Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


Muhammad) siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari 
sabr qilganidek sabr qiling» (Ahqof, 35). Ya’ni, kofirlarning yolg‘onga chiqarganlariga 
va aziyatlariga kofirlar bilan urushga buyurilgan payg‘ambarlarning sabr qilishidek sabr 
qiling. Sabot-matonat kishilari ishlarida sobit bo‘ldilar va keladigan aziyatlarga sabr 
qildilar. 
 
Hasan aytdi: Allohning kalomida keladi: 
«Johil kimsalar (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham, «Omon bo‘linglar», deb 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
javob qilganlar» (Furqon, 63), ya’ni ularga johillik qilsalar ham yumshoq holda 
aytdilar». 
 
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir 
obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni 
obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton 
shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir 
bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi. Tosh unga yetayotgan 
vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va 
yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa 
qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi, 
hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini 
ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga 
mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin, 
shayton uning oldiga kelib: «Men senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa 
qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni 
xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah, 
qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga: 
«Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men 
ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini 
ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga 
ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va 
mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini 
kamaytiramiz. Keyin uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi. 
Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz. 
Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada 
ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz. 
Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek». 
 
Shayton g‘azab qiladigan kishining xabarini berdi: u shayton qo‘lida bolalarning qo‘lidagi 
to‘p kabi bo‘lishini bildik. G‘azab qiladigan kishi shaytonga asir bo‘lmasligi va amalini 
yo‘qotmasligi uchun sabr qilmog‘i lozim bo‘ladi. 
 
Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo 
o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, 
men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini 
so‘ragin», dedi. 
 
Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, 
Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening 
yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh 
aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra-
yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga 
buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman». 
 
Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli 
sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda 
qilamanmi?» 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda 
Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan
bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi, 
g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon 
yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda, 
meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va 
unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab 
qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki 
men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman» 
 
Luqmon Hakimdan zikr qilindi. Qg‘liga aytdi: «Yo o‘g‘ilginam! Uch narsa uch narsa bilan 
birgalikda bilinadi: yumshoqlik – g‘azab kelganda, shijoatlilik – urushga kirganda, 
birodarlik – xojat tushganda». 
 
Zikr qilindi: Tobe’inlardan bittalari bir kishining yuziga u kishini maqtabdilar. Haligi kishi: 
«Ey Allohning bandasi! Nima uchun meni maqtading? G‘azabim kelganda, meni sinab 
ko‘rib, yumshoqligimni topdingmi?» dedi. 
Javob qildi: «Yo‘q». 
Yana so‘radi: «Safar qilganingda, meni sinab ko‘rib, yaxshi xulqlik holatda topdingmi?» 
Javob qildi: «Yo‘q!» 
So‘radi: «Omonat berganda, meni sinab ko‘rib, omonatiga sodiq deb topdingmi?» 
Javob qildi: «Yo‘q!» 
Keyin: «Sening holingga voy bo‘lsin. Birov birovni mana shu uch xislat bilan sinab 
ko‘rmaguncha, maqtamasin», dedi. 
 
Aytadilar: «Uch narsa jannat ahlining xulqlaridandir. Ular karim kishilardagina topiladi: 
senga zulm qilgan kishini afv qilmoq; seni biror narsadan mahrum qilgan kishiga bermoq 
va senga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilmoq». 
 
Alloh taolo aytdi: «(Ey Muhammad!) Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va 
johillardan yuz o‘giring» (A’rof, 199). 
 
260. Rivoyat qilindi: Ushbu oyat tushganda Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: «Ey Jabroil, bu oyatning tafsiri nimadir?» 
 
Jabroil aytdi: «Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga uzilgan kishingiz bilan 
bog‘lanishingizni, sizni bir narsalardan mahrum qilgan kishiga biror narsa 
bermoqligingizni va sizga zulm qilganni afv qilmog‘ingizni buyurdi», dedi. 
 
261. Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida Payg‘ambar 
(s.a.v.) o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) ham, Abu Bakr ham jim o‘tirib edilar, haligi 
odam Abu Bakrni so‘kishdan to‘xtagandan keyin, Abu Bakr unga gapirib qoldi. Shunda 
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘rinlaridan turib ketdilar. Abu Bakr Siddiq u kishini topib: «Ey 
Allohning elchisi, meni so‘kkanda o‘tirgan edingiz, men gapirganimda nima uchun turib 
ketdingiz?» deb so‘radi. 
 
Payg‘ambar (s.a.v.) javob qildilarki: «U sizni so‘kayotganda, farishta unga javob 
qaytarib turgan edi. Ana shu holatda o‘tirgan edim, keyin siz unga gapirdingiz, farishta 
ketdi, farishtaning o‘rniga shayton o‘tirdi. Men shayton o‘tirgan joyda o‘tirishni o‘zimga 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
yomon deb bilib, u yerdan ketdim», dedilar. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Uch 
narsa Alloh taoloning haqqidandir: birovdan zulm ko‘rib, mazlum bo‘lgan kishi zulm 
qilgan kishini Alloh roziligi uchun kechirsa, Alloh taolo o‘sha kechirganligi uchun unga 
izzatni ziyoda qilib qo‘yadi. Banda ko‘p mol bo‘lishini xohlab, so‘rashlik eshigini ochsa, 
Alloh taolo unga kamchilikni ziyoda qilib qo‘yadi. Bir banda Alloh taolo roziligini istab, 
birovga biron narsa bersa, bergan narsasi uchun unga ko‘plikni ziyoda qilib qo‘yadi». 
 
262. Ibn Abbosdan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: «Har bir narsaning sharafi bordir. Masjidlar sharafi qibla tomonga 
qarab o‘tirmoqlikdir. O‘tirganda ham tinchlik bilan o‘tirmoqlikdir. Tahoratsiz va 
uxlayotgan kishining orqasidan namoz o‘qimangizlar. Namozdagi vaqtingizda ham 
chayon bilan ilonni o‘ldiringizlar. Devorni kiyimlar bilan bekitmangizlar. Kim bi-rodarining 
xatiga ruxsatsiz qarasa, do‘zaxga qaragan kabidir. Kim odamlarning kuchlirog‘i bo‘lishni 
yaxshi ko‘rsa, Allohga tavakkul qilsin. Kim odamlarning hurmatlirog‘i bo‘lishni yaxshi 
ko‘rsa, Alloh taologa taqvo qilsin. Kim odamlarning boyrog‘i bo‘lishni yaxshi ko‘rsa, 
Allohning qo‘lidagi narsani o‘zining qo‘lidagi narsadan ishonchliroq bilsin». 
 
Keyin aytdilar: «Yomonlaringizning xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha, ey Allohning 
rasuli», dedilar. Aytdilar: «Kim o‘zi yolg‘iz ovqatlansa, yordamini man’ qilsa, qulini 
kaltaklasa, o‘sha odam yomonlaringizdir». 
Keyin: «Bundan ham yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. «Ha, ey Allohning 
elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Insonlarga g‘azab qiladigan va insonlar unga g‘azab 
qiladigan kishidir». 
Keyin: «Bundan yomonining xabarini berayinmi?» dedilar. 
«Ha, Rasululloh», deyishdi. 
Aytdilar: «Hojatmandga yordam bermaydigan, uzrni qabul qilmaydigan, gunohni 
kechirmaydigan kishilardir». 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Bundan ham yomonrog‘ining xabarini berayinmi?» 
Sahobalar: «Ha!» deyishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Yaxshiligidan umid qilinmaydigan va yomonligidan omon 
bo‘linmaydigan kishilardir». Yana dediki: «Iso alayhissalom Bani Isroil oldilarida turdilar. 
Va dedilarki: «Ey Bani Isroil! Johillar oldida hikmat bilan gapirmanglar, hikmatga zulm 
qilib qo‘yasizlar, hikmatni hikmat ahlidan man’ qilmangizlar. Ularga zulm qilib 
qo‘yasizlar. Rabbilaringiz oldida fazilatlaringizni botil qiladi. Ey Bani Isroil! Ishlar uch 
xildir: birinchisi, uning to‘g‘ri yo‘l ekanligi ravshan bo‘lgan ishdir, unga ergashinglar, 
ikkinchisi, xatosi zohir bo‘lgan ish, undan qochinglar, uchinchisi, bir ishki, unda ixtilof 
qilinsa, uni Allohga va Payg‘ambariga qaytaringlar». 
 
Ba’zilari aytdilar: «Zuhd dunyoda to‘rt xildir: 
1. Dunyo va oxirat ishida Alloh va’da qilgan narsaga ishonish. 
2. Xalqning maqtovi va yomonlamog‘i uning nazdida bir xil bo‘lmog‘i. 
3. Amalida ixlos qilmog‘i. 
4. Unga zulm qilgan kishidan gunohini o‘tib yuborishi, qo‘l ostida ishlaydiganga g‘azab 
qilmasligi, yumshoq va sabrli bo‘lmog‘i». 
 
Abu Dardodan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Bir kishi u kishining oldilariga 
kelib, menga kalimalardan o‘rgatginki, Alloh taolo shulardan foyda bersin», dedi. Abu 
Dardo: «Men senga Alloh taoloning ulug‘ darajadagi savobiga yetadigan kalimalarni 
tavsiya qilaman. Nima yesang, toza, halolidan yegin, Alloh taolodan rizqingni kunma-

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
kun so‘ragin. O‘zingni o‘lganlardan hisoblagin. Hurmatingni Alloh uchun ber, senga 
aziyat bersa yoki so‘ksa, aytgin: «Hurmatimni Alloh uchun berdim» va agar sen 
yomonlik qilsang, Allohdan istig‘for so‘ragin», dedi. 
 
263. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) 
tishlarini sindirishdi. Bu ish sahobalarga qattiq tegib: «Ey Allohning rasuli! Ularni 
duoibad qiling. Ular bizning ko‘z o‘ngimizda sizga zarar qildilar-ku!» deyishdi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men la’nat qilish uchun yuborilmadim, balki duo qiluvchi 
va rahmat qiluvchi qilib yuborildim. Ey Parvardigorim! Qavmimni hidoyat qilgin. Ular 
bilishmaydi». 
 
264. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa, Alloh 
taolo qiyomat kunida uning musibatiga kushoyish beradi. Kim g‘azabini to‘ssa, Alloh 
taolo qiyomat kuni unga qiladigan g‘azabidan najot beradi». 
 
265. Mujohiddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni 
tosh ko‘tarib, qaysi birlari kuchliroq ekaniligini namoyish qilayotgan qavmning oldidan 
o‘tdilar. Rasululloh (s.a.v.) so‘radilar: «Bu nima?» Ular: «Katta tosh», deyishdi. 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Sizlardan undan kuchliroq nima ekanligini aytayinmi?» 
Ular: «Ha! Ey Allohning elchisi», deyishdi. Aytdilar: «Bir kishi bir og‘aynisi bilan 
dushmanligi bo‘lsa, unga hamroh bo‘lgan shaytonni yengib, u birodariga gapirsa, o‘sha 
kishi eng kuchli odamdir», dedilar. 
 
Boshqa rivoyatda: «Tosh ko‘tarib musobaqalashayotgan qavm-ning oldidan o‘tdilar va 
ularga aytdilar: «Sizlar o‘zlaringizni tosh ko‘tarish bilan kuchlimiz deb bilasizlarmi? Men 
sizlarga undan ham kuchlirog‘ining xabarini berayinmi?» Sahobalar: «Ha!» deyishdi. 
Aytdilar: «Unday kishi g‘azabini yutib, keyin sabr qiluvchi kishidir». 
 
Yahyo ibn Maozdan zikr qilindi: «Kimki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilsa, 
Muhammadni (s.a.v.) Payg‘ambarlar ichida xafa qiladi va shaytoni la’inni kofirlar va 
shaytonlar ichida xursand qiladi. Kim zulm qilgan kishini kechirsa, iblis la’inni kofirlar va 
shaytonlar ichida xafa qiladi, hamda Muhammadni (s.a.v.) payg‘am-barlar ichida 
xursand qiladi». 
 
266. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kunida nido qilguvchi nido qiladi: 
«Savoblari Alloh taolo ustida bo‘lgan kishilar qaerdalar?» Odamlarning ichida kechirib 
yuboruvchilar turadilar va ular jannatga kirgaydirlar». 
 
Ahnaf ibn Qaysdan so‘raldi: «Insoniylik nimadir?» deb. Aytdi: «Mansab, davlat 
berilganda tavozu’li bo‘lishlik, qudratli vaqtida kechirishlik va minnatsiz berishlikdir». 
 
267. Atiyadan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mo‘minlar yumshoq va 
muloyim bo‘ladilar. Xuddi majbur qilinmasdan yoki urilmasdan yurib turgan tuya kabiki, 
yetaklansa, ergashadi yoki toshning ustiga cho‘ktirilsa, cho‘kadi». 
 
Faqih aytadi: Sizlarga g‘azab qilganda, sabr qilishlik lozim bo‘ladi. G‘azab kelganda 
shoshilmangizlar, shoshilishdan saqlaningizlar. Shoshqaloqlikda ham, sabrda ham uch 
narsa bordir. 
Shoshqaloqlikdagi uch narsa: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
1. Ichida pushaymon bo‘ladi. 
2. Odamlar oldida malomat qilinadi. 
3. Alloh oldida jazolanadi. 
Sabrdagi uch narsa: 
1. Ichida xursand bo‘lishlik. 
2. Odamlar oldida maqtanishlik. 
3. Allohdan savob olishlik. 
 
Albatta, yumshoqlik avvalida achchiq, oxirida shirin bo‘ladi. Aytilganidek: 
«Yumshoqlikning mazasi boshida achchiq, oxirida asaldan shirin bo‘ladi». 
 
___________ 
XXIII bob. G‘azabni yengmoq bobi hadislari 
 
1. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir...” Zaif*. Abdurazzoq (20720) va Ahmad (61-19/3). 
2. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “G‘azabdan saqlaningiz...” Zaif*. Oldingi hadisga qarang. 
3. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib...” Hasan*. Abu Dovud (4777) va Ibn Moja (4816). 
4. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Kimda uch xislat bo‘lmasa...” Zaif, marfu’*. Ibn Abu Dunyo, “Al-hilm”da, Bayhaqiy “Ash-
shu’ab”da (7423) Hasandan rivoyat qilib, “mursal” deyishgan. 
5. Hadis. “Jabroil alayhissalomga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Jabroil! Bu oyatning tafsiri nimadir?” Mursal*. Ibn Jarir (10569) va Ibn 
Kasir tafsiri (266/2) ga qarang. 
6. Abu Hurayra. “Bir kishi Abu Bakr Siddiqni so‘kayotganida...” Hasan*. Ahmad (436/2) va Abu Dovud (4897) va “As-sahihat” (2376, 2231) 
ga qarang. 
7. Ibn Abbos. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Har bir narsaning sharafi bordir...” Mavzu*. Hokim (270,269/4). 
8. Hadis. “Uhud jangida Payg‘ambarning (s.a.v.) tishlarini sindirishdi...” Sahih*. Muslim (2599/4). 
9. Hadis. “Rasululloh aytdilar: “Kim musulmonlarni yomonlashdan tilini tiysa...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo (21) Ibn Umardan. 
10. Mujohid. “Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni to ko‘tarib...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6114/4) Muslim (2609/4) Abu Hurayradan. 
11. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilishdi: “Qiyomat kunida nido qiluvchi nido qiladi...” Zaif*. Uqayliy, “Az-zuafo” (1498) va 
Tabaroniy, “Al-avsat”.
 
 
 
XXIV BOB. TILNI SAQLASH 
 
268. Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey 
Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga 
taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. 
Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning 
zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi-
likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan». 
 
Faqih aytadi: Payg‘ambarning (s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin», degan so‘zlarining 
ma’nosi Alloh qaytargan ishlardan qaytish uchun Alloh buyurganlariga amal qilishdir. 
Agar taqvo qilsa, barcha yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi «tilingni saqlagin», deganlarining 
ma’nosi faqat yaxshiliklardan gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki jim yurgin, salomat 
bo‘lasan. Chunki salomatlik sukutdadir. Bilgin, inson shaytondan jim turishlik bilan 
g‘alaba qiladi. Musulmon shaytondan xoli qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning avratini 
berkitishi uchun tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi. 
 
269. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim 
qulini ursa, kafforati uni ozod qilishlikdir. Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh uning uyat 
ishlarini berkitadi, kim g‘azabini yutsa, Alloh uni azobdan saqlaydi. Kim Allohdan uzr 
so‘rasa, uning uzrini qabul qiladi». 
 
270. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim 
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va mehmonini hurmat qilsin, 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
yaxshilikni gapirsin va jim tursin». 
 
Faqih aytadi: Muhammad ibn Savqa Zohid dedi: «Sizlarga bir hadislarni aytayin, 
shoyadki, sizlarga ham foyda bersa, menga foyda berdi. Menga Ato ibn Abu Raboh 
aytdi: «Ey amakimning o‘g‘li, sizlardan oldingilar ortiqcha so‘zni yomon ko‘rardilar. Ular 
Allohning kitobi amri ma’ruf va nahiy munkar va hayotda yashash uchun kerak 
bo‘ladigan zarur so‘zlardan boshqa so‘zlarning hammasini ortiqcha deb hisoblar edilar». 
 
Keyin aytdi: 
«Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi? «Holbuki, shak-shubhasiz, 
sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ 
(farishta)lar bordir» (Infitor, 10–11). Va yana: 
«Zotan, o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi 
farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) 
qabul qilib, yozib tururlar. U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) 
uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» 
(Qof, 17–18). Birontangiz kunning boshida yozilgan sahifasi ochilganda, undagi ko‘p 
amallari din va dunyo ishlaridan bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?» 
 
271. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa faqat 
taajjub bilan bo‘ladi. Sukut qilishlik, u ibodatning avvalidir. Tavozu’, Allohni zikr qilish va 
faqirligi ozgina bo‘lishi». 
 
Bu lafz Iso alayhissalomdan ham zikr qilingan. 
 
272. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: «Kishi musulmonligining go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark qilishligidir». 
 
Luqmoni Hakimdan so‘raldiki: «Biz sizda ko‘rib turgan narsaga qanday yetdingiz?» deb. 
Aytdi: «Gapning to‘g‘riligi, omonatni ado etishlik va keraksiz so‘zlarni tark qilishlik 
bilan». 
 
Abu Bakr ibn Iyyoshdan rivoyat qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning har biri bittadan 
kalima gapirishdi. Ular go‘yoki bir kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan 
so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi 
aytdi: «Gapirmagan gapimga men ega, gapirgan gapim esa, menga ega». Rum 
podshohi dedi: «Men gapirmagan gapni rad qilishga gapirganimni rad qilishdan ko‘ra 
qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, bir kishi bir kalimani gapirsa, u kalima 
og‘izdan chiqib, unga zarar beradi. Agar chiqmasa ham unga zarar bermasdi». 
 
Rabi’ ibn Xusaymdan rivoyat qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz va qalamni olardi, hech 
narsa gapirmasdan faqat yozardi va yodlardi. Keyin kech bo‘lganda o‘zi bilan 
hisoblashardi. 
    
Faqih aytadi: Bu ishlar zohidlarning amallaridan edi. Ular tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga 
yuklagan edilar va dunyoda o‘zlari bilan hisoblashardilar. Shuningdek, musulmon uchun 
oxiratda hisoblashmasdan oldin, bu dunyoda o‘zi bilan hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi. 
Chunki dunyo hisobi oxirat hisobidan yengildir. Tilni saqlashlik oxiratdagi 
pushaymonlikdan dunyoda yengilroqdir. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
 
Ibrohim Taymiydan rivoyat qilindi: «Menga bir kishi gapirib qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym 
bilan yigirma yil birga bo‘lib, undan biron yomon gap eshitmagan ekan». 
 
Muso ibn Said aytadi: Husayn ibn Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi bo‘lsin, musibat yetib, u 
kishi o‘ldirildi, shunda Rabi’ning sahobalaridan biri: «Agar Rabi’ gapirsa, bugun 
gapiradi», dedi. Eshigining oldiga keldi va Xusaynning o‘ldirilgani xabarini u kishiga 
yetkazdi. U kishi shunda osmonga qarab, bu oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim, (ey) 
osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin 
va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida 
ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana 
shundan boshqa hech narsa demadi. 
 
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi: 
1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga 
yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi». 
2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo 
va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi. 
3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin 
bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir. 
4. Har kimning oldida sirini ochaverish. 
5. Har insonga ishonaverish. 
6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda 
bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman 
shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir. 
 
Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri 
bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir 
qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va 
qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi». 
 
Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni 
ko‘paytirib, amalni kamaytiradi». 
 
273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til 
bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish». 
 
Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan 
ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi». 
 
Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, 
omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik 
qilmasa, pushaymon yeydi». 
 
274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga 
chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi». 
 
Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar 
gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling