Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
“Ko‘p gumondan chetlaninglar! Chunki ayrim (gumon)lar gunohdir”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan biringiz o‘lik birodarlaringiz-ning go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi Ana, yomon ko‘rdingizmi”
- “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin”
- “Va ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmangiz”, keyin bu oyatni tilovat qildi: “(Ey Muhammad), mo‘minlarga ay-ting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan)
- “Butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz”
“Ko‘p gumondan chetlaninglar! Chunki ayrim (gumon)lar gunohdir” (Hujurot, 12). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 98 Sufyon Savriy aytdiki: “Gumon ikki xildir. Birida gunoh bor, birida gunoh yo‘qdir. Gunoh bor gumon – oldin qalbida saqlab, keyin tili bilan aytadi, ikkinchisi, gunoh yo‘q gumon, qalbida saqlaydi, ammo gapirmaydi. “Josuslik qilmanglar”, ya’ni birodaringizning ayblarini izlab yurmanglar. “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan biringiz o‘lik birodarlaringiz-ning go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi? Ana, yomon ko‘rdingizmi?” (Hujurot, 12), ya’ni o‘lgan birodlarlaringizning go‘shtini yomon ko‘rganlaringizdek, birodaringiz yo‘q paytida uni yomonlik bilan zikr qilishdan saqlaningizlar. 210. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, ushbu: “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin”, oyati borasida aytadi: “Bu oyat Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ikkitasi haqida tushgan bo‘lib, bu voqea shunday bo‘lgan. Payg‘ambar (s.a.v.) safar paytida ikki boy kishiga kambag‘al bir kishini hamroh qildilar va unga ikki boy kishining ozuqasidan yeyishligi va safarini o‘tkazishligi uchun ikkoviga joylarini hozirlashi, ovqatini qilib berishi, ularning qanday xizmati bo‘lsa, bajarishini aytdilar. Salmonni, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytilganidek, ikki kishiga qo‘shdilar. Kunlarning birida ular bir joyga tushdilar. Salmon esa ularga hech narsa tayyorlay olmadi. Shundan so‘ng ikkalasi Salmonga: “Sen Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlarga ovqat so‘ragin”, deyishdi. Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yonlariga ketdi. Salmon ketganidan keyin, biri ikkinchisiga dedi: “U anavi quduqqa yetguncha holdan toyib qoladi”. Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga yetib kelib, ularning aytgan so‘zlarini bayon qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Ularga ayt, sizlar ovqatlaringizni yeb bo‘ldilaringiz, deb”. Salmon qaytib kelib, u ikkisiga Payg‘ambarning (s.a.v.) so‘zlarini yetkazdi. Ular Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldilar. Va o‘zlarining hech qanday ovqat yemaganliklarini aytishdi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) ularga: “Sizlarning og‘izlaringizda go‘shtning qizilini ko‘ryapman”, dedilar. Ular esa yana: “Bizlar go‘sht yeganimiz yo‘q, ovqat ham yeganimiz yo‘q”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Albatta, sizlar birodarlaringizni g‘iybat qildilaringiz”, dedilar. Shundan so‘ng, so‘radilar: “O‘lik go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rasizlarmi?” Ular: “Yo‘q”, deb javob berishdi. Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘lik go‘shtini yeyishni yomon ko‘rganingizdek, birovni g‘iybat qilmangizlar. Chunki kimki o‘z birodarini g‘iybat qilsa, uning go‘shtini yebdi”, dedilar. Shu bois ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12). Hasan Basriyga: “Bir kishi sizni g‘iybat qildi”, deb aytishdi. Hasan Basriy u kishiga bir tovoq xurmo jo‘natib dediki: “Sen menga o‘zingning yaxshilik xislatlaringni hadya qilibsan, men bu ishing uchun seni mukofotlashni xohladim, sendan uzr so‘rayman, sening mukofotingni oxiriga yetkazishga qodir bo‘lmadim”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 99 Ibrohim Adhamdan zikr qilindi. U kishi bir guruh odamlarni ziyofat qildi. Ular dasturxon atrofida o‘tirganlarida bir kishi haqida g‘iybat qila boshladilar. Shunda Ibrohim Adham dedi: “Bizlardan oldin o‘tgan kishilar go‘sht yeyishdan oldin non yeyishardi, sizlar esa non yeyishdan oldin go‘sht tanovul qildilaringiz”. Abu Amoma Bohiliydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Qiyomat kunida bandaga o‘z kitobi keltiriladi. Unda o‘zi qilmagan yaxshiliklarni ko‘radi. Shunda bandasi: “Ey Alloh! Menga bu amallar qaerdan keldi?” deb so‘rar ekan. Alloh aytadiki: “Ey bandam, bu amallar odamlar seni g‘iybat qilganda yetgan, ammo sen bu narsalarni sezmagansan”. Ibrohim Adham g‘iybatchilarga xitob qilib aytdiki: “Ey yolg‘onchi! Do‘stlaringga dunyoing bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan o‘rningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan o‘rningda maqtalmaysan”. 211. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “To‘rt narsa ro‘zani ochadi, tahoratni ketkazadi va amalni buzadi. Birinchi, g‘iybat, ikkinchi, chaqimchilik, uchinchi, yolg‘onchilik, to‘rtinchi, halol bo‘lmagan xotinga qarashlik. Bular xuddi daraxt ildizini suv bilan sug‘organdek, yomonlik ildizlarini sug‘oradi va aroq ichishlik xatolarni ko‘paytiradi”. Ka’b-ul Ahbor aytadi: “Payg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim u g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi”. Iso ibn Maryam alayhissalomdan zikr qilindi: U kishi do‘stlariga dedilarki: “Agar uxlab yotgan kishining ustiga kelib qolsangizlar, shamol uning biror avratini ochsa, sizlar uning ustini yopib qo‘yasizlarmi?” Ular: “Ha” deyishdi. Iso alayhissalom: “Balki sizlar qolganini ham ocharsizlar”, dedilar. Do‘stlari: “Subhonalloh, qolganini ochgani qanday qo‘l boradi?” deb javob berishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Sizlarning oldilaringizda bir kishi bir odamni yomonlasa, sizlar esa undan qattiqroq yomonlaysizlar. Bu bilan uning qolgan avratini ochib tashlaysizlar”. Homid Rabi’y rivoyat qildi: “Men masjidda o‘tirgan edim, u yerdagilar bir kishi haqida har xil gaplarni gapira boshladilar. Ularni bundan qaytardim. Undan jim bo‘lib, boshqasiga o‘tdilar. Ular boshqa kishidan to‘xtab, yana oldingi kishiga o‘tdilar. Men ham ularning ba’zi ishlariga aralashdim, o‘sha kechasi tush ko‘rdim. Tushimda bo‘ylari uzun, qora kishi mening uyimga kelganini ko‘rdim. Uning qo‘lida bir tovoq bo‘lib, tovoqda bir bo‘lak cho‘chqa go‘shti bor edi. U menga: “Shu go‘shtdan yegin”, dedi. Men “Cho‘chqa go‘shtidan yemayman, Allohga qasamki, yemayman”, dedim. U esa qattiq so‘kib: “Sen bundan ham yomonrog‘ini yeding-ku!” dedi va og‘zimga tiqa boshladi, shu payt uyqudan uyg‘onib ketdim. Shundan so‘ng o‘ttiz-qirq kun o‘tirib qoldim, qaysi ovqatni yesam, o‘sha go‘shtning ta’mi kelib, og‘zimda sasir edi”. Sufyon ibn Husayn aytdi: “Men Ilyos ibn Muoviyaning oldida o‘tirgan edim. Bir kishi o‘tib qoldi. U kishi haqida u-bu deb gapirdim. Ilyos “Jim bo‘lgin!” deb aytdi va so‘radi: Yo Sufyon, sen Rumga yurish qilganmisan? Yo‘q! – deb javob qildim. Turkka qarshi yurish qilganmisan? Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 100 Yo‘q! U: Sendan Rum va Turk salomat qolibdi, lekin musulmon birodaring salomat qolmadi, dedi” Sufyon: “Shundan so‘ng, bu ishga qaytmadim”, deydi. Hotam Zohid, Alloh rahmat qilsin, aytdiki: “Uch narsa majlisda bo‘lsa, rahmat ketadi”. Birinchisi, dunyoni zikr qilish. Ikkinchisi, kulgu. Uchinchisi, odamlarni g‘iybat qilish”. Roziy aytadi: “Mo‘min sendan uch xislat bilan nasiba olsa, yaxshilardan bo‘lasan. Birinchisi, agar sening unga foydang tegmasa, sen unga zarar qilma. Ikkinchisi, agar sen uni xursand qila olmasang, unga g‘am keltirma. Uchinchisi, agar sen uni maqtay olmasang, uni yomonlay ko‘rma”. Mujohiddan zikr qilindi: “Odam farzandlari bilan bir farishta ham o‘tirgan edi. Shu vaqtda ulardan biri birodarlaridan birini maqtab gapirib qoldi. Maloika aytdiki: “Senga ham unga o‘xshashi bo‘lsin”. Yana birlari birodarlarining yomon tomonlarini zikr qildi. Maloika aytdi: “Ey odam bolasi, uning avratiga qo‘yilgan satrni (pardani) ochding, o‘zingning nafsingga qaytgin va Allohga hamdki, U zot sening avratingni berkitdi”. Zikr qilinishicha, kunlarning birida Ibrohim Adhamni bir noma’lum kishi mehmonga aytdi. Ibrohim Adham kelib o‘tirgach, ulardan biri, falonchi kelmadi, dedi, ikkinchisi esa falonchi semiz, og‘ir, dedi. Ibrohim aytdiki: “Musulmonni g‘iybat qilgan paytda qornim to‘ydi”, deb chiqib ketdi va uch kungacha ovqat yemadi. Hakimlarning ba’zilari aytdilarki: “Uch narsaga kuching yetmasa, uch narsani mahkam ushla. Birovga yaxshilik qilishga kuching yetmasa, yomonlik qilishdan saqlangin. Agar odamlarga foydang tegishiga qodir bo‘lmasang, zarar keltirishdan o‘zingni saqlagin. Agar ro‘za tutishga qodir bo‘lmasang, odamlarning go‘shtini yemagin”. Vahb Makkiydan zikr qilindi: “G‘iybatni tashlashim menga dunyo va u yaralgandan yo‘q bo‘lgunicha bo‘ladigan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir. Alloh menga harom qilgan narsalardan ko‘zimni berkitmoqligim dunyo va undagi narsalar meniki bo‘lib, uni Alloh yo‘lida sarf qilishimdan yaxshiroq”, dedi va ushbu oyatni o‘qidi: “Va ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmangiz”, keyin bu oyatni tilovat qildi: “(Ey Muhammad), mo‘minlarga ay-ting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) saqlasinlar” (Nur, 30). Faqih aytadi: Odamlar g‘iybat qiluvchining tavbasidan so‘zlashdilarki, g‘iybat qilgan kishi (g‘iybat qilingan) birodaridan ruxsat olmasdan, tavba qilsa, joiz bo‘ladimi?” deb. Ba’zilar: “Joiz bo‘ladi”, deyishdi, ba’zilar: “Birodaridan ruxsat olmasa, joiz bo‘lmaydi”, dedilar. Bu bizning nazdimizda ikki xildir: Birinchi, agar gap g‘iybat qilingan kishiga yetgan bo‘lsa undan ruxsat olib tavba qilmog‘i, keyin Allohdan kechirim so‘rashi lozimdir. Agar gap yetmagan bo‘lsa, Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va ichida saqlamog‘i, ikkinchi marta g‘iybat qilmaslikka qasd qilmog‘i lozim. Rivoyat qilinishicha, bir kishi ibn Sirin oldiga kelib: “Men sizni g‘iybat qildim, mening masalamni hal qilib bering”, dedi. Ibn Sirin: “Qanday qilib, Alloh taolo harom qilgan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 101 narsani halol qilaman”, dedi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir banda Allohdan mag‘firat so‘rashi va tavba qilmog‘i, g‘iybat qilingandan ruxsat so‘rashiga ishorat qilinyapti. Ammo bu g‘iybat egasiga yetmagan bo‘lsa, u Alloh taolodan mag‘firat so‘ramog‘i va tavba qilmog‘i lozimdir. Uning qalbi bu bilan shug‘ullanib qolmasligi uchun g‘iybat qilingan kishiga xabar bermaydi. Agar g‘iybat qilingan odamda bu xislat bo‘lmasa, bo‘hton bo‘ladi, keyin u uch joyga borib tavba qilishligi lozim. 1. G‘iybat qilgan kishi g‘iybat qilgandagi jamoa o‘rtasiga borib, o‘zining nohaq ekanligini va bo‘hton qilganligini tan olib, jamoadan uzr so‘rashi lozim. 2. Bo‘hton qilgan kishi, bo‘hton qilingan kishi oldiga borib, o‘z xatolarini tan olib, gunohidan o‘tishini so‘rashi lozim. 3. Alloh taolodan mag‘firat so‘rab, tavba qilmoqligi lozim. Gunohlarning ichida bo‘htondan kattarog‘i yo‘qdir. Chunki boshqa gunohlar birgina tavbaga muhtoj bo‘lsa, bo‘hton uch joyda tavbaga muhtoj bo‘ladi. Alloh taolo bo‘htonni kufrga yaqin qildi. Aytdiki: “Butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz” (Haj, 30). Va aytildiki: “G‘iybat ma’lum kimsalarga qaratilgandagina g‘iybat bo‘ladi. Agar bir shahar xalqi yomon deb zikr qilinsa ham, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki ularda yaxshilari ham, yomonlari ham bor. Bundan u odam hammani xohlamagani bilinadi. Ammo bu ishni ham qilmaslik afzaldir. Zohidlarning biridan zikr qilinishicha, bir odam xotini uchun paxta sotib oldi. Xotini esa eriga: “Paxta sotuvchilar yomon odamlar, ular sizga xiyonat qilibdilar”, dedi. Bu gapi uchun zohid xotiniga taloq aytdi. U zohiddan buning sababini so‘rashishdi. U: “Men rashkchi kishiman qiyomat kunida barcha paxta sotuvchi kishilar dushman bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Falonchining xotiniga paxta sotuvchilar osilib olishdi, deyilishidan qo‘rqaman. Shuning uchun men xotinimni taloq qildim”, dedi. Aytildiki, uch kishini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi: 1. Zolim podshohni gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. 2. Ochiq gunoh qiluvchini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. 3. Bid’at sohibini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. Ya’ni ularning ishlari va yo‘llarini gapirsa bo‘ladi. Agar ularning badanidagi biror aybi aytilsa, g‘iybatdir. Lekin odamlar ularning fe’llarini va yo‘llarini insonlarni ogohlantirish uchun zikr qilsa, buning zarari yo‘q. 212. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Fojirda bor narsalarni zikr qilinglar, odamlar undan hazar qilishi uchun”. Faqih aytadiki, g‘iybatning to‘rt tomoni bor: 1) kufr tomoni; 2) nifoq tomoni; 3) gunoh tomoni; 4) muboh tomoni. Kufr tomoni musulmonni g‘iybat qilmog‘idir. Unga aytiladi: “G‘iybat qilmagin”, deb. U javob qiladi: “Bu g‘iybat emas, bu narsaga sodiqman (ya’ni rost aytayapman)”, deb. Bu Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 102 vaqtda u Alloh harom qilgan narsani halol sanadi, shuning uchun kimiki harom narsani halol desa, kofir bo‘ladi. Bu narsalardan Allohdan panoh tilaymiz. Nifoq tomoni insonni g‘iybat qiladi va uni kimki tanisa, ismini aytmaydi. U g‘iybat qilaveradi, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatadi. Bu munofiqlikdir. Gunoh tomoni shuki, bir odam bir odamni g‘iybat qiladi, u odamning ismini ham aytadi, amalining gunoh ekanini ham biladi. Bunday odam gunohkordir. U tavba qilishi lozimdir. Muboh tomon yomonligi bilan mo‘minlar orasida tanilgan fosiqni yoki bid’at egasini g‘iybat qilmoqlikdir. Bunda mo‘minlar ajr (mukofot) oladilar. Chunki mo‘minlar bilsalar, undan hazar qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Fojirda bor narsalarni zikr qilinglar, mo‘minlar ulardan hazar qilishlari uchun”. Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim: Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: “Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: “Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: “Rabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: “Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: “Ey Allohning nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: “Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: “Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: “Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: “Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: “Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”. Alloh bilguvchidir. ________________ Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 103 XVII bob. G‘iybat bobi hadislari 1. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat nima ekanini bilasizlarmi?” Sahih*. Muslim (2589/4). 2. Ibn Abu Najih. “Bir pakana xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kirdi...” Sahih*. Ahmad (206,189/6) va Ibn Abu Dunyo, “Al-g‘iyba va namiyma” (73, 68). 3. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir qavm...” Sahih*. Ahmad (224/3) va Abu Dovud (4778), Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (165). 4. “Bir kuni otamdan ushbu hikoyatni aytayotganlarini eshitdim...” Abu ibn Hamid Ikrimadan rivoyat qilingan va “Ad-durrul Mansur” (572, 571/7). 5.Jobir ibn Abdulloh. “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq hidli shamol esib qoldi...” Zaif*. Ahmad (351/3) va Buxoriy, “Al-adabul mufrad” (734). Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (216). 6. Sudiy. “Salmon Forsiy odamlar bilan safarda edi...” Zaif*. 7. Ibn Abbos. “Ushbu “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” oyati borasida aytdilar...” Zaif*. Hofiz, “Al-kashshof” (374/4). 8. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Fojirda bir narsalarni zikr qilinglar...” Mavzu’*. Uqayliy (72), Ibn Hibbon, “Al-majruhiyn” (220/1). Ibn Adiy (173/2) va “Az-zaifatu” (583) ga qarang. XVIII BOB. CHAQIMCHILIK 213. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.): “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar”, deganini eshitganman. 214. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: “Sizlar yomonlaringizni bilasizlarmi?” Sahobalar javob qilishdiki: “Alloh va Rasuli bilguvchidir”. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarning yomonlaringiz ikkiyuzlamachi kishidir. Bularga bir yuzi va boshqalarga ikkinchi yuzi bilan keladi. 215. Ibn Abbos, ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) ikki yangi qabrning oldidan o‘tib qoldilar, aytdilarki: “Ikkisi ham azoblanyapti, ularning gunohlari katta emas, birinchi kishi siydikdan saqlanmasdi, ikkinchi kishi esa chaqimchilik qilar edi”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) bir daraxtdan ho‘l novdani oldilar va ul novdani ikkiga bo‘lib, ikkala azoblanayotgan marhumlar qabriga suqib qo‘ydilar. Shunda sahobalar Rasulullohga (s.a.v.) savol qildilar: “Yo Rasululloh, nima sababki, siz bu ho‘l novdani ikkiga bo‘lib, ikki qabrga suqdingiz?” Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: “Shoyadki, bu ho‘l novdalar qurib bitguncha, ikkalasiga yengillik berilsa”. Faqih aytdiki: “Katta gunohlarda azoblanmayapti”, degan so‘zning ma’nosi sizlar uchun katta gunoh emas, lekin Alloh nazdida bu ulug‘ gunohlardandir. Abu Hurayra zikr qilgan rivoyatda ham: “Alloh nazdida odamlarning yomoni chaqimchidir”, deyilganidan bilib olsa bo‘ladi. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilgan hadisda aytildi: “Chaqimchi jannatga kirmaydi”. Jannatga kirmaydigan bo‘lsa, boradigan joyi faqat jahannamdir. Bunday kishilar Allohga tavba qilmoqlari lozimdir. Tavba qilmasa, o‘lgandan keyin qabr azobini tortishi muqarrardir, dunyoda xordir, qiyomat kunida do‘zax o‘tida yonadi. Ular Allohning rahmatidan noumiddir. Tirik paytida qilgan gunohlari uchun Allohga tavba-tazarru’, qilsa Alloh tavbasini qabul qilgay. 216. Hasan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Odamlarning yomoni ikkiyuzlamachidir. Birovlarning oldiga bir yuzi bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuzi bilan boradi”, dedilar. Yana boshqa bir hadisda aytdilarki: “Kimki ikkiyuzlamachi bo‘lsa, bu dunyoda uning ikki tili bo‘lsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni olovdan ikkita til qilib qo‘yadi”. Qatoda aytadi: “Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’nachi, ko‘p la’natlovchi va Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 104 chaqimchilar. Va yana aytiladiki: “Qabr azobi uchga bo‘linadi. Birinchisi g‘iybatdan, ikkinchisi – siydikdan, uchinchisi – chaqimchilikdan”. Hammod ibn Salamadan rivoyat qilindi: “Bir kishi g‘ulom sotibdi. Oluvchiga: “Uning chaqimchiligidan boshqa aybi yo‘q”, debdi. Oluvchi g‘ulomning aybini yengil sanab, sotib olibdi Xizmatchi xo‘jayinnikida bir necha kun turgandan keyin bir kuni xo‘jayinining xotini oldiga borib: “Seni ering yaxshi ko‘rmaydi, sening o‘rningga o‘ynash topgan. Senga mehribon bo‘lishini xohlaysanmi?” debdi. Xotini: “Ha!” debdi. Xizmatchi: “Ustarani olgin va ering uxlagan vaqtda soqolining uchidan ozginasinni qirqqin”, deb o‘rgatibdi. Shundan so‘ng erining oldiga keldi va shunday dedi: “Xotining senga xiyonat qildi, o‘ziga o‘ynash topdi. Endi u seni o‘ldiradi. Sen buni aniqlashni xohlaysanmi?” dedi. Er: «Ha!» dedi. Xizmatchi: “O‘zingni uxlaganga solgin” dedi. Eri o‘zini uxlaganga soldi. Shu payt xotini uning soqolidan olish uchun ustara bilan keldi. Eri esa, u meni o‘ldiradi, deb gumon qilib, undan ustarani olib, xotinini o‘ldirdi. Xotinining yaqinlari kelib erni o‘ldirdilar. Erning qarindoshlari kelishdi. Ular orasida urush bo‘ldi”. Yahyo ibn Aksam rivoyat qiladi: “Chaqimchi sehrgardan ham yomondir. Chunki chaqimchining bir soatda qiladigan ishini sehrgar bir oyda ham qila olmaydi”. Rivoyat qilindi: “Chaqimchining amali shaytonning amalidan zararliroqdir. Chunki shaytonning amali xayolan va vasvasa bilan bo‘ladi. Chaqimchining amali esa yuzma- yuz kelish va ko‘rish bilan bo‘ladi”. Alloh taolo Masad surasida “hammalatal-Hatob” dedi. Ko‘p tafsirchilardan aytilganki, “Hatob”dan maqsad chaqimchilik. Chaqimchilikni “o‘tin” deb nomladi. Chunki chaqimchilik dushmanlikka va urushga sababdir. Olovning, yondiruvchi narsaning o‘rnidadir. Aksam ibn Sayfiy aytadi: “Xorlar to‘rt nafardir: chaqimchi, yolg‘onchi, qarzdor va yetim”. Ubayda ibn Abu Luboba Ubaydulloh Qurashiydan rivoyat qiladi: «Bir kishi bir kishiga yetti kalima uchun yetti yuz farsax masofaga erishib keldi. Unga yetib kelgach, undan so‘radi: “Men sendan Alloh senga bergan va ilmdan so‘ramoq uchun keldim. Menga osmondan ham og‘irroq narsaning, yerdan ham kengroq narsaning, toshdan ham qattiqroq narsaning, olovdan ham issiqroq narsaning, ayozdan ham sovuqroq narsaning, dengizdan ham chuqur narsaning, yetimlikdan ham zaifroq narsaning xabarini bergin”, dedi. U javob berdi: “Pokdomon kishiga tuhmat qilishlik osmondan ham og‘irroqdir. Haq yerdan ham kengroqdir; qanoat qiluvchi qalb dengizdan ham chuqurroqdir, boyroqdir; jasaddagi hirs olovdan ham issiqdir. Yaqiniga hojati tushib, undan najot topmaslik ayozdan ham sovuqroqdir. Kofirning qalbi toshdan ham qattiqdir. Chaqimchilik, agar uning egasi tayin bo‘lsa, yetimdan ham zaifdir”. Boshqa rivoyatda, chaqimchining ishi zohir bo‘lib qolsa, u xorga aylanadi, deyiladi. 217. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo jannatni yaratgan vaqtda aytdi: “Gapirgin!” Jannat javob qildi. “Menga kim kirsa, baxtli bo‘ladi”. Alloh taolo aytdi: “Izzatimga va ulug‘ligimga qasamki, u yerda odamlardan sakkiz nafari turmaydi: doimiy aroq ichuvchi, zinoni davomli qiluvchi, chaqimchi, dayus, qurumsoq, ziqna va yo‘lto‘sar, o‘zini xotinga o‘xshatgan kimsa, qarindoshchilikni uzuvchi, menga Allohning ahdi bor, qilmasam unday bo‘lay, bunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling