Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
bo‘lay, deb va’dasiga vafo qilmagan kishilar”. 
 
Hasan Basriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening 
gapingni boshqaga ham yetkazadi”. 
 
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilindi: “U kishining oldilariga bir kishi kirib, bir kishini 
zikr qildi, ya’ni u kishi haqida u-bu gaplarni gapirdi. Umar aytdi: “Agar xohlasang, 
ishingga qaraymiz. Agar yolg‘on bo‘lsa, sen mana bu oyat ahlidan bo‘lasan: 
“Ey mo‘minlar! Agar sizlarga bir fosiq kimsa biror xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy 
ahvolni)  bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan 
ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib 
kelgan xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar” (Hujurot, 6). 
 
Agar so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa, bu oyat ahlidan bo‘lasan: 
“Yana siz har bir tuban, qasamxo‘r, g‘iybatchiyu gap tashuvchi, yaxshilikni man 
qiluvchi, baxil-tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, 
benasab haromi kimsaga itoat etmang!” (Qalam, 10–12.) 
 
Agar xohlasang buni sendan kechiramiz. Haligi kishi: “Kechirishingizni xohlayman, ey 
amiral mo‘minin. Bundan keyin, bunday ishlarga hech ham qaytmayman!” dedi. 
 
Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilindi: “Zinodan bo‘lgan bola gapni yashirmaydi, 
qavmida yaxshi nasab egasi esa qo‘shniga ozor bermaydi”. 
 
Odamlarning gaplarini yashirmaydigan kishi chaqimchilik qilib yuruvchidir. U 
valadizinodir. Agar u valadizino bo‘lmaganda edi, albatta gaplarni yashirardi. Bu ma’no 
Allohning so‘zidan chiqarilgan: “G‘iybatchi-yu gap tashuvchi, yaxshilikni man 
qiluvchi – baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, 
benasib haromi kimsaga itoat qilmang!” (Qalam, 10-12.) 
 
Valid ibn Mug‘iyra keksayib qolgan bo‘lishiga qaramay, chaqimchilik bilan yurardi. 
“Yaxshiliklarni man’ qiluvchi” ya’ni yaxshilikdan odamlarni qaytaruvchi, “tajovuzkor, 
gunohga botgan, gunohkor fojir, bulardan tashqari benasab”, ya’ni bularning hammasi 
kimda bo‘lsa, u valadizinodir. Ba’zi tafsirchilar shunday tafsir qilishgan. 
 
Zikr qilindi: Hakimlardan birini do‘sti ziyorat qildi. Uning oldida ayrim birodarlari 
to‘g‘risida u-bu deb gapirib qo‘ydi. Hakim aytdi: “Ziyofatni bekor qilding. Bu bilan uchta 
jinoyat qilding, birinchi, birodarimni yomonlading; ikkinchi, bo‘sh qalbimni mashg‘ul 
etding; uchinchi, o‘zingni chaqimchiga chiqarding”. 
 
Ka’b-ul Ahbordan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Bani Isroil qabilasiga 
qahatchilik keldi. Muso alayhissalom qabila ahli bilan uch marta suv so‘rab chiqdilar. 
Ularga suv berilmadi. Shundan so‘ng Muso alayhissalom: “Ey Rabbim, bandalaring 
suvsizlik va ochlikdan Senga uch marta zorlanib, iltijo qilib, najot berishing-ni so‘radilar. 
Sen ularning iltimoslarini, duolarini ijobat qilmading!” dedilar. Alloh taolo unga dedi: “Ey 
Muso! Men sening va sen bilan bo‘lgan qavmlaringning duolarini ijobat qilmayman. 
Chunki sizlarning orangizda chaqimchi bor. U chaqimchilikni uzluksiz davom ettirib 
kelyapti”. Muso alayhissalom so‘radilar: “Kim u? Bizlar uni oramizdan chiqaraylik”. Alloh: 
“Ey Muso! Sizlarni chaqimchilikdan qaytarib, o‘zim chaqimchilik qilayinmi? 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Hammalaringiz tavba qilinglar!” dedi. Hammalari tavba qilishdi. Shundan so‘ng, Alloh 
ularga suv berdi”. 
 
Zikr qilindi: Amiral mo‘minin Sulaymon ibn Abdulmalik Zuhriy bilan o‘tirgandi. Bir kishi 
keldi. Sulaymon unga: “Menga yetdiki, sen mening ustimdan chaqimchilik qilibsan? U-bu 
gaplarni aytibsan”, dedi. Haligi kishi: “Bunday qilmadim, siz to‘g‘ringizda hech narsa 
aytmadim”, dedi. Sulaymon: “Menga xabar keltirgan kishi sodiq (to‘g‘riso‘z)dir”, dedi. 
Shunda Zuhriy (Alloh undan rozi bo‘lsin): “Chaqimchi to‘g‘riso‘z bo‘lmaydi”, dedi. 
Sulaymon: “To‘g‘ri aytding, sen tinchgina ketaver”, dedi. 
 
Hakimlarning birlari aytgan edi: “Kim sizga sizni falonchi so‘kdi”, deb xabar keltirsa, 
uning o‘zi so‘kuvchidir, sizni so‘kkan kishi emas”. 
 
Vahb ibn Munabbah, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Kim seni senda yo‘q narsalar bilan 
maqtasa, senda yo‘q narsalar bilan yomonlamoqdan omon bo‘lmaysan”. 
 
Faqih aytadi: “Sizning oldingizga bir kishi kelib, falonchi sizni bu unday, bu bunday, deb 
gapirdi”, deb ketib qolsa, sizga olti narsa vojib bo‘ladi. 
 
Birinchi, uni to‘g‘ri deya topmang. Chunki chaqimchining shahodati ahli islom nazdida 
rad qilingan. Alloh taolo aytadi: “Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron 
xabar keltirsa,  sizlar (haqiqiy ahvolni)  bilmagan holingizda biron qavmga 
musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib 
qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib 
ko‘ringlar”. Ya’ni agar fosiq sizlarga xabar keltirsa, bu ishga qaranglar, shoshilmanglar, 
qavmga johillik bilan musibat yetkazib qo‘ymanglar. 
 
Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki yomon ishdan qaytarishlik vojibdir. 
Alloh taolo aytadi: 
“(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi 
bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz” 
(Oli Imron, 110). 
 
Uchinchi, Alloh yo‘lida uni yomon ko‘ring, chunki osiyni yomon ko‘rish vojibdir. Zero, 
Alloh taolo osiyni yomon ko‘radi. 
 
To‘rtinchi, birodarlaringizga yomon gumonda bo‘lmang. Chunki musulmon kishiga 
yomon gumon qilishlik harom. 
“Albatta ayrim gumonlar gunohdir!” (Hujurot, 12). 
 
Beshinchi, birodar birodarga josuslik qilmaslik lozim. Chunki Alloh taolo josuslikdan 
qaytardi va o‘z kalomida “Josuslik qilmanglar” (Hujurot, 12), deb buyurdi. 
 
Oltinchi, chaqimchilikka rozi bo‘lmang va chaqimchilik qilmang. Chaqimchi sizga nima 
olib kelgan bo‘lsa, boshqa kishiga xabar bermang. 
 
_____________ 
XVIII bob. Chaqimchilik bobi hadislari 
 
1. Huzayfa. “Payg‘ambar (s.a.v.): “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar”, deganlarini eshitganman...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6056/10) 
va Muslim (105). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
2. Abu Hurayra. “Rasululloh shunday dedilar...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6057/10) va Muslim (2526/4). 
3. Ibn Abbos. “Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida ikki, yangi qabrning oldidan...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (216) va Muslim (292). 
4. Hasan. “Rasululloh aytdilar: “Odamlarning yomoni ikki yuzlamachidir”. Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6058/10) va Muslim (2526/4). 
5. Hadis. “Kim ikki yuzlamachi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4873) va Buxoriy “Al-adabul mufrad” va “As-sahihat” (892).
 
 
 
XIX BOB. HASAD HAQIDA 
 
218. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasandan rivoyat qiladi: 
Payg‘ambar (s.a.v.) bunday degan ekanlar: «Dushmanlik va hasad yaxshiliklarni yong‘in 
o‘tinni yegandek yeydi».    
 
219. Abdurahmon ibn Muoviya rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Uch 
narsadan hech kim najot topmaydi: gumondan, hasaddan, fol ochishdan». So‘rashdiki: 
«Yo Rasulalloh! Ularga nima najot beradi?» Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: «Agar 
hasad qilsang, dushmanlik qilmagin; gumon qilsang, haq deb bilmagin; yomon xayol 
kelsa, uni o‘tkazib yuborgin». 
 
«Agar hasad qilsang, dushmanlik qilmagin», degan so‘zning ma’nosi: «Agar qalbingda 
hasad bo‘lsa, uni zohir qilmagin, u haqda yomonlik bilan zikr qilmagin». Chunki Alloh 
taolo qalbingda bo‘lgan narsa bilan jazolamaydi, modomiki o‘shani tiling bilan 
aytmasang yoki shunga amal qilmasang. 
 
«Agar gumon qilsang, haq deb bilmagin», ya’ni bir musulmon haqida yomon gumonda 
bo‘lsang, uni ko‘zing bilan ko‘rmaguningcha haq deb topma. 
 
«Yomon xayol kelsa, uni o‘tkazib yuborgin», degan so‘zining ma’nosi: bir joyga chiqishni 
xohlasangiz, shunda siz boyo‘g‘lining ovozini eshitsangiz yoki hakkaning ovozini 
eshitsangiz yoki a’zolaringizdan birortasida notinchlik bo‘lsa, o‘sha ishingizdan 
qaytarmangiz. Shu ishga boring, noumidlik qilmang. 
 
220. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadiki, u zot yaxshi alomatni mahbub ko‘rardilar 
va yomon gumon qilishni yoqtirmas edilar. 
 
Aytiladiki: «Yomon fol johiliyat ishlaridan edi». Alloh dedi: 
«Ular dedilar: Bizlar (boshimizga tushgan ocharchilik-qahatchilik) sening va 
sen bilan birga bo‘lgan (mo‘minlarning) shumqadamligidan deb bildik» (Naml, 
47).  
 
Boshqa oyatda: 
«Ular dedilar: Haqiqatan bizlar sizlar haqingizda badgumondamiz» (Yosin, 18). 
 
Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi: U kishi qushning ovozini 
eshitsang, ushbularni aytgin, derdi: «Ey Parvardigor! Biror qush yo‘qki, magar Sening 
qushingdir, yaxshilik yo‘qki, magar Sening yaxshiligingdir. Sendan boshqa iloh yo‘q! 
Boshqa kuchli, qudratli zot yo‘q. Magar Alloh ulug‘ va oliydir!» Shundan so‘ng, 
boravering, sizga Alloh izni bilan hech narsa zarar bera olmaydi!» 
 
221. Abu Hurayra rivoyat qiladi, u kishidan Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: «(Bir-birlaringizni) yomon ko‘rmangizlar, bir-birlaringizga hasad qilmangizlar, 
savdoda narxni bir-birlaringizdan oshirmangizlar, Allohning birodar bandalari bo‘lingiz!» 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
 
Muoviya ibn Abu Sufyon, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘g‘liga aytar edi: «Ey o‘g‘ilginam, 
hasaddan saqlangin. Chunki u sening dushmangingga yetmasdan, sening o‘zingga 
bilinadi». 
 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad hasad 
qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga 
yetmasdan, hasad qiluvchi kishiga yetadi. 
1. G‘am uzilmaydi. 
2. Musibat oladi, unga ajr kelmaydi. 
3. Yomonlikni olib keladi. U bilan maqtanilmaydi. 
4. Alloh taolo unga g‘azab qiladi. 
5. Unga tavfiq eshiklari yopiladi. 
 
222. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ogoh bo‘linglar! Allohning ne’matiga dushmanlik 
qiluvchilar bor». So‘radilar: «Yo Rasulalloh! Allohning ne’matlarining dushmanlari kim?» 
Aytdilar: «Alloh o‘z fazlidan odamlarga bergan narsaga hasad qiluvchilardir». 
 
223. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kuni olti toifa kishi olti narsa bilan hisob 
qilinmasdan oldin do‘zaxga kiradi». So‘rashdi: «Yo Rasulalloh, ular kimlardir?» Aytdilar: 
«Mendan keyingi amirlar, jabr-zulm tufayli; arablar, mutaassiblik tufayli; boshliqlar, kibr 
tufayli; savdogarlar, xiyonati tufayli; boylar, johillik tufayli; ahli ilmlar esa, hasad 
tufayli». Ya’ni, dunyoni talab qilib bir-birlariga hasad qiluvchi ulamolar.  
 
Olim kishi oxiratni talab qilib ilmu ta’lim olishi lozimdir. Agar olim ilmni oxirati uchun 
talab qilsa, u hech kimga hasad qilmaydi. Unga ham hech kim hasad qilmaydi. Agar 
dunyo talabida ilm olsa, u hasad qiladi. Alloh taolo yahudiy olimlarga aytgandek, «Yoki 
odamlarga (ya’ni, Muhammad alayhissalomga) Alloh o‘z fazlu karamidan 
bergan narsaga (ya’ni, payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» (Niso, 54). 
Chunki yahudiylar Payg‘ambarga (s.a.v.) hasad qilishardi. Aytishardiki: «Agarchi u 
Allohning Payg‘ambari bo‘lsa, ko‘p xotinlar bilan shug‘ullanib qoladi-ku». Bunga Alloh 
taolo: «Yoki odamlarga Alloh o‘z fazlu karamidan bergan narsaga (ya’ni, 
payg‘ambarlikka) hasad qilyaptilarmi?» deb javob berdi. Ya’ni, payg‘ambarligiga va ko‘p 
xotin olganligiga hasad qilyaptilarmi? 
 
Hakimlarning ba’zilari aytadilar: «Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad osmonda Alloh 
taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan birinchi gunohdir va u yerda ham birinchi osiy 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunohdir». Bu so‘zning ma’nosi: «Osmonda u bilan Alloh 
taologa osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh», ya’ni shayton Odamga sajda qilishdan 
bosh tortdi. «Meni olovdan yaratgansan va uni esa loydan yaratding», dedi u (A’rof, 12). 
Shayton unga hasad bilan qaradi. Shu bilan Alloh uni la’natladi. 
 
Ammo yerda osiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan gunoh egasi – Odam o‘g‘li Qobildir. U ukasi 
Hobilni hasad qilgan holatda o‘ldirdi. Bu Allohning kalomida: 
«(Ey Muhammad) ularga Odamning ikki o‘g‘li haqidagi xabarni haqqi rost 
tilovat qiling. O‘shanda u ikkovi qurbonlik qilganlarida (qurbonliklari) 
birovlaridan qabul qilingan, ikkinchisidan qabul qilinmagan edi. Shunda u: 
«qasamki, seni o‘ldirurman», deganida, birodari aytdi: «Alloh faqat 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur» (Moida, 27). 
 
Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat qilinadi: «Hasad qiluvchilar uchun rohat yo‘qdir. Baxillarda 
vajo yo‘q, chidamsiz kishilarda do‘st yo‘qdir. Yolg‘onchilarda mardlik yo‘qdir. 
Xiyonatchida fikr yo‘q, yomon xulqli kishida boshliqlik yo‘q». 
 
Hakimlardan biri aytdi: «Hasadchidek mazlumga o‘xshagan zolimni ko‘rmadim». 
Muhammad ibn Siyrin: «Dunyo narsasi uchun hech kimga hasad qilmadim. Agar jannat 
ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib jannatda yuruvchiga hasad qilay? Va do‘zax ahlidan 
bo‘lsa ham, qanday qilib do‘zaxda yurgan kishiga hasad qi-lay?» deydi. 
 
Hasan Basriy aytadi: «Ey odam farzandi! Nima uchun birodaringizga hasad qilasiz. Agar 
uni hurmatlash uchun Alloh o‘z fazlidan bergan bo‘lsa, nima uchun Alloh hurmat qilgan 
kishiga hasad qilasiz? Endi bundan boshqa narsada bo‘lsa, uning borajak joyi do‘zax 
bo‘lganidan hasad qilmog‘ingiz ham yaxshi emasdir». 
 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin aytadi: Uch kishining duolari qabul bo‘lmaydi: 
1) haromni yeguvchi; 
2) ko‘p g‘iybat qiluvchi; 
3) qalbida musulmonlarga adovati va hasadi bo‘lgan kishi. 
 
224. Solim otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Hasadni ikki toifa 
kishiga qilsa bo‘ladi: bir kishiga Alloh taolo Qur’onni bergan bo‘lsa, u Qur’onni kecha-yu 
kunduz o‘qib turgan bo‘lsa va yana bir kishiga Alloh taolo dunyo bergan bo‘lsa, u 
dunyodan kecha-yu kunduz yashirin holda infoq qilib turgan bo‘lsa». 
 
Faqih aytadi: «Qori qilgan ishni u ham kechasida qoyim qilishga harakat etmog‘i lozim. 
Bir kishiga Alloh tomonidan dunyo berilsa va u kishi o‘z dunyosidan sadaqa qilayotganini 
ikkinchi kishi ko‘rib, hasad qilsa, ya’ni hasad qiluvchi kishi ham sadaqa qilgan kishi kabi, 
«Alloh menga ham shunday dunyo bersa-yu, men ham sadaqa qilsam yoki yaxshi 
yo‘llarga ishlatsam», desa qilgan hasadi maqtalgan. Ammo unga berilgan narsani 
ketkazishni iroda qilib hasad qilsa, u yomondir». 
 
«Alloh biron ne’mat bilan biringizni biringizdan ortiq qilib qo‘ygan bo‘lsa, sizlar 
uni (hasad-adovat bilan) orzu qilmang!» (Niso, 32). 
 
Shuningdek, musulmon birovga berilgan fazlni o‘zi uchun bo‘lishini xohlashi lozim 
bo‘lmaydi. Va lozim bo‘ladi Alloh shunga o‘xshash moldan so‘ramog‘i, har bir musulmon 
kishiga hasaddan o‘z nafsini qaytarmog‘i. Chunki hasad qiluvchi Allohning hukmiga 
qarshi turguvchidir. Va nasihat qilguvchi Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lguvchidir. 
 
225. Payg‘ambar (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar! Albatta, din nasihatdir», dedilar. Musulmon 
jami musulmonlar uchun rozi nasihatgo‘y bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Musulmon hasad 
qilguvchi bo‘lmaydi. 
 
226. Abu Hurayra Payg‘ambardan (s.a.v.) musulmonning musulmonga haqqi nima 
ekanligini so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.): «Musulmonning musulmonga haqqi olti 
narsadir», dedilar. Yana so‘radi: «Yo Rasulalloh, ular nimalar?» Aytdilar: «Agar unga 
uchrasang, salom bergin; agar seni chaqirsa, javob bergin; agar nasihat so‘rasa, nasihat 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
bergin; agar aksa urib, «Alhamdulillah» desa, unga javob bergin; agar kasal bo‘lsa, 
borib ko‘rgin; vafot etsa, janozasida qatnashgin». 
 
227. Anas ibn Molik aytadi: «Men Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida sakkiz yoshimdan 
xizmat qildim. Menga birinchi marta o‘rgatganlari bu so‘zlar edi: «Yo Anas, namozga 
tahoratni mukammal qilgin, seni farishtalar yaxshi ko‘radi va umring uzoq bo‘ladi. Ey 
Anas, janobatdan yuvinsang, uni oxiriga yetkazgin. Chunki har bir tukning tagida 
janobat (ifloslik) bordir». Anas aytdilar: «Yo Rasulalloh, qanday qilib uni oxiriga 
yetkazaman?» Aytdi: «Sochingni ildizini suv bilan qondirgin, yuzingni poklagin, 
hammomdan chiqsang, Alloh gunohingni kechiradi. Yo Anas, zuho namozini o‘tkazib 
yubormagin. Chunki bu namoz Allohga tavba bilan qaytguvchilarning namozidir. Kecha 
va kunduzda namozni ko‘paytirgin. Albatta, sen namozni ko‘paytirishda davom etsang, 
maloikalar senga salovot aytadilar. Ey Anas! Namoz uchun tursang, o‘zingni Allohga 
topshir. Vaqtiki ruku’ qilsang, kaftingni ikki tizzangga qo‘ygin, barmoqlaring orasini 
yoygin, yelkalaringni ko‘tarsang, tek turginki, hamma a’zolaring o‘z joyini topsin. Agar 
sajda qilsang yuzingni yerga qo‘ygin, qarg‘a cho‘qigandek urmagin, bilaklaringni 
cho‘zmagin, go‘yoki tulki cho‘zilib o‘tirgandek. Vaq-tiki sajdadan boshingni ko‘tarsang, it 
o‘tirgandek o‘tirmagin, ikki dumbangni ikki oyog‘ing orasiga qo‘ygin, yopishtirgin, 
oyog‘ingni sirtini yerga yopishtirgin. Albatta, Alloh taolo ruku’si, sajdasi mukammal 
bo‘lmagan namozga qaramaydi. 
 
Agar qodir bo‘lsang, kechayu kunduz tahoratli yurgin. Agar senga o‘lim yetib qolsa, sen 
tahoratlik holatda bo‘lsang, sendan shahodat kalimasi ketib qolmaydi. 
 
Ey Anas! Agar uyingga kirsang, salom bergin, oila a’zolaringga uyingning barakasi 
ko‘payadi. Agar ko‘chaga biror yumush bilan chiqsang, musulmonlardan qaysi biriga 
ko‘zing tushsa, salom bergin. Shunda imon toti qalbingga kiradi. Agar tashqariga 
chiqqaningda gunoh qilsang, gunohing kechirilgan holatda qaytgan bo‘lasan. 
 
Ey Anas! Islom kishisidan birontasiga qalbingda dushmanlik bo‘la turib kunduz va 
kechani o‘tkazmagin. Albatta, bu mening sunnatim va kim mening sunnatimni ushlasa, 
meni yaxshi ko‘ribdi va kim meni yaxshi ko‘rsa, u men bilan jannatda birga bo‘ladi. 
 
Yo Anas! Agar bu narsalarga amal qilib, tavsiyalarimni yodda tutsang, senga o‘limdan 
yaxshiroq narsa bo‘lmaydi. Albatta, unda rohatda bo‘lishing bordir». 
 
Payg‘ambar (s.a.v.) xabar berishlaricha, aldovni qalblardan chiqarishlik sunnatlaridan 
ekan, yana vojibdir har bir musulmonga o‘z qalbidan adovat va hasadni chiqarmog‘i, 
chunki bularni chiqarish amallarning yaxshisidir. 
 
228. Faqih aytadi: Xudo rahmat qilgur otamdan eshitdim: Anas ibn Molik, Alloh undan 
rozi bo‘lsin, aytdi: «Bir kuni biz Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida edik. Shu payt: 
«Sizlarning oldingizga hozir jannat kishisi chiqadi, u kishining soqollaridan tahorat 
suvlari oqib turadi va ikki etiklarini chap qo‘llari bilan ushlab olgan holatda bo‘ladi», 
dedilar. Shu payt xuddi shu sifat bilan sifatlangan kishi chiqdi. Salom berib, qavm bilan 
birga o‘tirdi. Ertasi kuni bo‘lgandan keyin yana shu gapni aytdilar: kishi yana shu 
ko‘rinishda chiqdi. Uchinchi kuni ham shunday bo‘ldi. Payg‘ambar (s.a.v.) turib 
ketganlaridan keyin haligi kishi bilan Abdulloh ibn Amr ibn Os ham chiqdi va: «Otam 
bilan mening oramda gap qochib qoldi. Uning oldiga uch kun kirmaslikka qasam ichdim. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Sen menga uyingdan uch kun joy bersang, qasamimni o‘tkazsam», dedi. Haligi kishi: 
«Xo‘p», dedi. Abdulloh unikida bir kecha yotdi. Aytdiki: «O‘sha kecha haligi odam bir 
soat ham turib ibodat qilmadi. Faqat to‘shagiga yotayotganida Allohni zikr qilib, takbir 
aytdi. Hatto shu bilan bomdodda turdi. So‘ng tahoratini yaxshilab qilib, namozini o‘qidi. 
Ertalab ro‘za tutmadi. U kishini uch kun kuzatdim. Birinchi kun ko‘rganimda ziyoda ish 
qilmadi, bundan tashqari, undan yaxshi gaplarni eshitdim. Vaqtiki, uch kun o‘tdi, uning 
amalini haqir sanashimga yaqin qoldi. So‘ngra unga: «Mening otam bilan ikkalamiz 
o‘rtamizda biror gap o‘tmagandi. Menga g‘azab qilmagan va haydamagan ham edi. Lekin 
men Rasu-lullohdan uch marta majlisda: «Sizlarga ahli jannatdan bittasi chiqadi», 
deganlarini eshitdim. Keyin siz chiqdingiz va siz bilan birga bo‘lib, buni aniqlamoqni 
xohladim. Siz nima amal qilsangiz ko‘rdim. Sizga ergashdim. Ko‘p amal qilganingizni 
ko‘rmadim. Sizni Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan narsaga erishtirgan narsa nima?» dedim. U 
aytdi: «Ko‘rganingdek, u hech narsa emas». Shundan so‘ng, men uning oldidan 
ketmoqchi bo‘lib burilayotgan paytim meni chaqirib; «Bundan boshqacharoq amal 
qilmay-man, xuddi o‘zing ko‘rganingdek. Faqatgina men musulmon-larning birortasi 
uchun o‘zimda yomonlik topmayman. Alloh taolo yaxshilik qilib bergan narsalariga hasad 
qilmayman, dedi. Mana shu narsa Rasululloh (s.a.v.) aytgan maqomga yetkazdi. 
Holbuki, men u narsaga qodir emas edim». 
 
Hakimlarning ba’zisi aytadilar: «Hasad qiluvchi Rabbisiga besh jihati bilan ko‘rinadi: 
Birinchisi, boshqada zohir bo‘lgan ne’matlarni ko‘rganda g‘azabi keladi. 
 
Ikkinchisi, unga bergan narsa (ne’matlar) uchun g‘azabi keladi, ya’ni Rabbisiga: «Nima 
uchun bunday taqsimlading?» deb. 
 
Uchinchisi, Allohning fazlini man qiladi, ya’ni ne’matni Alloh taolo xohlagan kishisiga 
beradi. U Allohning bu fazliga baxillik qiladi. 
 
To‘rtinchisi, Allohning do‘stini yordamchisiz qoldiradi. Chunki u uning yordamisiz 
qolishini xohlaydi va undan ne’matni ketkazishini xohlaydi. 
 
Beshinchisi, dushmaniga yordam beradi. Ya’ni, la’nati iblisga» 
 
Aytildi: «Hasad qiluvchi majlislarda yomonlangan, xorlangan holatda bo‘ladi. Maloikalar 
la’nat va g‘azab qiladi. Xilvatda qo‘rqinch va g‘amda bo‘ladi. Joni olinayotganda qattiqlik 
va qo‘rqitilgan holatda bo‘ladi. Mahshargohda sharmanda holatda bo‘ladi. Do‘zaxda issiq 
va yongan holatda bo‘ladi». 
Alloh bilguvchiroqdir. 
 
_____________ 
XIX bob. Hasad bobi hadislari 
 
1. Hasan. “Payg‘ambar (s.a.v.) bunday degan ekanlar: “Dushmanlik va hasad...” Zaif*. “Zaiful jome’” (3935) va “Az-zaifatu” (1902, 1901). 
2. Abdurahmon ibn Muoviya. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Uch narsadan hech kim najot topmaydi...” Mursal*. Ibn Abdulbar, “At-tamhid” 
(165/6) va Tabaroniy, “Al-kabir” (330/1) va Abu Shayx, “At-tavbih” (152, 237). 
3. Hadis. “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) (xulqlari)dan rivoyat qilinadi...” Sahih*. Ibn Moja (3536) va Ahmad (130/6). 
4. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bir-birlaringizni yomon ko‘rmanglar...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6065) va Muslim (2559). 
5. Hadis. “Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “Ogoh bo‘linglar!..” Isnodiga to‘xtalmagan. 
6. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Olti toifa kishi olti narsa bilan...” Isnodi bunday emas. Daylamiy (3309) Abu Hurayradan va 
boshqalar Anasdan keltirilgan “etti” lafzi bilan. 
7. Solim otasidan. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hasadni ikki kishiga qilsa bo‘ladi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5025/8) va Muslim (815) 
Ibn Umardan. 
8. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglar! Albatta din nasihatdir”. Sahih*. Muslim (55), Nasoiy (157/7), Ahmad (297/2) va boshqalar 
Tamim Doriydan. 
9. Abu Hurayra. “Payg‘ambardan (s.a.v.) musulmonning musulmonga haqqi nima ekanligini so‘radilar...” Sahih*. Muslim (2/62/4). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling