Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz!” (Haj, 30). 
 
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Albatta, kimiki, kunduzi aroq ichsa
Allohga kech bo‘lguncha shirk keltiradi. Kim kechasi aroq ichsa, tong otguncha Allohga 
shirk keltiradi”. 
 
U kishidan rivoyat qilindi: “Aroq ichuvchi o‘lsa, uni ko‘mib kelinglar va meni ushlab 
qamanglar, keyin uning qabrini kavlanglar, agar qibladan boshqa tomonga burilmagan 
bo‘lsa, meni o‘ldiringlar”. 
 
191. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Alloh 
taolo meni butun olam uchun rahmat va hidoyat qilib yubordi va ma’o-zofni (chertib 
chalinadigan katta musiqa asbobi) va mezomirni va johiliyat ishlarini, butlarni 
o‘chirmog‘ligim uchun yubordi va Rabbim o‘z ulug‘ligi bilan qasam ichdiki: 
“Bandalarimdan hech bir banda dunyoda sharob ichmagay. Agar ichsa, uni qiyomat 
kunida undan mahrum etgayman. Bandalarim-dan qaysi biri aroq ichishni tark qilsa, uni 
jannatimdagi ichimliklardan sug‘orgayman”. 
 
Avs ibn Sam’on aytdi: “Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men aroqning Tavrotda 
yigirma besh marta harom qilinganini topdim. Aroq ichuvchiga vayl-azob bo‘lsin, Alloh 
taolo bu fosiq, fujur bandani qiyomat kunida do‘zax ahlining yiringi bilan sug‘oradi”. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
 
192. Molik Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qildi: Alloh taolo qiyomat kunida aytar 
ekan: “Qani dunyoda quloqlarini lahvdan, shaytonning musiqa asboblaridan pok 
qilganlar! Ularni mushkning bog‘idan bahramand qilinglar!” Keyin maloikalarga aytar 
ekan: “Meni sanoimni va maqtovimni eshittiringlar” va xabar beringlar, ularga xavf yo‘q 
va ular xafa ham bo‘lmaydilar”. 
 
193. Abu Voildan rivoyat qilindi: Shaqiq ibn Salamani to‘yga chaqirishgan ekan, u yerda 
ikki o‘yinchi va qo‘shiqchini ko‘ribdi, keyin qaytib kelib aytdi: Ibn Mas’uddan eshitdim, 
aytdi: “Albatta, qo‘shiq qalbda nifoqni o‘stiradi, suv ko‘katlarni o‘stirgandek”. 
 
194. Ato ibn Soib: Abdurahmon Salbiynning otasidan rivoyat qildi: “Ahli Shomdan bir 
nechalari kechasi aroq ichishdi. Bu vaqtda Shomda Muoviya ibn Sufyon hokim edi. Shom 
ahli, aroq bizga halol, chunki Alloh taolo: 
“Imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) 
yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir” (Moida, 93), deb dalil keltirishdi. Hazrati 
Muoviya ular to‘g‘risida Umar roziyallohu anhuga xat yozdi. So‘ng Umar javob xatini 
yozdi: “Ularni menga yuboring, siz bi-lan birga bo‘lgan kishilarni buzmasdan burun”, 
deb. Keyin ularni Umarga keltiradilar. Hazrati Umar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalarini 
yig‘ib, bu to‘g‘rida ular bilan maslahatlashdi. Aytdilarki: “Ey musulmonlarning amiri! Ular 
Alloh taolodan bosh tortdilar. Va Alloh ruxsat bermagan bir ishni shar’iy deb qildilar. 
Ularning boshlarini tanasidan judo qiling!” Hazrati Ali qavmning orasida jim o‘tirgan edi. 
Hazrati Umar: “Sizning fikringiz-chi?” deb so‘radi. Aytdi: “Ulardan tavba so‘rash kerak, 
deb fikr bildiraman. Agar tavba qilmasalar, keyin boshlarini olish kerak. Tavba qilsalar 
ham, sakson darra urish kerak”. Ulardan tavba qilishlarini so‘radilar, tavba qildilar. Keyin 
sakson darradan urdilar. 
 
195. Ikrima ibn Abbosdan rivoyat qildi: “Aroqning harom qilingani to‘g‘risida oyat 
tushgandan keyin, “Oldin aroq ichib o‘tgan birodarlarimizga nima bo‘ladi?” deb 
so‘radilar. Keyin oyat tushdi: 
 
“Imon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar, (ilgari) 
yeb-ichgan narsalarida gunoh yo‘qdir” (Moida, 93). 
 
___________ 
XV bob. Aroq ichishdan qaytarish bobi hadislari 
 
1. Abdulloh ibn Mas’ud. “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda keltiriladi...” Zaif*. “Tanzihush shariy’ati” (230/2) ga 
qarang. 
2. Ibn Umar. “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5575/10) va Muslim (2003/2). 
3. Jobir ibn Abdulloh. “Ko‘pi mast qilguvchi narsaning...” Sahih*. Ahmad (343/3), Abu Dovud (3681) va Termiziy (1875). 
4. Usmon ibn Affon. “Ey odamlar, aroqdan saqlaninglar...” Sahih*. Nasoiy (315/8).   
5. Qatoda. “To‘rt nafar kishi jannat hidini topmaydi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (407/3) va “Sifatul janna” (194) va Tabaroniy, “As-sag‘ir” 
(408). 
6. Hadis. “Qiyomat kunida aroq ichuvchi qabridan...” Bu hadisni musannif “Qurratul ‘uyun” kitobida zikr qilgan. 
7. Oyisha. “Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa...” Bu hadisni musannif “Qurratul ‘uyun” va ibn Iroq “Tanzihush-shariati” 
(232/2)da zikr qilgan. 
8. Asmo Yazid qizi. “Kim aroq ichsa, qorniga joylashtirsa...” Hasan*. Ahmad (460/6). 
9. Hasan.  “Vaqtiki, bir marta aroq ichsa...” Sahih*. Ahmad (35/2), Termiziy (1762) va Tayolisiy (1901). Sahihul jome’ (6312). 
10. Hadis. “Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilindi...” Sahih*. Ibn Moja (4034) va “Sahihul jome’” (7339). 
11. Anas ibn Molik. “Alloh taolo meni butun olam uchun rahmat qilib yubordi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (6529), Ahmad (268, 257/5) 
va Tayolisiy (1134). 
12. Molik Muhammad ibn Munkadir. “Alloh taolo qiyomat kunida aytar ekan:...” Ibn Muborak, “Zavoid” (43), Abu Na’im, “Al-xulya (151/3), 
Ibn Abu Dunyo, “Sifatul janna” (263), Asbahoniy, “At-targ‘ib”, (319). 
13. Shaqiq ibn Salama. “U kishini to‘yga chaqirishgan ekan...” Sahih mavquf*. ” Ibn Abu Dunyo, “Zammul malohiy” (12) va Bayhaqiy, “As-
sunnan” (223/10) va “Ash-shu’ab” va “Talbiysu iblis” (249-bet). 
14. Abu Abdurrahmon Sulamiy. “Ahli Shomdan bir nechalari aroq ichishdi...” Zaif*. Ibn Shayba va Ibn Munzir “Ad-durul mansur” (174/3). 
15. Ibn Abbos. “Aroqning harom qilingani to‘g‘risidagi oyat tushgandan keyin...” Zaif*. Hokim (143/4) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (5617).
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH 
 
196. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, 
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘zlaringga to‘g‘riso‘zlikni (sidqni) lozim 
tutinglar. Chunki to‘g‘ri so‘zlik yaxshilikka yo‘llaydi va yaxshilik jannatga yo‘llaydi. Kishi 
to‘g‘ri gapirishlikda davomli bo‘lsa va to‘g‘rilikni qasd qilsa, Alloh nazdida siddiq deb 
nomlanadi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar! Chunki yolg‘onchilik fujur ishlarga yo‘llaydi va 
fujur jahannamga yo‘llaydi. Kishi yolg‘on gapirishlikda davom etsa va yolg‘onchilikni 
qasd qilsa, Alloh nazdida yolg‘onchi deb nomlanadi”. 
 
197. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Munofiqni uch narsa bilan sinab 
ko‘ringlar: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi”. 
 
Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Alloh taolo uni tasdiqlab mana bu oyatni nozil 
qildi: 
“Ularning orasida: “Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazli karamidan (mol-
davlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih 
bandalardan bo‘lurmiz”, deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham 
bordir. Endi qachonki (Alloh) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-dunyo) ato qilsa, 
unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar. Bas, (sadaqalar 
berurmiz) deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (imon keltiramiz) 
deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to uning o‘ziga 
ro‘baro‘ bo‘ladigan kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi” 
(Tavba, 75-77). 
 
198. Luqmoni Hakimdan so‘raldi: “Sizni shu darajaga nima yetkazdi?” Aytdi: 
“To‘g‘riso‘zlik, omonatni ado qilish va keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilish”. 
 
199. Aytildi: “Yo Rasulalloh, mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?” Aytdilar: “Ha”. “Mo‘min baxil 
bo‘ladimi?” “Ha”, dedilar. “Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?” “Yo‘q”, dedilar. 
 
200. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringizdan olti narsada men uchun kafil 
bo‘lingizlar, sizlarga jannatning kafolatini bergayman. Gapirsangizlar, to‘g‘ri 
so‘zlangizlar; va’da bersalaringiz, vafo qilingizlar; omonat olsangizlar, ado qilingizlar va 
farjlaringizni saqlangizlar, ko‘zlaringizni tiyingizlar. Va qo‘llaringizni harom yo‘llardan 
tutib turingizlar”. 
 
Faqih aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu olti narsada jamiki yaxshi narsalarni jam qildilar. 
 
1. “Gapirsangiz, to‘g‘ri gapiringizlar”. Bunda ko‘zda tutilgani tavhid kalimasidir va 
boshqa kalimalar ham kirgan. Ya’ni, vaqtiki “La ilaha illalloh”, desa uning so‘zi o‘zi uchun 
to‘g‘ri bo‘ladi va odamlar bilan gaplashganda ham to‘g‘ri bo‘ladi. 
 
2. “Va’da bersangizlar, vafo qilinglar”, ya’ni Alloh va uning orasidagi o‘zaro va’dadir. 
Ya’ni o‘zi va Alloh oldidagi va’dasi o‘z imonida sobit bo‘lmog‘idir, to o‘limi-gacha. Ammo 
u (banda) orasida va odamlar orasidagi va’da, odamlar bilan hamma va’dalariga vafo 
qilishdir. 
 
3. “Omonat olsangizlar, ado qilinglar”. Omonat ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zi va Alloh orasidagi 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
omonat; 2) o‘zi va odamlar orasidagi omonat. Alloh va o‘zi orasidagi omonat Alloh taolo 
o‘z bandalariga farz qilib bergan farzlaridir. Bu omonat Alloh omonatidir. Bu omonatni 
o‘z vaqtida ado qilishlik vojib bo‘ladi. Ammo odamlar va o‘zi orasidagi omonat, bu unga 
kishi moliga, so‘ziga va boshqa narsalarga omonat berishligi, so‘ngra uning omonatiga 
vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. 
 
4. “Farjlaringizni saqlangizlar”, buni saqlashlik ikki xil bo‘ladi: 1) farjini harom va 
shubhadan saqlamoqligi; 2) unga birovning ko‘zi tushmasligi. 
 
201. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh qarovchiga va qaralganga la’nat 
o‘qiydi”. Bas, qazoi hojat vaqtida va istinjo vaqtida qarashlari mumkin bo‘lmaydigan 
narsalarga erkak va ayollarning ko‘zi tushmasligi uchun muslimga o‘zini ehtiyot qilmog‘i 
vojib bo‘ladi. 
 
“Ko‘zlaringizni tiyingizlar”, odamlarning avratlaridan ko‘zlaringizni yerga 
qaratmoqliklaringiz va xotinlarga qarashlikdanki, ularga qarashlik halol bo‘lmaydi ham 
dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan qarashlikdanki, Alloh taolo aytganidek: 
“Siz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun 
bahramand qilgan – hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang” 
(Toho, 131). 
 
“Qo‘llaringizni ushlanglar” so‘zi, ya’ni mollar va boshqa narsalardan, deganidir. 
Huzayfa ibn Yamon (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) 
zamonlarida bir kalimani aytib, munofiq bo‘lib qolardi. Men u kalimani bir kunda o‘n 
marta eshityapman”, ya’ni kishi yolg‘on gapirib yursa, uning munofiqligiga dalil bo‘ladi. 
 
Musulmon kishiga o‘z nafsini munofiqlarning alomatlaridan saqlashi vojib bo‘ladi. 
Albatta, kishi yolg‘onchilikka o‘rganib qolsa, Alloh nazdida munofiq deb yoziladi. Unga 
o‘zining gunohi va kim unga ergashgan bo‘lsa, ularning ham gunohi bo‘ladi. 
 
202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) 
bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: “Bu kecha kim tush ko‘rdi?” deb so‘rar 
edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: “Birortangiz tush 
ko‘rdingizmi?” deb so‘radilar. Biz: “Yo‘q”, dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): “Ammo 
men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur, 
deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha 
yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha 
yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: “Bu kimdir?” deb so‘radim. Ular: “Yurgin, 
ketdik”, deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka 
turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u 
lunjidan chiqarardi. “Changakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi 
o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni 
ko‘rib: “Bu nima?”, deb so‘radim. Ular: “Qani, yurgin, ketdik”, deyishdi. Bir joyga 
borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga 
kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga 
pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar 
orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. “Bular kimlar?” deb so‘radim. 
Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib 
keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga 
qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. “Bu 
nima?”, desam, ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning 
oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat 
qilardi. “Subhonalloh, bu nimadir?” dedim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Biz bu gal 
yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir 
chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni 
ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni 
daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham 
muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men 
sheriklarimga qarab: “Bu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib 
tushuntirib beringlar”, dedim. Ular: “Bo‘pti”, deb menga tushuntira ketdilar. Boshi 
majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan, 
kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir. 
Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari 
ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda 
ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida 
o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda 
vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi – o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan 
birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam 
Jabroildirman, bu esa Mikoildir”. 
 
 “Bir kishi so‘radi: “Mushriklarning farzandlari-chi?” deb. Aytdilar: “Mushriklarning ham 
bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi”. 
 
Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun 
xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh 
bilguvchiroqdir. 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: “So‘zlarning to‘g‘risi – Alloh kalomi; 
gapning ulug‘rog‘i – Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib, 
naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat 
kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi 
taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik 
jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning 
ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir”. 
 
203. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Yolg‘onchilik uch narsada durust bo‘ladi: 
urushda, chunki urush aldashlikdir,  ikki kishining orasini isloh qilishda; er-xotinning 
orasini isloh qilishda”. 
 
Ba’zi tobe’inlardan rivoyat qilindi: “Bilingki, to‘g‘rilik avliyolarning ziynatidir, albatta, 
yolg‘onchilik badbaxtlarning alomatidandir”. 
 
Alloh taolo o‘z kitobida bayon qilganidek: 
“Bu kun (ya’ni qiyomat kuni) haq - rost imon keltirganlarga rost so‘zlari foyda 
beradigan kundir”. (Moida, 119) va yana aytadi: “Ey mo‘minlar, Allohdan 
qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz” (Tavba, 
119) va yana aytdi: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
“Rost  Qur’onni keltirgan zot (ya’ni  Muhammad (s.a.v.) va uni tasdiq etgan 
(mo‘min)lar – ana o‘shalar taqvodor zotlardir” (Zumar, 33). 
 
Alloh taolo yolg‘onchilarni yomonladi va la’natladi. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi: 
“O‘sha yolg‘onchilarga o‘lim – la’nat bo‘lg‘ay” (Vaz-Zariyot, 10) va yana: “o‘zi 
Islomga da’vat qilayotgan holida (u da’vatni qabul qilishi o‘rniga) Alloh 
sha’niga yolg‘on to‘qigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh bunday zolim 
qavmni hidoyat qilmas” (Sof, 7). 
 
______________ 
XVI bob. Yolg‘ondan qaytarish bobi  hadislari 
 
1. Ibn Mas’ud. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringga to‘g‘ri so‘zlikni olinglar... Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6094/10) va Muslim (103-
2607/4). 
2. Ibn Mas’ud. «Munofiqni uch narsada sinab ko‘ringlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (33), Muslim (59). 
3. Molik. “Luqmoni Hakimdan aytildi...” Zaif*. Molik, “Al-Muvatto” (17-990/2). 
4. Safvon ibn Muslim. “Yo Rasululloh! Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi...” Mursal*.  
5. Uboda ibn Sobit. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringdan olti narsani...” Hasan*. Ahmad (323/5), Hokim (358/4) va “As-sahihat” 
(1470). 
6. Hadis. “Alloh qarovchiga ham, qaralganga ham la’nat o‘qiydi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (17788). 
7. Sumra ibn Jundub. “Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib...” Sahih*. Ahmad (8/5).
 
 
 
XVII BOB. G‘IYBAT 
 
204. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat 
nima ekanligini bilasizlarmi? “Sahobalar javob berdilarki: “Alloh va rasuli biladi”. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar birodaringizni o‘zi yomon ko‘rgan narsa bilan zikr 
qilsangiz, albatta g‘iybat qilibsiz”. So‘radilarki: “Men aytgan so‘zimni birodarlarimda 
ko‘rgan bo‘lsam-chi?” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar undagi bor narsani aytgan 
bo‘lsangiz, g‘iybat qilgan bo‘lasiz, agar unda yo‘q narsani aytsangiz, tuhmat qilgan 
bo‘lasiz”. 
 
Ba’zi oldin o‘tganlardan Faqih rivoyat qiladi. Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun 
desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilsangiz, g‘iybat bo‘lsa-yu 
o‘zidan gapirsangiz qanday bo‘lur ekan? 
 
205. Ibn Abu Najih aytadi: “Bir pakana xotin Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. 
U xotin qaytib chiqqanidan so‘ng, Oyisha onamiz, Alloh rahmat qilsin: “Shunchalik bo‘yi 
kalta ekan”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sen uni g‘iybat qilding”, dedilar. Oyisha, Alloh 
undan rozi bo‘lsin: “Nima degan bo‘lsam, undagi bor narsani aytdim-ku”, dedi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Sen undagi eng yomon narsani aytding”. 
 
206. Abu Said Xudriy rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir 
qavm tanasidagi bir qism go‘shtni kesib, uni luqma qilib turganlarida, ularning oldidan 
o‘tib qoldim. Keyin ularga Jabroil alayhissalom aytdiki: “Birodarlaringizning go‘shtini 
yeganingizdek, yeyaveringlar”. “Yo Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. Hazrat Jabroil 
javob qildiki: “Ular ummatlaringiz orasidagi g‘iybatchilar”. 
 
207. Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Kunlardan bir kun otam ushbu hikoyani 
aytayotganlarini eshitdim: “Payg‘ambar (s.a.v.) uylarida, ahli suffadagi sahobalar 
masjidda edi. Zayd ibn Sobit masjidda Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitganlarini aytayotgan 
edilar. Shu payt Payg‘ambarga (s.a.v.) go‘sht keltirishdi. Sahobalar ibn Sobitga: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
“Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib aytgin, bizlar falon kundan buyon go‘sht tanovul 
qilgan emasmiz, kelgan go‘shtdan bizga yuborsinlar”, dedilar. Zayd ularning oldilaridan 
chiqib ketgandan keyin, ular: “Zayd ham bizlar Rasulullohdan olganimizchalik olgan, 
xolos, qanday qilib bizga hadis aytadi”, deyishdi. Shu vaqt Zayd Payg‘ambarning (s.a.v.) 
oldilariga kirib, ularning istagini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ularga hozirgina go‘sht 
yedilaringiz-ku, deb aytgin”, dedilar. Zayd ularning oldilariga kelib, bu gapni yetkazdi. 
Ular: “Allohga qasamki, falon kundan buyon go‘sht yeganimiz yo‘q”, deyishdi. Zayd yana 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning so‘zlarini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
yana takror qilib: “Ular hozirgina go‘sht yedilar”, dedilar. Zayb yana qaytib, 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini ularga yetkazdi. Shundan so‘ng ular o‘rinlaridan turib, 
Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga kelishdi va: “Yo Rasululloh, bizlar falon-falon vaqtdan beri 
go‘sht tanovul qilgan emasmiz”, deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Hozirgina 
birodarlaringizning go‘shtidan yedingiz-ku, go‘shtning izi tishlaringizda bor, 
tupursalaringiz, go‘shtning qizilligini o‘zlaringiz ko‘rasizlar”, dedilar. Shundan so‘ng ular 
tupurganlarida og‘izlaridan qonli tupuk tushganini ko‘rdilar. Shu paytning o‘zida tavba 
qildilar va Zayddan uzr so‘rab: “Bizlar faqat yaxshilikni ko‘zlagan edik”, dedilar. 
 
208. Jobir ibn Abdulloh, Alloh ikkalasidan ham rozi bo‘lsin, shunday rivoyat qildi: 
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq bir hidli shamol esib qoldi. Shunda 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Munofiqlar musulmonlarni g‘iybat qildilar, shuning uchun 
badbo‘y hidli shamol esyapti”, dedilar”. 
 
Hakimlarning ba’zilariga aytildi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida g‘iybat shamoli 
sassiqligining bilinishida va bizning zamonamizda bu narsaning yo‘qligida qanday hikmat 
bor?” 
 
Javob berishdiki: “Chunki bizning davrimizda g‘iybat ko‘payib, burunlarimiz g‘iybatning 
sassiq hidi bilan to‘lib bitgan, buning o‘xshashi: Bir kishi teri oshlovchi-larning oldilariga 
kirsa, terining sassiq hididan ular-ning yonlarida tura olmaydi, biroq u joyda ishlovchilar 
bemalol ishlab, o‘sha joyda ovqatlanib, choy ichishadilar, ular sassiq hidni sezmaydilar. 
Chunki ularning burunlari shu sassiq hid bilan to‘lib bo‘lgan. Bizdagi hozirgi g‘iybat ishlari 
shunday holatdadir”. 
 
209. Suddiydan rivoyat qilindi: Salmon Forsiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, odamlar bilan 
safarda edi, ular orasida Umar (roziyallohu anhu) ham bor edi. Ular bir joyda tushdilar 
va chodirlarini tikishib, ovqat qila boshladilar. Salmon esa uxlab qoldi. Oldilaridan bir 
kishi: “Bu qul tayyor chodirlarni, pishirilgan ovqatlarnigina xohlaydi”, dedi.  Hamrohlari 
Salmonni uyg‘otib: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlar uchun ovqat 
so‘ragin”, deyishdi. So‘ng Salmon payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning 
istagini bildirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Salmonga aytdilar: “Ularga aytgin, ular 
ovqatlanishdi”. Salmon esa darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gaplarini ularga yetkazdi. 
Ular esa: “Ovqatlanmadik”, deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
sizlarga yolg‘on so‘zlamaydilar”, dedi. So‘ngra ularning hammasi Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) oldilariga qaytib keldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Sizlar 
birodarlaringizning go‘shtidan yedilaringiz, chunki u uxlagan paytda u haqda nima deb 
gapirgan bo‘lsangiz o‘shadir” dedilar va ularga ushbu oyatni o‘qidilar: 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling