Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Makhuldan rivoyat qilindiki, Ibrohim alayhissalom osmon mulkiga ko‘tarildilar. Bir zino 
qilgan bandani ko‘rdilar, uni badduo qildilar. Alloh uni halok qildi. Keyin o‘g‘irlik qilgan 
bandani ko‘rib, uni ham badduo qildilar. Alloh uni ham halok qildi. Alloh taolo: “Ey 
Ibrohim, sen bandalarimni qo‘yavergin, bandam uch xislatning orasidadir: Menga tavba 
qiladi va Men tavbasini qabul etgayman. Menga ibodat qiladigan zurriyotni undan 
chiqargayman. Shu orada unda ahmoqlik g‘alaba qiladi va shu badbaxtligining orqasida 
jahannam bordir”. 
 
Faqih aytadi: Bu xabar, agar banda tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul 
qilishiga dalildir. Banda uchun Allohning rahmatidan noumid bo‘lishi lozim emas. Alloh 
taolo aytdi: 
“Zero Allohning rahmatidan faqat kofir qavmigina noumid bo‘lur” (Yusuf, 87).  
 
Boshqa oyat: 
“U bandalardan tavba-tazarrularni qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan 
va qilayotgan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25). 
 
Oqil kishi Alloh taologa har kuni va har vaqt tavba etmog‘i, gunohda davomli bo‘lmasligi 
lozimdir. Albatta gunohidan qaytguvchi gunohda doimiy bo‘lmaydi. Agar bir kunda 
yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiy emas. 
 
108. Shuningdek, Abu Bakr Siddiqdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) aytdilar: “Kishi kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda 
doimiylardan emas”. 
 
109. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) aytdilar: “Allohga qasamki, men har kuni yuz marta 
tavba qilaman!” 
 
110. Hazrati Alidan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Men Payg‘ambardan 
(s.a.v.) eshitgan narsalarimdan Alloh menga o‘zi xohlagandek foyda-manfaat beradi, 
agar menga shundan boshqasini aytsalar, unga qasam ichtiraman. Agar qasam ichsa, 
uning gapiga ishonaman. Menga Abu Bakr Siddiq aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: 
“Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qisa, 
Allohdan gunohini kechirishni so‘rasa, Alloh uning gunohlarini kechiradi. Keyin bu oyatni 
tilovat qildilar: 
“Kim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan 
mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar-
ko‘rar” (Niso, 110). 
 
Boshqa rivoyatda bu oyatni o‘qiganlar: 
“(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki 
(qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, 
gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina 
mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan 
kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va 
taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy 
qolajaklar. Yaxshi amallar qiluvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!” (Oli Imron, 
135-136). 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
111. Hasan Basriy, Alloh rahmat qilsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Alloh 
taolo iblisni tushirgan vaqtda (iblis) aytdiki: “Sening izzating bilan qasamki men odam 
farzandidan ajralmayman, toki uning ruhi jasadidan ajralmaguncha!” Aloh taolo aytdi: 
“Mening qudratim, ulug‘ligim haqqi, bandamdan tavbani o‘lim bilan kelayotgan g‘arg‘ara 
vaqtida ham to‘smayman!” 
 
112. Abu Qosim Abu Amoma Boxiliydan, u Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘ng qo‘l 
farishtasi chap qo‘l farishtasidan omonatdordir, banda yaxshi amal qilsa, uning yaxshi 
amali uchun o‘nta savob yozadi. Agar yomon amal qilsa, chap tomon sohibi yozishni 
xohlagan vaqtida o‘ng tomon sohibi, to‘xtagin, deydi. Olti va yetti soat to‘xtab turadi. 
Allohdan istig‘for so‘rasa, unga hech narsa yozmaydi. Agar istig‘for so‘ramasa, unga 
o‘sha qilgan bitta gunohini yozadi”. 
 
113. Faqih aytadi. Bu gap Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilingan: “Gunohlaridan tavba 
qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir”, hadisiga to‘g‘ri keladi. 
 
114. Boshqa rivoyatda: “Agar banda bir gunoh qilsa, boshqa gunohni qilguncha, o‘sha 
gunohni yozmaydi. Keyin boshqa gunoh qilsa, yana boshqa gunohni qilguncha 
yozmaydi. Vaqtiki beshta gunoh jam bo‘lsa v bitta yaxshilik qilsa, unga beshta yaxshilik 
yoziladi, undan oldin beshta gunoh qilgan bo‘lsa ham. O‘sha vaqtda shayton (unga la’nat 
bo‘lsin) qichqirarkan va aytar ekan: “Odam farzandiga qanday kuchim yetsin?! Men uni 
gunoh qilishga undab, kuch sarflab, harakat qilsam, bitta yaxshiligi bilan hamma 
kuchimni botil qiladi”. 
 
115. Safvon ibn Assol al-Murodiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambar (s.a.v.) rivoyat 
qiladi: “Albatta, mag‘rib tomonda tavba uchun Alloh taolo bir eshik yaratdi, uning 
kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo‘ladi, quyosh g‘arbdan chiqqan 
vaqtgacha (ya’ni qiyomatgacha) yopilmaydi”. 
 
Said ibn Musayyab deydi: “Alloh taolo kalomida aytiladi: “Zero, u tavba qilguvchilarni 
mag‘firat etguvchi bo‘lgan zotdir” (Isro, 25). Ya’ni kishiki gunohni qiladi, keyin tavba 
etadi, so‘ng gunoh qilib yana tavba qiladi”. 
 
Hasan Basriydan so‘raldi: “Kishi gunoh qilib tavba qiladi, so‘ng gunoh qilib tavba qiladi. 
So‘ng yana gunoh qilib tavba qiladi. Bu qachongacha?” Aytdi: “Buni mo‘minlarning 
axloqidangina deb bilaman”. 
 
Ba’zi hakimlar aytdilar: “Orifning kasbi beshtadir: Allohni eslasa, faxrlanadi, o‘zini zikr 
qilishsa, past bo‘ladi, agar Allohning oyatlariga qarasa, ibrat oladi, agar gunohga va 
shahvatga qasd qilsa, o‘zini olib qochadi, Allohning kechiruvchiligi zikr qilinsa, xursand 
bo‘ladi, gunohlari zikr qilinsa, mag‘firat so‘raydi”. 
 
116. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Mu’ammardan, Zuhriydan rivoyat qiladi: “Bir kuni 
Hazrati Umar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni 
nima yig‘layapti, ey Umar?” dedilar. Umar aytdi: “Yo Rasululloh! Ko‘chada bir yigit 
yuragimni kuydirdi, u yig‘lab turibdi”. Rasululloh (s.a.v.): “Ey Umar, menga uni olib kir” 
dedilar. Haligi yigit yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni nima yig‘latyapti, ey yigit”, 
deb so‘radilar. “Ey Allohning payg‘ambari! Meni gunohlarimning ko‘pligi yig‘latyapti. Men 
Allohimning g‘azabidan qo‘rqyapman”, dedi. “Allohga shirk keltirdingmi?” “Yo‘q”. “Nohaq 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
odam o‘ldirdingmi?” “Yo‘q”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo sening 
gunohingni kechiradi, agar o‘sha gunohing yetti osmon, yetti yer, baland tog‘lardek 
bo‘lsa ham”. Yigit: “Ey Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qat yer, 
baland tog‘lardan ham kattaroq”. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar: “Sening gunohing 
kursidan ham kattaroqmi?” Yigit: “Undan ham kattaroq”, dedi. “Gunohing Arshdan ham 
kattaroqmi?” Yigit: “Kattaroq”, dedi. “Gunohing ulug‘mi yoki Allohing? (Ya’ni, Allohning 
mag‘firatimi)?” Yigit: “Alloh ulug‘dir!” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar. “Albatta, katta 
gunohlarni Alloh kechiradi”. So‘ngra dedilar: “Menga aytgin, nima gunoh qilding” Yigit: 
“Ey Allohning rasuli! Men sizdan uyalaman”. Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi marta: “Aytib 
bergin qilgan gunohingni”, deb so‘radilar. Yigit: “Ey Allohning elchisi! Men yetti yil 
qabrlarni ochib, kafanlarini olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri o‘ldi, 
uning qabrini ochdim. Uni kafanidan chiqarib oldim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga 
g‘alaba qildi. Keyin qaytib o‘sha qizni mujmoa’at qildim. Uzoq turmadim, shu vaqt o‘sha 
qiz turib: “Senga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit! Qiyomat kunida Allohdan 
uyalmaysanmi? O‘sha kunda hukm uchun tosh-tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan 
haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning 
qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan”, deb aytdi”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
o‘rni-laridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab, itarib yubordilar. “Ey fosiq, sening 
do‘zaxga kirishga bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin”, dedilar. 
 
Yigit Alloh taologa qirq kecha tavba qilib chiqdi, qirq kecha to‘liq bo‘lgandan keyin 
boshini ko‘tarib osmonga qarab: “Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallamning, 
Odamning, Havoning Parvardigori! Agar meni kechirsang, Muhammadga (s.a.v.) va 
sahobalariga bildirgin, agar bildirma-sang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va 
oxirat azobidan najot bergin!” deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning 
(s.a.v.) oldilariga kelib: “Assalomu alaykum, ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam, 
Rabbingiz sizga salom aytdi”. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Alloh Salomdir, salom 
Allohdandir v salom o‘ziga qaytgaydir!” Jabroil aytdiki: “Alloh so‘radi: “Butun maxluqni 
sen yaratdingmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q! Meni va (barcha) maxluqlarni U 
zotning o‘zi yaratdi”. Jabroil dedi: “Rabbingiz aytdiki, ularga rizqni sen berasanmi, deb” 
Aytdilar: “Ularni va meni Alloh rizq-lantiradi!” Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning 
tavbasini sen qabul qilasanmi?» deb». Aytdilar: “Alloh mening va ularning tavbalarimni 
qabul qilguvchidir”. Jabroil: “Alloh aytdi. “Bu bandamning tavbasini qabul qilgin. Men 
tavbasini qabul qildim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yigitni chaqirib: “Alloh taolo 
gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi”. 
 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Bu xabarga oqil kishi e’tibor qilmog‘i va bilmog‘i 
lozim bo‘ladiki, albatta o‘lik bilan qilgan zinosidan ko‘ra tiriklar bilan zino qilmog‘i 
kattaroq gunohdir. Haqiqiy tavbani qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo tavbasi 
haqiqiy ekanligini va undan gunohni ketkazganini yigitga bildirdi. Tavba gunohning 
miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
 
Ibn Abbos, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, deydi: “Allohning kalomida: 
“Ey imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar!” deyiladi. (Tahrim, 8). Xolis 
tavba qalb bilan pushaymon bo‘lish, til bilan istig‘for so‘rash, badan bilan uzilish va unga 
hech qaytmayman deb qalbiga jo qilishdir!” 
 
117. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Til bilan kechirim so‘rovchi, keyin gunohida davom 
etuvchi kimsa xuddi Rabbini masxaralovchi kabidir”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
 
Robi’adan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Bizning gunohlarimizni so‘ramog‘imiz 
ko‘p istig‘forlarga muhtoj bo‘ladi, ya’ni tili bilan kechirim so‘raydi, niyati esa gunohga 
qaytish bo‘ladi. Bu tavba yolg‘onchilarning tavbasidir. Bu tavba emas, tavba til bilan 
istig‘for so‘rash va o‘sha gunohga ikkinchi marta qaytmaslikni niyat qilishdir. Agar 
o‘shanday qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi, agar katta gunoh bo‘lsa ham. Chunki 
Alloh bandalariga rahmlidir”. 
 
Zikr qilindiki: “Bani Isroilda bir podshoh bor edi. Ko‘p ibodat qilguvchi bir kishini unga 
sifatlabdilar, uni chaqirib: “Mening suhbatimda bo‘lasan, uyimda turasan”, deb talab 
qilibdi. Haligi obid: “Ey podshoh, bordi-yu, bir kuni uyingga kirib, joriyang bilan 
o‘ynashib o‘tirganimni ko‘rib qolsang, nima qilasan?” debdi. Podshoh achchiqlanibdi: “Ey 
fojir, menga shu gapni aytishga jur’at qilasanmi?” Obid aytdi: “Mening karamli 
Parvardigorim bor, agar menda bir kunda yetmishta gunoh ko‘rsa ham g‘azab qilmaydi. 
Eshigidan haydab chiqarmaydi. Meni rizqidan ham mahrum qilmaydi. Endi qanday qilib
uning eshigidan ketay va hali men unga gunoh qilmay turib, menga g‘azab qilgan 
odamning qanday qilib yonida turay?! Agar gunoh qilayotgan paytimda ko‘rsang, nima 
qilarding?” Keyin chiqib ketdi”. 
 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Gunoh ikki xil bo‘ladi. Sen va Rabbing orasidagi 
gunoh hamda sizlar bilan bandalar orasidagi gunoh. Alloh taolo bilan sening orangdagi 
gunohning tavbasi til bilan istig‘for aytish, dil bilan pushaymon bo‘lish va qalbida shu 
gunohga qaytmaslik qasdini tutish bilan bo‘ladi, agar bularni qilsa, Alloh taolo uning 
gunohlarini kechadi. Agar farzlaridan birontasini tashlasa, u paytda tavbasi foyda 
bermaydi, toinki o‘sha bajarmagan ibodatini qilmagunicha, keyin pushaymon yeydi va 
istig‘for so‘raydi. Ammo sen bilan bandalar orasidagi gunoh shundayki, ular rozi 
bo‘lmasalar, tavba senga foyda bermaydi, to oralaringni ochiq qilmagunlaringcha! 
 
Ba’zi tobe’inlardan, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Albatta gunohkor gunoh 
qilib qo‘yadi, so‘ngra gunohini kechirishini so‘rab, pushaymon qilguvchi holatida bo‘lsa, 
jannatga kiradi. Shayton aytadi: “Koshki men uni jannatga tushirmaganimda edi!” deb”. 
 
Ba’zi hakimlar aytdilar: “Albatta kishining tavbasi to‘rt narsada bilinadi: 
1. Tilini ortiqcha so‘zlardan, g‘iybatdan va yolg‘ondan tiymoqlikda. 
2. Biron bir kishiga hasad va adovat qilmaslikda. 
3. Yomonlik egalaridan ajralmoqlikda. 
4. O‘limga tayyor holatda bo‘lishida, o‘tgan gunohlari uchun istig‘for so‘rashi, 
pushaymon qilishi va Allohning toatiga harakat qilgan holatda bo‘lishida bilinadi. 
 
Ba’zi hakimlarga aytildi: “Tavba qiluvchining tavbasi qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi 
ekanligini bildiradigan alomatlar bormi?” Aytdilar: “Bor. Uning alomati to‘rt narsadir: 
1. Yomonlik egalaridan uzilish, ularni o‘zi uchun qo‘rqinchli ko‘rishligi va yaxshilarga 
qo‘shilishi. 
2. Gunohlarning hammasidan uzilgan bo‘lmog‘i va barcha toatlarga yuzlangan holatda 
bo‘lmog‘i. 
3. Uning qalbidan dunyo xursandchiliginning hammasi ketmoqligi, o‘z qalbida har doim 
oxirat g‘amini ko‘rmoqligi. 
4. Alloh taolo unga berilgan rizqni o‘z nafsidan forig‘ holatda ko‘rmog‘i va Alloh buyurgan 
narsalarga mashg‘ul bo‘lish holatini o‘zida ko‘rishligi. Agar yuqoridagi bu alomatlar 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
topilsa, u odam, shunday odamlardandirki, Alloh taolo ular haqida aytadi: 
“Albatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni 
sevadi”(Baqara, 222). 
 
Va uning uchun odamlarga to‘rt narsa vojib bo‘ladi: 
1. Odamlar uni yaxshi ko‘rmoqligi, chunki Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi. 
2. Uning tavbasi sobit bo‘lishi uchun uni duolarda eslamoqliklari. 
3. Uning oldin o‘tgan gunohlariga e’tibor qilmasliklari. 
4. U bilan birga o‘tirishlari, birga dars qilmoqliklari, yordam bermoqliklari. 
 
Alloh taolo uni to‘rt narsa bilan ikrom qiladi: 
1. Alloh taolo gunohllardan uni chaqirib qo‘yadi, go‘yoki hech ham gunoh qilmagandek. 
2. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rib qoladi. 
3. Unga shaytonni ega qilib qo‘ymaydi, undan saqlaydi. 
4. Dunyodan chiqarib olmasdan oldin qo‘rquvdan omon saqlamog‘i. Chunki Alloh taolo 
aytdi: 
“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-
ibodat qilishda) to‘g‘ri-ustivor bo‘lgan zotlarnnning oldilariga (o‘lim paytida) 
farishtalar tushib, (derlar): “qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga 
va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!” (Fussilat, 30). 
 
Xolid ibn Ma’don aytdi: “Agar jannatga tavba qilganlar kirsalar, aytarkanlar: Rabbimiz 
bizga jannatga kirmasdan oldin do‘zaxdan o‘tmoqligimizni va’da bermaganmidi?” Ularga 
aytiladi: “Sizlar u yerdan o‘chirilgan vaqtda o‘tdingizlar”. 
 
118. Hasan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun 
toshbo‘ron ettirdilar, keyin unga janoza o‘qidilar. Ba’zi sahobalar Payg‘ambarimizdan 
(s.a.v.) so‘radilar: “Yo Rasululloh, uni toshbo‘ron qildirdingiz va unga janoza ham 
o‘qidingiz?” Aytdilar: “U tavba qilgan edi. Agar shunga o‘xshagan ishni yetmish marta 
qilgandayam, Alloh taolo tavbasini qabul qilardi, (ya’ni uning tavbasi haqiqiy edi). 
Haqiqiy tavba qabul qilinadi. Agar o‘sha katta gunoh bo‘lsa ham”. 
 
119. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: “Kimki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa, o‘sha 
odam o‘zi shu ishni qilgan kabidir. Alloh taolo o‘sha ayblovchini shu ishga tushirmay 
qo‘ymaydi. Kimki mo‘minni bir gunoh bilan ayblasa, u kishining o‘zi shu gunohni 
qilmasdan va shu bilan uyatga qolmasdan turib bu dunyodan ketmaydi”. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Albatta mo‘min gunohga tushmoqlikni qasd qilmaydi, 
unga suyanmaydi ham, chunki Alloh taolo: “Sizlarga kufrni, (Alloh va 
Payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi” (Hujurot, 7), deb 
xabar beryapti. Albatta U mo‘minlarga gunohlarni yomon qilib ko‘rsatdi. Mo‘minlar 
ularga suyanmaydilar, lekin ular bunga g‘aflat holatida tushib qoladilar. Ular bilan 
mo‘minni ayblab bo‘lmaydi, agar tavba qilgan bo‘lsa. 
 
120. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Agar banda tavba qilsa, Alloh uning 
tavbasini qabul qiladi. Uning amalidagi gunohlaridan yozilgan gunohlarini unuttiradi va 
uning gunoh qilgan yerini ham unutadi. Osmondagi o‘rnini ham unuttiradi, qiyomat kuni 
yaratgan maxluqlaridan hech narsa uning zarariga shohidlik bermasligi uchun”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
121. Ali ibn Abu Tolib, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytdilar: “Arshning oldida, xalqni yaratmasdan to‘rt ming yil oldin yozilgan bitik bor: 
 
“Men tavba qilgan hamda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri 
yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etuvchidirman” (Toho, 82). 
 
 
X BOB. YANA TAVBA HAQIDA 
 
122. Ibn Abbosdan rivoyat: “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn 
Xattob: “Yo Rasululloh, tavba eshigi nima?” deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Tavba eshigi mag‘ribning orqasidadir, uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan 
qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan 
kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir. 
Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan qaysilari tavbai nasux qilsa, 
uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi”. Maoz ibn Jabal aytdi: “Otam-onam sizga fido 
bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?” Aytdilarki: “Gunohkor o‘zidan 
o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni 
qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib 
yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki 
ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan 
keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin 
muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir: 
“Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari imon 
keltirmagan yoki imonida yaxshilik kasb qilmagan biron joyiga (endi keltirgan) 
imoni foyda bermas” (An’om, 158). 
 
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Tavbai nasux  tavba qilib, keyin 
bu gunohlarga qaytmaslikdir”. Yana aytadi: “Tavba eshigi ochiqdir. U har kishini qabul 
qilguvchidir, uch kishidan boshqa: 
 kufrning boshi shaytonni; 
 xatolarning boshi Odamning o‘g‘li Qobilni; 
 payg‘ambarlarni o‘ldirganlarni”. 
Aytdilar: “Tavba qilguvchilarning eshigi mag‘rib tomonidan ochiqdir. Orasi qirq yillik 
yo‘ldir. Ular yopilmaydi, toki quyosh g‘arb tomonidan chiqqunicha”. 
 
123. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytdilar: “Tavba havoda muallaq osilib turadi. U kechayu kunduz nido qiladi: “Kim meni 
qabul qilgan bo‘lsa, u azoblanmaydi”. Bu nido dunyo tugab, quyosh mag‘ribdan 
chiqqunga qadar davom etaveradi, qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa, u qabul 
qilinmaydi”. 
 
Bu xabarlarda tavbaga undashlik bor. Bundan ravshanlik shulki, tavba qilsa, undan 
tavba qabul qilinadi. Alloh taolo mo‘minllarni tavbaga chaqiradi. Aytadiki: 
“Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki, najot 
topsalaringiz” (Nur, 31). Ya’ni, Allohning azobidan najot topishlaringiz uchun va Uning 
rahmatiga erishmoqlaringiz uchun tavba qilingiz. Alloh bayon qildiki, tavba hamma 
yaxshiliklarning kalitidir. Albatta,  mo‘minlarning najot topishi, uning tavbasidandir. 
Mo‘minlarga tavba qilmoqliklarini buyuryapti: “Ey imon keltirgan bandalar, Allohga xolis 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
tavba qilinglar!” Keyin tavbadan so‘ng, ular uchun qanday karomatlar bo‘lishini bayon 
qildi: 
“Shoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik – gunohllaringizni o‘chirib”, 
ya’ni, sizlardan gunohlarni Alloh taolo o‘chiradi va “Ostidan daryolar oqib 
turadigan jannatga kiritur” (Tahrim, 8). Ya’ni oxiratda sizlarga tagidan suvlar oqib 
turuvchi va mevali daraxtzorlardan iborat bog‘lar beradi. 
 
124. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Albatta men Allohdan gunohimni kechirishini 
so‘rayman va Allohga bir kunda yuz marta tavba qilaman! 
 
125. Boshqa xabarda: “Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz 
marta tavba qilaman”, dedilar. 
 
Payg‘ambarning (s.a.v.) oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan holda tavba qilsalar-u, 
gunohi kechirilgani yoki kechirilmagani ma’lum bo‘lmagan kishilar-chi? Ular nechun Alloh 
taologa har zamon tavba qilmasin! Va tilini qanday qilib doimiy istig‘for bilan mashg‘ul 
qilmasin”. 
 
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, deydiki: «Alloh kalomida aytdi: “Balki inson 
oldinda (kelgusi hayotida ham), fisq-fujur qilmoqni xohlaydi” (Qiyomat, 5), ya’ni 
gunohlarini qilib kelaveradi. Tavbasini kechiktiradi. U yaqinda tavba qilaman, deydi, 
hattoki yomonlik ustida o‘limini topguncha cho‘zadi, so‘ngra o‘ladi”. 
 
126. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yaqinda tavba qilaman deb aytuvchi halok bo‘ladi. 
Mo‘min kishiga to o‘lim kelgunicha, har vaqt Allohga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. U o‘lim 
paytida tavba qilguvchi bo‘lsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilguvchidir. Alloh taolo 
aytdi: 
“U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va 
qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25). 
 
Ya’ni gunohlaridan o‘tadi, agar tavba qilsalar va qaytsalar. Tavba – gunohlariga qalbi 
bilan pushaymon bo‘lmog‘i, til bilan istig‘for so‘ramoqligi va gunohlariga hech ham 
qaytmaslikni ko‘ngliga tugmoqligidir. 
 
127. Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kimiki faqat yakka-yagona, 
ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman, deb uch marta aytsa, uning gunohlari 
kechiriladi, agar dengizning ko‘piklaricha bo‘lsa ham”. 
 
128. Abu Qaloba aytdi: “Albatta, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda iblis muhlat 
berishni so‘radi. Alloh unga muhlat berdi. “Sening ulug‘ligingga qasamki, bandangning 
qalbidan joni chiqqunicha chiqmayman”, dedi. Alloh aytdi: “Ulug‘ligimga qasamki, 
bandamdan tavbani to‘smayman, toki nafasi chiqqunicha”. 
 
Allohning rahmatini, o‘z bandalariga yumshoqligini ko‘ring! Albatta ularni, gunoh 
qilganlaridan keyin ham, mo‘minlar deb atadi. Alloh taolo aytdi: 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling