar yozgan kunlari ham mana shu ashr kunlaridir". 470. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilindi: "Sizlar zul-hijjaning o‘n kunida ro‘za tutinglar, duolarni ko‘paytiringlar, istig‘for so‘ranglar va sadaqa qilinglar. Chunki men payg‘ambarlaringiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitganman: "Ashr kunlari yaxshilikdan mahrum bo‘lgan kishiga vayl bo‘lsin, xususan, zul-hijjaning to‘qqizinchisida ro‘za tutmog‘laringiz lozim. Chunki unda sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan yaxshiliklar bor". Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr Laysiy dediki: "Bizlarga aytilishicha, Alloh taolo Muso alayhissalomga beshta duoni hadya qildi. Ularni Jabroil alayhissalom ashr kunlari olib keldi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 203 1. "La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiyt va huva hayyul la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shayin qodir". 2. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ilahan vahidan ahadan somadan lam yattaxiz lahu sohibatan va la-a valada". 3. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu ahadan somadan lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad". 4. "Ashhadu al-la-a ilaha illallohu vahdahu la-asharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyi va yumiyt va huva hayyul-la-a yamut, biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay-in qodir". 5. "Hasbiyallohu va kafa, sami ‘allohu liman da’a laysa varoallohi muntaha". Zikr qilinishicha, bu kalimalar Injilda nozil bo‘lgan. Havoriylar Iso alayhissalomdan bu duolarning fazilatini so‘raganlarida, u zot (a.s.) shunday savob va fazilatlarni gapirdilarki, uni bunday sifatlashga boshqa hech kim qodir emas. Abu Nazr Hoshim ibn Qosim aytadilar: "Bu duolarni ashr kunlari o‘qigan bir kishi menga tushida uyida beshta idishda nur ko‘rganini, bu nurlarning ba’zilari ba’zilaridan balandroq ekanini aytdi". 471. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh nazdida kunlarning ulug‘rog‘i va amallarning afzalrog‘i ashr kunlarida qilingan amallardir. Bu kunlarda takbirni, hamdni va "la-a ilaha illalloh" kalimasini ko‘paytiringlar". Nofe’ Abdulloh ibn Umar (r.a.) haqida rivoyat qilib: "U kishi ashr kunlarida yotoqlarida ham, o‘tirgan joylarida ham takbir aytar edilar", deydi. Ato ibn Abu Raboh ham ashr kunlarida ko‘cha va bozorlarda takbir aytganlar. Yazid ibn Abu Zayyod rivoyat qiladilar: "Said ibn Jubayr va Abdurahmon ibn Abu Laylo, yana ko‘plab musulmon faqihlari iyd kunlari va tashriq kunlari: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd", deb takbir aytar edilar". Ja’far ibn Sulaymon aytadilar: Sobit Banoniy ashr kunlari majlisda barcha so‘zlarni to‘xtatib: "Allohu akbar, Allohu akbar, la-a ilaha illallohu vallohu akbar va lillahil hamd", deb zikr aytar va: "Bu kunlar zikr kunlaridir", der edilar. Ulamolar ham shunday qilishardi. Ja’farning aytishicha, Molik ibn Dinor shunday qilganlar. Mug‘ira ibn Shu’ba Abu Ma’shardan rivoyat qiladilarki: "Ibrohim Naxa’iydan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. U kishi kiyim tikuvchilar ham shunday qilishlarini aytdi". Lays ibn Abu Sulaym aytadilar: "Mujohiddan ashr kunlari yo‘lda takbir aytish haqida so‘radim. "Tikuvchilar shunday qiladi", dedilar". Faqih aytadilar: Bu kunlarda takbirni ichida aytsa, afzaldir. Agar takbir aytib, ovozini ko‘tarsa, bu bilan shariatni zohir etishni va odamlarga eslatma qilishni xohlasa, zarari yo‘q. Bu to‘g‘rida xabarlar o‘tdi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 204 472. Abdulloh ibn Mas’ud Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo kunlardan to‘rttasini, oylardan to‘rttasini, ayollardan to‘rttasini, jannatga oldin kiruvchilardan to‘rttasini va jannat mushtoq bo‘lganlardan to‘rttasini tanladi. Tanlangan kunlar: 1. Jum’a kuni. U kunda bir soat borki, banda Alloh taolodan dunyo va oxirat ishlaridan nimani so‘rasa, beradi. 2. Arafa kuni. U kunda Alloh taolo maloikalarga faxrlanib aytadi: "Ey maloikalarim, bandalarimga qaranglar, ular sochlari to‘zg‘igan, chang holatda kelyapti. Ular mollarini infoq qildilar, badanlari charchadi, shohid bo‘linglar, Men ularning gunohlarini kechirdim". 3. Qurbonlik kuni. Bu kun kelib, banda so‘ymoqchi bo‘lgan qurbonlig‘iga yaqinlashsa, birinchi oqqan qatra qon bandaning o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi. 4. Iyd kuni. Ramazon oyida ro‘za tutganlaridan keyin ular bayramlarga chiqishadi. Alloh taolo maloikalarga aytadi: "Ey farishtalarim, har bir amal qiluvchi ajrini talab etadi. Bandalarim ro‘za tutdi va bayramlariga chiqdi, ajrlarini Mendan so‘radi. Guvoh bo‘linglar, Men ularni kechirdim". Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati, qaytinglar, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirdim". Tanlangan oylar: Allohning oyi – rajab va uchta ketma-ket keluvchi – zulqa’da, zulhijja, muharram oylari. Tanlangan ayollar: Maryam binti Imron, Allohga va payg‘ambariga imon keltirgan birinchi ayol Xadicha binti Xuvaylid, Fir’avnning xotini Osiyo binti Muzohim va jannat ayollarining sayyidasi Fotima binti Muhammad. Tanlangan jannatga birinchi kiruvchilar: Har bir qavmning jannatga birinchi kiradigan kishisi bordir. Arablardan Muhammad sollallohu alayhi vasallam, forslardan Salmon, Rumdan Suhayb va habashlardan Bilol. Jannat mushtoq bo‘lgan kishilar: Amirul-mo‘minin Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Salmon, Ammor ibn Yosir va Miqdod ibn Asvad (r.a.)". 473. Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Fotimaga: "Qurbonlik qilayotgan narsang oldida unga qarab tur. Albatta, Alloh taolo gunohlaringni birinchi qon tomchisi tomishi bilan ko‘taradi", dedilar. Imron ibn Husayn: "Bu sizga va ahlingizga xosmi, ey Rasululloh, yoki hamma musulmonlargami?" deb so‘radi. "Hamma musulmonlarga", dedilar sollallohu alayhi vasallam. 474. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qurbonlik qilinglar va u bilan xursand bo‘linglar. Kim qurbonligini qurbonlik qiladigan joyga olib borsa, uni qiblaga qaratsa, qiyomat kuni shoxi, qorin ichidagilari, qon va junlari, tezaklari keltiriladi. Qon agar tuproqqa tushsa, go‘yo Allohning oldiga tushgandekdir. Yengilgina infoq qilib ko‘p mukofot olinglar", dedilar". ________________ Zulhijja oyining dastlabki o‘n kuni fazilati bobi hadislari 466-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 467-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bazzor rivoyat qilgan. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 468-hadis. Munkar. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Uchta illati bor. 469-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 470-hadis. Izohi yo‘q. 471-hadis. Isnodida zaiflik bor. Ahmad Bayhaqiy rivoyat qilgan. 472-hadis. Munkar. "Tanzihush shari’at"ga qarang. 473-hadis. Tabaroniy, Hokim Bayhaqiy rivyat qilgan. 474-hadis. Daylamiy rivoyat qilgan. QIRQINCHI BOB ASHURO KUNINING FAZILATI 475. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Kim muharramning ashuro (o‘ninchi) kuni ro‘za tutsa, Alloh taolo mingta farishta va yuzta shahidning savobini beradi. Kim muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutsa, Alloh unga o‘n ming haj va umra qilganning hamda o‘n ming shahidning savobini beradi. Kim ashuro kunida yetimning boshini silasa, Alloh taolo har bir soch tolasi uchun uning darajasini ko‘taradi. Kim ashuro kunida ro‘zador mo‘minga iftor bersa, guyoki Muhammad alayhissalomning hamma ummatlariga iftor qilib bergandek bo‘ladi". "Ey Allohning elchisi, Alloh taolo ashuro kunini boshqa kunlardan afzal qilganmi?" deb so‘rashdi odamlar. U zot aytdilar: "Ha, Alloh taolo osmon va yerlarni ashuro kunida yaratdi, tog‘larni, yulduzlarni, lavhni, qalamni, Odamni, Havoni va jannatni ashuro kunida yaratdi va ularni ashuro kunida jannatga kirgizdi. Ibrohim (a.s.) ashuro kunida tug‘ildi va uni o‘tdan ashuro kunida qutqardi, unga qurbonlik qilishni ashuro kunida buyurdi. O‘g‘lining o‘rniga qo‘chqorni so‘ygan kun ashuro kunidir. Fir’avnni ashuro kunida dengizga cho‘ktirdi. Ayyubdan (a.s.) balolarni ashuro kuni daf qildi. Odamning (a.s.) tavbasini ashuro kuni qabul qildi. Dovud alayhissalomning gunohini ashuro kuni kechirdi va Sulaymonga (a.s.) ashuro kuni mulki qaytarildi va Iso alayhissalom ashuro kuni tug‘ildi va osmonga ashuro kunida ko‘tarildi. Payg‘ambar alayhissalom ashuro kunida tug‘ildilar. Qiyomat ashuro kunida bo‘ladi". Faqih aytadilar: Ikrima (r.a.) deydiki: "Ashuro kuni Odam alayhissalom tavbasi qabul qilingan kun, u shunday kunki, Nuh kemadan tushirildi va shukriga ro‘za tutdi, u kun Fir’avn dengizga cho‘ktirildi, Bani Isroil qavmiga dengiz yo‘l berdi va uning shukri uchun ro‘za tutdilar. Agar qodir bo‘lsang, u kunda sen ham ro‘za tut". 476. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim ashuro kunida ahli ayollariga kengchilik qilsa, Alloh taolo unga yilning boshqa kunlarini ham keng qilib qo‘yadi". Sufyon aytadi: "Biz tajriba qilib, xuddi shunday ekanini topdik". 477. Said ibn Jubayr ibn Abbosdan (r.a.) naql etadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, yahudlar ashuro kunida ro‘za tutayotganlarini ko‘rdilar va u haqda so‘radilar. "Bu kunda Alloh taolo Musoni va Bani Isroilni Fir’avn ustidan g‘olib qilgan va biz uni ulug‘lab ro‘za tutyapmiz", deyishdi ular. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Bizlar Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz", dedilar va ro‘za tutmoqqa buyurdilar". Faqih aytadilar: Bu kunning tafsirida ulamolar ixtilof qiladi. Ba’zilar: "Ashuro deb nomlanishi muharramning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri kelgani uchundir", deydi. (Arabcha "ashara" – o‘n, degani – tarj.) Ba’zilar aytadi: "Alloh taolo bu kunda o‘nta payg‘ambarni Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 206 o‘nta karomat bilan ikrom qildi: Odamning (a.s.) tavbasini qabul etdi. Idrisni (a.s.) yuqori maqomga ko‘tardi; Nuhning (a.s.) kemasi Juda tog‘iga tushdi; Ibrohim (a.s.) tavallud topdi; Alloh uni o‘ziga do‘st tutdi va unga o‘tdan najot berdi; Dovudning (a.s.) tavbasini qabul qildi; Isoni (a.s.) osmonga ko‘tardi; Musoni (a.s.) dengizdan qutqazdi va Fir’avnni cho‘ktirdi; Yunusni (a.s.) baliqning qornidan chiqardi; Sulaymonga (a.s.) mulkini qaytarib berdi; Payg‘ambar (s.a.v) tavallud topdilar". Ba’zilar bunday deydi: "Ashuro deb nomlanishi Alloh taolo bu ummatni o‘nta karomat bilan ikrom qilgani sabablidir. 1. Rajab oyi. U Allohning oyi, unda urush qilinmaydi. Uni ummat uchun karomat qilib berdi. Uning boshqa oylardan ortiqligi bu ummatning boshqa ummatdan ortiqligi kabi. 2. Sha’bon oyi. Boshqa oylardan ustunligi Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam boshqa payg‘ambarlardan ustunligi kabi. 3. Ramazon oyi. Uning boshqa oylardan ortiqligi Alloh taoloning o‘zi yaratgan xalqdan ortiqligi kabidir. 4. Laylatul qadr. U ming oydan yaxshi. 5. Fitr kuni (Ramazon hayiti). U mukofot kuni. 6. Ashr kunlari. Ular Allohni zikr qilish kunlari. 7. Arafa kuni. U kunning ro‘zasi ikki yilga kafforatdir. 8. Qurbonlik kuni. U – Allohga yaqinlik kuni. 9. Jum’a kuni. U – kunlarning sayyidi. 10. Ashuro kuni. Uning ro‘zasi bir yilga kafforat. Bu kunlarning hammasida o‘ziga xos karomatlari bordir. Alloh taolo ummatga bu kunlarni gunohlariga kafforat bo‘lishi, xatolardan tozalanishi uchun berdi". 478. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Johiliyatda ashuro kunida qurayshiylar ro‘za tutardi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Makkada ekanida tutardilar. Madinaga kelganlaridan keyin Alloh taolo ramazon oyi ro‘zasini farz qildi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men ashuro kuni ro‘za tutishga buyurilgan edim, endi kim xohlasa, ro‘za tutsin, kim xohlasa, tark qilsin". Oyisha onamiz ashuro kunini to‘qqizinchi kun, deganlar. Ba’zilar o‘n birinchi kuni, deydi. Ko‘pchilik ashuro kunini o‘ninchi kun, deb aytgan. Alloh bilguvchiroqdir. _____________ Ashuro kunining fazilati bobi hadislari 475-hadis. Mavzu’. Sanadidagi Hubayb ibn Hubayb Abu Muhammadni Imom Abu Dovud yolg‘onchi degan. 476-hadis. Unda ixtilof bor. 477-hadis. Muttafaqun alayh. 478-hadis. Muttafaqun alayh. QIRQ BIRINCHI BOB NAFL RO‘ZASI, OYNING 13-, 14-, 15-KUNLARI RO‘ZASI VA RAJAB OYI RO‘ZASINING FAZILATI 479. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Zayd ibn Aslam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Amallar yettitadir. Misli beriladigan amal, ikki mislicha beriladigan amal, vojib qiluvchi (amal), o‘n barobar savob beriladigan amal, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 207 yetti yuz barobar savob beriladigan amal, yana shunday amal borki, uni qiluvchining savobini faqat Alloh biladi. Savobi o‘zi barobaricha beriladigan amal; kishi gunoh qilsa, unga bitta gunoh yoziladi va yaxshilikni qasd etsayu, uni qila olmasa, bitta yaxshilik yoziladi. Ikki mislicha beriladigan amal; kishi bir yaxshilikni qilsa, unga ziyodasi bilan savob yoziladi. Vojib qiluvchi amal; kim Allohning o‘zigagina ibodat qilsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Allohga Undan o‘zgaga ibodat etgan holda yo‘liqsa, unga do‘zax vojib bo‘ladi. O‘n barobar savob beriladigan amal; kishi bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr beriladi. Yetti yuz barobar savob beriladigan amal: Kim Alloh yo‘lida biron amal qilsa yoki infoq-ehson bersa, amaliga yetti yuz barobarida ajr beriladi. Ajru savobini Allohdan o‘zga bilmaydigan amal esa, ro‘zadir". 480. Abu Cadaqa Yamoniy aytadilar: Hazrati Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirganlarida u kishi ovqatlanayotgan edilar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: "Ey Bilol, ovqatga, ovqatga", dedilar. Bilol (r.a.): "Ey Allohning elchisi, men ro‘zadorman", deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bizlar rizqimizni yeyapmiz. Bilol esa, jannatda rizqlanadi. Agar ro‘za tutgan kishi ovqatlanayotgan kishilar oldida o‘tirsa, uning a’zolari unga tasbeh aytadi. Maloikalar unga duo qiladi va: "Ey Parvardigor, uni kechirgin, ey Parvardigor, unga shu o‘tirishida rahm qilgin", deydi". Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: "Dengizda ketayotib, to‘lqinlarga duch keldik, keyin yelkanlarni ko‘tardik. Biror orol yo jonzotni ko‘rmas edik, shu vaqt bir nido keldi: "Ey kema ahli, to‘xtanglar, sizlarga xabar beraman", dedi. Biz yurishda davom etdik, lekin hech narsani ko‘rmasdik. Yetti marta shunday nido keldi. Yettinchi martasida o‘rnimdan turib: "Ey sen, bizning holatimizni ko‘rib turibsan, to‘xtashga qodir bo‘la olmayapmiz. Bizlarga xabar bermoqchi bo‘lgan narsangning xabarini beraver", dedim. U aytdi: "Ogoh bo‘linglar, sizlarga Allohning hukmi haqida xabar beraman. Alloh taolo o‘zini nafsiga hukm qildiki, issiq kunda chanqagan (ro‘za tutgan) bandani Alloh taolo qiyomat kunida suvga qondiradi". Ibn Muborak ham Abu Muso Asha’riydan shunga o‘xshash rivoyatni keltirganlar va unga ushbu so‘zlarni qo‘shimcha etganlar: "Abu Muso qattiq issiq kunlar kelishini kutib turardilar, qachon issiq kuchaysa, ro‘za tutardilar". 481. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Olti xislat yaxshilikdir: Allohning dushmaniga qilich bilan harakat qilmoq, yoz oyida ro‘za tutmoq, musibat vaqtida chiroyli sabr qilmoq, haq bo‘lsa-da, tortishishni tark etmoq, bulutli kunda namozni vaqtli o‘qimoq, (yoki yoz kunida, dedilar), qish kunlarida tahoratni komil qilmoq". Abu Dardodan (r.a.) naql qilinadi: "Uch narsa bo‘lmasa edi, o‘lishimga parvo etmasdim. 1. Allohga sajda qilganda tuproqdan yuzimda belgilar qolishi. 2. Uzun kunda ro‘za tutish. 3. Yaxshi xurmoni tanlab yeganlari kabi, yaxshi so‘zlarni ham tanlab gapiradigan qavm bilan o‘tirish". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 482. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga uch xislatni o‘rgatdilar. Ularni o‘lgunimcha tashlamayman. Hamisha tahoratli yurish, har oyda uch kun ro‘za tutish, choshgoh namozini qoldirmaslik". 483. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam to‘rt narsani tark qilmas edilar. Ashuro kunida, ashr kunlarida va oyda uch kun ro‘za tutishni hamda bomdoddan oldin ikki rak’at namoz o‘qishni". 484. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr oyida (ya’ni, ramazonda) ro‘za tutinglar va har oyda uch kun ro‘za tutinglar, u bir dahrlik ro‘za o‘rnidadir. U qalbdagi adovatni ketqazadi". Abdulloh ibn Shaqiq Uqayliy aytadilar: "Madinaga kelib, Abu Zarr Fiforiyni (r.a.) uchratdim. Unga: "Bugun qaysi holda ekaningizni bilayin", dedim. Xullas, undan "Ro‘zamisiz?" deb so‘radim. "Ha", dedilar u kishi. Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga kirishga izn so‘rab kutib turardilar. Huzurlariga kirganimizdan keyin bir tovoq ovqat olib kelishdi. Abu Zarr ham yeya boshladilar. Men qo‘lim bilan imo qilib, u kishiga eslatdim. U zot: "Men senga nima deganimni unutganim yo‘q, men ro‘zaman. Har oyda uch kun ro‘za tutaman, demak, abadiy ro‘zadorman", dedilar". 485. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Men mujtahid bir kishi edim. Otam meni uylantirdi. Bir kuni otam uyimga kelib meni ko‘rmabdi. Xotinimdan: "Ering qanday?" deb so‘rabdi. Xotinim: "Juda yaxshi odam. Uxlamaydi, og‘iz ochmaydi, doim ro‘za", debdi. Otam mendan gumon qilib keyin aytdiki: "Men seni musulmon ayolga uylantirdim, uning haqqini ado et". Men otamning so‘zlariga parvo qilmadim. Quvvatim, ijtihodim bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetib, u kishi meni chaqirtirdilar. Va aytdilarki: "Men namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman va og‘iz ochaman. Sen ham namoz o‘qi, uxla, har oyda uch kun ro‘za tut". Men aytdim: "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra quvvatliman". Aytdilar: "Bir kuni ro‘za tutib, bir kuni tutma. Bu Dovudning (a.s.) ro‘zalari". Keyin so‘radilar: "Qur’onni qanchada o‘qib bo‘lasan?" "Ikki kecha-kunduzda", dedim. "Har o‘n besh kunda o‘qi", dedilar. "Ey Allohning elchisi, men bundan ko‘ra quvvatliroqman", dedim. "Yetti kunda o‘qi", deb, so‘ng qo‘shimcha qildilar: "Har bir amalning ochko‘zligi bor va har bir ochko‘zlikda ozgina vaqt hirs bo‘ladi. Kimning o‘sha vaqti mening sunnatimda bo‘lsa, u hidoyat topadi. Kimniki boshqa narsada bo‘lsa, halok bo‘ladi". Ablulloh ibn Amr (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ruxsatlarini qabul qilganimda edi, ahlim va molimning yana shuncha bo‘lishidan yaxshiroq edi. Bugun qariganman, kuchim ketdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurganlarini tark qilganimni yomon ko‘rib turibman". Ibn Abbosning (r.a.) huzurlarida bir kishi kelib, ro‘za haqida so‘radi. "Men xazinamda bor so‘zlarimni senga gapirib beraman, – dedilar u kishi. – Agar Sulaymon alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot oyning avvalida uch kun, o‘rtasida uch kun va oxirida ham uch kun ro‘za tutardilar. Agar Dovud alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq bo‘lardi. Agar Iso alayhissalomning ro‘zasini xohlasang, u zot yil bo‘yi ro‘za tutardilar. Arpa yer edilar. Qattiq jundan kiyim kiyardilar. Kechasi bo‘lsa, oyoqlarini namozga saflar edilar, bomdod namozining alomati kelguncha turardilar. U kishi qaerda tursalar, ikki rak’at namoz o‘qirdilar. Agar u kishining Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 209 onalarining ro‘zasini xohlasang, u ayol ikki kun tutib, ikki kun tutmas edi. Agar sen butun olamlar sarvari Muhammadning sollallohu alayhi vasallam ro‘zalarini xohlasang, u zot har oyda uch kun ro‘za tutardilar". Ya’ni, oyning oydin kunlarida – 13-, 14-, 15- kunlarda. 486. "U kunlar bir yillik ro‘zadir". 487. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. «Kim ramazon ro‘zasini tutsa, keyin unga shavvoldan olti kunni qo‘shsa, guyoki yilning hammasida ro‘za tutgandek bo‘ladi». Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Men sizlarga buni hisoblab beraman. Ramazon oyi ro‘zasi uch yuz kun va olti kun oltmish kun bo‘ladi. Chunki Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur)» (An’om, 160), deb aytgan. Har bir kun o‘n kunga tengdir». Faqih aytadilar: Ba’zi kishilar shanba kunida ro‘za tutishni karih ko‘rishgan. Aytishadiki: «U ishda nasorolarga o‘xshashlik bor». Ibrohim Naxa’iydan shanba kuni ro‘za tutish to‘g‘risida so‘rashdi. «U ro‘za xotinlar ro‘zasidir», deb javob qildilar. Ba’zilar: «Nasorolarga o‘xshab qolmaslik uchun ro‘zani har xil vaqtlarda tutish kerak. Men uchun ketma-ket yoki aralashtirib tutmoqlikning zarari yo‘q. Chunki og‘iz ochiqlik ular ikkovining orasini ajratib turadi», deyishgan. ____________ Nafl ro‘zasi, oyning 13,14,15-kunlari ro‘zasi va rajab oyi ro‘zasining fazilati bobi hadislari 479-hadis. Sanadida uzilish bor. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 480-hadis. Mavzu’. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 481-hadis. Zaif. Ikkita illati bor. 482-hadis. Muttafaqun alayh. 483-hadis. Zaif, Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan. 484-hadis. Sahih. «Sahihul» 485-hadis. Muttafaqun alayh. 486-hadis.Hasan, Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 487-hadis. Sahih. Bazzor rivoyat qilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling