Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot
- “Ey insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar)
- “Sur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi”
- “Har bir jon o‘limni totguvchidir” degan so‘zimni eshitmaganmiding”
- “Chorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan – chaqiradigan Kunda ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yeyilgan
- “Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch
- “Bulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat) kunini (eslang)!”
- “Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!” deb
- “Koshki edi tuproqqa aylanib ketsam”
- “Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni)
- “Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman”
www.ziyouz.com kutubxonasi 27 IV BOB. QIYOMATNING QO‘RQINCHI VA DAHSHATLARI 43. Oyisha (roziyallohu anho) onamiz: “Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?” dedi. Aytdilarki: “Uchta joyda eslay olmaydi: amallari tarozuga qo‘yilganda, chunki tarozim og‘ir keladimi yoki yengilmi, degan xayol bilan band bo‘ladi; sahifalari (nomai a’mol) tarqatilganda, chunki meniki o‘ng tomondan berilarmikan yo chapdanmi, deb turadi va jahannamdan bir bosh chiqib, ularga tez-tez yurib keladi va aytadiki: “Uchta narsaga vakil qilindim: “Allohga boshqasini qo‘shib duo qilganga, har bir zolim mutakabbirga va har bir hisob kuniga ishonmaydiganga”, deydi. Keyin ularning ustiga yopiriladi va jahannamga otib yuboriladi. Jahannamning ustida qildan nozik, qilichdan o‘tkir ko‘prik bor, unda tikanak va zanjirlar bor. Insonlar undan chaqmoqdek yoki yeldek uchib o‘tadilar, ularning orasida najot topgan musulmon ham bo‘ladi, terisi shilinib yorilgani ham bo‘ladi va do‘zaxga yuztuban ag‘darilib tushadiganlari ham bo‘ladi”. 44. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladi: “Ikki nafxa (birinchi nafxa – odamlarni o‘ldirish uchun chalingan sur, ikkinchi nafxa - odamlarni tirilitirish uchun chalingan sur) orasida 40 yil bo‘ladi, keyin Alloh taolo osmondan erkaklar maniyiga o‘xshash suv tushiradi, keyin insonlar o‘t o‘sgandek o‘sib chiqadilar”. 45. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambardan rivoyat qilib aytadilarki: “Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin surni yaratdi va uni Isrofil alayhissalomga berdi va Isrofil alayhissalom o‘shandan beri surni og‘ziga qo‘yib, qachon buyruq bo‘larkan deb, Arshga tikilib turibdi. Dedimki: “Ey Rasulalloh! Sur nima?” Aytdilarki: “Nurdan qilingan karnay”. Dedimki: “U qanday narsadir?” Aytdilarki: “Doirasi keng, meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, uning doirasining ulkanligi yeru osmonning kengligiga tengdir va unga uch marta nafxa uriladi (chalinadi)”. Ba’zi rivoyatlarda ikki marta chalinadi, deyilgan. Birinchi marta insonlarning hammasini halok qilish uchun, ikkinchi marta qayta tiriltirish uchun. Ka’bning rivoyatida ikkita, Abu Hurayraning rivoyatida uchta deb kelgan: birinchisi qo‘rqitish uchun, ikkinchisi chaqmoq momaqaldiroq uchun, uchinchisi tiriltirish uchun, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi bor chalishni buyuradi va u chalinganda yeru osmondagi hamma qo‘rqib ketadi. Dalil ushbu oyatki: “Sur chalinib, Alloh o‘zi xohlagan zotlardan boshqa, osmonlardagi va yerdagi (barcha) kimsalar dahshatga tushib (qo‘rqib) qolgan va barcha U zot (huzuriga) bo‘yin eggan holda kelgan kunni (eslang)!” (Naml, 87). Yerda zilzila bo‘ladi. Emizguvchilar o‘zi emizgan narsasini esdan chiqarib qo‘yadilar, homiladorlar tug‘ib (bola tashlab) qo‘yadilar va insonlar dovdirashidan mastga o‘xshab ko‘rinadi, lekin ular mast bo‘lmaydi, balki Allohning qattiq azobi ularni shu ahvolga solib qo‘yadi. Yosh bolalarning sochi oqarib ketadi. Shaytonlar qochib ketishadi. Alloh taoloning so‘zi: “Ey insonlar! Parvardigoringizdan qo‘rqing! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningiz emizayotgan (onalar) emizib turgan (bola-sini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar: odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz. Holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir” (Haj, 1-2). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Birinchi surdan keyin Alloh xohlagancha vaqt o‘tadi. Keyin ikkinchi marta chalishga buyuradi, ikkinchi marta chalinganda yeru osmon ahli o‘ladi, faqat Alloh xohlaganlargina qoladi. Dalili Allohning ushbu so‘zidir: “Sur chalindiyu va osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik) qoldi” (“Zumar”, 68). Bu oyatdagi Alloh xohlagan zotlar, ya’ni o‘lmaganlar shahidlarning ruhidir. Ba’zilar aytganlarki, ular Jabroil, Mikoil, Isroflil va ajal farishtalaridir, keyin Alloh taolo ajal farishtasiga (o‘zi bilgan holda) savol berarkanki: “Maxluqlarimdan kim qoldi?” deb. Aytadiki: “Ey Parvardigor! Sen hech qachon o‘lmaydigan tirik zotsan, Jabroil, Mikoil, Isrofil, yana Arshingni ko‘tarib turuvchi farishtalar va men qoldim”, deb javob berganida, Alloh taolo ularning ham jonini olishga buyurar ekan. Kalbiy va Muqotil rivoyatida shunday zikr qilingan. Muhammad ibn Ka’b bir kishidan va u kishi Abu Hurayradan qilgan rivoyatda bunday deyiladi. Rasululloh (s.a.v.) aytishlaricha: “Alloh subhonahu va taolo aytadiki: “Jabroil, Mikoil, Isrofil o‘lsin. Arshni ko‘tarib turguvchi farishtalar o‘lsin!” So‘ngra Alloh azza va jalla aytadiki: “Ey ajal farishtasi, mahluqlarimdan kim qoldi?” deb. Shunda farishta: “Sen o‘lmaguvchisan, doimo tiriksan, ajal farishtasi bo‘lmish zaif quling qoldi”, deganida, Alloh aytadiki: “Ey ajal farishtasi, Mening: “Har bir jon o‘limni totguvchidir” degan so‘zimni eshitmaganmiding?” (Oli Imron, 185). Sen mening maxluqlarimdan biridirsan, seni ko‘rgan narsalaring uchun yaratdim endi o‘l!” deydi, so‘ng u o‘ladi”. Boshqa bir xabarda rivoyat qilinadiki: “Alloh taolo unga o‘z jonini sug‘urishni buyuradi, farishta jannat va do‘zax oralig‘idagi joyga kelib, o‘z jonini o‘zi sug‘uradi va shunday qichqiradiki, agar maxluqot tirik bo‘lganda, uning ovozidan o‘lib qolar edilar. Shu vaqtda farishta aytadiki: “Agar jonni olish shunchalik qattiq va achchiqligini bilganimda, mo‘minlarning jonini olishda shafqat qilar edim”, deydi va o‘ladi. Shu bilan maxluqotdan hech kim qolmaydi. Shundan so‘ng Alloh taolo zaif-noqis dunyoga aytadiki: “Qani podshohlar? Qani shahzodalar? Qani zolimlar? Qani zolimlarning o‘g‘illari? Mening ne’matlarimni yeb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar qani?” Keyin aytadiki: “Bugun mulk kimniki endi?” Hech kim javob bermaydi, shunda Alloh taolo o‘zi javob berib aytadiki: “Yolg‘iz Qahhor bo‘lmish (qahr qiluvchi) Allohnikidir!” So‘ng Alloh taolo osmonga yomg‘ir yog‘dirishni buyuradi va osmon qirq kun erkaklarning maniysiga o‘xshash yomg‘ir yog‘diradi, suv hamma narsadan o‘n ikki barobar baland bo‘lgandan so‘ng Alloh taolo o‘sha suv bilan maxluqlarni o‘tni undirib chiqargandek undiradi, ular to‘lishib, o‘zlarining avvalgi holatlariga qaytadilar. So‘ngra Alloh taolo: “Isrofil va Arshni ko‘targuvchilar tirilsin!” deydi va Allohning amri bilan tiriladilar. Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u surni og‘ziga qo‘yadi, keyin Alloh taolo: “Jabroil va Mikoil tirilsin!” deydi va ular ham Allohning amri bilan tiriladilar, so‘ngra Alloh taolo ruhlarni chaqiradi va ular keltiriladilar va ularni surnayning ichiga qo‘yadi, keyin Alloh taolo Isrofilga buyuradi va u tiriltirish surini chaladi va ruhllar xuddi arilarga o‘xshab osmonning orasini to‘ldirib chiqadilar, yerdagi jasadlarning dimog‘iga kiradilar va yer ularning ustidan ochiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi”, deb aytganlar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 29 46. Boshqa bir xabarda kelishicha, Alloh taolo Jabroil, Mikoil va Isrofilni tiriltirganda Rasulullohning (s.a.v.) qabrlariga tushishadi, ular bilan birga Buroq va jannatdan keltirilgan rido va izor bo‘ladi. So‘ngra Rasulullohning (s.a.v.) ustilaridan yer ochiladi va payg‘ambarimiz Jabroilga qarab: “Ey Jabroil! Bu kun qanday kun?” deydilar. Shunda Jabroil aytadiki: “Bu qiyomat kuni, bu haqiqat kuni, bu musibat kunidir!” Rasululloh (s.a.v.) so‘raydilarki: “Alloh taolo ummatimni nima qildi?” deb Jabroil aytadiki: “Xursand bo‘ling, birinchi bo‘lib sizning ustingizdan yer ochildi!” So‘ngra Alloh taolo Isrofilga buyuradi va Isrofil surni chaladi, shunda hamma qabrdagilar Allohning amriga muntazir bo‘lib kutib turadilar. Abu Hurayradan aytilgan hadisga qaytsak, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki: “Ular qabrlaridan yalang‘och va yalangoyoq holda chiqadilar va yetmish yil bir yerda turadilar. Alloh ularga qaramaydi va hukm ham chiqarmaydi, ular ko‘z yoshlari tugaguncha yig‘laydilar. Ko‘z yoshlari tugagach, qon yig‘laydilar va terlab, terlari ularni iyaklarigacha ko‘mib, jilovlab bog‘laydigan holatga kelganlarida ularni mahsharga (yig‘ilish joyiga) chaqiradi. Alloh taolo: “Chorlaguvchi notanish bo‘lgan bir bir narsaga chorlaydigan – chaqiradigan Kunda ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yeyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar. Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar: “Bu og‘ir kundir!” derlar” (Qamar, 6- 8). Insonlar, jinlar va boshqa maxluqot – hammalari yig‘ilib turganlarida osmondan qattiq o‘kirik eshitiladi, bu ularni qo‘rqitib yuboradi, keyin osmon ochiladi va dunyo osmonning farishtalari yerdagilarga o‘xshab tushadi, keyin saflarini egallab turishadi. Ularga deydilarki: “Rabbimiz hisob qilishni sizlardan buyurib yubordimi?” Aytadilarki: “Yo‘q, Rabbimizning amri endi keladi” Keyin ikkinchi osmonning farishtalari tushadi, dunyo osmoni farishtalari ko‘payishib tushishadi va dunyo ahli atrofida turib oladilar. Zahhok aytadiki: “Alloh taolo dunyo osmoniga buyuradi va u ichidagi farishtalari bilan ochiladi, farishtalar tushib yerni va yerdagi narsalarnni o‘rab olishadi, keyin ikkinchi osmon o‘z ichidagilari bilan ochiladi, keyin uchinchisi, keyin to‘rtinchisi, keyin beshinchisi, keyin oltinchisi, keyin yettinchisi ochilib, farishtalari tushib yetti saf bo‘lib, bir-birlariga aralashib turishadi. Yer ahli qaysi tomondan kelmasinlar, o‘sha joyda yetti qator farishtalarni topadilar. Alloh taolo aytadiki: “Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va yer chegarasidan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch- qudrat bilangina o‘ta olursizlar! (Lekin u kunda sizlarda hech qanday kuch- qudrat bo‘lmas)” (Rahmon, 33). “Bulutli osmon yorilib, (barcha) farishtalar (er yuziga) tushirilgan (qiyomat) kunini (eslang)!” (Furqon, 25). 47. Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: “Alloh taolo aytadiki: “Ey insonlar va jinlar jamoasi! Men sizlarga nasihat qildim, mana bu sahifalaringizdagi qilgan amallaringizdir, kimki yaxshilikni topsa, Allohga hamd aytsin, kimki boshqa Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 30 narsani topsa, o‘zini malomat qilsin”. So‘ngra Alloh taolo jahannamga buyuradi va undan uzun, qop-qora bo‘yin ko‘tarilib chiqadi va gapiradi. Alloh taolo aytadiki: “Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!” deb buyurmaganmidim? Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi? Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz sababli bu Kunda jahannamga kiringizlar” (Yosin, 60-64). Shunda hamma ummatlar tiz cho‘kadilar, Alloh taoloning qavlida aytiladiki: “U Kunda barcha ummatni (dahshat va iztirob ila) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz. Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur. (So‘ng ularga deyilur): “Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar” (Josiya, 28). Shundan so‘ng Alloh taolo maxluqlari orasida hukm chiqaradi, vahshiy va vahshiy bo‘lmagan hayvonlari orasida hukm chiqaradi: shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqini olib beradi, so‘ngra hayvonlarga, tuproqqa aylaning, deyiladi, ular tuproq bo‘lib ketadilar. Shu payt kofir: “Koshki edi tuproqqa aylanib ketsam” (Naba’, 40), deb qolur. Keyin Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqaradi. 48. Nofe’ ibn Umardan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz aytdilar: “Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar” Oyisha roziyallohu anho aytdiki: “Erkak va ayollar hammi?” “Ha”, dedilar. Shunda Oyisha: “Voy o‘lmasam, hamma bir-biriga qaraydimi”, dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yelkasiga urib: “Ey ibn Abu Kuhofaning qizi, u kunda insonlar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, qarolmay qoladilar. Osmonga tikilib, qirq yil yemay-ichmay turadilar, ter kimningdir to‘pig‘igacha, kimningdir boldirigacha, kimningdir qornigacha yetadi, kimningdir turaverganidan ter jilovlab- yuganlab oladi. Keyin farishtalar Arshning atrofini o‘rab turadilar. Alloh taolo nido qilguvchiga buyuradi va u: “Falonchi qani?” deb nido qiladi. Insonlar o‘sha ovozga boshlarini ko‘taradilar. Chaqirilgan kishi odamlar orasidan chiqib, Allohning oldida turgan bo‘ladi, keyin zulm bilan mollari olingan kishilar birma-bir chaqirilib, zulm qilgan kishining savoblaridan ularga olib beriladi, u kunda pul ham, dinor ham yo‘q. Faqat savobidan olinadi, gunohi zolim kishiga o‘tkaziladi, mazlumlar uning savobidan olaveradilar, savobi qolmagach, gunohlarini unga o‘tkazadilar, unga, endi onangni oldiga bor, deyiladi (bu yerdagi “onadan” murod do‘zaxdir). Bu Kunda hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh taolo tezda hisob qilib, jazo va mukofotni tezda berguvchidir, deyiladi, o‘sha Kunda Allohga yaqin farishta ham, o‘zi yuborgan payg‘ambar ham, shahidlar ham bu hisobning qattiqligini ko‘rib, bu Kunda Allohnning o‘zi saqlamagan odam qutulib najot topa olmasligini bilib qoladi”. 49. Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Qiyomat kunida banda to‘rt narsa haqida so‘ralmagunicha o‘rnidan qo‘zg‘almaydi. Umrini nima bilan o‘tkazgani haqida, jasadini (kuchini) nimaga ishlatgani haqida, ilmiga qanday amal qilgani haqida va nihoyat molni qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 31 Ikrima roziyallohu anhu aytadiki: “Qiyomat kuni ota o‘g‘lining bo‘yniga osiladi va: “Ey o‘g‘lim, men dunyoda sening otang edim”, deydi. O‘g‘li uni maqtab yaxshi ota edingiz, deb aytgach, otasi: “Ey o‘g‘lim, men sendan zarragina savobga muhtojman, shoyadki, o‘sha bilan ko‘rib turgan narsangdan (jahannamdan) qutulib qolsam”, deydi. Shunda o‘g‘li: “Men ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqyapman, sizga hech narsa bera olmayman”, deydi. Shunda otasi xotiniga yopishib: “Men dunyoda sening ering edim”, deydi. Xotini uni maqtab yaxshi er edingiz, deb aytgach, eri: “Men sendan bittagina savob hadya qilishingni so‘rayman, shoyadki, men jahannamdan qutulib qolsam”, deydi. Xotini aytadiki: “Men unday qila olmayman, o‘zim ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqib turibman”, deydi. Shunda Alloh taolo aytadiki: “Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni) o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi chorlaguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa ko‘tarilmas, ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas” (Fotir, 18). 50. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladiki: “Kofir kishi u Kunning uzunligi tufayli o‘zining to‘kilgan terlaridan o‘zi jilovlanadi va “Ey Parvardigor! Do‘zaxga kirgizib bo‘lsa ham, menga rahm qil!” deb yuboradi” 51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: “Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga faxrlanmayman”. Keyin aytdilarki: “Qiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: “Ey insonlar otasi, Rabbing oldida bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin”, deydilar. Shunda Odam: “Men unday qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir”, deydi. Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: “Men Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi”, deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga borib, shu so‘zlarni aytishadi. “Men bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta yolg‘on gapirganman” deydilar. Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: “Ibrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, ushbu oyatda kelgandek: “Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman” dedi (Soffat, 88-89). Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim): “Aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi” (Anbiyo, 63). Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar...” Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: “Bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi”, deydilar. Odamlar Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: “Men bunga qodir emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan”, deydilar. Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: “Men ham qodir emasman, insonlar Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi”, deydilar. Keyin yana aytadilarki: “Agar birortalaringizda biror narsa bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib, idishdagi narsani olib bo‘ladimi?” Shunda odamlar: “Yo‘q”, deyishadi”. Unday bo‘lsa, Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi. Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan”, deydilar”. Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, “O‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men aytamanki: “Ha, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa”. Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido qiluvchi: “Muhammad va uning ummati qani?” deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim) birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: “Bu ummat hammasi payg‘ambar bo‘lishiga yaqin qolgan ekan”, deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini so‘raymiz. “Kimsiz?” deb aytiladi, men: “Allohning payg‘ambari Muhammadman”, deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: “Boshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!” Boshimni ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni “La ilaha illalloh Muhammadur-rasululloh” kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman”. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: “Ey Ka’b, bizni qo‘rqitgin” debdi. Ka’b: “Allohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: “Yo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan. Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!” Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi, undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki, uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: “Ey Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman”, deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va Ishoqni unutib: “Ey Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!” deydilar... Ey Umar, agar o‘sha kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb o‘ylaysan”. O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar. Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: “Ey Ka’b, endi bizni suyuntirgin!” dedilar. Aytdiki: “Xursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!” Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 33 Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn Sho‘’ba aytganidek: “Sizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan qiyomat boshlanadi”. Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn qilingach: “Bu bandaga qiyomat boshlandi”, dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki, inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa, qanday yaxshi! Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: “Davlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat – Allohning toatu ibodatini qilib yashashdir, o‘lim paytidagisi esa “La ilaha illalloh” kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir”. Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling