Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz 
va ular bu dunyoda ziyon krmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax 
o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha 
yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir” (Xud, 15-16). 
 
Abdulloh ibn Xubayiq Antokiy aytadi: “Bandasi o‘zining amali savobini so‘ragan vaqtda 
Alloh taolo bandasiga: “Sening qilgan amallaring savobini yorug‘ dunyoning o‘zida berib 
tugatmadikmi? Yig‘ilishlarning to‘ridan joy bermadikmi? Dunyo tasarrufiga seni boshliq 
qilib qo‘ymadikmi? Savdo-sotiq ishlariga rivoj bermadikmi? Shu va shunga o‘xshashlari 
bo‘lmadimi?” deydi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Hukamolarning ba’zilaridan: “Muxlis, ya’ni ixlosli kishi kim?” deb so‘raldi. Aytishdi: 
“Yomonliklarini bekitgandek yaxshiliklarini ham bekitgan kishilar muxlislar”. 
 
Yana ba’zilaridan: “Ixlosning ma’nosi nima?” deb so‘ralganda: “Albatta, odamlar seni 
maqtashlarini sevmasligingdir”, deb javob berishdi. 
 
Zunnun Misriyga aytildi: “Alloh taolo bir kishini tanlaganligi qachon bilinadi?”. Aytdi: 
“To‘rt narsada bilinadi: qachonki rohatni tark qilsa, oz bo‘lsa ham, bor narsadan bersa, 
qadr-qimmati tushib ketishini xohlasa va maqtov ham, yomonlash ham uning nazdida 
bir xil bo‘lsa”. 
 
11. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi: 
“Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga 
yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab 
qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: “Ularni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!” 
deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, 
keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: “Yo Alloh, 
do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga 
kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik”. Shunda Alloh taolo: “Men shunday 
qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha 
Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz, 
qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan 
qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun 
ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan 
ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman”, deydi. 
 
12. Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Alloh taolo Adn 
jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga 
kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. “Albatta, mo‘minlar 
najot topdi”, dedi uch bor. So‘ng “Men baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman”, dedi 
jannat”. 
 
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan 
vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni 
ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi». 
 
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: “Amalning qo‘rg‘oni uch narsadir: 
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq – u bilan manmanlik sinishi uchun. 
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq  u bilan havoyi nafsi sinishi uchun. 
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish – unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu 
narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi”. 
 
Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish,  degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga 
muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda 
manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash, 
agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi 
yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki: 
 
“Albatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
buyurguvchilar” (Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi... 
Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo 
qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi. 
 
Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: “Amal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak 
olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga 
maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini 
ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham 
bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi”. 
 
Hukamolardan ba’zisi aytadi: “Amal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi. 
Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi. 
Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq 
bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi. 
 
13. Payg‘ambarimiz aytganlaridek: “Albatta, amallar ni-yatlari bilan” va har bir kishining 
niyat qilgan narsasi bo‘ladi, ro‘za, namoz, haj, zakot va boshqa toat-ibodatlar faqat niyat 
bilan durust bo‘ladi. Amal durust bo‘lishi uchun boshida niyat qilmoq lozim. 
 
Uchinchisi: amalning o‘rtasida sabr qilmoq, ya’ni amallarni tinch, xotirjam bajarguncha 
sabr qilmoq lozim. 
 
To‘rtinchisi: amalni tugatayotgan vaqtda ixlos qilmoq lozim. Chunki amal ixlossiz qabul 
qilinmaydi. Agar ixlos bilan amal qilsangiz, Alloh sizdan qabul qiladi va insonlarning 
qalblari sizga bog‘lanadi”. 
 
Harm ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: “Qaysi bir bandam Alloh taologa qalbi bilan 
yuzlansa, albatta Alloh taolo ahli imon qalblarini unga yaqinlashtiradi va ularning 
muhabbatidan va rahmatidan uni rizqlantiradi”. 
 
14. Payg‘ambarimizdan Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo bir 
bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomga: “Men falon bandani yaxshi ko‘rdim, sen 
ham uni yaxshi ko‘r”, deydi. Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: “Parvardigoringiz 
falonchini yaxshi ko‘ribdi, uni sizlar ham yaxshi ko‘ringlar”, deydi. U bandani osmon ahli 
ham yaxshi ko‘radi. Mazkur banda barcha yer ahliga ham maqbul bo‘ladi va bir bandani 
yomon ko‘rib qolsa ham, xuddi shunday e’lon qiladi”. 
 
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan bir kishi savol so‘ragani rivoyat qilinadi: “Albatta, insonlar 
meni solih deydilar, men solih yoki solih emasligimni qanday bilaman”. Shaqiq 
rahmatullohi alayh unga aytdi: “Solihlarning huzurida siringni oshkor qil, agar unga rozi 
bo‘lsalar, solihsan, agar rozi bo‘lmasalar, yo‘q. Qalbingga dunyoni ro‘baro‘ qil, agar 
qalbing qaytarsa, bilki solihsan, bo‘lmasa, yo‘q. O‘zingga o‘limni ro‘baru qil, agar o‘limni 
xohlasang, bilki, solihsan, bo‘lmasa yo‘q. Vaqtiki senda bu uch qism jamlansa, Alloh 
taologa amallarda riyo qilmaslik uchun tazarru etgin, toinki amallaringni fasod qilmasin”. 
 
15. Anas ibn Molik Hazrati Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: “Mo‘min kim,bilasizllarmi?” 
“Alloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir”. “Mo‘min kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida odamlardan 
eshitgan maqtovlar bilan quloqlari to‘lmaguncha olamdan ko‘z yummagay. Agar yetmish 
qavat temir eshikli uy ichida Alloh taolo toati uchun amal qilsa ham, Alloh ul kishining 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
qilgan amalini ro‘yobga chiqaradi. Hatto insonlar gapirib unga qo‘shadilar ham”. “Yo 
Rasululloh, qanday qo‘shadilar?” deb so‘raldi. “Albatta, mo‘min amalida ziyoda bo‘lgan 
narsani yaxshi ko‘rgay. Fojir kim, bilasizlarmi?” “Alloh va Uning rasuli bilgaydir”. “Fojir 
kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida yoqimsiz tanqidlarni to‘la eshitmaguncha olamdan 
o‘tmaydi. Agar, yetmish qavat temir eshikli uy ichida Alloh taologa ma’siyat qilsa ham, 
Alloh taolo uni oshkor qiladi, hatto insonlar gapirgay. Va unga qo‘shgaylar”. “Yo 
Rasululloh, qanday ziyoda qiladilar?” “Albatta, fojir buzg‘unchilikda ziyoda bo‘lgan 
narsani yaxshi ko‘rur”. 
 
Avf ibn Abdulloh aytadi: “Ahli solihlar bir-birlariga yozar edilar: “Kimki oxirati uchun 
amal qilsa, Alloh dunyo ishiga kifoya qilgaydir. Kimki Alloh va o‘zi orasida bo‘ladigan 
ishlarni isloh qilsa, Alloh taolo u bilan odamlar orasini isloh qilgaydir. Kimki ichki 
dunyosini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashqarisini ham isloh qilib qo‘ygaydir”. 
 
Homid Lifof aytadi: “Agar Alloh taolo kishini xolis qilishni xohlasa, uch narsa bilan jazo 
beradi: Ilmdan ko‘p beradi, ammo ulamolar amalidan qisib qo‘yadi. Solihlarning 
suhbatiga erishtiradi, lekin ularning huquqlarini bilishdan qisib qo‘yadi. Unga toatlar 
eshigini ochadi va amalning ixlosidan qisib qo‘yadi”. 
 
Mana shularning hammasi niyatning buzuqligidan va ichi yomonligidandir. Chunki, agar 
to‘g‘ri bo‘lsa, albatta Alloh taolo ilmning manfaatidan ham, amalga ixlos qilishlikdan 
ham, solihlarning huquqlarini bilishlikdan ham nasiba qilib, rizqlantirib qo‘yar edi. 
 
16. Faqih aytadi: Jabla Yahsibiyning bunday deganini eshitdim: “Biz Abdulmalik ibn 
Marvon bilan g‘azotda edik. Kechasi uxlamaydigan, uxlasa ham, kam uxlaydigan kishi 
bilan suhblatda bo‘ldik. Uni taniyolmay, bir necha kun birga yurdik. Keyin bilsak, u 
Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan biri ekan. Bizlarga bir voqeani aytib berdi: 
“Mo‘minlardan biri Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘radiki: “Yo Rasululloh, ertangi kundan 
najot nimada?” Aytdilar: “Allohni aldamasligingda”. Aytishdi: “Yo Rasululloh, Allohni 
qanday aldaymiz?” Aytdilar: “Alloh taolo buyurgan narsaga amal qilgaysan-u, Alloh taolo 
uchun xos etmasligingdir. Riyodan saqlaninglar, chunki riyo Allohga shirk keltirishdir. 
Riyokor ulki, qiyomat kunida butun maxluqotlarining oldida unga to‘rtta ism bilan nido 
qilingaydir: “Ey kofir”, “Ey fojir”, “Ey ahdini buzguvchi”, “Ey zarar qilguvchi”, deyilgaydir. 
“Amalingda alashding, ajring botil bo‘ldi, qiyomat kunida sen uchun nasiba yo‘q. Kim 
uchun amal qilgan bo‘lsang, ajringni o‘shandan so‘ra. Ey yolg‘onchi!” deyilgaydir”. “Sen 
buni Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdingmi?” deb so‘radim. Aytdi: “Hech zot yo‘q, magar 
o‘zi bo‘lgan Zotga qasamki, men buni Rasulullohdan eshitdim. Agar bir narsada xato 
qilsam, unga suyanib qolmasdim”. Keyin bu oyatni o‘qidi: 
 
“Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni aldab 
qo‘yguvchidir” (Niso, 142). 
 
Faqih, Alloh rahm qilsin, aytadi: Kim amallari savobini oxiratda topaman desa, u Alloh 
taologa xolis amal qilmog‘i, riyosiz qilmog‘i, keyin ajablanish (odamlarning hayrati) bu 
amallarni botil qilmasligi uchun qilgan yaxshi amallarini unutmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki 
aytiladi: “Toatni saqlashlik uni qilmoqdan ko‘ra qiyinroqdir”. 
 
Abu Bakr Vositiy aytadi: “Toatni saqlash uni qilishdan ko‘ra qiyinroqdir, chunki uning 
misoli tez sinadigan shishaga o‘xshaydir. U yamoqni qabul qilmaydi. Shuningdek, amal 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
ham, agar riyo aralashsa, uni sindiradi, agar manmanlik aralashsa ham, uni sindiradi. 
Kishi bir amalni qilganda riyo aralashib qolishidan qo‘rqsa, qo‘lidan kelsa, riyoni 
ko‘nglidan chiqarsin, so‘ngra shuning uchun o‘sha narsaga harakat qilsin, agar imkoni 
bo‘lmasa, amalni qilaversin va amalni riyo tufayli tark qilib qo‘ymasin. Keyin Allohdan 
istig‘for so‘rasin, bu ishda riyosi o‘rniga shoyadki, Alloh boshqa amalida ixlosmand qilib 
qo‘ysa”. 
 
Bu to‘g‘rida aytiladiki, albatta, riyo qilguvchilar o‘lganlaridan beri dunyo xarobdir. Chunki 
ular yaxshi amallarni qilardilar, qalandarxonalar, ko‘priklar, masjidlar kabi narsalarnnni 
qurardilar. Bu narsalarda odamlar uchun foyda bor edi, garchi riyo uchun bo‘lgan bo‘lsa 
ham. Ko‘pincha musulmonlarndan birontasinning duosi foyda berib qoladi... Ba’zi o‘tgan 
kishilardan rivoyat qilinadi: Bir yo‘lovchi kambag‘allar uchun musofirxona qo‘rgan ekan. 
U o‘ziga-o‘zi aytar ekanki: “Bilmadim, bu amalim Alloh taolo uchunmi yoki yo‘qmi”, deb. 
Bas, bir kuni tushida bir kishi kelib: “Agar amaling Alloh uchun bo‘lmasa ham, 
musulmonlardan bittasi duo qildi. Amaling Alloh uchun bo‘ldi”, deydi. Shunda ko‘p 
xursand bo‘lgan ekan. 
 
Huzayfa ibn Yamon oldida bir kishi: “Yo Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin”, debdi. 
Xuzayfa shunda: “Agar ular halok bo‘lib ketsalar, dushmanlaringdan haqlaringni ola 
bilmas edinglar”, ya’ni ular g‘azotga chiqib, dushman bilan urushardilar, degan ekan. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Odamlar farzlar to‘g‘risida so‘zlashibdilar. Ba’zilari 
debdi: “Unda riyo yo‘q. Chunki u butun xalqqa farzdir. Agar kishi ustidagi farzni ado 
qilsa, bu riyoga kirmaydi”. Ba’zilar esa: “Riyo farzlarga ham, boshqalariga ham kiradi”, 
deb aytdi. 
 
Bu ish mening nazdimda ikki xildir. Birinchi: agar bir inson farz amallarini riyo uchun – 
insonlarga ko‘rinish uchun ado qilsa, u ishni ado qilmabdi. Bu esa butunlay 
munofiqlikdir. Alloh taolo o‘z so‘zida munofiqlar haqida aytgan: “Albatta,  munofiqlar 
do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar” (Niso, 145). Ya’ni, jahannamda Fir’avn (ahli) 
bilan birgadirlar. Chunki agar ularning Allohni yagona deb bilishlari rost bo‘lsa, farzlarini 
ado qilishda hech narsa ularni man’ qilmasdi. Ikkinchi: agar bir inson farzlarni odamlar 
orasida chiroyli va to‘la-to‘kis ado qilsa-yu, hech kim ko‘rmagan paytda farz amallarini 
noqis ado qilsa, u kimsaga noqis savob bordir va insonlar nazdida qilgan ziyoda amali 
uchun savob yo‘qdir. Bu kimsa o‘sha amali borasida so‘raladi va Alloh huzurida hisob 
beradi. 
 
___________ 
I bob. Ixlos bobi hadislari 
 
1. Muhammad ibn Labid. “Sizlarning oralaringizga kirib qolishidan... ” Sahih*. Ahmad (428/5) va Bayhaqiy (“Ash-shu’ab” 6831) va Bag‘aviy 
(“Sharhul-sunna” 4030/7). “As-sahihat” (951)ga qarang. 
2. Abu Hurayra. Alloh taolo aytadi: “Men sheriklardan behojatman...” Sahih*. Muslim, “Zuhd” kitobi (36/2985) va Ibn Moja, “Zuhd” kitobining 
riyo bobi (4202). 
3. Abu Hurayra. “Ro‘zador borki...” Sahih*. Ahmad (373/2) va Bayhaqiy (270/4) va “Sahihul jome’” (3490). 
4. Mujohid. “Bir kishi Rasululloh oldilariga kelib...” Zaif*. Ibn Jarir o‘z kitobida (32/16) mu’zal hadis degan. 
5. Abu Hurayra. “Oxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi...” Zaif*. Termiziy, “Zuhd” kitobida. 
6. Abu Hurayra. “Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) kelib: “Ey Rasululloh, men bir...” Zaif*. ”Tayolisiy (2430), Termiziy (2384), Ibn Moja (4226). 
7. Hadis. “Kimki sunnatda yaxshi ishni joriy qilsa...” Sahih*. Muslim, “Zakot” kitobi (1027/2). 
8. Abu Habib. “Albatta farishtalar Allohning bandalaridan...” Zaif*. Abdulloh ibn Muborak, “Zuhd” (452). 
9. Abu Hurayra. “Shufayl Asbahiy Madinaga kirdi...” Sahih*. Termiziy (2382) va Ibn Hibbon (2502) va Hakim (419/1) va Muslim (1905/3). 
10. Adiy ibn Hotim. “Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi...” Zaif*. Abu Naim, “Al-xulya” (125/4) va Bayhaqiy, 
“Ash-shu’ab”ga (6809/5) va “Majma’a”ga (220/10) qarang. 
11. Ibn Abbos. “Alloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda...” Zaif* Abu Na’im, “Jannat sifatlari” kitobi (16) va Tabaroniyning “Al-kabir” 
(11439/11) va Ibn kasir tafsiri (231/3) ga “At-targ‘ib va tarhib” (558/4)ga qarang. 
12. Hadis. “Albatta, amallar niyatlari bilan e’tiborlidir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy va Muslim (1907/3). 
13. Abu Hurayra. “Albatta, Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3209/6) va Muslim (2637/4). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
14. Anas ibn Molik. “Mo‘minni bilasizlarmi...” “Kanzul-ummoli” (1799). 
15. Jablatul Yaxsibiy. “Bizlar Abdumalik ibn Marvon bilan g‘azotda edik...” Zaif*. Suyutiy, “Ad-Durul-Mansur” (74/1).
 
 
 
II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI 
 
17. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Anas ibn Molik roziyallohu anhu 
Payg‘ambarimizdan rivoyat qilib aytadiki: “Kim Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa, 
Alloh ham u bilan uchrashmoqnni yaxshi ko‘rgay va kim Alloh taolo bilan uchrashmoqni 
yoqtirmasa, Alloh ham u bilan uchrashmoqni yomon ko‘radi”. Shunda: “Ey Rasululloh, 
biz hammamiz o‘limni yomon ko‘ramiz-ku”, deb aytdilar. “Bu yomon ko‘rishlik emasdir. 
Agar mo‘min kishi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uning huzurida 
yaxshilardan bo‘lib qaytishligi haqida o‘sha bandaga xushxabar keladi va unga Alloh 
diydoridan yaxshiroq biror narsa bo‘lmaydi va Alloh ham uni uchratmoqni yaxshi ko‘radi. 
Agar fojir yoki kofir o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uchun yomonlardan 
bo‘lganligi, yomonlardan hisoblanganligi aytilib, qo‘rqitib, ogohlantirish keladi va u Alloh 
bilan bo‘ladigan uchrashuvni yomon ko‘radi. Alloh ham u bilan ko‘rishmoqni 
xohlamaydi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 
 
18. Payg‘ambarimizdan Hasan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Mo‘min odamga o‘limning 
og‘irligi va uning qiyinligi shu qadarki, qilich bilan uch yuz zarba urgandek”. 
 
Faqih aytadi: Kimiki o‘limga ishonsa va o‘lim unga ham keladi, undan hech chora yo‘q, 
deb bilsa, o‘sha inson solih amallari bilan va nopok ishlardan tiyilishi, o‘zini undan 
chetlashi bilan o‘limga hozirlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. O‘sha o‘lim o‘ziga qachon yetishini 
bilmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘z ummatlariga o‘limning og‘irligini, uning achchiqligini 
nasihat qilib, o‘limga tayyorlanmoqliklarini, har doim hozir bo‘lib turmoqliklarini va bu 
dunyoning qiyinchiliklariga sabr qilmoqliklarini bayon qilib berdilar. Chunki dunyo 
mashaqqatlariga sabr qilish o‘limning qiyinchiligidan yengilroqdir. Chunki o‘lim 
qiyinchiligi va og‘irligi oxirat azoblaridandir. Oxirat azobi bu dunyo azobidan qattiqroqdir. 
 
19. Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Dedilarki: “Bani Isroil 
haqida gapiringlar, uning zarari yo‘q, chunki ular ko‘p ajoyibotlari bo‘lgan qavmdir”. 
So‘ng odamlar ular haqida gaplasha boshladilar. Shunda Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Bani 
Isroildan bir qavm chiqdi, ular bir qabriston oldiga kelishdi va: “Agar namoz o‘qib, so‘ng 
Rabbimizga duo qilsak, biz uchun ba’zi o‘liklarni chiqaradi va bizga o‘lim haqida xabar 
beradi”, dedilar hamda namoz o‘qib, Parvardigorga duo qildilar. Ular shunday duo qilib 
turgan vaqtlarida to‘satdan bir kishi qora qabrdan boshini ko‘tarib: “Ey odamlar, nimani 
xohlaysizlar? Allohga qasamki, men to‘qson yil ilgari o‘tganman, lekin o‘lim azobi, uning 
achchig‘i xuddi hozir bo‘layotgandek, haligacha mendan ketgani yo‘q, Alloh taologa duo 
qilinglar, men qanday bo‘lsam, o‘sha holimga qaytarsin”, dedi. Uning ikki ko‘zi orasida 
sajda izlari bor edi”. 
 
20. Abdulloh ibn Musavvar Hoshimiydan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Payg‘amibarimiz 
huzurlariga kelib, menga ilmning g‘aroyiblaridan o‘rgatmog‘ingiz uchun huzuringizga 
keldim”, dedi. Shunda unga: “Ilmning avvalida nima ishlar qilding?” dedilar. U: “Ilmning 
avvali nima?” deb so‘radi. “Ulug‘ va qudratli Rabbingni tanidingmi?” dedilar. “Ha”, deb 
javob berdi. “Allohning haqqiga nima ishlar qilding?” deb so‘radilar. “Alloh xohlaganicha 
ishlar qildim” deb javob berdi. Keyin: “O‘limni bildingmi?” dedilar. “Ha”, dedi. “O‘lim 
uchun nima hozirlik ko‘rding?” dedilar. “Alloh xohlaganicha”, dedi. “Borgil va u yerda 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
ham shu tarzda davom et, keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyiblarini o‘rgataman”, 
dedilar. Bir necha yildan so‘ng Payg‘ambarimizning oldilariga kelgach, unga: “Qo‘lingni 
qalbingga qo‘y, o‘z nafsing uchun rozi bo‘lmagan narsani musulmon birodaring uchun 
ham rozi bo‘lma, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani musulmon birodaringga ravo ko‘rgin, 
mana shu ilmning g‘aroyiblaridandir”, dedilar”. 
 
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘limga tayyorgarlik ko‘rish ilmning avvalidan ekanligini bayon 
qildilar, o‘lim bilan mashg‘ul bo‘lmoqlik avlodir. 
 
21. Abdulloh ibn Musovvar Hoshimiy rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) ushbu oyatni 
o‘qidilar: 
 
“Alloh kimni hidoyat qilmoqni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib 
qo‘yar. Kimniki adashtirmoqni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib 
ketayotgandek, tor va tang qilib qo‘yar” (An’om, 125). 
So‘ng: “Agar Islom nuri qalbga qancha kirib o‘rnashsa, uni tinchlantiradi, 
yorqinlashtiradi”, dedilar. “Mana shu narsalarning alomati, belgisi bormi?” deb so‘rashdi. 
Shunda: “Ha, g‘ururlanishlikdan uzoq bo‘lish, abadiy hayotga olib boradigan narsalardan 
xabardor bo‘lish, o‘lim vaqti-soati kelishidan oldin o‘lim uchun hozirlik ko‘rishdir”, 
dedilar”. 
 
22. Maymun ibn Mihrondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz bir kishiga va’z aytar edilar. 
“Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil, qariligingdan oldin yigitligingni, bir ish 
bilan shug‘ullanib qolishingdan oldin bo‘sh vaqtingni, faqirligingdan oldin boyligingni, 
o‘limingdan oldin tirikligingni, kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘lomligingni g‘animat bilgin”. 
 
Payg‘ambar (s.a.v.) shu besh narsada ko‘p ilmlarni jam qilganlar. Chunki navqiron yigit 
holatida har xil ishlarga qodir bo‘lgan kishi qarigan vaqtda o‘sha ishlarga qodir 
bo‘lmaydi. Chunki yigit agar ma’siyat – gunoh qilish bilan yoshligini o‘tkazishga ko‘niksa, 
u qarigan vaqtida gunohlardan tiyilishga qodir bo‘lmaydi, shuning uchun yigit kishi 
qariganda yaxshi amallar qilmog‘i oson, yengil bo‘lishi uchun u yoshlik – navqironlik 
davrida yaxshi amallarni qilishga ko‘nikmog‘i lozimdir. 
 
“Betobligingdann oldin sog‘ligingni”, degan gapllari ma’nosi shuki, sog‘ inson moli va joni 
uchun ish qila oladi. Sog‘lom kishi o‘z solg‘ligini g‘animat bilishi va o‘z molida, o‘z jismida 
solih amal qilmoqligi kerak. Chunki agar kasal bo‘lsa, badani ibodat qilishdan ojiz qoladi 
va uning qo‘li o‘z molidan qisqa bo‘ladi, hamda uning vasiyati molining uchdan bir 
miqdoriga o‘tadi. 
 
“Bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan avval bo‘sh vaqtingni g‘animat bil”, degan gaplarining 
ma’nosi shuki, kechasi bo‘sh va kunduzi ish bilan band bo‘lishlikdir. Kishi kechasi bo‘sh 
vaqtlarida namoz o‘qimoqligi va kunduzi ish vaqtida ro‘za tutmoqligi kerak, ayniqsa, qish 
davrlarida. 
 
23. Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinganidek: “Qish mo‘minga g‘animatdir, uning 
kechalari uzun bo‘ladi, unda namoz o‘qiydi. Kunduzlari qisqa bo‘ladi, ro‘za tutadi” 
 
24. Va boshqa rivoyatda: “Tun uzundir. Uxlashing bilan uni qisqa qilmagin. Kunduz 
qisqadir. Gunohlaring bilan uni og‘ir qilib qo‘ymagin” deyiladi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling