Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”
- “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan”
- “Parvardigoro, o‘zing meni, ota- onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!” (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim
- XI bob. Ota-onaning haqqi bobi hadislari
- XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI
- XII bob. Farzandning ota ustidagi haqlari bobi hadislari
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 XI BOB. OTA-ONANING HAQQI 140. Faqih, Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Abbos deydiki: “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsayu ikkovlariga yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki darvoza ochadi. Ikkovlaridan biri g‘azabli bo‘lsa, Alloh taolo ham undan rozi bo‘lmaydi, toki u rozi bo‘lmaguncha”. So‘radi: “Agar zolim bo‘lsa-chi?” “Agar zolim bo‘lsa ham!” Boshqa xabarda: «Ota-onaga gunohkor holatda tong ottirsa, Alloh taolo unga do‘zaxdan ikki eshikni ochib qo‘yadi, agar bittasiga (osiylik qilsa), bitta (eshik ochadi)», deyilgan. Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: “Ey Rabbim, menga buyurgin!” Alloh aytdi: “Seni o‘zimga bo‘ysunishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh aytdi: “Onangga vasiyat qilaman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh taolo aytdi: “Otangga vasiyat qilaman!” 141. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi: “Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi va “Men jihodni xohlayman!” dedi. Payg‘ambar: “Ota-onang tirikmi?” deb so‘radilar. “Ha tirik”, dedi. “Bas, ikkovlarining xizmatlarida bo‘lgin, shu jihod bo‘ladi!” dedilar. Bu xabarda Alloh yo‘lida jihod qilishlikdan ota-onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) jihodni tark qilib, ota-onaga yaxshilik qilish bilan shug‘ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo‘lida jihod qilish joiz bo‘lmaydi, agar ota-onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo‘lsa, shunda ham ota-onaga itoat qilishlik g‘azotga chiqishdan afzal bo‘ladi”. 142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?” Aytdilar: “Onangga!” “Keyin-chi?” “Onangga!” “Keyin kimga?” “Onangga!” Aytdim: “Keyin kimga?” Aytdilar: “Otangga, keyin yaqin qarindoshlaringga” dedilar. 143. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga “uf” deyishdan ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi. Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq bo‘lgan kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi. Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota-onaning huquqini kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganida edi, aql bilan ham ota- onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinar edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdir. Alloh taolo hamma kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg‘ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh o‘zining rizovi ota-onaning rizosida va o‘zining g‘azabi ota-onaning g‘azabida ekanligini bildirdi. Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz Alloh qabul qilmaydi. Allohning so‘zi: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 73 “Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering” (Baqara, 43). Kim namoz o‘qisa, zakot bermasa, undan namozi qabul qilinmaydi. Allohning so‘zi: “Alloh va Payg‘ambariga itoat qilingiz” (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg‘ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi. Allohning so‘zi: “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin”, (Luqmon, 14). Kim Allohga shukr qilsa, ota-onaga shukr qilmasa, undan qabul qilinmaydi. 144. Bunga dalil Rasulullohning (s.a.v.) hadislari: “Albatta ota-onaning la’nati farzandining aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo‘lgan bo‘lsa. Kimiki ota-onasining roziligini topsa, Rabbisining rizosini topadi. Kimiki ota-onasini g‘azablantirsa, Rabbisini g‘azablantiradi! Kimiki ota-onasi tirik bo‘lib, yaxshilik qilmasa, do‘zaxga kiradi va uni Alloh o‘zidan uzoqlashtiradi”. 145. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘raldi: “Qaysi amallar yaxshiroqdir?” Aytdilar: “O‘z vaqtida o‘qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish...” Farqand Sabaxiy aytadi: “Ba’zi kitoblarda o‘qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining iznisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o‘ngdan ham, chapdan ham, lozim bo‘lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so‘ngra javob berib, ularning ketidan yuradi, qul o‘zining xo‘jayini orqasida yurgandek”. 146. Zikr qilindi, bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo‘lib qoldi, men qo‘lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda ko‘taraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo‘q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko‘p savob olgaysan!” Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: “Kim otasini va onasini la’natlasa, u la’natlangandir, kimiki yo‘lto‘sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko‘rni yo‘ldan adashtirsa, la’natlangan. Allohdan boshqaga atab biron narsa so‘ysa, la’natlangan, kimiki yer chegerasini o‘zgartirsa, ya’ni yeriga birovning yerini qo‘shib olsa, la’natlangandir”. Ota-onasini la’natlasa, degan so‘zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir. 147. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: “Albatta kishi ota- onasini so‘kishi katta gunohlardandir. So‘raldiki: “Qanday qilib kishi o‘zining ota- onasinnni so‘kadi?” Aytdilar: “Birovning otasini so‘ksa, u uning otasini so‘kadi, birovning onasini so‘ksa, u uning onasini so‘kadi”. 148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Rasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 74 Salmon va Ammorni “Uning holini ko‘ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning ota-onasi bormi?” deb so‘radilar. Aytishdi: “Otasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Menga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham”. Rasululloh aytdilar: “Sizning u bilan munosabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men xafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi”, dedilar. So‘ngra Bilolga: “Ko‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” dedi. Rasululloh: “Ey Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!” dedi. Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi”, dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: “Ey muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz- nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?” dedilar. Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Alloh aytadi: “Parvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi”. Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. “Ota- onaga yaxshilikni”, ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, “Agar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma”, yomon so‘zlarni aytma. “Ota-ona keksalik yoshiga yetsalar”ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. “Va ularning so‘zlarini qaytarma”, gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! “Ularga doimo yaxshi so‘z ayt”. “Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!” ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. “Va ayt: “Parvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin” deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 75 haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi. “Meni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek” (Al-Isro, 23-24), meni kichkina holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat bilan mukofotlagin”. Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: “Kim har kuni ota-onasi haqqiga besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo: “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan”, dedi. (Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi, shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin Alloh aytdi: “Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir”, ya’ni qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir, keyin aytdi: “Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar...” ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar. “Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir” (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota- onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan qaytguvchilarni kechirguvchidir”. Aytildi: “Ota-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor: 1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i; 2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): “Ularga dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi: “Yaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar, kiydirmog‘ingdir”; 3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish; 4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi; 5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi; 6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi; 7) otini aytib chaqirmasligi; 8) orqasidan yurishligi; 9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i; 10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek. Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi: “Parvardigoro, o‘zing meni, ota- onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!” (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim alayhissalomdan: “Parvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob- kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin” (Ibrohim, 41). Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: “Ota-ona uchun duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi”. Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: “Agar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?” deb. Aytiladi: “Ha! Ikkalasini uch narsa bilan rozi qilishi mumkin: 1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa yo‘q. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 76 2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi. 3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi”. 149. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi. Magar uchtasi uzilmaydi: Sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa”. 150. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa, u bilan aloqani uzmanglar” Bu bilan o‘zingizning nuringizni o‘chirasiz, sizning hurmatingiz otangizning hurmatidir!” 151. Zikr qilindi: «Bani Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga kelib, aytdi: «Ota-onam vafot etishdi, menga ikkalalariga yaxshilik qilishga bir narsa (chora) qoldimi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ha, ikkalarining gunohlarini so‘rashlik, vasiyatlarini bajarish, do‘stlarini hurmatlash, ular silai rahmda bo‘lganlar bilan silai rahm qilishlik», dedilar”. ____________ XI bob. Ota-onaning haqqi bobi hadislari 1. Ibn Abbos. “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu...” Zaif*. Buxoriyning “Al-adabul mufrad” (4) va Bayhaqiyning “Ash-shu’ab” (7916- 7915) va “Zaiful-jome’” (5427) ga qarang. 2. Abdulloh ibn Amr. “Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4). 3. Buhz ibn Hakim. “Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay...” Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim (150/4). 4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al- firdavs” (5101) va “Tanzihush-shariy’a” (233/2). 5. Hadis. “Albatta, ota-onaning la’nati...” Sahih*. “As-sahihat” (516-515). 6. Hadis. “Qaysi amallar yaxshiroqdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan. 7. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11). 8. Hishom ibn Urva. «Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112). 9. Hadis. «Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90). 10. Anas ibn Molik. «Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116) kitobida keltirilgan. 11. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar. 12. Hadis. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa...” Hasan*. Buxoriy, “Al-adabul-mufrad” (9-bet) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7898). 13. Hadis. “Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja (4664), “Al-mishkot” (4936)ga qarang. XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI 152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Otaning o‘g‘liga qiladigan haqqi uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga yetsa, uylantirish”. Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: “Bu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi”, dedi. Hazrati Umar o‘g‘liga: “Otangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?” Bu-bu ishlar ota haqqi-ku” deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: “Ey mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?” Aytdi-ki: “Ha bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi – ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir”. O‘g‘il: “Allohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi”. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: “O‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!” dedi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 77 Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Otamning Hifs Iskandaroniydan hikoya qilganlarini eshitdim. U kishi, Alloh rahmat qilsin, Samarqand ulamolaridan edi. U kishining oldiga bir kishi kelib: «O‘g‘lim meni urib qiynaydi”, dedi. “Subhonalloh, o‘g‘il ham otani uradimi?” “Ha, meni urib og‘ritdi”. “Sen unga ta’lim-tarbiya, odob-axloq berdingmi?” “Yo‘q”. “Sen unga Qur’onni o‘rgatdingmi?” “Yo‘q”. “O‘g‘ling nima ish qiladi?” “Dehqonchilik”. “Seni urishiga sabab bo‘ladigan biron narsa o‘rgatganmiding?” “Yo‘q”. Olim aytdiki: “Balki o‘g‘ling tongda eshakka minib, ho‘kizlari oldida, itini ergashtirib dalasiga ketayotib, Qur’on o‘qishni bilmagani uchun qo‘shiq aytib ketayotgan bo‘lsa, shu payt sen o‘g‘lingga ro‘baro‘ kelib qolgan bo‘lsang, seni ham bir mol deb o‘ylagandir. Boshingni yormagani uchun Xudoga hamd aytgin!” Sobit Banoniy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir joyda bir kishi otasini urayotgan ekan. Aytishdiki: “Bu nima qiliq?” Otasi aytdi: “Unga indamanglar, men ham otamni mana shu joyda urgan edim, men ham bu yerda o‘g‘limdan kaltak yeyish bilan o‘shani boshimdan kechiryapman! Bu o‘shaning uchun uryapti, unga hech bir ta’na yo‘q!” Ba’zi hakimlar aytdilar: “Kim otasiga osiy bo‘lsa, o‘g‘lidan xursandchilik ko‘rmaydi. Kim o‘z ishlarida maslahat qilmasa, maqsadiga yetmaydi, kim ahli bilan muomala qilmasa, hayot lazzatini totmaydi”. 153. Sha’biy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Aytganlarki: “Yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani Alloh rahmat qildi”. Solihlardan biridan rivoyat qilindi. U kishi o‘z o‘g‘lini biror ishga buyurmas ekan, agar biron narsaga muhtojbo‘lib qolsa, boshqaga buyurarkan. Bu sirni so‘rashibdi. “Agar men o‘g‘limga ish buyursam, o‘g‘lim bunga bo‘ysunmasdan, do‘zaxga tushishidan qo‘rqaman, men o‘g‘limning do‘zaxda kuyishiga rozi bo‘lmayman”, debdi. Xalaf ibn Ayyubdan ham shu tarzda rivoyat qilindi. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh rahmat qilsin, aytdi: “Erkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onaga yaxshilik qilsa, silai rahmni bog‘lasa, birodarlarini hurmatlasa, ahli bilan, farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq (sadaqa) bersa, tilini saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa (ya’ni o‘z ishidan o‘z vaqtida kelib, ko‘p gapiradiganlar bilan o‘tirmasa), o‘shalar erkaklarning kamolidir”. 154. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Aytdilar: “To‘rt narsa kishining baxtidir: soliha, yaxshi xotin; yaxshilik qiluvchi ajoyib farzandlar; solih do‘stlar va rizqining o‘z shahrida bo‘lishligi” 155. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Vafot etgandan so‘ng yetti narsa bandaga ajr berib turadi. Masjid qurdirgan bo‘lsa, uning ajri shu masjidda bir kishi namoz o‘qisa ham, borib turadi; ariq qazib suv oqizib qo‘ygan bo‘lsa, modomiki, u oqib odamlar undan ichib turgan bo‘lsa ham, ajri borib turadi; kimiki Qur’on yozib, odamlar undan foydalansa, savob borib turadi; kimiki bir ko‘chat ekib ko‘kartirsa, uning ajri odamlar va qushlar yeb turishi bilan boraveradi. Kim ilm o‘rgatgan bo‘lsa va farzand qoldirgan bo‘lsa, gunohlarini kechishini so‘rab, o‘tganidan keyin duo qilib tursa, u farzand solih bo‘lsa, ota farzandiga Qur’on, odob va ilmni o‘rgatgan bo‘lsa, uning ajr- savobi farzandning savobidan kamay-masdan boradi. Agar ota farzandiga Qur’on Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 78 o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan otasiga borib turadi. 156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!” ___________ XII bob. Farzandning ota ustidagi haqlari bobi hadislari 1. Abu Hurayra. “Otaning o‘g‘ilga qiladigan haqqi uchtadir...” Zaif*. “Zaiful jome’” (2734)ga qarang. 2. Sha’biy. “Alloh yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani...” Mursal (zaiflardan)*. “Tahrijul ihyo”ga va “Zaiflar” (1946)ga qarang. 3. Hadis. “To‘rt narsa kishining baxtidir...” Zaif*. Ibn Abu Dunyo, “Kitobul ixvan” (54,53) va “Az-zaifatu” (759)ga qarang. 4. Yazid Raqqoshiy. “Yetti narsa bandaga ajr berib turadi...” Zaif*. Abu Na’im, “Al-xulya” (433/2). 5. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. (149 raqam bilan chiqdi). Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling