Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
5. Qaerda bo‘lsang ham, Allohning zikrini ko‘paytir, shunda gunohlardan saqlanasan". 
 
Ibrohim ibn Adhamdan zikr qilinadi. U kishi bir odamning dunyoviy gaplarni gapirib 
yurganini ko‘rdi. Uning oldida to‘xtab: "Sen bu so‘zlar bilan savob umid qilasanmi?" 
dedilar. U kishi: "Yo‘q", dedi. Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Bu bilan azobdan omon 
bo‘lasanmi?" "Yo‘q". Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Savob umid qilmaydigan va azobdan 
emin bo‘lmaydigan gaplarni gapirib nima qilasan? Sen Allohning zikrini qil". 
 
604. Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: "Bizlar Allohning payg‘ambarlariga nozil qilgan 
kitobida quyidagi so‘zlarini topdik. Alloh aytadi: "Kimni Meni zikr etish mashg‘ul qilib, 
Mendan so‘rashni unuttirsa, unga Mendan so‘raganlardan ham oliyrog‘ini beraman". 
 
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorong‘i uydagilarga 
chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorug‘lik beradi. Allohning ismi zikr 
qilinmaydigan uy o‘z ahliga qorong‘ilik qiladi". 
 
Rivoyat. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, men Sen yaxshi ko‘rganlarni va yomon 
ko‘rganlarni qanday bilaman?" "Ey Muso, agar Men bandani yaxshi ko‘rsam, unda ikki 
alomat qilaman". Muso aytdilar: "Ey Rabb, ular nima?" "Men uni yer va osmon 
mulklarida zikr etishim uchun unga zikrimni ilhom qilaman, unga azobim va g‘azabim 
yetmasligi uchun uni g‘azabimdan va harom qilganlarimdan saqlayman. Ey Muso, agar 
Men biror bandani yomon ko‘rsam, unda ikki alomat qilib qo‘yaman", dedi Alloh taolo. 
Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, u ikkalasi nimalar?" Alloh aytdi: "Zikrimni unuttiraman, 
o‘zi va nafsi orasini xoli qilaman, toki Mening haromlarim va qahrimga tushsin, shunda 
unga azobim va g‘azabim yetadi". 
 
605. Abu Mulayh otasidan rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning 
ulovlariga sahobalaridan biri mingashib olgan edi. Ot qoqilib ketdi. Shunda sahobiy: 
"Qurib ketgur, shayton", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qurib 
ketgur, shayton, deb aytma, unday desang, uydek katta bo‘lib ketadi. Bismilloh, de. 
Shunda u kichrayib, pashshadek bo‘lib qoladi". 
 
606. Dovud ibn Qays (r.a.) Nofe’ ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Majlisning kafforati, agar birontangiz turmoqchi 
bo‘lsangiz, subhanaka-llohumma va bihamdika, ashhadu al la-a ilaha illa anta, 
astag‘firuka va atubu ilayka", deb aytishdir. Agar majlis zikr majlisi bo‘lsa, bu so‘zi 
qiyomatgacha uning muhri bo‘lib qoladi. Agar lag‘v – bema’ni majlis bo‘lsa, oldin o‘tgan 
so‘zlariga o‘sha zikrlari kafforat bo‘ladi". 
 
607. Muhammad ibn Vosi’ aytadilar: "Makkaga keldim, shunda Solim ibn Abdullohning 
tug‘ishganini uchratdim, u otasidan, otasi bobosidan, bobosi Umar ibn Xattobdan (r.a.) 
bu hadisni rivoyat qildi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozorga 
kirganda, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyiy 
va yumiyt va huva hayyul la-a yamut biyadihil xoyr va huva ‘ala kulli shay’in qodir, 
desa, Alloh unga milyonta yaxshilik yozadi, milyonta xatosini o‘chiradi va darajasini 
milyon marta ko‘taradi". So‘ng Xurosonga keldim. Qutayba ibn Muslimning oldilariga 
kirib: "Sizga hadya keltirdim", deb o‘sha hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim (r.a.) 
otlariga minib bozorga keldilar va shu kalimalarni aytib, keyin qaytib ketdilar". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
Faqih aytadilar: Bilginki, Allohni zikr qilish ibodatlarning afzalidir, chunki Alloh taolo 
boshqa ibodatlar uchun miqdor va vaqtini tayin qildi. Ammo zikr uchun miqdor ham, 
vaqt ham tayin qilmadi, ko‘paytiraverishni buyurdi. 
 
"Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar" (Ahzob, 41), ya’ni, hamma holatda zikr 
qilinglar.  
 
"Hamma holatda zikr qilinglar", deganining tafsiri: Banda to‘rt holatdan birida bo‘ladi. Yo 
toatda bo‘ladi, yoki gunohda, yoki ne’matda, yoki qiyinchilikda. Agar toatda bo‘lsa, unga 
muvaffaq etgani uchun Allohni zikr qilmog‘i va uni qabul etishini so‘ramog‘i lozim. Agar 
ma’siyatda bo‘lsa, Allohga duo qilib, bu ishdan tiyilmog‘i va Allohdan tavbasini qabul 
qilishini so‘ramog‘i lozim. Agar ne’matda bo‘lsa, shukr bilan birga zikr qilmog‘i kerak. 
Endi agar qiyinchilikda bo‘lsa, yana sabr bilan Allohni zikr qilishi lozim. Bilginki, Alloh 
taoloning zikrida beshta maqtalgan xislat bordir: 
1. Unda Allohni rizoligi bor. 
2. U toatlarga rag‘batni ziyoda qiladi. 
3. Unda shaytondan saqlanish bor. 
4. U bilan qalb yumshaydi. 
5. U kishini gunohlardan qaytaradi. 
 
______________ 
Alloh taoloni zikr qilish haqidagi bob hadislari 
 
596-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
597-hadis. Zaif. Sanadida illat bor. Ibn Muborak rivoyat qilgan. 
598-hadis. Hasan. Asbahoniy rivoyat qilgan. 
599-hadis. Isnodi topilmadi. 
600-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy, hasan-sahih-g‘arib, degan. 
601-hadis. Muttafaqun alayh. 
602-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
603-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
604-hadis. Hasan. Buxoriy “Tarixul-kabir”da rivoyat qilgan. 
605-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
606-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
607-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan.
 
 
 
ELLIK IKKINCHI BOB 
DUO HAQIDA 
 
Faqih (Alloh u kishini rahmat qilsin) Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Kim beshta 
narsa bilan rizqlansa, beshta narsadan mahrum bo‘lmaydi: 
1. Kim shukr bilan rizqlansa, ziyodalikdan mahrum bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:  
"Qasamki, (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda 
qilaman" (Ibrohim,7). 
 
2. Kim sabr bilan rizqlansa, savobdan mahrum bo‘lmaydi. Alloh taolo aytadi:  
"Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr mukofotlari hisob-
kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur" (Zumar, 10). 
 
3. Kim tavba bilan rizqlansa, qabul bo‘lishdan mahrum bo‘lmaydi.  
"U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan Zotdir" (Sho‘ro, 25). 
 
4. Kim istig‘for bilan rizqlansa, mag‘firatdan mahrum bo‘lmaydi.  

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
"Rabbilaringizdan istig‘for so‘ranglar, albatta, u Zot kechiruvchidir" (Nuh, 10). 
 
Kim duo bilan rizqlansa, ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.  
"Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga ijobat qilaman" (Fofir, 60). 
 
Keyin oltinchisini ham rivoyat qildilar: "Kim infoq qilish bilan rizqlansa, uning o‘rni 
to‘lishidan mahrum bo‘lmaydi.  
"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur" 
(Saba’, 39). 
 
So‘ngra yettinchisi ham aytdilar: "Kimga harakat qilish berilgan bo‘lsa, tavfiqdan 
mahrum bo‘lmaydi.  
"Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘llarimizga hidoyat 
qilurmiz" (Ankabut, 69). 
 
608. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Mo‘min kishi duo qilsa, albatta, ijobat bo‘ladi. Yo unga shu dunyoda tezda 
beriladi, yoki qiyomat kuni uchun zaxiraga qoldiriladi, yoki duosining miqdoricha 
gunohlaridan o‘chiriladi, modomiki, gunohga va qarindoshlikni uzishga duo qilmagan 
bo‘lsa". 
 
Yazid Raqqoshiy (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kuni bo‘lsa, Alloh taolo bandaning dunyoda 
ijobat qilinmagan duolarining hammasini unga ro‘para qilib qo‘yadi. So‘ngra aytadi: "Ey 
bandam, Menga falon kuni duo qilgan eding. O‘sha duoyingni ushlab qolgan edim, bu 
savob o‘sha duoyingning o‘rnigadir". Shunday qilib, bandaga davomli suratda savob 
beriladi, shunda u dunyoda qilgan duolarining hech biri qabul qilinmagan bo‘lishini 
xohlab qoladi". 
 
609. No’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Duo 
ibodatdir". Keyin bu oyatni o‘qidilar: 
"Parvardigorlaringiz, Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga mustajob 
qilurman, dedi. Albatta, Menga ibodat etishdan kibr-havo qilgan kimsalar 
yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar" (Fofir, 60). 
 
Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: "Taom tuz bilan mazali bo‘lganidek, yaxshilik ham duo 
bilan shirin bo‘ladi". 
 
610. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Banda agar shoshilmasa, 
yaxshilikda bo‘laveradi". Sahobalar: "Qanday qilib shoshiladi, ey Rasululloh?" deyishdi. 
"Allohga duo qildim, duo qildim, lekin ijobat qilmadi, deb", dedilar Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam. 
 
Hasan Abu Usmon Nahdiyni ko‘rgani kirdilar. U kishi kasal edi. Abu Usmonga aytdilarki: 
"Ey Abu Usmon, Allohga duo qiling, kasalning duosi haqida ko‘p xabarlar bor". Shunda u 
kishi Allohga hamd va sano aytdilar, Allohning kitobidan bir necha oyatni tilovat qildilar, 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qidilar, so‘ngra qo‘llarini ko‘tardilar, 
bizlar ham qo‘llarimizni ko‘tardik. Duo qildilar. Qo‘llarimizni tushirganimizdan keyin 
aytdilar: "Xursand bo‘linglar, Allohga qasamki, Alloh sizlarning duolaringizni ijobat qildi". 
"Siz Allohga qasam ichib aytyapsizmi bu gapni?" dedilar Hasan. "Ha, – dedilar u kishi, – 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
ey Hasan, agar siz bir gapni gapirsangiz, albatta, to‘g‘ri deb tasdiqlayman-u, endi 
qanday ishonmayki, Alloh "Menga duo qilinglar, ijobat qilaman", deb aytib turgan 
bo‘lsa?!" Hammalari u zot huzuridan chiqqach, Hasan: "U mendan ko‘ra faqihroqdir", 
dedilar. 
 
Zikr qilinishicha, Robi’a Adaviya qabristonga chiqdilar. Bir kishi uchrab, unga: "Men 
uchun Allohga duo qiling", dedi. Robi’a Adaviya aytdilar: "Sizga Alloh rahm qilsin, 
Allohga itoat eting va duo qiling, chunki u muztar kishining duosini ijobat qiladi". 
 
611. A’mash Molik ibn Horisdan rivoyat qiladilar: Alloh taolo aytadi: "Kimni Menga zikr 
aytish Mendan so‘rashdan mashg‘ul qilib qo‘ysa, unga so‘raganlarning so‘raganidan ham 
afzalrog‘ini beraman". 
 
Solih ibn Mismar aytadilar: Alloh taolo: "Menga duo qilasizlar-u, qalblaringiz Mendan 
o‘girilgan, bas, bu yo‘lingiz botildir", deydi. 
 
Bir hakimdan so‘rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo‘lmaydi. 
Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob 
qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning 
ijobatini man’ qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so‘rashdi. Aytdi: 
 
"Sizlar Rabbingizni g‘azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar, ya’ni, 
Allohning g‘azabi vojib bo‘ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar. 
Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya’ni, 
banda xo‘jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi. 
Sizlar Qur’onni o‘qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya’ni, tafakkur va ta’zim bilan 
o‘qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar. 
Biz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarimiz, deysizlar-u, u kishining 
sunnatiga amal qilmaysizlar, ya’ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib
sunnatga ergashmaysizlar. 
Sizlar dunyoni yalang‘och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar. 
Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar. 
Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va 
oxiratdan ko‘ra dunyoni ko‘proq xohlaysizlar". 
 
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Allohga duo qiluvchining qorni haromdan pok 
bo‘lmog‘i lozim. Chunki harom duoni ijobat bo‘lishdan to‘sadi. 
 
612. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): "Ey Rasululloh, Allohga duo qilyapman, lekin duoyim 
mustajob bo‘lmayapti", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Ey 
Sa’d, haromdan saqlan, chunki qoringa bir luqma harom kirsa, uning duosi qirq 
kungacha qabul bo‘lmaydi". 
 
Duoda shoshilmaslik lozim. Chunki duo go‘y Alloh taologa duo qilsa, Alloh, albatta, qabul 
etadi. Duoning ijobati o‘sha soatda ko‘ringani ham ko‘p, boshqa vaqtda zohir bo‘lgani 
ham ko‘p, bu dunyoda ko‘rinmay, oxiratga qolgani ham ko‘p. 
 
Xabarda zikr qilinishicha, Muso (a.s.) Fir’avn va qavmini halok qilishni so‘radilar. Horun 
(a.s.) "omin" deb turdilar. Alloh taolo ularga: 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
"Duolaringiz ijobat bo‘ldi, endi to‘g‘ri yo‘lda sobit bo‘linglar" (Yunus, 89), deb 
vahiy qildi. 
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Duolari bilan ijobat bo‘lish orasidagi vaqt qirq yil edi". 
 
613. Yazid ibn Raqqoshiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: 
"Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rsa, unga baloni beradi... Shunda osmon ahli orasida 
rahm qilingan kishi bo‘ladi. Qaysi bir duoni qilsa: Alloh uni uch holatdan biri bilan ijobat 
qiladi", ya’ni, duosini tezda beradi, yoki oxiratga zaxira qiladi yoki uning miqdoricha 
gunohini kafforat qiladi. 
 
Hakimlar bir zot aytadi: "To‘rt kishida saodat yo‘qdir: 
1. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishga baxillik qilgan kishida. 
2. Muazzinga ijobat qilmagan kishida. 
3. Biror inson yaxshilik ustida undan yordam so‘raganda, yordam bermagan kishida. 
4. O‘ziga va mo‘minlar haqqiga namozlarining orqasidan duo qilmagan kishida". 
 
Abdulloh ibn Antokiy (r.a.) aytadilar: "Qalbning davosi beshta narsada: Solihlar bilan 
o‘tirish, Qur’on o‘qish, qorinni haromdan saqlash, kechasi ibodat qilish va subh paytida 
tazarru’da bo‘lish". 
 
614. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar Allohdan so‘rasangiz, kaftlaringizning ichini 
ochib so‘ranglar, orqasi bilan so‘ramanglar va kaftlaringizni yuzlaringizga surtinglar". 
 
____________ 
Duo haqidagi  bob hadislari 
 
608-hadis. Sanadida zaiflik bor. 
609-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
610-hadis. Muttafaqun alayh. 
611-hadis. Hasan. 603-hadisning izohiga qarang. 
612-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan. 
613-hadis. Zaif. Sanadida ikkita illati bor. 
614-hadis. Zaif. Abu Dovud 1485-raqam bilan rivoyat qilgan va yo‘llarini zaif sanagan. Shuningdek, 1486-raqam bilan Molik ibn Yasardan 
oxirgi jumladan boshqalarini sahih isnod ila rivoyat qilgan.
 
 
 
ELLIK UCHINCHI BOB 
TASBEH AYTISH HAQIDA 
 
615. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan hadis 
aytdilar: "Ikki kalima borki, tilga yengil, torozida og'ir, Rahmonga sevimlidir: 
Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil 'azim". 
 
616. Xolid ibn Imron rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
qavmlarining oldiga chiqdilar va: "Qalqonlaringizni olinglar", dedilar. "Ey Allohning 
elchisi, qanday dushman keldi?" deb so‘rashdi sahobalar. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: "Yo‘q, do‘zaxdan", dedilar. "Do‘zaxdan bizga qalqon nima?" deb so‘rashdi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha 
illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym. Bu 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
kalimalar qiyomat kuni egalarini jannatga kirgizuvchi, do‘zaxdan to‘siq bo‘luvchi va 
egasining nomidan hujjat keltiruvchi bo‘ladi", dedilar. 
 
617. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Isrofil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam huzurlariga kelib: "Ey Muhammad, subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha 
illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘azim, deb ayting. 
Adadini faqat Alloh biladi, og‘irligini faqat Alloh biladi. Mo‘lligini ham faqat Alloh biladi. 
Kim bu kalimalarni bir marta aytsa, Alloh unga beshta xislatni yozadi. Allohni ko‘p zikr 
qiluvchi, deb yozadi; kechayu kunduzi zikr qilgan odamdan afzal bo‘ladi; uning uchun 
jannatda bir daraxt yoziladi; gunohlari daraxtning quruq barglari to‘kilgandek to‘kiladi; 
Alloh unga nazar qiladi va kimga Alloh nazar qilsa uni azoblamaydi". 
 
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo Arshni yaratganda homil (ko‘taruvchi) 
farishtalarga uni ko‘tarishni buyurdi. Arsh ularga og‘ir keldi. Alloh taolo: "Subhanalloh, 
deb aytinglar", deb buyurdi. Farishtalar, subhanalloh, deyishdi, shunda ularga yengil 
bo‘ldi. Ular Alloh Odam alayhissalomni yaratguncha subhanalloh deb turishdi. Odam 
(a.s.) aksa urganida Alloh taolo uni alhamdulillah deyishga ilhomlantirdi. Alloh taolo 
aytdi: "Senga Rabbing rahm qildi va sen mana shuning uchun yaratilding". Maloikalar 
shunda: "Ikkinchi kalima ham ulug‘ ekan. Bizlar undan g‘aflatda qolmaslimiz kerak", 
deyishib uni oldingisiga qo‘shishdi. 
 
Bir necha vaqt farishtalar, subhanallohi valhamdullillahi, deb aytib yurishdi, bu hol Nuh 
(a.s.) zamonlarigacha davom etdi. Birinchi bo‘lib sanam tutgan qavm Nuh (a.s.) 
qavmlari edi. Alloh taolo Nuh (a.s.) qavmlarini, la-a ilaha illalloh, deb aytishga buyurdi. 
Shunda ulardan rozi bo‘lishini bildirdi. Farishtalar o‘shanda: "Uchinchi kalima ham ulug‘ 
va sharafli ekan. Biz bundan g‘aflatda qolmasligimiz kerak", deyishib, uni oldingi ikki 
kalimaga qo‘shishdi. Uzoq muddat subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illalloh 
kalimasini aytib yurishdi. Bu hol Ibrohim alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelgunlaricha 
davom etdi. Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) qurbonlik qilishni buyurdi. Keyin qo‘chqor berdi. 
Qo‘chqorni ko‘rganlarida u zot xursand bo‘lib, Allohu akbar, dedilar. Farishtalar aytishdi: 
"Bu kalima ham ulug‘ va sharafli ekan", deb uni oldingi uchtasiga qo‘shishdi va 
subhanallohi valhamdulillahi la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytib yurishdi. Vaqtiki 
Jabroil alayhissalom bu gaplarni Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam aytgan edi, u 
zot shodlanib: "La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim", dedilar. Shunda 
Jabroil alayhissalom: "Bu kalimani oldingilariga qo‘shing", dedi. 
 
618. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Alloh taolo sizlarga rizqingizni taqsimlagandek, 
axloqlaringizni ham taqsim qilgan. Alloh taolo yaxshi ko‘rgan-ko‘rmagan bandasiga mol-
dunyo beraveradi. Ammo imonni faqat yaxshi ko‘rganiga beradi. Alloh bandani yaxshi 
ko‘rsa, imon beradi. Kim molidan infoq berishga baxillik qilsa, dushmanga qarshi 
urushishdan qo‘rqsa, kechasidan xavflansa, la-a ilaha illallohu vallohu akbar, 
subhanallohi valhamdulillah, deb aytishni ko‘paytirsin". 
 
619. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalolam aytdilar: 
"Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytish butun 
quyosh nuri yetgan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir". 
 
621. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ashoblarini sadaqa 
qilmoqqa buyurdilar. Odamlar sadaqa bera boshlashdi. Abu Umoma Bohiliy Rasululloh 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
sollallohu alayhi vasallamning oldilarida o‘tirgan edilar. U kishi lablarini qimirlata 
boshladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Lablaringni qimirlatib nima 
deyapsan?" dedilar. Abu Umoma Bohiliy aytdilar: "Ey Allohning elchisi, odamlarning 
sadaqa qilayotganini ko‘ryapman, menda sadaqa uchun hech narsa yo‘q, shu bois 
ichimda subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb 
aytyapman". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "Ey Abu Umoma, 
bu kalimalarni aytish sen uchun miskinlarga bir mud tillo saqada qilganingdan 
yaxshidir". 
 
___________ 
Tasbeh aytish bobi hadislari 
 
615-hadis. Muttafaqun alayh. 
616-hadis. Sahih. Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan. 
617-hadis. Sanadida zaiflik bor. Ibn Abbosdan rivoyat qilingan keyingi hadisning sanadi noma’lum. 
618-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
619-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 
620-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
621-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan.
 
 
 
ELLIK TO‘RTINCHI BOB 
PAYG’AMBAR (S.A.V.)GA SALOVOT AYTISHNING FAZILATI 
 
622. Faqih aytadilar: Muhammad ibn Abdurahmon Payg‘ambardan sollallohu alayhi 
vasallam rivoyat qiladilar: "Sizlardan qaysi biringiz vafot etganimdan so‘ng menga salom 
bersa, Jabroil oldimga kelib: "Ey Muhammad, falonchining o‘g‘li falonchi sizga salom 
aytdi", deydi. Shunda men: "Unga ham salom, Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin", 
deb javob beraman", dedilar. 
 
623. Sa’d ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: Umar (r.a.): "Eshitdimki, duo yer va osmon 
orasida turib qoladi, to Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qimagunigacha 
ko‘tarilmaydi". 
 
624. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
minbarga ko‘tarilayotib, amin, dedilar, keyin yana ko‘tarilib, amin, dedilar, keyin yana 
ko‘tarilib, amin, dedilar. Keyin o‘rnashib o‘tirdilar. Maoz ibn Jabal shunda: "Ko‘tarilayotib 
uch marta amin, dedingiz?" dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Jabroil mening 
oldimga kelib, ey Muhammad, kim ramazon oyiga yetsa, ammo gunohlari mag‘firat 
qilinmasa, keyin o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoqlashtiradi, dedi. Men, amin, 
dedim. Keyin kimning ota-onasi yoki ikkovlaridan bittasi bo‘lsa-yu, ularga yaxshilik 
qilmasdan o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim. 
So‘ng kimning oldida sizning ismingiz zikr qilinsa-yu, u sizga salovot aytmasa, so‘ng 
o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim", dedilar". 
 
625. Jobir ibn Abdulloh (r. a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: U 
zot aytdilar: "Kim menga har kunda yuz bor salovot aytsa, Alloh taolo uning yuzta 
hojatini ravo qiladi. Yetmishtasi oxiratda va o‘ttiztasi shu dunyodadir". 
 
626. Said ibn Umayr Ansoriydan rivoyat qilinadi. U kishi Badr g‘azotida qatnashganlar. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini xabar qiladilar: "Menga 
ummatimdan kimki ixlos qilgan holda bir marta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling