Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


"Ular Allohning "makri"dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning 
"makri"dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘ladi" (A’rof, 99). Bu 
ummatning yomoni ham Allohning lutfidan noumid bo‘lmaydi.  
 
Alloh aytadi:  
"Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur" (Yusuf, 87)", 
dedilar Hazrati Ali. 
 
Yazid Raqqoshiy aytadilar: "Agar kishi qabrga kirgizilsa, namozi o‘ng tomonda, bergan 
zakoti chap tomonda turadi va yaxshiligi unga soya soladi. Sabr esa, uning ustida 
bahslashib turadi. Aytadiki, oldingizda sohibingiz turibdi, hujjatlashsanglar 
hujjatlashinglar, yo‘qsa, uning orqasidan men boraman". Ya’ni, agar qodir bo‘lsalaring, 
uni azobdan mudofaa qilinglar, mudofaa qilolmasangizlar, men sizlar uchun ham unga 
kifoya qilaman va undan azobni ketkazaman.  
 
Bu xabarlarda sabr amallarning afzali ekaniga dalil bordir. Alloh taolo aytadi:  
"Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-
kitobsiz, to‘la-to‘kis qilib berilur" (Zumar, 10). 
 
323. Muhammad ibn Muslim rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamga: "Ey Allohning elchisi! Molim ketdi, tanam kasal bo‘ldi", deb shikoyat qildi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Moli ketmagan, joniga kasallik 
yetmagan bandaga yaxshilik yo‘qdir. Albatta, Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa, unga balo 
yuboradi, agar unga balo yuborsa, uni sabrli qilib qo‘yadi". 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaysi bir kishini sulton zulm qilib qamasa, u hibsda 
o‘lsa, shahiddir. Agar ursa, tayoq zarbidan o‘lsa, shahiddir". 
 
324. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Aytdilar: "Albatta, 
kishining Alloh nazdidagi darajaga erishmog‘i uchun qilgan amali yetmaydi. Hattoki, 
uning joniga balo keladi, o‘sha balo tufayli uni o‘sha darajaga yetkazadi". 
 
325. Rivoyat qilindi. Allohning: 
"Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi" (Niso, 123), degan so‘zi tushganda, Abu 
Bakr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, bu oyatdan keyin qanday xursandchilik 
bo‘lsin?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh sizni kechirsin, siz kasal 
bo‘lmaysizmi? Sizga aziyat yetmaydimi? Siz qiynalib xafa bo‘lmaysizmi? Bu yetgan 
narsalarning hammasida gunohlaringizga kafforat bordir", dedilar. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
326. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Bu oyat tushganda Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam bizning oldimizga chiqdilar va dedilar: "Menga bir oyat tushdi, u ummatimga 
dunyo va undagi narsalardan yaxshidir". Keyin o‘qidilar: "Kim yomon amal qilsa, jazosini 
oladi". Keyin aytdilar: "Agar banda bir gunoh qilsa, so‘ngra unga shu dunyoning o‘zida 
bir qiyinchilik yoki balo kelsa, Alloh uni ikkinchi marta azoblashdan ulug‘dir". 
 
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar 
va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi. Alloh o‘z payg‘ambariga sabrni buyurdi. 
Aytdiki: 
"Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabr-matonat 
egalari sabr qilganlaridek (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling" 
(Ahqof, 35). 
 
327. Xabbob ibn Arat rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
oldilariga kelganimizda, Ka’baning tagida ridolariga o‘ranib o‘tirgan ekanlar. Biz u zotga 
shikoyat qildik: "Ey Allohning elchisi, Allohga duo qilmaysizmi? Allohdan bizlarga g‘alaba 
so‘ramaysizmi?" dedik. U kishining yuzlari qizarib ketdi, keyin aytdilar: "Sizlardan 
oldingilarni keltirishardi. So‘ngra yerdan chuqur kovlashardi, arrani olib kelib boshiga 
qo‘yishardi va ikkiga bo‘lishardi. Ularni bu azoblar dinidan voz kechtirolmas edi". 
 
328. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Qiyomat 
kuni yer yuzida eng farovon hayot kechirgan kishi keltiriladi va do‘zaxga bir martagina 
kirgizib olinadi. U yerdan kuygan qora holatda chiqadi. Senga dunyoda biror ne’mat 
berilganmidi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri shu balodadirman, 
deydi. Keyin dunyo ahlidan ko‘p balolarga yo‘liqqan kishi keltirilib jannatga kirgizib 
chiqariladi. Ya’ni, bir soatgina kiradi. So‘ngra to‘lin oydek bo‘lib chiqadi. Senda hech 
qiyinchilik bo‘ldimi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri bu ne’mat 
mendan ketmagan, deydi". 
 
329. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga 
birinchi bo‘lib Allohga ko‘p hamd aytuvchilar chaqiriladi, ular Alloh taologa 
xursandchiliklarida ham, xafaliklarida ham hamd aytganlar". 
 
Banda o‘ziga yetgan musibatlarga sabr qilmog‘i vojibdir va bilmog‘i lozimki, Alloh taolo 
undan daf qilgan balolar unga yetgan balolardan ko‘ra ko‘pdir. Bu uchun ham Allohga 
hamd aytmog‘i lozim. 
 
Bandalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashsinlar va u kishi mushriklar 
yetkazgan aziyatlarga qanday sabr qilganlariga qarasinlar. 
 
330. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Baytullohda 
namoz o‘qiyotgan edilar. Abu Jahl va sheriklari Ka’baning atrofida o‘tirishardi. Bir kun 
oldin tuya so‘yilgan edi. Abu Jahl: "Qaysilaringiz tuyaning ichak-chavog‘ini olib, sajda 
qilayotganda Muhammadning yelkasiga tashlaydi?" dedi. Qavmning eng badbaxti turib, 
uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajdada bo‘lgan paytlarida ustlariga tashladi. 
Keyin masxaralab kulishdi, men indamay qarab turardim. Agar quvvatim yetganida edi, 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan uni, albatta, uloqtirib yuborardim. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlari kuyi boshlarini ko‘tara olmay 
turdilar, hatto bir kishi Fotimaga borib xabar berdi. Fotima hali yoshgina qizcha edi. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Kelib u narsalarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ustilaridan olib tashladi va 
mushriklarni qarg‘adi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozlarini tugatganlaridan keyin 
ovozlarini ko‘tarib, ularni duoibad qildilar. "Ey Parvardigor, bu Qurayish Sening o‘zingga 
havola", dedilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu duolarini eshitib, 
birdan kulgidan to‘xtashdi. U kishini duosidan qo‘rqqan edilar. So‘ng aytdilar: "Ey 
Parvardigor, Abu Jahl, Uqba, Utba, Shayba, Valid ibn Utba va Umayya ibn Xalaflar Senga 
havoladir". Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga qasamki
u zot nomlarini aytib duoibad qilganlarning Badr jangida o‘ldirilganini ko‘rdim", deydilar 
Ibn Mas’ud (r.a.). 
 
Abdulloh ibn Hars Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambarlardan birlari 
Allohga shikoyat qilib aytibdiki: "Ey Rabbim! Mo‘min bandang Senga itoat qilib, 
gunohlardan saqlanadi, Sen esa undan dunyoni qisib, balolar yuborasan. Kofir bandang 
Senga itoat etmaydi, isyonga jur’at qiladi, undan balolarni daf etib, dunyoni keng 
qilasan!" Alloh taolo unga vahiy qildi: "Bandalar ham, balolar ham Meniki. Hammasi 
Meni maqtab, hamd aytadi. Mo‘min kishining ham gunohlari bo‘ladi, Men undan dunyoni 
qisib qo‘yaman va unga balolarni yuboraman, Menga yo‘liqqan vaqtida balolar unga 
kafforat bo‘ladi va uni yaxshi amallari uchun mukofotlayman. Kofirning ham ba’zi yaxshi 
amallari bo‘ladi, Men undan balolarni to‘xtatib qo‘yaman, rizqini mo‘l qilib beraman va 
Menga yo‘liqqan vaqtda yomonliklari uchun jazolayman". 
 
331. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan 
rivoyat qiladilar: "Alloh taolo bir bandaga yaxshilikni xohlasa, unga baloyu ofatlarni 
yuboradi, hatto seldek oqizib qo‘yadi, qachonki u banda Allohga duo qilsa, farishtalar 
aytishadiki: "Ey Parvardigor, bir yaxshi ovoz keldi", deb. U banda ikkinchi marta duo 
qilib: "Ey Parvardigor!" desa, Alloh taolo: "Labbay, qulim, hozir nimani so‘rasang, 
beraman yoki sendan biror yomonlikni daf qilaman yoki undan ko‘ra yaxshirog‘ini 
qiyomatga olib qo‘yaman", deydi. 
 
Qiyomat kunida yaxshi amallarni – namoz, ro‘za, sadaqa, haj ibodatlarini qilgan odamlar 
keltirilib, amallari taroziga qo‘yiladi. Keyin balo yuborib sinalgan kishilar keltiriladi, 
ammo ularning amallari taroziga ham qo‘yilmaydi, kitoblari ham ochib ko‘rilmaydi, 
ularga ajru savoblar son-sanoqsiz to‘kib yuboriladi. Shunda bu dunyoda sog‘-salomat 
yashab o‘tgan kishilar baloga duchor bo‘lgan kimsalarning savoblarini ko‘rib, qaniydi 
dunyoda bizning badanlarimiz qaychi bilan kesib-tilib tashlanganida, deb orzu qilishadi". 
 
Bu hol Alloh taoloning: 
"Sabr qiluvchilarning savoblari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib beriladi" (Zumar, 
10), degan so‘zining dalilidir. 
 
Xabarlarda zikr qilinadi. Bir mo‘min bilan bir kofir kishi qadim bir zamonda baliq ovlagani 
borishibdi. Kofir kishi butlarining nomini aytib to‘r tashlabdi va to‘riga juda ko‘p baliq 
ilinibdi. Mo‘min kishi Allohning nomini aytib to‘r tashlabdi, ammo hech qanday baliq 
ilinmabdi. Kun botishga yaqin bittagina baliq tushibdi. Shunda ham uni ololmay, suvga 
tushirib yuboribdi. Mo‘min kishi uyiga qup-quruq, kofir esa juda ko‘p baliq bilan qaytibdi. 
Mo‘minning yelkasidagi farishta uning holiga ko‘p afsuslanibdi. Osmonga chiqqach, Alloh 
taolo u farishtaga mo‘minning jannatdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta: "Allohga 
qasamki, mo‘min kishi bu yerga kelgandan so‘ng dunyodagi qiyinchiliklari esidan chiqib 
ketadi", debdi. Keyin Alloh taolo unga kofirning do‘zaxdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
"Allohga qasamki, dunyoda ko‘rganlari bu yerga kelgandan keyin hech qanday foyda 
bermaydi", debdi. 
 
Rivoyat. Qiyomat kuni Alloh taolo to‘rtta payg‘ambarni to‘rtta toifaga hujjat qiladi. 
Sulaymon alayhissalom bilan boylarga hujjat keltiradi. Boy kishi: "Boylik meni Senga 
ibodat qilishdan chalg‘itib qo‘ydi", desa, unga Sulaymonni (a.s.) hujjat qiladi. Aytadiki: 
"Sen Sulaymondan ham boy edingmi? Uning boyligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-
ku". 
Qullarga Yusufni (a.s.) hujjat qiladi. Qul: "Men qul edim. Qulligim meni Senga ibodat 
qilishdan to‘sib qo‘ydi", desa, "Albatta, Yusufning qulligi uni ibodat qilishdan man 
qilmadi-ku", deb aytadi. 
Kambag‘allarga Isoni (a.s.) hujjat qiladi. Faqir: "Hojatlarim meni Senga ibodat qilishdan 
man qildi", desa, unga aytadi: "Sen hojatmandroqmisan yoki Isomi? Isoning faqirligi 
Menga ibodat qilishdan man qilmadi-ku". 
Kasallarga Ayyubni (a.s.) hujjat qilib ko‘rsatadi. Kasal: "Mening kasalligim Senga ibodat 
qilishdan to‘sdi", deb aytsa, unga: "Sening kasaling Ayyubning kasalidan qattiqroqmidi? 
Uning kasalligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-ku", deydi. 
 
Qiyomat kunida hech kim uchun uzr bo‘lmaydi. 
Solih kishilar (Alloh hammalarini rahmat qilsin) qiyinchilik va kasallikni yomon 
ko‘rmasdilar. Chunki unda gunohlarning kafforati bor. 
 
Abu Dardodan (r.a.) zikr qilindi: "Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar, men yaxshi 
ko‘raman, ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga 
tavozu’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman". 
 
332. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim uch narsa bilan rizqlansa
oxirat va dunyo yaxshiligi bilan rizqlanadi: Qazoi-qadarga rozi bo‘lsa, balolarga sabr 
etsa, rohat vaqtida duo qilsa". 
 
333. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yotgan edilar, 
bir kishi kelib: "Nimadan shikoyat qilasiz?" deb so‘radi. "Ochlikdan", dedilar. Haligi kishi 
bu gapni eshitib yig‘ladi, keyin ishlagani ketdi. Odamlarga suv ulashib, har bir chelagiga 
bitta xurmo oldi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga xurmo olib keldi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qilgan ishing meni yaxshi 
ko‘rishingdanmi?" "Allohga qasamki, sizni yaxshi ko‘raman", dedi u. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam: "Agar sodiq bo‘lsang, balolar uchun libos tayyorlagin. Allohga 
qasamki, meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar tog‘dan tushgan seldan ham tezroq 
keladi", dedilar". 
 
334. Uqba ibn Omir (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U 
zot aytdilar: "Agar Alloh taolo bandaga yaxshi ko‘rgan narsasini berganini ko‘rsangiz va 
u gunohlar ustida muqim turgan bo‘lsa, bilinglarki, bu ish istidrojdir" (istidroj – 
vaqtinchalik imkon berib qo‘yish – muharrir). Keyin bu oyatni o‘qidilar: 
 
"Endi o‘zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida ularga 
hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik". Ya’ni, ularga buyurilgan narsani 
tark qilganlaridan keyin ularga yaxshilik eshiklarini ochib berdik. "Qachonki 
o‘zlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida", ya’ni, berilgan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
yaxshiliklardan mast bo‘lib turganlarida "ularni to‘satdan ushladik. Bas, 
butunlay nomurod bo‘ldilar" (An’om, 44). Ya’ni, hamma yaxshiliklardan noumid 
bo‘lurlar. 
 
335. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: 
"Odamlarning qaysilariga balolar qattiqroq keladi?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: 
"Payg‘ambarlarga, keyin solihlarga keyin shularga o‘xshashlarga". 
 
Aytilishicha, uch narsa yaxshilik xazinasi: Sadaqani, og‘riqni, musibatni yashirish. 
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Havoriylardan bir kishining kitobidan ushbularni ko‘chirib 
yozdim: "Agar sen balolar yo‘liga tushib qolsang, ko‘zing quvonsin. Chunki bu yo‘ldan 
payg‘ambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yo‘l boshlansa, sen nafsingga 
yig‘lagin. Ularning yo‘lidan adashtirilibsan". 
 
Zikr qilinishicha, Muso alayhissalomga ham Alloh shunga o‘xshash vahiy yuborgan. 
Fath Mavsuliydan zikr qilinadi. U kishining ahliga bir balo yetgan ekan. Shunda: "Ey 
Parvardigor, koshki meni qaysi amalim uchun ikrom qilganingni bildirsang edi, uni 
ziyoda qilardim", degan ekanlar. 
 
336. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot: "Kimning moli 
kamayib, bolalari ko‘paysa, namozi yaxshi bo‘lsa, musulmonlarni g‘iybat qilmasa, u kishi 
men bilan qiyomat mana shunday keladi", deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar. 
 
337. Mujohid rivoyat qiladilar. Abu Hurayra (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytdilar: 
"Allohga qasamki, men ochlikdan ko‘kragimni yerga berib, katta toshni qornimga bog‘lab 
olardim. Bir kuni kattalar o‘tadigan yo‘lda o‘tirib, ularning o‘tishini kutib turdim. Abu 
Bakr Siddiq (r.a.) o‘tdilar. Shunda men u kishidan meni uyiga boshlab ketsinlar uchun 
Qur’ondagi bir oyat haqida so‘radim. O‘tib ketdilar-u, lekin unday qilmadilar. Keyin Umar 
(r.a.) o‘tdilar. U kishidan ham shu maqsadda bir oyatni so‘radim. U kishi ham o‘tib 
ketdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tdilar. Meni ko‘rgach, 
holatimni bilib tabassum qildilar. Keyin: "Ey Abu Hurayra, menga ergash", dedilar va 
oldinda yurib ketdilar. Men u zotning orqalaridan yo‘lga tushdim. Uylariga yetganimizda 
kirishga ruxsat so‘radim. Ruxsat berganlaridan keyin uyga kirib, bir suti bor idishchani 
topdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qaerdan keldi?" "Falonchi 
sizga hadya qildi", deyishdi. "Ey Abu Hurayra", dedilar menga Rasululloh. "Labbay", deb 
javob berdim. "Borib suffa ahlini chaqirib kel", dedilar. Bu so‘z meni xafa qildi. Ichimda, 
bu sutga suffa ahlining nima haqqi bor, axir buni ichib, bir oz quvvat olishga men 
haqliroqman-ku, deb o‘yladim. Lekin Alloh rasulining toatida bo‘lishim lozim bo‘lganligi 
uchun bu gapdan to‘xtab, ularni chaqirdim. Ular kelib kirishga ruxsat so‘rashdi, ruxsat 
berganlaridan keyin, joylarini topib o‘tirishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey 
Abu Hurayra, idishdagi sutni olib, ularga ber", dedilar. Ularga birma-bir bera boshladim, 
ular sutdan to‘ygunlaricha ichishar, keyin idishchani menga qaytarishar edi. Hammalari 
to‘yganlaridan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U kishi idishchani 
olib: "Ey Abu Hurayra", dedilar. "Labbay, yo Rasululloh", dedim. "Ikkalamiz qoldik. 
O‘tirib sen ham ichgin", dedilar. O‘tirib icha boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam, ich, deganlarida ichaverdim, u kishi to‘xtovsiz, ich, der edilar, to‘yib oxiri 
aytdimki: "Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, endi ichishga joy 
qolmadi", deb u kishiga idishchani berdim. U zot Allohga hamd aytib, sutdan ichdilar". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari (r.a.) ochlik aziyatlaridan 
qiyinchilikda edilar. Ular sabr qildilar va Alloh bu qiyinchiliklarni ketkazdi. Shuningdek, 
kim sabr qilsa, Alloh undan qiyinchiliklarni yengil qilib qo‘yadi. Albatta, yengillik sabr 
bilandir va qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Solih bandalar qiyinchilik kelsa, 
xursand bo‘lishar va Allohdan savob umid qilishar edi. 
 
Muslim ibn Yasor aytadilar: "Bahraynga kelganimda meni bola-chaqali, boy, qullari 
xizmatida bo‘lgan bir xotin mehmon qildi. Lekin uni xafa ko‘rdim. Ketayotganimda: 
"Senda biron hojat bormi?" deb so‘radim. "Ha, – dedi u, – agar shahrimizga kelsang, 
yana menikiga tush". Bir necha yil o‘tdi. Keyingi kelganimda darvozasida bironta qulni 
ko‘rmadim. Kirishga ruxsat so‘rab, ichkariga kirsam, u xursand edi. "Bu nima hol?" 
dedim. "Sen ketganingdan keyin kimni dengizga jo‘natsam, g‘arq bo‘laverdi. Quruqlikka 
kimni yuborsam, u ham halok bo‘laverdi. Qullar ketdi, farzandlar o‘ldi", dedi u. Unga: 
"Allohning rahmati bo‘lsin senga, seni avval xafa ko‘rgan edim, hozir esa, xursandsan", 
dedim. "Ha, u kunlarda mening dunyoim ko‘p edi, – dedi u, – Alloh hasanotlarimni shu 
dunyoda berganmikin deb qo‘rqar edim, mol, farzand va qullarim ketgach, Allohdan 
umid qildimki, shoyad oxiratim uchun ularni zahira qilgan bo‘lsa". 
 
338. Hasan Basriy rivoyat qiladilar: "Sahobalardan biri johiliyatda tanigan bir ayolni 
ko‘rib qoldi. U bilan bir oz gaplashdi. Keyin u ayol bilan ajrashdi va unga qarab-qarab 
keta boshladi. Birdan devorga urildi va yuzida bir iz paydo bo‘ldi. U Payg‘ambar (a.s.) 
huzurlariga kelib, voqeani so‘zlab berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning gunohiga jazoni shu 
dunyoda beradi". 
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.): "Men sizlarga Allohning kitobidagi eng umidbaxsh oyatning 
xabarini beraymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. Shunda ularga Sho‘ro surasidagi quyidagi 
oyatni o‘qib berdilar: 
"Ey insonlar! Sizlarga ne bir musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa – 
gunoh sababli yetur. Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib 
yuborur" (30-oyat). Keyin dedilar: "Dunyodagi musibatlar gunohlar tufaylidir. Agar 
Alloh taolo bandasini dunyoda gunohi uchun jazolasa, dunyoda ham, oxiratda ham 
ikkinchi bor azoblamaydi. Alloh taolo bunday qilishdan pokdir". 
 
339. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U 
zot (a.s.) aytdilar: "Mo‘minga biror musibat kelsa, hatto tikan kirsa yoki undan katta 
narsalar yetsa, Alloh shu sababli uning gunohlarini to‘kadi". 
 
____________ 
Balo va mashaqqatlarga sabr qilish bobi hadislari 
 
322-hadis. Hasan sahih. Ahmad, Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan. 
323-hadis. Mursal. Iroqiy “Tarix ul-ihyo”da keltirgan. 
324-hadis. Hasan. Abu Ya’lo, Ibn Hibbon va boshqalar rivoyat qilgan. “Al-ihyo”, “Al-majma’”ga qarang. 
325-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon va boshqalar rivoyat qilgan. “Al-ihyo”ga qarang. 
326-hadis. Zaif. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. “Zaiful jome’”da kelgan. 
327-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan. 
328-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Asbahoniy shu lafz bilan, Muslim shunga o‘xshash lafz bilan rivoyat qilgan. 
329-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. 
330-hadis. Muttafaqun alayh. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. 
331-hadis. Zaif. “Al-ihyo”da kelgan. 
332-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
333-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
334-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. 
335-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
336-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, undan Daylamiy rivoyat qilgan. 
337-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
338-hadis. Sahih. “As-sahiha”ga qarang. 
339-hadis. Sahih.  Muslim va boshqalar rivoyat qilgan.
 
 
 
YIGIRMA TO‘QQIZINCHI BOB 
MUSIBATGA SABR QILISH 
 
340. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar. "Mening bir o‘g‘lim vafot etdi. Shunda 
Payg‘ambar (a.s.) menga maktub yozdilar: "Allohning rasuli Muhammaddan Maoz ibn 
Jabalga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Undan o‘zga iloh bo‘lmagan Zotga hamd 
aytaman. Ammo ba’d: Alloh ajringni ulug‘ qilib, sabr bersin! Senga va bizga shukrni 
nasib etsin! Jonimiz, molimiz, ahli oilamiz Alloh bergan ne’mat va omonat bo‘lib, undan 
ma’lum muddat foydalanamiz. Vaqti kelgach, Alloh uni oladi. Alloh bizga berganida 
shukr, olganida esa sabr qilishga buyurdi. Bu o‘g‘ling ham Alloh bergan ne’mat va 
omonat bo‘lib, seni u bilan xursand qilib, foydalantirdi. Agar sabr etib, savob umid 
qilsang, senga buyuk ajr berish bilan uni oldi. Ey Maoz! Sendagi sabrsizlik ajringni zoe’ 
qilmasin, pushaymon bo‘lib qolasan. Agar musibatning savobini bilsang edi, musibating 
kamligini bilarding. Bilki, sabrsizlik o‘limni qaytarib, xafalikni ketkazmaydi. Yetgan 
musibatga afsus qilma! Vassalom". 
 
341. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: 
"Kim dunyo uchun xafa bo‘lib tong ottirsa, Rabbiga g‘azab qilgan holda tong ottiribdi. 
Kim o‘ziga tushgan musibatdan shikoyat qilib tong ottirsa, Rabbidan shikoyat qilib tong 
ottiribdi. Kim boyning qo‘lidagi narsaga yetishishlik uchun xushomad etsa, Alloh uning 
uchdan ikki amalini yo‘q qiladi. Kimga Qur’on berilsa-yu, keyin do‘zaxga kirsa, Alloh uni 
rahmatidan uzoq qiladi". Ya’ni, kim Qur’onni yod olgan bo‘lsa-yu, undagi hukmlarga 
amal qilmasa, dangasalik qilib do‘zaxga kirsa, Alloh uni o‘z rahmatidan uzoqlashtiradi. 
Chunki u o‘zining roziligi deb Qur’onning hurmatini bilmadi. 
 
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Tavrotda ketma-ket kelgan to‘rtta satrni ko‘rdim: 
Kim Allohning kitobini o‘qib, mening gunohim kechirilmaydi, deb gumon qilsa, Allohni 
oyatlarini masxara qilibdi. 
Kim o‘ziga tushgan musibatdan shikoyat qilsa, go‘yoki Allohdan shikoyat qilibdi. 
Kim o‘zidan ketgan narsaga xafa bo‘lsa, Allohning qazoi qadariga g‘azab qilibdi. 
Kim boyga boyligi uchun xushomad qilsa, dinining uchdan ikkisi ketibdi. Ya’ni, imoni 
noqis bo‘libdi". 
 
342. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Kimning uchta farzandi o‘lsa, do‘zaxga kirmaydi. Magar qasamni amalga 
oshirish bundan istisnodir", ya’ni, 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling