Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Alloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va (o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur”
- “Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar”
- “Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz”
- “va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur”
- “Sizlarga pand-nasihat qilur”
- Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur”
- XIII bob. Silai rahm bobi
- XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI
- “Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar”
- “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga”
XIII BOB. SILAI RAHM 157. Abu Ayyub, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib, tuyalarining yuganidan ushlab: “Ey Rasululloh, menga jannatga yaqin- lashishimga sabab bo‘ladigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amaldan xabar bering!” dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka va namoz o‘qishga, zakot berishga va silai rahm qilishga buyurdilar. 158. Abdulloh ibn Abu Avfo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Arofat kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik. Aytib qoldilar: “Bugun kechasi silai rahmni uzgan kishi men bilan o‘tirmasin, bizdan ketsin”. Majlisning chetida o‘tirgan kishidan boshqa hech kim turmadi. Hech vaqt o‘tmasdan u kishi qaytib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Nima uchun sendan boshqa hech kim davramizdan turmadi?” dedilar. U aytdi: “Ey Rasululloh, sizdan boyagi gapni eshitib, xolamnikiga bordim. U kishi bilan janjallashib, oramiz buzilgan edi. Borganimdan keyin xolam menga: “Nimaga kelding, bu sening odating emas edi-ku?” dedi. Men siz aytgan hadisning xabarini berdim. Mendan kechirim so‘radi, men ham undan kechirim so‘radim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yaxshi qilibsan, o‘tir!” dedilar. So‘ng: “Ogoh bo‘linglar, Allohning rahmati silai rahmni uzgan qavmga tushmaydi!” dedilar”. Bu xabarda qarindoshlikni uzishlik katta gunoh ekanligiga dalil bor. Chunki qarindoshlikni uzish mo‘minni rahmatdan qaytaradi. Musulmon kishiga silai rahmni uzgandan keyin tavba qilmog‘i, istig‘for so‘ramog‘i va silai rahmni boshqatdan bog‘lamog‘i vojib bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz (s.a.v.) birinchi xabarda silai rahm bandani Allohning rahmatiga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtirishini ravshan qilib aytdilar. 159. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Silai rahm savobidek tez keladigan yaxshilik yo‘q, dunyoda tezgina azob berib, oxiratda ham azob bo‘ladigan gunoh silai rahmni uzishlikdir”. 160. Faqih Amr ibn Shuaybdan, u esa, otasidan, bobosidan rivoyat qiladi: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Men qarindoshlar bilan silai rahm qildim, ular mendan uzildilar, ularni afv etdim, menga zulm qildilar, ularga yaxshilik qildim, menga Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 79 yomonlik qildilar. Ularga o‘zlaridek muomala qilayinmi?” dedi. Aytdilar: “Yo‘q. Unda gunohga sherik bo‘lib qolasan. Lekin ularga yaxshilik va silai rahm qil. Hamisha Allohdan quvvat senga davomli bo‘ladi, modomiki sen shu ishingda davom etsang”. Aytildi: “Uchta ish jannat ahlining axloqlaridan. Ular faqat yaxshi kishilardagina topiladi. Yomonlik qiluvchiga yaxshilik qilish; zulm qilgan kishini avf etish; biron narsadan mahrum qilgan kishiga yaxshilik qilish”. Zahhok ibn Mazohim: “Alloh o‘zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va (o‘zi xohlagan hukmni) ustivor qilur” (Ra’d, 39) oyatining tafsirida aytadi. “Shubhasiz, bir kishi silai rahm qilsa umridan uch kun qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uning umrini o‘ttiz yil ziyoda qiladi, agar silai rahmni uzgan bo‘lsa va umridan o‘ttiz yil qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uch kunga tushirib qo‘yadi”. 161. Savbon rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qadar duo bilangina o‘zgaradi. Umrni yaxshilik ziyoda qiladi. Shubhasiz, mo‘min gunoh qilish bilan rizqidan mahrum bo‘ladi”. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, moli ko‘payadi, ahlini yaxshi ko‘radi”. Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Umrning ziyoda bo‘lishida ulamolar ixtilof qildilar. Ba’zilar aytdilar: “Kim silai rahm qilsa, umri ziyoda bo‘ladi, degan xabar zohiriydir”. Ba’zilar aytdilar: “Taqdir o‘zgarmaydi, chunki Alloh taolo: “Bas, qachon ularga ajallari yetsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar” (A’rof, 34), degan. Lekin umrni ziyoda qilishning ma’nosi o‘limdan keyin uning savobini yozmoqlikdir. O‘limidan keyin unga savob yozsa, go‘yoki umrini ziyoda qilgandekdir”. 162. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar. Chunki u sizlar uchun dunyoda hamma narsadan yaxshiroqdir, mustahkamroqdir. Oxiratda sizlar uchun yanada yaxshiroqdir”, dedilar. Aytilgan edi: “Agar sizda biron qarindosh bo‘lib, oyog‘ingiz bilan yurib bormasangiz (ya’ni ziyoratga), molingizdan biron narsa bermasangiz, albatta undan uzilibsiz. Alloh taolo tushirgan ba’zi sahifalarda: “Ey odam farzandi, moling bilan silai rahm qilgin, agar o‘zingda bir narsaga baxillik qilsang yoki moling kam bo‘lsa, oyog‘ing bilan borgin (ya’ni ziyorat qilgin)”, deyilgan”. 163. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar, agar salom bilan bo‘lsa ham”. Maymun ibn Mahron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo‘lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo‘lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo‘lsin, xoh musulmon”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 80 Ka’b-ul Ahbor deydi: “Muso alayhissalom hamda bani Isroil uchun dengizni yorgan Allohga qasamki, albatta, Tavrotda yozilgan: “Allohdan qo‘rqing, ota-onaga yaxshilik qiling va qarindoshlarga silai rahm qiling, umringiz ziyoda bo‘ladi. Yengilingizni yanada yengil qiladi, qiyinchilikni ketkazadi”. Alloh taolo rahmni kitobining quyidagi o‘rinlarida buyuradi: “Va oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso,1). Ya’ni, qarindoshlikni uzib qo‘yishlikdan qo‘rqingiz. Silai rahm qilingiz. Uni uzmangiz! Va boshqa oyatda: “(Ey Muhammad) qavmu qarindoshlar, miskin va yo‘lovchi haqlarini ado eting” (Isro, 26). Ya’ni, yaxshilik va silai rahmdan ularga haqqini bering. Boshqa oyatda: “Albatta, Alloh taolo adolatga, chiroyli amallarni qilishga buyuradi” (Nahl, 90), ya’ni odamlarga yaxshilik qilishga va ularni kechirish va afv etishga buyuradi; “va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur”, ya’ni silai rahmga buyuradi. Alloh ushbu uch narsaga buyurib, quyidagi uch narsadan qaytaradi. Alloh aytadiki: “Va buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur”, ya’ni fahsh ishlardan, gunohlardan, yomon ishlardan, shariat va sunnatda bo‘lmagan ishlar qilishdan qaytaradi; “Sizlarga pand-nasihat qilur”, ya’ni sizlarni bu uch narsaga buyurib, bu uch narsadan qaytaradi”. “Shoyadki, ibrat-eslatma olsalaringiz” (Nahl, 90). 164. Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Rasululloh menga do‘st edilar, musulmonchilikni u kishidan uyalganimdan bo‘ynimga oldim. Chunki meni Alloh taologa chaqirardi va Islomni qabul qilgan vaqtimda hali qalbimda Islom qaror topmagan edi. Bir kuni u kishining oldida o‘tirar edim. Shu vaqt mendan yuzlarini o‘girdilar. Go‘yoki birov bilan gaplashayotganday edilar. Keyin men tomonga burilib, aytdilar: “Jabroil tushib menga bu oyatni o‘qidi: “Albatta, “Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm- qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi” (Nahl, 90). Shu bilan juda xursand bo‘ldim. Islom qalbimda qaror topdi. U kishining oldidan turib, amakisi Abu Tolibning oldiga keldim-da, jiyaning oldida edim, bu oyat u kishiga tushdi, dedim. Abu Tolib aytdi: “Muhammadga ergashinglar, najot topasizlar, to‘g‘ri yo‘l tutasizlar. Allohga qasamki, albatta akamning o‘g‘li yaxshi xulqlarga buyuradi. Agar u yolg‘onchi yoki sodiq bo‘lsa ham, sizlarni yaxshilikka chaqiradi. Bu xabar Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Uni Islomga kirishini umid qildilar. Abu Tolib bosh tortdi. Keyin bu oyat nozil bo‘ldi: “(Ey Muhammad!) Aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qilaolmassiz, lekin Alloh o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur” (Qasos, 56). Albatta, Alloh taolo bu oyatda silai rahmni zikr qildi. Boshqa oyatda: “Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzarsizlar! Unday kimsalarni esa Alloh taolo la’natlagandir. Bas, ularning quloqlarini (pand- nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini (to‘g‘ri yo‘lni ko‘rolmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir” (Muhammad, 22-23). Ya’ni silai rahmni uzganlarni. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 81 165. Aytildi: Albatta Alloh taolo rahmni yaratib: “Men Rahmonman, sen rahmsan, kim seni uzsa, uzilaman; kimiki senga bog‘lansa, bog‘lanaman”, dedi. 166. “Albatta, rahm arshda osilgandir. Kecha va kunduz “Ey Parvardigor, Sening yo‘lingda kimiki menga bog‘lansa, bog‘langin, kimiki Sening yo‘lingda meni uzsa, uzilgin”. Hasan Basriy (roziyallohu anhu) aytdi: “Vaqtiki odamlarda ilm ko‘rinib, unga amal qilmasa, til bilan aytishni yaxshi ko‘rishib, qalblari bilan g‘azablanishsa, qarindoshlari bilan uzilishgan bo‘lsa, Alloh ularni la’natlaydi, kar qiladi va ko‘zlarini ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi”. Faqih aytdi, Yahyo ibn Salim bizlarga gapirib berdi: “Makkada biz bilan birga Xuroson ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi, keyin u kishi o‘z ishi bilan ketdi. Omonat qo‘ygan kishi xurosonlik kishi o‘lgandan so‘ng keldi va uning o‘g‘lidan, xotinidan molini so‘radi. Ular bu haqda bilishmas edi. U kishi o‘sha kunda Makkada yig‘ilishib turgan ko‘p olimlardan bu masalada savol qildi: “Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U kishi o‘libdi. Xotinidan so‘rasam, bu haqda bilmas ekan. Menga nimani buyurasizlar?” Aytdilar: “Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin: “Ey fa-lonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” Haligi odam kelib uch marta aytdi, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldilariga kelib, ularga bu xabarni yetkazdi, aytdilar: “Albatta, biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qarqyapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir vodiy bor, uni Barxut deyishadi. U yerda bir quduq bor. Unga chiqqin, kechaning uchdan biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: “Ey falonchining o‘g‘li falonchi, men omonat egasiman!” deb baqirgin... U borib, aytganlarini qilibdi. Birinchi ovozdayoq javob beribdi. “Sho‘ring qursin, seni bu yerga nima tushirdi, sen yaxshilik egasi eding-ku?” deyildi. Aytdiki: “Mening Xurosonda ahli baytlarim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan o‘lgunimcha uzilib ketdim. Alloh taolo bu (azob) bilan ushlab, bu manzilga tashladi. Ammo moling o‘ziday turibdi, men o‘g‘limga omonat qila olmagandim, uyimning falon joyiga ko‘mganman. O‘g‘limga aytgin, seni hovlimga kirgizadi, hovlidagi joyni kavlagin, u joyda molingni topasan”. Haligi odam qaytib kelib, molini qanday topshirgan bo‘lsa, shunday holatda topibdi”. Faqih aytadi: Agar kishi qarindoshlari orasida bo‘lsa, ular bilan hadya va ziyorat bilan bog‘lanib turishi vojib bo‘ladi. Agar mol bilan rahm qilishga qodir bo‘lmasa, ziyorat qilishlik bilan, ularning ishlaridan yordam berishlik bilan bog‘lansin. Agar buning ham iloji yo‘q bo‘lsa, ular bilan xat orqali bog‘lanib tursin. Agar borishga imkoni bo‘lsa, borishligi afzaldir. 167. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik amallarning afzalidir”. Bilginki, silai rahmda o‘nta maqtalgan xislat bor: 1) silai rahmda Allohning rizosi bor, chunki Alloh taolo shunga buyuradi; 2) ularga (mo‘minlarga) xursandchilik yetkazmoqlik bor, bu haqda xabar kelgan; 3) silai rahm maloikalarning xursandchiligi bor, chunki ular silai rahm bilan xursand bo‘ladilar; Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 82 4) silai rahmda musulmonlarga yaxshi maqtov bordir; 5) silai rahmda iblisga g‘am yetkazishlik bordir; 6) umrning ziyoda bo‘lishi; 7) rizqda baraka bo‘lishi; 8) o‘lganlar xursandligi bor, chunki ota-ona, bobolar silai rahmning bog‘lanishi bilan xursand bo‘ladilar; 9) do‘stlikning ziyoda bo‘lishi bor, chunki bir sabab o‘rtaga tushib, xursandchilik yoki g‘amdan to‘planishib, unga yordam beradilar va ularda do‘stlikning ziyoda bo‘lishiga omil bo‘ladi; 10) o‘lgandan keyin ham ajrining ziyoda bo‘lishi bor, chunki qarindoshlar uni o‘lgandan keyin ham duo qiladilar, hamma vaqt yaxshiliklarini eslab yuradilar. Anas ibn Molik aytdi: “Uch toifa kishi qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi: silai rahm qiluvchi, uning umri va rizqi silai rahm bilan ziyoda bo‘lgan edi. Bir xotin eri o‘lib, yetimlari bilan qolib, ularni Alloh behojat qilgunicha tarbiyalasa. Va bir kishiki, taom tayyorlab, yetim-miskinlarga yedirsa”. 168. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bandaning farz namozni ado qilishi ular uchun va qarindoshlari bilan silai rahm qilishi uchun yurgan qadamidan ko‘ra Allohga mahbubroq ish yo‘qdir”. Aytildiki: “Besh narsada davomiylik bo‘lsa, baland tog‘larning cho‘qqisidek yaxshiliklar ziyoda bo‘laveradi. Va Alloh taolo rizqini keng qilib qo‘yadi: kimiki sadaqani davomli qilsa, ko‘p bo‘lsa ham, kam bo‘lsa ham, kimiki qarindoshlikni bog‘lagan bo‘lsa, kam bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham, kimiki Alloh yo‘lida harakat qilishda davomli bo‘lsa, kimiki tahoratda davomli bo‘lsa, suvni isrof qilmasa va kimiki ota-onasiga itoat qilib, itoatda davomli bo‘lsa”. Alloh subhonahu va taolo bilguvchiroqdir. ___________ XIII bob. Silai rahm bobi 1. Abu Ayyub. “Bir a’robiy Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga borib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5983/10) va Muslim (13). 2. Abdulloh ibn Avf. «Arafot kechasida Payg‘ambar (s.a.v.) bilan o‘tirgan edik...» Zaif*. Asbahoniy. “At-targ‘ib” (2290) va “Zaiful jome’”ga qarang (1463). 3. Hadis. “Silai rahm savobidan tez keladigan yaxshilik yo‘q...” Sahih*. Ahmad (38,36/15), Termiziy (2511) va Ibn Moja (4211), “As-sahiha” (918)ga qarang. 4. Amr ibn Shuayb. “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Sahih*. Muslim (2 558/4) va boshqalar. 5. Savbon. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qadar-taqdir duo bilangina o‘zgaradi...” Sahih*. “As-sahihat” (154). 6. Qatoda. “Bizga zikr qilindiki, Payg‘ambar (s.a.v.): “Allohdan qo‘rqinglar va silai rahm qilinglar...” Mursal*. “Zaiful jome’”ga (122) qarang. 7. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qarindoshchilikni bog‘langlar...” Hasan*. Qazo’iy “Ash-shihob”da (654-653) va “As-sahihat” (1777)ga qarang. 8. Usmon ibn Maz’un. “Rasululloh menga do‘st edilar...” Zaif*. Buxoriy, “Al adabul mufrad” va Ahmad (318/1). 9. Hadis. “Albatta, Alloh taolo rahmni yaratib...” Sahih*. Ahmad (194/1) Abu Dovud (1694) va Termiziy (1907). 10. Hadis. “Albatta, rahm Arshda osilgandir...” Sahih*. Muslim (2555/4) Oyisha onamizdan. 11. Hadis. “Albatta, mo‘minni xursand qilishlik...” Hasan*. Ibn Abu Dunyo “Qazoul havoij” (112) va Bayhaqiy “Ash-shu’ab”da (7688, 7679), “As-sahihat” (1494) da keltirilgan. XIV BOB. QO‘SHNICHILIK HAQLARI 169. Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Os, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga (rahmat) nazari bilan qaramaydi va ularni gunohlardan poklamaydi hamda Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 83 ularga: “Do‘zaxga kiruvchi bilan birga do‘zaxga kiringlar!” deydi. Ular: 1) livota qiluvchi va livota qilingan; 2) qo‘li bilan nikoh qiluvchi (o‘z shahvatini qo‘li bilan qondiruvchi); 3) hayvon bilan jinsiy aloqa qiluvchi; 4) xotinining orqasiga yaqinlik qiluvchi; 5) onasini va qizini jimo’ qiluvchi; 6) qo‘shnining xotini bilan zino qiluvchi; 7) qo‘shnisiga aziyat beruvchi”. Agar tavba shartlari bilan tavba qilsalar, Alloh kechiruvchi zotdir. 170. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qalbidan, tilidan, qo‘lidan odamlar salomat bo‘lmaguncha, banda musulmon bo‘lmaydi; banda mo‘min bo‘lmadi qo‘shnisi uning yomonligidan omon bo‘lmagunicha”. “Uning yomonligi nima?” deyishdi. Aytdilar: “Qo‘polligi va zulmi”. 171. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati o‘z onasiga hurmati kabidir”. 172. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytdi: Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdilar: “Qo‘chqorni so‘yib, yahudiy qo‘shniga nasiba bergin”. Keyin bir soat vaqt o‘tdi. Aytdi: “Ey g‘ulom!” Agar qo‘chqorni so‘ysang, yahudiy qo‘shnimizga nasiba bergin”. G‘ulom aytdi: “Bu yahudiy qo‘shni bizlarga aziyat beradi-ku”. Abdulloh ibn Amr: “Senga dard tegsin, albatta, Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilganlaridan, bizlar uni meros olsa kerak, deb gumon qilardik”. 173. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, mehmonni ulug‘lasin. Uni hurmatlash bir kecha- kunduz. Mehmondorchilik uch kun. Keyingilari sadaqa bo‘ladi”. 174. Hasan Basriy aytadi: So‘radilarki: “Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?” Aytdilar: “Agar qarz so‘rasa, unga qarz bergin, agar chaqirsa, javob qilgin; agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rgin; agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergin; agar bir musibat tushsa, ta’ziya bildirgin; agar bir yaxshilik yetsa, tabriklagin; agar o‘lsa, shahodat qilgin; agar biron joyga ketsa, uyini va manzilini saqlagin. Unga qozonda go‘sht qovurish bilan aziyat yetkazmagin, agar shu ishni qilsang, pishirgan taomingdan bergin”. Boshqa xabarda bu to‘qqiz narsaga qo‘shimcha qilib, o‘ninchisini keltirishadi: “Uyingni uning uyidan uzun (yoki katta) qilmagin, magar roziligi bilan bo‘lsa, mayli”. 175. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki, men qo‘shniga yaqinda meros beriladi”, deb o‘ylardim”. Abu Hurayra Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: “Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilarki: “Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, odamlarning obidrog‘i bo‘lasan; qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qiluvchirog‘i bo‘lasan! Odamlar uchun yaxshi ko‘rgan narsangni ularga ham ravo ko‘r, mo‘min bo‘lasan. Senga qo‘shni bo‘lganga yaxshi qo‘shnichilik Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 84 qilgin, musulmon bo‘lasan. Kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi”. Alloh taolo: “Allohga bandalik qilinglar, Unga hech narsani sherik qilmanglar va ota-onaga yaxshilik qilinglar”, ya’ni Allohni denglar. Unga ibodat qilinglar, Unga sherik qilib olmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, ya’ni ota-onaga chiroyli holatda muomalada bo‘lib, yaxshilik qilinglar, hamda “qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga” qarindosh qo‘shniga va begona qo‘shniga, ya’ni yaqinlarin-gizga silai rahm va hadya qilishlik bilan yaxshilik qiling-lar. Yetim va miskinlarga sadaqa berishlik va chiroyli so‘z bilan yaxshilik qilinglar; “yo‘lovchi musofirga”, ya’ni yo‘ldan o‘tib turib qo‘noq bo‘lgan mehmonga va “qarindosh qo‘shniga”, ya’ni siz va uning orasida qarindoshchilik bor qo‘shniga “yaxshilik qilinglar” (Niso, 36). Ya’ni siz bilan uning orasida qarindoshchiligi yo‘q qo‘shniga ham. 177. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi: ulardan birinchisida uch haq bo‘ladi; keyingisida ikki haq; uchinchisida bir haq bo‘ladi. Uchta haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh qo‘shnidir; ikkita haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon qo‘shnidir. Bitta haqqi bo‘lgan qo‘shni esa, zimmiy qo‘shnidir”. Ya’ni, qo‘shni qarindosh va musulmon bo‘lsa, ular uchun qarindoshlik haqqi, Islom haqqi va qo‘shnichilik haqlarni bor. Ikkita haqqi bori musulmon qo‘shnidir. Unda Islom haqqi va qo‘shnichilik haqqi bor. Ammo bitta haqqi bori zimmiy (g‘ayridin) qo‘shnidir. Uning qo‘shnichilik haqqi bor. Agar qo‘shni zimmiy bo‘lsa ham, uning haqqini berish lozim bo‘ladi. 178. Abu Zarr G‘iforiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar: “Eshitgin va itoat qilgin. Burni kesilgan qul bo‘lsa ham. Bas, agar sho‘rva qilsang, uning suvini ko‘paytirgin, keyin qo‘shnilaringning ahllariga qaragin va sho‘rvangdan ularga ham bergin, namozingni vaqtida o‘qigin”. Va aytildi: “Uch qo‘shni bo‘lib, uchchalasi ham rozi bo‘lsa, keyin inson o‘lsa, uning gunohlari kechiriladi”. 179. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Unga o‘zing ozor berishdan tiyilgin va uning ozoriga sabr qilgin va ajralishmoq uchun o‘lim kifoyadir”, dedilar. Hasan Basriy aytdi: “Qo‘shnidan aziyatni tiyish yaxshi qo‘shnichilik emas, yaxshi qo‘shnichilik, qo‘shnidan bo‘lgan aziyatga sabr qilishlikdir”. Amr ibn Os aytdi: “Qarindoshchilikni bog‘lovchi kishiga bog‘lanib, uzilgan kishidan uzilganni bog‘lovchi deb bo‘lmaydi, balki u insofli kishidir. Albatta, haqiqiy bog‘lovchi esa kim uzgan bo‘lsa, bog‘laydi: kim xafa qilgan bo‘lsa, yumshoqlik, latiflik qiladi. Halim inson ham qavmi unga halimlik qilganda halimlikni qilib, unga qo‘pollik qilganda qo‘pollik qiladigan kishi emasdir. Balki u insofli kishidir, haqiqiy halim esa unga halimlik qilganda ham, qo‘pollik qilganda ham, go‘zal muomalada bo‘lguvchi kishidir”. Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Musulmon kishi qo‘shnining aziyatiga sabr qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘shnisiga biror aziyat bermaydi. Qo‘shni undan omonda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling