Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn
Tahoratning fazilatlari bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘TTIZ BIRINCHI BOB BESH VAQT NAMOZ HAQIDA
- "U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas"
- "Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur"
- "Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan
- "(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan
- "Va namozni barpo qiluvchilar"
- "Ey odam farzandlari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz"
- "Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-ul-harom tomonga buring va qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring"
- Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar"
Tahoratning fazilatlari bobi hadislari 355-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyat qilgan. 356-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 357-hadis. Hasan. Ibn Muborak rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-davo”ga qarang. 358-hadis. Muttafaqun alayh. 359-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan. 360-hadis. Sahih. Nasoiy, Hokim rivoyat qilgan. 361-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 362-hadis. Hasan. Abu Dovud, Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 363-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. 364-hadis. Muttafaqun alayh. O‘TTIZ BIRINCHI BOB BESH VAQT NAMOZ HAQIDA 365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?" Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi. Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 167 366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi, chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi, so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi". Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli, mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim. 367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin: "Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa, Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa, Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar. Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im". 368. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi. Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar, Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki, bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 168 Bizlar ikki odamning o‘rtasida kasallikdan gandiraklab turgan bo‘lsa-da safga kelib turgan kishini ko‘rdik. Qaysi kishi tahorat olsa va tahoratini chiroyli qilib, masjidlardan biriga borsa va u yerda namoz o‘qisa, Alloh taolo uning har qadamiga yaxshilik yozadi va darajasini ko‘taradi, xatolarini o‘chiradi, hattoki bizlar qadamlarimiz orasini yaqin qilsak ham albatta, kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma yetti daraja ziyoda bo‘ladi". 369. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: "Masjid oldiga ko‘chishni xohladik – u yerda bir bo‘sh joyimiz bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot bizning oldimizga kelib: "Ey bani Salama, eshitishimcha, sizlar masjid oldiga ko‘chmoqchi ekansizlar?" dedilar. Biz: "Ey Allohning elchisi, masjid uzoq, o‘sha yerda bo‘sh joy bor edi", dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ey bani Salama, o‘z yeringizda turaveringlar, chunki bosgan izlaringiz yoziladi". Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan keyin masjidning atrofiga ko‘chishni xohlamay qoldik". 370. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bilan qirq kun namozning bir rak’atini ham qoldirmay o‘qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri – do‘zaxdan omonlik, ikkinchisi – nifoqdan omonlik". 371. Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim mukammal tahorat qilsa, keyin namoz o‘qishga tursa, ruku’, sajda va qiroatini komil qilsa, shunda namoz aytadi: "Sen meni saqlaganingdek Alloh ham seni saqlasin", deb. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda yorug‘lik va nur bo‘ladi. Osmon eshiklari ochilib, u Alloh taboraka va taolo huzuriga yetadi va egasi uchun shafoat so‘raydi. Agar namozning ruku’sini, sajdasini, qiroatini zoe’ qilsa, namoz: "Sen meni zoe’ qilganingdek, Alloh ham seni zoe’ qilsin", deydi. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda zulmat bo‘ladi, osmonga yetganda osmon eshiklari yopiladi. Keyin eski kiyim o‘ralgandek o‘raladi va u bilan egasining yuziga uriladi". 372. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga o‘g‘irlikda odamlarning yomoni kimligini aytayinmi?" dedilar. Sahobalar: "Kim u, ey Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Namozidan o‘g‘irlovchi", dedilar. Sahobalar: "Kishi namozidan qanday o‘g‘irlaydi?" deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruku’ va sajdasini mukammal qilmasdan". Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "Namoz o‘lchovdir, kim o‘lchovini to‘la qilsa, unga ham to‘la qilinadi va kim urib qolsa, Alloh taolo o‘lchovdan urib qolganlar haqida nima deganini bilasizlar". 373. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Munofiqlarga namozning og‘iri xufton va bomdod namozidir. Agar ikkoviga bo‘lgan ajrni bilganlarida emaklab bo‘lsa ham kelardilar". 374. Burayda Aslamiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Qorong‘i kechalarda masjidlarga boruvchilarga qiyomat kunida yorqin nur bo‘lishi bashoratini beringlar". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 169 375. Abu Hurayra (r.a.) deydilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Namozga buyurmoqni qasd qilsam-u keyin namoz boshlansa, so‘ng yigitlar bilan o‘tin olib chiqib, azonni eshitib, namozga chiqmagan qavmning uylariga o‘t qo‘yib yuborsam". 376. Uboda ibn Somit (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Besh vaqt namozni Alloh taolo bandalariga farz qildi. Kim bu namozlarni komil holatda bajarsa, ularning haqqini past sanab, noqis qilmasa, Alloh huzurida uning jannatga kirishiga ahd bordir. Kim ularning haqqini past sanab, tark qilsa, Alloh oldida u uchun hech qanday ahd yo‘qdir. Xohlasa, kechiradi, xohlasa azoblaydi". Atodan (r.a.) Allohning: "U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas" (Nur,37), so‘zi xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti. "Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur" (Sajda, 16), degan so‘zi esa, tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi. Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha xaloyiq – insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib, jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar. Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan, biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi. Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar. Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi. U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..." Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga chaqiriladi". Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang, namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki: "Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 170 odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim". Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot. 377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri, imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi. Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd, tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir". 378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi hisob-kitob qilinadi". Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi: Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida. Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi: Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob. Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar". Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi, Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi". Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 171 tushsa, darhol namozga kirishardi". Alloh taolo Yunus (a.s.) qissasida aytadi: "Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo‘lgan) bo‘lur edi" (Saffot, 143-144). Ibn Abbos ushbu oyatning tafsirida u zotni (a.s.) namozxonlardan bo‘lgan edi, deb tushuntiradilar. Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Kengchilikda tazarru’ qilish tushayotgan balodan panoh so‘rashlikdir". 378/1. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Mo‘minga ikki rak’at namoz o‘qishdan ko‘ra yaxshiroq narsa berilmadi". Ibn Sirrin (r.a.) aytadilar: "Jannat yoki ikki rak’at namozni tanlash ixtiyori berilganida, ikki rak’at namozni ixtiyor qilardim. Chunki namozda Allohning rizosi bor, jannatda esa, mening roziligim". Aytilishicha, Alloh taolo yetti osmonni yaratganda uni maloikalar bilan to‘ldirdi va ularni namozga buyurdi. Bas, ular bir soat ham dam olmaydilar. Har bir samo ahliga har xil ibodatlarni buyurdi. Birlari sur chalinguncha oyoqlarida qiyomda turadi, bir xillari hamisha ruku’da, bir xillari doim sajdada, yana birlari qanotlarini yoyib, ibodatda bo‘ladi. Illiyyun va arsh ahllari arshning atrofini tavof qiladi. Rabbilariga hamd va tasbeh aytadi, yerdagilarga istig‘for so‘raydi. Alloh bu ibodatlarning hammasini mo‘minlar hurmati uchun bir namozga jam qildi. Toki ular har bir osmon ahli qilgan ibodatdan nasiba olsin. Va ularga Qur’onni ziyoda etdi, uni namozda tilovat qiladilar. Alloh taolo ulardan namozning shukrini talab qildi. Namozning shukri uni shart va chegaralari bilan ado qilishdir. Alloh taolo aytadi: "(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan kishilar" (Baqara, 2-3); yana deydi: "Namozni to‘kis ado qilinglar" (Baqara, 43); "Namozni to‘kis ado qiling" (Hud, 114); "Va namozni barpo qiluvchilar" (Niso, 162). Xabarlardan ko‘rinadiki, qaerda namozning zikri kelsa, o‘sha yerda uni ado qilishlik ham aytilgan. Munofiqlarning zikrida Alloh taolo aytadi: "Bas, namozlarini "unutib" qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan namozxonlarga halokat bo‘lg‘ay" (Mo’un, 4-5). Alloh taolo munofiqlarni namozxonlar, deb atadi, mo‘minlarni esa, namozni barpo qiluvchilar, deb nomladi. Demak namoz o‘quvchilar ko‘p, namozni to‘kis ado etuvchilar Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 172 kam ekan. Faflat egalari amallarini riyo bilan qiladilar. Ular Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunni, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, o‘ylamaydilar. 379. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning ba’zilaringiz namoz o‘qiydi, nomai a’moliga namozi savobining uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri, oltidan biri, hatto o‘ndan biri yoziladi", ya’ni, namozda beparvo bo‘lgan qismlariga savob yozilmaydi. 380. Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim ikki rak’at namozni Allohga qalbi bilan yuzlangan holda o‘qisa, yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘lib chiqadi". Albatta, bandaning namozi bandaning Alloh taologa yuzlanishi bilan ulug‘ qilindi. Agar yuzlanmasa va fikri-xayoli namozdan chalg‘ib qolsa, u shunday bir elchi kabidirki, u podshohning huzuriga qilgan xatosiga, adashganiga uzr aytish uchun keladi. Eshikka yetib kelib turadi. Podshoh unga qarasa, elchi o‘ngga-chapga qaraydi. Shuning uchun podshoh uning hojatini bajarmaydi, unga e’tiboriga munosib muomala qiladi. Namoz ham shu kabidir, bas, namozni unutsa, undan qabul qilinmaydi. Namozning misoli podshohning to‘yiga o‘xshaydi. Undagi dasturxon turli taom va ichimliklardan tayyorlangan. Har birining o‘ziga xos lazzati, manfaati bor. Namoz ham shunga o‘xshash: Alloh bandalarini namozga chaqiradi va unda xilma-xil af’ol-zikrlarni tayyorlaydi va ibodatga buyuradi. U af’ol va zikrlar bilan ibodat qilish har qanday suratda ularga lazzat beradi. Bas, af’ollari taom, zikrlari ichimlik kabidir. Aytilishicha, namozda o‘n ikki ming xislat bor. Bu o‘n ikki ming xislat o‘n ikki ishga jam qilingan. Kim namozni ado etishni xohlasa, bu o‘n ikki ishni mahkam tutmog‘i lozim. Birinchisi, ilm. 381. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ilm bilan qilingan ozgina amal bilmasdan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir". Ikkinchisi, tahorat. 382. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘zlariga ko‘ra, "Namoz faqat tahorat bilan barpo bo‘ladi". Uchinchisi, kiyim. Alloh taolo aytadi: "Ey odam farzandlari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz" (A’rof, 31), ya’ni, har bir namozda kiyimlaringizni kiyingizlar. To‘rtinchisi, vaqtini ushlash. Alloh taoloning so‘zi: "Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayinlangan farz bo‘ldi" (Niso, 103). Beshinchisi, qiblaga yuzlanish. Alloh taolo aytadi: "Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-ul-harom tomonga buring va qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring" (Baqara, 150). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 173 Oltinchisi, niyat. 383. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hamma amallar niyatga ko‘ra, har bir kishi niyatiga qarab oladi". Yettinchisi, takbir. 384. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Namozda boshqa amallarni harom qiluvchi – takbir va halol qiluvchi – salom berish". Sakkizinchisi, qiyom. Alloh taoloning so‘zi: Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar" (Baqara, 238). Ya’ni, Alloh uchun turib namoz o‘qinglar. To‘qqizinchisi, qiroat. Alloh taolo aytadi: "Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qinglar" (Muzammil, 20). O‘ninchisi, ruku’. Alloh taolo aytadi: "Va ruku’ qilinglar" (Baqara, 43). O‘n birinchisi, sajda. "Va sajda qilinglar" (Haj, 77). O‘n ikkinchisi, oxirgi qa’da. 385. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kishi oxirgi sajdadan boshini ko‘tarib tashahhud miqdorida o‘tirsa, uning namozi to‘kis bo‘libdi". Qachon mana shu o‘n ikki ish topilsa, endi ularning to‘kis bo‘lishi uchun ixlosga muhtoj bo‘ladi. Chunki Alloh taolo: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling