Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati 
bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining 
oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi, 
agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda 
qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam 
bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda 
bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir 
(ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir). 
 
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan 
edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir: 
1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar; 
2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab 
turadi; 
3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib, 
qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”. 
 
180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor, 
sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och 
o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen 
unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?” 
 
Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir: 
1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa; 
2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa; 
3) kishi qabristonlardan o‘tib, u  yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa; 
4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa. 
5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa; 
6) Kishi  yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa 
o‘rganish uchun bormasa; 
7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa; 
8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa; 
9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa; 
10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa 
bermasa...”. 
 
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt 
narsadadir: 
1) qo‘shniga hamdard bo‘lish; 
2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi; 
3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i; 
4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i. 
 
_____________ 
XIV bob. Qo‘shnichilik haqlari bobi hadislari 
 
1. Abdulloh ibn Amr ibn Os. “Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kunida quyidagi yetti kimsaga...” Zaif*. Ajriy, “Zammul luvot” 
(53) va “Al-kaboir” (149) ga qarang. 
2. Abdulloh ibn Mas’ud. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nafsim o‘z qudratida bo‘lgan zotga qasamki...” Zaif*. Ahmad (387/1), Hokim (165/4) 
va Bayhaqiy (3524). 
3. Said ibn Musayyab. “Payg‘ambar aytdilar: “Qo‘shnining qo‘shniga hurmati...” Mursal*. Ibn Abu Dunyo, “Al-makorim” (323). 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
4. Muhojid. “Abdulloh ibn Amr ibn Os g‘ulomiga aytdi: ...” Sahih*. Ahmad (160/2), Abu Dovud (5 152) va Termiziy (1943). 
5. Abu Shurayix Ka’biy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6019) va 
Muslim (48). 
6. Hasan Basriy. «Yo Rasululloh! Qo‘shnining qo‘shnida nima haqqi bor?..» Zaif*. Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (9560) va Xaroitiy, «Makorimul 
axloq» (40-bet).  
7. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jabroil menga hamisha qo‘shni haqida vasiyat qilar ediki...» Sahih*. Ahmad (445, 305/2), 
Ibn Moja (3674). 
8. Abu Hurayra. «Rasululloh aytdilarki: «Yo Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin...» Hasan*. Termiziy (2305) va «As-sahihat» (402/3) ga qarang. 
9. Hadis. «Qo‘shnilar uch xil bo‘ladi...» Zaif*. «Zaiful jome’» (2674). 
10. Abu Zarr G‘iforiy. «Menga do‘stim Muhammad (s.a.v.) uch narsani vasiyat qildilar...» Sahih*. Muslim (648, 837, 2625), Ahmad (171, 
161/5) va Bayhaqiy, «Ash-shu’ab» (7347-5919). 
11. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Zaif*. «Zaiful jome’» (4191). 
12. Anas ibn Molik. «Payg‘ambardan (s.a.v.) aytildi: «Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekan...» Zaif*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» 
(1111) va Asbahoniy «At-tartib» (875), «Zaiful jome’» (4268).
 
 
 
XV BOB. AROQ ICHISHDAN QAYTARISH 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Abdulloh ibn Umar aytdi, Alloh 
ikkovidan ham rozi bo‘lsin: “Aroq ichuvchi kishini qiyomat kunida betlari qora holatda 
keltiriladi. Ko‘zlari ko‘kargan, tupuklari oqqan, tili ko‘kragiga tushgan holda turadi. 
Undagi hidning sassiqligidan, kim oldidan o‘tsa, jirkanadi. Aroq ichganga salom 
bermanglar, kasal bo‘lsa, borib ko‘rmanglar. O‘lib qolsa, janoza o‘qimanglar”. 
 
Masruq aytadi: “Aroq ichuvchi kimsa butga ibodat qiluvchi kabidir. Aroq ichuvchi kimsa 
Lot va Uzzo (kabi butlar)ga ibodat qiluvchi kabidir”. 
 
Ka’bul Ahbor aytadi: “Bir qadah olovni ichmoqligim bir qadah aroqni ichishimdan 
yaxshiroqdir”. 
 
181. Payg‘ambardan (s.a.v.) aytdilar: “Mast qiluvchi hamma narsa xamrdir. Mast 
qiluvchi narsaning hammasi haromdir. Kim dunyoda aroq ichib, tavba qilmasdan, aroqni 
ichishda davomiylik bilan o‘lsa, oxiratda u (sharob) ichmaydi”. 
 
Faqih aytdi: “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir”, degan hadisning ma’nosi pishirilgan 
bo‘lsa ham, pishirilmagan bo‘lsa ham, deganidir. 
 
182. Bu gap Jobir ibn Abdullohdan qilingan rivoyat kabidir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Ko‘pi mast qilguvchi narsaning ozi ham haromdir”. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Pishirilgan aroqni ichuvchi oddiy aroq ichuvchidan 
ko‘ra qattiqroq gunohkordir. Chunki aroq ichuvchi fosiqdir. Kim pishirilgan aroq ichsa, 
uning kofir bo‘lib qolishidan qo‘rqiladi, chunki aroqni ichuvchi kimsa aroq harom deb 
iqror bo‘lib ichadi, pishirilgan hamrni ichuvchi mast qiluvchi narsani ichadi, u esa buni 
halol sanaydi. Musulmonlar ijmosida mast qiluvchi narsaning ozi ham, ko‘pi ham 
haromdir. U agar uni halol desa, ijmoi ulamoga ko‘ra kofir bo‘ladi. 
 
184. Usmon ibn Affon, Alloh undan rozi bo‘lsin, xutba qilib aytdi: “Ey odamlar, aroqdan 
saqlaninglar. Chunki u yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldin bir zohid kishi bor edi. 
To‘xtovsiz masjidga qatnardi. Unga bir yomon xotin uchradi. Bu xotin cho‘risiga uni 
uyiga kirgizishni buyurdi. Uni uyiga kirgizib, eshikni mahkamladi. Xotinning oldida bir 
ko‘za aroq, bir bola bor edi. Xotin unga: “Mendan qochib qutula olmaysan, bu aroqni 
ichmasang, yoki menga yaqinlik qilmasang, yoki bu bolani o‘ldirmasang, mening uyimga 
kirib oldi, deb baqiraman. Senga u paytda kim ishonadi?” dedi. Bu payt yigit og‘ir 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
holatda qoldi va o‘ziga aytdiki, fahsh ishga hech ham bormayman. Bu bolani 
o‘ldirmayman! Kel, aroqni ichganim yaxshiroqdir, deb aroqni ichibdi. Bir piyolasidan 
so‘ng, yana quyishni so‘radi. Allohga qasamki, ko‘p o‘tmay xotin bilan yaqinlik ham qildi
bolani ham o‘ldirdi”. 
 
Usmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Undan qochinglar, chunki u iflosliklarning 
onasidir. Allohga qasamki, imon va aroq kishining qalbida jam bo‘lmaydi. Agar jam 
bo‘lsa ham, bittasi ikkinchisini ketkizadi”. 
 
Ya’ni, agar aroq ichuvchi aroq ichsa, mast bo‘lib, uning tiliga kufr kalimasi keladi va 
uning tili bu narsaga o‘rganib qoladi, o‘layotgan vaqtida tiliga kufr kalimasi kelib 
qolishidan qo‘rqiladi. So‘ngra u bu dunyodan kufr holatda ketadi va abadiy do‘zax 
azobida qoladi. Chunki bandalardan imonning uzilishi o‘lim paytida – jon ketish vaqtida 
bo‘ladi. Buning sababi hayotlik vaqtida gunohlar qilganligidir. So‘ngra esa pushaymon va 
hasratda qoladi. 
 
Zahhok aytdi: “Kimki aroqni doimiy ichuvchi holatida vafot etsa, qiyomat kunida mast 
holatda tiriladi”. 
 
185. Said Qatodan rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga aytdilar: “To‘rt nafar kishi 
jannat hidini topmaydi. Uning hidi besh yuz yillik yo‘ldan ham kelib turadi, bular baxil, 
minnat qiluvchi, aroq ichuvchi, ota-onaga oq bo‘luvchi kishilardir”. 
 
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Aroqda o‘n kishi la’natlanadi: uni siqib 
oluvchi va siqdiruvchi, uni ichuvchi, uni quyuvchi, ko‘taruvchi, uning uchun ko‘tariluvchi, 
savdogar, savdolashgan, uni sotuvchi, oluvchi va uni ekkan kishi”. 
 
186. Ba’zi xabarlarda Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilindi, aytdilar: “Qiyomat 
kunida aroq ichuvchi qabridan o‘laksadan ham sassiqroq bo‘lib chiqadi. Ko‘za uning 
bo‘yniga osilgan, qo‘liga piyolasi bog‘langan, uning butun eti va terisining orasini ilon va 
chayonlar to‘ldirib olgan. Olovdan etik kiygan. Uning bosh miyasi qaynaydi. U qabrini 
do‘zax chuqurligidan chuqur bir qabrda topadi. Do‘zaxda Fir’avn va Homonlar bilan yaqin 
bo‘ladi”. 
 
187. Oyisha onamiz, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Kim aroq ichuvchini bir luqma bilan taomlantirgan bo‘lsa, Alloh taolo uning jasadiga 
chayon va ilonni ega qilib qo‘yadi. Kim uning hojatini chiqargan bo‘lsa, Islomni buzishiga 
yordam bergan bo‘ladi. Kim unga qarz bergan bo‘lsa, mo‘minni o‘ldirishiga yordam 
bergan bo‘ladi, kim u bilan o‘tirishgan bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kunida uni ko‘r qilib, 
hushi yo‘q holatda tiriltiradi, kimiki aroq ichsa, uni uylantirmanglar. Agar kasal bo‘lsa, 
borib ko‘rmanglar, agar shohidlik bersa,  shohidligini qabul qilmanglar. Meni haq 
payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, aroq ichgan kishi Tavrotda, Injilda, Zaburda, 
Furqonda (Qur’onda) la’natlangandir. Kim aroq ichsa, Allohning payg‘ambarlariga 
tushirgan kitoblarini inkor qilibdi. Kim halol sanasa, kofir bo‘libdi, kim xamrni halol 
sanasa, dunyo va oxiratda men undan bezorman”. 
 
Ato ibn Yosir aytadi: Bir kishi Ka’b-ul Ahbordan so‘radi: “Aroq Tavrotda harom 
qilinganmi?” “Ha”, dedi, keyin bu oyatni o‘qidi: “Ey mo‘minlar, aroq, qimor, butlar 
va  cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
harom ishdir” (Moida, 90). Tavrotda yozilgan: “Biz botilni yo‘q qilish uchun haqni nozil 
qildik va  u bilan bekorchi o‘yinni, nog‘orani, surnayni botil qildik va aroqni ham; aroq 
ichuvchiga vayl azobi bo‘lsin. Alloh ulug‘ligiga va izzatiga qasam ichdiki, bu dunyoda 
undan to‘xtamasa, u qiyomat kunida chanqoq bo‘ladi. Men uni harom qilganimdan keyin 
tark qilsa, Men uni Hozirat ul-qudusda sug‘oraman”. So‘raldi: “Hozirat ul-qudus nima?” 
Aytdi: “Qudus – Alloh, hozira esa jannatdir”. 
 
Faqih aytdi: Aroq ichishdan saqlangin. Chunki undan o‘nta yomonlangan xislat bor:’ 
 
1. Agar uni ichsa, majnunga aylanadi. Bolalarga kulgi bo‘lib, ermakka aylanadi. Aqllilar 
oldida yomon ot-liqdir. 
Abu Dunyo aytganidek: Bog‘dod ko‘chalaridan birida bir mastning bavl qilayotganini 
ko‘rdim. U siydigini yuziga artib: “Ey Parvardigor, meni tavba qilguvchilardan, 
pokdomonlardan qilgin”, deb aytardi. 
Bir ko‘chada mast kishi yotgan edi, it kelib uning og‘zini va soqolini yaladi. U itga: “Ey 
do‘stim, ey do‘stim, Alloh senga barakot bersin”, dedi. Keyin haligi it oyog‘ini ko‘tarib, 
uning yuziga bavl qildi. Haligi mast issiq suv uchun Alloh senga barakot bersin, deb 
aytar edi... 
 
2. U molni yo‘q qilguvchi, aqlni ketkazuvchi. Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytganidek: 
“Ey Allohning elchisi, aroq borasida bizga fikringizni bering”. Aytdilar: “Albatta, u molni 
yo‘qotuvchi, aqlni ketkazuvchidir”. 
 
3. Uni ichishlik odamlar, do‘stlar, og‘aynilar orasida adovatga sabab bo‘ladi. Alloh taolo 
aytganidek: 
“Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni 
xohlaydi” (Moida, 91). 
 
4. Albatta, uni ichishlik Allohning zikridan va namozdan man’ qiladi. Alloh aytganidek: 
“Shayton sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, 
xolos. Endi to‘xtarsizlar?” (Moida, 91). Ya’ni, undan to‘xtanglar. Bu oyat tushgan 
vaqtlar Umar ibn Xattob: “Albatta, to‘xtaymiz, ey Rabbim”, degan edi. 
 
5. Uni ichmoqlik, zinoga olib boradi. Chunki ichgan vaqtida xotinini taloq qiladi, o‘zi 
sezmay qoladi. 
 
6. Aroq hamma yomonlik kalitidir. Agar uni ichsa, unga hamma gunohlar yengil bo‘lib 
qoladi. 
 
7. U fosiqlik majlisiga kirish bilan o‘zida sassiq hid borligi uchun maloikalarga aziyat 
berib qo‘yadigi, ozor bermaganga ozor berishlik joiz emas. 
 
8. Uni ichgan kishini sakson darra urishlik vojib bo‘ladi. Agar dunyoda urilmasa, qiyomat 
kunida o‘tdan bo‘lgan qamchi bilan boshiga uriladi. Urayotgan vaqtda otasi va do‘stlari 
qarab turadi. 
 
9. Aroq ichishlik bilan o‘zi uchun osmon eshigini yopib qo‘yadi, chunki qirq kungacha 
yaxshi amallari va qilgan duolari qabul bo‘lmaydi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
 
10. Aroq ichuvchi xavotirga tushuvchidir, chunki u o‘layotgan vaqtida imonsiz holda 
chiqishidan qo‘rqiladi. Bu azoblar dunyodadir, oxirat azoblariga yetmasdan oldindir. 
 
Ammo oxirat azoblarini sanab bo‘lmaydi, undagi yiring, zaqqum, savoblarini yo‘q bo‘lishi 
va boshqalar. Oqil kishiga ozgina lazzatni tark etib, katta lazzatni ixtiyor qilishil lozim 
bo‘ladi. 
 
Muqotil ibn Sulaymondan Allohning: 
“Biz taqvodor zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdilar va 
jinoyatchi kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni 
(eslang)!” (Maryam, 85-86) oyati xususida rivoyat qilindi. Alloh taolo rozi bo‘lgan 
“Jannat ahli tiriladi va jannat eshigi oldida to‘xtaydi. Bir vaqt tagidan ikki buloq oqadigan 
daraxtning tagida bo‘ladilar. So‘ngra buloqning birida suv ichadilar, ularning ichida biron 
axlat qolmasdan, ichidan chiqarilib yuboriladi. Keyin ikkinchi buloqning oldiga keladilar, 
unda cho‘miladilar. Badanlarida, terida bo‘ladigan biron bir ifloslik qolmaydi, hammasi 
ketadi. Alloh taolo kalomida (jannat qo‘riqchilari) aytadi: “Sizlarga tinchlik-omonlik 
bo‘lsin. Xush keldingiz!” (Zumar, 73) Keyin zotdor tuyalarda keltiriladilarki, qizil 
yoqutdandir, uning oyoqlari tillodan, yoqut va dur bilan o‘ralgan, yoqasi marvariddan. 
Ulardan har bir kishi ikkita kiyim kiyadi. Agar o‘sha kiyimidan bittasi dunyo ahli uchun 
chiqarilsa, dunyo nurlanib ketadi. Har birlari maloikalar bilan birga bo‘ladilar va ular 
jannatdagi o‘rnini unga dalolat qiladilar. Vaqtiki, jannatga kirsalar, kumushdan bo‘lgan 
qasrga ko‘tariladilar. Uning oynalari tillodandir. Ular qasriga yetganlarida, yosh qizlar 
istiqbollariga chiqadilar. Ular go‘yoki sochilgan marvarid kabidirlar. Ularda kiyimlar va 
taqinchoqlar, kumush idishlar, tillo qadahlar bordir. Maloikalar salom beradilar, ular ham 
alik oladi, keyin u yerga kiradilar. 
 
Bir vaqt u o‘zi uchun Alloh taolo nima tayyorlaganini ko‘radi va uni bu joyga tushganligi 
bilan tabriklaydi. Unga farishta aytadi: “Nima xohlaysan?” Aytadi: “Alloh-ning 
karomatiga tushmoqni xohlayman”. Ular: “Senga bundan ham yaxshisi bor”, deydilar. U 
yuradi, keyin uni tilla qasrga ko‘tarishadi, uning oynalari marva-ridlardandir. Unga 
yaqinlashsa, yosh qizlar istiqboliga chiqishadi. Ular go‘yoki sochilgan  marvariddekdir. 
Ularda kumush idishlar, tillo qadahlar bordir, unga salom beradilar. U ham salomlariga 
alik oladi.  Unga tushishni xohlaydi, shunda maloikalar: “Yurgin, bu qasrdan ham 
afzalrog‘i bor sen uchun”, deydi. Bas, yurgandan keyin, qizil yoqutdan bo‘lgan qasrga 
ko‘tariladi.  Uning pokligidan uning ichkarisi tashqarisidan unga ko‘rinadi. Unga salom 
beradilar. U ham qaytaradi. Unga kirgandan keyin, uni Xurul’iyn kutib oladi. Unda 
yetmishta kiyimi bo‘ladi, biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Undagi hid yuz yillik yo‘ldan ham 
kelib turadi. Ahli jannat u Hurning yuziga qarasa, uning tozaligidan o‘z yuzini ko‘radi, 
agar uning ko‘kragiga qarasa, kiyimining yupqaligidan jigarlari ko‘rinadi. Suyaklarining 
yupqaligidan sonining iligini ko‘radi. Bu qasr bir farsah keladi, uning balandligi ham 
shunchadir. Uni to‘rt ming ikki tabaqali eshigi bor, tillodandir. Uning gilamllari tillodan, 
toji marvariddan. Vaqtiki u yopiladi, unda dunyo uylaridagi yetmish uy to‘shagi 
to‘shalgan katta so‘ri bordir. Unga o‘tirib meva xohlasa, meva kirib keladi. Yeydi yoki 
xohlasa, so‘risi bilan borib yeydi. Buning hammasi taqvodorlarning savobidir. Ular aroq 
ichishdan va fohishaliklardan saqlangandir. 
 
Ahli do‘zax do‘zaxga haydab keltiriladi, unga yaqinlashishsa, uning eshiklari ochiladi. 
Ularni temir tayoqlari bo‘lgan farishtalar kutib olishadi. Do‘zaxga kirsalar, ularning 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
a’zolaridan birontasi azobsiz qolmaydi. Ilon chaqadi yoki olov yondirib yuboradi yoki 
(azob) farishtasi uradi,  urgan vaqtida do‘zaxning qirq yillik qa’riga tushadi. Uning tubi 
yo‘q, keyin uni o‘t ko‘tarib tashlaydi, so‘ngra farishta yana uradi, do‘zaxga yana tushadi, 
qachon boshi ko‘rinsa, uraveradi. Alloh taolo aytganidek: 
“Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun 
o‘rniga boshqa terilarini almashtiramiz. Albatta, Alloh taolo qudrat va hikmat 
egasi bo‘lgan  zotdir” (Niso, 56). 
 
Bizga yetdiki, ularning terilari bir kunda yetti marta almashtiriladi. Agar chanqasalar, 
suv deb qichqiradilar. Ularga issiq suv keltiriladi, o‘sha issiq suvni u yuziga 
yaqinlashtirsa, yuzining go‘shtlari issiqdan tushib ketadi. Keyin og‘ziga kiradi. Uning 
tishlari, milklari tushib ketadi, keyin qorniga kiradi. So‘ngra ichaklarini kesadi, terisini 
pishiradi. Alloh aytadi: 
“U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib yuborilur. 
Ular uchun temir gurzilar bordir” (Haj, 20-21). 
 
So‘ngra Alloh o‘zi xohlagancha ularga azob bergandan keyin, jannatning qo‘riqchilarini 
chaqiradi. 
“(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: “Parvardigorlaringga 
duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deydilar. (G‘ofir, 49). 
Bas, ularga javob berilmaydi. Keyin Molik (jahannam boshlig‘i)ni chaqiradilar, 
u qirq yilgacha javob bermaydi. Aytadilar: “Qo‘riqchilarni chaqirdik,  Molikni 
chaqirdik, javob  bermadi. Kelinglar, afsus-nadomat qilib,  qayg‘uraylik”. 
Ularga bu ham foyda bermaydi. Keyin, “Kelinglar, sabr qilamiz”, deydilar, bu 
ham hojatsiz bo‘ladi. Aytadilar: “Dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz 
uchun barobardir, hech qanday najot yo‘qdir” (Ibrohim, 21). 
Kofirlar uchun azob ana shudir. 
 
Vaqtiki, musulmon aroq ichsa, kufr so‘z tiliga keladi. Qo‘rqiladi, o‘layotgan vaqtida imon 
undan ketib qoladi, deb Musulmon kishi uchun aroq ichishdan qaytmog‘i va aroq 
ichuvchilardan uzilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar u bilan qo‘shilib yursa, qo‘rqiladiki, unga 
ham bu aroq ichishlik o‘tib qoladimi, deb va qiyomat kun qo‘rqinchini fikr qilmog‘i kerak 
bo‘ladi. Chunki kimiki qiyomat kun qo‘rquvini fikr qilsa, uning qalbi aroq ichishlikka hech 
ham moyil bo‘lmaydi. Aroq ichuvchi bilan suhbatda bo‘lish qam mumkin bo‘lmaydi. 
 
Hasan Basriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Bizlarga yetdiki, agar banda 
aroqdan bir marta ichsa, uning qalbi qorayadi. Ikkinchisini ichsa, maloikalar bezor 
bo‘lishadi. Uchinchisini ichsa, malakul-mavt (o‘lim farishtasi) bezor bo‘ladi. To‘rtinchisini 
ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.) bezor bo‘ladilar. Beshinchisini ichsa, Payg‘ambar (s.a.v.)ning 
sahobalari bezor bo‘ladi. Oltinchisini ichsa, Jabroil alayhissalom bezor bo‘ladi. 
Yettinchisini ichsa, Isrofil alayhissalom bezor bo‘ladi. Sakkizinchisini ichsa Mikoil 
alayhissalom bezor bo‘ladi. To‘qqizinchisini ichsa, osmonlar bezor bo‘ladi. O‘ninchisini 
ichsa, yer bezor bo‘ladi. O‘n birinchisini ichsa, dengiz baliqlari bezor bo‘ladi. O‘n 
ikkinchisini ichsa, osmon va quyosh bezor bo‘ladi. O‘n uchinchisini ichsa, yulduzlar bezor 
bo‘ladi. O‘n to‘rtinchisini ichsa, maxluqotlar bezor bo‘ladi. O‘n beshinchisini ichsa, unga 
jannat eshiklari yopiladi. O‘n oltinchisini ichsa, do‘zax eshiklari ochiladi. O‘n yettinchisini 
ichsa, arshni ko‘tarib turuvchilar bezor bo‘ladilar. O‘n sakkizinchisini ichsa, kursiy bezor 
bo‘ladi. O‘n to‘qqizinchisini ichsa, undan arsh bezor bo‘ladi. Vaqtiki yigirmanchisini ichsa, 
undan Alloh taolo bezor bo‘ladi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
 
188. Asmo Yazid qizi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Men Rasululloh (s.a.v.) ushbu 
so‘zlarni aytganlarini eshitdim: “Kim aroq ichsa, qorniga joylasa (ya’ni, mast qilmasa 
ham), yettita namozi qabul bo‘lmaydi. Bas, agar aqlini ketkazgan bo‘lsa, qirq kunlik 
namozi qabul qilinmaydi va o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini 
qabul qiladi. Yana ichishga qaytsa, Alloh uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘ormoqqa 
haqlidir”. 
 
Boshqa xabarda keladi: “Vaqtiki, bir marta aroq ichsa, uning namozi qabul bo‘lmaydi, 
ro‘zasi ham, boshqa amallari ham qirq kungacha qabul bo‘lmaydi. Agar ikkinchisini 
ichsa, uning namozi, ro‘zasi va boshqa amallari sakson kungacha qabul qilinmaydi. 
Uchinchisini ichsa, bir yuz yigirma kungacha qabul qilinmaydi. Agar to‘rtinchisini ichsa, 
o‘ldiringlar, u kofirdir. Uni do‘zax ahlining yiringlari bilan sug‘orishga Alloh taolo haqli 
bo‘ladi”. 
 
190. Boshqa xabarda rivoyat qilindi: “Gunohlar, xatolar hammasi bir uyda qilinadi. Bu 
uyning kaliti aroq ichishlikdir”. Ya’ni, aroq ichsa, o‘ziga yomonlik – gunoh eshiklarini 
ochib oladi. 
 
Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi: “Kimiki qizini aroq ichuvchiga bersa, go‘yoki qizini 
zinoga haydabdi”. Buning ma’nosi shuki, albatta, aroq ichuvchi mast bo‘lsa, uning tiliga 
taloq kalimasi ko‘p keladi, unga xotini harom bo‘ladi, o‘zi sezmaydi. 
 
Aytildi: Albatta, aroq ichuvchi sanamlarga ibodat qiluvchiga o‘xshaydi. Chunki Alloh taolo 
xamrni ifloslik deb nomladi. “(Aroq) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot 
topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz” (Moida, 90). 
 
Va yana aytdi: 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling