Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar


Download 21.77 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi21.77 Kb.
#1452158
Bog'liq
1 - mavzu boyicha amaliy mashg`ulotlar


  1. mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar

Biznes va Siz! O‘z qobiliyat va salohiyatingizni sinab ko‘ring, taklif etilgan ikkita (A,B) variantlardan o‘zingizga ma’qulini tanlang.


1. A) Men xatolardan saqlana olaman.
B) Men o‘z do‘stlarim bilan uchrashishni yaxshi ko‘raman.
2. A) Mening xodimlarim menga do‘st bo‘lib qoladilar, biz teng
muloqotda bo‘lamiz.
B) Agar menga yaxshi ish taklif qilishsa, hozirgi ishimdan zudlik
bilan voz kechaman.
3. A) Ish qanchalik yaxshi bo‘lishiga qaramay, agar uning sinishi va
obro‘yimni yo‘qotishimning ehtimoli bo‘lsa, u bilan
shug‘ullanmayman.
B) Odamlarga yaxshilik qilishni sevaman. Buni men doimo o‘zimning
oddiy ishim bilan birgalikda olib boraman.
4. A) Muammolarni ularning yuzaga kelishiga qarab hal qilish kerak.
B) Agar mening yangi ishda omadim chopmasa, eski ishimga qaydaman.
5. A) G‘oyalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgachgina, ularni
amalga oshirishga kirishaman.
B) Men hozirgiga qaraganda yaxshiroq ishlashim mumkin.
6. A) Ishga kirishishdan avval, bu mening obro‘-e’tiborimga zarar
yetmasligiga ishonch hosil kilishim zarur.
B) Men qimmatbaho buyumlarni sotib olishni hohlayman.
7. A) Men katta va shinam uy sotib olishni hohlayman.
B) Men o‘z xatolarim orqali o‘rganaman
8. A) Eng asosiysi ish.
B) Ko‘p sonli do‘stlarimning mening ishim haqidagi fikrlariga
suyanaman.
9. A) Biror –bir ishga kirishishdan avval uning oqibatlari haqida
o‘ylash kerak bo‘ladi.
B) Barcha ishlar mening ko‘rsatmalarim asosida amalga oshadi.
10. A) Mening asosiy maqsadim – pul, chunki u turli-tuman
qulayliklarga imkoniyat eshiklarini ochadi.
B) Do‘stlarimni tez-tez ko‘rib turish imkoni mavjud joyda
ishlashni sevaman.
11. A) Men xotirjamlikni sevaman, shuning uchun kunlarimni
g‘am va tashvishsiz o‘tkazishni istayman.
B) Muvaffaqiyatsizlik ro‘y berishi bilan uning sabablarini
aniqlashga intilaman.
12. A) Qaror qabul qilishda mutloq mustaqil bo‘lishni
istayman.
B) Mening maqsadim-o‘zimning baxtli kelajagim uchun yirik
miqdordagi pulni to‘plash.
13. A) Odamlar bilan munosabatda qiziqqonlik qilishni va
ularni xafa qilib qo‘yishni istamayman. Jamoa bilan
ishlashda, imkoni boricha, bosiqlik va shirinsuxonlik
bilan muomala qilishga harakat qilaman.
B) Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy
narsa – to‘plangan tajriba.
14. A) Men hatto muvaffaqiyatsizlikka uchrasam ham, ko‘p
narsani o‘rganaman.
B) Men go‘zal va shinam hayotga intilaman.
15. A) Har bir ishda rivojlanishga harakat qilish zarur.
B) Baxtim va xavfsizligim uchun barcha narsani qilishga
tayyorman.
16. A) Eng avvalo, yaqinlar hamda do‘stlar haqida qayg‘urish zarur.
B) Qiyin muammolarni hal qilish qiziqarli va jozibali.
17. A) O‘z pullarimning bankda ishonarli saqlanishini
hohlayman.
B) Qilayotgan ishimni bilaman va o‘zgalarning tanqididan
qo‘rqmayman.
18. A) Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasam odamlar ustimdan
kulishlari mumkin.
B)Men o‘z kuchimga ishonaman, biroq zarur bo‘lsa o‘zgalar
maslahatiga quloq tutaman.
19. A) O‘z g‘oyalarimni amalga oshirishdan avval barchasini ming
martda o‘ylab ko‘rish kerak.
B)Boshqalar meni omadsiz deb atamasliklari uchun,
ehtiyotkorlik bilan harakat qilaman.
20. A) Ishim ko‘p bo‘lsa, o‘zimni yaxshi his qilaman.
B) Menga yo‘qotishlar keltirishi mumkin bo‘lgan biror-bir
ishni hech qachon qilmayman.






ball






ball






ball

1

A

2

8

A

0

15

A

2

B

1

B

2

B

0

2

A

1

9

A

1

16

A

0

B

1

B

1

B

2

3

A

0

10

A

1

17

A

0

B

2

B

1

B

2

4

A

2

11

A

1

18

A

0

B

0

B

2

B

2

5

A

1

12

A

1

19

A

2

B

2

B

1

B

0

6

A

1

13

A

1

20

A

2

B

1

B

2

B




7

A

1

14

A

2

jami




B

2

B

0



Ballaringizni jamlang. Agar sizda 15 balldan kam ball yig‘ilgan bo‘lsa - sizda tadbirkorlik qobilyati yo‘q. Agar sizda 15 dan 25 ballgacha yig‘ilgan bo‘lsa - tadbirkorlikka loqaydsiz. Agar sizda 25 dan 32 ballgacha yig‘ilgan bo‘lsa - sizning tadbirkorlikka biroz layoqatingiz bor. Agar sizda 32 dan yuqori ball yig‘ilgan bo‘lsa - sizning tadbirkorlikka to‘la layoqatlisiz.
Download 21.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling