Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
10. Safda biron kishini qattiq siqib qo‘ymaslik. 
11. Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tmaslik. 
12. U yerda tupurmaslik. 
13. Barmoqlarni qisirlatmaslik. 
14. Masjidni bolalardan (ya’ni, u yerga kirib o‘ynashdan) va najosatlardan tozalamoq. 
15. Allohning zikrini ko‘paytirmoq va g‘ofil qolmaslik. 
 
432. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Ummatimga bir zamonlar 
keladi. Ularning so‘zlari masjidlarda dunyo ishlari haqida bo‘ladi. Allohning ularga hojati 
yo‘qdir. Bas, ular bilan birga o‘tirmanglar". 
 
433. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Bu dunyoda g‘ariblar to‘rttadir: 
Zolimning ichidagi Qur’on; odam to‘plangan, lekin namoz o‘qilmagan masjid; uyda 
o‘qilmay turgan Mushaf; yomon qavm ichidagi solih kishi". 
 
434. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Alloh taolo masjidlarni oq tuyalardek to‘playdi. Uning oyoqlari anbardan, 
bo‘yinlari za’farondan, boshlari muattar hidli mushkdan, yuganlari yashil zabarjaddandir. 
Uni muazzinlar yetaklab, imomlar haydab boradi. Ular bilan qiyomatning arosatidan 
chaqmoqdek o‘tadilar. Qiyomatda to‘planganlar: "Ular muqarrab maloikalarmi yoki 
anbiyolarmi yo rasullarmi?" deb so‘raydi. Ularga nido qilinadi: "Ey qiyomat ahli, ular 
muqarrab maloikalar ham, anbiyolar ham, rasullar ham emas. Ular Muhammad 
sollallohu alayhi vasallamning ummatlari. Ular jamoat namozini mahkam tutishgan", 
deb". 
 
Vahb ibn Munabbah (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Qiyomat kunida masjidlar dur va 
yoqutlar bilan o‘ralgan kemalarga o‘xshab keltiriladi va ahlini shafoat qiladi".  
 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Odamlarga shunday bir zamon keladiki, Islomdan ismi 
qoladi, Qur’ondan surati qoladi, masjidlarni quradilar, ammo unda Allohning zikri 
bo‘lmaydi. U zamonning yomonlari ulamolaridir, fitna ulardan chiqib, yana o‘zlariga 
qaytadi". 
 
_______________ 
Masjidlarning hurmati bobi hadislari 
 
427-hadis. Muttafaqun alayh. 
428-hadis. Hasan. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 
429-hadis. Zaif. “Kashful xafo”ga qarang. 
430-hadis. Hokim “Tarix”ida rivoyat qilgan. 
431-hadis. 421-hadisning izohiga qarang. 
432-hadis. Zaif. Sanadi mursal. 
433-hadis. Mavzu’. “Zaiful jome’”ga qarang. 
434-hadis. Sanadi topilmadi.
 
 
 
O‘TTIZ OLTINCHI BOB 
SADAQANING FAZILATI 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abu Zarr 
Fiforiydan (r.a.): "Qaysi sadaqa afzal?" deb so‘rashdi. "Sadaqaning ko‘prog‘i va 
kattarog‘i", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar:  
"Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilikka 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
(jannatga) yetmaysiz" (Oli Imron, 92). "Agar kishida (yaxshi ko‘rgani) bo‘lmasa-chi?" 
deb so‘rashdi. "Molining ortiqchasidan sadaqa qiladi", dedilar. "Agar unda mol bo‘lmasa-
chi?" deb so‘rashdi. "Taomining ozginasidan sadaqa qiladi", dedilar. 
"U ham bo‘lmasa-chi?" 
"Quvvati bilan yordam beradi". 
"Quvvati bo‘lmasa-chi?" 
"Agar yarimta xurmo berib bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar". 
"Buni ham qilolmasa-chi?" 
"O‘zini tiysin, odamlarga zulm qilmasin". 
 
435. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar (s.a.v.): Quyosh chiqqanida ikki tomonga 
nido qilish uchun ikkita farishta yuboriladi. Ularning nidolarini insonlar va jinlardan 
boshqa hamma yer ahli eshitadilar: "Ey odamlar! Parvardigoringizga kelinglar, albatta, 
ozgina bo‘lib, kifoya qilgan mol ko‘p bo‘lib, mashg‘ul qilib qo‘ygan moldan yaxshidir". 
Ikki farishta yana nido qilib: "Ey Parvardigor, infoq qilgan kishining moli o‘rniga molni 
tezroq ber va mumsikning molini tezroq halok qil", deb aytadi", dedilar. 
 
436. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
bir kuni Ka’baning yopinchig‘iga osilib turgan bir kishining oldidan o‘tdilar. U odam: 
"Sendan bu uyning hurmati bilan so‘raymanki, gunohlarimni kechir", der edi. Shunda 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Allohning bandasi! O‘zingning 
hurmating bilan so‘ra, chunki mo‘minning hurmati Alloh nazdida Baytullohning 
hurmatidan ulug‘dir". "Ey Allohning rasuli, – dedi u, – mening katta gunohim bor". 
Rasululloh: "Nima gunoh?" deb so‘radilar. "Mening molim ko‘p edi. Qo‘y-mollarim ham, 
otlarim ham ko‘p edi. Lekin bir kishi biron bir narsa so‘rasa, go‘yoki yuzimdan olov 
chiqib ketardi", dedi u. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey fosiq, ket 
oldimdan, o‘ting bilan meni ham yondirma. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar 
ming yil ro‘za tutsang va ming yil namoz o‘qisang ham, xasis bo‘lib o‘lsang, Alloh taolo 
seni do‘zaxga uloqtiradi. Xasislik kufrdan, kufr esa do‘zaxda ekanini, saxovat imondan 
va imon jannatda ekanini bilmaysanmi?!" 
 
437. Oyisha onamiz (roziyallohu anho) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qiladilar. U zot aytdilar: "Saxiylik daraxtdir, uning ildizi jannatda va shoxlari dunyoga 
tushgan, kim uning shoxlaridan birini ushlasa, jannatga yetkazadi. Baxillik ham bir 
daraxtdir, ildizi do‘zaxda va shoxlari dunyoga tushgan, kim uning shoxini ushlasa, 
do‘zaxga eltadi". 
 
438. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Xasis odam Allohdan uzoq, 
jannatdan ham uzoq, odamlardan ham uzoq va do‘zaxga yaqin. Saxiy esa, Allohga, 
jannatga va odamlarga yaqindir, do‘zaxdan uzoqdir". 
 
439. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mollaringizni zakot bilan 
qo‘rg‘onlanglar, kasallaringizni sadaqa bilan davolanglar va balolarni duo bilan qarshi 
olinglar". 
 
440. Umarning (r.a.) ozod qilgan qullari Abdurahmon Salmoniydan rivoyat qilinadi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sadaqa so‘rovchi o‘zi so‘zidan 
to‘xtamagunicha bo‘lib qo‘ymanglar. Keyin unga viqor va yumshoqlik bilan javob 
qaytaringlar yo yengilgina narsa bilan yoki yaxshi so‘z bilan qaytaringlar". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
 
441. Sa’d ibn Mas’ud Kindiy rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Qaysi inson kecha va kunduzda sadaqa qilib tursa, ilon chaqib o‘lishdan, tom 
bosib o‘lishdan yoki to‘satdan o‘lib qolishdan muhofaza qilinadi". 
 
442. Abu Hurayra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot 
aytdilarki: "Mol sadaqa qilish bilan kamaymaydi va kishi o‘ziga yetgan zulmni avf etsa, 
Alloh unga azizlikni ziyoda etadi. Qaysi kishi Alloh uchun tavozu’ qilsa, Alloh uning 
darajasini ko‘taradi". 
 
Ikrima (r.a.) Ibn Abbosning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Ikki narsa shaytondan va 
ikki narsa Alloh taolodan", deb keyin bu oyatni o‘qidilar: "Shayton sizlarni (agar 
infoq-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh 
ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga o‘z tarafidan mag‘firat va fazlu karam (boylik) 
va’da qiladi", ya’ni, sizlarni toatga va sadaqa qilishga buyurib, fazli va 
mag‘firatiga yetkazmoqni xohlaydi. "Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir" 
(Baqara, 268). Ya’ni, fazlu karami keng va sadaqa qilgan kishining savobini bilguvchi 
zot. 
 
443. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar qaysi bir qavm ahdini buzsa, 
Alloh ularni o‘lim bilan imtihon qiladi, qaysi qavmda fohishabozlik yoyilsa, ularga 
to‘satdan o‘lim yuboradi, qaysi qavm zakotni man’ qilsa, Alloh taolo ularni yomg‘irdan 
qisib qo‘yadi". 
 
Nazzol ibn Sabra aytdilar: Jannat eshigiga uch qator so‘z yozilgan: 
1. "Laa ilaha illalloh, Muhammadur-rosululloh". 
2. "Ummat gunohkor, Parvardigor kechiruvchi". 
3. "Nima amal qilgan bo‘lsak, topdik, bergan bo‘lsak, foyda oldik, nimaiki olib qolgan 
bo‘lsak, zarar qildik". 
 
Aytilishicha, kim besh narsani man’ qilsa, Alloh ham undan besh narsani man’ qiladi. 
1. Zakotni bermasa, molining muhofazasini man’ qiladi. 
2. Sadaqani man’ qilsa, undan tinchlik-xotirjamlikni man’ qiladi. 
3. Ushrni man’ qilsa, yerining barakasini man’ qiladi. 
4. Duoni man’ qilsa, undan ijobatni man’ qiladi. 
5. Namozga dangasalik qilsa, Alloh undan o‘layotgan vaqtida "laa ilaha illalloh"ni man’ 
qiladi. 
 
Ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: "Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq 
qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir". 
 
Faqih aytadilar: Otamdan eshitdimki, Iso alayhissalom zamonlarida baxilligi bilan nom 
chiqargan Mal’un ismli kishi bor edi, bir odam g‘azotga chiqmoqni xohladi va kelib: "Yo 
Mal’un, menga biron qurolingdan ber, uni olib, g‘azotimda quvvatli bo‘layin, sen esa 
do‘zaxdan uning savobi bilan qutulib qol", dedi. Undan yuz o‘girib, hech narsa bermadi, 
haligi kishi ketgandan keyin, Mal’un qilgan ishiga pushaymon yedi, keyin uni chaqirib, 
qilichini berdi. Haligi kishi yo‘lda Iso alayhissalom bilan yetmish yildan beri ibodat qilib 
kelayotgan bir kishiga yo‘liqdi. Iso (a.s.) undan bu qilichni qaerdan olganini so‘radilar. 
Haligi kishi: "Mal’un berdi", dedi. Iso (a.s.) uning qilgan sadaqasiga xursand bo‘ldilar. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
Keyin Mal’un eshigi oldida o‘tirgan edi, Iso (a.s.) obid bilan uning oldidan o‘tdilar. Ma’lun 
ham o‘zicha, Isoning va obidning yuziga qarasam, deb turgan edi. Shunda o‘rnidan turdi 
va ikkovlarining yuziga qaradi. Obid, olovi meni kuydirmasidan oldin Ma’lundan qochay, 
dedi. Alloh taolo Iso (a.s.)ga vahiy qildi: "Ey Iso, bu gunohkor bandamga ayt, sadaqa 
qilgan qilichi uchun uning gunohlarini kechirdim va bu obidga ham ayt, men uni u bilan 
jannatda yo‘ldosh qilib qo‘yaman". Obid aytdi: "Allohga qasamki, men u bilan jannatda 
turishni xohlamayman, yo‘ldosh bo‘lishni ham xohlamayman". Alloh Iso (a.s.)ga vahiy 
qildi: "Bu bandamga ayt, u Mening qazoi qadarimga rozi bo‘lmadi va bandamni kamsitdi, 
Men uni do‘zax ahlidan qilib, Mal’unning holatiga qo‘ydim va jannatdagi joyini uning 
do‘zaxdagi joyi bilan almashtirdim, uning jannatdagi joyini bu bandamga berdim va 
uning do‘zaxdagi joyini unga berdim". 
 
444. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Osmon eshigidan bir farishta nido qilib aytadi: "Kim bugun qarz bersa, ertaga 
mukofotini oladi". Boshqa farishta nido qilib: "Ey odam bolalari, o‘lish uchun 
tug‘ilaveringlar, xarob bo‘lish uchun quraveringlar", deydi". 
 
445. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, siz dunyodan 
o‘tgandan keyin bizga yerning usti yaxshimi yoki ostimi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar boshliqlaringiz yaxshilaringiz, boylaringiz 
saxiylaringiz bo‘lsa, ishlaringiz maslahat bilan qilinsa, sizlarga yerning ostidan usti 
yaxshidir. Agar boshliqlaringiz yomonlaringiz, boylaringiz baxillaringiz bo‘lsa, ishlaringiz 
ayollaringizga qolsa, sizlarga yerning ustidan osti yaxshidir". 
 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem bo‘lmasin 
yoki qaroqchilar qo‘liga tushmasin desang, sadaqa qil". 
 
446. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim zakot bersa, mehmon kutsa, 
omonatni ado qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi". 
 
Faqih aytadilar: Ozmi-ko‘pmi, doim sadaqa qilib turing, chunki sadaqada o‘nta xislat 
maqtalgan. Beshtasi dunyoda, beshtasi oxiratda. Dunyodagi beshtasi quyidagilar: 
1. Sadaqa qilishda molni poklashlik bor. 
 
447. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: "Ogoh bo‘linglar. Savdoda 
bema’ni so‘z, qasam va yolg‘on bo‘lib turadi. Shuning uchun unga sadaqani ham 
qo‘shinglar". 
 
2. Sadaqada badanni gunohlardan poklashlik bor. Alloh taolo aytadi: "(Ey 
Muhammad), Siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab-tozalaydigan 
sadaqa sifatida oling" (Tavba,103). 
 
3. Sadaqa qilish kasallik va balolarni daf qiladi. 
 
448. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kasallaringizni sadaqa bilan 
davolanglar". 
 
4. Sadaqa qilishda miskinlarga xursandchilik ulashish bor. Amallarning afzali mo‘minlarni 
xursand etishdir. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
 
5. Sadaqada molning barakasi va rizqning keng bo‘lishi bor. Alloh taolo aytgandek: 
"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangizlar, Alloh uni to‘ldirur" (Saba’, 39). 
 
Oxiratdagi beshta xislat: 
1. Sadaqa qattiq issiqda egasiga soya bo‘ladi. 
2. Sadaqa qilganning hisob yengil kechadi. 
3. Sadaqa amallarni mezonda og‘ir qiladi. 
4. Sirotdan o‘tishga ruxsatnoma. 
5. Jannatdagi darajalarni ziyoda etadi. 
 
Agar sadaqada miskinlarning duosidan boshqa fazilat bo‘lmaganda ham, oqil kishi unga 
rag‘bat qilmog‘i vojib bo‘lardi. Endi unda Allohning roziligiyu shaytonning g‘azabi bo‘lsa, 
qanday qilib rag‘bat etmasin. 
 
449. "Kishi yetmishta shaytonning soqolini bo‘shatmaguncha sadaqa qilishga qodir 
bo‘lolmaydi". 
Bu ishda solihlarga ergashish bor. Chunki solihlar sadaqa qilishga qattiq e’tibor berar 
edilar. 
 
Faqih aytadilar: Ummu Zarr (r.a.) Oyisha onamizning (r.a.) oldilariga kirib turardilar. U 
zot aytadilar: "Bir kuni Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) Oyishaga ikki qopchada bir yuz sakson 
ming dirham yubordilar. Shu kuni Oyisha ro‘zador edilar. Keyin odamlarga tarqata 
boshladilar. Kechqurungacha oldilarida dirhamdan hech narsa qolmadi. Kech kirgach: 
"Ey joriya, iftorligimni keltir", dedilar. Joriya non bilan yog‘ keltirdi. Oyisha (r.a.): 
"Dirhamlarni bo‘layotib o‘zimizga ham olib qolganingda bir dirhamga go‘sht olardik", 
dedilar. Joriya aytdi: "Meni koyimang, agar eslatganingizda edi, shunday qilardim". 
 
Urva ibn Zubayr aytadilar: "Men Oyisha onamizning (r.a.) yetmish ming dirham sadaqa 
qilganlarini ko‘rdim. Ko‘ylaklarining yoni esa yamoqli edi". 
 
Zikr qilinishicha, Abdul ibn Hasanga ellik ming dirham meros qoldi. Shunda birodarlariga 
bir hamyonni yuborib aytdiki: "Birodarlarimga jannat so‘rar edim, endi qanday qilib 
ulardan dunyoni qizg‘anayin". 
 
Xabarda zikr qilinadi: Bir xotin Hasson ibn Abu Sinonning oldiga kelib, biron narsa 
berishini so‘radi. U kishi xotinga qaradi, u g‘oyat chiroyli edi. "Ey g‘ulom, unga to‘rt yuz 
dirham bergin", dedi. Unga: "Ey Allohning bandasi, bu xotin sendan bir dirham so‘radi, 
sen esa to‘rt yuz dirham berding", deyishdi. Hasson aytdi: "Uning chiroyini ko‘rib, u 
qiynalib qolganda, gunohga kirib ketishidan qo‘rqdim va uning behojat bo‘lmog‘ini 
xohladim. Shoyad shunda biror kishi unga rag‘bat qilib nikohiga olsa". 
 
Xabarda keladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan biriga qo‘yning 
boshini hadya qildilar. U sahobiy falonchi birodarim mendan ko‘ra muhtojroq, deb haligi 
narsani unga yubordi. Keyin unisi ham xuddi shunday o‘ylab, boshqa kishiga yubordi. 
Shunday qilib, bu narsa yetti uyni aylanib, birinchi kishinikiga qaytdi. So‘ngra ushbu 
oyat tushgan ekan: 
 
"Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib, (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
qilurlar" (Hashr, 9). 
 
Yana aytilishicha, bu oyatning tushishi ansorlardan birining ishi bilan bog‘liq. Hasan 
rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir kishi ro‘za tutdi, 
kechqurun bo‘lganda iftorga hech narsa topmadi. Keyin suv bilan og‘zini ochdi, so‘ng 
kelasi kun yana ro‘za tutdi, uch kun ro‘za tutib, ko‘p holdan toydi. Bu holni ansorlardan 
biri ko‘rib, kechqurun uni uyiga olib keldi. Xotiniga: "Bugun biznikiga mehmon tushdi, 
ovqatdan bormi?" dedi. Xotini: "Bir kishi to‘yadigan ovqat bor", dedi. Ikkalasi ham 
ro‘zador edilar, shuningdek, ularni bitta go‘daklari ham bor edi. Haligi ansoriy xotiniga: 
"Biz mehmonimizni ovqatlantiraylik, o‘zimiz bu kecha sabr qilamiz, o‘g‘limizni esa, 
xuftondan oldin uxlatamiz. Ovqatni keltirayotganingda, chiroqni o‘chirib qo‘y, mehmon 
meni ovqatlanayapti deb o‘ylaydi va qornini to‘yg‘izib oladi", deb tayinladi. Xotini 
tovoqda ov-qatni keltirib, uning oldiga qo‘ydi, keyin chiroqni go‘yo yaxshilayman deb 
o‘chirib qo‘ydi. Mezbon qo‘lini tovoqning chetiga qo‘yib, hech narsa yemadi. Mehmon 
ovqatning hammasini yedi. Keyin ertalab mezbon ansoriy Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamga salom berganidan keyin u zot sollallohu alayhi vasallam unga: "Alloh er-
xotin ikkovlaringizning qilganingizdan ko‘p ajablandi", dedilar. (Ya’ni, bu ishlaringizdan 
rozi bo‘ldi). 
 
Keyin bu oyatni o‘qidilar:  
 
"Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor-ixtiyor 
qilurlar" (Hashr, 9). Ya’ni, o‘zlaridagi narsalarni o‘zlariga kerak bo‘lsa ham, och 
bo‘lsalar ham, boshqalar uchun beradilar.  
 
"Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchi 
zotlardir" (Hashr, 9). Ya’ni, kim baxillikni o‘zidan ketqazsa, ular Allohning azobidan 
qutiluvchilardir. 
 
Xolid Lifof (r.a.) aytadilar: "Men sizlarni to‘rt ishlaringdan, agar o‘tgan olimlar xilof qilsa 
ham, rozi bo‘lardim. 
1. O‘tganlar fazilatni ko‘paytirishga ahamiyat berganlari kabi sizlar farzlarni 
qisqartirishga e’tibor berishingiz. 
2. Oldingilar toatning qabul bo‘lmasligidan qo‘rqqanlari kabi gunohlaringizni Alloh 
kechirmasligidan qo‘rqishingiz.  
3. O‘tganlar ba’zi haloldan qo‘rqib saqlanganlaridek, sizlarning haromdan saqlanishingiz. 
4. Sizlardan oldin o‘tganlar dushmanlariga shafqat va yaxshilik qilganlaridek, sizlarning 
birodarlaringizga va aka-ukalaringizga shafqat va yaxshilik qilishingiz". 
 
_____________ 
Sadaqaning fazilati bobi hadislari 
 
435-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
436-hadis. Juda zaif. 
437-hadis. Zaif. “Zaiful jome’”ga qarang. 
438-hadis. Juda zaif. Termiziy, Ibn Mojja, Uqayliy rivoyat qilgan. “Az-zaifa”ga qarang. 
439-hadis. Zaif. Abu Dovud, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
440-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”da rivoyat qilgan. 
441-hadis. Sanadida uzilish bor. “Tarixul kabir”ga qarang. 
442-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 
443-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan. 
444-hadis. Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 435-hadisning izohiga qarang. 
445-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 
446-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang. 
447-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy hasan sahih degan. 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
448-hadis. Hasan. “Sahihul jome’”ga qarang. 
449-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
 
 
 
O‘TTIZ YETTINCHI BOB 
SADAQA BALOLARNI DAF QILISHI HAQIDA 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abul Farj Azdiy rivoyat qiladi: "Iso ibn Maryam 
alayhumassalom bir qishloqdan o‘tdilar. Bu qishloqda kir yuvuvchi kishi bor edi. Qishloq 
ahli: "Ey Iso, kir yuvuvchi kiyimlarimizni yirtadi va ko‘p vaqt ushlab qoladi. Uni duoibad 
qiling, Alloh uni kiyim yuvishdan salomat qaytarmasin", dedi. Iso alayhissalom: "Ey 
Parvardigor, uni kiyim to‘plab yuvadigan joyidan salomat qaytarmagin", deb duo qildilar. 
So‘ngra kir yuvuvchi kiyimlarni yuvib, ularni bo‘yash uchun ketdi. U o‘zi bilan uch dona 
non olgan edi. Tog‘da ibodat qiluvchi bir obid kishi kir yuvuvchiga salom berib: "Meni 
ovqatlantiradigan noning bormi, falon-falon kundan beri ovqat yemayapman, hech 
bo‘lmasa, bir ko‘ray yoki hidini hidlay", dedi. Kir yuvuvchi unga bitta nonini berdi. Obid: 
"Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening gunohingni kechirsin, qalbingni poklasin", dedi. Bu 
so‘zidan keyin ikkinchi nonini berdi. Obid: "Ey kiyim yuvuvchi, Alloh sening oldingi va 
keyingi gunohlaringni kechirsin", dedi. So‘ngra uchinchi nonini ham berdi. Obid: "Ey 
kiyim yuvuvchi, senga Alloh jannatdan bir uy bino qilsin", dedi. Kir yuvuvchi kechqurun 
uyiga salomat qaytdi. Qishloq ahli aytdilarki: "Ey Iso, kiyim yuvuvchi qaytib keldi-ku?" 
Iso aytdilar: "Menga uni chaqirib kelinglar". U huzurlariga kelganidan keyin: "Ey kir 
yuvuvchi, bugun nima ish qilganingni ayt", dedilar. U aytdiki: "Anovi tog‘da 
yo‘lovchilardan biri kelib, mendan taom so‘radi. Uch dona nonim bor edi. Har birini 
berganimda shu-shu so‘zlar bilan duo qildi". Iso (a.s.): "Ey kiyim yuvuvchi, xaltangni 
keltirgin, men bir uning ichiga qaray-chi", dedilar. U kishi xaltani ochib ko‘rsalar, og‘ziga 
temir urilgan qop-qora ilon yotardi. Iso alayhissalom aytdilar: "Ey qora ilon, sen bu 
kishiga yuborilmagandingmi?" Ilon: "Ha, – dedi, – lekin bir yo‘lovchi tog‘dan tushib, 
undan ovqat so‘radi. Har bir non berganda uni duo qildi. Uning oldida bir farishta, omin, 
deb turdi. So‘ng Alloh bir farishtani yubordi, u meni temir bilan yuganlab tashladi". Iso 
alayhissalom aytdilar: "Ey kir yuvuvchi, amalingni qaytadan boshla, Alloh taolo 
sadaqangni barakotidan gunohlaringni kechirdi". 
 
Solim ibn Abu Ja’d aytadilar: "Bir xotin bolasi bilan ketayotgan edi, bo‘ri bolasini olib 
qochdi. Xotin bo‘rining orqasidan ketayotib, bitta nonini taom so‘ragan gadoga berdi. 
Shunda bo‘ri qaytib kelib, bolasini unga topshirdi. Foyibdan ovoz keldi: "Bir luqmaga bir 
luqma". 
 
Mug‘ays ibn Sumo aytadilar: "Bani isroillik bir rohib oltmish yil tog‘dagi chaylada ibodat 
qilgan ekan. Bir kuni osmon gumbaziga qarabdi, shunda uni yer qiziqtirib qolibdi. "Yerga 
tushsam, undagi narsalarga qarasam", debdi va o‘zi bilan non olib tushibdi, yo‘lda unga 
bir xotin yo‘liqibdi, unga fitnalanib, nafsini ushlay olmay, unga qo‘shilib qo‘yibdi. Shu 
holda ajali yetibdi. Bir tilanchi kelib non so‘rabdi, unga nonini beribdi, so‘ngra o‘libdi. Uni 
oltmish yillik ibodati torozining bir pallasiga va xatolari torozini ikkinchi pallasiga 
qo‘yilibdi. Xatolari oltmish yillik ibodatidan og‘ir kelibdi, keyin sadaqa qilgan nonni 
keltirishibdi. Amallari bilan birga toroziga qo‘yilganda, xatolaridan og‘ir chiqibdi. Shunda, 
sadaqa yomonlikning yetmish eshigini yopadi, degan ekanlar. 
 
450. Qatoda aytadilar: "Bizga, sadaqa suv o‘tni o‘chirgandek, xatolarni o‘chiradi", deb 
aytildi". 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling