Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
rahmati tushayotgani va Alloh taolo katga gunohlarni kechib yuborayotganidir. Bundan 
avval bu kabi shrsa faqatgina Badr kunida ko‘rilgan". 
 
Umar ibn Abdulaziz aytadilar: " Alloh taolo Musoga (alayhissalom) Baytul haromning 
fazilatini zikr qilib vahiy yubordi. Muso (alayhissalom) shunda: "Ey Parvardigor, haj 
nima?" deb so‘radilar. Alloh aytdi: "Bu uyimni jamiki uylardan tanlab oldim. U xalilim — 
do‘stim Ibrohim bino qilgan haramimdir. Unga atroflardan odamlar keladilar. Qul 
hojasiga "labbay" deb turgani singari ular ham tahyail va talbiyalar aytadilar". Muso 
(alayhissalom): "Ey Parvardigor, ularning savobi nima?" deb so‘radilar. Alloh Ularni 
mag‘firat qilaman, xatgo ular qo‘shnilariga, qarindoshlariga shafoatchi bo‘ladi", dedi. 
Muso aytdilar: "Ey Parvardigor, ularning ayrimlarida yaxshi nafaqa ham, pok qalb ham 
yo‘q". Alloh: "Albatta, Men ularning yaxshilari sababidan yomonlariga ham yaxshilik 
beraman", dedi. 
 
766. Abu Horun Abdiy Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Umar ibn Xattob bilan 
birga xalifalik davrining avvalgi yilida haj qildik. U kishi kirib, Hajarul asvad oldida 
to‘xtadilar. "Sen zarar ham, foyda ham bermaydigan bir toshsan. Agar seni Payg‘ambar 
(s.a.v.) o‘pganlarini ko‘rmaganimda men o‘pmisdim"» dedilar. Shunda  Ali (r.a) aytdilar: 
"Bunday demang, ey Amirul mo‘minin. U Allohning izni bilan zarar ham, foyda ham 
beradi.Agar Quronni o‘kimagan va undagi bor narsani bilmagan bo‘lganingizda, sizga 
e’tiroz qilmasdim". Umar (r.a.): "Ey Abul Hasan, uning ta’vili nima?" deb so‘radilar. Ali: 
"Alloh taolo: 
 
"Parvardigorning Odam bolalarnigg bellaridan(ya’ni, pushta kamarlaridan to 
qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib, "Men Par. 
vardigoringiz emasmanmi?" deb o‘zlariga qarshi guvox qilganida, ular: 
"Haqiqatdan, Sen Parvardigorimizsan, biz bunga shohidmiz", deganlarini 
eslang (A’rof, 172-oyat), deb aytgan. Shunda ularning iqrorlarini qog‘ozga yozdi. Keyin 
bu toshni chaqirib, boyagi qog‘oz unga mahkamlandi. U Alloh taoloning bu makondagi 
qo‘riqchisidir. Kim o‘sha ahdiga vafo qilsa, unga guvohlik beradi", dedilar, Umar (r.a.) Ey 
Abul Hasan, Alloh taolo ko‘p ilmni sizlarning oralaringazda yoydi", deb javob qildilar". 
 
 Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qrlinadi. U kishi ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganlaridan keyin 
aytgan edilar: "Piyoda holda haj qilmaganim uchun pushaymon bo‘lganchalik hech 
narsaga pushaymon bo‘lmadim. chunki men Alloh taoloning: 
 
"Ular senga (ya’ni, sening da’vatinga javoban) yayov hollarida va yiroq 
yo‘llardan keladigan oriq- holdan toygan tuyalar ustida kelurlar" (Haj, 27-oyat) 
degan kalomini eshitganman". 
 
Faqih aytadilar: "Agar yo‘l yaqin bo‘lsa, piyoda borishning zarari yo‘q va u afzaldir-yo‘l 
uzoq bo‘lsa, ulovda kelish afzal. Chunki boruvchi o‘zini charchatadi, qiynaladi, buziladi. 
Agar bunday holga tushishdan xotirjam bo‘lsa, piyoda borgani yaxshi. 
 
Hasan Basriydan rivoyat qilinishicha, u kishi; «farishtalar hojilarni kutib oladi: tuya 
egalariga salom beradi, xachir va eshaqda kelganlar bilan so‘rishadi, piyodalarni 
quchoqlab oladi", deganlar. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
767. Zahhok Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: "Qay bir 
musulmon uyidan Alloh yo‘lini qasd qilib chiqsa, so‘ngra urushdan oldin ulovdan yiqilib 
yoki ilon chaqib o‘lsa, qanday holatda o‘lsa ham, u shahiddir. Kaysi musulmon uyidan 
Allohning haramini  haj qilaman, deb chiqsa, ammo yetmasdan uni o‘lim olib ketsa, Alloh 
unga jannatni vojib qiladi". 
 
768. Payg‘ambar (s.a.v.) yana bir hadislarida aytadilar: "Allohim, hojini va u istig‘for 
aytgan kishini mag‘firat qil". 
 
769. Ato Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Mening 
masjidimda o‘qilgan namoz boshqa masjidda o‘qiltan namozning mingtasiga to‘g‘ri 
keladi. Magar Masjidi harom bunday emas". 
 
770. Boshqa xabarda aytiladi: "Mening masjidimda o‘qilgan namoz, boshqa masjidlarda 
o‘qilgan namozlardan o‘n ming marta afzal zdi. Magaram Masjidi Haromdagisi emas. 
Masjidi Haromda o‘qshidgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming 
marta ustun. Alloh yo‘lida o‘qilgan namoz yuz ming namozdan afzaldir". So‘ng Nabiy 
(s.a..v.): "O’sha narsadan Ham afzalroq narsani sizlarga aytib berayinmi? Kishi qorong‘i 
kechada turib, yaxshilab tahorat olsa va ikki rak’at namozni Alloh taolo huzuridagi 
narsani umid qilib o‘qisa (shu namozi afzaldir)", dedilar. 
 
Ibn Umar (r.a) aytadilar: "Paygambar (s.a.v.): beshta narsaning ustiga qurilgan: La-a 
ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot 
berish, ramazon oyida ro‘za tutish va Allohning uyini haj qilish", dedilar. 
 
772. Said ibn Musayyab (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: "Alloh 
taolo uch nafar kishini bir kishining haji bilan jannatga kirgizadi. Vasiyat qiluvchini, uni 
bajaruvchini va uning nomidan haj qiluvchini. Umra ham xuddi shunday. Alloh 
bilguvchiroqlir", dedilar. 
 
773. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahihsa nadsal ila Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat 
qiladilar. Payg‘g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh yo‘lida (yurganda ko‘tarilgan) changlar 
bilan jahannamning tutuni bapdaning ichida hech kachon birga bo‘lmaydi. Bandaning 
qalbida hech qachon iymon va baxillik jamlanmaydi". 
 
774. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh yo‘lida ertalab otlanib, kechqurun kaytish yer 
va undagi bor narsalardan afzaldir. Kishining safda turishi oltmish yillik ibodatdan 
yaxshi". 
 
775. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) Abdulloh ibn Ravohani 
qo‘shin bilan jo‘natdilar. Juma quni edi, Ammo Abdulloh (r.a.), Payg‘ambar (s.a.v.) bilan 
birga juma namozini o‘qib, so‘ng sheriklarimga yetib olaman, deb o‘yladilar. Na-moz 
paytida Payg‘ambar (s.a.v.) u kishini ko‘rib qolib: "Nima bo‘ldi, birodarlaring bilan jo‘nab 
ketmadingmi?" deb so‘radilar. Abdulloh (r.a.): "Siz bilan juma namozini o‘qishni 
xohladim, birodarlarimga keyin yetib olaman", dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda 
unga: "Agar yerdagi bor narsani infoq qilsang HAM, ularning jo‘nab ketishidagi fazilatni 
topa olmaysan", dedilar". 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
776. Salmon Forsiy (r,a.) aytadilar: "Kechasi sohil bo‘yida chegarani qo‘riklash kishiga 
ro‘za tutganidan va ahlida bir oy qoim turganidan yaxshidir Alloh yo‘lida dushmanga 
qarshi chegarada qurol olib turganida o‘lsa, Alloh uni kabr fitnasidan mudofaa qiladi va 
uni katta qo‘rqinchdan omon saqyaaydi. Amali uchun kecha-kunduz qiyomatgacha ajr 
berib turadi. 
 
777 Ubayd ibn Umayr otasining shunday rivoyat qilganini aytadilar: "Payg‘ambardan 
(s.a.v.) "Islom nima?” deb so‘rashdi. "Yaxshi gapirish, ochlarga taom va salomni 
yoyish", dedilar. "Qaysi Islom Islom yo‘lida qilingan amallarning qaysilari  afzal?" deb 
so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): "Qo‘lidan va tilidan insonlarning omonda bo‘lishi", dedilar. 
Keyin: "Qaysi namoz afzal?" deyishdi. "Uzun qiyom", dadilar. "Kaysi saddaqa afzal?" deb 
so‘rashdi so‘ng. "Kambag‘alliqdagisi", dedilar. "Qaysi iymon afzal?" deb so‘rashganda, 
"Sabr va bag‘rikenglik", deb javob berdilar. "Qaysi jang afzal?" deb so‘rashdi keyin. 
Nabiy: "Kimning oti yarador bo‘lsa va uning qoni oqsa", dedilar. "Qullarning qaysisi 
afzal?" deb so‘rashgan edi, "Puli qimmatrog‘i", dedilar Nabiy (s.a.v.)". 
 
778. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Alloh taoloning yo‘lida ketayotganida ko‘tarilgan 
chang bilan jahannam tutini musulmon bandaning dimog‘ida birga bo‘lmaydi". 
 
779. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Qiyomat kuni uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘zlar 
yig‘laydi: Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z, Alloh harom etgan narsalardan tayilgan 
ko‘z, Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z". 
 
780. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: 
"Menga ummatimdan jannatga birinchi kiradigan hamda do‘zaxga kiradigan uch kishi 
ko‘rsatildi. Jannatga kiruvchi Uch kishi - shahid, qulligi Alloh taologa ibodat qilishdan 
to‘sib qo‘ymagan qul va bola-chaqasi bor pokdomon faqir. Do‘zaxga birinchi bo‘lib 
kiruvchi uch kishi zolim amr,Allohning haqqini ado qilmaydigan kishi va kibrli 
kambag‘al". 
 
“Nega undan yuz o‘girdingiz?” deb so‘rashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: 
“Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, uning Hurul ‘iyn juftlari shoshayotganini, hatto 
bilakuzuklari ochilib ketganini ko‘rdim”. 
 
783. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Hech qaysi 
banda o‘lganidan keyin dunyoga qaytishni orzu qilmaydi. Agar dunyo va undagi narsalar 
berilsa ham, uning uchun Allohning dargohi yaxshi. (Ya’ni, dunyoga qaytishni o‘limdan 
xavfsiragani uchun jamiki dunyo berilsa ham, umid qilmaydi). Magar shahidgina 
shahodatning fazilatini bilgani uchun dunyoga qaytishni va yana bir bor o‘ldirilishni orzu 
qiladi”. 
 
Said ibn Jubayr (r.a.) Allohning: 
“Osmonlar va yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik 
qoldilar)” (Zumar, 68-oyat), degan so‘zi haqida: “ular arsh atrofida qilichlarini 
yalong‘ochlab turgan shahidlardir”, deb aytganlar. 
 
784. Hasan Basriy (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Allohdan shahidlikni 
so‘rasa va o‘lsa, unga shahidning ajri beriladi”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
Ibn Mas’ud (r.a.) Alloh taoloning: 
 
“Yo‘q, ular tirikdir, u zotlar alloh o‘z fazli karami bilan bergan ne’matlaridan 
xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar” (Oli Imron, 169-oyat), degan so‘zi 
haqida aytadilar: “Ularning ruhlari ko‘k qush ko‘rinishida bo‘lib, jannatning xohlagan 
joyida uchib yurishadi, so‘ng arsh tagidagi osilgan qandillarga joylashishadi”. 
 
785. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib aytadilar: “Kim Alloh 
yo‘lida bir tuya sog‘ib olingancha vaqt urushsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Kim Alloh 
taolodan samimiy, sodiq holda shahidlikni so‘rasa, so‘ng o‘lsa yoki o‘ldirilsa, unga 
shahidning ajri bo‘ladi Kim Alloh yo‘lida jarohat olsa yoki bir baxtsizlikka yo‘liqsa, 
qiyomat kuni rangi za’farondek, hidi mushkdek holda keladi”. 
 
786. Hasan Basriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni to‘rt ko‘zdan 
boshqa hamma ko‘zlar yig‘laydi: Alloh yo‘lida o‘yib olingan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib 
yosh oqizgan ko‘z, Alloh taolodan qo‘rqib, kechasi bedor o‘tgan ko‘z va musulmonlarning 
orqasida qo‘shinni qo‘riqlab, tong ottirgan ko‘z”. 
 
__________________ 
Haj fazilati bobi hadislari 
 
761-hadis. Sanadida zaiflik bor. 
762-hadis. Sanadida zaiflik bor. 
763-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
764-hadis. Mutt afaqun alayh. 
765-hadis. Mursal sahih. Imom Molik “Muvatto”da rivoyat qilgan. 
766-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Bayhaqiy va Hokim rivoyat qilgan. 
767-hadis. Unda zaiflik bor. 
768-hadis. Zaif. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
769-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
770-hadis. Iroqiy uni g‘arib hadis, degan. 
771-hadis. Muttafaqun alayh. 
772-hadis. Zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Az-za’iva”ga qarang. 
773-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy, Hokim, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
774-hadis. Avvali sahih. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan. Oxiri mavsul. 
775-hadis. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. 
776-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
777-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. 
778-hadis. Sahihi. Nasoiy, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan. 
779-hadis. Juda zaif. Asbahoniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
780-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim, Tiyolisiy rivoyat qilgan. 
781-hadis. Muttafaqun alayh. 
782-hadis. Hokim uni sahih degan. 
783-hadis. Muttafaqun alayh. 
784-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan. 
785-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan. 
786-hadis. Mursal. 
 
 
 
YETMISHINCHI BOB 
POSBONLIK FAZILATI 
 
787. Faqih Abu Lays Samarqandiy sanadlari ila Usmondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Men 
bir sir saqlagan edim, uni bugun oshkor qilmoqchiman. Uni sizlarga bildirishdan faqat 
sizlarga bo‘lgan gumon to‘sib turardi. Payg‘ambardan (s.a.v.) ushbu hadisni 
eshitganman: “Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish ming kunlik ro‘za tutish va ming kecha 
qoim turishdan yaxshidir”. 
 
788. Salmon Forsiy (r.a.) Shurhabil ibn Samitning yonidan o‘tdilar. u fors yeridagi 
qal’ani qo‘riqlab turgan edi. shunda: “Sizga payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan hadisimni 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
aytib beraymi? Payg‘ambar (s.a.v.): “alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilish kishining bir oylik 
ro‘zasidan va kechasidagi qiyomidan yaxshidir. Kim posbonlikda o‘lsa, qabr fitnasidan 
mudofaa qilinadi, uning har bir amali qiyomatgacha yaxshi amal qilgani kabi o‘sib 
boradi”, deganlar”, dedilar”. 
 
789. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh yo‘lida bir 
takbir aytsa, qiyomat kuni uning tarozisida u takbir osmon, yer va ularda bor narsadan 
og‘irroq tosh bosadi. Kim Alloh yo‘lida “la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb ovozini 
ko‘tarib aytsa, Alloh taolo u uchun ulug‘ rozilikni yozadi va kimga ulug‘ rozilikni yozsa, 
uni Muhammad (s.a.v.), Ibrohim (alayhissalom) va boshqa payg‘ambarlar bilan birga 
qiladi”. 
 
Faqih (r.a.) aytadilar: “Allohning “ulug‘ roziligi” xususida ixtilof bor. Ba’zilar: “U – Allohni 
ko‘rish”, deydi, boshqalar esa: “Ulug‘ rozilikdan keyin unga hech qachon g‘azab 
qilinmaydi”, deb aytadi”. 
 
790. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: 
“Ey Allohning elchisi, men qanday qilsam, molimdan infoq berib, Alloh yo‘lida jihod 
qilgan kishining darajasiga yetaman?” dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Nimang bor?” 
“Olti ming dirhamim bor”, dedi u. “Agar o‘shani infoq qilsang, g‘oziyning bitta uyqusiga 
teng keladi”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”. 
 
Muhammad ibn Muqotil otasidan rivoyat qiladilar: “Kimki sochini qo‘riqchilik qilib 
turganida oldirsa va so‘ng u sochni ko‘msa, modomiki, soch ko‘milgan turarkan, unga 
qo‘riqchilik ajri to‘xtamay borib turadi. Soch esa, hech qachon chirimaydi”. 
 
 Usmon ibn Ato otasidan rivoyat qiladilar: “Bir kishi Abdurahmon ibn Avf bilan u zotning 
bog‘iga kirdi. Shunda u zot (r.a.) o‘ttizta qulni ozod qildilar, o‘sha kishi esa, bu ishdan 
ajablandi. Abdurahmon: “Senga bu ishdan ham afzalrog‘ini aytaymi?” dedilar. “Ha”, dedi 
u. “Bir kishi Alloh yo‘lida qamchisini qo‘liga olib, ulovda ketib borayotib, mudroq sababli 
qamchisi tushib ketsa, shu qamchisini tushirib qoldirgani sababli unda paydo bo‘lgan 
qo‘rquv sen ko‘rgan va men qilgan ishdan afzaldir”, dedilar”. 
 
791. Abdulloh ibn Muborak Payg‘ambardan (s.a.v.) zikr qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni sirot ustidan shamol kabi o‘tadigan, hisob-kitob 
qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi”. “Ey Rasululloh, ular kimlar?” 
deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ular o‘limni qo‘riqchilikda topganlar”, dedilar. 
 
792. Abu Umoma Boxiliy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rt kishiga 
o‘lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo‘lida chegarada posbonlik qilgan 
holda o‘lgan kishining ajri; bir ilmni o‘rgatgan va u ilmga amal qilganlarning 
o‘rgatuvchiga boradigan ajri; molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri; ortidan duo 
qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri”.  
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Agar dushman bir joyga 
hujum qilsa, o‘sha joy qirq yil qo‘riqlanadi. Uch marta bostirib kelsa, qiyomat kunigacha 
qo‘riqlanadi”. 
 
__________________ 
Posbonlik fazilati bobi hadislari 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
308
787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 
790-hadis. Isnodi noma’lum. 
791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan. 
792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang. 
 
 
 
YETMISH BIRINCHI BOB 
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI 
 
793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat 
qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda 
otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men 
uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha” 
dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini 
jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb 
aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar. Kamondan 
otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min 
o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing, 
otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki 
haqdandir”, deb aytganlar”. 
 
Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga 
suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham 
buyuringlar”, deb yozganlar”. 
 
Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini 
mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”. 
 
Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar. 
 
794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido 
bo‘lsin”, degan edilar. 
 
795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. 
Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, 
demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: 
“Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham 
qilgan edilar. 
 
796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga 
qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”. 
 
797. Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”. 
 
798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q 
otsa, u qulni ozod etgan kabidir”. 
 
799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq-
ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
ojiz qolmasin”. 
 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi 
dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul 
ozod qilish kabidir”. 
 
800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib: 
 
“(Ey mo‘minlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar” 
(Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: “Ogoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir”. 
Bu gapni uch marta takrorladilar. 
 
801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Kim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni 
tashlabdi”. Boshqa bir xabarda “ne’matni tark etibdi”, deyiladi. 
 
Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim: 
ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm 
o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish. 
 
802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: “Ilm 
talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir”. O‘shanda: “Ey 
Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?” deb so‘ragan edim, u zot: “Ey 
Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga 
Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi. 
Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q 
qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi”, dedilar. 
 
803. Va yana aytadilar: “Kim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar 
bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan 
siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi 
va jannatga hisobsiz kiradi”. 
 
804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga 
duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga 
duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”. 
 
____________________ 
Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari 
 
793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
794-hadis. Muttafaqun alayh. 
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan. 
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
797-hadis. Isnodi noma’lum. 
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan. 
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang. 
802-hadis. Isnodi noma’lum. 
803-hadis. Isnodi noma’lum. 
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
 
 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
YETMISH IKKINCHI BOB 
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI 
 
805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) 
rivoyat qiladilar: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Rabbim, men sahifalarda shafoat 
qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim 
qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummati”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey 
Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. 
Shu kishilarni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. 
Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular 
adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: 
“Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, 
sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening 
ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey 
Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, 
avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular 
Muhammadning ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda 
bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni 
bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti 
yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni 
xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta 
yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) 
ummatidir”, dedi.* 
 
Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha 
ziyodasi bor: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida 
xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, 
yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad 
(s.a.v.) ummatidir”. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular 
dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular 
Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, 
sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib 
o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh taolo: “Ular Muhammadning (s.a.v.) 
ummati”, dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) 
ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi: 
____________ 
* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling