Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
“Barchalaringiz Allohga tavba qilingizlar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish, faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir”
- “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar”
- “Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq
- “Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar...”
- “Magar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur”
- “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur”
- “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir”
- “(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur”
- “Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!”
- “Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va
- IX va X bob. Tavba bobi hadislari
“Barchalaringiz Allohga tavba qilingizlar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot topsangizlar” (Nur, 31). Tavbadan keyin ularni yaxshi ko‘rdi. Alloh aytdi: “Albatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi” (Baqara, 222). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 66 129. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki gunohi yo‘q kishiga o‘xshaydi”. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: “Bir kishi: «Men bir gunoh qildim”, deb aytdi. Hazrati Ali: “Allohga tavba qilgin, keyin bu gunohlarga qaytmagin”, dedi. Aytdi: “Men tavba qildim, yana gunoh qildim, yana qaytdim”. Hazrati Ali: “Allohga tavba qil, keyin bu ishni qilmagin”, dedi. Haligi kishi: “Qachongacha, yo Ali?” dedi. Ali aytdi: “To shayton mag‘lub bo‘lgunicha”. Mujohid aytdi: “Alloh so‘zida: “Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish, faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir” (Niso, 17). Aytdi: Nodonlik qasddan qilishlik. Aytdilar: o‘limdan boshqa barcha holat (tavbaga) yaqindir (ya’ni, o‘lim paytidagi tavba qabul qilinmaydi). 130. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Abu Hurayra rivoyat qiladi: “Agar banda bir gunoh qilsa, keyin aytsaki: “Yo Allohim, men gunoh qildim”, yoki aytsaki, “Men bir gunoh sodir qilib qo‘ydim, meni kechirgin”, deb. Alloh taolo aytadi: “Bandam gunoh qildi, bildiki, uning Parvardigori gunohlarni kechiradi va shu gunoh bilan jazolaydi. Bas, bandamning gunohlarini kechirdim”. Bu narsalarning hammasi Muhammadning (s.a.v.) hurmatlari uchundir. Oldingi ummatlar gunoh qilsalar, ularga halol narsalar harom qilinardi. Ulardan biri gunoh qilib qo‘ysa, eshigida yoki peshonasida: “Falonchining o‘g‘li falonchi bu gunohni qildi”, deb yozilganini topardi. Alloh taolo bu ummatining zimmasida bu ishni yengil qilib qo‘ydi. Bas, aytdi: “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110). Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Mujohid aytdi: “Kim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini”. 131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: “Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: “Yo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi: “Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq tutguvchilar uchun eslatmadir!” (Hud, 114). Ya’ni, kunduzning ikki vaqtida Alloh taolo uchun namoz o‘qing, u bomdod, peshin, asr namozlaridir. Kechaning bir bo‘lagi, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 ya’ni shom va xufton namozlarini Alloh taolo uchun o‘qing. “Albatta yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur”, ya’ni besh vaqt namoz bu oradagi gunohlarga, agar katta gunohlar bo‘lmasa, kafforat bo‘ladi. Ana shular tavba qilguvchilar uchun tavbadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishini chaqirdilar va bu oyatni o‘qib berdilar. Hazrati Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, so‘radi: “Yo Rasulalloh, bu oyat asosan u uchunmi yoki hamma insonlar uchunmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odamlarning hammasi uchundir”. 132. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi. Ikkovi u bandaning amallarini yozadi, o‘ng tomon sohibi Amin chap tomon sohibidan ustundir. Agar banda bir yomon ishni qilsa, chap tomon farishtasi undan: “Yozaymi?” deb so‘raydi. O‘ng tomon farishtasi: “Beshta gunoh qilgunicha to‘xtab turgin”, derkan. Vaqtiki beshta gunoh qilsa, chap tomon sohibi: “Yozaymi?” deb so‘raydi, o‘ng tomon sohibi: “Bitta yaxshilik qilgunicha to‘xtab turgin”, deydi. Vaqtiki bitta yaxshilik qilsa, o‘ng tomon sohibi aytadi: “Albatta, bizga xabar keldiki, bitta yaxshilikka o‘nta yaxshilik yoziladi, kelgin, beshtasini beshta yaxshilik bilan o‘chiramiz va qolgan beshta yaxshiligini yaxshiliklariga qo‘shib yozamiz”. Shu paytda shayton qichqirib aytadi: “Qachon Odam farzandiga yetaman”. 133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: “Ey Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” “Nima gunoh qilding?”, deb so‘radim. “Men zino qildim va zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim”. Unga: “Halok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga qasamki, senga tavba yo‘q”, dedim. “U qattiq qichqirib, hushidan ketdi, men ketdim. Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. “Yo Rasulalloh, bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo berdim”. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Bizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan! “Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishin harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar...” oyatidan to: “Alloh ularning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Furqon, 68, 70) oyatigacha nozil bo‘lganda sen qaerda eding”. So‘ngra Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilaridan chiqdim, men Madina ko‘chalarida yugurar va kecha mendan fatvo so‘ragan ayolni menga kim dalolat qiladi, deb so‘rar edim. Bolalar, Abu Hurayra jinni bo‘libdi, derdilar. Keyin kechasi o‘sha xotinni oldingi joyida uchratdim. Va Payg‘ambarning (s.a.v.) aytganlarini unga bildirdim. Va unga tavba borligini aytdim. Xursandchiligidan qichqirib yubordi va: “Mening bir bog‘im bor, o‘shani qilgan gunohim uchun kafforat etib, kambag‘allarga sadaqa qildim”, deb aytdi”. Alloh kalomida zikr qilindi: “Magar kim tavba qilsa va imon keltirib solih amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur” (Furqon, 70). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 68 Ba’zilar aytadilar: “Albatta, banda gunohlaridan tavba qilsa, o‘tgan gunoh amallarining hammasi yaxshiliklarga aylanadi”. Shuningdek, Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi, avval gunohlarini ko‘radi, oxirida yaxshiliklarini. Keyin birinchi kitobga qarasa, uning hammasida yaxshiliklarini ko‘radi”. Abu Zarr G‘iforiy Payg‘ambardan (s.a.v.) qilgan rivoyatda ham shunga o‘xshashdir – Alloh kalomida: “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblarga aylantirib qo‘yur”, deydi. Uning ma’nosida aytiladi: Yomon amaldan solih amallarga aylanadi. Yomon amallar o‘rnini yaxshilik amallari egallashi uchun Alloh taolo muvofiq qilib qo‘yadi. Nechukkim, Alloh taolo aytdi: “O‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik –savoblariga aylantirib qo‘yur. Alloh kechirguvchi, rahmli zotdir” (Furqon, 70), ya’ni tavbasidan oldingi qilganlarini kechirguvchi, tavbadan keyin ularga rahm qilguvchi zotdir. Biling, ey birodar, kufrdan ulug‘roq gunoh yo‘q. Alloh taolo aytdi: “(Ey, Muhammad!) Kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kufrlaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur” (Anfol, 38). Endi kufrdan boshqalarini qo‘yavering! 134. Hasan Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi. U zot aytdilarki: “Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha gunoh qilsa, keyin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul etadi”. 135. Yazid Raqqoshiy aytadi: “Bizga Rasulullohning minbarlaridan turib Abu Hurayra xutba o‘qidi”. Xutbada aytdi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir. Alloh taolo qiyomat kunida unga uchta uzrini aytadi: “Ey odam! Men yolg‘onchilarni la’natlamaganimda va yolg‘onni yomon ko‘rmaganimda, albatta butun zurriyotingga rahm qilardim, lekin: “Men tomondan bu so‘z haq-sobit bo‘lgandir. Men jahannamni (kofir) jin va (dinsiz) odamlarning barchasi bilan o‘ldirurman!” (Sajda, 13). Va unga aytadi: “Ey Odam! Men sening zurriyotingdan hech kimni do‘zaxga kirgizmayman. Do‘zax bilan azoblamayman. Men o‘z ilmim bilan bildimki, zurriyotingdan bir toifani agar dunyoga qaytarsam, albatta u dunyoda yomon ishlarga qaytadi. Keyin bu ishdan qaytmaydi, tavba ham qilmaydi, ana shularnigina do‘zaxga kirgizaman. Ey Odam! Men seni o‘zim va zurriyoting o‘rtasida hakam qildim, tarozuning oldiga tur va ularning amallaridan senga nima yetishini ko‘r. Kimga bir misqol yaxshilik og‘ir kelsa, unga jannatdir, hattoki, Men do‘zaxga faqatgina zolimlarni kirgizishimni bilgaysan”. 136. Oyisha rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yozilgan gunohlar uchtadir: Alloh kechiradi; Alloh kechirmaydi; Alloh u narsadan hech narsaga teginmaydi”. Alloh kechirmaydigan gunoh Allohga shirk keltirishdir. Alloh aytadi: “Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 borar joyi do‘zax bo‘lur” (Moida, 72). Alloh kechiradigan gunoh bilan o‘z nafsiga zulm qilishi, o‘zi va Rabbi orasidagi zulmlardir. Alloh biror narsani tark qilib qo‘ymaydigan gunoh bandalarning ba’zilariga ba’zilari qilgan zulmidir. 137. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, qiyomat kunida qiyomat ahllari huquqlari ado qilinadi (ya’ni bir-biridan o‘ch olinadi), hattoki shoxsiz qo‘y uchun shoxli qo‘yni bog‘latib, uni suzdiriladi”. Banda xusumatchisini rozi qilishga intilishi lozim. Agar gunoh o‘zi bilan Alloh orasida bo‘lsa albatta, Alloh mehribon zot, istig‘for so‘rasa, U gunohlaridan kechadi. Agar gunoh uning bilan odamlar orasida bo‘lsa, u kishiga mazlumni rozi qilishlik zarurdir. Modomiki, husumatchisini rozi qilmasa, unga kechirim so‘rash, tavba qilish foyda bermaydi. Agar bu dunyoda rozi qilmasa, oxiratda uning yaxshiliklaridan olinadi, bu haqda xabar kelgan. 138. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?” “Bizning nazarimizda muflis na dirhami, na dinori, na matosi bo‘lgan kishidir”, deyishdi. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Ummatimdan muflis qiyomat kunida namoz bilan, ro‘za bilan hamda, buni so‘kdi, bunga tuhmat qildi, zinokor, buning molini yedi, buning qonini to‘kdi, urdi, degan hujjatlar bilan keladi. Mana shu ishlari uchun yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari tugasa, foyda-zarariga hukm qilmasdan oldin, uning xatolaridan olinadi, so‘ngra uning ustiga xatolari tashlanib, do‘zaxga yuboriladi”. Allohdan tavbaga muvaffaq bo‘lishimizni so‘raymiz. Albatta, tavba qilishda sobit bo‘lishlik tavbadan qattiqdir! Muhammad ibn Sirin, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir yaxshilik qilib, so‘ng uni tark qilishdan saqlan. Chunki birov tavba qilib, keyin yana gunohga qaytib, najot topgan emas. Tavba qilguvchi ajalini ikki ko‘z orasida bilmog‘i lozim bo‘ladi, ya’ni qilgan tavbasida sobit bo‘lishi va o‘tgan gunohlarini tafakkur qilmog‘i, istig‘forni ko‘paytirmog‘i lozim va tavbadek ulug‘ ne’matga musharraf qilganligi uchun shukr qilmoqlik va qiyomat kunidagi savoblar to‘g‘risida o‘ylashlik kerak bo‘ladi. Chunki qiyomat savoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni ezgulikka undaydi va qiyomatning azoblari to‘g‘risida o‘ylashlik insonni yomonliklardan qaytaradi”. 139. Abu Zarr, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Yo Rasululloh, Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Musoning sahifasidagi narsalardan xabar bering”, deb so‘radim. Aytdilar: “Unda misollar va ibratlar bor: do‘zaxning borligini ishonch bilan bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim! O‘limning haqligini ishonch bilan bilib, xursandchilik bilan yurgan kishiga ajablandim! Hisob-kitobni ishonch bilan bilib, gunohlar qilib yurgan kishiga ajablandim! Qadarni ishonch bilan bilib, xafa bo‘lgan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 70 kishiga ajablandim! Dunyoni bilib, dunyo ahliga aylanib, xotirjam yurgan kishiga ajablandim! Jannatni ishonch bilan bilib, yaxshi amallar qilmagan kishiga ajablandim. Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambaridir!” Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, bir kuni Kufa nohiyalarining bir mahallasidan o‘tdi. U yerda bir to‘da fosiqlar to‘planishib, aroq ichishardi. Ular orasida Zazon degan qo‘shiqchi ham bor edi. U yog‘och urib qo‘shiq aytardi. Uning ajoyib ovozi bor edi. Abdulloh ibn Mas’ud bu ovozni eshitib, aytdiki: “Bu ovoz bilan Qur’on o‘qilsa, naqadar yoqimli bo‘lar edi!” deb, ridolarini boshlariga qo‘yib, o‘tib ketdi. Zazon u kishining ovoziin eshitib: “Bu kishi kim?” deb so‘radi. Aytdilarki: “Rasulullohning do‘sti Abdulloh ibn Mas’uddir”. “Nima dedi?” deb so‘radi. Aytishdiki: “Agar bu ovoz Qur’on o‘qishlik uchun bo‘lganda, naqadar chiroyli ovoz bo‘lar edi, dedi”. Uning qalbiga qo‘rqinch tushdi va turib asbobini yerga urib sindirdi. Keyin shoshilib borib u kishini topdi. Ro‘molchasini bo‘yniga qo‘yib, Abdullohning oldida yig‘lay boshladi. Abdulloh uni quchog‘iga olib, ikkoviyam yig‘lashdi, keyin Abdulloh: “Alloh yaxshi ko‘rgan odamlarni qanday yaxshi ko‘rmayin!” So‘ngra Zazon gunohlariga tavba qilib, Abdullohning yonida qoldi. Qur’onni o‘rgandi. Ilm va Qur’ondan nasibasini oldi, hattoki ilmda katta imomlardan biriga aylandi. Ko‘p xabarlarda Abdulloh va Zazon to‘g‘risida naql kelgan. Alloh ikkovidan ham rozi bo‘lsin. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Otamning hikoya aytayotganini eshitdim: “Bani Isroilda bir fohisha xotin bor edi. Uning jamoli odamlarni fitnaga solguvchi edi. Uning eshigi hamisha ochiq bo‘lardi. Har kishi uning eshigi oldidan o‘tsa, hovli va eshik oldidagi so‘rida o‘tirganini ko‘rardi. Kimiki unga qarasa, fitnalanib qolardi. Agar uning oldiga kirishni xohlasa, o‘n dinor yo ko‘proq yo ozroq hozirlab kirishi kerak edi, keyin uning oldiga kirishga ruxsat berilardi. Bir kuni uning eshigi oldidan bir obid kishi o‘tib qoldi va nigohi hovliga tushdi. Xotin so‘rida o‘tirgan edi, uni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoldi, so‘ngra o‘z nafsi bilan kurash boshladi. Alloh taologa bu narsani qalbidan ketkazishni duo qilib so‘radi. Undan bu narsa ketmadi. U o‘z nafsiga qattiq toqat bilan bardosh berardi, hattoki o‘zining bor narsalarini sotib, unga yetarli bo‘lgan dinorlarni to‘plab, o‘sha xotinning eshigi oldiga keldi. Xotin pulni o‘zining vakiliga topshirishni buyurdi va qaysi vaqtda kelishni va’dalashishdi. Belgilangan vaqtda u xotinning oldiga keldi. Xotin ziynatlanib, uyida – so‘risida o‘tirar edi. Obid kirib keldi. U bilan so‘ri ustida o‘tirdi. Qo‘lini unga cho‘zib,uzangan vaqtida, Alloh taolo uni o‘z rahmati bilan to‘g‘irladi. O‘tgan ibodatlarining barakotidan qalbida: “Shubhasiz, mening bu holatimni Alloh taolo ko‘rib turibdi”, degan haybat namoyon bo‘ldi. “Men harom ish ustidaman, endi hamma amallarimni bekor qiladi”, deb qalbiga qattiq qo‘rquv tushdi, tizzalari qaltirab, ranglari o‘zgarib ketdi. Xotin unga qarab, rangi o‘zgar-ganini ko‘rib: “Senga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. Obid “Men Allohimdan qo‘rqaman, mening ketishimga ruxsat bergin” dedi. Xotin aytdi: “Sho‘ring qursin, menga yetishni odamlar orzu qiladilar, senga nima bo‘ldiki, bunday qilasan?” Obid: “Men Allohimdan qo‘rqaman, to‘lagan pulim senga, u senga halol, mening ketishimga ruxsat bergin”, dedi. Xotin: “Sen avval bu ishni qilmaganga o‘xshaysan?” dedi. “Yo‘q, qilmaganman”. Xotin: “Sen qaerdan bo‘lasan, isming nima?” deb so‘radi. U falon qishloqda turishini va ismini aytdi. So‘ngra xotin: “Mayli, keta qolgin”, dedi. Obid uning oldidan chiqdi. U o‘ziga vayl (azob) va o‘limni chaqirar, boshiga tuproq sochar edi. Qo‘rqinch xotinning ham qalbiga kirdi. O‘ziga-o‘zi aytdiki: “Bu odam birinchi gunoh qilishi ekan, shu ishi uchun unga shunchalik qo‘rquv tushdi. Men esa necha yillardan beri gunoh qilib kelaman, u qo‘rqadigan Rabbi mening ham Rabbim! Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 71 Mening qo‘rqinchim unikidan qattiq bo‘lishi kerak”, deb, so‘ngra Allohga tavba qildi. Eshigini berkitib, bevalik kiyimini kiydi. Keyin ibodatga kirishdi. Alloh xohlaganicha ibodatda bo‘lganidan keyin, o‘ziga-o‘zi aytdi: “Agar men haligi kishiga borsam, shoyad meni xotinlikka olsa, undan din ishlaridan ta’lim olardim. Menga Allohning ibodatiga yordam bo‘lardi”, deb tayyorlanib, molidan va xodimlaridan olib, o‘sha obid aytgan qishloqqa yetib borib, obidni so‘radi. Obidga bir xotin so‘rayotganligini xabar qilishdi. Uning oldiga chiqdi. Xotin uni ko‘rib, yuzini ochib o‘zini tanitdi. Obid uni ko‘rib tanidi va u bilan oralarida bo‘lgan ishni eslab, qattiq qichqirib, shu joyda jon berdi. Xotin xafa bo‘lib: “Men uning uchun chiqqandim, u o‘ldi. Uning qarindoshlaridan xotinga muhtoji bormi? Meni xotinlikka olsa”, dedi. Aytdilarki: “Uning bir ukasi bor, lekin moli yo‘q”. Xotin aytdiki: “Buning og‘irligi yo‘q, menda ko‘p mol bor”. Ukasi keldi va unga uylandi. Undan yetti o‘g‘il tug‘ildi. Hammalari Bani Isroilda payg‘ambarlardan bo‘ldilar”. Alloh taolo bilguvchiroqdir. _____________ IX va X bob. Tavba bobi hadislari 1. Abdulloh ibn Ubayd. “Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor...” Isnodi sahih*. Ibn Kasir tafsirida (61/4) keltirilgan. 2. Ibn Abbos. “Payg‘ambarning (s.a.v.) amakilarini o‘ldirgan Vahshiy...” Zaif*. “Asbobul-nuzul”da (281) keltirilgan, Tabaroniy, “Al-kabir” (11480). 3. Abdurahmon Sulamiy. “Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarimiz Madinada o‘tirgandik...” “Kanzul-ummol” (10265-10261). 4. Muhammad ibn Mutarrif. “Alloh aytdi: “Ey odam farzandi, senga voy bo‘lsin!..” Zaif*. 5. A’mash. “Sizlardan oldin o‘tgan qavmlarning ichida...” Zaif*. 6. Abu Bakr Siddiq. “Kishi kunda yetmish marta mag‘firat so‘rasa...” Zaif*. Abu Dovud (15/4) va Termiziy (3559). 7. Hadis. “Allohga qasamki, men har kuni Allohga yuz marta tavba qilaman”. Sahih*. Muslim (2702/4) va Abu Dovud (15/5). 8. Ali ibn Abu Tolib. “Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat qilsa...” Hasan*. Abu Dovud (1521), Termiziy (3006) va Ibn Moja (1395). 9. Hasan Basriy. “Alloh taolo iblis la’inni tushirgan vaqtda...” Sahih*. Ahmad (41-23/3). 10. Abu Amoma Boxiliy. “O‘ng tomon egasi Amin...” Juda zaif*. Bahaqiyning “Ash-shu’ab”ida keltirilgan (7050-7049/5). 11. Hadis. “Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir...” Hasan*. “Sahihul jome’ (3008,, “Vaddoivad- davo” (211-bet) ga qarang. 12. Safvon ibn Assol Murodiy. “Albatta, Mag‘rib tomonda...” Hasan*. Termiziy (3535) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7076/5). 13. Zuhriy. “Umar ibn Xattob Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lagan holda kirdi...” Zaif*. 14. Hadis. “Tili bilan kechirim so‘rovchi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab”, (7178/5) “Az-zaifatu” (616). 15. Hasan. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettiribdilar...” Sahih*. Muslim (1696/3). 16. Hadis. “Kimiki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa...” Mavzu’*. Termiziy (2505), Ibn Ali “Al-Komil”da (173/6), Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (6697) va “Az-zaifatu” (178) da keltirgan. 17. Ibn Abbos. “Agar banda tavba qilsa...” Zaif*. Asbaxoniy “At-targ‘ib va at-tarhib” (751). 18. Ali ibn Abu Tolib. “Arshning tagida...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al-Firdavs” (6708) uning isnodi Ismoil ibn Yahyo ibn Ubaydulloh at-Taymiyga boradi va u yo‘q hadislarni gapirganlikda ayblanadi. “Al-lison” (493/1)ga qarang. 19. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar...” Juda zaif*. Uning isnodi Nuh ibn Abu Maryamga borgan. Uni hadisda yolg‘onchi deganlar, “At-tahzib” (433/10) ga qarang. 20. Abu Hurayra. “Tavba havoda muallaq osilib turuvchidir...” Zaif*. 21. “Albatta, men Allohdan gunohimni kechirishini so‘rayman” Sahih* (104-raqamda o‘tgan hadis). 22. Hadis. “Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar...” Sahih*. Muslim (422702/40). 23. Ibn Abbos. “Yaqinda tavba qilaman...” Zaif*. “Va yana aytildi”. Bu hadis sahobalardan eshitilmagan. 24. Abdulloh ibn Mas’ud. “Kimki faqat yakkayu yagona, tirik, ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman deb...” Hasan*. Hokim (5/1/1). 25. Abu Qaloba. “Albatta Alloh taolo iblisni la’natlagan paytida, iblis muhlat berishni so‘radi...” Sahih*. Bu hadis (111) raqam bilan Abu Saiddan rivoyat qilindi. 26. Hadis. “Gunohiga tavba qilgan kishi go‘yoki...” Hasan*. (113) raqam bilan chiqqan. 27. Abu Hurayra. “Agar banda bir gunoh qilsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7507/13) va Muslim (2758/4). 28. Ibn Mas’ud. «Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib: «Ey Rasululloh...» Sahih*. Muslim (233) «Kitobut-tavba». 29. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4687/8) va Muslim (2763/4). 30. Hasan. «Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi...» Mursal (zaiflardan). 31. Abu Hurayra. «Bir kecha xufton namozini o‘qiganimdan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir tafsirida (27/19). 32. «Inson qiyomat kunida kitobiga qaraydi...» Sahih*. Muslim (190). 33. Hasan . “Agar sizlardan birortangiz osmon va yer orasining to‘laligicha...” Hasan*. Ibn Moja (4238). 34. Abu Hurayra. “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. Aytdilarki: “Odam Alloh uchun basharning eng hurmatlisidir...” Zaif*. “At-taqrib”. 35. Oyisha. “Devonlar uchtadir...” Zaif*. Hokim (575/4). 36. Abu Hurayra. “Har bir inson qiyomat kunida...” Sahih*. Muslim (2572/4) va Termiziy (2420) va Ahmad (235-301-372/2). 37. Abu Hurayra. “Sizlar ummatimdan bo‘lgan muflislarni bilasizlarmi?..” Sahih*. Muslim (1258/4), Termiziy (2318). 38. Abu Zarr G‘iforiy. “Ey Rasululloh! Musoning sahifasida bo‘lgan narsalardan xabar bering...” Zaif*. Ibn Hibbon (94) Abu Na’im (166/1) va “Az-zaifatu” (1910) ga qarang. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling