Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
birovning zarariga bo‘lsa, gapirmaydi. Johilning yuragi tilining atrofidadir, u yuragiga 
qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi». 
 
275. Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Ey Allohning elchisi, Ibrohimning sahifalarida nima bor?» 
Aytdilarki: «Unda misollar va ibratlar bordir. Aqliga yengilmagan kishiga tilini 
saqlamog‘i, zamonini bilmog‘i va o‘z ishiga yuzlangan bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki kim 
so‘zini amalidan hisob qilsa, foyda beradigan joydan boshqasida so‘zini kamaytiradi». 
 
276. Ali ibn Abu Tolib aytdi: «Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, ul kishi bu so‘zlarni 
aytdilar: «Oqil kishi uchun uch narsaga diqqat bilan qaramog‘i lozim bo‘ladi: 
 
Yashashni hurmat qilmog‘i. Oxirati uchun yolg‘iz bo‘lmog‘i. Harom bo‘lmagan 
narsalardan lazzatlanish». 
 
Aytdilar: «Oqil kishi uchun kuni to‘rt soat bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi: bir soatida Rabbiga 
murojaat qilmog‘i, bir soatida o‘zining nafsi bilan hisoblashmog‘i, bir soatida din va 
dunyo ishida yo‘l ko‘rsatadigan va nasihat qiladigan ilm ahliga kelmog‘i, bir soatida o‘zi 
va lazzatlari o‘rtasida yolg‘iz qolmog‘i». 
 
Aytdilar: «Oqil kishi uchun o‘z ishiga qaramog‘i, zamon ahlini bilmog‘i, farjini va tilini 
saqlamog‘i lozim bo‘ladi». 
Faqih aytadi: «Bu kalimalar Dovud oilasi hikmatlarida yozilgan. 
 
Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, «Luqmoni Hakim Dovud 
alayhissalomning oldilariga kirganida, Payg‘ambar alayhissalom sovut yasab o‘tirgan 
edilar. Bu ko‘rgan narsasidan ajablanib so‘ramoqchi bo‘libdi. Bundan hikmati qaytaribdi. 
Nafsini tiyib so‘ramabdi. Dovud alayhissalom ishidan bo‘shab, sovutni kiyibdilar. Keyin: 
«Bu sovut urush uchun nechog‘lik yaxshi. Uni yasovchi ham qanday yaxshi!» debdilar. 
Shunda Luqmoni Hakim: «Jim turishlik hikmatdir va unday qiluvchilar ozchilikdir», 
dedi». 
 
Shoir aytdi: 
Ilm – ziynat, jim turishlik omonlikdir, 
Gar gapirsang, ko‘p so‘zlovchi bo‘lma, tek tur, 
Gar jim turib bir marta bo‘lsam pushaymon, 
Ko‘p so‘zlasam gar, ko‘p marta bo‘ldim pushaymon. 
 
Ba’zilar aytdilar: Yigit tilining toyilishidan o‘ladi, oyog‘ining xatosidan emas. Tili bilan 
bo‘lgan xatosi uni boshi bilan uloqtiradi. Oyog‘i bilan bo‘lgan xatosi asta-sekin tuzaladi. 
 
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Jim turishlikda yetti ming yaxshilik bordir. Uning 
hammasi yetti kalimada jam bo‘ladi. Har kalimada ming yaxshilik bordir: 
1. Jim turishlik charchog‘i yo‘q ibodatdir. 
2. Bezaksiz ziynatdir. 
3. Davlatsiz haybatdir. 
4. Devorsiz qo‘rg‘ondir. 
5. Birovlarga uzr aytishdan behojatlikdir. 
6. Yaxshilik va yomonlik amallarini yozuvchi farishtalarga rohatdir. 
7. Ayblari uchun berkituvchi va aytilganda jim turishlik olim uchun ziynat, johil uchun 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
satrdir (pardadir)». 
 
Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Inson jasadi uch bo‘lakdir; bir bo‘lagi – qalbi, ikkinchisi 
– tili, uchinchisi – a’zolari. Alloh taolo har bir bo‘lakni karomat bilan ikrom qildi. Qalbini 
o‘zini tanishlik va tavhid bilan ikrom qildi. Tilini «La ilaha illalloh» va kitob tilovat qilish 
bilan ikrom qildi. A’zolarni namoz, ro‘za va boshqa toatlar bilan ikrom qildi. Har bir 
bo‘lagiga kuzatuvchi va saqovchini vakil qilib qo‘ydi. Qalbini saqlashga Alloh o‘zi ega 
bo‘ldi. Uning ichida nima borligini Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Tiliga 
farishtalarni vakil qildi. Alloh taolo aytadi: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar 
talaffuz qilsa, uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni 
yozib olur)» (Qof, 18). 
A’zolariga buyruq va qaytarishni boshqaruvchi qilib qo‘ydi. 
 
Keyin har bo‘lakka vafo qilishni xohladi. Qalbining vafosi – iymonda sobit bo‘lmog‘i va 
hasad, xiyonat va makr-hiyla qilmasligi. Tilning vafosi g‘iybat qilmasligi. A’zolarining 
vafosi Allohga gunoh qilmasligi va musulmonlardan hech kimga aziyat bermasligidir. Kim 
qalbdan ketsa, munofiq, tildan ketsa, kofir, a’zolaridan ketsa, osiy bo‘ladi. 
 
Hasan aytdi: Umar ibn Xattob bir yigitga qarab aytdi: «Ey yigit, agar uch yomonlikdan 
saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular: tilingning, farjingning va 
qorningning yomonligidir». 
 
Zikr qilindi: Luqmoni Hakim habashiy qul edi. U kishidan birinchi hikmatning ko‘rinishi 
mana bu holda yuz bergan edi. Bir kuni xo‘jayini: «Ey g‘ulom, bizga bu qo‘yni so‘yib, 
eng mazali ikki joyidan keltirgin», dedi. U kishi qo‘yni so‘yib, yuragi bilan tilini olib 
kelibdi. Keyin yana bir marta: «Bu qo‘yni so‘yib, eng yomon joyidan keltirgin», dedi. U 
kishi qo‘yni so‘yib, yana yuragi bilan tilini keltirdi. Buning sababini so‘radi. Luqmoni 
Hakim aytdi: «Jasadda bu ikki parcha go‘shtdan shirinrog‘i yo‘q, agar ikkovi yaxshi 
bo‘lsa. Agar yomon bo‘lsa, ikkovidan yomonroq narsa yo‘q!» 
 
277. Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natayotganda Maoz: «Ey 
Allohning payg‘ambari, menga vasiyat qiling», dedi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) tillariga 
ishora qildilar, ya’ni tilingni saqlagil, degandek. Maoz buni oson sanab: «Ey Allohning 
elchisi, vasiyat qiling», dedi. «Onang seni yo‘qotib qo‘ysin. Odamlarning yuzlari bilan 
do‘zaxga tushishlariga sabab tillarining yomonligidandir», dedilar Rasululloh (s.a.v.). 
 
Hasan Basriy aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Kimning so‘zi ko‘paysa, xatosi ko‘payadi; 
kimning moli ko‘paysa, gunohi ko‘payadi; kimki xulqini yomon qilsa, o‘ziga azob 
beradi». 
 
Sufyon Savriydan rivoyat qilindi. Aytdi: «Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan 
otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa gohida xato 
ketadi». 
 
278. Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tong 
otsa, odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan: «Ey til, Allohga qasam ichib sendan 
yolvorib so‘raymiz, to‘g‘ri bo‘l. Chunki, sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz to‘g‘ri bo‘lamiz, agar 
qiyshaysang, biz ham qiyshayamiz». 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Abu Zarr G‘iforiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishi Ka’ba oldiga kelib: 
«Ogoh bo‘linglar! Kim meni bilsa, bilibdi. Kim bilmasa, bilsin. Men Jundub ibn Janodah 
G‘iforiy Abu Zarrman. Sizlarga nasihat qilguvchi, mehribon birodaringiz oldiga kelinglar», 
dedi. Odamlar u kishining oldiga to‘plandilar. Shunda u kishi: «Ey odamlar, kimki 
sizlardan dunyo safarini xohlasa, unga kerakli narsalar bilan chiqadi. Inson oxirat 
safarini xohlasa-yu, qanday qilib narsasiz chiqsin?» dedi. 
Odamlar: «Ey Abu Zarr, bizning zodimiz (yo‘lda kerakli narsalar va oziq-ovqat) 
nimadir?» deyishdi. 
 
Abu Zarr aytdi: «Qorong‘u kechada qabr azobining qo‘rqinchi uchun ikki rak’at namoz 
o‘qish, qattiq issiqda tirilish kuni uchun ro‘za tutish, miskinlarga sadaqa berishlikki, 
shoyad, sizlar qiyin kunning azobidan najot topsalaringiz. Haj esa ishlarning ulug‘idir. 
 
Dunyoni ikki o‘rin qilinglar. Bir o‘rin – dunyo talabidagi o‘rin, ikkinchi o‘rin – oxiratning 
talabidagi o‘rin. Uchinchisi zarar beradi, foyda bermaydi. 
 
So‘zni ikki kalima qilinglar. Bir kalima dunyo ishlaringizda foyda beradigan, qolgan 
kalima oxirat ishlaringizda yordam beradiganidir. Uchinchisi zarar beradi, foyda 
bermaydi. 
 
Molni ikki dirham qilinglar. Bir dirhamini oilangizga infoq qiling va bir dirhami o‘zingizga 
(ya’ni infoq qilib, oxiratingizga sarflang). Uchinchisi zarar qiladi, yordam bermaydi». 
 
Keyin: «O, oh-h!» deb chuqur xo‘rsindi. «Men topmagan kunning g‘ami meni o‘ldirdi». 
Aytishdiki: «U nimadir?» «Mening orzularim ajalimdan ortib ketdi». 
 
Iso ibn Maryamdan (alayhissalotu vassalom) zikr qilindi: «Allohning zikridan boshqa 
o‘rinda ko‘p so‘zni ko‘paytirmanglar. Qalbingizni qattiq qiladi. Toshbag‘ir yurak Allohdan 
uzoq bo‘ladi va lekin bilmaysizlar». Yana u kishidan: «Arboblarga o‘xshab, odamlarning 
gunohiga qaramangizlar, lekin bandaga o‘xshab o‘zlaringizning gunohlaringizga 
qarangizlar. Albatta, odamlar afv qilinganlar va balolanganlardir (baloga giriftor 
bo‘lganlardir). Allohga ofiyati uchun hamd aytinglar. Balolanganga rahm qilinglar» 
U zotning sahobalaridan ba’zilari aytishdi: «Agar qalbingda qattiqlikni va badaningda 
zaiflikni, rizqingda ozgina mahrumlikni ko‘rsang, bilginki sen keraksiz, ortiqcha gaplarni 
gapirgansan». 
 
____________ 
XXIV bob. Tilni saqlash bobi hadislari 
 
1. Abu Said Xudriy. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib...” Zaif*. Tabaroniy. “As-sag‘ir” (949) va Asbahoniy “At-targ‘ib” (1363). 
2. Atiya. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘minlar yumshoq va yengil bo‘ladilar...” Sahih*. Ahmad, “Az-zuhd” (463-bet) va Abu Na’im “Al-
xulya” (180/5), Ibn Muborak, “Az-zuhd” (38), Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (8128). 
3. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim qulini ursa...” Sahih*. Muslim (1657). 
4. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga iymon keltirsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6018/10) va Muslim (47). 
5. Anas ibn Molik. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa mo‘min kishida bo‘ladi...» Mavzu’*. Tabaroniy, «Al-kabir» (37/1), Hakim 
(3114), Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (4982). 
6. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kishida Islomning go‘zalligi...» Sahih*. Termiziy (2317), Ibn Moja (3976) va Ahmad (201/1). 
7. Hadis.  «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi...» Sahih*. Termiziy (2317) va «As-sahihat» (278).  
8. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Tiliga egalik qilgan...» Hasan*. Tabaroniy «Al-avsat va as-sag‘ir» (212). 
9. Abu Zarr G‘iforiy. «Otam Abu Zarr G‘iforiyga isnodi boradigan hadisni aytdilar...» Zaif*. Ibn Hibbon (94), Abu Na’im, «Al-xulya» (166/1). 
10. Ali ibn Abu Tolib. «Payg‘ambardan (s.a.v.) dan eshitdim...» Isnodi zaif*.  
11. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) Maoz ibn Jabalni Yamanga jo‘natganda...» Sahih*. Ahmad (237,231/5) va Termiziy (2661), Ibn Moja (3973). 
12. Abu Said Xudriy. «Tong otsa odamning hamma a’zolari tilga aytishar ekan...» Hasan*. Ahmad (96/3), Termiziy (2407) va Bayhaqiy, 
«Ash-shu’ab» (4945).
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
XXV BOB. HIRS VA UZUN ORZU 
 
Abu Dardo (roziyallohu anhu) aytadi: «Nimagadir olimlaringizning ketyaptiyu, 
johillaringiz ta’lim olmayaptilar. Ilm ko‘kka burilib ketmasdan oldin ilmni egallab olinglar. 
Sizlarga ishonib topshirilgan narsani zoe’ qilyapsizlar. Men sizlarning yomonlaringizning 
otlarini, hamma a’zolarini bilib, zo‘r davolaydigan tabibdan yaxshi bilaman. Ular zakot 
ado qilishmaydi. Magar qarzning evaziga ado qilishadi. Namozlarini oxirgi vaqtdagina 
o‘qiydilar va Qur’onning odobidan tashqari eshitadilar va qo‘llarini ozod qilmaydilar». 
 
Faqih aytdi: Hirs ikki ko‘rinishida bo‘ladi: yomon hirs, yomon bo‘lmagan hirs. Uni 
tashlashlik afzaldir. Yomon hirs: U Alloh taolo buyurgan ishlardan boshqasi bilan 
shug‘ullanib qol-mog‘idir. Molni ko‘paytirish yoki ko‘paygan molidan faxrlanish uchun 
yig‘adi. Yomon bo‘lmagan hirs: Alloh taoloning buyruq-laridan lozimlarini tark 
etmasligidir: molni yig‘ishni u bilan faxrlanishni xohlaydi. Bu yomon bo‘lmagan hirsdir. 
Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ba’zilari dunyoni (molni) yig‘ar, jam 
qilardilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ularga munkir bo‘lmadi. Agar ular tark qilsa, afzaldir. 
Chunki uni tark qilishi afzal ekanligi ravshan bo‘ldi. 
 
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, bu xabarda ravshan qildiki, hirs qilishlik yomon, 
vaqtiki Allohning amrlari zoe’ bo‘lsa. Chunki aytdi: «Alloh sizlarga taklif qilmagan 
narsalarga hirs qilasizlar. Ya’ni rizqlaringizda, uni talab qilishda hirs qilasizlar va sizlarga 
ishonib yuklatilgan narsani zoe’ qilasizlar, ya’ni toat ishini». 
 
«Qullarni ozod qilmaydilar», degan so‘zning ma’nosi: qullarni ishlatgan kabi hurlarni 
ham ishlatadilar, dunyoga hirs qilib. 
 
Aytdilar: Hafsa onamiz otalari Umarga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Ey ota, Alloh 
taolo sizga yaxshilikni ko‘p qildi va rizqingizni keng qilib berdi, yaxshi ovqatlaringizdan 
yemaysizmi? Yumshoq, yaxshi kiyimlaringizni kiymaysizmi?» 
 
Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Yaqinda o‘zingga hukm chiqarasan». Keyin 
Payg‘ambarda nima bo‘lgan bo‘lsa, eslatdi. U yerda yana Hazrati Alining qullari va 
Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, xotinlari Ruqiya ham bor edi. bularni eshitgandan 
keyin ikkovlari ham yig‘lab yuborishdi. Keyin aytdi: «Mening ikki sohibimning yo‘llari shu 
edi. Agar men ikkovi yurgan yo‘ldan boshqasidan yursam, ikkovining yo‘lidan boshqa 
yo‘lga kirgan bo‘laman. Mening Allohga qasamimki, ulardek yashashga sabr qilaman. 
Shoyadki men ikkovlari bilan birga rohatlik hayotni topa olsam». 
 
Masruq aytdi: Oyisha onamizga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdim: «Ey onajon, 
Payg‘ambar (s.a.v.) uyga kirganlarida qaysi gapni ko‘p aytardilar?» Dedilar: «Uyga 
kirayotganda eng ko‘p aytadigan so‘zlari: «Agar odam farzandiga ikki vodiy to‘la tilla 
bo‘lsa ham, uchinchisini xohlaydi. Odam farzandining ichi tuproq bilangina to‘ladi. Alloh, 
kim tavba qilsa, tavbasini qabul qiladi va Alloh taolo bu dunyoni (molni) namozni ado 
qilishlik uchun va zakotni ado qilishlik uchun beradi». 
 
280. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardar (s.a.v.) rivoyat qildi: 
«Odam farzandida hamma narsa qariydi, lekin hirs va orzu-istak qarimaydi». 
 
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdilar: «Sizlardan men 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
qo‘rqadigan xavfliroq ikki narsa bor: uchun orzu va havoga ergashishlik. Uzun orzu 
oxiratni unuttiradi. Havoga ergashishlik haqdan to‘sadi». 
 
281. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men dunyoga mukkasidan ketganga, unga hirslik 
bo‘lganga va unga baxillik qilganga boyilmas faqirlik, bo‘shalmas mehnat va g‘am 
tushishiga kafilman». 
 
Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: U kishi Xums ahliga boshliq 
bo‘lgan edi. Aytdi: «Saxiylik qilmaysizlarmi? O‘zlaringiz o‘tirmaysizlar-u, uy qurasizlar. 
Topmagan narsalaringizni orzu qilasizlar. Sizlardan oldingilar uylar qurishgandi, ko‘p mol 
jamlagandilar, uzun orzu qilardilar. Ularning maskanlari qabrlarga aylandi. Orzulari 
o‘ylaganlaridek bo‘lib chiqmadi va yiqqanlarining hammasi halok bo‘ldi». 
 
Ali ibn Abu Tolib Umar ibn Xattobga, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Agar birodaringizga 
uchramoqni xohlasangiz, kuylagingizni yamoqli qiling, etigingizni tikib kiying. Orzularni 
kamaytiring va to‘ymasdan ovqat yeng». 
 
Abu Usmon Hindiy aytadi: «Umarning, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘n ikki yamoq 
ko‘ylagida, xutba o‘qiyotgan-larini ko‘rdim». 
 
Ali ibn Abu Tolib bozorga kirdi. U kishi qo‘pol kiyinib olgan edi. Aytishdiki: «Ey 
mo‘minlarning amiri! Bundan yumshoqroq kiyim kiysangiz-chi?» Aytadi: «Bu yurak 
uchun tavozu’lidir va solihlarning shioriga o‘xshaydi. Mo‘minlar uchun iqtido qilmog‘i 
yaxshiroqdir». 
 
Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Men odamlarni hayvonlarning tabibidan ham ko‘ra yaxshi 
bilguvchiman. Ammo ularning yaxshisi zohidlardir. Ammo ularning yomonlari dunyodan 
kifoya qiladigandan ham ko‘p olgan kimsalardir». 
 
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Xatolarning onalari uch narsadir: hasad, hirs va kibr. 
Kibrning asli iblisdandir. U takabburlik qilgan vaqtda sajda qilmoqdan bosh tortdi. 
So‘ngra la’natlandi. Ammo hirs Odam alayhissalomdan edi. Unga aytilgan edi: 
«Jannatning hammasi senga ijozatdir, faqat bu daraxtga yaqinlashma». Uni hirs ko‘tarib, 
daraxt mevasidan yemoqlikka undadi va jannatdan haydatdi. Hasadning asli Odamning 
o‘g‘li Qobildan edi. Ukasini o‘ldirgan vaqtda kofirga aylandi va uning joyi abadiy do‘zax 
bo‘ldi». 
 
Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi. 
Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga 
aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan 
xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi: 
«Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib, 
man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi 
amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga 
qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar 
qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt 
mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va 
pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men 
maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
qolmasdim». 
 
Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming 
hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan 
qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim. 
 
Bu to‘rttasi ushbulardir: 
Birinchisi, qalbingni xotiningga bog‘lama. Chunki u bugan seniki bo‘lsa, ertaga 
boshqaniki bo‘lishi mumkin. Agar unga itoat qilsang, do‘zaxga kirgizadi. 
Ikkinchisi, qalbangni molingga bog‘lama. Chunki mol yalang‘ochdir. Bugun seniki bo‘lsa, 
ertaga boshqanikidir. Agar molga qalbing bilan bog‘lansang, Allohning haqqidan man’ 
qilib qo‘yadi. Va senga faqirlik qo‘rqinchi kiradi va shaytonga ishoat qilasan. 
Uchinchisi, qalbingda to‘planib qolgan narsalarni tashlagin. Chunki mo‘minning qalbi 
shohid o‘rnidir. Shubha oldida iztirob chekadi. Haromdan qochadi va halollik oldida 
turadi. 
To‘rtinchisi, javobini yechmaguncha, bir narsaga amal qilmagin». 
 
282. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar «Dunyoda go‘yoki g‘arib bo‘lgin yoki yo‘ldan o‘tuvchi 
(o‘tkinchi) bo‘lgin va o‘zingni ahli quburlardan sanagin». 
 
Mujohid aytdi: Abulloh ibn Umar menga dedi: «Agar tong ottirsang, nafsingga 
kechqurungacha yashayman demagin, agar kechasida bo‘lsang, nafsingga ertalabgacha 
yashayman demagin. Kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘ligingni g‘animat bilgin. Albatta, sen 
ertaga isming nima ekanligini bilmaysan (o‘limmi yo hayotmi)». 
 
Faqih aytadi: Kim orzularni kamaytirsa, qisqa qilsa, Alloh taolo to‘rt xil karomatlar bilan 
hurmat qiladi; 
Birinchisi, toatda kuchli qiladi. Chunki banda yaqinda o‘limini bilsa, unga yuzlanadigan 
noxush narsalarga ahamiyat bermaydi. Toatlarda ko‘p harakat qiladi va amallarni 
ko‘paytiradi. 
Ikkinchisi, g‘amlarini kamaytiradi, chunki yaqinda o‘li-shini bilsa, ro‘baro‘ kelgan 
karohiyatlarni o‘lim sanamaydi. 
Uchinchisi, ozi bilan rozi bo‘ladi. Chunki yaqinda o‘limini bilsa, ko‘p narsani talab 
qilmaydi. Uning g‘ami faqat oxirat g‘ami bo‘ladi. 
To‘rtinchisi, uning qalbini nurli qiladi. 
 
Aytildi: «Qalbing nuri to‘rt narsadir: 
Birinchisi, och qorin (ro‘za). Ikkinchisi, solih do‘st. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni eslash. 
To‘rtinchisi, qisqa orzu. Albatta, kimki orzuni ko‘p qilsa, to‘rt narsa bilan azoblanadi. 
Birinchisi, itoatlardan dangasa bo‘ladi. Ikkinchisi, dunyoda g‘amlari ko‘payadi. 
Uchinchisi, mol yig‘ishga haris bo‘ladi. To‘rtinchisi, qalbi qattiq bo‘ladi. 
 
Qalbning qattiq bo‘lishi to‘rt narsadan: Birinchisi, to‘lib qolgan qorin. Ikkinchisi, yomon 
do‘stning suhbati. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni unutish. To‘rtinchisi, uzun orzular». 
 
Musulmon kishi orzuni qisqa qilishi lozim bo‘ladi. chunki u qaysi nafasda va qaysi 
qadamda o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo aytdi: 
«Biron jon qaerda o‘lishini bila olmas» (Luqmon, 34). Ba’zi tafsirchilar «Qaysi 
qadamda o‘lishini» deb tafsir qilganlar. Boshqa oyatda: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
«(Ey Muhammad!) Hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham 
o‘lguvchidirlar» (Zumar, 30). Va boshqa oyatda: «Bas, ularning ajallari yetib 
kelganida esa uni biror soat ketga ham sura olmaydilar, (uni) muqaddam ham qila 
olmaydilar» (Nahl, 60). 
 
Musulmon uchun o‘limning zikrini ko‘paytirmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki mo‘min olti 
xislatga ega bo‘lishi kerak: 
1. Ilm – uni oxiratga yetkazadi. 
2. Do‘st – unga Alloh taolo toatlariga yordam beradi va gunoh ishlardan qaytaradi. 
3. Dushmanni bilish va undan hazar qilish. 
4. Ibrat – u bilan Allohning mo‘’jizalariga (oyatlariga) e’tibor beradi. Kecha va 
kunduzning almashib turishi kabi. 
5. Xaloyiqqa insof qiladi – qiyomatda xusumatchilari ko‘paymasligi uchun. 
6. O‘limga yetmasdan avval o‘lim uchun tayyorgarlik ko‘radi – qiyomat kuni sharmanda 
bo‘lmasligi uchun. 
 
283. Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalariga: «Hammalaringiz jannatga kirishni 
xohlaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ha! Sizni Alloh taolo bizga fido qildi, ey Allohning 
rasuli!» dedilar. 
Aytdilar: «Orzularni katta qilmanglar, Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo qilingizlar». 
Sahobalar aytdilar: «Ey Allohning rasuli, hammamiz Allohdan uyalamiz!» 
Aytdilar: «U hayo emas, lekin Allohdan hayo qilish: qabrlarni va chirimoqni 
eslamoqlaringiz, qorin va uni o‘rab turgan narsalarni, bosh va uni o‘rab turgan narsalarni 
saqlamoqligingizdir». 
 
Kim oxirat hurmatini xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Bu yerda banda Alloh taolodan 
haqiqiy hayo qiladi. Bu bilan Allohning do‘stiga aylanadi. 
 
284. Muvarriq Ajliy aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu oyatni o‘qidilar: 
«(Ey insonlar!) Sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga 
kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Alloh taologa toat-
ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!» (Takosur, 1–2). So‘ng aytdilar: «Odam farzandi 
molim, molim, deydi. O‘zingda bor molingni yeding – yo‘q bo‘ldi yoki kiyding – chiridi 
yoki sadaqa qilding – boqiy qoldi». 
 
Hasan Basriy aytdi (Alloh rahmat qilsin): «Tavrotda beshta so‘z yozilgan: boylik – 
qanoatda, salomatlik – uzlatda, hurlik – shahvatlardan bosh tortishda, muhabbat – 
rag‘batni tark qilishda va ozgina kunda (dunyoda) uzun kunlarga sabr bilan 
foydalanishda». 
 
285. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oyisha, menga yetmoqni xohlasang, dunyodan 
yo‘lovchi ozuqasidek ozuqa bilan kifoyalan. Boylar bilan o‘tirishlikdan saqlan. Kiyim 
yirtilmasdan oldin uni almashtirma». 
 
286. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni ofiyat 
va kifoya qiladigan rizq bilan rizqlantirgin. Meni kim yomon ko‘rsa, molini va 
farzandlarini ko‘paytirgin». 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling