Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan 
va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan 
kunni (eslang)!” (Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: “Ey insonlar, 
xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da 
bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf 
so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib 
boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da 
bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning 
hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, 
o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga 
voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat-
nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, 
zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! 
Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, 
insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam 
berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang 
ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam 
berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda 
zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina 
qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib 
qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb 
o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir”. 
 
Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: “Maxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga 
yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar,  keyin yuz 
yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat 
kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi 
bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
 
Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu 
dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri 
yo‘lga boshlaguvchidir. 
 
___________ 
IV bob. Qiyomatning qo‘rqinch va dahshatlari bobi hadislari 
 
1. Oyisha. Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang. 
2. Abu Hurayra. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955). 
3. Abu Hurayra. «Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van 
nushur» (236). 
4. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’. 
5. Nofe’ ibn Umar. «Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da 
(267/1). 
6. Maoz ibn Jabal. «Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946) 
ga qarang. 
7. Ibn Mas’ud. «Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a» 
(336/10) ga qarang. 
8. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As-
Sunna» (797/818).
 
 
 
V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI 
 
52. Abu Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi 
bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil 
rangga kirguncha qizdiriladi, keyin yana ming yil oq rangga kirgunicha qizdiriladi, so‘ng 
ming yil yondirilib qizdirilib qop-qora qilinadi. O‘sha qoralik qop-qorong‘u tun kabidir”. 
 
Yazid ibn Mursaddan rivoyat qilinadi: u kishi ikki ko‘zidan yoshlarini hech to‘xtata olmas 
edi, ko‘p yig‘lab turaverganlaridan keyin, bu yig‘i ma’nosini so‘radilar. U aytdi: “Agar bir 
gunoh qilganimda, Alloh taolo menga hammomda abadiy saqlayman deb, qo‘rqituv 
va’dasini bersa edi, ko‘z yoshimni to‘xtatmasligim to‘g‘ri bo‘lur edi. Endi qanday 
yig‘lamaymanki, Alloh taolo uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga qamayman, deb turgan 
bo‘lsa!” 
 
Mujohiddan rivoyat qilinadi: “Do‘zaxda bir choh - quduq bor, unda tuyaning bo‘ynidek 
ilonlar, xachirdek chayonlar bor. Do‘zax ahli o‘sha ilonlarni ko‘rib qochishadi. Ularni 
o‘sha ilonlar lablari bilan yamlab olishadi, so‘ngra soch va tirnoqlari orasidagi nimaiki 
bo‘lsa, kesib yoki archib tashlashadi. Ular faqat do‘zaxga kirish bilangina bu azobdan 
qutulishadi”. 
 
53. Abdulloh ibn Juz’dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda 
tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor. Agar birontasi chaqsa, uning harorati qirq yilgacha 
ketmaydi va yana do‘zaxda xachirlardek chayonlar bor, agar birontani chaqsa, uning 
harorati qirq yilgacha turadi”. 
 
54. Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar 
o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi. 
 
Mujohid aytadi: “Albatta sizlarning olovlaringiz jahannamdan panoh tilaydi”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
55. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda beriladigan eng yengil azob ikki oyog‘iga 
olovdan kovush kiygizib qo‘yishdir, uning issiqligidan miyasi qaynaydi, go‘yoki u suv 
qaynatiladigan idishdek, qulog‘ida va jag‘ida cho‘g‘ turgandek, lablari o‘tning 
issiqligidadir. Qornidagi narsalar ikki oyog‘ining tagidan oqib chiqadi. U, menga 
do‘zaxning eng qattiq azobi bo‘lyapti, deb o‘ylaydi, aksincha, bu azob, do‘zax ahli uchun 
eng yengil azobdir”. 
 
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat etiladi: 
“Do‘zax ahllari Molikni (do‘zaxning boshlig‘ini) chaqirishadi. Ularga qirq yil  
javob berilmaydi, keyin ularga: “Sizlar (mana shu azobda mangu) 
turguvchisizlar” (Zuxxuf, 77), degan javob beriladi. Keyin Allohga duo qiladilar: 
“Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti-dunyoga) chiqargin. Bas, agar 
yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak,  u holda,  shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) 
jabr qiluvchilarmiz” (Mo‘minlar, 107).  
 
Dunyo ikki marta aylanganchalik muddat ularga javob berilmaydi, keyin aytiladi: 
“U yerda (jahannamda) xor bo‘linglar va Menga gapirmanglar” (Mo‘minlar, 108). 
 
Faqih aytadi: Allohga qasamki, o‘sha gapdan keyin qavm bir og‘iz ham gapirmaydi. 
Undan keyin ular qiyinchilik bilan nafas olib, qiyinchilik bilan chiqaradilar. Ularning 
ovozlari olovning issiqlik ovoziga o‘xshaydi. Birinchisi – nafas olishlik; oxirgisi – nafas 
chiqarishlikdir. 
 
Qatoda aytadi: “Ey qavm, bu narsadan qutulishlikka chora bormi? Yoki sabr qilasizlarmi? 
Ey qavm, Allohga toat-ibodat qilmoqlik yengilroqdir. Allohga itoat qi-linglar!” 
 
Aytiladiki, do‘zax ahllari ming yil qo‘rqib turishadi, so‘ngra, agar dunyoda sabr 
qilganimizda, qutulgan bo‘lar edik, deyishadi. Keyin yana ming yil sabr qilinadi. Ularga 
azob yengillatilmaydi. Keyin aytadilarki: “(Endi esa) dod-voy qilamizmi, sabr 
etamizmi, biz uchun barobardir – hech qanday najot yo‘qdir” (Ibrohim, 21). 
 
So‘ngra Alloh taolodan chanqoqlik va qattiq azob tufayli ming yil yomg‘ir so‘rashar ekan, 
issiqlik va chanqoqlikni ozgina ketkazish uchun yana ming yil yalinib-yolvorishar ekan. 
Alloh taolo Jabroilga aytadi: “Ular nimani talab qilyaptilar?” Jabroil: “Ey Rabbim, ularni 
o‘zing biluvchisan. Ular yomg‘ir so‘rashayaptilar”, deb aytadi. Keyin ularga qizil 
bulutlarni tashlaydi. Ular yomg‘ir tushadi, deb o‘ylaydilar. Alloh taolo xachirdek 
chayonlarni tushiradi. Ulardan birontasi biron kishini chaqsa, uning og‘rig‘i ming yil 
ketmaydi. Shundan so‘ng yana ming yil Alloh taolodan yomg‘ir bilan rizqlantirishini 
so‘rashadi. Ularga qora bulutlarni ko‘rsatishadi. Ular bu yomg‘ir buluti, deyishadi. 
Tuyalarnning bo‘ynidek ilonlar yuboriladi. 
Bittasi bir chaqsa, uning alami ming yil ketmaydi. 
 
Bu muammo Alloh kalomidandir: 
“Kofir bo‘lgan va (odamlarni) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarga buzg‘unchilik 
qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz” (Nahl, 88). Ya’ni, bular 
kufr keltirganlar va gunoh qilganlardir. Kimki azobidan qutulmoqni va Allohning 
savoblariga erishmoqni xohlasa, bu dunyo mashaqqatlariga sabr qilmog‘i, Allohning 
toatida turib, gunohlaridan, dunyo shahvatlaridan saqlanmog‘i kerak bo‘ladi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
56. Xabarda kelganidek: “Albatta, jannat kishi yoqtirmaydigan narsalar bilan o‘ralgan: 
do‘zax esa shahvatli narsalar bilan o‘ralgandir”. 
 
57. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Alloh taolo 
Jabroilni chaqirdi, keyin jannatga yuborib: “Jannat ahli uchun nima hozirlaganimni borib 
ko‘rgin”, dedi. Jabroil qaytib kelib: “Sening izzating haqqi, u yerni faqat inson 
eshitsayoq, kiradi”, dedi. So‘ng jannat inson tabiati karih ko‘rgan narsalar bilan o‘raldi. 
Keyin yana Alloh aytadi: “Jannatga qaytib yana qaragin”. So‘ngra u qaytib: “Sening 
izzating haqqi qo‘rqdimki, unga hech kim kirmaydi, deb”. Keyin uni do‘zaxga yubordi: 
“Do‘zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko‘rgin”. Jabroil qaytib kelib: 
“Yo Alloh, agar uni eshitsa, unga hech kim kirmaydi” dedi. So‘ng do‘zax shahvatlar bilan 
o‘raldi”. Alloh aytdi: “Qaytib borgin va qaragin unga”. Keyin qaytib keldi: “Sening 
izzating va ulug‘liging haqqi, yo Alloh, hech kim do‘zaxga kirmay qolmaydi, deb 
qo‘rqdim”, dedi”. 
 
58. Payg‘ambar (s.a.v.): “Do‘zaxni xohlaganingizcha tasavvur qilinglar, qanchalik 
tasavvur qilsangizlar ham, do‘zax sizlar o‘ylagandan ko‘ra qattiqroq”, dedilar. 
 
Otam Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilib aytadi: 
“Albatta, jahannam ularning hammalariga va’da qilingan joydir” (Hijr, 43), oyati 
tushganida Salmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, qo‘llarini bo‘yniga qo‘yib, uch kungacha 
qochib ketgan ekan, u kishini olib kelishgandan keyingina bu holat to‘xtadi. 
 
59. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Jabroil alayhissalom 
Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldi. 
Payg‘ambarimiz: “Senga nima bo‘ldi, ranging o‘zgargan?” deb so‘radilar. Jabroil aytdi: 
“Ey Muhammad, hozir men Alloh taolo do‘zax o‘t yoquvchisiga o‘t yoqishni buyurgan 
vaqtda sizning oldingizga keldim. Jahannam haqdir. Olov haqdir. Qabrdagi azob haqdir. 
Allohning azobi qattiqroqdir, deb bilgan odam ulardan omonda bo‘lmagunicha ko‘zi 
quvonmasligi kerak”. Payg‘ambarimiz: “Yo Jabroil, jahannamni sifatlab ber?” deb 
aytdilar. 
 
“Ha, albatta, Alloh taolo jahannamni yaratgan vaqtda ming yil qizdirdi, qip-qizil bo‘ldi. 
So‘ng ming yil qizdirdi, oq bo‘ldi, so‘ng yana ming yil qizdirdi, qop-qora bo‘ldi. Bu qoralik 
qorong‘ulikdir, uning issig‘i o‘chmaydi. Cho‘g‘lari so‘nmaydi. Sizni yuborgan Zotga 
qasamki, agar undan ignaning teshigidek teshik ochilsa, dunyo ahlining hammasi uning 
haroratidan yonib ketar edi. Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, agar do‘zax 
ahlining ko‘ylaklaridan biri osmon va yer orasiga osib qo‘yilsa, uning sassiqligidan, 
issiqligidan butun yer aholisi o‘lib ketardi, sizni haq bilan jo‘natgan Zotga qasamki, agar 
Alloh taolo o‘zining Kitobida zikr qilgan bir quloch do‘zax zanjiri tog‘ning ustiga qo‘yilsa, 
u erib ketadi va yer yetti bo‘lakka aylanadi. Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga 
qasamki, agar kishini mag‘ribda jazolasa, mashriqda turgan kishi unga berilgan qattiq 
azobdan yonadi. Uning issig‘i qattiqdir. Qa’ri juda chuqur, bezagi – temir, ichkiligi – 
yiring, kiyimlari – olovning bo‘laklari-dandir, uning yetti eshigi bo‘lib, har bir eshigi 
ayollar va erkaklar uchun bo‘lingan”. 
 
Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning eshiklari bizning eshiklarimizga o‘xshaydimi?” deb 
so‘radilar. Aytdi: “Yo‘q, lekin u ochilgan, ular past-balanddir, bir eshik bilan ikkinchi 
eshik orasi yetmish yillik yo‘ldir. Har bir eshikning issiqligi keyingisidan yetmish 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
barobardir. Allohning dushmanlarini unga haydab kelishadi. Eshik oldiga yetganlarida 
ularni do‘zax xodimlari zanjir va temir arqonlar bilan kutib olishadi. Zanjirni og‘zilaridan 
kirgizib, orqalaridan chiqaradi. Chap qo‘lini bo‘yniga, o‘ng qo‘lini yuragiga bog‘laydi va 
ikki yelkasidan chiqarib qo‘yadi. Zanjirlar bilan bog‘lab tashlaydilar. Odamni shayton 
bilan birga zanjirda yaqinlashtiradi, yuzidan tortiladi, maloikalar temirdan bo‘lgan 
tayyoqlar bilan urishadi. 
 
“Hammalari bu g‘amdan chiqishni xohlaganlarida u yerga qay-tarilaveradilar” 
(Haj, 22). Payg‘ambar(s.a.v.) so‘radilar: “Bu eshiklarda turuvchilar kimlar?” Jabroil 
aytdi: “Birinchi past eshikda munofiqlar, dasturxon ashoblaridan kufr  keltirganlar 
hamda Fir’avn ahli turadi. U (eshik)ning nomi Hoviyadir. Ikkinchisida mushriklar tura-di, 
uning oti Jahim. Uchinchi eshikda quyoshga sig‘inuvchilar turadi, uning ismi Sahar. 
To‘rtinchisida iblis, unga ergash-ganlar hamda majusiylar turadi, uning oti Lazodir. Be-
shinchisida yahudlar turadi, uning ismi Hutamadir. Oltin-chisida nasorolar turadi, uning 
ismi Sa’ir”. Keyin Jab-roil Payg‘ambar alayhissalomdan uyalib to‘xtadi. Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: “Yettinchisining xabarini bermaysan-mi?” Jabroil alayhissalom aytdi: 
“Unda sizning umma-tingizdan katta gunohlar qilib, keyin tavba qilmaganlar turadi”. 
Payg‘ambar (s.a.v.) hushlaridan ketdilar. Jabroil u kishining boshlarini o‘zlariga 
kelgunlaricha ko‘kragiga qo‘yib turdi. O‘zlariga kelib: “Yo Jabroil, musibatim ulug‘ bo‘ldi, 
xafaligim qattiqlashdi, mening ummatimdan birontasi do‘zaxga kiradimi?” “Ha, sizning 
um-matin-gizdan katta gunohi kabira qilganlari do‘zaxga kiradi”. 
 
Keyin Payg‘ambar (s.a.v.) yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladi. Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga 
kirib, odamlardan berkinib oldilar, faqat namozga chiqardilar, hech kimga gapirmasdan 
kirib ketardilar. Namozlarda Alloh taologa tazarru’lar qilib yig‘lardilar. Uchinchi kuni 
bo‘lganda Abu Bakr keldi. Eshiklari oldiga kelib: “Assalomu alaykum ey rahmat uyining 
egalari, Rasululloh huzurlariga kirsam bo‘ladimi?” deb javob olmadi, yig‘lab burchakda 
turdi. So‘ngra, Umar, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin: “Rasululloh huzurlariga kirsam 
maylimi?” deb javob ololmadi, yig‘lab chetga chiqdi. Keyin Salmon roziyallohu anhu 
eshik oldiga kelib to‘xtadi: “Assalomu alaykum, ey rahmat uyining egalari. Rasululloh 
huzurlariga kirsam maylimi?” dedi. Hech kim javob bermadi, yana bir marta yig‘lab 
keldi, yana javob bo‘lmagandan keyin, Fotima onamizning eshiklari oldiga keldi, so‘ng 
aytdi: “Assalomu alaykum ey Rasulullohning qizlari!” Hazrat Ali, Alloh u kishidan rozi 
bo‘lsin, o‘sha kuni uylarida yo‘q edi. Salmon aytdi: “Ey Payg‘ambarning qizlari Fotima! 
Rasululloh odamlarga ko‘rinmayaptilar. Namozdan boshqa hech joyga bormayaptilar, 
hech kimga gapirmayaptilar, kirishga hech kimga ruxsat bermayaptilar”. Fotima onamiz 
boshlariga paxtalik yopinchig‘ini yopib, Payg‘ambarning (s.a.v.) eshiklariga keldi. Keyin 
salom berdi va aytdi: “Yo Allohning elchisi, men qizingiz Fotima, kirishdan to‘silib 
turibman”. Rasululoh sajda qilgan hollarida yig‘lab turgan edilar, boshlarini ko‘tarib: 
“Nima uchun ko‘zimning nuri bo‘lgan qizim Fotima mendan to‘siladi? Eshikni unga 
ochinglar!” eshikni ochganlaridan keyin kirdi, shu vaqtda Rasulullohga qarab, u kishining 
yuzlari sarg‘aygan, holatlari o‘zgargan, yig‘i va xafalikdan yuzdagi etlari so‘lganini ko‘rib, 
u ham yig‘lab yubordi: “Ey Allohning elchisi! Sizga nima bo‘ldi”. 
 
“Ey qizim Fotima, Jabroil kelib, jahannamning eshiklarini sifatladi, mening ummatimning 
gunohkorlari jahannamning eng tepa eshigida turar ekan, o‘sha narsa meni yig‘latib, 
xafa qildi”, dedilar. 
“Ey Allohning elchisi, unga qanday kirishar ekan?” 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Ha, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan. 
Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan, 
shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan”. 
 
Fotima roziyallohu anho aytdi: “Yo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?” 
 
Rasululloh aytdilar: “Erkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi. 
Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin 
do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: “Ey qariligim, ey zaifligim”, deb. Qancha yigitlar 
soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: “Ey yoshligim, ey 
chiroyli ko‘rkamligim!” deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib, 
do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: “Ey sharmandaligim!” deb, hattoki ular do‘zaxning 
boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: “Bular kimlar, bularga 
o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora 
bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga 
yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan 
ajablanyapman”. Maloikalar aytishar ekan: “Biz mana bu holatda bularni senga olib 
kelishga buyurildik”. Molik aytar ekan: “Ey baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?” “Xabarda 
kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: “Voh! Muhammado!” deb baqirib 
turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.) 
ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: “Kimsizlar?” Ular: “Bizlar Qur’on tushirilgan 
va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz”, deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan: 
“Qur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan”. Ular Muhammadning (s.a.v.) 
ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: “Bizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz”. 
Molik “Qur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?” deydi. 
Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va 
aytadilar: “Ey Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!” Ularga ruxsat 
beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar 
ekanlar. Molik aytadi: “Bu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida. 
Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda 
turmas edingizlar”. Keyin Molik zaboniyalarga: “Ularni do‘zaxga tashlanglar!” deb buyruq 
beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax 
qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: “Ey do‘zax, ularni olgin”. Do‘zax “Ularni qanday o‘zimga 
olayin? Ular: “La ilaha illalloh” deb turibdilar-ku” deydi. Molik aytadiki: “Ha arshning 
Egasi buyurdi, olasan ularni”. Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini 
tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi 
ularning yuziga yopishsa, Molik: “Ularning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan 
Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq 
bo‘lganlar”. So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: “Yo Alloh, yo 
Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!” Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan 
keyin aytadi: “Ey Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?” 
Jabroil: “Alloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini”, der. Alloh aytadi: “Borgil, ularning 
holiga qaragil!” Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda 
o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: “Ey Jabroil! 
Nimaga kirdingiz?” deb so‘raydi. 
 
 “Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?” 
Molik: “Ularning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning 
badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
qoldi”. Jabroil: “Tabaqni olgin, ularga qarayman” deydi. Molik buyurib, ulardan yopqich  
qapqoqni olishadi. Ular Jabroilning yuzi ko‘rkamligidan, azob farishtasi emasligini 
biladilar. “Kim bu banda, oldin bunday kishini ko‘rmagan edik?” Molik: “Bu Jabroildir. U 
Muhammadga (s.a.v.) vahiy keltirgan”, deydi. Ular Muhammad (s.a.v.) ismlarini eshitib, 
baqiradilar: “Ey Jabroil, Muhammadga (s.a.v.) bizdan salom yetkazgin. Bizning va 
sizning oralarimizda bo‘lib o‘tgan gunohkorligimizdan xabar qilgin. Bizning yomon 
holimizdan xabar bergin”. Jabroil Allohning huzuriga borib turadi. Alloh taolo aytadi: 
“Muhammadning (s.a.v.) ummatini qanday holda ko‘rding?” “Ey Rabbim, ularning hollari 
yomon, joylari tor”. Alloh so‘raydi: “Sendan biron narsa so‘rashdimi?” “Ey Rabbim, ular 
mendan Payg‘ambarlariga salom aytmog‘imni va o‘zlarining ahvoli yomonligini 
yetkazishimni so‘rashdi”. Alloh aytadi: “Borgil, u kishiga xabar bergil”. Jabroil 
Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga jo‘naydi. Muhammad (s.a.v.) eshiklari to‘rt ming bo‘lgan, 
har bir eshik ikki tabaqali, oltindan qilingan, oq dur qasrda turadilar. Jabroil 
alayhissalom aytadi: “Ey Muhammad (s.a.v.) sizning do‘zaxda azoblanayotgan gunohkor 
ummatlaringiz oldidan keldim. Ular sizga salom aytdilar. Ahvollari yomonligini, joylari 
torligini aytdilar”. Payg‘ambar (s.a.v.) Arshning tagiga kelib o‘zlarini sajdaga 
tashlaydilar. Allohga hamdu sano aytadilar, bundan oldin u kishi kabi sano o‘qigan odam 
yo‘q edi. Alloh aytadi: “Boshingni ko‘targil, so‘ragan narsang berilgaydir, Shafoat qil, 
shafoatlangaysen”. Aytdilar: “Ey ummatim baxtsizlarining Rabbisi! Sen ularga hukmingni 
o‘tkazding, ulardan o‘ch olding, endi meni ularga shafoatchi qilgin!” Alloh aytadi: “Seni 
ularga shafoatchi qildim, do‘zaxga borgin, hammasini chiqargin”. Payg‘ambar (s.a.v.) 
borganlarida Molik u kishini ko‘rib, ehtirom bilan o‘rnilaridan turadi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytadilar: “Ey Molik! Baxtsiz ummatimning holi qanday?” Molik: “Ularning hollari yomon, 
joylari tor”, deydi. “Eshikni och, yopilgan narsani ol!” Shu payt do‘zax ahli Muhammad 
(s.a.v.) ko‘rib, hammalari qichqirib yuboradilar: “Ey Muhammad sallallohu alayhi 
vasallam! Do‘zax terilarimizni yondirdi, jigarlarimizni kuydirdi!” 
 
Hammalari do‘zaxdan chiqariladilar. Ular ko‘mirdek bo‘lib qolgan edilar, olovni 
yeganlaridan. Ular jannat darvozasidagi Hayot daryosiga borishadi, u yerda cho‘milishib, 
yosh, balog‘atga yetgan yigitlardek bo‘lib chiqishadi. Go‘yoki ularning yuzlari oydekdir. 
Peshonalariga “do‘zaxilar” deb yozilgan edi. Alloh ularni do‘zaxdan ozod qiladi. So‘ngra 
jannatga kiradilar. Musulmonlarning jannatga kirganlarini ko‘rgan kofirlar aytadi: 
“Koshki biz ham musulmon bo‘lsak, biz ham do‘zaxdan qutulsak”. Alloh taolo aytadi: 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling