Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
“Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ey Muhammad! Siz ularni (ya’ni mushriklarni) barcha ish bitirilib (ya’ni jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilingan, ular) hasrat-nadomat qilib
- “Har qachon jahannam o‘ti susaysa, bas, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz”
- “O‘ng tomon egalari!.. o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda...
- “Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matini) biron jon bilmas”
- “Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay”.
- “(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur”
- Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir”
- “(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!”
- “Sizlarni hurlarga uylantirdik!” Yettinchisida: “U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz”
- “Endi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi
“Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar”. (Hijr, 2). 60. Rivoyat qilindi: “Rasululloh aytdilar: “O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi. So‘ngra aytiladi: “Ey jannat ahllari, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni taniydilar. Ularga aytiladi: “Ey ahli do‘zax, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni taniydilar. So‘ngra jannat va do‘zax o‘rtasida o‘lim so‘yiladi. Keyin aytiladi: “Ey ahli jannat, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor va ey ahli do‘zax, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor!” Bu to‘g‘rida Alloh taolo aytadi: “Ey Muhammad! Siz ularni (ya’ni mushriklarni) barcha ish bitirilib (ya’ni jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilingan, ular) hasrat-nadomat qilib qoladigan kundan qiyomatdan qo‘rqiting” (Maryam, 39). Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Fojir kimsa ne’mat bilan xursand Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 40 bo‘lmasin. Albatta, uning orqasidan ko‘pincha tezkor narsa kelgay, u jahannamdir. Alloh taolo aytdi: “Har qachon jahannam o‘ti susaysa, bas, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz” (Al-Isro, 97). Alloh bilguvchiroqdir. ___________ V bob. Do‘zax va do‘zax ahlining sifatlari bobi hadislari 1. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil rangga kirgungacha qizdiriladi...” Zaif*. Termiziy (2591) va Ibn Moja (4320). “Az-Zaiyfatu” (1305) ga qarang. 2. Abdulloh ibn Jubayir. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor...” Zaif*. Ahmad (191/4) va Asad ibn Musa (22), Ibn Hibbon (2613), Hokim (533/4) va Bayhaqiy, “Ash-sha’ab” (561). 3. Ibn Mas’ud. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3265/6) va Muslim (2843/4). 4. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Do‘zaxda kishiga beriladigan eng yengil azob...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6562/11) va Muslim (213). 5. Hadis. “Albatta jannat kishi yoqtirmaydigan...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6487/11) va Muslim (2822/4). 6. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo Jabroilni chaqirdi...» Hasan. Sahih*. Termiziy (2560), Nasoiy (37), Ahmad (332/2) va Hokim (26/1). 7. Anas ibn Molik. «Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldilar...» Zaif*. «Al- majma’a» (387/10) va «At-taxvif minan nor» (63/34 bet). 8. Hadis. «Rasululloh aytdilar: «O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4730/7) va Muslim (2849/4). VI BOB. JANNATNING VA JANNAT AHLINING SIFATLARI 61. Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Dedikki: “Yo Rasululloh, jannat nimadan yaratilgan?” Aytdilar: “Suvdan”. “Yo Rasululloh, jannatning binosidan bizga xabar bering!” Rasululloh aytdilar: “Jannat tillo va kumush g‘ishtlardandir. Uning loyi yangi mushkdan, tuprog‘i za’farondan, uning kichkina toshchalari marvarid va yoqutdandir, kim unga kirsa, ne’matlanadi, noumid bo‘lmaydi va abadiy qoladi, o‘lmaydi, kiyimi ho‘l bo‘lmaydi va hech ham yoshligi ketmaydi”. So‘ng aytdilar: “Uch nafar kishilarning duosi qaytarilmaydi: adolatli podshohlarning, og‘zini ochayotgan ro‘zadorning va mazlumning duosi. Chunki uning duosi bulut ustiga ko‘tariladi. Alloh unga qarab aytadi: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, albatta, senga yordam beraman, agar keyinchalik bo‘lsa ham!” 62. Faqih aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Jannatda bir daraxt bor, biron ulovga mingan yo‘lovchi uning soyasida yuz yil yursa ham oxiriga yetmaydi, xohlasangizlar, mana o‘qingizlar: “O‘ng tomon egalari!.. o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda... Tizilgan bananzorlarda... Uzaygan soyada... oqizib qo‘yilgan suv (bo‘yi)da...” (Voqea, 30). Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, insonning ko‘ngliga kelmagan narsalar bor, xohlasangizlar, o‘qinglar: “Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matini) biron jon bilmas” (Sajda, 17). Albatta, jannatdagi qamchidek joy dunyodan va undagi hamma narsalardan yaxshidir, xohlasalaringiz o‘qinglar: “Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay”. (Oli Imron, 185). Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Jannatda bir hur bor, uni ovunchoh deb Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 41 atashadi, u to‘rt narsadan: mushk, anbar, kofur va za’farondan yaralgan. Uning loyi hayot suvida qorilgan. Alloh unga: “Bo‘l!” degan bo‘lgan va hamma hurlar unga oshiqdirlar. Agar o‘sha hur dengizga bir marta tuflasa, uning suvi shirin bo‘lib qoladi. Uning bo‘yniga yozilgan: “Kim menga yetishmoqni istasa, Allohimga itoat qilsin!” Mujohid aytadi: “Jannatning yeri kumushdan, uning tuprog‘i mushkdan, daraxtlarining tomirlari oltin va kumushdandir, shoxlari marvarid va zabarjaddan, barglari va mevalari ham shulardandir. Kimki tik turib yesa, unga ozor yetmaydi, Kim o‘tirib yesa, unga ozor yetmaydi. Yotib yesa ham, ozor yetmaydi”. Keyin bu oyatni o‘qidi: “(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur” (Inson, 14). Ya’ni, uning mevalari yaqin qilinib, uni yotib ham, turib ham, o‘tirib ham yeyilaveradi. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Qur’onni Muhammad sallallohu alayhi vasallamga tushirgan Zotga qasamki, jannat ahllarining chiroylari va husnlari ziyodalashib boraveradi, mana bu dunyoda qarilik ziyodalashganidek”. 63. Faqih aytadi: Suhaybdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannat egalari jannatga, do‘zax egalari do‘zaxga kirgach, chaqirguvchi nido qiladi: “Ey jannat egalari! Alloh taolo sizlarga va’da qilgan narsalarni bermoqni xohlaydi. Aytdilar: “U nimadir? Axir, tarozularimizni og‘ir qilmadimi, ko‘zimizni oq (yorug‘) qilmadimi? Do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizmadimi? Yana nima beradi?” So‘ngra aytdi: “Hijobni ochadi, unga qaraydilar, mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ularga berilgan narsalarning eng yaxshirog‘i Allohning yuziin ko‘rmoqlikdir”. 64. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Jabroil Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi. Unda bitta qora nuqta bor edi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yo Jabroil, bu qanday oq oyna?” dedilar. Aytdi: “Bu jumadir, qora nuqta - jumada qoyim bo‘ladigan vaqt. Bu sizga va qavmingizga oldingi qavmlardan ortiq qilingan jumadir! U oldingilar nosaro va yahudlardir. Shu jumada bir soat bor. Shu soatda mo‘min banda Allohdan nimaiki so‘ralsa, Alloh istijob qiladi va har qanday yomonlikdan panoh tilasa, o‘shandan panoh beradi. Bu juma mening nazdimda ziyoda qilingan kundir!” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ziyodalashgan kun nimadir?” Jabroil aytdi: “Albatta, Rabbingiz firdavsda bir vodiyni olgan. Unda mushkdan tepalik bor. Juma kuni bo‘lsa, payg‘ambar nuridan bo‘lgan minbarlar bilan qoplanadi. Nur minbarlari tillo minbarlardir. Yoqut va zabarjadlar bilan o‘ralgan. Unda siddiqlar, shahidlar, solihlar turadilar. Qur’on ahli xonalaridan chiqadilar. O‘sha mushkli tepalikda sohiblaridan keyin kelib o‘tirishadi. Rabbilari oldiga to‘planishadi. Allohga hamd o‘qiydilar, sano aytadilar. Alloh taolo ularga: “Mendan so‘ranglar!” deydi. Aytishadiki: “Sendan roziligingni so‘raymiz!” Alloh: “Sizlardan roziman! Sizlarga jannatni, uyimni ziynatladim, sizlarga barcha ne’matlarimni yetkazdim!” Keyin ularga o‘zining ravshanligini ko‘rsatdi va Alloh taolo bergan kunlarning ichida eng yaxshirog‘i juma bo‘lib qoldi, saxovatdan ziyoda qilgani uchun”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 42 65. Xabarda rivoyat qilinadi: “Albatta, Alloh taolo maloikalarga aytar ekan: “Do‘stlarimni taomlantiringlar!” deb. Turli xil taomlar keltiriladi. Har bir luqmalarida boshqalarida yo‘q lazzatni topadilar. Taomdan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsalar, “Bandalarimning chanqog‘ini qondiringlar!” deydi. Bir ichimliklar keltirishar ekan, har bir ichimlikning ikkinchi ichimlikda topilmaydigan lazzati bo‘ladi. Undan ham forig‘ bo‘lsalar, Alloh aytadi: “Men sizlarning Rabbingizdirman, sizlarga bergan va’damga sodiq bo‘ldim. Bas, sizlar so‘ranglar, bergayman” Aytadilar: “Yo Rabb! Sening roziligingni so‘raymiz!” deya ikki- uch marta aytishdi, so‘ngra Alloh taolo: “Sizlardan rozi bo‘ldim! Menda ziyoda qilingan narsalar bor, bu karomatlarimdan ham kattarog‘i bilan sizlarni bugun ikrom qilgayman!” deb hijobni ochadi. Allohga xohlagancha qaraydilar, Unga sajda qilgan holda o‘zlarini tashlaydilar. Ular sajdada Alloh taolo xohlagancha bo‘lishadi. Keyin ularga aytadi: “Boshlaringizni ko‘taringizlar. Bu joy ibodat qiladigan joy emas!..” Ular jannatdagi barcha ne’matlarni unutishadi, bu qarash boshqa ne’matlardan eng yaxshi, sevimli bo‘lgani uchun. So‘ng qaytadilar. Arshning ostidan qattiq shamol esib, mushk tepaligidagi mushkni ularning boshlariga, otlarining peshonalariga sochadi. Ahllariga qaytgandan keyin xotinlari ularni oldin ko‘rgan suratlaridan ham husnli, ajoyib suratda ko‘radilar. Ularga aytadilar: “Sizlar oldingi bo‘lganlaringizdan ham ko‘ra yaxshiroq bo‘lib qaytdingizlar”. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Hijobni ko‘tara-di” deganda “hijob” so‘zidan murod ularning ustidagi hijobdir. Bu shunday to‘siqdirki, Alloh taolo qarashdan ularni berkitib turadi. Ammo “ular qaraydilar” so‘zi ba’zilar aytishgandek, Allohning oldin ko‘rsatmagan karomatiga qarashidir. Ko‘p ahli ilmlar: “U zohiriydir, uni kayfiyatsiz va o‘xshatishsiz ko‘radilar, dunyoda buni o‘xshatishsiz bilganlaridek”, deganlar. Ikrima aytadi: “Jannat ahllari o‘ttiz uch yoshli yigitlar kabidir. Ularning erkagu ayoli bir xil yosh-dadir. Ularning bo‘ylari otalari Odam alayhissalomning bo‘ylaridek oltmish gazdir, mo‘ysiz, soqolsiz, o‘ttiz uch yoshli yigitlardir. Ularning egnida yetmishta kiyim bo‘ladi, har bir kiyim har soatda yetmish rangda tovlanib turadi. Er o‘z aksini xotinining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. Xotini ham yuzini erining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. U yerda qonlari oqmaydi. Burunlarini qoqmaydilar. Bundan boshqa aziyatlar, ya’ni siydik, axlat chiqarishlar bo‘lmaydi”. 66. Xabarda keladi: Agar ahli jannat ayollaridan biri kaftini osmondan chiqarsa, osmon va yer orasi nurlanib ketadi. 66 a . Faqih aytadi: Zayd ibn Arham aytadi: “Ahli kitobdan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib, ahli jannatlar yeyishadi va ichishadi, deb o‘ylaysanmi?” deb so‘radi. Pay-g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ha, Muhammadning (s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ahli jannatlarning har biriga yuz kishi yeydigan ovqatning kuchini, yuz kishi ichadigan suvning kuchini, yuz kishi jimo’ qiladigan kuchni beradi”. Aytdi: “Yesa, ichsa, unga qazoi hojatga rag‘bat bo‘ladi, jannat yaxshi, toza joy, unda aziyatlar bo‘lmaydiku!” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ularning hojati ter chiqishligidir. U mushkning hidi kabi bo‘ladi”. Faqih aytadi: Mo‘’tab ibn Sami’ Alloh taoloning “ Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir” (Ra’d, 29), degan so‘zi haqida deydi: “Jannatdan murod jannatdagi bir daraxtdir. Jannatdagi hamma uylar uning shoxlari soyasida turadi. Uning turli xil mevalari bor. Unga xuddi ho‘kizdek qush qo‘nadi, jannat ahllaridan biron kishi o‘sha qushni xohlasa, uni chaqiradi, so‘ng Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 43 dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi”. 67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar. Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi oltmish gazdir”. 68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, ahli jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: “Ey Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!”, xohlagancha yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan: “(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!” (Ra’d, 24). Ikkinchi uzukda: “Jannatga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar!” (Hijr, 46). Uchinchisiga: “Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir!” (Zuxruf, 72). To‘rtinchisida: “Sizlardan g‘am va xafalik ko‘tarildi!” Beshinchisida: “Siz-larga chiroyli taqinchoq va kiyimlar kiygizdik”. Oltinchisida: “Sizlarni hurlarga uylantirdik!” Yettinchisida: “U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz” (Zuxruf, 71). Sakkizinchisida: “Payg‘ambar va siddiqlar bilan yo‘ldosh bo‘lgaysizlar”. To‘qqizinchisida: “Yigitlikka qaytgaysizlar, qarimaysizlar”. O‘ninchisida: “Qo‘shnilikda turasizlar, lekin qo‘shnilardan aziyat bo‘lmaydi”. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim bu ne’matlarga yetishishni xohlasa, quyidagi besh narsada bardavom bo‘lishi kerak. Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi: “Endi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41). Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir. Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi. O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 44 aytadi: “Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir” (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda: “Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir” (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi. To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: “Do‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir”. Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: “Bir zohid nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: “Shu narsaga qanoat qilasanmi?” Aytgan ekan: “Men dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!” Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!” Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. “Pulini to‘lasang, keyin kirasan”, deyishdi. Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: “Yo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!” Zikrda keladi: “Ba’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: “Ey Odam farzandi! Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan”. Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi. Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa, shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi. Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: “Agar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi. Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!” Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir». Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 45 69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: “Ey Alloh, jannatga kirgiz uni!” Kim Allohdan do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: “Ey Parvardigor, uni do‘zaxdan uzoq qil!” Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q. 70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannatda bozorlar bor, unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar” 71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar, ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi. Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek, ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir. Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir, agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman, Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan. Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!” “Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!” Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga: “So‘ramaysanmi?” “So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan o‘ntasidir!”. Bu ahli jannatning eng past joyidir”. Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”. 72. Xabarda keladiki: “Dunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi hurlardan afzal qilinadi”. Alloh taolo aytadi: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 “Darvoqe, biz ularni (ohu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik, so‘ng ularni o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham, jamolda va qaddu qomatda ham) bir-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik” (Voqea, 35-38). ___________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling