Mavzu: Zihof tushunchasining aruz vaznidagi o`rni


Download 14.69 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi14.69 Kb.
#1194521
Bog'liq
Zihof tushunchasining aruz vaznidagi o`rni


Mavzu: Zihof tushunchasining aruz vaznidagi o`rni

solim-to`liq, zihof, furu`, qisqarish, sodda va murakkab zihoflar, hazf-mahzuf, qasr-maqsur, xarb-axrab, xarm-axram, kaff-makfuf, qabz-maqbuz va hokazo zihof va furu`lar


Solim so`zi arab tilida to`liq, butun degan ma`noni bildiradi. Yuqorida ko`rib o`tganimiz sakkizta asl rukn ayni holatda solim ruknlar hisoblanadi. Aruz nazariyotchilari, xususan, Xalil ibn Ahmad, mazkur solim ruknlarni turli tarzda o`zgartirish natijasida qisqargan, aniqrog`i o`zgargan shakllarini yuzaga keltirishgan. Masalan:
"Fa`uvlun" rukni ayni holatda solim hisoblanadi. Yuqorida ko`rganimizdek, bu rukn bitta vatadi majmu` va bitta sababi xafifdan tashkil topgan.
Fa`uv - ikkita harakatli va bitta sokin harf
Lun - bitta harakatli va bitta sokin harf
Ushbu rukn "hazf" usulida qisqartirilganda uning oxiridagi sababi xafif (lun) to`laligicha olib tashlanadi. Natijada, fa`uv qoladi. Uning o`rnida talaffuzi qulayroq bo`lgan fa`ul so`zi qo`llanadi. Chunki bu ikki so`z harakatli va sokin harflar tarkibi va paradigmasiga ko`ra tengdir. "Hazf" usuli natijasida hosil bo`lgan rukn "mahzuf" deb aytiladi.
Biz yuqorida "qisqarish usuli" deb nomlagan hodisa aruz tilida "zihof", "qisqarish natijasi" esa "furu`" atamasi bilan yuritiladi.
Yana bir misol:
"Fa`uvlun" rukni "qasr" usuli (zihofi)da qisqartirilganda uning oxiridagi sababi xafif (lun) to`laligicha olib tashlanmaydi. Undagi harakatli "lom" harfi sokinga aylantirilib, "nun" harfi olib tashlanadi. Natijada, fa`uvl qoladi. Bu usul (zihof)ning hosilasi (furu`i) "maqsur" deyiladi.
Demak "zihof" deganda o`zgarish usuli ("hazf", "qasr") "furu`"deganda esa o`zgarish natijasi, hosilasi ("mahzuf", "maqsur") tushuniladi.
Alisher Navoiy "zihof"ni quyidagicha ta`riflaydi: "Va bu besh aslning har biriga necha far`durkim tag`ayurlar sababidinki, ani aruziylar "zihof" derlar, hosil bo`lur" (4. 48).
Bobur esa qisqa qilib: "Bilgilki har tag`ayyurkim usulg`a kirar ani "zihof" derlar. Ul rukni mug`ayyarni muzohafu furu` derlar", deb yozadi. Shuningdek "tag`ayyur"ni yanada aniqlashtirib "…ruknning mutaharrikini sokin qilmoqdur, yo rukndin o`ksutmak, yo rukng`a ortturmak", deb sharhlaydi.
Aruziylar (aruzshunoslar) zihof va furu`larni tushuntirishda asosan ikki xil yo`ldan borishadi.
Alisher Navoiy har bir asl ruknning zihoflarini alohida sanab izohlaydi va furu`larini keltiradi. Bu nisbatan sodda usul bo`lib, aruzga endi kirishayotgan talabalar uchun qulay.
Bobur esa har bir zihofning o`zini izohlaydi va uni asl ruknlarda qo`llash bo`yicha ko`rsatma beradi. Bu usul bir oz murakkab bo`lsa-da, nazariy jihatdan puxta. Zero zihofning o`zini tushunib olgan kishi uni barcha asl ruknlarga qo`llashi mumkin bo`ladi. Quyidagi matnga e`tibor berib, uni "zihof va furu`lar" jadvali (25-26 - betlar) bilan solishtiring:
"Xabn" sababi xafifning sokinini hazf qilmoqliqdurkim (olib tashlamoq - S.T.), ruknning ikkinchi harfi bo`lg`ay, nechukkim, fo`ilun-fa`ilun, fo`ilotun-fa`ilotun bo`lur, mustaf`ilun-mutaf`ilun, maf`uvlotu-ma`uvlotu bo`lurkim, mafo`ilung`a naql qilurlar, mug`ayyar (o`zgargan- S.T.) ruknni maxbun derlar"
Download 14.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling